Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Hidoyatga kirgan qiz
ChiJiNkA
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 04:23 | Xatlari # 1
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Hidoyatga kirgan qiz

Men o’rta maktab tolibasiman, anchagacha men uchun hurmatli ustoz, televizor hazrtalariga juda bog’lanib qolgan edim, undan bir lahza ham ajralmas edim. Birorta ham bolalar ko’rsatuvini, sirklarni, seriallarni qoldirmay ko’rar edim. Lekin biron bir ma’rifiy, diniy ko’rsatuv boshlanib qolsa, sakrab turardim-da, o’chirib qo’yardim. Opam mendan - "Nima uchun o’chirding ?" –deb so’rasa Maktabdan berilgan uyga vazifalarni ko’pligini bahona qilar edim, u menga - Iya vazifalarni endi eslab qoldingmi, hali konsertlar, seriallar, mazmunsiz ko’rsatuvlarni berilib tomosha qilayotganingda qayerda eding?! –deb savol qilsa, indamay o’girilib ketardim. Opam tamomam aksim edi. Onam unga namozni o’rgatganlaridan beri, hech tark etmasdan ado etadi, men esa namozlarimga beparvo edim, haftada bir yoki ikki marta ado etardim halos. Opam imkon qadar televizordan chetlanar edi, uni yaxshi hulqli, soliha dugonalari bo’lib, unga hayirli ishlarida yordam berishishardi. Bizning bir holamiz bo’lib, uning farzandi tug’ilmay nobud bo’ldi, holam juda qattiq ruhiy iztirobga tushib, ancha vaqtgacha deyarli falaj bo’lib qoldilar. Opam bilan ko’rishgandan so’nggina, holam o’zlariga keldilar va yupandilar, chunki oppoq liboslar kiygan go’zal hulqli opam, uni ziyorat qildi, tasalli berdi va uni hotirjamlantira oldi. U doimo menga Allohni eslatar, nasihat qilardi, lekin men faqatgina yuz o’girar, mutakkabirlik qilardim, kundan-kunga meni, televizor oldida o’tirish soatlarim ortib borar edi. Televizor tobora meni bemani seriallar-u, oldi-qochti filmlari turli hayosiz konsertlari bilan o’ziga rom etardi. Bular mening ma’naviyatimga xatarli ekanligini, Alloh Subhanohu Taolloh meni hidoyat etgandan keyingina tushunib yettim. Hamd va shukur Allohga bo’lsin, lekin men bu ishlarga mukkamdan ketgan bo’lsam-da, qalbim bilan men bularni barini harom ekanligini chuqur his etardim. Albatta, hidoyat yo’li, u yo’lga tushmoq istaganga juda ham oydin, ravshandir. Nafsim meni ko’p malomat qilgan, vijdonim ko’p marta qiynagan, lekin shunga qaramay men ma’siyatlarga cho’mgan, faroizlarga sustkashlik qilgancha hayot kechirardim. Hattoki orom oladigan damlarimda, yoki uyquga hozirlik ko’rib yotganimda, qalbim malomatiga quloq tutmaslik, vijdon qiynalishini ko’tarmasdlik uchun o’zimni biror kitob yoki jurnal titkilash bilan chalg’itardim. Mening hayotim besh yil davomida to Alloh meni hidoyatga tanlagan o’sha kungacha, shu alfozda davom etdi. Yil o’rtasida o’qishdan ta’tilga chiqdik, opam bir islomiy uyushma qoshida ochilgan, qur’oni karimni yodlatish guruhiga, qatnashishga qaror qildi, meni ham o’zi bilan borishga taklif etdi, onam ham uning fikriga qo’shildilar, lekin men rad ettim. Ovozimning boricha - borishni hohlamayman!!! –deb qichqirdim. Mendagi bunday qatiy azmu qaror, behuda kechayotgan hayotimni, ajralmas bir qismiga aylanib bo’lgan, "Televizor" deb atalgan jihoz bilan birga qolish uchun edi. Menga nima bor tavhizu qur’on kurslarida
Bandaning qalbida aslo bo’lmas jam

Qur’on muhabbati-yu, qo’shiq sevgisi

Otam ishdan keldilar, sodir bo’lgan ish yuzasidan shikoyat qildim. Otam: - borishga uni majburlamanglar, uni o’z holiga qo’yinglar dedilar. Otam uchun men erka suyukli qiz edim. Chunki men kenja farzand bo’lib, opam va mendan ancha yosh kichik ukamdan, boshqa opa-ukalarim yo’q edi. Otam meni namozlarimni o’z vaqtida ado etadi deb o’ylar edi. Ish tamoman o’zgacha ekanini bilmasdi. To’g’ri agar otam mendan namoz o’qidingmi deb so’rasa: -xa, deb yolg’on aytolmasdim. Opam meni yolg’onchilik dardidan halos etishga qodir edi, men otam uyda bo’lganlarida namozlarni o’qirdim, agar ishga ketsalar namozlarni tark qilardim. Otam esa ishda 3-4 kunlab qolib ketardilar. Kunlardan bir kuni otam menga muloyimlik bilan, hech bo’lmasa bir marta opamga hamroh bo’lib darsga borishimni iltimos qildilar. Bu hol meni taajubga soldi va bu birinchi va ohirgi shunday manzara edi, men rozi bo’ldim, chunki otamni juda yaxshi ko’raman va ularga rad qilolmayman, men qur’on ravzasiga yo’l oldim va bu yerda iymon nuri ila nurafshon bo’lgan, tavozzelik yuzlarni ko’rdim. Ko’z yoshlari qizargan, haromga qarashdan tiyilgan, ko’zlarni ko’rdim. Qalamimni to’ldirib turgan ichki kechinmalarimni, vasf etishdan ojizman. Saodat va qo’rquv hissi, nadomat va tovba hissi. Bu yerda men Allohga juda yaqinligimni his qildim. Ko’zimdan shoshqator bo’lib Allohning roziligini istamasdan, zoya qilgan, o’tkazgan vaqtlarimga bo’lgan afsus, nadomat yoshlari quyilardi. Televizor oldida o’tgan damlarim, behuda g’iybat-u, mish-mishlar bilan to’lib toshgan, bekorchi dugonalarim bilan kechgan suhbatlar, uzundan-uzoq o’tirishlar. Qanchalar bunga o’hshab rahmonning maloyikalari hozir bo’lgan ahliga iymon, rahmat va sakinat etilgan majlislardan qoldim-a?! Alloh Taolloh menga bir muddat qur’on soyasida yashashni nasib etdi. Uning ne’mati ostida men hayotimda hech qachon totmaganim lazzatni totdim. Qur’on soyasida yashash qalbga hotirjamlik, orom beradi. Qat’iy aniq qarorga kelib to’htadimki, Allohga qaytishdan o’zga bu olamga salohiyat, bashariyat uchun rohat, inson uchun hotirjamlik, oliylik, barokat, poklik yo’q ekan. Aniqki qur’on ostida yashash ne’mat. Umrni barakali qiladigan, poklaydigan, totib ko’rgan odamgina biladigan ne’mat. Ha Alloh meni hidoyat qildi, unga osiylik qilganimga qaramay-a, uning roziligidan, nafsimning roziligini ustun qo’yishimga qaramay-a. Subhanolloh men g’aflatda edim, qur’on meni bu g’aflatdan uyg’otdi. Albatta bu qur’on eng to’g’ri yo’lga hidoyat etur va ezgu ishlarni qiladigan mo’minlarga katta mukofot borligi haqida xushhabar berur. (isro su’rasi 9-oyat). Bugun o’zimga-o’zim savol beraman, agar hidoyat qilib qo’ymaganida, robbimga qay ahvolda yo’liqardim?! Haqiqat men o’zim oldimda, undan ham ko’ra Robbim oldida, ko’p hijolatda man. Shoir qanday ham to’g’ri aytgan-ki,
Ajabo ilohga qanday osiy bo’lur?

Imkon etur qandoq nodon-ki?

Har bir shayda alomat, oyat.

Dalolatdir uning yolg’izligiga.

Senga tovba qilaman ROBBIM. Mag’firat so’rayman, albatta sen tovbalarni, qabul etguvchi rahimli zotsan. Suyukli dugonam qur’on yodlash guruhlari sizga muntazirdir. Hech ham taraddudlanmay tezroq otlanib oling, Alloh sizni o’z hivzu-himoyasida asrasin.



Izox O'zgartirildi ChiJiNkA - Seshanba, 29-Декабря-2009, 04:23
Beck
Sana: Seshanba, 29-Декабря-2009, 14:14 | Xatlari # 2
"FUQARO"...
Ism:
[¯¨`*·~-..(\☻/)..-~*´¨¯]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[1188]
Xulqi: +
[118] ±
Xulqi: -
[40%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Антарктика]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:(



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024