Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Shukur Qilaylik!
BeBeShKa
Sana: Yakshanba, 01-Марта-2009, 01:54 | Xatlari # 1
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda Sulton ota ismli iymon-e’tiqodli bir inson yashagan ekan. U o‘z nafsini bo‘ysundirgan, sabr-toqatli, qalbi Yaratganga shukronaga to‘la mo‘minlardan edi. O‘zi yemasa ham, o‘zgaga ulashish ilinjida yashardi.

Kunlarning birida ul zot bemor birodarini ziyorat qilish uchun yo‘lga tushibdi. Dilda shukrona aytib keta-keta noxos qoqilib, yiqilib tushibdi. Sulton ota darrov o‘rnidan turib, o‘zini o‘nglab olibdi-da: “Yo, Olloh, o‘zingga shukur! Qarib-qartaysam ham o‘z oyog‘im bilan yuribman. Yiqilsam ham shikast topmadim”, deya yana yo‘lda davom etibdi. Yana bir necha qadam bosgach, tag‘in yiqilibdi. Ota yana o‘zini o‘nglab: “Yo, Olloh, o‘zingga shukur! Yiqilsam ham qattiq shikast yemadim, tizzam biroz shilindi-yu, qon chiqmadi, tahorat sinmadi”, deya ketaveribdi.

Kutilmaganda u kishining ro‘parasidan yuziga niqob tutgan, baquvvat bir yigit chiqibdi. Oqshom bo‘lib qolgani uchun qo‘liga chiroq ham ko‘tarib olgan ekan. U otaga yordamlashib yuboribdi. Sulton ota do‘sti yashaydigan xonadon eshigiga yetgach, yigitni duo qilish uchun fotihaga qo‘l ochibdi. Shunda yigit: “Hay-hay, ota, meni duo qilib ovora bo‘lmang, baribir tegmaydi. Chunki men shaytonman”, debdi.

Sulton ota hayron bo‘lib:

— E, badbaxt, agar sen shayton bo‘lsang, nega menga yaxshilik qilding? Axir sening a’moling bandalarga yomonlik-ku?! — debdi.

Shunda shayton unga:

— Ey, Sulton ota, to‘g‘ri, biz shaytonlardan yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Siz o‘zingiz och bo‘la turib, ana shu ikkita nonni xasta va muhtoj birodaringiz uchun olib ketayotganingizni ko‘rgan Olloh farishtalarga: “Qarang, anavi bandam bir bemorning ko‘nglini obod aylagani ketyapti”, deya sizga muhabbat nazarini soldi. Men esa yonib ketdim. Siz birinchi bor yiqildingiz va unga shukrona aytdingiz. Shunda Olloh amr qildi: “Shu bandamning barcha gunohlaridan kechdim. Umrining oxirigacha gunoh qilsa ham yozmanglar!” Men bundan battar g‘azabga mindim. Siz ikkinchi marta yiqilib, yana shukur dedingiz. Buni ko‘rgan Olloh amr qildi: “Shu bandamning yetti pushti qilgan gunohlaridan kechdim! Unga jannatdan shunday joy tayyorlangki, hatto avliyolar havas qilsin!” Men bundan battar ahvolga tushdim. Shoshib sizni manzilingizga yetkazishga oshiqdim. Yo‘qsa, yana bir marta yiqilib shukur qilsangiz, Olloh butun boshli shaharning gunohini kechib yuborishi mumkin edi-da... — deya javob qilibdi.

Sulton ota g‘azablanib, uni haydab solibdi.

Qissadan hissa: Har birimiz dilimizda iymon borligiga ishonamiz. Shu ishonch bilan bu dunyoda yashaymiz. Ammo qonimizda shaytoni la’in qoni ham qo‘shilib oqayotganini yodimizdan ko‘tarmaylik. Qilingan gunohlarning jazo-yu mukofotini yolg‘iz Olloh beradi. Hech birimizni shukronalik hissidan bebahra etmasin.

justoneguy
Sana: Yakshanba, 01-Марта-2009, 02:33 | Xatlari # 2
Ism:
[Oddiy Bola]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Etiborli Forumchi]
Postlari:
[96]
Xulqi: +
[30] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

MashaAlloh...
Mana shu rivoyatni qaysidur ma'ruzada eshitib juda ta'sirlangandim... yana bir marta o'qib, Alhamdulillah didim...
Alloh barchamizni shukur qiluvchi shokir bandalaridan qilsin! Ameen!

BeBeShKa
Sana: Shanba, 07-Марта-2009, 03:10 | Xatlari # 3
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Rivoyat qilishlaricha, bir olim fozil kishilar mashvaratida har bir mo‘minning bo‘ynidagi bajarishi shart bo‘lgan farz amallar haqida ma’ruza qilibdi. Amru ma’ruf va naxiy munkar, ya’ni yaxshilikka boshlash, yomonlikdan qaytarish, noshukur banda bo‘lmaslik xususida so‘z yuritibdi.

— Har bir giyoh ham, hayvon ham doimo shukurda bo‘ladi, — debdi.

Shunda dilida imoni sustroq bir kishi so‘rabdi:

— Mol ham shukur qiladimi?

Uning so‘zi o‘tirganlarga yoqinqiramabdi. Ammo olim javob berishi kerak edi. Olim aytibdi:

— Ha, mol: “Ey, Ollohim, meni mol qilib yaratding, go‘shtim, sutim halol kishilarga nasib qilyapti, shu orqali elga nafim tegyapti, meni it qilib yaratmaganingga shukur”, deydi.

Haligi kishi yana so‘rabdi:

— Unda it nima deb shukur qiladi?

— “Ey, Ollohim, meni it qilib yaratding. Rizqimni odamlar orqali berib turibsan. Insonlar meni ko‘rib jirkanmaydilar. To‘ng‘iz yoki cho‘chqa qilib yaratsang, nima qilardim”, deydi.

— Iya, bundan chiqdi, eng jirkanch maxluq to‘ng‘iz ekan-da, — debdi ul kishi. — Demak, u shukur qilmaskan-da?!

— Yo‘q,— debdi olim. — U ham Ollohga shukur qiladi. U aytadiki, “To‘ng‘iz qilib yaratganingga shukur qilaman. G‘iybatchi, tuhmatchi, ichiqora, yomonlik urug‘ini sochuvchi munofiq odam qilib yaratmading. Shunday qilganingda abadiy do‘zaxda kuyarmidim. U yerda qilgan amallarim uchun hisob berish ham yo‘q. O‘lsam, tuproqqa aylanib keta beraman. Shunisiga ham shukur qilaman”.

Ushbu javobdan so‘ng savol berayotgan inson mulzam bo‘lib qolibdi.

Qissadan hissa: Oramizda noshukur odamlar uchraydi, albatta. Biroq atrofga e’tibor bering... Qo‘l-oyog‘i yo‘q bo‘la turib, hayotidan nolimay yashayotganlar bor. Sizda-chi? Yaratgan qo‘l-oyog‘ingizni but qilib qo‘yibdi-ku! Uyma-uy yurib, tilanchilik qiladiganlar qancha? Sizga esa Razzoq Egam rizq yetkazish uchun kasbu kor beribdi. Boshqalarga muhtoj etmaganiga shukur qilmaysizmi? Mamlakati notinch, o‘t va suv balosiga giriftor bo‘lib umr kechirayotganlar qancha... Biz-chi, Ollohga shukurki, musaffo osmon ostida osuda hayot kechiryapmiz. Bemalol uxlay olamiz. Qulog‘imiz tinch. Jilla qursa, shuning uchun shukrona keltiring, azizlar...

Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 15:35 | Xatlari # 4
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:)



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024