Payg'ambarimiz Muhammad (S.a.v) va xalifalar haqida bitiklar
| | | Sana: Dushanba, 18-Октября-2010, 14:26 | Xatlari # 16 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Мусулмон дўстим! Биз ўтган асрлар сахифасини кўзимиз кўрмаган нарсалар билан завкланиш ва яшаб ўтган инсонларнинг хаётини кўриш учунгина варакламаймиз. Аксинча, Аллох таоълонинг ўз пайгамбарини севиш учун килган амрига итоат этиб пайгамбаримиз саллаллоху алайхи ва салламнинг хаётини ўкиш, суннатларига эргашиш ва у зотнинг дастури ва йўлларида юриш билан Аллохга ибодат киламиз. Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламга бўлган мухаббатнинг энг мухим белгиси эса, унга амр этилган нарсаларида итоат этиш, кайтарган ва тўхтатган нарсаларидан тийилиш, демакдир... Аллох таъоло расулуллох саллаллоху алайхи ва салламни пешво ва намуна килди. Шунинг учун хам, У расулуллох саллаллоху алайхи ва салламга бўйсуниб, итоат этишни фарз килиб деди: «(Эй Мухаммад ), айтинг: «Агар Аллохни яхши кўрсангизлар, менга эргашинглар, шунда Аллох сизларни (хам) яхши кўради ва гунохларингизни кечиради. Аллох кечирувчи ва рахмли зотдир)» (Оли Имрон: 31); «Аллохнинг пайгамбарида сизлар, — Аллох ва охиратдан умидвор бўлган хамда Аллохни кўп ёд олган кишилар учун намуна бордир» (Ахзоб: 21). Аллох таъоло пайгамбарга итоат этишни Куръон Каримнинг киркка якин ерида зикр килди (Ибн Таймийя, «Мажмуъул-фатава»:1/4) Банданинг бахт – саодати, охиратдаги нажоти Аллохнинг пайгамбарига эргашишдадир: «Ким Аллох ва унинг расулига итоат этса остларидан дарёлар окиб турадиган жаннатларга киритади. Улар у ерда мангу коладилар. Бу буюк ютукдир. Ким Аллох ва унинг расулига осий бўлиб Аллохнинг белгилаб кўйган хадларидан тажовуз килса, уни абадий коладиган жойи бўлмиш жаханнамга киритади. Ва унинг учун хорловчи азоб бордир». (Нисо: 13,14) Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам ўзларини яхши кўришни иймон халоватига эришиш сабабларидан бири килдилар: «Уч хислат бор. Улар кимда бўлса, у одам иймон халоватини топади: «Аллох ва расули унга бошкалардан кўра севимлирок бўлса...» (Муттафакун алайх); «Жоним кўлида бўлган зотга касамки, Мен сизлардан бирингизга отаси ва фарзандидан кўра севимлирок бўлмагунимча, у одам (хакикий) мўъмин бўла олмайди» (Имом Муслим ривояти) Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хаёти – покиза хаёт бўлиб, ундан ўрганамиз ва уни хаётимизга татбик этамиз. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Dushanba, 18-Октября-2010, 22:12 | Xatlari # 17 |
Ism:
| [O'zbek qiz.]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [49]
| Xulqi: +
| [7] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| PAYG'AMBARIMIZNING (s.a.v.) VAFOTLARI.... Ibn Mas'ud-Alloh undan rozi bolsin-hikoya qiladi: -Ayriliq (o'lim)yaqinlashgan kunlar edi....Biz Hz.Oyshaning uylariga Rasululloh(s.a.v.)ni korgani bordik.Bizga termildilar.Ko'zlari yoshga to'ldi.Keyin gapira boshladilar: -Marhabolar!...Alloh hammangizga barakali umr bersin.Iloyo,murodingizga yetkazsin.O'zi madadkor bo'lsin.Sizlarga o'gitim shulki,Allohdan qo'rqing va taqvoli bo'ling.Yana shuni ham aytib qo'yay:men Allohning makonida va bandalari orasida,Uning insonlarga amr etgan din asoslarini toptamasligingiz uchun-Alloh tomonidan sizlarga yuborilgan ochiq bir QO'RQITUVCHIMAN!Endi menga ajal yaqinlashdi.Sizlarga va men o'lganimdan keyin dinimizga kirganlarga Allohning salomi va rahmati bo'lsin!... Hz.Oysha-Alloh undan rozi bolsin-hikoya qiladi: -Rasululloh(s.a.v.) bizga,yetti quduqdan yetti chovgun suv olib kelib,o'zini cho'miltirishimizni buyurdi.Biz bajo etdik.Rohatlandilar.So'ng tashqari chiqdilar.Jamoatga namoz o'qitdilar.Uhud shahidlari uchun istig'for qilib,ularga bag'ishlab duolar o'qidilar.Ansorlar haqida vasiyat qilib,buyurdilarki: -Salomdan so'ng,ey muhojirla!Sizlar ko'payasizlar.Ansorlar bugungi miqdordan ortiqqa oshmaydilar.Ular mening sirdoshlarim va xos jamoatimdir.Ularning yaxshilariga yaxshilik qilingiz.Qusurlilarning qusurlarida avf etingiz. -Keyinroq buyurdilarki: -Banda dunyoda yashash bilan Alloh yonida bo'lish degan ikki voqelik orasida erkin qoldiriladi.Va u Allloh yonida bo'lishni afzal deb bildi. Gap shu yerga yetganda,Abu Bakr-Alloh undan rozi bolsin-yig'lab yubordi.Rasululloh (s.a.v.)ning bu so'zi o'ziga qaratilgan deb o'ylab,endi dunyodan ko'chaman,deb taxmin qildi.Rasululloh(s.a.v.)buyurdilar: -Tinchlaning,ey Abu Bakr!Masjidning ko'chaga ochiladigan hamma eshiklarini yopinglar!Yolg'iz Abu Bakrning yo'liga ochiladigan eshik ochiq qolsin!Men Abu Bakrning suhbatidan bahramand bo'lay,men uchun uning suhbatidan shirin narsa yo'q dunyoda. Hz.Oysha so'zlarini davom ettirib,aytadiki: -Rasululloh (s.a.v.) mening uyimda,mening uyimda bo'ladigan kunlarida va mening quchog'imda vafot etdilar.Alloh,o'lim onida ul zotning og'iz suvi bilan mening og'iz suvimni birlashtirdi.Shu asnoda ukam Abdurahmon keldi.Qo'lida misvoq bor edi.Rasululloh (s.a.v.) misvoqga qaradilar.Tish tozalagilari kelayotganini sezib, <<Uni sizga olaymi?>> dedim.Boshlari bilan ishora qildilar.Olib berdim.Og'izlariga suqdilar.Biroq dag'al edi.Men <<yumshataymi?>> dedim.Boshlari bilan ishora qildilar.Men misvoqni tishlarim bilan uchlarini uzib yumshatib berdim.Yonlarida bir idishda suv bor edi.Qo'llarini unga tiqib,yuzlarini ho'lladilar va: <<Allohdan boshqa iloh yoq.Va, albatta,o'limning sarhushliklari mavjud>>,dedilar.Keyin men qo'llariga suv quyib turdim.Ul zot:<<Fir-Rafiq-il-a'lo>> , <<Fir-Rafiq-il-a'lo>> (ya'ni <<Eng a'lo do'st>> , <<Eng a'lo do'st>>) (deb Allohga murojaat qilib-pichirlar edilar).Men o'zimcha:<<Alloh bizni afzal ko'rmayapti,shekilli!>> dedim. Davomi bor InshaAlloh.....
|
DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR, HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK, ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR! | |
|
| | Sana: Chorshanba, 20-Октября-2010, 16:52 | Xatlari # 18 |
Ism:
| [O'zbek qiz.]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [49]
| Xulqi: +
| [7] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| PAYG'AMBARIMIZNING (s.a.v.) VAFOTLARI.... Davomi..... Said ibn Abdulloh, otasidan rivoyat qiladi: -Ansorlar Rasululloh (s.a.v.)ning kasali og'irlashganini ko'rib,Masjidga to'plandilar.Abbos-Alloh undan rozi bo'lsin-Payg'ambar (s.a.v.)ning oldiga ketdi.To'planganlarning xavotir olayotganlarini aytdi.Keyin Fazl-Alloh undan rozi bo'lsin-bordi.U ham ayni hollarini izhor etdi.Keyinroq Hz.Ali bordi.Sahobalar to'planganini va bezovtaligi ortganini bayon etdi.Alloh Rasuli qo'l uzatib imo qildilar. <> deb buyurdilar.Ular egildilar.Rasululloh (s.a.v.): <> deb so'radilar.Ular: <> deyishdi.Erkaklar Rasulullohning tepasida uymalashayotganini ko'rib, xotinlar bir-birlarini chaqira boshladilar.Alloh Rasuli (s.a.v.) bir amallab o'rinlaridan turdilar.Hz. Ali va Fazlga suyanib tashqari chiqdilar.Abbos oldinda borardi.Rasululloh (s.a.v.)ning boshi hali mahkam va tik turardi.Qadamlari ancha shaxdam,risoladagiday odimlashni eplayotgan edilar.Shu taxlid masjidga keldilar.minbarning eng pastki zinasiga o'tirdilar.Butun jamoat Rasuli Akram (s.a.v.)ga yuzlangancha qotib turardi.Rasululloh avval Allohga hamd o'qidilar,sano aytdilar va dedilarki: - Ey insonlar,menga xabar berishlariga qaraganda,sizlar mening o'lishimdan qo'rqayotirsiz.Bu- bir navi sizning o'limni inkor etishingiz demakdir.Siz endi payg'ambaringizning o'limini inkor etolmaysiz.Men sizlarga o'lim xabarini bermaganmidim?Nafslaringiz sizga o'lim xabarini bermadilarmi?Mendan ilgari yuborilgan biron bir payg'ambar o'zi yuborilgan qavmi orasida boqiy qoldimiki,men sizning orangizda boqiy qolsam?Xabaringiz bo'lsin,men Rabbimga qovushaman,sizlar ham qovushasizlar Unga!Men sizlarga - birinchi bo'lib kelgan muhojirlarga yahshi muomala qilishingizni vasiyat qilaman.Muhojirlarga ham - o'zaro xushmuomala bo'lishlarini vasiyat qilaman.Chunki Alloh buyuradi: - Asr (vaqti) ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir.Faqat iymon keltirgan yahshi amallar qilgan,bir-birlariga HAQ yo'lini tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu HAQ yo'lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchilardir). Barcha ishlar Allohning izni bilan yuradi.Bir ishni kechikkanligi sizni shoshma-shosharlikka yetaklamasin.Chunki, shubxasiz, Alloh, birov shoshgani bilan shosha qolmaydi.Kim Allohning hukmlariga qarshi chiqsa,uni Alloh uradi.Kim Allohni laqillatmoqchi bo'lsa,Alloh uning hiylasini buzadi. <> Men ansorlarga yahshi muomala qilishingizni sizlarga tavsiya etaman.Zero,ular siz,muhojirlardan oldin Madinani boshpana va iymon uyi qilgandilar.Ularga (ansorlarga) yahshilik qilishingizni o'gitlayman.Ular (ansorlar) sizlarni mollariga sherik qilmadilarmi?Ular sizning ro'zg'oringizga mo'lchilik,qut-baraka qo'shmadilarmi?Ular o'zlarida qanchadan-qancha muhtojliklar bo'lgani holda,sizlarni siylab,nafslarini tiymadilarmi?Ogohlantirib qo'yay:kimki taqdir taqozosi bilan ulardan ikki kishi orasida xakamlik (qozilik) qilayotgan bo'lsa,yahshisiga yahshilik bilan muomala qilsin,qusurli bo'lganining qusurini kechirsin,ko'rmaslikka olsin.Hech bir narsani ulardan ustun qo'ymanglar.Men sizlardan ayrilib ketayotirman.Sizlar ham mening orqamdan borasiz va men bilan qovushasiz.Xabaringiz bo'lsin,topishadigan joyimiz mening hovuzimning bo'yidir.U hovuzga <> dan shunday bir suv oqib yotgan bo'ladiki,sutdan oq,ko'pikdan yumshoq,boldan shirinroqdir.Kim undan bir marta ichsa,ortiq hechqachon suvsamaydi,chanqogi abadiyan qonadi.Uning toshlari inju,oqib kelayotgan daralaridan mushk hidi keladi.Kimgaki barcha yahshiliklar harom bo'lsa,ertaga o'sha,hisob-kitob beriladigan joyda ham unga harom bo'lajak.Xabaringiz bo'lsin,kim ertaga men bilan qovushishni sevsa (hohlasa) ,qo'lini,tilini yomonliklardan va yoqimsiz qiliqlardan tiysin. Davomi bor InshaAlloh....
|
DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR, HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK, ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!
Izox O'zgartirildi Bir_qizcha - Payshanba, 21-Октября-2010, 03:22 | |
|
| | Sana: Payshanba, 21-Октября-2010, 03:21 | Xatlari # 19 |
Ism:
| [O'zbek qiz.]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [49]
| Xulqi: +
| [7] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi.... Shu payt Abbos luqma tashladi: - Ey Allohning Rasuli,Qurayshlarga ham nasihat qiling! Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar: -Men bularni Qurayshlarga vasiyat qilayotirman.Insonlar,Qurayshlarga-yahshilari yahshilariga,yomonlari yomonlariga tobedirlar.Quraysh oilasi ham insonlarga yahshilik qilsa,yahshilikni tavsiya etsinlar.Ey insonlar,gunohlar ne'matlarni o'zgartiradi-ne'matlarning qo'ldan ketishiga sabab bo'ladi.Insonlar (tobea-payg'ambarga ergashuvchilar) yahshi bo'lgan paytlarida yo'lboshchilari ularga yahshi muomala qiladilar.Insonlar (tobea) yomonlashgan paytlarida yo'lboshchilari ularga zulm qiladilar,ularni ezadilar.Alloh bildirdi: -Ular aytdilar: <>. U (Muso)aytdi: <>. Ibn Mas'ud-Alloh undan rozi bolsin-hikoya qiladi: Rasululloh (s.a.v.)Abu Bakrga dedilar: -Nima deysiz,so'rang,ey Abu Bakr! Abu Bakr dedi: -Ajal yaqinlashdimi,ey Allohning Rasuli? Rasululloh (s.a.v.) dedilar: -Ajal yaqinlashdi,yahshigina yaqinlashdi! Abu Bakr dedi: -O'lim sizga oson bo'lsin,ey Allohning Nabiysi,Allohning yonida siz uchun hozirlangan ne'matlar muborak bo'lsin.Netardi,ketar yo'limiz qaylarga ekanini bilsam!... Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar: -Allohga,Sidrai Muntahoga!...Keyin Jannatga,Firdavsi A'loga,oliy do'st yoniga,zavqu nash'alarga tayyorlangan go'zal hayotga!... Abu Bakr so'radi: -Sizni kim yuvsin,ey Allohning Nabiysi? Rasululloh (s.a.v.)bildirdilar: -Yaqinlik navbatiga ko'ra,ahli baytimdan bir guruh erkak! Abu Bakr dedi: -Nima bilan kafanlaylik? Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar: -Shu libosim,Yaman libosi,Misrning oq surpi bilan! Abu Bakr dedi: -Janoza namozingizni qanday qilaylik (ado etaylik)?Bu asnoda biz yig'ladik.Rasululloh (s.a.v.)ham yig'ladilar. Buyurdilar: -To'xtang!Alloh sizni mag'firat etsin va Payg'ambaringizdan sizga hyrlar bersin....Meni yuvib,kafanlaganinigizdan keyin,shu uyimdagi qabrimning yoniga,sadirim-chorpoyam ustiga qo'ying.So'ng tashqari chiqib ketingiz.Bir soat mendan uzoq bo'lingiz.Chunki dastavval meni Alloh rahmat qiladi.U sizni ham rahmat qiladi,albatta.So'ngra mening janoza namozimni o'qishlari va istig'forda bo'lishlari uchun malaklarga izn beradi.Alloh bandalaridan birinchi mening yonimga kelib janozamni o'qiydigani zot Jabroil bo'ladi.So'ng navbati bilan Mikoil,Isrofil,ulardan keyinroq jamoat bilan birgalikda Azroil va eng ohiri boshqa barcha farishtalar-Allohning salomi barchalarining ustiga yog'ilsin!So'ng sizlar,bo'lim-bo'lim bo'lib kiringlar,janoza namozimni alohida guruh-guruh bo'lib o'qinglar,salom beringlar.Meni ulug'lovchi so'zlar aytilishiga,nutqlar qilinishiga,yig'i-sig'ilarga,shikvalar izhoriga aslo yo'l qo'ymanglar.Birinchi bo'lib boshliq (xalifa) namozimni o'qisin.So'ng eng yaqinlarimdan boshlab,ahli baytim,undan keyin xotinlar va eng ohirida bolalar! Davomi bor InshaAlloh....
|
DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR, HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK, ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!
Izox O'zgartirildi Bir_qizcha - Payshanba, 21-Октября-2010, 03:23 | |
|
| | Sana: Juma, 22-Октября-2010, 14:54 | Xatlari # 20 |
Ism:
| [O'zbek qiz.]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [49]
| Xulqi: +
| [7] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi.... Abu bakr so'radi: -Sizni kim qabrga qo'ysin? Rasululloh (s.a.v.) buyurdi: -Ahli baytimning eng yaqinlaridan boshlab bir guruh qo'yadi,undan tashqari bir to'da farishtalar ham bo'ladi;siz ularni ko'rmaysiz,lekin ular sizlarni ko'radilar.Endi turinglar.Mendan keyingilarga mening o'gitlarimni yetkazinglar! Hz.Oysha-Alloh undan rozi bo'lsin-deydiki: -Rasululloh (s.a.v.) vafot etgan kunning ilk soatlarida ul zot biroz tuzalib qolganday ko'rindilar.Erkaklar chiqib ketishdi,uy-uylariga va ishlariga tarqalishdi.Rasulullohning tuzalayotganini aytib,odamlarni sevintira boshladilar.Uyda faqatgina xotinlar qoldi.Biz xotinlar,umid bilan shu tariqa shodlanib o'tirardik.Bir payt Rasululloh buyurdilarki: -Xotinlar tashqari chiqishsin.Manovi farishta oldimga kirishga uchun ruxsat so'rayabdi. Mendan boshqa hamma xotinlar chiqib ketishdi.Rasululloh turib o'tirdilar.Boshlari mening quchog'imda edi.Keyin men uyning bir burchagiga o'tdim.Kelgan malak bilan anchagina gaplashdilar.So'ngra meni chaqirdilar.Takror boshlarini quchog'imga qo'ydilar.Xotinlarga ham: "Kiraveringlar!" deya sado berdilar.Men:"Bu kelgan,Jabroil emasmidi?" dedim.Rasululloh (s.a.v.):"Yo'q,ey Oysha,Jabroil emasdi!" dedilar."Bu kelgan,o'lim malagi (Azroil) edi.Menga dediki: -Alloh meni yubordi.Sendan ruhsatsiz yoningga kirmasligimni,izn bermasang qaytib ketishimni,faqat izn berganing taqdirda kirishimni amr etdi.Nima deysan,kiraveraymi,-dedi. Men dedimki: -Hozircha ket,Jabroil kelsin,undan keyin,sen!... Hozir bir soat ichida Jabroil kelib qoladi. Hz.Oysha deydilar: -Biz shunday bir ahvolda edikki,na bir savolga javob bera olar,na biron narsa haqda o'ylay olar edik.Bizni mudhish bir qayg'u bosgan edi.Naq boshimizga bir qattiq narsa urilganday garangsigan edik.Katta bir havotir edi bu.Ichimizni dahshat qoplagan edi.Uydagilarning birontasida churq etib gapirishga majol yoq edi.Jabroil ayni vaqtida keldi.Salom berdi.Men,bu kelgan Jabroil ekanligini angladim.Uydagilar tashqari chiqdilar.Jabroil kirdi va dediki: -Alloh senga salom aytdi.O'zingni qanday his qilayotganingni so'radi.U seni sendan yahshiroq biladi.Lekin bunday qilayotganingni sababi bor:U sening karomatingni,sening sharafingni orttirmoqchi,sening yaratilganlar olamidagi karomat va sharafingni poyoniga yetkazmoqchi.Sendan esa,ummatingga namuna bo'lishingni talab qiladi. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: -Men o'zimni ojiz bir hasta holida ko'rib turibman. Jabroil buyurdi: -Men senga xushxabar keltirdim.Alloh seni sen uchun tayyorlab qo'ygan narsalariga yetishtirmoqchi. Rasululloh (s.a.v.): -Ey Jabroil,o'lim malagioldimga kirish uchun mendan ruhsat so'rab keldi,-dedilar va Azroilning tashrifi haqida unga xabar berdilar. Davomi bor InshaAlloh...
|
DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR, HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK, ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR! | |
|
| | Sana: Shanba, 23-Октября-2010, 17:35 | Xatlari # 21 |
Ism:
| [O'zbek qiz.]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [49]
| Xulqi: +
| [7] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi.... Jabroil buyurdi: -Ey Muhammad alayhissalom,Rabbing senga mushtoq.Senga nima tilayotganini senga bildirmadimi?Allohga qasamki,o'lim Malagi bungacha hech kimdan jonini olish uchun ruhsat so'ramagan.Bundan keyin ham aslo so'ramaydi.Xabaring bo'lsin,Rabbing sening sharafingni poyoniga ytkazmoqda.U senga mushtoq.Shunday bo'lgach,qayg'uga botma,kelaversin. Rasululloh (s.a.v.) xotinlarga ruxsat berdilar.Fotimaga:"Ey Fotima,menga engash!" dedilar.Ul muhtarama boshlarini egdilar.Rasululloh dillaridagi bir gapni aytib edilar,Fotima boshlarini ko'tarib,yig'lay boshladilar.Hech gapirmasdilar.Shunda Rasululloh (s.a.v.) ul muhtaramaga yana: "Menga engash!" dedilar,Fotima yana engashdilar.Rasululloh uning qulog'iga yana bir narsalar deb pichirladilar.Bu safar Fotima kula boshladilar.Lekin hamon gapirolmasdilar.Biz Fotimaning bu holidan taajjublandik.So'ng o'zlaridan so'radik.Shunday dedilar: -Avval qulog'imga pichirlab:"Men bugun o'laman" dedilar.Shunda men yig'ladim.Ikkinchi martasida esa:"Men Allohga duo qildim.Ahli baytimdan birinchi bo'lib seni men bilan qovushtiradi va seni men bilan birga qiladi!" dedilar.Shunday deganlarida men kulib yubordim. Men (Hz.Oysha) Fotimaning bolalarini (Hasan bilan Husaynni) Rasululloh (s.a.v.)ning tepalariga olib bordim.Ularni o'pdilar va hidladilar. Bu orada o'lim Malagi keldi(Azroil).Salom berdi.Kirishga izn so'radi.Rasululloh (s.a.v.) unga izn berdilar.O'lim Malagi: "Bizda nima tilagingiz bor,ey Muhammad?" dedi.Rasululloh (s.a.v.): "Endi meni Rabbimga olib bor!" deb javob berdilar.O'lim malagi dediki: -Xa! Rabbing seni ishtiyoq bilan kutmoqda.U senda to'xtagani kabi hech bir kishida to'xtamagan edi.Hech bir kimsaning yoniga iznsiz kirishni menga taqiqlamagan edi. O'lim malagi shu gaplarni aytgandan keyin chiqib ketdi.Va shu ondayoq Jabroil kirdi. "Salom senga,ey Allohning Rasuli!" dedi va davom etdi: -Bu-mening Yer yuziga so'nggi marta tushishim.Endi vahiylar abadiyan to'htatildi.Dunyoning ishi tamomlandi.Mening Yer yuzida sendan boshqa biron kishiga ehtiyojim yo'q edi.Faqatgina sening Yerdaliging meni shu yoqqa tortardi.Ortiq bunda turishimning kerakli joyi yo'q. Hz Oysha davom etadi: -Men sakrab turib,Rasululloh (s.a.v.)ga yaqinlashdim.Boshlarini bag'rimga olmoqchi bo'ldim.Ko'kraklarini siladim.Boshlarini o'ramoqchi bo'ldilar.Peshonalari shunday terlagandiki,men biron odamdan buncha ter oqqanini hech ko'rgan emasman.O'zim ham ter oqishiga qo'yib berdim.Biron narsaning hidi bu terchalik yoqimli emasdi.U zot sal o'zlariga kelganlarida men shunday dedim: -Onam,otam,jonim va ahlim sizga fido bo'lsin,peshonangiz shu qadar ko'p terladiki!... Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar: -Ey Oysha,mo'minning joni ter bilan chiqadi. Shu payt ukam keldi.Rasululloh (s.a.v.) uni otamning oldiga (Hz.Abu Bakrga) jo'natib yubordilar.Lekin hech kim kelmasdan burun Alloh Rasuli (s.a.v.) vafot etdilar.Alloh ularni Rasululloh (s.a.v.)ning o'limi oniga yetishtirmadi.Chunki Jabroil ila Mikoilga uning qoshida bo'lish vazifasi topshirilgan edi.Rasululloh (s.a.v.)ning o'limi onida ular o'z vazifalarini o'tab,u bilan birga bo'ldilar.Alloh Rasuli,o'zlaridan ketgan, "A'lo do'st" , "a'lo do'st" derdilar.Takror o'zlariga kelganda esa: -Namoz,namoz!... -derdilar.-Siz jamoat bilan birga namoz o'qishda davom eting,shunda gunohlaringiz to'kiladi va yangi gunohlardan qochishga muvaffaq bo'lasiz. Namoz,namoz!.... Rasululloh (s.a.v.) olamdan o'tgunlariga qadar namozni vasiyat qildilar.Hatto jonlari uzilayotganda ham: "Namoz,namoz!" dedilar. Hz.Oysha derki: -Rasululloh (s.a.v.) dushanba kuni choshgoh bilan peshin vaqti orasida vafot etdilar.
Davomi bor InshaAlloh...
|
DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR, HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK, ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR!
Izox O'zgartirildi Bir_qizcha - Shanba, 23-Октября-2010, 17:40 | |
|
| | Sana: Yakshanba, 24-Октября-2010, 21:20 | Xatlari # 22 |
Ism:
| [O'zbek qiz.]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [49]
| Xulqi: +
| [7] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Hz.Fotima aytadi: -Dushanba kuni ummati Muhammad buyuk musibatga duchor bo'ldi. Ummu Gulsum aytadi: -Dushanba kuni men duchor bo'lgan musibatga Kufada Hz.Ali ham duchor bo'ldi.Rasululloh (s.a.v.) o'sha kuni vafot etgandilar.Hz.Ali ham o'sha kuni shahid etildi. Hz.Oysha hikoya qiladi: -Rasululloh (s.a.v.) vafot etganda hamma yig'lay boshladi.Yig'i-sig'ilar borgan sari avjiga chiqib borardi.Rasululloh (s.a.v.) mening libosimga o'ralgandi.Odamlarning ba'zilari Rasululloh (s.a.v.)ning o'limini hech qabul qilolmasdi.Ba'zi birovlarning tili tutilgan edi.Ular uzoq muddatdan keyingina so'zlay oldilar.Ba'zi birovlar hushidan ketib,bir-birining ustiga yiqilardi.Birovlar aqlini yo'qotib qotib qolgan,serraygancha turardi.Yana birisining tili gapga kelmay qolgandi,qimirlashga majoli yo'q edi.Hz.Umar hadeb "u o'lmagan,u o'lmagan" der edi.Tili gapga kelmay qolganlarning biri Hz.Ali edi.Hz. Usmonning tili kalovlanar edi.Bu asnoda Hz.Abu Bakr bilan Hz.Abbosning ahvollari esa butunlay boshqacha edi.Alloh ularga tavfiq bergan,Rasululloh (s.a.v.)ning o'limi voqelikka aylanib turgan og'ir bir pallada qanday qilib to'g'ri yo'l tutish kerakligini ko'rsatgan edi.Xalq Hz.Abu Bakrning so'zidan bir muncha hushyor tortdi.Shunday bo'lsa ham bu orada Hz.Abbos kelib yig'ilganlarga xitoban shunday dedi: -Xa,Allohdan boshqa iloh yo'q va Alloh nomiga qasam ichib aytamanki,Rasululloh (s.a.v.) haqiqatdan ham o'lim sharbatini totdi.Rasululloh (s.a.v.) hali oramizda yurgan chog'laridayoq Alloh shunday bildirgandi: -(Ey Muhammad),hech shak-shubhasiz,siz ham o'lguvchidirsiz,ular ham o'lguvchidirlar.So'ngra, albatta, sizlar qiyomat kunida Parvardigoringiz huzurida (bir-birlaringiz bilan) talashib-tortishursizlar. Hz.Abu Bakr Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning vafoti to'g'risidagi xabarni Hozraj o'g'illarining uyida eshitdi.Shu ondayoq uydan otilib chiqdi.Rasululloh (s.a.v.)ning uyiga keldi.Uni ko'zdan kechirdi.Ustiga egildi.O'pdi va: -Onam,otam senga fido bo'lsin,ey Allohning Rasuli,Alloh senga o'lim sharbatini ikki marta ichirmaydi,albatta.Allohga qasamki,Rasululloh olamdan ko'z yumdi!-dedi. Keyinroq bu yerda yig'ilgan xaloyiqqa o'girilib,odamlarga shunday xitoba bilan murojaat etdi: -Ey xaloyiq,muhtaram jamoat,orangizda kimda-kim Muhammad alayhissalomga topinib kelgan bo'lsa,bilib qo'ysinki,haqiqatan ham Muhammad alayhissalom vafot etdi.Kimda-kim Muhammad alayhissalomning Rabbiga topinib kelgan bo'lsa,bilib qo'ysinki,U hayotdir.U hech qachon o'lmaydi! Alloh aytadi: -Muhammad faqat bir payg'ambar,xolos.Undan ilgari ham payg'ambarlar o'tgandir.Bas,agar u (ya'ni Muhammad alayhissalom) vafot qilsa yoki o'ldirilsa,ketingizga (kufrga) qaytib ketasizmi?Kimda-kim ketiga qaytib ketsa,Allohga biron ziyon yetkaza olmas.Alloh esa (yo'llaridan qaytmay) shukr qilguvchi bandalarini munosib mukofotlaydi. Sahobalar go'yo shu on kelgunga qadar bu oyatni hech eshitmaganga o'hshardilar.Hz.Abu Bakrning yuqoridagi so'zlari va bu oyatni o'qishi hammani hushiga keltirdi. T A M O M
|
DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR, HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK, ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR! | |
|
| | Sana: Dushanba, 25-Октября-2010, 16:17 | Xatlari # 23 |
Ism:
| [ali]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Faollashmoqda]
| Postlari:
| [113]
| Xulqi: +
| [14] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Российская Федерация]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| PAYG‘AMBARIMIZNING O‘G‘ILLARI IBROHIMNING VAFOTI Shu o‘ninchi yili ro‘za hayitining yigirma to‘qqizinchisida Payg‘ambarimiz o‘g‘illari Ibrohim vafot topdi. Yoshi bir rivoyatda o‘n olti oy sakkiz kunlik, ikkinchi rivoyatda o‘n sakkiz oylik edi. Bu o‘g‘illari tug‘ilganida Rasululloh bek suyungan edilar. Vafot bo‘lganida qattiq qayg‘urib: — Ey Ibrohim, sening firoqingdan ko‘nglimiz g‘amga to‘ldi, — deb muborak ko‘zlaridan yosh to‘kdilar. Buni ko‘rib Hazrati Umar: — Yo Rasulalloh, o‘lganga yig‘lashdan bizni qaytargan edingiz, nega endi o‘zingiz yig‘laysiz? — dedilar. Anda Rasululloh: — Qachon sizlarni ko‘z yoshidan qaytardim? Musibat yangidur, ko‘nglimiz yumshaydi, ko‘zimiz yig‘laydi. Xudo rozi bo‘lmagan so‘zlarni aytmagaymiz. Yoqa yirtib, soch yulib yig‘lashdan, dod-voy qilib, nohaq so‘zlar aytishdan qaytardim, — dedilar. Bu o‘g‘illari Moriya ismlik cho‘rilaridan tug‘ilgan edi. U Misr podshohi Muqovqisdan Rasulullohga hadya bo‘lib kelmish edi. Mundan boshqa Rasulullohning barcha bolalari onamiz hazrati Xadichadan tug‘ilmish edilar. O‘g‘illari yoshligida vafot bo‘lishib, Fotimadan bosh¬qa qizlari ham o‘zlaridan ilgari vafot topgan edi. Fotima ersa Rasulullohdan olti oy keyin vafot topdi. Boshqa onalarimizdan bola bo‘lmagan edi. Shu uchun Ibrohim tug‘ilganda barchalarning rashklari qo‘zg‘almish edi. Ibrohimning janozasini Rasululloh o‘zlari o‘qidilar. Yana shu kuni quyosh tutilib, olamni qorong‘ulik bosdi. Xalq bu voqeani Rasululloh o‘g‘li Ibrohimning motami uchun bo‘ldi, deb o‘yladilar. Muni anglab Rasululloh minbarga chiqib: — Ey odamlar! Bu oy-kun ersa Allohning ulug‘ qudratini bildirishga ikki alomatdur. Birovning o‘lishi yoki tug‘ilish uchun kun kuyib, oy tutilish degan ish yo‘qdur, — deb mundoq o‘rinsiz e’tiqod qilishdan saqlanish kerakligini ularga bildirdilar.
|
“Mutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!” Abu Bakr r.a.ning so'nggi so'zlari. | |
|
| | Sana: Yakshanba, 07-Ноября-2010, 17:13 | Xatlari # 24 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Сафар. Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйи томон сафар килиш, ул зотнинг хаётининг икир-чикирлари ва муомала санъанити кўриш аслида ўта кизикарли иш. Энди биз шу иш ортидан ажру-савобни умид килсакчи?! Албатта, расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хаёти насихат ва ибрат, сийрат ва намуна, эргашиш ва ўрнак олишдир. Бу сафаримиз китоблар ва сахобалар тилидан накл килинган ривоятлар воситаси ила бўлади. Зотан, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам зикр килинганларидек, учта масжиддан бошка хар кандай кабр, пайгамбарнинг уйи ва ундан бошка жойларга (ибодат максадида) касд билан сафар килиш мумкин эмасдир: «Факат Масжидул-Харом, менинг масжидим ва Масжидул-Аксоганина (ибодат макасдида) сафар килинади» (Имом Бухорий ва имом Муслим ривояти). Биз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг ушбу амрларига бўйсунишимиз ва уч масжиддан бошка хеч бир ерга (ибодат ниятида) касдли сафарга чикмаслигимиз керак. Холбуки, Аллох таъоло: «Пайгамбар олиб келган нарсаларни махкам ушланглар ва кайтарган нарсалардан тийилинглар!», демокда (Хашр: 7). Биз пайгамбаримиз саллаллоху алайхи ва салламнинг кадамжойларини хам касд килмаймиз. Ибн Ваззох рахимахуллох деди: «Умар ибн Хаттоб разияллоху анху остида расулулох саллаллоху алайхи ва салламга байъат килинган дарахтни кесиб ташлашга амр килди. Чунки, одамлар у жойга бориб, дарахт остида намоз ўкир эдилар. Умар ибн Хаттоб разияллоху анху одамлардан ширк амали содир бўлиб колишидан кўрккан эдилар» Ибн Таймийя рахимахуллох Хиро гори хакида шундай дейди: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам пайгамбар бўлишдан аввал у горда ибодат килган ва ўша горда биринчи вахий нозил бўлган эди. Бирок, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам вахий нозил бўлгандан сўнг, у горга хатто унинг якинига хам кайтиб бормадилар, шунингдек асхоблари хам якин йўламадилар. Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам пайгамбар бўлганларидан сўнг ўн йилдан кўпрок Макка шахрида колганларига карамай, бирон марта хам Хиро горини зиёрат килмадилар ва унга чикмадилар. Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламга иймон келтирган бирон бир сахоба хам, у горга бормади. Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам хижратдан сўнг Худайбийя ва Жиъиррона хамда Фатх йилидаги умраларида Маккага бир неча марта келдилар ва Фатх йилида йигирма кунча колдилар аммо Хиро горига бормадилар ва уни зиёрат килмадилар»(Ибн Таймийя, «Мажмуъул-фатава»:27/251). Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Yakshanba, 14-Ноября-2010, 16:08 | Xatlari # 25 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Мана биз Мадинаи Мунавварага нигох ташлаймиз. Унинг катта белгиларидан бири – Ухуд тоги рўпарамизда кўрина бошлади. Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам Ухуд тоги хакида: «Бу тог бизни севади ва биз хам уни севамиз» деган эдилар (Мутттафакун алайх). Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйларига кадам ранжида килишдан аввал, уйнинг курилиши ва шаклини кўрамиз. Агар кичикинагина уй соддагина ёток-жойни кўрсак бундан ажабланмайлик. Чунки, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам дунёдаги одамларнинг энг зохиди, дунёвий нарсаларни озайтирувчи, дунёнинг зийнат ва бойликларига кўз тикмаган, балки «кувончи намозда килинган» зот эдилар (Насоий ривояти). Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам дунё хакида: «Менинг дунё билан ишим нима! Мен билан дунёнинг мисоли иссик кунда сафарга чиккан, бир дарахт остида озгина салкинлаб, сўнгра уни тарк килиб йўлида давом этган отликка ўхшайди», деган эдилар (Имом Термизий ривояти). Энди расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйи томон Мадина кўчаларида илдам кадам ташлаб кетмокдамиз. Ана, баъзилари хурмо барглари устига лой чаплаб, баъзилари эса тош териб курилган, хаммасининг томлари хурмо барглари билан тўсилган расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хотинларининг уйлари кўринди. Хасан разияллоху анху шундай дер эди: «Мен Усмон разияллоху анхунинг халифалик даврларида расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хотинларининг уйларига кирардим ва унинг томларини (пастлиги сабаб) кўларим билан ушлардим» (Ибн Саъд «ат-Табакотул-Кубро»: 1/274) У камтарона уй ва кичик хужралардан иборат эди. Бирок, иймон, итоат, вахий ва рисолат билан обод эди. Рахмон ал- Косим. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Shanba, 20-Ноября-2010, 03:26 | Xatlari # 26 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг кўринишлари. Биз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйларига якинлашиб, кириш учун рухсат сўраб эшикларини кокамиз. Сўнгра, хаёлимизни расулуллох саллаллоху алайхи ва салламни кўрган одамлар билан кўйиб юборамиз.. У бизга расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг муборак ташки кўринишлари ва табассумли юзларини кўриб турганимиздек таърифлаб беради. Баро ибн Озиб разияллоху анху деди: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам одамлар ичида юзи чиройлироги, ахлоки гўзалроги ва ўрта бўйли эдилар» (Имом Бухорий ривояти) Бошка ривоятда деди: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам ўрта бўйли, кенг елкали бўлиб, сочлари кулокларининг юмшоклари кадар тушар эди. Мен кизил кўйлак кийган пайтларида у зотдан кўра чиройлирок одамни кўрмадим» (Имом Бухорий ривояти). Абу Исхок Сабиъий рахимахуллох деди: «Бир одам Бароъ ибн Озибдан: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг юзлари килич каби эдими?» — деб сўраганида: «Йук, Ой каби эди» — деб жавоб берди» (Имом Бухорий ривояти). Анас разияллоху анху деди: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг кафтларидан кўра мулойимрок бўлган на ипак на бошка нарсани ушламадим ва расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг бўйидан кўра хушбўйрок хидни топмадим» (Муттафакун алайх). Хаё хам расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг сифатларидан бири эди. Абу Саъид ал-Худрий разияллоху анху деди: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам чимилдикка кирган бокира киздан хам хаёлирок эдилар. Агар бирон нарсани ёктирмасалар, биз уни юзларидан ўкир эдик» (Имом Бухорий ривояти). Булар расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хилкати ва хулки хакида накл килинган баъзи сифатлар, холос. Холбуки, Алох таъоло пайгамбаримиз саллаллоху алайхи ва салламнинг хилкати ва хулкини мукаммал килиб яратгандир. Ота–онам унга –саллаллоху алайхи ва саллам- фидо бўлсин. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Seshanba, 23-Ноября-2010, 16:23 | Xatlari # 27 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг Гапиришлари. Биз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламни ва у зотнинг баъзи сифатларини кўрдик. Энди пайгамбаримиз саллаллоху алайхи ва салламнинг ўзлари бизга гапиришларидан аввал, гапиришлари ва гапириш услубларини бир кўрайлик. Оиша разияллоху анхо дедилар: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам сизлар каби тез гапирмас, балки, равон ва дона–дона гапирар ва атрофидагилар унинг сўзларини ёдлаб олар эдилар» (Абу Довуд ривояти). Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам мулойим, атрофдаги одамларнинг тушунишларини севар, Умматига харис бўлганларидан одамлар ўртасидаги фаркларни, тушуниш ва англаб олиш даражаларини риоя килар эдилар. Бу эса унинг сабрли ва халим бўлиши кераклигини такозо килар эди. Оиша разияллоху анхо дедилар: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг сўзлари уни эшитган хар бир киши тушуна оладиган дона–дона эди» (Абу Довуд ривояти). Сиз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг сўзлари яхши тушунилиши учун бир неча марта такрорлаётгандаги сабри ва юрагининг кенглигини мулохаза килинг!!.. Анас ибн Молик разияллоху анху: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам яхши тушунилиши учун бир сўзни уч марта такрорлар эдилар» — деди (Имом Бухорий ривояти). Баъзи одамлар расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хузурларига келганида унинг хайбатидан кўркувга тушар, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам эса уларга мулойим гапириб, юракларидаги кўркувни кетказар эдилар. Абдуллох ибн Масъуд разияллоху анху деди: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам хузурига бир одам келди, у билан гаплашдилар. Уодамнинг оёк-кўли титрай бошлади. Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам унга: «Тинчлан, мен подшох эмасман. Мен куритилган гўшт ейдиган хотиннинг фарзандиман, холос» — дедилар» (Ибн Можа ривояти).
|
Izox O'zgartirildi AsiRa - Seshanba, 23-Ноября-2010, 16:24 | |
|
| | Sana: Seshanba, 23-Ноября-2010, 16:26 | Xatlari # 28 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Уй ичида. Бизга пайгамбар саллаллоху алайхи ва салламнинг уйларига киришга изн берилди, мана биз уйнинг ўртасида турибимиз. Келинг, уйга бир нигох ташлайлик. Сахобалар бизга бу уйда бўлган кўрпа-тўшак ва бошка жихозлар хакида сўзлаб берсинлар. Табиийки, биз хоналар ва ховлиларга изнсиз нигох ташлаш мумкин эмаслигини биламиз. Бирок, бу муборак уйнинг баъзи нарсаларига намуна бўлиши ва ўрнак олиш учун карайимз. Дархакикат, бу уйнинг пойдевори камтарлик, сармояси эса иймондир. Унинг деворларига бокинг, унда бугунги кундаги кўплаб мусулмонлар осиб кўядиган жонли нарсаларнинг суратлари йўк! Холбуки, расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг ўзлари: «Ит ва суратлар бўлган уйга фаришталар кирмайди», деган эдилар (Имом Бухорий ривояти). Энди Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламинг кундалик хаётида истеъмол килган буюмларга бир назар ташланг. Собит рахимахуллох деди: «Анас ибн Молик разияллоху анху бизга ёгочдан килинган, кўпол ва белидан темир «белбог» билан богланган кадахни кўрсатди ва: «Эй Собит, бу — расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг кадахлари» — деди» (Имом Термизий ривояти). Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Chorshanba, 24-Ноября-2010, 20:06 | Xatlari # 29 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам шу кадахда сув, ивитилган хурмо шарбати, асал ва сут ичар эдилар. (Имом Термизий ривояти). Анас разияллоху анху: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам ичар эканлар уч марта нафас олар эдилар» — деди (Муттафакун алайх). Яъни, идишдан огзини узоклаштириб нафас олар эдилар. Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам идиш ичида нафас олиш ёки идишга пуфлашдан кайтарганлар (Имом Термизий ривояти). Аммо расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам жиход, харбий тўкнашувлар ва жанговар кунларида кийган совут хозир уйда йўк бўлса керак. Оиша разияллоху анхонинг айтишига караганда, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам уни бир яхудийдан карзга олган ўттиз соъ арпа эвазига унинг олдига гаровга кўйган эканлар (Муттафакин алайх). Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам вафот этдилар, совут эса яхудий олдида гаровлигича колди. Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам оиласи олдига кўккисдан бостириб келмас, балки, киришларини оиласига билдириб кирардилар. Кирганларида уларга салом берар эдилар (Ибн Коййим «Зодул–Маод»: 2\381). Синчков кўз ва онгли калб билан расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг ушбу сўзларида фикр юритинг: «Исломга хидоятланган, хаёти кундалик тирикчилигига етадиган даражада бўлиб, шунга каноат килган кишига хушхабарлар бўлсин!» (Имом Термизий ривояти). Мана бу улуг хадисга хам кулок солинг: «кимки жони омонда, жасадида саломатлик, хузурида кундалик озукаси билан тонг оттирган бўлса, гўё унга дунёнинг барчаси жам бўлибди» (Имом Термизий ривояти). Абдуллох ибн Аббос Умар ибн Хаттобдан ривоят килади. Умар деди: «Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хузурларига кирдим, ул зот бўйра устида ётибдилар. Олдиларига ўтирдим, расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг эгнида факат изор-лунги (белдан пастга кийиладиган матох) бор эди, холос. Бўйра ёнбошларига ботиб кетибди, уйдаги нарсаларга назар ташладим. Уйнинг бир четида уч-тўрт ховуч арпа, акас кўзоги ва деворда осиглик мешни кўриб кўзимдан ёш куйилди. Эй Умар нимага йиглаяпсиз деб сўрадилар? Эй Набиюллох нега йигламас эканман, бўйра ёнбошингизга ботиб кетган бўлса, уйингизда нима борлигини хам кўриб турган бўлсам! Кисро ва Кайсарларни каранг, мевалар, анхорлар ичра бўлишса-ю, сиз Аллохнинг пайгамбари, танлаганининг холи бу бўлса!» «Эй Хаттобнинг ўгли, охират бизга ва дунё уларга бўлишига рози эмасмисан» — дедилар. Ибн Можа ривояти. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Juma, 26-Ноября-2010, 03:26 | Xatlari # 30 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... TO'RTINCHI HALIFA HAZRAT ALI (raziyallohu anhu),DAVRLARI. HAZRATI ALI KARRAMALLOHU VAJXAHU XALIFALIK DAVRLARI TO'G'RISIDA QISQACHA MA'LUMOT IKKI SHAHIDNING SHAHID OTALARI... Birdan og‘riq qattiq tutib ketganidan madad istagan holda Ka'baning pardapushlariga osilib atrofga qarab, erlari Abu Tolibni istashga tushadilar. Abu Tolibni topib o‘zlari tushib qolgan holatdan yordam olmoqchi bo‘ladilar. Biroq bexosdan to‘lg‘oq tutib qoladi. Atrofdagilarning ko‘zlari tushib qolishidan uyalib Ka'baning pardapushiga o‘ralib olgan holda orqasiga o‘tib bekinib oladilar. Mana shu holda Ka'ba pardapushiga o‘ralib odamlar ko‘zidan bekinib turadilar. Bir necha daqiqalar o‘tib-o‘tmay Fotima Ka'ba pardapushiga o‘ralgan bolani ko‘tarib zohir bo‘ladilar. Bu tug‘ilgan bola shunday ulug‘ sharafli makonda, shunday ulug‘ sharafga ega bo‘lgan birinchi bola edi. Bundan avval ham, bundan keyin ham biror bola bunday yuksak sharafga noil bo‘lolmagandur. Olloh taolo quraysh shayxini hamda Islom dini zohirga kelgan paytda ikkinchi ayol bo‘lib dinni qabul qilgan onasini shunday ikromga vosil etdi. Onalari bolaning nomini o‘tgan bobolarining nomini eslab turish-lik uchun Haydar deb qo‘ymoqchi bo‘ldilar, lekin otalari Abu Tolib bolaning yuksak oliy bir maqomda tug‘ilish sharafiga noil bo‘lganligini ko‘rib nomlarini Ali deb qo‘yganlar. Mana shunday buyuk bir sharafli holatda Hasan va Husaynning otalari ahli baytning vakili bo‘lgan Ali ibni Tolib melodning 601 yilida dunyoga keldilar. Ota-onalarining qo‘ynida sakkiz yoshga qadar (ba'zi rivoyatlarda esa to‘qqiz yoshga qadar) tarbiya topdilar. To‘qqiz yoshga yetgan paytlarida Rasululloh hazratlari Ali ibni Tolibni o‘z tarbiyalariga oladilar. Ibni Ishoq bu voqeani kitoblarida shunday deb rivoyat etadilar: Quraysh aholisining qattiq qahatchilik balrsi yetganligi aslida Ali ibni Tolibga Ollohning cheksiz in'omi va unga Olloh, yetkizgan yaxshiliklarni iroda etganligi bo‘ldi. Qurayshga ocharchilik yetgan edi. Abu Tolib serbola odam edilar. Shu sababli bir kuni Rasululloh hazratlari amakilari Abbosga qarab: «(Abbos qurayshlarningboyrohlaridan edilar) «Ey amaki, birodaringiz Abu Tolib serbola odam, ahvolini ko‘rib turibsiz, hamma yoqda ocharchilik, yuring, borib biroz bo‘lsa-da, bolalaridan yengillataylik. Men bittasini olay, siz ham bittasini oling, sal unga yengillatib qo‘yaylik», dedilar. Abbos «xo‘p bo‘lmasa, shunday qilaylik, yuring», deb ikkovlon Abu Tolibning oldilariga kelib, muddaolarini aytdilar. Abu Tolib ularning gaplarini tinglab, «mayli ixtiyor o‘zlaringda», deya javob berdilar. Shundan keyin Rasululloh bolalarning ichidan Alini olib ketdilar. O'z uylarida to Olloh taolo va taborak olamga payg‘ambar qilib yuborgunga qadar birga saqlab yurdilar. Olloh taolo va taqaddus u zot insoniyatni baxt-saodat yo‘llariga yo‘l ko‘rsatishlik uchun olamga rahmat payg‘ambari qilib yuborgan paytida hazrati Ali Rasulullohga ergashdilar va imon keltirdilar, rost deb tasdiq etdilar. Hazrati Ali yosh yigitlar ichida yangi porloq dinga birinchi bo‘lib bo‘ysinganlardan edilar. Va hamda qurayshlar ichida butlarga aslo sajda qilmagan birinchi kishi ham edilar. Mana shu sababga ko‘ra, hazrati Alini karamallohu vajxahu Olloh mukarram qilgan zot deyiladi. Zero, Rasulullohning xonadonlarida o‘sganliklari tufayli, Rasululloh,hazratlari o‘zlari ham payg‘ambarlik payg‘omi kelmasdan burun butlarga sajda qilishlikni karix ko‘rardilar. Nomaqbul ish deb sanardilar. Mana shunday bir oilada ulg‘aygan bola albatta, o‘sha oilaning muhiti ta'siridan sezilarli hissa olgan edi. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
|
|