«Munajjimlar bashorati»ga ishonmang!
| | | Sana: Yakshanba, 03-Февраля-2008, 11:51 | Xatlari # 1 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| «Munajjimlar bashorati»ga ishonmang! Oila va jamiyat - Muammo va tanqid Bugun ko‘pgina gazetalarning oxirgi sahifasi «Munajjimlar bashorati»ga bag‘ishlangan. Bu holat ko‘pincha tushuntirilsa hamki, bahona va sabablar topiladi: «xalqimiz qattiq ishonadi-da...» Gazeta do‘konlarida ba'zilarning oxirgi sahifani diqqat bilan kuzatayotganini ko‘rib qolamiz. Kuzatuv maqsadi: «Munajjimlar busafar nima deyishibdi?!» Xullas, yurtimizda munajjimlar bashoratiga katta qiziqish bor.
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 03-Февраля-2008, 11:52 | Xatlari # 2 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Bundan bir necha yillar muqaddam mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan nashrlaridan birida ishlab yurgan kezlarim... Gazetaning oxirgi sahifasi to‘liq munajjimlarga bo‘shatilardi. Eng qizig‘i, o‘sha «munajjim» bir jurnalist opa edi. Hammasini ko‘z o‘ngimda o‘zicha to‘qib yozardi. Men undan: «O'zingiz shu yozganlaringizga ishonasizmi?» desam, «Ha», derdi. Nega, deb so‘rasam, bilmadim, degan javobni olardim. Keyin bunaqa manzaralarni boshqa ishlagan joylarimda ham ko‘rdim. Asosan ishsiz qolib ketgan va qo‘lidan hech vaqo kelmaydigan «jurnalistlar» shunaqa narsalarni «boplashardi». Va eng dahshatli tomoni shundaki, hamkasblarimizdan bir qanchasi o‘sha bashoratlarga ishonib ish qilishardi.
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 03-Февраля-2008, 11:52 | Xatlari # 3 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Men bu borada ota-bobolarimiz ko‘rsat malarini, millatimiz va urfu-diyonatimiz nimalar deganini bilsam-da, ularga botinib bir narsa demasdim. Chunki bir kunmas bir kun ular bu haqiqatni tushunishlariga, to‘g‘ri yo‘l oldida o‘zlarining safsatalarini bir chetga surib tashlash-lariga chin dildan umid qilardim. Ammo... Gap o‘sha ishsiz «opalar»da emas ekan. Balki, xalqimizning o‘zi shu narsaga katta extiyoj sezishi kundan kunga ravshan bo‘lib borardi. Gazeta do‘konlarida gazetxon muxlis asosan uchta narsaga qattiq e'tibor beradigan bo‘ldi: TV dasturlari, krossvord hamda munajjimlar bashorati... Mana shu uch jabha yoritilmasa, gazetaning savdosi «o‘ldi», deyish ham mumkin edi. Keyin o‘ylab qoldim: buning sababi bordir? Nega bu qadar ojizlik va notavonlik qamrab olgan bizni? Axir, saviyali odam qanday qilib bu safsataga ishonishi mumkin? Keyin tushunib qoldim. Ha, tushundim: Inson tabiatida suvga chanqoqlik bor, u yo halol, pokiza suv bilan qondiriladi, yo najas suv bilan... Nima bo‘lganda ham, qoringa suv borib joylashmaguncha, inson tinchimaydi. Ovqat masalasi ham shunday. Qorni ochgan odam oldida ikki yo‘l bor: halol rizq bilan taomlanish yoki haromidan. Jinsiy nafsoniyatini qondirish uchun erkakka ham, ayolga ham ikki yo‘l tortiq etilgan: nikoh yo zino! Endi inson tanasida yana bir maskan borki, uning nomini Qalb deydilar. Bu qalb yo haqiqiy va yagona Xudoga sig‘inadi, yo nimagadir sig‘inadi. Ikkalasidan boshqa yo‘lni tanlay olmaydi, ya'ni xudosiz, e'tiqodsiz va nimagadir ishonchsiz yashay olmas. Mana shu so‘zlarni ich-ichimdan o‘tkazganimdan so‘ng, barchasini tushundim. Missionerlarning bu yurtda izg‘ib yurishiga eng asosiy sabab - xalqimizning katta qatlami islomiy tushunchalardan yiroq bo‘lib qolganligi bo‘lsa, munajjimlar bashoratini keng suratda quloch yoyganligiga ham sabab shu! Insonlar nimagadir ishongilari keladi. Yo «Banda kelajakni, g‘aybni bilmaydi, bila olmaydi va bilishlikka urinmasin!» degan ilohiy ta'limotga ishonadi va yoki munajjimlar (aniqrog‘i ba'zi «opalar») o‘ylab topgan bashoratlar asosida kun kechirishga urinadi.
|
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 03-Февраля-2008, 11:53 | Xatlari # 4 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Ibn Abbos degan buyuk sahobiy payg‘ambarimizdan rivoyat qilib aytadi: «Kimki yulduzlar ilmidan (munajjimlikdan) bironta ilmni egallasa, sehrning bir bo‘lagini o‘g‘irlagan bo‘ladi. U ziyoda bo‘lgan sayin bu ham ziyoda bo‘laveradi» (Abu Dovud rivoyati). Munajjimlarning asl ishi folbinlik. Ular fol ochib, o‘zlarining «taxminlari»ni aytadilar. Munajjimlar bashorati va gazeta sahifalarini qo‘yib turing. Bir tashqariga chiqing, atrof javonibni kuzating, dodlab yuborasiz. Odam tirband. Noyob mahsulot kelganda ham mavjud bo‘lmaydigan navbat safi aynan folbinlar qabulxonasi... Bunday voqealar ayni paytda juda ko‘payib ketgan. Buning sababini o‘rganish uchun payg‘ambarimizning ta'limotlariga yuzlansak, tushunamizki, sarvarimiz folbinning oldiga borib, uning gapini tasdiqlagan kishini dinda bo‘lmaydilar, demoqdalar. Demak, bu yerda gap iymon-e'tiqod haqida!
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 03-Февраля-2008, 11:53 | Xatlari # 5 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Folbin va munajjimning aytayotgan so‘zlari yuz foiz to‘g‘ri chiqib qolsa ham, uning so‘zlariga mo‘min odam ishonmaydi, chunki Alloh va Uning rasuli buni qat'iy ravishda ta'qiqlagan. Parvardigor insonlarni sinash uchun ba'zan folbin va munajjimlarning so‘zlarini amalga oshiradi, xuddi shayton bir odamning ko‘ziga qo‘lini tiqib olib, folbinning oldidan chiqqanida qo‘yib yuborgani singari. O'sha odamning ko‘zi tuzalib ketadi-da, u buni folbin amalga oshirdi, deb o‘ylaydi. Bu yerda gap iymon, e'tiqod, ishonch ustida ketmoqda. Bu savdo qattiq savdo hisoblanadi.
Izox O'zgartirildi robiya - Yakshanba, 03-Февраля-2008, 11:54 | |
|
| | Sana: Yakshanba, 03-Февраля-2008, 11:54 | Xatlari # 6 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Hozirgi kunda munajjimlar bashoratiga qarab ish rejalashtiradigan, gazeta nashrlarida chop etilgan bashoratlarga ishonib, kelgan sovchini qaytarib yuborayotgan yurtdoshlarimizga xitobimiz shuki, Allohga qayting, oxiri abadiy do‘zax bo‘ladigan yo‘lni tark eting. Payg‘ambarimiz Alloh ta'olo har bir odamning taqdirini yaratilishidan ellik ming yil oldin yozib qo‘yilganini aytib ketganlar. Bu taqdirni hech kim o‘zgartira olmaydi. Folbinlarga qatnayotgan opalarimiz, singillarimizning shu bugundanoq bu yo‘ldan qaytishlarini so‘raymiz. O'zingiz o‘ylab ko‘ring, nima uchun folbinlar hamisha xor va g‘aribxonalarda yashashadi. Nima uchun ular kelajakni aytib berish uchun o‘zlarida jur'at topishadi-yu, oyoqlari ostida turgan konlarni topib, boyib ketmaydilar. Mayli, bu ham og‘irdir, nega birgina lotoreya qog‘ozini olib, nol butun mingdan bir millimetr narida turgan yozuvni o‘qib, Neksiya yo Damas egasi bo‘lib olishmaydi, nega?! Chunki ular kelajakni hech qachon bila olishmaydi. Alloh ta'olo Qur'oni karim-da bu ilm faqat O'zida ekanligini aytgan. Alloh bilan Allohning ilmini talashayotgan bandalar albatta xor bo‘lajak. Shu mal'un, iflos va jirkanch mahluq-larning oldiga borib, iymon-u e'tiqodni poy-mol qilmaylik, azizlar. Abdulloh Muhammad, odamlar orasida gazetasidan.
|
| |
|
| | Sana: Chorshanba, 03-Сентября-2008, 10:16 | Xatlari # 7 |
Ism:
| [Muzayyana]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1090]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| robiya Allox rozi bo'lsin gaplariz juda o'rinli, munajjimlarga va folbinlkarga ishonadiganlarga vayl bo'lsin deyilgan, Vallaxi Ala'm.... Folbinga borishku o'zi bir gunoxi azim, xattoki o'sha folbinni uyini ko'rsatib bergan inson xam borgan kishining gunohiga sherik bo'larkan,gunohdan saqlanaylik...zero shundoq xam bosgan qadamimiz gunoh...Allox o'zi xaq yo'ldan adashtirmasin... Kiyin yana, yaqinda O'zbegim taronasida bir efirni eshitib qoldim, adashmasam RJ Sabina edilar.....nimamish muxlisla ko'rgan tushlarini sms qilib yozisharmishde, kiyin boshlovchi tabirini aytarmish, Astag'firullo.... Zero Payg'ambarimiz(s.a.v.) aytganlar: " Agar tushlaringga men kirsamgina ishoninglar, zero shayton xech qachon mening qiyofamga kira olmaydi" degan edilar. Shunday ekan yolg'iz Alloxgagina etiqod qilib yashaylik... | |
|
| | Sana: Chorshanba, 03-Сентября-2008, 13:34 | Xatlari # 8 |
Ism:
| [Jamshid]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Ashaddiy Forumchi]
| Postlari:
| [1652]
| Xulqi: +
| [40] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| R robiya, Muzayyana, Rahmat. Payg'ambarimiz Muhammad(s.a.v) rivoyatlaridan kuproq yozib turing.
*** The greatest thing you'll ever learn Is just to love and be loved in return *** | |
|
| | Sana: Payshanba, 04-Сентября-2008, 15:59 | Xatlari # 9 |
Ism:
| [sultan]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [10067]
| Xulqi: +
| [492] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| albbatta folbin va munajjimlar jahannam ahlidandir alloh asrasin bunaqa mushrik inshni ozlariga kasb qilgan insonlardan.
| |
|
| | Sana: Chorshanba, 10-Сентября-2008, 11:19 | Xatlari # 10 |
Ism:
| [Muzayyana]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1090]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Albatta, munajjim va folbinlar Alloxni oldiga tushgan zotlar, Astag'firullo....... Bu dunyoda xech narsani oldindan bilib bo'lmaydi, Allox va Uning Rasuli bilguvchiroqdir.... | |
|
| | Sana: Chorshanba, 17-Сентября-2008, 10:51 | Xatlari # 11 |
Ism:
| [UyGuRKa]
| Maqomi:
| [Miss Forum]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [34081]
| Xulqi: +
| [2672] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Нидерланды]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Paygambarimiz Muhammad (s.a.v) ham munajjimlar bashoratiga ishonmanglar deb qaytarganlar.
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. | |
|
| | Sana: Chorshanba, 17-Сентября-2008, 11:42 | Xatlari # 12 |
Ism:
| [Noz]
| Maqomi:
| [Miss Forum]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [21638]
| Xulqi: +
| [1100] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| robiya, Olloh rozi bo'lsin,yozganlariz juda to'g'ri.
| |
|
| | Sana: Juma, 19-Сентября-2008, 20:10 | Xatlari # 13 |
Ism:
| [MusLimA_FaTa]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1004]
| Xulqi: +
| [81] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| []
| Jins:
| [Ayol]
| |
| KIMDA KIM MUNAJJIM YO FOLGA ISHANSA UNI IBODATI 40KUN QABUL BULMAYDI.DEGANLAR ROSULULLOH SOLLOLOHU ALAHI VASSALLAM!!!
| |
|
| | Sana: Seshanba, 11-Ноября-2008, 07:02 | Xatlari # 14 |
Ism:
| [biruza-firuza.]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [9385]
| Xulqi: +
| [397] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| saidat, shunaqa desizu lekin baribir odamla ishonadide.
bu qiz sevib qogan ushanchunam niki jinivoyka bittayu yagona qizmande shu nikda shu forumda :D N1 :P | |
|
| | Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 12:42 | Xatlari # 15 |
Ism:
| [¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
| Maqomi:
| [Заблокированные]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [1188]
| Xulqi: +
| [118] ±
| Xulqi: -
| [40%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Антарктика]
| Jins:
| [Erkak]
| |
|
| |
|
|
|