Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 6
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • »
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
IBRAT IZLAGANGA IBRATDIR DUNYO...
ABDULLOX
Sana: Seshanba, 06-Апреля-2010, 19:38 | Xatlari # 1
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum wr wb! Hurmatli Forumchilar! Ushbu sahifada o'zimiz yoki yaqinlarimiz hayotida bo'lib o'tgan ibratli voqe'alar hamda kishilar uchun foydali bo'lgan Hikmatli so'zlarni joylab boramiz! Faqat va faqat bo'lib o'tgan voqe'alar joylansin va flood bo'lmasin, iltimos azizlar!


Ibrat izlaganga, ibratdir Dunyo!
Illat izlaganga, illatdir Dunyo!
Kim neni izlasa topgay begumon!
Hikmat izlaganga hikmatdir Dunyo!



ABDULLOX
Sana: Seshanba, 06-Апреля-2010, 19:41 | Xatlari # 2
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Hudo hohlasa...

Endigina ilm olishga astoydil kirishgan voqtlarim edi. Biz ilm oladigan maskanda To’lqinjon ota degan yoshlari anchagina kotta bir otahon bor edilar. O’rtamizda kotta yosh farqimiz borligiga qaramay u kishi bilan suhbatlashish maroqli edi. Kunlardan bir kun u kishi hayotlari davomida yuz bergan bir ibratli voqeani etib bergandila, bu voqea barchamiz uchun yetarlicha ibrat bola oladi dib oyliman.
Bu voqea Sobiq Ittifoq voqtida, To’lqinjon ota Suv Ho’jaligi Idorasida ishlab yurgan kezlarida sodir bo’lgan ekan. Bir kuni 4-5 nafar hodim ishhonada osh qilib yiyishmoqchi bolishibdi. Masalliqlar tayyorlanib qozonga solinibdi. Taom damlanvotgan voqtda Idora rahbari qozon oldiga kelib “Qanaqa gurunch tanladila” debdi:

To’lqinjon ota : Ha endi siz etgande devzira gurunch, qo’y yog’i qo’y go’shtidade

Rahbar : Ha unda bugun bir mazza qilib qo’lbola palov yirkanmizde a To’lqinjon?

To’lqinjon ota : Hudo hohlasa albatta yeymiz

Rahbar: Ie, qiziqmisiz To’lqinjon, o’zimizni qo’limizdegi tayyor taom bo’lsa, uni ustiga tayyor ham bop qoldi, Hudo hohlasayam yiymiz hohlamasayam yeymiz

Rahbar o’zi Musulmon bo’lsa ham Islomni chunmidigan odamligini bilgan To’lqinjon ota unga bunaqa narsalarni chuntirish befoydaligini sezib indamabdila. Biroz o’tib taom tayyor bo’lib dasturhonga tortilibdi. Huddi shu vaqt Idora telefoni jiringlab rahbarni zudlik bilan majlisga chaqirib qolishibdi. Hodimlarni “hay hay, hech bolmasa bir qoshiq yeb ketin ” deyishlariga qaramay rahbar yo’lga otlanibdi.
Rahbar ketganidan so’ng hodimlar “har holda bu odam bizni boshlig’imiz, oshdan unga ham nasiba olib qoyaylik” deb oshni bir qismini olib qoyishgach mazza qilib o’zlari pishirgan taomni tanavul qilishibdi.

Ish voqti tugasa ham Rahbarlari qaytavermagach oralaridan bittalari unga deb olib qoyilgan oshni uni uyiga olib borib beradigan bolishibdi. Hullas osh rahbarni uyiga yetkazilibdi lekin o’sha voqtda ham u hali majlisdan qaytmagan ekan.
Kech tushgach rahbar och va charchagan holda uyiga kirib kelibdi. Ayoli shosha pisha o’zi tayyorlagan taomdan keltiribdi. Rahbar bo’lsa: Ishhonadigi hodimlar, “boyagi oshdan sizni nasibangizni uyingiga olib borib berdik” deyishgandi oshani olib kel dibdi.

Shunda ayoli tomonidan berilgan quyidagi javob uni karaht ahvolga solib qoyibdi: Siz rahbar odam, har kuni ko’cha ko’yda yoki maishatlarda osh yeb yurasiz, bir hil taom me’dangizga tekkandir dib uni bollarizga berib sizga yengi ovqat tayyorlagandim dibdi.
Rahbarni ko’z oldi qorong’ulashib miyyasida birgina gap ya’ni o’zini boyagi “Hudo hohlasa ham hohlamasa ham yeymiz” digan gapi aylanaveribdi.

Allohni iznisiz hattoki bir yaproq ham o’z joyidan qimirlamaydi!



ABDULLOX
Sana: Payshanba, 08-Апреля-2010, 05:47 | Xatlari # 3
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Dunyoga kelgan vaqtimizda hech narsa olib kela olmaganimiz kabi, o'layotgan paytda ham hech narsa olib keta olmaymiz!
Victor Gyugo



ABDULLOX
Sana: Shanba, 10-Апреля-2010, 19:28 | Xatlari # 4
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Hayot zinapoyalaridan ko'tarilar ekansan, insonlar bilan yahshi munosabatda bo'l, chunki qaytib tushayotganingda yana o'sha insonlarga duch kelasan.
Janob Shahobiddin



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 18-Апреля-2010, 04:11 | Xatlari # 5
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Fikrlaringizga e'tibor qiling, so'zlarga aylanadi. So'zlaringizga e'tibor qiling, muomala tarziga aylanadi. Muomalangizga e'tiborli bo'ling, odatga aylanadi. Odatlaringizga e'tiborli bo'ling, xarakterga aylanadi. Xarakteringizga diqqat qiling, TAQDIRINGIZGA aylanadi.
Frank Outlov



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 18-Апреля-2010, 18:34 | Xatlari # 6
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Bu voqeani Qur'on ilmi bo'yicha ustozlarimizdan birlari aytib bergandilar. O'quvchilarni tushunishlari onson bo'lishligi uchun voqeani aynan u kishini tillaridan yozishni maqsad qildik. Demak u kishi hikoya qiladilar...

Bir kuni ustozlarimizdan birlari bilan qo'shni mamlakatda yashaydigan ulug' olim zotni ziyorat qilish uchun yo'lga chiqdik. Hujjatlarimiz joyida bo'lganligi uchun chegaradan o'tishda muammoga uchramadik va yahshi kayfiyat bilan manzilimizga yetib bordik. U yerda bizni olimni o'zlari kutib olib uylariga taklif qildilar. Dastlab taom tortildi, so'ngra dilni yayratuvchi ajoyib suhbatlar bo'lib o'tdi. Bunday suhbatlar cho'gida vaqtni qanday o'tganini ham bilmay qolasan kishi. Chegaradan o'tishimizni hisobga olgan holda ertaroq yo'lga chiqish maqsadida ketishga ruhsat so'radik. Bizni kuzatish uchun u zotni o'zlari ortimizdan chiqdilar va ustozimizni qo'llariga bir idishda asal tutqazib "Buni shahringizdagi Falonchi qori domlaga berib qo'yasizlar, ammo sizlardan iltimos bu omonat bugundan qolmay u kishga yetib borsin" dedilar. So'ngra manga 20 som qir'giz pulini berdilar. Ochig'i bundan juda hijolat boldim va ajablandim. Pullarini qaytarib berishga qancha urinmay "Olib qo'yin bir korga yarab qolar" deb turib oldilar, majbur uni olib kissamga joyladim.

Hayrlashish asnosida ham u kishi ustozimizga haligi omonatni bugundan qoldirmay egasiga topshirishimizni qayta va qayta iltimos qilaverdilar. Shu tariqa yo'lga tushdik. Chegaraga kelganimizda bir qir'giz askari bizni qarshi oldi. Hujjatlarimizni ko'zdan kechirgach bizni o'tkazib yuborsa kerak deb tursak, u bizdan boshqa narsa talab qila boshladi. Ya'ni kelgan yo'limizga qaytib yo'ldagi biror do'kondan bir shisha aroq olib kelib berishimizni talab qildi. Ikkimiz ham ilmli insonlarmiz, aroqni haromligini bilamiz, uni olib kelish uyoqda tursin hatto ushlashga ham hazar qilamiz lekin buni u askar hecham tushunmasdi. Ohiri unga ustozimizni ko'rsatib "Bu kishi falon joyni taniqli ulamolaridan biri, san shunday musulmon kishidan Alloh harom qilgan aroqni olib kelib berishni so'rayapsan" dedim. U bo'lsa gaplarimga parvo ham qilmay talabini davom ettirdi.

Ustozimiz mani yonlariga chaqirib "Mana bu pulni berib shuni hal qil, kechga qolyapmiz " dedilar. Bir dasta O'zb so'mini uni qo'liga tutqazdim. U buni hatto nazar pisand ham qimadida qaytarib berdi. Pulni yoniga yana qoshdim chamasi qirg'iz somiga 300 somcha pul boldi, biroq bu ham naf bermadi. Bu pullarni u kam deb o'ylayabdi deb bor pulimiz shu holos degan maqsadda cho'ntaklarimni astarini unga ko'rsatmoqchi bo'lganimda haligi olim zot bergan 20 somlik qirg'iz puli ham chiqib keldi. Buni ko'rgan askar, birdan manga qarab "aqcha aqcha" dedi va birgina o'sha 20 somni olib bizni qoyib yubordi. Man karaht ahvolda edim. Ustozimiz eson omon chegaradan o'tib o'lganimizdan hursand edilar, mani ko'z o'ngimdan esa o'sha 20 somni manga qanchalar yo'q deyishimga qaramay majburlab tutqazgan nurli yuzli olim zotni siymolari ketmasdi.

Shunday qilib kech kirganda jonajon shahrimizga yetib keldik. Oldinda bizni yana bir ajoyib voqea kutib turganini hali bilmasdik....

Davomi bor InshaAlloh...



UzbekHackeR
Sana: Yakshanba, 18-Апреля-2010, 23:35 | Xatlari # 7
Ism:
[ArchangeL]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1427]
Xulqi: +
[158] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Қабрга тайёргарчиликсиз кирган инсон, денгизга кемасиз чиққан инсон кабидир.
(Абу Бакр Сиддиқ р.анху)



ABDULLOX
Sana: Dushanba, 19-Апреля-2010, 17:13 | Xatlari # 8
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Davomi...

Shunday qilib kech kirganda jonajon shahrimizga eson omon kirib keldik. Endi uyga borib biroz dam olaman deb o'ylab tursam, ustozimiz bir joyga mehmonga borishga va'da berganimizni eslatib qoldilar. Charchagan bo'lsak ham nailoj va'da qilingan honadonga bordik. Mehmondorchilikdan so'ng honadon sohibi Qur'oni Karimni hatmi qilib berishimizni iltimos qilib turib oldilar. Mezbonni iltimoslariga binoan hatm boshladik. Qur'onni to'liq o'qib tugatib bo'lganimizda vaqt ham allamahal bo'p qolgan edi. Shu sababdan ham ustozimizni ovora qilmaslik maqsadida uyimiz tomon ketadigan mashinalarni biriga joylashdim. Soat chamasi kechasi 1-1.5 lar, ko'cha odam zoti ko'rinmaydi. Bir vaqt ortimizdan bir qora Jiguli avtomibili juda katta tezlik bilan yaqinlashib kela boshladi. Shofyorimiz havotirga tushib mashina tezligini oshirdi. Biz harqancha tezlikni oshirsak ham ortimizdan kelayotgan mashina bizga yetib oldi va oldimizga o'tib yo'limizni qisdi. Biz o'tirgan mashinani chirog'i nurlari Jigulini raqamlariga tushgandagina bu mashina ustozimizga tegishli ekanini bildim.

Mashinalar to'htagach darrov eshik ochilib ustozimiz biz tomonga keldilarda menga qarab, "Sen qayoqqa ketib qolayapsan, ahir asalni o'z egasiga topshirishimiz kerak ediku, tush mashinadan, yur men bilan asalni olib kirib berasan" dedilar. Hop deb ularga ergashdim. Omonatni egasini uyiga yetkazib olib borganimizda soat tahminan kechki 2-2.5 lar edi. Kechasi bo'lgani uchun men ustozimizga "Qori Domla dam olayotgan bolishlari mumkin, keyin ularga asal berib yuborilganidan ham behabar ekanlar , ertaga ertalab kun yorug'ida bersakchi hozi bezovta qilib qo'ymaymizmi" dedim.

Ustozimiz meni bu gaplarimni eshitgach bosh chayqab "U kishiga asal yuborilganidan habarlari yo'qligini men ham bilaman, lekin omonatni bugun topshirishimizni iltimos qildilar ahir, san qarab ko'r eshiklari qulf bo'lsa bir ikki taqqillatamiz javob bo'lmasa keyin ketaveramiz" dedilar. Eshik oldiga borganimda qotib qoldim. Chunki eshik huddi bilgandek qiya qilib ochib qo'yilgan edi. Eshikni sekin ochib hovliga kirdim va "Qori domla qori domla" deb ovoz berdim. Shu payt mani ikkinchi bor hayratga solgan holat yuz berdi. Qori Domla hali ham uhlamagan ekanlar, javonni eshiklarini ochib nimadir qidirish bilan band edilar mani ovozimni eshitib "Kimsan , kelaver kelaver bu yerdaman dedilar"

U kishi turgan honaga kirib borib salom berdim. Alik olgach, "Iye senmiding, o'ziyam juda vaqtida keldingda" dedilar. Yarim kechasida kirib kelganim uchun ham ancha hijolat bop turgandim, bu gaplaridan keyin ancha o'zimga kelib "Ha Qori Domla biror hizmat bo'lsa hizmatingizdaman" dedim.
"Shu biroz tobim qochgandan buyon yarim kechasi ozgina asaldan solib asal choy ichvomasam bomidigan bo'p qogan. Mana bu javonni qaragin, shu yerda asal bolishi kerak, ko'zim hiralik qilib topomayamman" dedilar. Javonga qarasam u yerda bir asal bonkasi turardi. Lekin uni ichi bo'm bo'sh bolib asali qomagan ekan. Shunda birdan miyyamga yarq etib olim zotni "Nima qilib bo'lsa ham omonatni bugundan qoldirmay yetkazinglar iltimos" deb takror takror aytganlari urildi. SubhanaAlloh! Ko'zlarim darrov yoshga to'ldi, o'zinni zo'rg'a tutib turardim. Biroz esankirashdan keyin o'zim olib kelgan asaldan Qori Domlaga asalchoy tayyorlab berdim va duolarini olib, ruhsatlari bilan uydan chiqdim.

Ko'chaga chiqsam, ustozimiz asabiylashib "Namuncha qolib ketmasang. tinchlikmi" dedilar. Man bo'lgan voqeani aytib berdim. Hammasini eshitgan ustozim dod deb yig'lab yubordilar. Bu voqea mani hayotimni bezagiga aylandi.

Mana azizlar, voqeani imkon qadar tushunarlik qilib yozishga urindik. Kamchiliklari bo'lsa siz azizlardan uzr so'raymiz. Agar ushbu voqea kimgadir ma'qul kelgan va biroz bo'lsada ta'sir qilib Allohni yod etishga undagan bo'lsa biz judayam bahtiyormiz. Dunyoda bir birini ahvolini, holatini qalb bilan sezadigan qancha qancha shunday ulug' zotlar bor. Bu haqiqat. Chunki Rosululloh sav o'z hadisi shariflarini birida mazmunan "Dunyoda shunday kishilar borki Alloh taolo ularni sababidan sizlarga rizq beradi, yom'gir yog'diradi, har hil balolardan asraydi" deb marhamat qilganlar. Bu darajaga esa chin dildan Allohga talpinganimizdagina erisha olishimiz mumkin holos.

Alloh Taolo barchalarimizni qalblarimizni ochsin, qalblarimizni qotib qolishidan saqlasin, shunday olim zotlarni hargiz oramizdan uzmasin! Amiyn!



MoNiKa
Sana: Seshanba, 20-Апреля-2010, 10:16 | Xatlari # 9
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ABDULLOX ukajonim haqiqatdan ham juda ibratlik voqealar ekan.

Alloh rozi bo'lsin sizdan, rahmat.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
ABDULLOX
Sana: Chorshanba, 21-Апреля-2010, 02:59 | Xatlari # 10
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Odob insonning ko'rkidirki,uning ichiga ahdga vafo, to'g'riso'zlik, hiyonatdan hazar, sevgi-muhabbat ham kiradi.
Umar Foruq Saydo al-Jazariy



ABDULLOX
Sana: Juma, 23-Апреля-2010, 04:15 | Xatlari # 11
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Ey inson farzandi, senga hayron qolaman! O'z orzularingga erishish uchun isrof bo'lgunga qadar sarf harajat qilasan-da, bir dirham bilan Robbingni rizosini qozonishga hasislik qilasan.
Hasan Basriy



Adiraf
Sana: Juma, 23-Апреля-2010, 13:42 | Xatlari # 12
Ism:
[Muhlisa]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1067]
Xulqi: +
[746] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ЙИҒЛАЙ ОЛМАЁТГАНЛИГИМИЗ УЧУН ЙИҒЛАЙЛИК!

«Кулинг, умрингиз узаяди», дейишади кўпинча. Кулгининг шифо эканлигини тарғиб қилувчилар балки ҳақдирлар. Йиғлашга келганда эса...

Ҳеч эътибор берганмисиз, йиғлаган инсон юпангач, унинг юзига тикилганмисиз? Ҳатто, чақалоқлар бўлса ҳам майли. Менимча, йиғлаган инсоннинг юзи кулгидан тўхтаган инсондан кўра нурлироқ бўлади. Гўзалроқ бўлади. Нега?

Йиғлаш қалбни даволайди. Қалбни юмшатади. Инсоннинг йиғлаши унинг ўз ёри томон яқинлашмоғидир. Қалбини, қонини, жонини Унга фидо этмоқдир. Йиғламоқ англамоқдир.

Йиғласак кўзларимизга зарарми? Майли шундай бўлсин.

Кулгидан қалбларимиз қорайгандан кўра, кўр бўлсин кўзларимиз йиғламоқдан.

Йиғламоқ бу тилсиз, қалб билан гапирмоқдир. Йиғлаган қалбга Аллоҳ таолонинг ўзи меҳмон бўлади. Йиғлаб роҳат олишимиз балки шундандир.

Йиғламоқ бу нафс йўлларини кўз ёш билан ювмоқдир.

Бир олимдан, «сизнинг устингиздан кулишларига қандай чидаб турасиз?» деб сўрашганда:

— Бу устимдан йиғлашларидан минг карра яхшироқдир, — деб жавоб берган экан.

Келинг азизлар, атрофимизга, ўзимизга, қалбимизга холис боқайлик. Ана ўшандагина бизни йиғлатадиган ва йиғлашга арзийдиган ҳолатлар орасида қолганимизни янада яхшироқ англаган, ўзимизни йиғидан тўхтата олмаган бўлармидик.

Ҳаққини тўлиқ бажармай ўқиётган намозларимизга йиғлайлик.

Турли дунёвий ҳасрат билан эгилиб туришимизга ва буни намоз деб номлаётганимизга йиғлайлик.

Бизни яратган, гапиртирган, ризқ берган, ўлдирадиган ва сўроқ қиладиган Аллоҳ билан висол онларимиз бўлган саждаларимиздаги ҳолатимиз учун йиғлайлик.

Намозларда бутун гуноҳларимизнинг авф қилиниши фурсатини бой бераётганлигимиз учун йиғлайлик.

Уйқунинг қучоғида ўтказган ғафлат онларимиз учун йиғлайлик.

Ҳар куни гувоҳи бўлаётганимиз, ибратга тўла воқеаларга қалбларимизнинг юмшамаётганлигига йиғлайлик.

Бу воқеалардан туяқуш каби бошимизни тиқиб қочаётганимизга, ўзгармайдиган ҳақиқат -ўлим соатини ўзимиздан, қалбимиздан узоқ тутаётганимизга йиғлайлик.

Дунёларни ютиб юборса ҳам тўймайдиган нафсимиз учун ва бу нафсга қул бўлаётганлигимиз учун йиғлайлик.

Дуо қилинг, ижобат қиламан, деган, Раҳмон ва Раҳийм бўлган Аллоҳга дуо қилмаётганимизга йиғлайлик.

Сўраган нарсангизни бераман деб ваъда қилган Аллоҳ қаршисида, гўёки, бу ваъда бажарилмай қолиши мумкиндек, ундан мукаммал иймон, ихлос ва тақво сўрамаётганимиз учун йиғлайлик.

Ҳеч ўлмайдигандек, тупроқ остига кирмайдигандек ва сўроқ қилинмайдигандек ўтказаётган кунларимизга йиғлайлик.

Ҳар қандай ифлосликни қилиб, қалбимизни тоза деб, ўзимизни овутаётганимизга йиғлайлик.

Болаларимизни биздан, бизнинг эса улардан қочадиган паллада, Қиёмат соатида, бу ҳаётда борлиғимизни бағишлаб топган мулкимиз ёрдам бера олмаслигини тушуна олмаётганлигимиз учун йиғлайлик.

Баъзи амалларимизни гуноҳлигини ҳам билмасдан елкамизга ортиб олиб, тавбасиз Аллоҳ таолонинг рўпарасига чиқишимиз хавфи ичида яшаётганимиз учун йиғлайлик.

Тоғдек гуноҳларимиз кўрсатилганда, бу гуноҳларни қачон қилгандим, эй Раббим, деб турадиган Кундан бехабар ҳолда яшаётганимиз учун йиғлайлик.

Қуръон бизга етар деб, суннатга орқа ўгираётганлигимизга йиғлайлик.

Тилимизда ёдлаб олган, лекин маъносини билмайдиган, амал қилинмайдиган Аллоҳнинг сўзлари, токчаларимизда сувенир каби чанг босиб ётган Аллоҳнинг китоби, бизга даъво қилиши мумкинлигини билмаётганлигимиз учун йиғлайлик.

Ҳатто пайғамбарлар Муҳаммад (с.а.в.)нинг уммати бўлишни орзу қиладиган кунда, ул зотнинг уммати бўлишдан ва шафоатларидан бенасиб қолиш хавфидан огоҳ эмаслигимизга йиғлайлик.

Олов ўтни еб тугатганидек, бутун солиҳ амал ва яхшиликларимизни еб тугатадиган ғийбатдан қутула олмаётганимизга йиғлайлик.

Берувчи ва олувчи аниқлигини билган ҳолда, ҳасрат ва надоматларимизга йиғлайлик.

Гулнинг ҳам, тиконнинг ҳам, боғнинг ҳам, боғбоннинг ҳам соҳиби аниқ бўлса-да, буларнинг эгасидек ҳаракатларимизга йиғлайлик.

Бу муҳташам салтанат остида яшаб ҳам. ўзимизни улуғ ҳис қилишимизга йиғлайлик.

Йўқликдан борлиқни пайдо қилган ва абадий ҳаёт ваъда қилган Раббимиз учун бир кунда бир неча дақиқа ибодат қилишдан қочаётганлигимизга йиғлайлик. Қочиб охири қаерга боришимизни ўйлаб йиғлайлик.

Бир оёғимиз билан қабрда бўлсак-да, бойлик ортидан югураётганлигимизга йиғлайлик.

Аллоҳ таолони бор деб, гўёки У йўқдек яшаётганимизга йиғлайлик.

Ақл юритмайсизларми, ўйлаб кўрмайсизларми, деб бизга хитоб қилган Қуръоннинг овозига жавоб берадиган овозимиз чиқмаётганлиги учун йиғлайлик.

Яхши кунда унутиб, ёмон кунда эслайдиганимиз Аллоҳимизга кўрсатаётган бевафолигимизга йиғлайлик.

Яхши-ёмон, динсиз-диндор, мусулмону-бутпараст демасдан барчамизга, ҳар куни неъматларини бераётган Аллоҳ учун қуллигимизни ифодаси бўлган намоз, закот, рўза, силаи-раҳм, зикр, амри-маъруф каби ибодатларга эътиборсиз эканлигимизга йиғлайлик.

Аллоҳ Раҳмондир, барча гуноҳларимизни кечиради, деб шайтоннинг тузоғига тушаётганлигимизга йиғлайлик.

Йиғлайверинг, бу бизга нажотдир. Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.) Аллоҳ учун йиғлаган кўзлар учун дўзахнинг харомлигини айтиб берганлар ҳаммамизга.

Биз шундай бахтли инсонлармизки, йиғлаган расулнинг умматимиз, ёш оқмайдиган кўздан асрагин Аллоҳим, деб нола қилган Муҳаммад (с.а.в.) нинг умматимиз.

Келинг, ҳаммамиз бирга йиғлайлик.

Йиғлашга арзигулик ҳолатимизга кулаётганлигимизга йиғлайлик.

Қуриган киприкларимизга, ёшармаган кўзларимизга йиғлайлик.

Йиғлай олмаётганлигимиз учун йиғлайлик.

Дунё шундоқ ҳам қўрқинчли бўлиб кетяпти. Қалбларимиз қотиб кетяпти. Қалбимизни Аллоҳга бурайлик ва уни юмшатишини ундан сўрайлик. Кўз ёшини Раббимиздан йиғлаб сўраб олайлик.

Йиғлай олмасак ҳам, ҳеч бўлмаса кулишдан тўхтайлик.



Adiraf
Sana: Yakshanba, 25-Апреля-2010, 16:03 | Xatlari # 13
Ism:
[Muhlisa]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1067]
Xulqi: +
[746] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

''Jannat onalarning zeri poyida!''
Bu hadisni aytib,sira to'ymaymiz.
Yurarmiz jannatning ilinj-payida,
Ona oyogin bir o'pib qo'ymaymiz!



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 25-Апреля-2010, 20:24 | Xatlari # 14
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Kimgadir yahshilik qilganingizda, Falonchiga yahshilik qildim deb sira o'ylamang, chunki, aslida siz o'zingizga yahshilik qildingiz!
Kamina...



ABDULLOX
Sana: Payshanba, 29-Апреля-2010, 07:49 | Xatlari # 15
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Behuda o'tkazgan vaqtlarimga afsuslanganimchalik hech narsaga afsuslanmadim, chunki hayotimda nima yo'qotgan bo'lsam aynan shu sababdan yo'qotdim...
Kamina...



  • Страница 1 из 6
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • »
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024