Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
QABR AZOBI
BeBeShKa
Sana: Juma, 27-Марта-2009, 11:34 | Xatlari # 1
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Buni ma'ruzalarda tinglab ko'rgan bo'lishingiz mumkin, lekin forumga ham yozma ravishda joylab qo'yilsa, bilmaganlar o'qib ko'rishsa foydadan xoli bo'lmaydi deb shu yerga joyladim.Marhamat.

Bir yigit mahzun holda Abdumalik ibn Marvoning huzuriga kelib:

— Ey, amiral mo‘minin, men ulkan gunoh qildim. Endi tavba qilsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.

— Nima gunoh qilding? — so‘radi amiral mo‘minin.

— Gunohim juda ulkan, — deya boshini quyi egdi yigit.

— U nima ekan? — deya hayratlandi Abdumalik. — Alloh taologa tavba qil. U zot bandalarining tavbalarini qabul qiladi va kechiradi.

— Ey, amiral mo‘minin, men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. Bu ishdan qo‘rqmasdim ham, hatto tavba qilmasdim. Ammo bir kecha g‘aroyib ishlarni ko‘rdim, — dedi yigit.

— Nimalarni ko‘rding? — deya savol berdi amir.

Yigit og‘ir tin oldi-da, so‘ng ko‘rganlarini bir boshdan ayta boshladi:

— Bir kecha bir qabrni kavladim. Qarasam, mayitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolibdi. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, shu payt qabrda kimningdir: «Mayitning yuzi nega qiblaga teskari bo‘lib qolganini so‘ramaysanmi?» degan ovozi eshitildi. «Nima uchun teskari bo‘lib qolgan?» deb so‘ragan edim, «Chunki u namozga bee’tibor edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», degan javob keldi. So‘ng boshqa qabrni kavladim. Qarasam, murda to‘ng‘izga aylanib, bo‘ynidan kishanlangan, zanjirband qilingan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning qanday amal qilganini, nima uchun azoblanayotganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun?» deya so‘radim, “U tirikligida sharob ichar edi va tavba qilmay vafot etgan», dedi. Keyin boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayit olov qayish bilan yerga bog‘langan va tili gardanidan chiqib turgan ekan. Undan qo‘rqib, endi qaytib chiqmoqchi bo‘lib turganimda yana: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» degan nido keldi. Sababini so‘radim. «U siydikdan saqlanmas va odamlar orasida gap tashib chaqimchilik qilib yurar edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu”, degan javob keldi. Undan so‘ng boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayit olovda kuyayotgan ekan. Yanada xavotirga tushib, lahaddan chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘radim, «U namozni tark qilgan edi», dedi. Va nihoyat boshqa qabrga o‘tib, shu oxirgisi deya qabrni kavladim. Qarasam, qabr ko‘z ilg‘aydigan joygacha kengaygan, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorug‘, mayit esa ajoyib liboslarda, nurli so‘rida uxlab yotar edi. Uning salobatidan cho‘chib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu qadar izzat-ikromga sazovor bo‘lganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun izzat-ikromga sazovor bo‘ldi?» deb so‘radim, «U itoatli yigit bo‘lib, Alloh azza va jallaga itoat va ibodatda ulg‘aygan edi», dedi. Shu sababdan tavba qilmoqchiman, — deya hikoyasini yakunladi yigit.

Uning gaplaridan o‘yga botgan Abdumalik:

— Albatta, sen so‘zlagan voqeani Tangri taolo boshqa bandalariga ibrat qilish maqsadida ko‘rsatgan. Bu voqeada osiylar uchun ibrat va itoatkor bandalar uchun esa bashorat bordir, — dedi.

Qissadan hissa: Hammasi o‘tkinchi: dunyo, davlat, omad, iztirob... Bir kuni barchasiga yakun yasalib, haqiqiy dunyo sari otlanamiz. To‘rt oyoqli yog‘och ot manzilimizga — lahadga olib boradi. Ortimizdan kimdir zor-zor yig‘lasa, kimdir kuladi. Shundan so‘ng haqiqiy dunyo boshlanadi. Foniy dunyoda qilgan amallarimizga yarasha javob berishni boshlaymiz. Bu dunyoning hoyu havasi ko‘zingizni ko‘r qilib qo‘ygan bo‘lsa, qalban Yaratganga yaqinlashing, astoydil tavba qiling. Iloho, yuqoridagi rivoyatdagi singari qabr azobiga duchor bo‘lishdan asrasin.

salsabil
Sana: Payshanba, 02-Апреля-2009, 14:40 | Xatlari # 2
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ElkaToyCaCa, sinim rahmat sizga olloh bahtizzi chiroyli qilsin albatta qabr azobini inson doim oylash kere
iloji boricha yahshi ammallar qilishga intilish kere man bazida hozirgi fitnali zamonda odamlani nafsi tobora osib ketvotganiga qarab hayron qolaman bazida mayli kofirlani musulmonlani bazilari qilayotgan ishlarini korib olloh har bir narsani hisob qiladiku deb oylanib qolaman HALIFA YI ROSHIDIN USMON RAZIYALLOHU ANHO KOP QABR NI VA UNDAGI HOLATNI OYLAB KOP KOP YIGLAR EKANLAR YO AMIRUL MUMINIYN NIMA UCHUN KOP QABRDAGI HOLATGA QAYGURASIZ DEB SORASHGANDA QIYOMAT QOIM BOLGANDA MAHSHARGOHDA HAM YOLGIZ BOLMAYSIZ AMMO QABRDA BIR OZINGIZ BOLASIZ DEGAN EKANLAR :( :( :(



BeBeShKa
Sana: Juma, 10-Апреля-2009, 14:10 | Xatlari # 3
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (salsabil)
ElkaToyCaCa, sinim rahmat sizga olloh bahtizzi chiroyli qilsin

Sizniyam Alloh Bahtizi chiroyli qisin Opaginam, OMIYN!

Quote (salsabil)
albatta qabr azobini inson doim oylash kere iloji boricha yahshi ammallar qilishga intilish kere man bazida hozirgi fitnali zamonda odamlani nafsi tobora osib ketvotganiga qarab hayron qolaman bazida mayli kofirlani musulmonlani bazilari qilayotgan ishlarini korib olloh har bir narsani hisob qiladiku deb oylanib qolaman HALIFA YI ROSHIDIN USMON RAZIYALLOHU ANHO KOP QABR NI VA UNDAGI HOLATNI OYLAB KOP KOP YIGLAR EKANLAR YO AMIRUL MUMINIYN NIMA UCHUN KOP QABRDAGI HOLATGA QAYGURASIZ DEB SORASHGANDA QIYOMAT QOIM BOLGANDA MAHSHARGOHDA HAM YOLGIZ BOLMAYSIZ AMMO QABRDA BIR OZINGIZ BOLASIZ DEGAN EKANLAR

gaplariz to'ri, inson zoti o'zi to'ymidi, o'zi to'yganda ham ko'zi to'ymidi, nafsini quliga aylanib qolgan insonni Haq yo'liga kirishi uchun oz-muncha ter to'riklmidi, lekin, baribir bir kunmas bir kun bu O'tkinchi Dunyodan hech nimani, orttirgan boyliklaru sho-shuhratini orqalab ketomasligini tushunib yetganda Tovba qiladi, bu Dunyoga hech nimasiz yalang'oz kelganmiz, bu dunyodan ketvotgandayam hech narsasiz ketamiz, bir parcha kafanni hisobga olmaganda, orqamizga yuklab ketadigonimiz bu bizani barcha amallarimiz, yaxshimi yomonmi hayotimiz davomida qilgan ishlarimiz, afsus buni kopchilik chunmidi .. :(

salsabil
Sana: Dushanba, 13-Апреля-2009, 17:25 | Xatlari # 4
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

yana bir narsa : qabr azobini eng sababchi boladigan narsa nomozni tark etishlik ,giybat,chaqimchilikdir.



salsabil
Sana: Seshanba, 14-Апреля-2009, 19:45 | Xatlari # 5
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

20 20 20



UnKnown
Sana: Seshanba, 14-Апреля-2009, 23:10 | Xatlari # 6
Ism:
[.......]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[3125]
Xulqi: +
[989] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

bu maruzani oqib meni titroq bosdi :(
Quote (╭☆ElkaToyCaCa☆╯)
«Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘radim, «U namozni tark qilgan edi»,

olloh ozi kechirsin deb qoyamiz shundo maruzalardi tinglab, o'qib (gunoh ishlarni qilib) lekin bunga uzimiz amal qilmaymiz,
rahmat opa maruza uchun))



Being brilliant is no great feat if you respect nothing..
salsabil
Sana: Payshanba, 16-Апреля-2009, 21:34 | Xatlari # 7
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

islomga kirmi otib ketgan insonla olgandan keyin qaniydi hayotga qaytsamu va ollohga butun vujudim bilan ibodat qilsam der ekan
shu qatorda munofiq,hoyin,kazzob,chaqimchi,birovni haqqini egan,vahokazolar



YaYa
Sana: Juma, 17-Апреля-2009, 15:45 | Xatlari # 8
Ism:
[YaYa]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Эквадор]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯, men ham shu mavzuda ma'lumot izlayotgan edim. Alloh rozi bo'lsin, o'rtoqjon. Payg'ambarimiz SAV 5 ta narsadan Allohdan panoh so'rar ekanlar: yalqovlikdan, qarzdorlikdan, o'ta qarib ketishlikdan, qabr va do'zax azobidan. Pasuli Akram bilan umri davomida din yo'liuda xizmat qilgan sahobalardan biri aytgan ekan: Do'zax azobidan ham ko'ra qabr azobidan qo'rqaman, chunki do'zaxda yolg'iz bo'lmayman, ammo qabrda bir o'zim azoblanishim meni juda qo'rqitadi degan ekan. Rasulilloh a.s bilan shunchalik dinni chuqur o'rganib, amal qilib yashagan insonlar shunday deyishsa, joynamozga qo'l tekizmagan, tahorat qilishni bilmaydiganlar, Alloh buyurganini bajarishni hayoliga keltirmaydiganlar nima deyishsin.
Inshoolloh bugun 1 ta video qo'ymoqchiman, rosa qo'rqinchli !!!!!!!!!!! Shu mavzuda.

jalolbek
Sana: Shanba, 18-Апреля-2009, 02:06 | Xatlari # 9
Ism:
[Islom xaq din !!!]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Etiborli Forumchi]
Postlari:
[81]
Xulqi: +
[26] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Bir kishi Rasulolloh(S.A.V) ga "Insonlar ichida zohidrog'i kim? "dedi. U zot s.a.v:"Qabrni va unda chirib yo'q bo'lishni istagan esdan chiqarmagan , dunyoning ortiqcha zeb -ziynatlarini tark etgan , foniy (dunyo)dan boqiy (oxirat )ni afzal ko'rgan , ertasini kunim deb hisoblamagan va o'zini qabr ahlidan deb bilgan kishidir "javob qildilar.
Hazrati Alidan:"Nima sababdan qabristonga qo'shni bo'lib oldingiz ? "deb so'raganda " Qabrda yotgan qo'shnilariming yaxshi rostgo'y qo'shni ekan . Ular doimsukut saqlaydilar va oxiratni eslatib turadilar ", deb javob bergan ekanlar.
Rasululloh (S.A.V):"men qabrdan ko'ra daxshatliroq manzarani ko'rganim yo'q "degan ekanlar.

Yana bir hikoya.

Abu Zarr G'iforiy(Raziyallohu Anhu): "SHo'rim quriydigan kun qaysi ekanini sizlarga aytib beraymi ?dedilar.Odamlar:"Xa ,aytib bering ", deyishdi.Ukishi :Qabrga qo'yilib ,o'sha erda qoldirilgan kunim ",degan ekanlar .
Molik ibn Diynor aytadilar :Bir kuni o'liklarni ko'rib ,ko'rib ularning axvolidan ibrat oliy deb ,qabristonga keldim .Qabrlar orasida aylanib yurar ekanman ,she'r o'qiy boshladim
Qabristonga kirib bir kuni ,
Qabr ahliga qildim bir nido :
Kazo-kazo ,mag'rurlar qani ?
Amaldorlar beringiz sado.
Haq da'vatin eshitgan zamon ,
Tazarru'-la"LABBAY"deganlar
Eshigiga faqir kelgan on ,
Zakotini ado etganlar .

QANI ?
QANI ?
QANI ?
degan ekanlar .

salsabil
Sana: Shanba, 18-Апреля-2009, 09:48 | Xatlari # 10
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

rahmat olloh hammamizni qabrimizni munavvar qilsin



BeBeShKa
Sana: Yakshanba, 19-Апреля-2009, 09:53 | Xatlari # 11
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (salsabil)
rahmat olloh hammamizni qabrimizni munavvar qilsin

Ilohim etganiz kelsin, OMIYN!

salsabil
Sana: Yakshanba, 17-Мая-2009, 16:13 | Xatlari # 12
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

kecha bir hadis oqib qoldim
paygambarimiz s a v aytgan ekanlar : kimda kim oz molidan zakot bermasa osha moli qabrida uni oldiga bir ilon suratida keladi kelgan holatida u odamga men osha seni zakot chiqarmagan molingman deydi u ilonni zahri ming yilga etadi . degan ekanlar hususan ayollarimiz tilla taqinchoqlaridan aksarlari zakot berishmidi



aysha
Sana: Dushanba, 18-Мая-2009, 01:11 | Xatlari # 13
Ism:
[aa]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[14]
Xulqi: +
[4] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Qabristonga kirib bir kuni,
Qabr ahliga qildim bir nido:
Kazo-kazo, mag‘rurlar qani?
Amaldorlar, beringiz sado.
Haq da’vatin eshitgan zamon,
Tazarru’-la “labbay” deganlar.
Eshigiga faqir kelgan on,
Zakotini ado etganlar.



aa
aysha
Sana: Dushanba, 18-Мая-2009, 01:12 | Xatlari # 14
Ism:
[aa]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[14]
Xulqi: +
[4] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Qabrdagi siquv

Imom Nasoiyning «Sunan»larida Abdulloh ibn Umardan (roziyallohu anhu) keltirilgan hadislardan birida Payg‘ambarimizning shunday deganlari rivoyat qilinadi: “Bu shunday kishiki, uning o‘limi bois arsh larzaga keldi, osmon eshiklari esa lang ochib qo‘yildi va unga yetmish ming maloika guvohlik berdi. Shunday bo‘lsa-da (qabrda) bir qattiq siqib olindi va so‘ng bo‘shatildi”.

Nasoiy deydilar: “Rasululloh bu yerda Sa’d ibn Maozni nazarda tutganlar”.

Sa’d ibn Maoz ulug‘ sahobiylardan. Vafot etganlarida Alloh taoloning arshi larzaga kelgan.

Oisha onamiz rivoyat etishlaricha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: “Qabrda bir siquv bor. Agar undan biror kimsa qutila olganida edi, o‘sha kishi Sa’d ibn Maoz bo‘lardi”.



aa
aysha
Sana: Dushanba, 18-Мая-2009, 01:14 | Xatlari # 15
Ism:
[aa]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[14]
Xulqi: +
[4] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Siydikdan poklanmaslik va chaqimchilik qilish

Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Nabiy alayhissalom Madina bog‘laridan biridan o‘tayotib, qabrdan kelayotgan tovushni eshitib qoldilar. Bu qabrlarida azob chekayotgan ikki kishining ovozi edi. Shunda u janob aytdilar: “Bu ikkisiga azob berilyapti, lekin katta gunohlari sababidan emas. Biri siydigidan pok-lanmas edi, ikkinchisi esa chaqimchilik qilardi”.



aa
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025