Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Izhor ortidagi havotir.
Amatullah
Sana: Yakshanba, 17-Февраля-2008, 00:29 | Xatlari # 1
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Ommaviy axborot vositalarida qizlarning kiyinish madaniyati haqidagi ko‘p va xo‘p yozildi. Bu chiqishlarning ta'sir doirasi nechog‘lik bo‘lmoqda, bilmadigu bizni qizlarimizning ma'naviy dunyoqarashga oid yana bir jihat o‘ziga tortdi. Aslida bu to‘g‘rida yozish ham biroz noqulay. Shunday bo‘lsa-da, matbuot nashrlarini kundan-kun «bezab» borayotgan dil izhorlari kishini bezovta qiladi.

Ko‘pchilikning haftalik hamrohiga aylangan nashrlarda turli qiziqarli mavzular bilan birga «Muhabbat bekati», «Dil izhori» kabi sahifalar ham borki, yoshlarimiz unga befarq qaray olishmaydi.

Bunday gazetalarni varaqlarkanmiz, ulardagi maktublarning aksariyati qizlar tomonidan yozilganini ko‘ramiz. Bir sahifada 8 ta xat berilgan bo‘lsa, shundan 7 tasi qizlarniki. Ochig‘i, ulardagi dil rozlaridan ogoh bo‘lib, bugungi qizlarimizning tarbiyasi haqida jiddiy bosh qotirish zarurligiga amin bo‘ldik.

«Farhod bilan internet orqali tanishganmiz. Bir-birimizni ko‘rmagan bo‘lsak-da, o‘rtamizda muhabbat uyg‘onganiga ishonchim komil» deb yozadi bir qiz.

Bor-yo‘g‘i internet tarmog‘i orqali tanishgan yigitni sevib qolganiga «ishonchi komil»ligi bu qizning dunyoqarashi haminqadar ekanligini ko‘rsatib turibdi. Bundan tashqari, yoshlarning ermagiga aylangan «chat»lardagi sevgi maktublari, ulardagi ma'lumotlar haqqoniyligiga kim kafolat beradi?

«Qiz bolaning izhori g‘alati tuyulsa kerak. Ammo... Yuragimdagi g‘alayonga ortiq chidolmayman. Faxriddin, men sizni yaxshi ko‘raman. Kimligimni vaqti kelganda bilib olasiz...» deb yozadi keyingi maktub sohibasi. Haqiqatan ham, qiz bolaning sevgi izhor qilishi har qanday yigitni ham hushyor torttiradi. Ammo turmush o‘rtog‘ining hatto uylanganini eshitganda ham o‘zbekona ibosini unutmagan Kumushning og‘zidan biror marta «Sevaman» degan so‘z chiqqanmidi? Bir necha oylab sevgilisini ko‘rmasa-da, «Chidolmayman» deganmidi u?

Shu mazmundagi dil nomalarini o‘qirkanmiz, ularda «Endi sevgi azobidan qanday qutulay, endi nima bo‘ladi?» kabi savollar ko‘pligini sezdik. Xat yozayotgan qizlarning onasi ular bilan suhbatlasharmikan, ularning o‘y-xayollaridan boxabarmikan degan savollar dilga tikandek qadaladi. Axir balog‘at ostonasidagi qizlarga hammadan ham ko‘ra onasi yaqin bo‘lishi lozimligi hammamizga ma'lum-ku. Maktablarda tashkil qilingan qizlar klublari faoliyatida o‘quvchilar bilan qaysi mavzularda suhbatlar uyushtirmoqda? Ta'lim muassasasida qizlar majlisi o‘tkazilganda hozirgi kunda nima masala kun tartibiga qo‘yilyapti? U haqiqiy ma'noda qizlarning yig‘iniga aylanayaptimi? Tarbiyaviy saboqlarimizdan samarani ololayapmizmi?

Dil izhorlari orasida eng ko‘p tarqalganlari xonandalarga atalgan maktublardir.

Biz faqat qizlarni tan­qid qilish fikridan yiroqmiz. O‘z o‘rnida, qizlarimizning millatimizga xos tarbiyasiga oilada va maktabda jiddiy e'tibor berish lozimligini ham ta'kidlab o‘tmoqchimiz.

Ba'zan kontsertlarda erkak xonandalarga qizlarimizning munosabatini ko‘rib uyalib ketasan kishi. Ularning o‘zini tutishi oldida boyagi qo‘shiqchi ham xijolat tortadi.

«Sevimli xonandam...! Qo‘shiqlaringiz, tabassumingiz muxlislar dilini sel qiladi. Nega so‘nggi paytlarda televidenieda ham, gazetada ham intervyu bermay qo‘ydingiz? Biz tomonlarga qachon gastrol safari bilan kelasiz? Boraman degandingiz. Qancha kutaylik?»

Qancha kutaylik? So‘roqning o‘zi juda g‘alati. Muxlisa qizimiz xonandadan nima kutayapti, nima talab qilayapti? Ilgari ahdlashgan yigitni harbiyga kuzatgan, u yo‘g‘ida sovchi kelganida otasiga bir og‘iz siri haqida gapira olmay turmushga chiqqanlarni ko‘p eshitganmiz. Balki, ana shunday iboli ayolning nabirasi yozgandir bu maktubni?

«...ning «...» filmidagi rolini ko‘rib, unga nisbatan qiziqishim yanada oshdi. Ko‘zlari, ajoyib tabassumi, yoqimli chehrasi qizlarni be'etibor qoldirmasligi aniq.» Aslida Yaratgan har bir ishda erkakni tashabbuskor qilib yaratgan. Nahotki, bizning nomusimiz sanalgan qizlarimiz tabiatning ana shu qonuniga qarshi chiqib bo‘lmasligini uqmaganlar?

«Visol borligiga ishonaman, endi qandoq chidayman» kabi yalang‘och satrlarni o‘qib, ular orasida bizning ham singlimiz, qo‘shnimiz, tanishimiz yo‘qmikan, deb xavotirlandik.

Zuhra Ro‘ziyeva
“Ma'rifat” gazetasidan olindi
.

Ziyouz.com saytidan olindi.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Bekorchi
Sana: Juma, 22-Февраля-2008, 01:27 | Xatlari # 2
Ism:
[G'irt Bekorchi]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[483]
Xulqi: +
[31] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

rahmat sizlarga ham Zuhraga ham

Volna
Sana: Yakshanba, 25-Мая-2008, 08:28 | Xatlari # 3
Ism:
[VolnaSunami]
Maqomi:
[Mr. Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4784]
Xulqi: +
[108] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

da tam u nas voobshe ne dumayut chto oni vtorgayutsa v lichnuyu jizen cheloveka !!! Vsegda xotyat navyazovat ludyam to chto oni dumayut TV ; RADIO; GAZETI ! DA poymiteje nakonesta , ETA SVABODNIY MIR ! chelovek doljen DUMAT, GAVORIT , DELAT to chto on xochet ! RAZVITIE cheloveka i MIRA v selom ne stoit na meste ! PROGRES idet ! ESLI CHESTNO ESLI ZAVTRA MAYA DOCH zaxochit odet optyanutie bruki i mayachku s otkritom jivotikom , YA ne slova ne skaju ! ONA sdelaet eta esli xochet !!!!!!!!! LISHBI ona ne teryala svoyo VNUTRENIE YA !!! A LUDI katorie budut govorit o ney ploxo , PUST PODUMAYUT O SEBE , I NEVMESHIVALIS ! yes yes yes



9620 XAYOT GUZAL !!!
BARBIR GUZAL !!!
semmi
Sana: Seshanba, 27-Мая-2008, 11:53 | Xatlari # 4
Ism:
[samira]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[29]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

volna, gapiyzga qushilaman.



islam
BeBeShKa
Sana: Chorshanba, 14-Января-2009, 19:49 | Xatlari # 5
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

sad

Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 15:16 | Xatlari # 6
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:D :D



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025