Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Birovning Haqi Aslo Buyurmaydi!
BeBeShKa
Sana: Seshanba, 03-Марта-2009, 17:51 | Xatlari # 1
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Bir zamonlar qo‘li kesilgan bir odam bo‘lib, u yurgan yo‘lida: “Meni ko‘rgan har bir inson biror kishiga zulm qilmasin”, deb nido qilib ketardi.

Odamlar esa unga goh achinib, goh ajablanib boqishardi. Ular orasidan bir kishi:

— Ey, birodar, senga nima bo‘ldi? — deb so‘radi.

U esa boshini quyi solgancha javob berdi:

— Men zolimlarning yordamchilaridan biri edim. Hech kimga shafqat qilishni bilmasdim. Biror odamning qo‘lidagi narsasi yoqib qolsa, darhol uni tortib olardim. Bir kuni yo‘lda baliqchini ko‘rib qoldim. Uning qo‘lida kattakon baliq turardi. Uning yoniga kelib, balig‘ini menga berishini so‘radim. U esa: «Baliq bolalarimning nasibasi, uni tekinga berolmayman. Menga pulini bering, mayli, baliqni oling», — dedi. Men esa uning gaplarini parvoyimga ham keltirmadim. Zo‘ravonlik bilan kuch ishlatib, baliqni undan tortib oldim. Baliqni ko‘tarib uyga kelayotganimda hali joni uzilmagan jonivor qo‘limni tishlab oldi. Uyga kelib baliqni tashlaganimdan so‘ng barmog‘im zirqirab og‘riy boshladi. Og‘riq azobidan tuni bilan uxlolmay chiqdim. Tongga borib qo‘lim shishib ketdi. Tong otishi bilanoq tabibga borib, og‘riqdan shikoyat qildim. U barmog‘imni ko‘rib: «Bu qorason (suyak chirishi) kasalining boshlanishi. Barmog‘ingni kesib tashlash kerak. Aks holda qo‘lingdan ayrilasan», — dedi. Tabibning aytganini qilib, barmog‘imni kesib tashladim. Ammo shu bilan azob tugamagan ekan. Endi og‘riq qo‘limga o‘tdi. Bu gal tabib: “Kaftingni kesib tashla”, dedi. Kaftimni ham kesib tashlashga majbur bo‘ldim. Keyin bu dard tirsakka o‘tdi. Ko‘rib turibsizki, tirsakdan ham mahrum bo‘ldim. Butunlay qo‘limni kesib tashlaganlaridan so‘ng ba’zilar buning sababini so‘ray boshladilar. Men baliq voqeasini hikoya qilib berganimdan so‘ng ular: “Oldinroq borib baliqchiga uzringni aytganingda, ehtimol, biror-bir a’zoing kesilmasdi, haliyam kech emas, borib kechirim so‘ra, aks holda badaningga o‘tib ketmasin!” — deb maslahat berishdi. Men baliqchini izlab topdim. Oyoqlariga yiqilib, yig‘lab o‘pa ketdim. “Sayyidim, Alloh haqi, meni kechiring”, deb yolvora boshladim. U: “Siz kimsiz?” deb so‘radi. “Men balig‘ingizni tortib olgan kishiman”, deb bo‘lgan voqeani unga eslatdim. Qo‘limni ko‘rib yig‘lab yubordi. “Ey, birodar boshingizga shunday balolar tushibdi. Mingdan ming roziman”, dedi. “Sayyidim, Alloh haqi, ayting-chi, balig‘ingizni olib qo‘yganimda meni duoibad qilganmidingiz?” — deb so‘ragan edim, “Ha, ey, Allohim, bu bandang kuchliligi sababli menga rizq qilib bergan narsangni zo‘ravonlik bilan tortib oldi. Bas, menga shu bandang ustida O‘z qudratingni ko‘rsat, deb duoibad qilgan edim”, dedi. Ana shu qarg‘ishning ortidan men shu ahvolga tushdim.

Qissadan hissa: Birovning haqi boshqasiga buyurmaydi. Alloh har kimning nasibasini bo‘lak qilib yetkazadi. Bas, birovning haqini yeyishdan, unga zulm qilishdan saqlaning. Odamlar ko‘ngliga ozor berish esa... Alloh Taolo mazlum bandalariga, albatta, yordam beradi. Zulm qilganlar esa alal-oqibat o‘zlari yomonlikka giriftor bo‘lishadi. Ilohim, Tangrim har birimizni yomonlik qilishdan asrasin!

AKSda
Sana: Yakshanba, 08-Марта-2009, 21:49 | Xatlari # 2
Ism:
[۩۞۩ALLI۩۞۩]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[488]
Xulqi: +
[98] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

bu Aniq kotta raxmat!



salsabil
Sana: Seshanba, 17-Марта-2009, 18:01 | Xatlari # 3
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

[b]cOo_cOo[/b], sinim rahmat hammasi haqdur olloh birovni molidan zulmidan asrasin



NeLya
Sana: Seshanba, 17-Марта-2009, 20:43 | Xatlari # 4
Ism:
[NeLLi]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[17142]
Xulqi: +
[1793] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

cOo_cOo, kotta rahmat baraka toping singlim..uqigan edim postim chiqmay qolgan ekan..hozir qarasam postimyoo..ushanga boshqattan yana qoldirdim.. 34f



MoNiKa
Sana: Juma, 27-Марта-2009, 13:26 | Xatlari # 5
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

cOo_cOo, Rahmat singiljonim, rahmat. Allohim birovlarni zulmidan va molidan asrasin



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Izox O'zgartirildi MoniKa - Juma, 27-Марта-2009, 13:26
BeBeShKa
Sana: Yakshanba, 05-Апреля-2009, 16:38 | Xatlari # 6
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (MoniKa)
cOo_cOo, Rahmat singiljonim, rahmat

Sizgayam Rahmat Opajon flirt

Quote (MoniKa)
Allohim birovlarni zulmidan va molidan asrasin

Ilohim etganiz kelsin, OMIYN!

  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025