Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
8-mart bilan TABRIKLAMAYMAN!!!
MUSLIMAN
Sana: Payshanba, 06-Марта-2008, 20:20 | Xatlari # 1
Ism:
[Muslim ben Islam]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[63]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Буркина Фасо]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu Alekum Yahshilarga! =))
Kim qanday sovg'a tayorlamoqda Oyijonisiga , singlisi,opasi,buvijonisiga?! .... =))

Yana bir bor esga olaylik, qayerdan kelib chiqgan bu kun?! Nima hisobiga?! Nima maqsadda? Oqibati nima?! Versiyalaringiz va fikrlaringizni yozib qoldirsangiz! Yaqinlashib kelayotgan bu "bayram"ga tayorgarlik ko'rib turardik! =))
Bilganlarimizni yetkazib, Bilmaganlarimizni o'rgansak!?

Yana ayollar huquqi,haqlari haqida gapirilishi tabiiy.
G'arbning va johillarning "Islomdagi ayollar huquqi" haqidagi notog'ri tasavvuri,tushunchasini menimcha doim,hammavaqt bilib yurishimiz,o'rganib borishimiz,tuzatishga harakat qilishimiz zarur!

on: mavzuni foydali habarlaringiz,link va maslahat,mulohazalaringiz bilan yanada boyitasiz degan umidda ... salom va duolar!



together we can !
Sakina
Sana: Payshanba, 06-Марта-2008, 20:24 | Xatlari # 2
Ism:
[Sakina Sakina]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[39]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

sad men islom diynida 8-mart bayrami yo'qligi haqida eshitgan edim bu rostmi?



MUSLIMAN
Sana: Payshanba, 06-Марта-2008, 20:36 | Xatlari # 3
Ism:
[Muslim ben Islam]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[63]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Буркина Фасо]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Sakina, Bolmasamchi! Islom belgilab bergan boshqa foydali bayramlar bor,qolaversa "8-mart " bu - "millionlab musulmon ayollarni aldash" hisoblanadi.
Qorani oq ,oqni qora qilib korsatishdi,va nishonlab turish uchun shu kunni belgilab olishdi!

Ayolni qanday E'zozlashni Alloh SVT va Rosul Akram SAVS bizga ko'rsatmalari bor! Shu eng chiroyli va haqiqiy e'zozlash! Alloh buyuk va uning eng syuklisi Rosulimiz S.A.V.S. yo'llarini aql egalari shak shubhasiz tanlashadi!



together we can !
Amatullah
Sana: Payshanba, 06-Марта-2008, 20:48 | Xatlari # 4
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

8 MART BILAN... TABRIKLAMAYMIZ

MUQADDIMA

Allohga hamdlar, payg'ambarga salavotlar bo'lsin. Ammo ba'd...
8 mart tobora yaqinlashmoqda.
Ommaviy axborot vositalari va reklamalarda ayollarga tabriklar yo'llanib, erkaklarga bu kunni ular uchun bag'ishlashga chaqiriqlar yangramoqdi.
Uzoq yillar bu an'ana takrorlanib, odatiy tus olganidan ko'pchilik unga ko'nikib qolgan. Bu bayramning asl mohiyati tarixi va jamiyatdagi o'rni haqida jiddiyroq fikr yuritib ko'ruvchi saviyali zamondoshlarimiz kam topiladi.

MOZIYGA SAFAR

Ammo bu bayramning kelib chiqish tarixi, o'tmishga murojaat qilgan ba'zi kishilarni xayron qoldirsa, ba'zilarning esa unga munosabati o'zgarishi ham mumkin.
8 martning bayram qilinishiga sabab bo'lgan voqea - o'tgan asrlarda Klara Tsetkin ismli ayol boshchiligidagi nemis feministlarining siyosiy norozilik namoyishi bo'lgan. Feministlar - Evropada ayollarning haq-huquqlari uchun kurashuvchi harakat bo'lib, uning a'zolari asosan fohishalardan(!) iborat edi. Ular fohishaxonalardagi ayollarning xo'rlanishi, kaltaklanishi va ayanchli ahvolidan norozilik bildirib, o'z muammolariga mutasaddilarning e'tibor berishini talab qilib namoyishga chiqqanlar.
Keyinroq, SSSRda kommunistlar mazkur namoyishdan o'z g'oyalari va tuzumlari uchun tamsil olishib, bu kunni "Xalqaro xotin-qizlar kuni" deb atadilar va e'tiborni ayollarning "porloq kommunistik kelajak" uchun kurashdagi roli va ahamiyatiga markazlashtirdilar.
Biz bu bayramning qanday nishonlangani, ularda kommunistlar ayollarni qanday e'zozlaganlari haqida to'xtalmaymiz (sababi ularning bayramlari haqidagi taassurotimiz hali unchalik eskirgan emas, bayramlarning barchasi deyarli bir xil bo'lib, faqat kunlari va nomlari bilan farqlanar, aslida esa kommunistik tuzumni ulug'lovchi butunlay siyosiy tadbirlar edi).
Kommunistik tuzum quladi. "O'lding - o'chding" deganlariday, uning soxta g'oyalariyu, qo'lansa ideallari ham barham topishi kutilgan edi, lekin, bugun ko'rib turganimizday, unday bo'lmadi. 8 martni haliyam quvonib nishonlaydilar. Nega? Sababi, ayol zotining ayanchli ahvoli na siyosiy namoyishlar, na tuzumlarning o'zgarishi bilan yaxshilanmadi. Bugun ayollarimiz hanuz yilda bir kun bo'lsa-da, o'zlariga insoniy e'tibor va hurmat qilinishga muhtojlar. Nahotki, taraqqiyot cho'qqisiga erishgan jamiyatlarda ayolday eng mo''tabar zot oddiy insoniy e'tiborga zor ahvolga keltirib qo'yilgan bo'lsa?! Bu muammoning ildizi qaerda?
Bu muammoning ildizi shundaki, mazkur jamiyatlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmagan jamiyat edilar, ya'ni ayolga Allohning mukarram bandasi deb qaramasdi va ularga qanday muomala qilingani haqida Alloh huzurida javob berishini inkor etgan edi. Endi bu jamiyatlarda zaiflarni himoya qiladigan, kuchlilarni esa jinoyat va zo'ravonlikdan tiyib turadigan HECh NARSA yo'q, shuning uchun qonun-qoidalari Yaratuvchining ayol kishiga qo'shib yaratgan fitratiga, uning toza tabiatiga zid edi.
Natija hammamizga ma'lum: tuzumlar inqiroz va qonli urushlar girdobida qoldi, ayollarining oqibati esa shu qadar ayanchli tus oldiki, hatto o'ziga e'tibor so'rab namoyishga chiqadigan xorlik bo'ldi va bundan keyin ham shunday qolaveradi.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Amatullah
Sana: Payshanba, 06-Марта-2008, 20:50 | Xatlari # 5
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ISLOMDA AYoLNING O'RNI

Nahotki dono Yaratuvchi o'z bandalarini bunday xorlikda tashlab qo'ygan bo'lsa, axir U Mehribon va Rahmli zot-ku?!
Subhonalloh! Alloh bunday aybu-nuqsonlardan pokdir!
Darhaqiqat Alloh taolo o'z bandalarining barcha holatlaridan ogoh Zot, ularga dunyoda baxt-saodatli hayot kechirish yo'lini ta'lim bergan va bu ta'limotni hayotga tatbiq qilish namunasini - Payg'ambarini yuborgandir. Bu Payg'ambar (sollallohu alayhi va sallam) iymon keltirganlarning hayotlaridagi barcha muammoni mukammal va uzil-kesil hal etuvchi hukmlarni bayon qilganlar. Quyida ushbu hukmlardan ba'zilarini keltiramiz, ularni o'qigach,bir o'ylab ko'ring: ayol zotiga insoniyat etishgan yo'llarning yana qaysi biri bu qadar yuksak hurmat-la qaragan ekan?
Alloh taolo dedi:
“Biz insonga ota-onasini (ya'ni ularga yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo'ldi (ya'ni qornidagi homila kattargan sari onaning holi qurib, zaiflasha borur) uni (ko'krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki), «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg'iz O'zimga qaytajaksan!” (Luqmon:14)
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o'z hadislarida bunday dedilar:
“Ayol kishi homiladorlikdan boshlab, to ko'z yorigunga, va go'dagini ko'krakdan ajratguniga qadar, Allohning yo'lida sarhadlarni qo'riqlovchi askar kabidir. Agar bu muddatda vafot topsa, unga shahidlik darajasi berilgay”.
“Homilador ayolga kunduzi ro'za tutib, kechasi namoz o'qiydigan va Alloh yo'lida jang qiluvchi mujohid savobi yoziladi”.
“Jannat – onalar oyog'i ostidadir” hadisi esa islomiy axloqning eng oliy misolidir.
Haqiqiy musulmonlar ayollarga, ayniqsa, onalarga doim hurmat va ehtiromning yuksak namunasini ko'rsatganlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam emizgan onasi Halimai Sa'diyani har hafta borib ko'rardilar, u kishining o'tirishlari uchun o'z liboslarini echib, erga to'shab berardilar, u kishining kirishlari yo chiqishlarida, hurmatan o'rinlaridan turardilar.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o'z ummatlaridan onalarni hamma vaqt e'zozlashni talab etganlar. Bir kishi u zotdan (sollallohu alayhi va sallam) savol qildi: “Ey Allohning elchisi! Mening eng ko'rkam suhbatimga haqli kishi kim?” “Volidang” degan javob bo'ldi. Savol uch bora takrorlaganida ham “Volidang” degan javob bo'ldi. To'rtinchi bor so'raganida, “Otang, so'ngra eng yaqining, so'ngra eng yaqining” (ya'ni eng yaqin qarindoshlaring) dedilar.
Ona – bizlarni uzoq muddat o'z vujudida, so'ng quchog'ida ko'tarib voyaga etkazadi, so'ng esa hayotining oxiriga qadar qalbida asraydi. Ularga qanchalar hurmat-izzat ko'rsatib, xizmatlarini bajo aylasak-da, onaning haqqini ado eta olmasmiz.
Homiladorlik, farzand tug'ish, uni tarbiyalab voyaga etkazish – uzoq va mashaqqatli mehnat. Ayol o'z zimmasiga ro'zg'or ishlariga qo'shib ushbu majburiyatlarni ham yuklamog'i, haqiqatan, eng oliy ehtirom va bir umr e'zozlanishga haqlidir.
Islomdan begona xalqlar bu ta'limot va tarbiyaga, ayollari esa insoniy munosabatga muhtojlar, chunki dinsiz har qanday jamiyatning eng mazlum va xo'rlangan toifasi – zaiflari bo'ladi. Nemis fohishalari o'zlarini erkaklarning rohatiga bag'ishlasa-da, har qanday hurmat yo e'tibordan mahrum bo'ldilar, hatto eng xor tabaqaga aylandilar. Ulardan keyingi Islomdan begona tuzumlarda ham ayollar ahvoli bundan boshqacha bo'lmadi. Zero ayol zotini haqiqiy hurmat va mo''tabar maqomga ko'targuvchi yagona yo'l – Allohning haq yo'li – Islom edi, uning daqiq ta'limoti, yuksak axloqi va pokiza tarbiyasi edi.
Islomdan voz kechgan insoniyat dunyodagi barcha yaxshilikdan judo bo'ldi. Islomdan voz kechib, uning o'rniga yaxshiroq badal hanuz topa olgani yo'q, topa olmaydi ham.
Shoir aytganiday:
Iymoningdan voz kechib, qaerga ham borolding?
Alloh lafzin unutib, kimga ko'ngling yorolding?

BUGUNNING HAQIQATI

Ayollarimiz, qizlarimiz va opa-singillarimiz haqidagi bugunning achchiq haqiqat oldida ko'zimizni ochaylik:
- Bugun hayotdagi eng avvalgi vazifasi onalik bo'lmish ayol onalikka yaroqsiz;
- Bugun ona farzand o'stirib, rohatini ko'rish emas, ularga cho'ri va xizmatkor martabasida;
- Bugun balog'atga etmagan qizlar “MODA” nomli ma'budga qurbon;
- Bugun minglagan xotin-qizlar go'yo Allohga qarshi qo'zg'olonga chiqqanlar;
- Bugun soch va tanani begona nigohlardan to'sishga bo'lgan Allohning buyrug'i bajarilmaygina qolmay, balki aksincha, hijob oyatlariga (Ahzob:31 va Nur:59) kofir bo'linmoqda. “MODA” nomli avratlar namoyishi ortida ushbu oyat hukmlariga qarshi targ'ibot avj olgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Agar ayol kishi jozibador liboslar kiyib, yasan-tusan qilib, xushbo'yliklar sepib, nomahram erkaklarni o'ziga qaratish uchun ko'chaga chiqsa, zinokor bilan barobardir”. Boshqa hadisda shunday deyiladi: “Ko'zda ham zino bordir. Ko'zning zinosi – man' etilgan narsaga qarash”.
- Bugun ayoldan hayo libosi echib olingan. Bugun u begona ko'zlardan jirkanmaydi, nomahramdan saqlanmaydi ham, uyalmaydi ham.
- Bugun ayol nozik tabiatiga zid ravishda eng og'ir ish o'rinlarida. Tong-saharda ko'cha supurish ham, dalada ketmon chopish ham, tik oyoqda turib kech-tungacha savdo qilish ham, saunada erkaklarni cho'miltirish ham, er va bola-chaqaga non topish, hammasi ayolning bo'ynida.
- Bugun ayolning qiymati tijoriy mol qatori. Paket sotib olasiz, ustida – yarim yalang'och ayol surati. Yalang'och ayol suratisiz gazeta va jurnallar bugun past navli sanaladi, reklamalar ayollarni echintirib ko'rsatmasdan o'tmaydi. Hatto oddiy saqich sotib olsangiz, ichida - echingan qiz surati. Ayolning qadri, qiymati chaynab, so'ng tupurib tashlanadigan rezinachalik ham emas.
YO'Q! Alloh taolo ayolni tahqirlanishi uchun yaratgan emas! Alloh insonni (erkak va ayolni) O'ziga ibodat qilishday buyuk maqsad uchun yaratgan edi. Allohga ibodat Uning dinini qabul qilish va unga amal qilish bilan bo'ladi. Bu din bugun – Islom dinidir. Kimki iymon keltirib, musulmon bo'lsa, Alloh uni dunyo va oxiratda xor qilib qo'ymaydi. “Albatta Men sizlardan biron amal qilguvchi erkak yo ayolning amalini zoe qilmagayman. Zero birovingiz birovingizdandirsiz” (Oli Imron:195)
Alloh muslima ayolni hurmatladi, uning haqlarini bayon qildi, uni e'zozlashni barcha musulmon erkaklar zimmasiga yukladi. Qur'onda ayollar haqidagi "Niso" surasi – uchta eng ulkan suraning biri. Iymon keltirmagan ayollarga esa, nachora, iymonsiz yashashning xorlik kunlaridan boshqa narsa yo'q.
Bugun insoniyat ayol zotining islohiga muhtoj. Butun olam Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali kabi buyuk o'g'lonlarni dunyoga keltiruvchi onalarga zor. Go'dagini “Bismillah” deb emizguvchi, “Alla” (ya'ni Alloh) deya robbining zikri-la beshik tebratguvchi, Payg'ambar qissalari birla farzandini uxlatguvchi onalar, erini tahajjud namoziga uyg'otguvchi, unga "Allohdan qo'rq" deguvchi, taomini duolar ila hozirlaguvchi rafiqalar, hayotini Rabbining ibodati uchun bag'ishlovchi muslimalar bugungi ummatga qanchalik zarurligini bilsalar edi. Zero, ular sababli ummat sog'ayadi va bugungi xorlikdan o'ng'alib, oyoqqa turadi.
Islomda er kishi ayoli uchun, uning barcha kiyim-kechagi va oziq-ovqat ta'minoti uchun mas'ul shaxs sanaladi. Alloh taolo dedi: “Ularni (ya'ni onalarni) yaxshilik bilan edirib-kiydirish – otaning zimmasidadir” (Baqara:233).
“Sizlarning eng yaxshingiz – ahli-ayoliga eng yaxshirog'ingizdir” deganlar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam. Eng yaxshi musulmon bo'lish uchun inson o'z ahli ayoliga yaxshiroq bo'lishi shartdir, ana shunda Alloh taolo ularni oxirat diyorida ham birga qiladi: “O'zlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga (o'sha) zurriyotlarini qo'shdik va ularga qilgan amallaridan biron narsani ham kamitmadik” (Tur:21), ya'ni ularning dunyodagi baxti turmushi jannatda ham davom etadi.
Agar Islomdan begona yo'llar xotin-qizlarni yilda bir kun esga olib, yasama hurmat ko'rsatib, so'ng esa yana bir yil cho'risifat ahvolda tashlab qo'yadigan bo'lsa, va ularning ayollari loaqal bir kun mo''tabar bo'lishlari bilan baxtiyor bo'lsalar, u holda darhaqiqat bunday kunga muhtoj ekanlar. Chunki ular Islom ne'matidan mahrum bo'lishgach, eng tuban xorlikka mahkumlar, bunga barcha feminist harakatlari, dinsiz jamiyatlar va oramizdagi dinsiz ayollarning ahvoli yaqqol misoldir. Biz ularni tabriklamaymiz, balki ularning ayanchli ahvollariga achinganimizdan, agar Islomni qabul qilib, unga amal qilsalar, bir umr hurmat-e'tiborda bo'lishlarini ma'lum qilamiz.
Musulmonlar esa ularga ergashishlari mumkin emas, chunki, birinchidan, bu dinsizlarga taqlid va ergashish bo'lsa, ikkinchidan, alhamdulillohki, muslimalar e'tiborga zor bir yil kutishga muhtoj emaslar.


SO'NGGI SO'Z

Muslimalar - olamdagi eng baxtli ayollardir. Ular Rabbilariga iymon keltirdilar va U zotning diniga inobat qildilar, evaziga Alloh taolo barcha qavmlar orasidan faqat ularni dunyo xorligiyu-sharmandaligidan va oxirat azobu-uqubatidan najot berdi."Parvardigorlari tarafidan hidoyat topganlar ana o'shalardir va najot topguvchilar ham ularning o'zidir" (Baqara:5)
Bu kun mabodo birovni muborakbod etish lozim bo'lsa, faqat muslimalarni Islom ne'matiga musharraf bo'lgani hamda kofira bo'lib qolish xorligidan xalos bo'lgani muborakbod etish mumkin, va dindosh birodarlarimiz sizlarni nemis fohishalarining namoyishi bilan tabriklamayotgani bilan tabriklaymiz.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Amatullah
Sana: Payshanba, 06-Марта-2008, 20:51 | Xatlari # 6
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Islom.uz saytidan olindi.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Sakina
Sana: Payshanba, 06-Марта-2008, 21:03 | Xatlari # 7
Ism:
[Sakina Sakina]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[39]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

MUSLIMAN, Amatullah, Alloh sizlardan rozi bo'lsin to'liq ma'lumotlar uchun.



Bekorchi
Sana: Payshanba, 06-Марта-2008, 22:56 | Xatlari # 8
Ism:
[G'irt Bekorchi]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[483]
Xulqi: +
[31] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

MUSLIMAN, Amatullah, raxmat juda xam yaxshi mavzu uchun va ma'lumotlar uchun

friendly17
Sana: Juma, 07-Марта-2008, 23:17 | Xatlari # 9
Ism:
[..______..]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[687]
Xulqi: +
[20] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Австралия]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Amatullah, katta rahmat sizni 8-martbilan tabrikleyman va hamma forumdagi qizlani opalani smile
Amatullah, s.p.s. borakansiz-uv bu donyoda bunchalik sog'intirib yubordiz bizlani wacko
iltimos sad tez tez kirib turing forumga wink men sizni esdan chiqarganim yo cry

robiya
Sana: Shanba, 08-Марта-2008, 08:41 | Xatlari # 10
Ism:
[Rukhiya]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[295]
Xulqi: +
[26] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

friendly17 surprised Yuqorida shuncha ma'lumotlar keltirilib qo'yilgan-ku. Baribir 8-mart bn tabriklayapsizmi? Singlim mumkin emas. Ayollar dinimizga Allohning buyurganidan voz kechib, hijoblarini yechgan kun bn tabriklash nojoiz.
Hafa bo'lmisiz gaplarimga.



friendly17
Sana: Shanba, 08-Марта-2008, 09:36 | Xatlari # 11
Ism:
[..______..]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[687]
Xulqi: +
[20] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Австралия]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

robiya, awoy nega hafa bolar ekanman ha men hammasini bilman :D
uni ustiga menham hijobda yuraman.. tabriklaganimni sababi shunchaki ko'ngil uchun edi:( sad

Amatullah
Sana: Yakshanba, 09-Марта-2008, 21:45 | Xatlari # 12
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

friendly17, Assalamu Alaykum wa r wa b!

Quote (monika)
Bu kunni musulmon ayollar bayram tariqasida nishonlashi horam,bu mani fikrim.Bugun man singlimdan sms olganimdim bayram bilan muboraklab yozibdi.Sms yozib unga dashnom berdim, u esa mandan uzr soradi va bu kun bilan mani muboraklagani uchun tavba qilib,tavba ibodatini qilganini aytdi.


Alloh sizdan rozi bo'lsin opajon lekin, 8 mart bilan tabriklash bunchali harom emasdur. Lekin, "8 mart bilan tabriklayman" degani bu "jahannamga o'tin bo'lganing bilan tabriklayman" degan bilan barobar bo'ladi. Manimcha buni hech qayso ayol istamasa kere... Jahannamdan Alloh bizga panoh bersin amiyn!

friendly17, Avval ko'ngil ko'tarish istaganingiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lsin rahmat buning uchun. Lekin ushbu kun uchun emas....
P.S Man doim shu yerdaman faqatgina bir necha kun kiromadim imkon bo'madi. Endi doim shu yerdaman insha Allah. Mani unutmagan bo'lsangiz hursandman siz ham tez-tez kirib turing forumimizga.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Rapper_Asalya
Sana: Juma, 21-Марта-2008, 13:05 | Xatlari # 13
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Oxo... bu mavzuga edi kirib ko'ribman..
Gapila tugridir lekin bu kuni shu qadar yomonlash zarurmikin..?? Avvalim bor, Ollohi o'zi biladi kim jahannamga otin bo'ganini..!!
Bu bayramda shunchaki ayollarni, onalarni, kuni dib hisoblanadi. Tugri bu bayram Islomda yoq. Bu halqaro bayram, buni halq o'ylab topgan. O'zbekistonda va boshqa mamlakatlarda bu bayram kuni shunchaki ayolarni , onalarni, tabriklab ularga hurmat , ehtirom e'zozlash sifatida, o'z tabriklarini bildirish holos. Lekin bu bilan Jahannamga otin bo'ldin digani masku. surprised



Amatullah
Sana: Juma, 21-Марта-2008, 19:15 | Xatlari # 14
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (Rapper_Asalya)
Oxo... bu mavzuga edi kirib ko'ribman.. Gapila tugridir lekin bu kuni shu qadar yomonlash zarurmikin..?? Avvalim bor, Ollohi o'zi biladi kim jahannamga otin bo'ganini..!! Bu bayramda shunchaki ayollarni, onalarni, kuni dib hisoblanadi. Tugri bu bayram Islomda yoq. Bu halqaro bayram, buni halq o'ylab topgan. O'zbekistonda va boshqa mamlakatlarda bu bayram kuni shunchaki ayolarni , onalarni, tabriklab ularga hurmat , ehtirom e'zozlash sifatida, o'z tabriklarini bildirish holos. Lekin bu bilan Jahannamga otin bo'ldin digani masku. surprised

Assalamu Alaykum !!!
Bu kuni hech kim yomonlayotgani yo'q! Asli bu kundan maqsad nima ekani haqida gap ketayapdi.
Alloh kimni jahannamga o'tin bo'lganini o'zi biladi. Lekin, bizga qilishimiz kerak bo'lgan va kerak bo'lmagan narsalarni ko'rsatib qo'ygan. O'sha ko'rsatib qo'ygan qilish kerak bo'magan narsalarni qilishlik bilan, inson o'z-o'zini jahannamga tayyorlab boradi.
Payg'ambarimiz (s.a.v.) "Kimki o'zini qaysi biror qavmga o'hshatsa bas! o'sha qavimdandir"deganlar. Ya'ni bas o'shalar bilan birga jahannamga ketibdi, jahannam ahliga o'hshashni istasa. Jannat ahliga o'hshatishni istaganlar esa jannatga yo'l hozirlaydi, diganidir.
Barcha ayollarni tabriklab bilib bilmagan, mana bu miting uyishtirgan fohishalarga o'hshashlik bilan o'zini fohishalarni safiga qo'shishlik bo'lmiyapdimi? Yuqoridagi hadis "o'zini o'hshatgan qavimdandir" diyilgan hadis shunga to'g'ri kelayapdi.
BUlar bizning etiqodimiz, bizni fkrimiz, dinimiz ko'rsatgan yo'riqlardir. Sizni o'z fkringiz edi yuqoridagilar ham. Endi kim hohlab amal qiladi va kim amal qilmaydi, o'zingizga havola. Biz boshqalarni fkrini o'zgartirishga harakat qilganimiz yo'q! Bilmaganlarga bilganimizni yetkazish bizni bo'ynimizdagi farz. Shuning uchun biz bilganimizni bo'ynimizdan soqit qildik halos. Bu gaplarni og'ir olmaysiz digan umiddaman.
Alloh o'zi to'g'ri yo'ldan ayirmasin amiyn!
Assalamu Alaykum!



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
Rapper_Asalya
Sana: Shanba, 22-Марта-2008, 01:48 | Xatlari # 15
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Gapiz tugridir lekin, nimaga hayolar shunchalik buzilib bu miting haqida uylash kerey??? Ok. fohishala didiz, no prichom tut bizani ayollar? O'shanisiga hech chunmyomande.. surprised Mojet rostan ham o'sha kunishunaqa miting bo'gan bo'sa bu butun umr shu kun yomon kun digani emas!! Hudoga ming shkur bizani hayolarimiz tugri, qalbimiz pok , va yahshi niyatda shu kuni qalbimizda joylashgan eng ezgu samimiy tilaklarni ayolarimizga bildiramiz holos.



  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024