Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 6 из 6
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Islomiy maqolalar!
UzbekHackeR
Sana: Chorshanba, 05-Мая-2010, 17:15 | Xatlari # 76
Ism:
[ArchangeL]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1427]
Xulqi: +
[158] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalomu alaykum, Hikoyani joylaganlarga katta raxmat. To'g'risini aytsam ko'zlarimga yosh keldi. cry
Olloh o'z panohida asrasin.



AsiRa
Sana: Chorshanba, 05-Мая-2010, 19:24 | Xatlari # 77
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ALLOHIM! MEN BILAN GAPLASH...
Kunlardan biri, bir odam qo’llarini osmonga cho’zib yolvordi:
“Allohim! Men bilan gaplash!”

Aynan o’sha paytda o’sha odamning bog’chasida bir bulbul o`zining eng so`nggi ashulasini aytayotgan edi.
Odam bulbulga quloq solmadi, va yalinishni davom etti:
“Allohim! Men bilan gaplash!”

Birozdan keyin havo berkidi, momaqaldiroq va chaqmoqlar bilan birga shiddatli yomg’ir yog’a boshladi. Faqat odam tinglamadi, yolvorishni davom etdi:
“Allohim! Seni ko’rishimga izn ber!”

U bunday yolvorarkan, yomg’ir tugadi va quyosh butun ehtishomi bilan nurlarini odamning uyigacha olib kirishga boshlagan edi. Faqat odam bu manzaraga e’tibor ham bermadi. Har kuni ko’radigan narsasi emasmi?
Yolvorishni davom etti:
“Menga bir mo`jiza ko`rsat Allohim! ”

U bunday yolvorarkan, yaqindagi uylarning birida yangi tug’ilgan chaqaloqning yig`lashlari eshitilardi qulog’iga. Ammo odam buni ham faqrlolmadi.
Qayg’udan yig’lardi odam:
“Allohim! Javob ber menga! Shu yerda ekanligingni menga bildir!”

O`sha payt bir kapalak odamning qo’liga qo’ndi, lekin u boshqa qo’li bilan kapalkni haydab yubordi. Va yig`lashni davom etdi:
“Allohim! Nega menga javob bermayapsan?”

Muhammad Alihon tarjimasi



Izox O'zgartirildi AsiRa - Chorshanba, 05-Мая-2010, 19:25
AsiRa
Sana: Payshanba, 27-Мая-2010, 06:46 | Xatlari # 78
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Allohning raxmatidan umidvor bolish.

Jobir ibn Abdulloh, Alloh undan rozi bolsin, aytdi "Bizlarning oldimizga Rasululoh chikdilar va aytdilar: "Mening oldimdan hozirgina dostim Jabroil alayhissalomchikdi,aytdi: "Ey Muhammad sizni hak payg'ambar kilib jonatgan Zotga kasamki, Allohning bandalaridan biri besh yuz yil togning ustida Allohga ibodat kildi. Togning uzunligi va kengligi ottiz ga edi. Dengiz uni har tomonlama tort ming farsah masofadan orab turardi. Alloh taolo uning uchun shirin suvli bulok okizgan edi. Va yana anor darahti bor edi. Xar kuni undanundan bir dona anor chikar edi. Kechasi otsa, taxorat olganidan keyin, osha anorni olib er, keyin namozga koyim bolardi. U Allohdan sajda kilib turgan holida jonini olishni,va er va kurt kumurskalar yemasligini sorar edi. Alloh taolo uni aytganidek kildi. Jabroil alayxissalom aytdi"Bizlar kachon uni oldidan otsak, tushsak va chiksak, uning sajdada ekanligini korar edik. Ilmda topdikki,kiyomatda u tirildi va Allohning kudrati oldida tohtadi. Alloh taolo "Bandamni jannatga kirgizinglar raxmatim bilan!"dedi. Banda aytdi "yok, meni amalim bilan kirgizgin".Maloikalarga Alloh aytdi"Uning amallarini unga berilgan nematlar bilan xisoblanglar".Unga berilgan koz nematining ozi besh yuz yillik ibodatini kamrab oldiva jasad nemati karz bo'lib koldi. Alloh "Bandamni do'zahga kirgizinglar"dedi.Ular do'zahga olib borar ekan, u nido kildi"Ey Robbim, raxmating bilan jannatinga kirgizgin!". Alloh taolo uni kaytarishni buyurdi.Alloh kudrati oldida to'htatildi. Alloh"Ey bandam, sen oldin yok eding seni kim yaratdi?""Ey Rabbim, sen yaratding". Alloh "Kim seni besh yuz yil ibodat kilishga yarasha kuvvatlantirdi?""Togda senga tagi ko'rinmaydiga suvni kim chikardi? Sho'r suvdan shirin bulok suvni kim chikardi?" Xar kecha senga bir dona anorni kim chikardi?Anor yilda bir marotaba chikar ediku! Sajda kilib turgan vaktingda joningni olishimni sorading, men shunday kildim. Bularni kim kila olardi? Bu sening amalingmi yoki mening raxmatimmi?" Banda "Sening Raxmating Rabbim". Bularning xammasi mening raxmatim, raxmatim bilan jannatga kirgizgayman. Bandamni raxmatim bilan jannatga kirgizinglar! Sen kanday yaxshi bandam bo'lding! Alloh taolo uni jannatga kirgizdi."Bularning hammasi Allohning raxmatidir!"



Izox O'zgartirildi AsiRa - Payshanba, 27-Мая-2010, 06:47
AsiRa
Sana: Juma, 28-Мая-2010, 06:57 | Xatlari # 79
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Solih va taqvolik bir yigit bor edi. Uning iymoniga va taqvosiga ko'p musulmonlar havas qilishardi.
U yigit juda aqlli bo'lib, diniy ilmlar bilan dunyoviy bilimlarni ham teng olib ketishga harakat qilardi. Vaqtlar kelib yigitni onasi uni uylantirmoqchi bo'ldi va o'g'li orzu qilgan qizlarni qidira boshladi. Nomzodlar topildi ham lekin ular onaizorga rad javobini berishardi.
Sabab:
--- Sizni o'g'lingizni juda yaxshi bilamiz va havas qilamiz. Lekin dunyoviy sabablar chiqib qoldi.
--- Ayting hammasini qo'ldan kelgancha bajaramiz.
--- Bilasizmi... haligi....
Ularni ko'rsatayotgan sabablarida jon bor edi.
Yigit otasiz o'sgan, yolg'iz onasi unga parvona edi.
--- Bizni qizimiz keng hovlilarda o'sgan qiz, "dom" da siqilib qoladi, agar hovli olsangizlar albatta qizimizni beramiz deyishdi hamma sabablarni bitta qilishib.
Bu gaplardan yigit va onasini ko'ngli og'rirdi lekin na iloj.
Yana bir soliha, oilasi ham islomiy (huddi yigit orzu qilganday) qiz topildi.
Ular xursand bo'lib sovchilikka otlanishdi, qalblarida bir dunyo orzu havaslar.
Lekin bir ma'lumot ularni yana o'ylantirib, joylarida tek qotib qoldilar.
Bu qiz ham avvalgilardan ham keng hovlilarda katta bo'lgan va badavlatroq katta oilani farzandi edi.
Yigitni oilasi buni aksi bo'lib ko'pchilik shu sababdan qizlarini bergisi kelmayotgan edi.
Sovchilar avvaliga rosa ikkilanishdi:
--- Borsakmikin yoki bormay qo'ya qolsakmikin. Tavakkal qilamiz inshaAlloh.
Borishdi, qiz ham otasiz o'sgan edi. Onasi juda oqila ayol edi. Sovchilarga yigit bilan ko'rishib gaplashmoqchiligini aytdi. Yigit bo'lg'usi qaynona bilan suxbatlashish uchun tashrif buyurdi.
Savol-javob boshlandi, uzoq va mazmunli suxbat qurildi.
Ertasiga sovchilar natijani bilish uchun yana kelishdi:
--- O'g'limizni ko'rdingizmi, sizlarga yoqdimi?
--- Ha albatta, agar sizlarga ham meni qizim yoqqan bo'lsa men to'yga roziman.
--- Haligi... eshitgan bo'lsangiz kerak o'g'limni otasiz katta qilganman...
--- Ha eshitdim, meni ham qizim otasiz katta bo'lgan, inshaAlloh ularga ikkalamiz ham ota ham ona bo'lamiz.
--- Keyin biz dom da yashaymiz, buni ham avvaldan aytganmiz.
--- Eh qudajon, buni menga hecham qizig'i yo'q, agarda o'g'lingiz kapada (palatkada) yashaydigan bo'lganda ham men qizimni albatta bergan bo'lardim. Dunyo mollari o'tkinchi, hali inshaAlloh kattakon hovlilarda yashaysizlar.
To'y kuni belgilandi. Qizni onasi shunday kuyov nasib qilganiga judayam xursand edi. Tinmay farzandlari uchun solih va soliha juftlar so'rab qilgan duolari ijobat bo'lganiga Robbisiga bexisob shukronalar aytardi.
Kuyov taraf ham bundan juda mamnun edilar.
---- Onajon, nega shuncha sovchilarga rozilik bermasdan bu yigitga birdan rozilik berib yubordiz- dedi qiz tortinibgina onasiga.
---- Qizim, o'zimni nuridiydam, avvalo sendan ruxsat so'ramaganim uchun uzr so'rayman lekin iymonim komilki
bu yigit huddi sen orzu qilganingdek. Ya'ni seni Robbisini jannati tomon etaklaydigan yigit. Men u bilan suxbat qurganimda bunga guvox bo'ldim va o'sha kuni kechasi tush ko'ribman. Tushimda sen, men va o'sha yigit juda go'zal va yorug' bo'lgan yo'lda gaplashib birga ketayotgan emishmiz. Bu inshaAlloh yaxshilik alomati.
Qiz onasiga to'liq ishonardi va shuning uchun to'liq ixtiyorini topshirib qo'ygandi.
--- Onajon, men sizni yaxshi ko'raman, siz meni va akalarimni yolg'iz katta qildiz. Siz hech qachon bizga yomonlik ravo ko'rmaysiz. Agar siz bu nikoxga rozi bo'lsangiz men ham roziman.
Nikox o'qilyapti, ikkala tarafdan guvoxlar va kelin bilan kuyov. Nikohni bir olim kishi o'qimoqda.
Maxr so'raladigan fursat kelganida kelin past ovozda:
--- Men Zavjim bo'lmishni ilmlarini va hamisha meni ham o'zini ham to'g'ri yo'ldan adashmasdan olib ketishini maxr sifatida so'rayman.
--- InshaAllohu Robbil A'lamiyn!!! bu kuyovni javobi edi.

AsiRa
Sana: Shanba, 05-Июня-2010, 15:31 | Xatlari # 80
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Savol Javob:

Bir kishi bor ekan, o'zini juda mag'rur sanar ekan, Allohning birligi tugul borligigada ishonmas ekan
Uni xidoyatga da'vat qilganlarga xar doim o'z tushunchasi va nazariyalari bilan qarshi turib xar safar o'zinikini maqqularkanda xidoyatga kelmas ekan, (Zero Alloh hidoyat qilmasa bandasida xoxish yo'q)
Shu o'jar mag'rur kishi dinga da'vat qilgan kishilarga 3 ta savol berarkan, agar shu savollarimga javob bersang, albata men dinga kiraman va Allohning borligiga birligiga iymon keltiraman der ekan. Aksiga olib ko'pincha shu mag'rur kishini dinga da'vat qilayotgan mo'minlar din ilmida mukamal emas ekanlar, bilimlar sayozligidan gaplari u kishiga ta'sir qilmas va shu Mag'rurning ko'ngli to'ladigan javob berisha olishmas ekan
Bir kuni ushbu mag'rur kishimiz, yo'l taqazosidan bir Alloh suygan Solih bandaga xamrox bolib qolibdi, Solih kishi yo'l davomida ibodat qilibdi amri ma'ruf qilibdi vahokazo diniy amallarni bajaribdi. Shunda xaligi Mag'rurkishi Solih kishiga axir birodar Alloh deysan ibodat qilasan bundan senga nima naf debdida, men Allohga uning borligiga ishonmiyman debdi, xamda men shuncha kishilar bilan dindorlar bilan suhbatlashdim dinga da'vat qilishdi, savol berudim javob bera olishmadi , mana ko'rdiz deb maqtanibdi
Solih banda, uning gaplarini sukut saqlab eshitibdida, keyin xosh qanaqa savol bergandiz, biz xam eshitib ko'raylikchi debdi
Savolim shundan iboratki deb gap boshlabdi Mag'rur kishi,
1 dan. Allohga ibodat qil u bor Olamni yaratgan deysizlar, qani bo'lsa menga ko'rsating unga iymon keltiray, bir ko'raychi qanaqaligini?
2 dan.Taqdir taqdir deysizlar, taqdirni Aloh oldinda yozib qoygan deysizlar qanday qilib oldinda yozib qo'yishligi mumkin?
3 dan. Alloh shaytonni olovdan yaratdi deysizlar, ammo oxiratda shaytonni olovdan bo'lgan do'zaxga soladi deysizlar axir shayton xam olovdan yaratilgan bolsa, olov bilan olovga qanday qilib azob berish mumkin, bunda mantiq qani deb savol beribdi, mag'rur xolda, o'ziga ishonib
Bu gaplarni eshitgan Solih banda, savol berguvchining qulog'i tagiga shapaloq tortvoribdi. Safar davomida o'zining odobliligi, xushfelligi bilan alohida xurmat uyg'otgan, mo'minh solih kishi bo'lgan bir inson oddiy gapga shapaloq tortib yuborganidan xayron qolgani g'azab qilganidan ustun turgan Mag'rur kishi Solih bandadan niaga bunaqa qilganini so'rabdi
Solih banda, sen 3 savol berding, mening senga urgan shapalog'im xar uchala savolinga javob bo'la oladi debdi.
Solih kishidan gapini ma'nosini tushuntirib berishini so'raganidan keyin, u shunday debdii:
- Men seni urdim, urganda nimani xis qilding, og'riqni, endi shu narsani ya'ni og'riqni menga ko'rsatib berchi, ko'rsataolmaysan chunki og'riqni ko'rib mas xis qilib bo'ladi, shunday ekan dunyoda shunday narsalar borki uni ko'rish mumkin emas, Amo uni qalban fikran ong bilan xis qiladi kishi, Allohni xam brligini qalban fikran xis qilib ong bilan tasdiqliymiz, bu sening birinchi savolingga javob !
- Men senga shapaloq urdim, ammo shuni urishimdan oldin sen urishim xaqida bilarmiding, yoki kecha yoki o'tgan kuni bilganmiding yo'q bimagansan, bu sening taqdiringda bor edi va o'zing meni oldimga kelib taqdiringdagi nasibangni olding, shuni taqdir deydilar, taqdiringdagidan ozgina ko'p xam kam xam nasiba olaolmaysan bu xayotda, bu sening ikkinchi savolinga javob edi
- Men seni teridan iborat bo'lgan qo'lim bilan urdim, teridan iborat bo'lgan yuzingga, natijada og'riq berdi, sen azoblanding,Teri bilan terini tekkizishdan og'riq xosil qila olgan Alloh nimaga endi olovdan yaratilgan shaytonga olov bilan azob bera olmasa, Alloh istasa suyuqlik mijozi bo'lgan ko'katdan olov chiqaradi, Alloh istasa, qurqulik mijoz bo'lgan toshdan giyohundiradi, bu sening uchinchi savolinga javob edi, degan ekan
biroz sukut saqlab tafakur qilib ko'rgan mag'rur kishi, ko'zida yosh bilan Allohga tovba tazaru qilib iymon keltirgan ekan!!!

AsiRa
Sana: Chorshanba, 09-Июня-2010, 03:15 | Xatlari # 81
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

YAMOQCHINING HAJI

Buyuk muhaddis va faqih Abdulloh ibn Muborakning tushiga farishtalar kiribdi. Ular o’zaro suhbat qurishayotganmish.
– Bu yil hajga nechta odam keldi?
- Olti yuz ming.
- Nechtasining haji qabul qilindi?
- Shomdagi Ali degan oyoq kiyim ta’mirchisining haji sababidan hammasining haji qabul qilindi.
Abdulloh ibn Muborak shunday hikoya qiladi:
“Uyg’onishim bilan Shomga qarab yo’l oldim. O’sha odamni izlab, uyini topdim. O’zimni tasnishtirganimdan so’ng u hayajonlanib, o’zini qo’yarga joy topa olmadi. Tushimni unga so’zlab berdim. Taqsir, nima amal qilgan edingizki, Alloh sizning va boshqa barcha hojilarning hajini qabul qildi? – deya so’radim. U bo’lgan voqeani gapirib berdi:
- Men oyoq kiyim ta’mirchisi edim. O’ttiz yildan beri hajga niyat qilib, o’ttiz yuz dirham kumush yig’dim. Mana shu yil hajga ketmoqchi edim. Ayolim xomilador edi. Qo’shnimizning uyidan kelayotgan ovqat hidi unga yoqib, o’sha taomdan istadi. Qo’shnimnikiga kirib vaziyatni tushuntirdim. Qo’shnim: “Ey, Ali, bizning bu taomimiz sizga halol emas. Uch kundan beri bolalarim tuz totgani yo’q. Butun Shom shahridan biron ish topolmadim. Hech kim menga ish bermadi. O’lib yotgan bir hayvonni ko’rdim-da, zarurat yuzasidan undan bir parchasini kesib, bolalarimga pishirayotgan edim… Sizga halol bo’lmaydi bu.” Buni eshitib unga ichim achidi. Haj uchun to’plagan kumushlarimni unga olib kelib berdim va : “Buni bolalaring uchun nafaqa qil, bizning hajimiz shu bo’lsin!” dedim.”

© Turkchadan erkin tarjima.



Izox O'zgartirildi AsiRa - Chorshanba, 09-Июня-2010, 03:16
Mumtoza18
Sana: Yakshanba, 20-Июня-2010, 00:04 | Xatlari # 82
Ism:
[Bahora]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[863]
Xulqi: +
[47] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

AsiRa, Allloh rozi bolsin



AsiRa
Sana: Dushanba, 21-Июня-2010, 08:13 | Xatlari # 83
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Sizni yaxshi ko'raman...

Abdulloh ibn Sarjas roziyallohu anhu dan:
«Janobi Payg‘ambarimiz (S.a.v) ga:
— Men Abu Zarrni yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Buni o‘ziga aytdingmi?
— Yo‘q.
— Borib aytgin.
Shundan so‘ng Abu Zarrni topib:
— Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin, — dedi u.
Keyin bu haqda Rasuli akramga aytgan edim, shunday marhamat qildilar:
— Yaxshi ko‘rgan kishingga: “Sizni yaxshi ko‘raman”, deyishing savobdir».

***

Bir odam Ibn Abbosning yonidan o‘tdi.
— Bu odam meni yaxshi ko‘radi, — dedi Ibn Abbos.
— Qaerdan bilasan? — deb so‘rashdi undan.
— Chunki men uni yaxshi ko‘raman, — deb javob berdi u.

AsiRa
Sana: Dushanba, 21-Июня-2010, 08:14 | Xatlari # 84
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Tabib va Hakiym

Bir tabibning yoniga bir bemor kelibdi. Tabib undan so'rabdi:

- Shikoyating nimadan, qaysi yering og'riyapti?

- Shikoyatim qalbimdan, qalb ko'zim ko'r... Ey tabib, qalbimni davola...

- Men tabibman, sening kasalingni esa men davolay olmayman...

- Unda mening dardimni kim davolay oladi?

- Hakiym, unga murojat qil!

- Hakiym kim?

- Ya Siyn... val Qur'anil Hakiym!

AsiRa
Sana: Chorshanba, 07-Июля-2010, 03:06 | Xatlari # 85
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Vasiyat.

Bismillohir rohmanir rohiym!

O'tmishda bir odam bo'lib yoshligini savdo sotiq bilan, tijorat bilan o'tkazib juda ko'p mol dunyo orttirgan edi. Yoshi bir joyga borib, beldan quvvat ko'zdan nur ketganidan keyin qo'li ishga bormay uyda o'tirib qolibdi. Uning kasbini o'g'li davom ettirar va o'z zamonasining eng boylaridan edi.
Kunlardan bir kun, otaxon o'g'lini yoniga chaqirib:
-O'g'lim namuncha shu mol-dunyoni ortidan quvmasang? Meni topganimni nevarang bilan yotib yesang ham yetadiku? Nima qilasan shuncha davlatni. Kel meni yonimda bir pas o'tir desa o'g'li ko'nmas, Dunyo tashvishi bilan hali u yoqqa hali bu yoqqa yugurar tinim bilmasdi...
Bir kuni otaxon o'g'lini yana chaqirdi va:
-O'g'lim yonimga o'tirginda gaplarimni yaxshilab eshit, mana uzing guvohsan mol dunyom o'zimga yetarli. Bu mol dunyoni nevarang bilan yeb ham tugata olmaysan. Lekin qarib quldan kuch quvvat ketganidan keyin, ko'chaga chiqa olmay uyda o'tirib qoldim. Senga hozir aytmoqchi bo'lgan vasiyatim shuki, uyda anchadan buyon o'tiraverganimdan manashu yirtiq eski paypog'imga ancha o'rganib qoldim. Men o'lgandan keyin, sendan iltimos meni qabrga shu eski paypog'im bilan ko'minglar. Endi ikkinchi vasiyatimni eshit, ikkinchi vasiyatim huv anavi taxmon ustidagi qog'ozga yozilgan. Faqat uni meni ko'mib kelganlaringdan keyin ochib o'qigin.
Oradan hech qancha vaqt o'tmasdan ota olamdan o'tdi. G'assollar mayitni yuvish uchun hozirlik ko'rishayotganida o'g'il
- Otam menga shu paypog'i bilan ko'mishni vasiyat qilgandilar. Iltimos paypoqni yechmanglar.
-Bunday odat shariatda yo'q, paypoqni yechmasak, mayitni yuvib bo'lmaydi
-...Lekin otam menga vasiyat qilgandilarda...
-Bo'lmasa o'zing yuv...
-Shoshmang, mayli yecha qolinglar...
Otani qabrga qo'yib kelishgach huvillagan hovlida yolg'iz qolgan o'g'ilni hayoliga, birdan otasi aytgan ikkinchi vasiyat keldi. Borib taxmon ustidagi, xatni ochib uqiy boshladi...
"O'g'lim...! Mana, shuncha molu dunyo yig'ib, shuncha davlat orttirib, eski yirtiq paypog'imni o'zim bilan olib ketolmadim... Sen nima qilmoqchisan molu dunyoni?!

Fozil qori Yosin o'g'li ma'ruzasidan.

Atmosfera
Sana: Payshanba, 11-Ноября-2010, 17:48 | Xatlari # 86
Ism:
[Yahsirilgan]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[117]
Xulqi: +
[3] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Yomonlikka yaxshilik

Abu Hurayradan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Bir kun bir ayol oldimga kelib:
— Men ham zino qildim, ham zinodan tuHilgan bolamni o‘ldirdim. Endi shu gunohimdan tavba qilsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.
— Sen uchun tavba yo‘q! — dedim men ayolga. — Alloh ko‘zingni ko‘r qilsin, hech bir qulaylik bermasin...
Shundan so‘ng ayol yig‘lab, tizzalariga urib chiqib ketdi. Ertasi kuni bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, bu voqeani aytgan edim – Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalom:
— Sen ayolga naqadar yomon javob beribsan. Sen axir “Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon Zotdir” (Furqon, 68-70) mazmunli oyatlarni o‘qimaganmiding? — deya marhamat qildilar.
Shundan so‘ng darhol ayolni chaqirtirib, unga bu oyatlarni o‘qib berdim. Ayol sevinganidan o‘sha zahoti sajda qildi va:
— Menga qutulish eshigini ochgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin, — dedi».



_SOJIDA_
Sana: Juma, 24-Декабря-2010, 20:43 | Xatlari # 87
Ism:
[SOJIDA]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1122]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ҚИЗАЛОҚНИ ҚУМСАДИ КЎНГИЛ.

Инсон Аллоҳ таолонинг маҳлуқотлари ичида энг шарафлиси, шу билан бирга энг сирлиси. Уни гоҳ осмонлар қадар юксак к расан, гоҳо эса...
Инсонларнинг аксарияти умрининг қанчадир қисмини яшаб бўлган бир ортига боқадию, надомат уммонига ғарқ бўлади. Бошқаларининг эса қилган савобли аммаллари боис бир оз кўнгли таскин топади. Не сабаб бўлди бир куни мен ҳам ортимга, ўтган умр йўлимга бир назар солдим. Унда бир қизалоқ ниманидир қаттиқ бағрига босганча одамлардан яширишга, уятдан қизарган юзларини барчадан олиб қочишга ҳаракат қиларди...

Ў шанда учинчи синфда ўқирдим. Яхши ўқиганим боис ўқитувчиларим мендан уй вазифаларини сўрамайдиган, синфда бўладиган тортишувларда ҳам, баҳолаш жараёнидан ҳам мени четлаб ўтадиган одат чиқаришди. Бу бир томондан мени жаҳлимни, бошқа томонда эса дилимнинг туб-тубидан фаҳр туйғусини келтириб чиқарарди. Ана шундай қоришиқ туйғулар оғушида бир куни уй вазифасини жуда хафсаласизлик билан бажардим. Орадан бир қанча вақт ўтиб ўқитувчимиз дафтарларни текшириш учун йиғиб олди.

Дафтар қайтариб берилганда эса унинг саҳифасида менга қўйилган уч баҳо, умримда илк ва сўнгги бор олган уч баҳоим турарди. Уятдан қалтираб кетдим. Дафтарим тўлмаган, хатто яримламаган бўлишига қарамай янги дафтар олдиму, уни яширдим. Ҳеч ким кўрмасин, ҳеч ким билмасин, деган ўйда яшириб қўйдим. Эртаси куни олдимдаги янги дафтарни кўрган ўқитувчим ажабланиб савол назари билан қараганида кўзларимни олиб қочдим. У индамайгина мендан узоқлашди...
Бугун шу вақеани эсланканман қалбим аламдан ўртанди.

Кундан-кунга тошдек қотиб бораётган кўнгил ўша қизалоқни, қилган айб ишидан уялиб қизарган қизалоқни қумсади. Чунки хозирги ҳолатим хавас қилгулик эмас. Баъзан ибодатларим дунё ишлари билан банд эканлигим, баъзан эса эътиборсизлигим боис қазо бўлади. Гоҳо эса кун бўйи телевизор қаршисида бефойда нарсаларни томоша қиламану бир ояти каримани тиловат қилишга вақт тополмайман. Баъзан менга ўлчовли қилиб берилган вақтни ким биландир беҳуда гаплар гаплашиб ўтказаман.

Гарчи вақтни ортга қайтариб бўлмаслигини, бир кун надомат чекилишини билсамда... Бошқача қилиб айтганда, бугун номаи амолим “уч баҳолар"га тўлиб кетган. Лекин уларни яширишга ша қизалоқдек интилмайман. Аксинча кимгадир “...бугун бомдодга тура олмадим", “...аср пайти бозорда эдим", “...ишдалигим боис пешин қазо бўлди" дея ўз айбларимни бир-бир очаман. Ваҳоланки, меҳрибон ва раҳмли Аллоҳ гуноҳлар агар Ўзи ва бандаси ўртасида сир бўлиб қолса, уларни кечиб юборишини айтган.

Умр дафтарим-номаи аъмолимни эса самовотдаги фаришталар кўриб турганларини билганим ҳолда, мукотиб фаришталар ҳар бир оним, ҳар бир нафасимни хисобини қилиб турганинидан хабардор бўлганим асносида уни гўзал амаллар билан безашга интилмайман. Менга берилган “уй вазифалар"ни ихлос билан бажариб, “аъло баҳо" олишга ҳаракат қилмайман.

Бу ёмон баҳоларга тўла “дафтар"ни янгиси билан алмаштиришнинг қанийди иложиси бўлса! Фараз қилайки, бунинг имкони топилди. Лекин Аллоҳ азза ва жалла ҳам ўқитувчимдек индамайгина кетармикин?! Ахир энди дафтардаги ёмон баҳолар сони битта эмас, мингта! Балки унданда кўпроқ, сон-саноқсиздир?!
Эҳ қизалоқ-қизалоқ! Мен сени тез-тез эслайман, сени тинмай қумсайман! Сенинг ўша биргина ҳолинг менга қанчалар кўп ибрат дарсини ўтаганини билсанг эди! Сен боис мен “дафтарим"ни эмас ундаги баҳоларни яхшисига, йўқ-йўқ аълосига ўзгартириш ҳаракатидаман. Бу йўлда менга Аллоҳнинг Ўзи мададкор бўлсин! Сен ҳам мен учун дуо қил.

Сиз азизлар бир-бирингизнинг ҳаққингизга дуо учун қўл очинг. Зеро, мусулмон кишининг мусулмон биродари учун қилган дуоси ижобатдир.
Дуоларингиздан умидвор синглингиз Нигор!

Manba





ASABLAR CHARCHAGANDA DARMONDIR QURON
YURAKLAR SIQILGANDA DARMONDIR QURON
GUNOHLAR TO`KILISHIGA SABABDIR QURON
BARCHA DARDLARGA DARMONDIR QURON


Izox O'zgartirildi _SOJIDA_ - Juma, 24-Декабря-2010, 20:43
grizakalr
Sana: Dushanba, 10-Января-2011, 18:12 | Xatlari # 88
Ism:
[jamshidjon]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Турция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

alloh rozi bulsin



olloh byukdur
  • Страница 6 из 6
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025