Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Ixlosning Kuchi
BeBeShKa
Sana: Shanba, 07-Марта-2009, 04:47 | Xatlari # 1
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

“Ixlos” surasi. Bu surani ixlos bilan o‘qigan insonga bir necha barobar savob yozilishi hadislarda bayon etilgan.

Bir kuni Muhammad (s.a.v.) Madinai Munavvaraning darvozasida o‘tirgan edilar. Odamlar bir kishini tobutga solib, janoza o‘qimoq uchun olib kelishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) so‘radilar:

— Bu murdaning hech kimdan qarzi yo‘qmi?

Bir odam:

— Yo, Rasululloh, bir odamdan to‘rt tanga qarzi bor edi, — deb javob berdi.

Undan so‘ng Rasuli Akram:

— Ey, odamlar, sizlar janoza o‘qinglar, men qarzdor kishiga janoza o‘qimasman, — dedilar.

Shu vaqt Jabroil (a.s.) nozil bo‘lib aytdilar:

— Yo, Rasululloh, sizga Olloh taolo salom yubordi. Va shunday amr qildi: “Muhammad (s.a.v.) o‘sha murdaga janoza o‘qisinlar, kimki uning janozasini o‘qisa, uni men mag‘firat qilurman”. Men uning qarzini odam suvratida bo‘lib, to‘lagani keldim va u qarzidan xalos bo‘ldi.

Rasululloh (s.a.v.) so‘radilar:

— Yo, Jabroil, bu banda nima sababdan bunday daraja topdi?

— Bu banda har kuni yuz martadan “Ixlos” surasini o‘qirdi. Shu bois bu maqomga erishdi.

Rivoyat qilurlarki, Rasululloh (s.a.v.) Makkai Muazzamadan chiqib, Madinai Munavvaraga yo‘lga tushganlaridan xabar topgan Makka kofirlari maslahatga yig‘ilganlarida, Abu Jahl dedi:

— Muhammadning orqasidan borib, uning boshini olib kelganga yuzta qizil rangli, qora ko‘zli tuya va yuzta arabiy ot beraman.

Saroqa binni Molik ismli kishi o‘rnidan turib:

— Agar so‘zingdan qaytmasang, Muhammadning boshini men olib kelaman, — dedi.

Abu Jahl to‘planganlarni guvohlikka chaqirdi. Saroqa qilichni qo‘lga olib, Muhammad (s.a.v.)ning ortlaridan yo‘lga tushdi. Madinaga uch kunlik yo‘l qolganda, Rasululloh (s.a.v.)ga yetib oldi va shamshirini otmoqchi bo‘ldi. Jabroil (a.s.) yerga tushib dedilar: “Yo, Rasululloh, Alloh taolo Yerni sizning hukmingizga o‘tkazdi, Saroqaga nisbatan istaganingizni buyuring”. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ey, Yer, Saroqaning otini tort”, dedilar. Darhol Saroqaning oti tizzalarigacha yerga botib qoldi. Shunda Saroqa: “Yo, Rasululloh, sizga hech qanday yomonlik qilmayman, otimni qutqaring”, dedi. Rasululloh (s.a.v.) duo qildilar, otning tuyoqlari ozod bo‘ldi. Ozgina vaqt o‘tib, Saroqa payg‘ambarga qasd qilib, yana yo‘lga tushdi. Rasuli Akram yerga: “Saroqani olgin”, deb buyurdilar. Yer Saroqani beligacha tortgan edi, Saroqa faryod qilib: “Yo, Rasululloh, al-omon, al-omon, tavba qildim!” dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Ey, Yer, Saroqani qo‘yib yubor”, deyishlari bilan Yer Saroqani ozod qildi va u payg‘ambarning oldilariga kelib: “Yo, Rasululloh, o‘z Xudoyingizdan xabar bering. Xudoyingiz buyuk qudratga ega ekan. Sizga qasd qilganim uchun yer meni ikki marta o‘ziga tortdi. Xudoyingizning sifatini bayon eting, u oltindanmi yoki kumushdanmi, misdanmi yo temirdanmi? Bizning tangrilarimiz ana shunday ashyolardan yasaladi”, — dedi. Rasululloh (s.a.v.) Saroqadan bu so‘zlarni eshitib, o‘yga toldilar. Darhol Jabroil hozir bo‘lib dedilar: “Yo Muhammad, “Qul huvallohu ahad. Allohu samad. Lam yalid. Va lam yulad. Va lam yakun lahu kufuvan ahad”. Rasuli Akram (s.a.v.) “Ixlos” surasini Saroqaga o‘qib berdilar. Saroqa darhol iymon keltirib, musulmon bo‘ldi.

“Ixlos” surasini doimiy o‘qib yurgan insonlarning u dunyosi ham, bu dunyosi ham obod bo‘ladi. Bu dunyoda uning rizqi butun bo‘lsa, u dunyoda esa mana shu sura bois uning gunohlari mag‘firat etiladi.

Bir kishi qashshoqlikdan qiynalib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib shikoyat qildi. Payg‘ambar unga: “Har qachon o‘z manzilingga kirganingda “Ixlos” surasini o‘qigin”, deb marhamat qildilar. U payg‘ambarning gaplariga amal qilgan edi, Alloh subhanohu va taolo unga rizq eshiklarini ochdi.

Hazrati Ali (r.a.) aytadilar: “Har kim bomdod namozidan keyin o‘n marta “Ixlos” surasini o‘qisa, shu kuni nomai a’moliga birorta gunoh yozilmas ekan. Agar tark etmay, har kuni o‘qisa, yuzta shahidning savobi nomai a’moliga yozilgusidir. “Ixlos” surasi o‘z o‘quvchisini dunyo qiyinchiliklaridan, oxirat va o‘lim azobidan, qabr zulmatidan hamda qiyomat tashvishlaridan xalos etadi”.

Bas, shunday ekan, yaxshi amallar qilish barobarida kunu tun “Ixlos” surasini ixlos bilan yod etaylik. Har birimizga bu surani o‘qishni va uning savobiga erishishni nasib aylasin.

Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 16:06 | Xatlari # 2
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:)



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024