Payg'ambarimiz Muhammad (S.a.v) va xalifalar haqida bitiklar
| | | Sana: Juma, 24-Декабря-2010, 04:56 | Xatlari # 46 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| TO'G'RI GAP.
Juda ko‘p tarixchilar umumiy tafsilotlarga berilib ketib, Ali bilan Oyisha onamiz o‘rtalardagi xoliflik sabablarini bayon etishlikda gapni juda ham cho‘zib yuborib mubolag‘a darajasiga yetkazganlar. Ular shunday deb yozadilar: Ummul mo‘minin dillarida hazrati Aliga ya'ni erlarining amakivachchalariga nisbatan rashk aralash karoxiyat saqlar edilar. Zero, hazrati Ali Rasululloh alayhissalom oldilarida katta hurmatga ega va hamda eng sevimli qizlari Fotimai Zahroning erlari va mehribon payg‘ambarga odamlarning eng sevimlisi bo‘lgandilar. Oyisha onamiz qalb dardidagi nafrat bani Mustaqil g‘azotidan qaytganda yo‘lda Oyisha onamizga nisbatan zulm va dushmanlik sababi ila qilingan bo‘hton voqeasidan keyin yana ham ziyodalashgandi. Rasululloh alayhissalom Zayd ibni Xorisa hamda Umar ibni Hattobdan ushbu voqea to‘g‘risida qanday fikrdasiz, deb so‘raganlarida, ularning har ikkovlari «biz Oyishaga aslo biror xunuk ish sodir bo‘lganligini ko‘rgan emasmiz», deb javob berganlar. Ammo hazrat Alidan so‘ralgan chog‘da u janob ulug‘ payg‘ambarning yuzlaridagi alam asarini ko‘rib, Muhammad alayxissalom ado etastgan ulug‘ risolatga biror nuqson yetib qolishidan qo‘rqqanlari sababli Rasulullohga qarab o‘zlaridagi doimiy ochiq gapirish xislatiga binoan: «Yo Rasululloh, bundan boshqa ham ayollar ko‘p-ku» deb javob berganlar. Bu degan javoblarining ma'nosi, agar u kishidan shakllanayotgan bo‘lsangiz, qo‘yib yuboring-da, boshqasiga uylanib qo‘ya qoling, degani edi. Ba'zi tarixchilar esa hazrati Ali Oyishaning xodimlarini oldirib kelib nima ish bo‘lganligini aytasan, deb ko‘rganlar. U xodima «Oyisha yosh, tajribasiz qizlar, gohida xamirni qorib turib uxlab qoladilar. Keyin esa qo‘ylar kelib yeb ketardi. Bundan boshqa Oyisha onamizning ayblari yo‘q», degan gapdan o‘zga churq ham etmadi, dedilar. Mana shu sabablarning har biri Oyisha onamiz dillarida yetarlicha ta'sirini qoldirgan edi. Oyisha onamiz qalblarida Aliga bo‘lgan bunday asarni dunyo ta'magirlari g‘animat bilib Usmon raziyallohu anhuni o‘ldirganlaridan so‘ng qo‘zg‘ab harakatga solib yubordilar Bunday qo‘zg‘ashni shaxsiy yoki yakka suratda emas, balki ommaviy suratda ancha jiddiy ravishda avj olishga erishdilar. Natijada o‘tgan voqea yuz berdi, dedilar. Ba'zi bir rivoyatlarda esa bu hodisa quyidagacha tartibda aks ettirilgan: Bir kuni Rasululloh alayhissalom Oyisha onamiz oldilarida boshlarini egib turar, Oyisha onamiz esa muborak boshlarini yuvayotgan edilar. Yonlarida Ummul mo‘minin Ummu Salama esa xurmo bilan sutni aralashtirib har ikkovlariga taom tayyorlayotgan edilar. Shunda Rasululloh hazratlari birdan: «Men sizlardan biringiz dumli tuya sohibi, Havoib suvining itlarini xurdiradigan va natijada to‘g‘ri yo‘ldan toyadiganingiz qay biringiz bo‘ladi, bilolmayman», dedilar. Bu so‘zni eshitgan zahotlariyoq Ummu Salama taomdan qo‘llarini qo‘rquvga to‘la holda ko‘tarib, shoshilgan holda «men shunday bo‘lishdan Ollohdan hamda uning Rasulidan panoh tilayman», dedilar. Rasuli Akram hazratlari ularga qarab: «menimcha sizlardan bittangiz Havoib itlarini xurdirsangiz kerak,- dedilarda, kaftlari bilan Oyisha onaning orqalariga urib:- «Ey humayra, shunday bo‘lishlikdan ehtiyot bo‘ling», dedilar. Biroq Oyisha onamiz shunday bo‘ldilar. Ollohning taqdir sahifasiga yozganlarini bo‘lmoqligidan na ehtiyot qildirishlik va na ogohlantirishlik to‘sib qo‘ya oldi. Lekin mana shu rivoyatni aytayotgan kishilar bir narsani tashlab ketganlar, u ham bo‘lsa Oyisha onamiz vaqtiki mazkur makonga yetganlarida «ushbu suvning nomi nima?» deb so‘raydilar. Kishilar «Havoib suvi deb» javob berdilar. Ushbu javobini eshitgan Oyisha onamiz: «tezda meni bu yerdan olib ketinglar, Ollohga qasamki, men Havoib sohibasi bo‘lib qolaman», deganlar. Shu payt oldilariga singillarining o‘g‘li Abdulloh ibni Zubayr kelib, Islomda eng birinchi bo‘lib yolg‘ondakam guvohlikni berganlar. Ularning yolg'on guvohliklariga ishonib, Oyisha onamiz ularga bo‘ysinib qolganlar. Natijada avvalda tarkib topgan taqdir yuz bergan. Bo‘lar ish bo‘lib o‘tgan. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Juma, 31-Декабря-2010, 05:12 | Xatlari # 47 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Hazrati Alini ba'zi bir tarixchilar malomat etib shunday deydilar. Emishki hazrati Ali Usmon qotillarini hibsga olishda sustkashlik qilganlar. Halifalik mansabiga o‘ltirganlaridan so‘ng esa ishni o‘z holiga tashlab qo‘yishlari Oyisha onamizni qattiq achchiqlanishlariga olib keldi va Oyisha onamizni mazkur jinoyatchilarga nisbatan Islom jazo choralaridan chora qo‘llashlikni talab qilib chaqiriqda bo‘lishlariga olib keldi. Din hamda toza vijdon egasi bo‘lgan tarixchi bunday ishni o‘zicha sharhlashdan tiyilishi kerak edi. Balki ahvolni o‘tmish tarixchilari tushuntirganlaridek tushuntirishlari zarurdir. Hazrati Ali Muhammad alayhissalomning amakivachchalari Fotimai Zahroning erlari, to‘rtinchi halifa, Badr va Husayn urushlarining qahramoni, Haybar qo‘rg‘onini shikastlovchi, Rasululloh alayhissalomga xijrat kechasi o‘z jonini fido etuvchi, bundan tashqari hisobsiz fazilatlarga ega bo‘lish bilan birga, butunlay ma'sum emaslar. U kishi Imom va Mujtahid, demak to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar, cheksiz ajrga ega bo‘ladilar va agar xato ijtihod etgan bo‘lsalar, unda bitta ajrga ega bo‘ladilar. Oyisha onamizning ham shu kabi juda ko‘p buyuk fazilatlari bo‘lgan. Bunday ishlarda to‘g‘ri hukm chiqarishlik mumkin ham emas, chiqarib ham bo‘lmaydi. Eng yaxshisi bunday holatda ishni g‘ayblarini biluvchi, yeru-osmonda hech narsa unga maxfiy bo‘lolmaydigan Zotga topshirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Bunday mushkul shakli masalalarda fikr bildirishdan to‘xtab, ishni Olloh taolo va taborakka topshirishlikda juda katta hikmatlar bordur. Eng to‘g‘ri yo‘l ham shudir. Olloh talo karamallohu vajhahudan rozi bo‘lsun. Oyisha onamizdan ham rozi bo‘lsun. Har ikkovlarini Olloh uchun g‘azablanadigan havmlar mukofoti kabi mukofotlar ila mukofotlansun.Aminy!
| | |
|
| | Sana: Juma, 31-Декабря-2010, 05:19 | Xatlari # 48 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| SAFIN VOQEASI. Hazrati Ali Jamal voqeasidan hanuz tinib-tinchimay turib yana yangidan Muoviya ibni Abu Sufyon Shom qo‘shnida hazrati Aliga qarshi dushmanlik uyg‘otib u zotga qarshi kurashga otlantirayotganligining xabari kelib qoldi. Muoviya askarlarga juda ham saxiylik bilan sovg‘alar ulashib o‘z tomoniga og‘dirib oladi. Ular ichida Aliga qarshi fitna shu darajada yurgiziladiki, hatto Ali Usmon (r. a.)ning xunlarini o‘z vaqtida olmaganlari yetmaganiday bunga qo‘shimcha ravishda hazrati Usmonni qatl etishda ishtirok etgan ibni Sabo' qo‘shinini o‘ziga birlashtirib olganligi uchun ham mas'uldir, degan da'voga ularda qanoat hosil qildirdi. Albatta, bunday mish-mishlar askarlar orasida o‘zining yomon ta'sirini ko‘rgazmay qolmadi. Mazkur mash'um xabar hazrati Aliga yetib ma'lum bo‘lgach, u janob Jarir ibni Abdullohni qo‘llariga maktub berib Muoviya tomonga jo‘natdilar. Maktubda muhojirlar bilan ansorlar hazrati Aliga to‘la quvvatlangan holda bay'at berganlarining xabari hamda Talxa bilan Zubayr bay'at etganlaridan keyin bay'atlarini buzganliklari va oqibatda Jamal voqeasida xunuk holatda o‘ldirilganliklarining xabari bayon etilib, oxirida esa Muoviyani hazrati Aliga bay'at berishlikka chaqiriq bilan tugatilgan edi. Hazrati Aliga bay'at qilmagan voliylardan yagona Muoviyaning o‘zi qolgan edi. O'zga barcha viloyat boshliqlarining hammasi bay'at berib bo‘lgan edi. Muoviya hazrati Alining maktublari qo‘liga tekkanidan keyin esa bir hiyla ishlatishlikni qasd etdi. Alining elchilariga javob berishni keyinga surib, «men yaxshilab o‘ylab olishim kerak», deb chalg‘itib o‘zi esa Amr ibni Osni chorlab maktub yozib yubordi. Maktubni olganlaridan so‘ng, Amr ibni Os Muoviyaning oldiga yetib keladilar. Muoviya Amrdan «hazrati Ali xususlarida nima qilishim kerak», deb maslahat so‘raydi. Amr ibni Os Muoviyaga: «Siz Alidan Usmonning qasosini talab eting, mabodo Ali bunga rozi bo‘lmasa,unda Aliga qarshi Shom lashkarlari yordamida urush oching», deya maslahat so‘raydilar. Ushbu rivoyatda aytilgan: Amr ibni Os Muoviya Usmon to‘g‘rilarida hech narsa demay maslahat berganlar. Buni Ya'kubiy rivoyat etganlar. Bu rivoyatlardan qaysi biri to‘g‘riroqligi noma'lum. Biroq, hazrati Alining elchilari Muoviya qoshlaridan Muoviya Aliga qarshi Shom qo‘shnini tayyorlayotganligi xabarini olib kelganlar. Xabar mazmuni ushbu edi: Muoviya Shom askarlari ichida hamiyatni qo‘zg‘ashlik uchun Usmonning qonga belangan kuylaklarini hamda xotinlarining panjalarini Damashq minbariga bayroq qilib ostirib qo‘yadi. Askarlarga juda ko‘p sovg‘alar berib ularni o‘ziga og‘dirib olganidan so‘ng esa mana bu mazmundagi xatni ular ichida o‘qib eshitdirgandi. Go‘yo ular Usmonning o‘chini olish uchun jang qilar emishlar. Hazrati Ali ham 37-hijriy yilning 25-shavval oyida to‘qson ming askar bilan birgalikda Safin degan joyga qarab yurdilar. Muoviya ham sakson besh ming askar bilan Frot daryosining sohiliga kelib tushdilar. Muoviya askarlari Ali askarlari bilan daryoning o‘rtasini to‘sib qo‘ydilar. Askarlar qarorgohlariga o‘rnashgandan ikki kun o‘tib hazrati Ali Muoviya tomonlariga elchi yubordilar. Muoviyani birlashishga, hamda Islom jamoatiga kirishlikka chaqiradilar. Muharram oyining oxirgi kuniga qadar ikki o‘rtada tinchlik shartnomasi tuzildi. Biroq ikki toifa o‘rtasida urush alangasini butunlay to‘xtatishlikka muvaffaq bo‘lolmadilar. Safar oyi kirib, o‘rtadagi shartnoma vaqti bitishi bilan ikki orada urush boshlanib ketdi. Jang benihoya qizidi. Shu paytda Ammor ibni Yosir Muoviya askarlarning bir qanchalariga to‘satdan hujum etib, ularning barchasini tig‘dan o‘tkazdilar. Bu ishni ko‘rgan Ali askarlari g‘ayratga kirib, dushmanlariga qarshi qattiq hujumga o‘tdilar. Muoviya askarlari sarosima ichida qoldilar. Agar shu vaqtda Amr ibni Os bir xiyla ishlatmaganda edi, albatta, Ali askarlari g‘alabaga erishgan bo‘lardilar. Chunki Muoviya askarlari chekinishga tushay deb qolgandilar. Biroq shu paytda Amr ibni Os qo‘llarida Kur'onni ko‘tarib Qur'on hukmiga itoat etishga har ikki toifani chaqirgan bo‘ldilar. Buni ko‘rib Alining askarlari o‘rtasida ixtilof paydo bo‘ldi. Iroqliklar «Ollohning kitobiga javob berishimiz kerak», dedilar. Hazrati Ali ularga: «Bu ish bir aldamchiliqdir, xolos, sizlar bunga ishonib naqd g‘alabani qo‘ldan chiqarmanglar. Ular bu bilan sizlarning birligingizga barbod bermoqchilar», deb tushuntirdilar. Biroq ular o‘z so‘zlarida mahkam turib olib, Alining so‘zlariga e'tibor bermadilar. Muoviyaning‘ chaqiriqlarini qabul etishimiz kerak, deb qattiq oyoq tirab turib oldilar. Sarkardalari Ashtar ibni Molikga urushni to‘xtatish to‘g‘risida hukm berib odam yuborishga hazrat Alini majbur qildilar. Ashtar ibni Molik g‘alabani qo‘lga kiritay deb turgan bir holida bunday hukm kelganini ko‘rib majburan urushni to‘xtatdi. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Yakshanba, 02-Января-2011, 18:35 | Xatlari # 49 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... HAKAMLAR MUHOKAMASI. Ikki o‘rtadagi qonli urush tindi. Shundan keyin Ali Muoviyaning qanday fikrda ekanliklarini bilishlik uchun oldilariga elchi yubordilar. Elchi Muoviyaga hazrati Alining takliflarini yetkazdi. U quyidagi mazmunda edi: Bizlar ham, sizlar ham Olloh taolo kitobida buyurgan amriga imtisol ko‘rguzaylik. Sizlar o‘zingiz rozi bo‘lgan shaxsni yuboringlar. Bizlar ham o‘zimizdan odam yuboramiz. Keyin ularga Ollohning amriga binoan ish yuritishlarini topshiramiz. Muoviya bunga rozimiz deb javob berdilar. Muoviya o‘tkir siyosat yurgiza oluvchi Amr ibni Osni tanlaydilar. Avvalda ham osongina aldangan Iroq ahli esa hazrati Alidan Abu Muso Ash'ariyni mazkur ishga vakil qilib tayinlashlarini qattiq turib so‘raydilar. Hazrati Ali ularga qarab: «Sizlar avvalda ham menga osiylik qiddingizlar. Endilikda keling, osiylik qilmanglar», deydilar va Jamal voqeasida Abu Musoning odamlarni o‘z holiga tashlab ketganliklarini hamda u kishi mohir quv odam bo‘lgan Amr ibni Osga nisbatan nihoyatda sodda, go‘l odam ekanliklarini ochiq suratda tushuntirdilar. Abu Muso Ash'ariy Amr ibni Os bilan so‘z yuritib to‘g‘ri xulosaga kelolmasliklarini ularga aytib, «shuning uchun men o‘z vakolatimni Abu Musoga topshira olmayman», dedilar. Biroq Iroq ahli o‘z so‘zlarida qattiq turib oldilar. Bu holni ko‘rib hazrati Ali ichlarida afsus va nadomat-la ularning ra'ylarini majburan qabul qildilar. Hazrati Ali to‘rt yuz kishidan iborat guruh bilan ularga bosh vakil qilib Abu Muso Ash'ariyni, Muoviya esa u ham shuncha odamga bosh vakil qilib Amr ibni Osni mazkur o‘ttiz sakkizinchi hijriyning ramazon oyida muhokama yurgizyshlik uchun Dumatil jandal degan yerga yubordilar. Bu yerda Abu Muso va Amr ibni Os o‘rtalarida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qattiq muhokama bo‘ldi. Amr ibni Os Abu Muso Ash'ariyning har xil tilyog‘lama gaplar bilan aldashga kirishdi. Oxirida «aytgan gaplarimizni yozdirib qo‘yaylik», degan qarorga kelishdi. Ollohning kitobi hakam bo‘ladigan bo‘ldi. Ikki hakam Ollohning kitobiga binoan, qanday fikrga kelsalar, har ikki guruh mana shu ular ittifoq qilishgan fikrga yuradigan bo‘ldilar. Oxirgi ikki hakamning oxirgi yuzma-yuz uchrashadigan vaqti kelganda, Abdulloh ibni Abbos Abu Musoga qarab: Ey Abu Muso, sen agar o‘zingning kim ekanligangni unutsang xam, biroq, hazrati Aliga bay'at qilganlar Abu Bakrga, Umarga, hamda Usmonga bay'at qilgan kishilar ekanliklarini unutmagin. Hazrati Alida uni xalifalik mansabidan uzoqlashtiradigan hech bir xislat yo‘qligini, Muoviyada esa xalifalik mansabiga yaqinlashtiradigan hech bir xislat yo‘qligini esingdan chiqarmagin. Sen yana Amr ibni Osning xiyla tuzog‘iga ilinib qolmagin», deb qattiq tayinladilar. Ikki o‘rtadagi uchrashuv o‘sha yili ramazon oyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Amr ibni Os Abu Musoni yumshoq so‘zlar, maqtovli gaplar bilan asta o‘zlari tomonga og‘dirib olishga kirishdi. Zero, Amr hech qanday munozaraga va gapning ko‘payib ketishiga tarafdor emasdi. O'rtada bir kotibni chaqirib olib, olib borilayotgan munozara bahsini yozib borishlikka ittifoq etdilar. Oxirida yozilgan maktub «Biz Alining Usmonni o‘ldirishlikda ishtirok etganlariga hujjat keltiramiz», degan so‘z bilan tugadi. Abu Muso «Bu ish Islomda yangalik bo‘ldi, bizlar bu yerga Muhammad ummatini Olloh tezda yana ahvolni sulhga keltiradigan bir ish qilishga yig‘ildik, dedilar. Amr ibni Os u kishidan «Bu nima deganingaz?» deb so‘radilar. Shunda Abu Muso: «Iroq ahli Muoviyani yaxshi ko‘rmaydilar. Shomliklar esa Alini do‘st tutmaydilar. Shunday bo‘lgach, biz har ikkisini mansabdan bo‘shatsak-da, o‘rniga Abulloh ibni Umarni tavsiya etsak», dedilar. Amr Abu Musodan bu gapni eshitib u kishining ra'yini to‘g‘irlashga qasd etdi. Abdulloh ibni Umarni saylanishiga qarshi chiqdi. Abu Musoga bir necha sahobalarning nomlarini aytib mana shulardan birlarini xalifalikka tavsiya etishlarini so‘radilar. Abu Muso Abdulloh, ibni Umardan boshqa kishini xalifalikka tavsiya etilishiga rozi bo‘lmadilar. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Juma, 14-Января-2011, 14:50 | Xatlari # 50 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Amr, saxifaga har ikkovlari o‘z qo‘llarini qo‘yib imzo chekkanlaridan keyin taxlab qo‘ydilar. Keyin Abu Musoga bir necha xalifalikka nomzod etib nomlarini aytganlaridan so‘ng u kishi rozi bo‘lmagach, «xo‘p, o‘zingizni ra'yingiz nima?», deb so‘radi. Abu Muso Amr ibni Osga qarab: «Mening ra'yim har ikkovlarini ham mansabdan olib tashlash, keyin xalifalikka nomzod ko‘rsatib saylashlikni musulmonlar ixtiyoriga bersak, xohlagan kishilarini o‘zlariga xalifa etib saylab olsalar», dedilar. Amr bu gapni eshitib, «mening ra'yim ham sizning ra'yingiz kabidur. Demak, endi tashqariga chiqib odamlarga qarab «biz ittifoqga kelishdik», deb e'lon eting», dedi. Shundan so‘ng Abu Muso o‘rnilaridan turib: «Mening bilan Amrning ra'yimiz bir ish ustida to‘xtadi. Umid etamanki, shoyad Olloh buning bilan Islom millatini hozirgi tang ahvolidan qutqazib najot baxsh yo‘lini ko‘rguzsa», Abu Musoning gaplarini Amr, to‘g‘ri aytayapti, deb tasdiqladilar. Keyin Abu Musoga qarab: «Ey Abu Muso, oldinga chiqing va odamlarga fikringizni ayting», dedilar. Abu Muso oldinga chiqib ketayotganlarida Abdulloh ibni Abbos orqalaridan yetib kelib, u kishini to‘xtatib: «Ey Abu Muso, gumonimcha seni Amr aldaganga o‘xshaydi, agar biror fikrda ikkovlaringiz qaror qilgan bo‘lsanglar, unda avval Amr chiqib so‘zlasin, keyin esa siz so‘zlang», dedilar, lekin Abu Muso ushbu nasihatga quloq solmay chiqib ketdilar. Odamlarga qarab: «Ey odamlar, men va Amr ibni Os, Ali bilan Muoviyani o‘z vazifalaridan olib tashlashlikka qaror qildik, Millatning o‘zi bu ishni ko‘rib chiqishga ittifoq etdik. Ular ichlarida o‘zlari sevgan va ishongan kishilarini o‘zlariga xalifa etib saylab olaversinlar. Men Ali bilan Muoviyani o‘z vazifalaridan bo‘shatdim», dedilar. Abu Muso so‘zlarini tugatib bo‘lgach, Amr ham o‘rnilaridan turib xalqqa qarab: «Ey odamlar, o‘zlaringiz eshittingizki, bu odam o‘zining sohibini ishdan bo‘shatdi. Men ham uni ishdan bo‘shatdim. Ammo o‘zimning sohibimni esa amalida qoldirdim. Chunki u Usmon tayinlagan voliylardandur, hamda Usmonning hukmlarini talabgoridur», dedi. Kutilmagan bu gapdan so‘ng ikki o‘rtada qattiq to‘qnashuv bo‘ldi. Lekin vaqt o‘tgan edi. Abu Muso xijolat chekkanlaridan Makkaga qarab ketdilar. Shom ahli ham o‘z joylariga jo‘nadi. Xalifalikni Muoviyaga topshirdilar. Muoviya Shomga g‘alaba qilgan holida muzaffarona qadamlar bilan qaytib ketdi. Hazrati Ali esa o‘z askarlari oldida ularning ichida fasod oralagan holda qaytib ketdilar. Mana shundan keyin askar ichida bir guruhi o‘zini «Havorijlar» deb atab bir-birlarini so‘kishib, ajralib chiqib ketdi. Islomdagi eng birinchi o‘zini «Havorij partiya» deb atagan guruhning ajralib chiqishligi yangi guruhlar paydo bo‘lishligining boshlanmasi edi. Ular avvalda Aliga yordam uchun to‘plangan edilar. O'rtalaridagi chiqarilgan hukm shartnomasidan keyin esa, Alini tashlab chetga chiqib ketdilar. Ushbu guruh tarafdorlari Basra va Qufa aholisidan tashkil topgandi. Ular Ali askarlaridan ajralib chiqib o‘zlariga Abdulloh ibni Rasmiyni xalifa etib saylab oldilar. Ular o‘z ra'ylariga qarshi chiqqan yangi xalifalarni tan olmagan kishilarni o‘ldirishga kirishdilar. Usmon hamda Alini la'natlay boshladilar. Mamlakatda turli fasotlar qo‘zg‘ab har tomonga yoya boshladilar. Hazrati Ali ularni tinchitish uchun askarlarni qurollantirib jang qilishga majbur bo‘ldilar. Ularga qarshi urushib, ularni butunlay tor-mor keltirdilar. Keyin Ali askarlarini Shomga qarshi yurish boshlashga da'vat etdilar. Askarlar urushdan nihoyatda charchaganlari uchun Alidan bir oz vaqtga muhlat so‘radilar, hazrati Ali muhlat berdilar va «hammangiz o‘zingizni urushga tayyorlanglar hamda shomliklar bilan ishini bir yoqli etmaguncha hech kim o‘z ahli yoniga bormasin», deb buyruq berdilar. Lekin ular asta sekin bittadan bo‘lib Qufaga ketib qolish-di. Qarorgoh butunlay bo‘shab qoldi. Muoviya Ali askarlari ichida yuz bergan bunday parokandalikdan foydalanib Amr ibni Osni o‘zi tomonidan Misrga voliy etib tayinladi. Amr Misrga qo‘shin bilan borib uni o‘ziga bo‘ysindirdi, shundan keyin Muoviya Misrni butunlay Amr ibni Osga topshirdi. Misrga Ali tayinlagan voliylar bo‘shatildi. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Dushanba, 17-Января-2011, 07:02 | Xatlari # 51 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... ALINING SHAHID BO'LISHLARI. Xavojirlar ochiqdan-ochiq va pinhona ham turli suiqasdlarni uyushtirishning tadbirlarini ko‘ra boshladilar. Kunlaridan bir kuni xavojirlardan uch kishi bir yerga to‘planib o‘zaro maslahat qilib har uchchala boshliqni, ya'ni hazrat Alini, Muoviyani hamda Amr ibni Osni o‘ldirishga qaror qildilar. Bular Abdurahmon ibni Maljam, Barq ibni Abdulloh va Umar ibni Abu Bakr nomli shaxslar edilar. Har uchchalasi bir kunga va'dalashib uch tomonga, a'ni Abdurahmon ibn Maljam hazrati Alini o‘ldirgani Qufaga, Barq ibni Abdulloh Muoviyani o‘ldirgani Shomga, Umar ibni Abu Bakr esa Amrni qatl etgani Misrga jo‘nab ketdilar. Va'dalashilgan kuni ertalab ya'ni 40 hijriy yilining 17-ramazon jum'a kuni Barq ibni Abdulloh Muoviyaga pichoq sanchadi. Biroq pichoq uning dumbasiga tekkanligi sababli, Muoviya o‘lmay qoladi. Barq ushlanib o‘ldirib yuboriladi. Umar ibni Abu Bakr esa Misrga borib Amr ibni Osga pichoq urdim deb o‘ylab, u kishini o‘rniga Amr kasalliklari sababli namozga imom bo‘lgan Xorija ibni Hubaybni o‘ldirib qo‘yadi. Abdurahmon Qufaga keladi. U yerda qufalik oshnalari bilan uchrashadi. Ular uni yashirib qo‘yadilar. Abdurahmon ularning ichida bir ayol bilan uchrashib qoladi. Uning ismi Fitom edi. U ayol benihoya go‘zal bo‘lganligidan ibni Maljam uni o‘ziga xotinlikka so‘raydi. Ayol ibni Maljamga «Bir necha shartlarim bor, agar bajarsang tegaman» deydi. Ibni Maljam ayoldan «qanday shartlaring bor» deb so‘raydi. Uning otasini, akasini Ali o‘ldirib yuborgan edilar. «Birinchi shartim, menga uch ming dirham pul berasan, ikkinchisi esa, Alini o‘ldirasan» deydi. Ibni Maljam uning qo‘ygan shartlarini qabul qiladi. Shundan keyin ayol unga yordam beradigan odam ham topib beradi. O'zining qavmidan Vardon ismli odamni uning oldiga yuboradi Vardon ibni Maljamning aytganlarini qabul qiladi. Va'dalashilgan kuni ertalab Vardon bilan ibni Maljam masjidga kirib hazrati Ali kiradigan eshiklarning yoniga kelib o‘ltiradilar. Hazrati Ali ertalabki namozga eshikdan kirayotgan vaqtlarida Vardon qilich bilan bexosdan uradi. Ali eshikni yondarasiga ag‘darilib tushadilar. Shu pallada ibni Maljam ham Alining qornilariga qilich bilan uradi va «Ey Ali, xokimiyat senga ham va seni ashoblaringga ham emas hokimiyat Ollohga» deb aytadi. Vardon qochib qutilmoqchi bo‘ladi, biroq kimdir uni ushlab olib o‘ldirib tashlaydi. Hazrati Ali o‘rnilariga Ja'ada ibni Xubayrani namozga o‘tkazadilar. Ibni Maljamni tutib, bog‘lab qo‘yadilar. Hazrati Ali keyin odamlarga qarab: «jonga - jon, qonga - qon, agar o‘lib ketsam, uni ham meni qanday o‘ldirgan bo‘lsa, shunday o‘ldirib yuboringlar. Agar tirik qolsam, unda o‘zim nima qilishlikni o‘ylab ko‘raman. Ey Bani Abdul Mutallib, amiral mo‘mininni o‘ldirdilar, degan bahona bilan musulmonlarning qonlarini to‘kmanglar va sho‘ng‘imanglar. Meni faqat bir qotil o‘ldirdi, xolos. Ey Hasan, menga qaranglar, mana shu zarba sababli, men o‘lsam uni xuddi shunday zarba bilan o‘ldiringlar. Zero, men Rasululloh alayhissalomdan «qiynab o‘ldirishdan saqlaninglar, agarda quturgan it bo‘lsa ham» deganlarini eshitganman», dedilar. Alining huzurlariga Jund ibni Abdulloh kirib «Ey amiral mo‘minin, agar siz bizni yo‘qotayottan bo‘lsangiz ham biz sizni yo‘qotmasmiz, o‘g‘lingiz Hasanga bay'at qilamiz», dedilar. Hazrati Ali unga qarab: «men tavsiya ham qilmayman, ma'n ham etmayman, o‘zlaringiz o‘ylab ko‘rasiz», deb javob beradilar. Keyin Hasan bilan Husaynni chaqiradilar: Ularga qarab: «Ey aziz farzandlarim, men sizlarga Ollohdan taqvo qilishga tavsiya etaman. Dunyoga aldanib qolmanglar. Yo‘qotgan narsalaring uchun dard chekib yig‘lamanglar. Doimo haqni gapirishga odat etinglar. Bechoralarga rahm-shafqat qilinglar. Bechoralarga yordam beringlar, oxirat harakatida bo‘linglar. Zolimga dushman, mazlumga esa yordamchi bo‘linglar. Ollohning kitobida buyurilgan narsalar bilan amal qilinglar. Sizlarni malomatchilar malomati Olloh haqida rost so‘zlashdan to‘xtatib qo‘ymasin», dedilar. Keyin Muhammad ibni Xanafiyga qarab: «mening akalaringizga qilayotgan vasiyatlarimni siz ham esingizda saqlab turasizmi?», dedilar. U kishi «ha» deb javob berdilar. Hazrati Ali u kishiga qarab: «men sizga akalaringizga qilganim kabi vasiyat qilaman. Yana akalaringizni hurmat qiling, ularning ishlarini o‘zingizga o‘rnak eting hamda ularning maslahatisiz o‘zingizcha biror ish qilmang, deb vasiyat etaman», dedilar. Keyin yana Hasan va Husaynga qarab: «Sizlar ukangizni ehtiyot qilinglar, uni otangiz yaxshi ko‘rishini esdan chiqarmanglar», dedilar. Yana imom Hasanga boqib: «Ey o‘g‘ilcham, Ollohdan qo‘rqing, deb; namozni o‘z vaqtida ado eting, deb; taxoratni chiroyli-chiroyli qilib kamoliga yetkazib qiling, deb; zero, namoz taxoratda bo‘ladi, zakotni o‘z mahalida bering, deb vasiyat qilaman. Yana sizga birovlarning gunohini kechiring, deb achchig‘ingizni yuting, siylayi-rahm qiling, johillarni hilim ila qarshi oling, dinni yaxshi o‘rganing - har bir ishda barqaror turing, deb; Qur'onga hamkor bo‘ling, deb; qo‘shnilar bilan xushmuomalada yashang, deb; yaxshi ishlarni qilishga odamlarni buyuring, deb; yomon nojo‘yaliklardan tiyiling, deb; yaramas kirdikorlardan saqlaning, deb tavsiya etaman», dedilar. Shundan keyin to jonlari jasadlaridan chiqqunga qadar Ollohning zikrida bo‘lib turdilar. Vafot bo‘lganlaridan keyin u janobni o‘g‘illari imom Hasan va Husayn hamda amakivachchalari Abdulloh ibn Ja'far yuvdilar, keyin kafanladilar. Ha. Hazrati Ali (r. a.) xalifalik mansabida to‘rt yilu yetti oy davomida turdilar. Uz zotning xalifalik kunlari Olloh taolo va taborak Islom millatiga turli ixtilof hamda qiyinchiliklar ila sinashni ixtiyor etgan davriga to‘g‘ri keldi. Butun xalifalik davrlari o‘zaro ichki kelishmovchilinlarni bartaraf etishlikka harakati bilan o‘tib ketdi. Bu davrda biron bir muhim voqea ro‘y bergani yo‘q. Hazrati Ali shahidlik jomini ichgach Qufa ahli katta o‘g‘illari imom Hasanga bay'at qildilar. Imom Hasanga birinchi bo‘lib bay'at etgan kishi Hays ibni Sa'd ibni Uboda bo‘ldilar. U kishi imom Hasanga qarab: «Qo‘lingizni uzating, men sizni Ollohning kitobiga va Rasulining sunnatiga binoan hamda mahalliylarga qarshi jang qilishlikga bay'at etaman» dedilar. Uning bu gapiga qarshi imom Hasan «Ollohning kitobiga hamda uning Rasulining sunnatiga binoan bay'at berishlikni» o‘zi kifoya bo‘ladi. Zero, har ikkisi qolgan hamma shartlarni o‘z ichiga olgandir», dedilar. Keyin qolgan odamlar ham mana shu shartga binoan imom Hasanga bay'at qildilar. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Shanba, 22-Января-2011, 18:02 | Xatlari # 52 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... IMOM HASAN.
U kishi Ali ibni Abu Tolibning o‘g‘illaridurlar. Volidai muhtaramalari Rasululloh alayhissalomning sevikli qizlari Fotimai Zahrodurlar. O'zlari hijratning uchinchi yili Madinai Munavvarada dunyoga kelganlar. Imom Hasan Rasuli akram hazratlariga ko‘rinishda o‘xshaydigan kishi edilar. Rasululloh alayhissalom u zotni hamda inilari Husaynni benihoya sevar edilar. Imom Hasan haqlarida Rasululloh «Ey Olloh, men Hasanni do‘st tutaman, sen ham uni do‘st tutgin va uni do‘st tutadigan kishini sevikli qilgin», deb duo qilgan edilar. Shu kabi yana Buxoriyning sahifalarida rivoyat qilingan hadisdan ham Rasululloh Hasan haqlarida shunday degan edilar «Mening bu nabiram sayiddur. Shoyad Olloh, buning sababi-la ikki buyuk mo‘min toifaning o‘rtasini islohga keltirsa». Yosh go‘dak bo‘lganliklari sababli Rasululloh alayhissalom qilgan g‘azotlarining birontasida ham qatnashmagan. Rasululloh alayhissalom vafot etganlarida endigana yetti yoshdan sal o‘tgandilar. Umar ibni Hattob kishilarga moyana tayin etgan vaqtlarida Hasanni Rasulullohning hurmatlaridan Basrada qatnashgan kishilar qatoriga kirgazgandilar. Isyon vaqtida Usmon (r. a.) ni mudofaa qilgan kishilar ichida edilar. Usmonning mudofaalarida isyonchilarga qarshi jasurona kurashganlar. Hatto Usmon (r. a.) ning o‘zlarini qo‘ying, deb to‘xtatib qo‘yganlari Amiral mo‘minin hazrati Aliga bay'at qilganligidan boshlab to umrlarining oxirigacha butun jangu jadallarda Ali bilan birga bo‘lganlar. Hazrati Ali shahid etilgach, Alining tarafdorlari bir og‘izdan Imom Hasanga bay'at qilishga ittifoq etganlar. Imom Hasanning bir necha xotinlaridan ko‘pgina bolalari bo‘lgan. O'zlaridan keyin faqat Hasanul Musanno va Zayt nomli o‘g‘illari hayot qolgan, xolos. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Payshanba, 27-Января-2011, 07:19 | Xatlari # 53 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... XALIFALIK DAVRIDA TUTGAN ISHLARI. Imom Hasanga bay'at qilingan paytda otalari shomliklar bilan jang qilishlik uchun kattagina qo‘shinni jihozlab qo‘ygan edilar. Hasan ham otalari qasd qilgan ishni oxiriga yetkazishlik niyatida mazkur tayyorlangan qo‘shinni jangovar holga keltirishga buyurdilar. Qays ibni Sa'dni esa lashkar bilan oldinga jo‘nashga amr etdilar. Ammo Olloh subxonahu va taolo Rasuli Akram salallohu alayhi vassallamning Hasan to‘g‘rilarida oldindan bergan xabarlarini haqiqatga aylantirishni xohladi-da, u janobga to‘g‘ri yo‘lni ilhom qildi. Zero, imom Hasan kishilarning o‘zlariga bergan bay'atlarini o‘ylab tekshirib qaradilar. U bay'at otalariniki kabi emasligiga aqllari yetdi. Zero, bay'at umum ittifoqla amalga oshirilgan bo‘lmay faqatgana Alining tarafdorlari bo‘lgan iroqliklar tomonidan berilgandi, xolos. Boshqa tomondan ham o‘ylab qarasak o‘zaro tortishuv bo‘lgan Iroq ahli yordamida hech qanday kuchli bir davlatni paydo bo‘lishi ham mushkul edi. Bundan ular ichidagi har xil kelishmovchiliklar oxiri ehtimolki, u janobni egallagan mansablaridan bir kuni mahrum etishligi mumkin. Mana shu sabablarni hisobga olgan imom Hasan bir necha shartlarni qo‘yib, sulh tuzishlikni taklif etgan holda Muoviyaga elchi orqali maktub yubordilar. Muoviya ham o‘z o‘rnida imom Hasanga osti imzolanib, muhr urilgan oq qog‘ozni yuborib, «mazkur qog‘ozga nimani shart qilishni istasangiz yozib yuboring», dedilar. Imom Hasan mazkur qog‘ozga bir necha shartlarni yozib yubordilar. Shartlardan eng muhimi o‘zlarini hamda lashkarini va otalarining tarafdorlarini hayotlarini saqlashlikni ta'minlash edi. Muoviya imom Hasan qo‘ygan hamma narsa va shartlarni so‘zsiz qabul qildilar va o‘zlari Iroqga keldilar. Imom Hasan Muoviyani ochiq yuz bilan istiqboliga chiqdilar va kutib oldilar. O'zlari hamda butkul lashkarlari Muoviyaga bay'at berdilar. Mana shu qilgan ishlari bilan Rasululloh hazratlarining «Bu o‘g‘lim sayyiddur, buning sababi-la ikki buyuk mo‘min toifaning o‘rtasi sulhga keladi» deb aytgan muborak bashoratlarini amalda isbot etdilar. Imom Hasanning Muoviyaga davlatni topshirishlari sababli Xulafoi roshidin davlatining ikkinchi davri bo‘lgan fitnalar avj olgan davri tugadi. Bu davrning boshlanishi isyonchilarning Usmonga qarshi qo‘zg‘olonlaridan bo‘lsa, nihoyasi imom Hasanning davlatni o‘z qo‘llari bilan topshirishlari tufayli bo‘ldi. Mazkur fitna o‘n yillar davom etdi. Agar mana shunday qattiq fitna o‘zga bir davlat ichida ro‘y berganda edi, albatta o‘sha davlat tagtomiridan sug‘irilib butunlay inqirozga uchragan bo‘lurdi. Lekin Olloh subhonahu va taolo o‘zining qavmi diniga inoyat ko‘zi bilan qaragani sababli uning ahllari kalimasini yana birlashtirdi. O'zi va'da qilganidek uni yo‘q bo‘lib ketishliqdan saqlab qoldi. Olloh subhonahu va taolo bandalari uchun rozi bo‘lib tanlagan bu din to dunyo hayoti tugagunga qadar davom etadi. Gohida avjlangan kabi olamga nuri yorqinroq ko‘rinsa, gohida Ollohning hikamati-la avji pastlangan kabi dunyoda nuri barqsiz ko‘ringanday bo‘ladi. Bundan kofirlar endi din tugaydigan bo‘ldi, nuri o‘ngashga boshladi, deb o‘ylab, ichlarida shodlanishga tushdilar. Aslida ular o‘ylagani kabi nuri so‘nishga yuz tutgan bo‘lmaydi. Zero, butun mavjudodning yaratguvchisi hamda egasi bo‘lgan Olloh buni har qanday burulishdan, yo‘qolishdan saqlashlikni o‘z zimmasiga olgandur. Kofirlar shodlanib dinni endilikda butunlay yer yuzidan supurilib ketishligi muqarrar bo‘lib qoldi, deya olamga jar solib turgan bir paytlarida, nogahon ular kutmagan tomondan uning nuri o‘z aksini yangidan ko‘rsatib qoladi. Bundan tashvishga tushib qolgan kofirlar uning nurini yana qaytadan o‘chirishga urinadilar. Biroq buyuk Ollohning balosiga giriftor bo‘lib o‘lib ketadilar. Butun mehnatlari evaziga ega bo‘lgan mukofotlari dunyoda xorlik, oxiratda esa do‘zax degan azob-uqubatlar makoni bo‘ladi. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Dushanba, 31-Января-2011, 04:43 | Xatlari # 54 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... HAZRATI ALINING MUBORAK QABRLARI VA MOZORLARI. Hazrati Ali Qufa shahridagi masjidil jome'ning yaqiniga dafn etilganlar. Hozirgi kunda u yerda katta bino va mozorlari bor. Minglab kishilar u joyni ziyorat qilib ibrat va nasihat olishni iltimos qilgani keladilar. XOTIMA. Shi'a kitoblarida hazrati Alini nihoyatda ulug‘lab, hatto u zotni muqaddaslashtirib, a'lo darajaga ko‘tarib, u zotga tarafkashlik qilgan hollarida ba'zi bir kamchiliklaridan ko‘z yumib, benihoya maqtovli sifatlar bilan sifatlanganlar. Ali (r. a.) ular maqtayotgan sifatlaridan ko‘ra ham oliyroq va ko‘proq sifatlarga ega ekanliklarida shak-shubha yo‘q. Hazrati Ali kishilikda shunday yuksak insoniylik fazilatlariga ega bo‘lgan edilarki, agar u janobda bo‘lgan mazkur insoniylik fazilat sifatini bir necha minglab odamlarga taqsim etilganda mazkur sifatdan ulush tekkan kimsalar, shubhasiz Ollohning eng ko‘zga ko‘ringan xayrli maxluqlaridan bo‘lardilar. Lekin bunday sifatlar bilan sifatkashlik boshqa narsa, ammo u janobni muqaddaslashtirishlik, nubuvvat martabasiga ko‘tarishlik, ba'zi shi'alar da'vo etayotganlaridek abadiy hayot manbaiga ega qilishlik hamda Abu Bakr va Umardan afzalroq deyishlik esa boshqa narsa. Bu ishlarda biz ularni qo‘llab-quvvatlamaymiz bu to‘g‘rida ular fikriga qo‘shila olmaymiz. Muoviyani mudofaa etuvchilarning kitoblari esa hazrati Alini so‘kish va turli ta'nalar etish bilan to‘lib ketgan. Shu kabi ulardan shunday jirkanchli rivoyatlar naql etilganki, eshitgan quloqlar dahshatdan hayratga tushadi. Sog‘lom aql, to‘g‘ri tabiat qabul qilishdan bo‘yin tovlaydi. Magar shunday rivoyatlardan birida aytilishi-cha, Muoviyaning oldiga har kuni hazrati Alini badnom qilib so‘kadigan kimsalar to‘planishar ekan. Kishilar hazrati Alini yomonlab so‘kish bilan Muoviyaga yaqinlik hosil qilishar ekan. Minbarlarda va boshqa o‘rinlarda hazrati Aliga eng jirkanchli tuhmatlarni yog‘adiradigan kimsalar Muoviya oldida katta hurmatga ega bo‘lar ekanlar. Bu yerda yana bir boshqa betaraf jamoat bo‘lib, ular tarix yozmoqlikka qattiq muhabbat qo‘ydilar. Tarixni bir tomondan jiddiy tasvirlash bilan birga yana o‘zlarining tomonlaridan unga tushuntirishlarni ham ilova etib ketdilar. Shu sababli ular ba'zan Ali haq edilar, u janob juda arzimas xatoga yo‘l qo‘ygandilar, xolos deyishsa, o‘zga bir o‘rinda esa Muoviyaning qalbaki ishlarida unga har xil uzrlar keltirishga urinishdan, zero, ularning iddaolariga ko‘ra go‘yo hazrati Ali o‘zlariga Muoviyani bay'at etmaganligani hujjat qilgan holda urushni birinchi boshlaganlar. Zotan, bay'at bermaslik urushni lozim qilmaydi. Chunki Alining o‘zlari ham avvalda Abu Bakrga bay'at berishdan bosh tortgandilar, deyishadi. Bizning ra'yimizga ko‘ra, Muoviyaning qilgan xatoliklari Alining bu xatoliklari oldida undan bir necha bor kattaroq va xatarliroq bo‘ldi. Agarchi, buyuk gunoh demasak-da, ammo juda ulkan xatolik edi. Muoviyaning Alini so‘kuvchilarning so‘kishlariga quloq solishlarini va Alining dushmanlarini o‘zlariga yaqin tutishlarini qanday izohlasa bo‘ladi? Ummaviyalar bilan Hoshimiylar o‘rtasidagi adovat qadim zamonlardan beri ularning dillariga o‘rnashib ketgan adovat edi. Tarix Olloh taolo va baborakot hazrati Ali uchun Ummaviylardan bir solih xalifani mansabga o‘tqazdi. U janob Umar ibni Abdulaziz (r. a.) edilar. U kishi xalifalik mansabiga o‘tirishlari bilan birga darhol hazrati Alini minbarda turib haqorat etishlikni bekor qildilar. Uning o‘rniga Qur'oni Karimdan bir necha oyatlarni o‘qishlikni yo‘lga qo‘ydilar. Bu xatolik ham vaqti bilan tuzatildi. Lekin juda ham ulkan bir boshqa xatolik yuz bergan ediki, buni aslo tuzatib ham, kechirib ham bo‘lmasdi. Bu xatolik Muoviyaning ruhiy xalifalik mansabini, o‘g‘il otadan, ini birodaridan meros qilib oladigan vorisiy moliklikka aylantirishlari bo‘ldi. Natijada ruhiy mansab bo‘lgan xalifalik bora-bora dunyoviy ko‘rinish kasb etdi. Endi undan yaqin oshna-og‘aynilar, qarindosh-urug‘lar foydalanadigan narsa bo‘ldi. Buning sababi bilan Islom zaiflashaverdi. Keyin esa turli fikrlarga bo‘linib keta boshladi. Oxirida esa biror Islomiy davlat yoki birodari bilan muttasil bo‘lgan Muhammadiy millat ko‘zga tashlanmaydigan holga kelib yetdi. Bo‘lmasa ayting, qani u bir jasad kabi bo‘lgan mo‘minlar? Jasadning biror a'zosi og‘rib qolsa, qolgan a'zolari tunlari uxlamay isitma ila tuzatishga kirishadi. Qani mana shunday Rasululloh ta'rif etganlari kabi Muhammadiy millat?! Birisining boshiga musibat tushsa qolganlari unga yupanch berib tuzatishga kirishish o‘rniga, quvonadigan bo‘lib ketdi-ku!!! Bizni shunday ahvolga tushishligamizning ochiq sabablaridan biri shaksiz Muoviyaning mana shu tutgan yo‘llari bo‘ldi. Toki Olloh bizga boshqa ishni izn etgunga qadar mana shu holatda yashab turamiz. Biroq biz Muoviyani sahoba ekanliklarini, vaxiy kotiblaridan bo‘lganliklarini inkor etmaymiz. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Shanba, 05-Февраля-2011, 04:31 | Xatlari # 55 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... XULAFOI ROSHIDIN DAVRLARIGA QISQACHA MA'LUMOT. Islom tarixida janobi Rasululloh sallallohu alayhi vassallamdan so‘ng ish boshiga kelgan hazrati Abu Bakr Siddiq, Umar ibni Hattob, Usmon ibni Affon va Ali ibni Abu Tolib raziyallohu anhumlar hukmronlik qilgan vaqtlarini Xulafoi Roshidin davri deb nomlanadi. Asosan, bu muborak davrda janobi Rasululloh alayhissalom Rabbil izzat tomonidan yuborilgan hidoyat nurini yerning bir burchagida yoqqanlaridan keyin mazkur nurni yerning qolgan burchaklariga ham yetkazildi. Madaniy olamdan qum sahrolari bilan ajralib qolgan arab yerlarida yangi aqidaning tuxumi ekilgandi. Mana shu aqida rivojlanib butun yer yuzi aholisiga erishtirilishi uchun Olloh taolo butun madaniy dunyo hayotidan ajralib qolgan arab yerini tanlagandi. Mana shu yerdan aqida porloq nurini butun olam uzra yoyaoldi. Bu narsa Olloh taolo va taborak mazkur yangi aqidani nechog‘lik o‘z rivoyatida va himoyatida asrashligani ko‘rsatadi. Chunki ushbu aqidani avvalo biror katta mamlakatning hukmroni qabul qilib keyin uni boshqalarga ham yuqoridan turib majburan qabul qildirgani yo‘q. Balki hamma teng barobar avvalda mazkur aqidani dunyo xalqlari orasida yoyilishiga to‘sqinlik qildi. Shunga qaramay, «Aqida» oddiy xalq tomonidan qabul qilindi. Aqidani qabul qilganlar boshiga tushgan kunlar tarixdan sizga ma'lumdir. Har qanday bilim va siyosat sohasida yo‘q darajada bo‘lgan oddiy kishilar mana shu aqidani qabul qilishganidan so‘ng siyosat, madaniyat, odamgarchilik, axloq sohalarida shunday yuksak darajaga erishdilarki, dunyo bundayini o‘z tarixida boshidan kechirmagandi. Olam sahnasida hech qanday ahamiyat kasb etmagan oddiy kishilar, madaniyat, axloq sohasidai yiroq holda jo‘ngana turmush kechirayotgan sodda odamlar, mazkur aqidani qabul qilganlaridan keyin nafaqat madaniyat, axloqda yuksak darajani egallash bilan kifoyalanib qoldilar, balki avvalda hech qanday o‘zligi bo‘lmagan kimsalar endilikda aqida barokoti tufayli olamga axloq, madaniyat maydonida namuna bo‘lib qoldilar. Dunyo butunlay jaholat hukmronligi ostiga tushib qolgandi. Mazkur aqidani egallagan zotlar jahonni jaholat huqmronligidan qutqazib nuroniy olamga olib chiqdilar. Hech qanday bosmaxona, radioeshittirish, televidenie bo‘lmagan bir zamonda ular butun dunyo xalqlariga nisbatan juda oz bo‘lgan chorak asr mobaynida o‘zlari ega bo‘lgan bilimlarini yetkaza oldilar. Bularning barchasi Olloh taoloning fazli va fayzi tufayli amalga osha oldi. Nasroniy dinini qabul qilganidan keyin amalga oshdi. Mazkur sultonning jiddi-jahdi bilan nasroniy dini Sharqdan asta-sekinlik bilan G'arb dunyosiga kirib bordi. Hazrati Isoning hayotlik davrlarida bir necha kishilargina dinni qabul qilishgandi, xolos. Mazkur davrdan 400 yil keyingana Rum sultoni nasroniylikni qabul qilishi tufayli, Sulton rioyasi ostida din sifatida shakllanib yuzaga chiqa oldi. Ammo Islomga kelsak, tarixda hech bir dinda ko‘rilmagan qisqa davr ichida biron-bir sulton rioyasi ostida emas, balki oddiy xalq harakati orqasida, Rasululloh alayhissalom hazratlaridan so‘ng chorak asr ichida Sharqda Indoneziyadan tortib G'arbda Ispaniyagacha, Janubda Afrika mamlakatlari bo‘ylab tarqalib bo‘ldi. Islom o‘zining dunyo bo‘ylab tarqalish bosqichida boshqa din va falsafa oqimlari tarqalish jarayonida qilingani kabi odamlarni qo‘rqitib majbur qilib dinga kirgazgani yo‘q. Har kimga dunyoda birinchi bo‘lib vijdon erkinligini berdi. Har kim o‘zi xohlagan va qalbi ishongan dinga itoat etishi mumkin, deya e'lon etdi. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Chorshanba, 09-Февраля-2011, 01:31 | Xatlari # 56 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Nasroniylar tomonidan ta'qibga uchragan yahudiylarni Islom ozodlikka chiqardi, ularni diniy kamsitilishidan qutqarib oldi. Rum sultoni quvg‘uniga uchragan yahudiylarni Islom o‘z qanoti ostiga olib, panoh berdi. Ularga erkin suratda o‘z dinlariga ibodat qilishlari uchun imkoniyat yaratib berdi. Asrlardan beri doimiy ta'qib ostida ezilgan yahudiylar Islom quchog‘ida panoh topdilar. Mana shu bepoyon mamlakatlarda barpo bo‘lgan Islomiy davlat ham chetki hurujlar va fitnalar hamda ichki kelishmovchiliklar tufayli tez orada parchalanib ketdi. Mazkur davlat o‘rnida yuzlab mustaqil xukumatlar tashkil topdi. Islom ichida ro‘y bergan ushbu holatni ko‘rib G'arb davlatlari Islom olamini yer yuzidan supurib tashlash uchun, xalqlar dilidan Islom ta'limotini chiqarib tashlash uchun fursatni g‘animat bilib umum Salb yurishi e'lon qildi. G'arbdagi hukumatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan salbchilar Islom dunyosiga 990 yil melodiyda ochiqdan-ochiq qurolli hujum boshladilar. Ular juda ko‘p Islomiy xalqlar yashaydigan yerlarni bosib oldilar. Kishilarni Islom dinidan chiqarishlik uchun qo‘llaridan kelgan hamma harakatlarni qilib ko‘rdilar. Biroq hech narsaga erisha olmay, Islom dunyosidan xorlarcha qochib chiqib ketdilar. Lekin bu bilan ularni Islomga bo‘lgan qarshi harakatlari tingani yo‘q. Ular har doim Islomga zarba urish uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar. Tashqi tomondan qurolli harakatlari muvaffaqiyat topolmagach, ular ichki tomondan Islom dunyosini buzishga kirishdilar. Ichki fitnalar uyushtirdilar. Islom xalqlari orasida o‘zlarining zaharli ta'limotlarini tarqatishlik uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan kishilarni tayyorlab, ularni musulmon xalqlari o‘rtasiga nifoq solishlikka yubordilar. Ularning harakatlari ahli Islom orasida o‘z ta'sirini qoldirdi. Juda uzoq tayyorgarlikdan so‘ng Islom olamiga qarshi ikkinchi marta yana umum salb yurishini tashkil etdilar. Bu ming yetti yuz va ming sakkiz yuz yillarda bo‘ldi. Bu safar ular butun Islom dunyosini ochiqdan-ochiq qo‘llariga kiritib oldilar. Bu safar ular Islom xalqlarini o‘z dinlaridan voz kechishlari uchun qo‘llaridan kelgan hamma hiyla-nayranglarini ishga solib ko‘rdilar. Musulmonlar o‘rtasida behayolikni yoyishlikka harakat etdilar. Uzoq, ya'ni yaqin 200 yil davomida musulmonlarni aldab, quvg‘in qilib ularni dindan chiqarmoq uchun tinimsiz harakatda bo‘ldilar. Biroq nimaga erishdilar. Hech nimaga erisha olmadilar. Musulmonlarni yoppasiga kofir qilmoqchi bo‘ldilar. Ammo qilolmadilar. Yana Islom dunyosida ichki qo‘zg‘alish boshladi. Bunga dosh beraolmay G'arb mustamlakachilari u yerlardan o‘zlarini zanjirli hokimiyatlarini olib chiqib ketdilar. Ochiqdan-ochiq mustamlaka etishga yarolmay qolib yangi ma'naviy mustamlakachilik yo‘lini kashf qildilar. Mustamlakachilar yoniga sionistlar, mulxidlar, qo‘shildi, ular birlashib Islomni yer yuzidan yo‘qotib yuborishga kirishdilar. Biroq shunchalik uzoq davr mobaynida ta'qib etilishiga qaramay, musulmonlar hargiz dinlaridan qaytganlari yo‘q. Ularning sonlari ozaymadi ham, aksincha ziyoda bo‘la bordi. Bugungi kunda Islom olamida Islom aqidasini o‘ziga yetakchi deb bilgan xalqlar soni statistik ma'lumotlar axborotiga ko‘ra aniq hisobda milliarddan ortib ketdi. Yagona kishidan boshlaganidan tortib quvg‘in va ta'qibga uchragan musulmonlar yuz million bo‘ldilar, ikki yuz million bo‘ldilar, mana hozirda milliardga yetib o‘zib ketdilar. Uzoq asrlardan beri Islom aqidasini himoya etuvchi biror bir kuchli davlat bo‘lmadi. Aksincha, hamma kuch, texnika va resurslar Islom dushmanlari qo‘lida bo‘ldi. Ular mana shu texnika va kuchlarni ishga solib hech narsaga ega bo‘lmagan xalqlarni dinlardan chiqarishlik uchun doimiy harakatda bo‘ldilar. Biroq hech narsaga erisha olmadilar. Agar biron bir qudratli davlat Islom aqidasining himoyachisi sifatida ish yuritganda edi, ehtimol unda ta'na etuvchi kofirlarga gap topilib qolgan bo‘lardi. Ular Islomni falon qudratli davlat himoya etayotgani sababli xalqlar ichida yashab turmoqda, deya ayta olgan bo‘lardilar. Lekin baxtga qarshi, ya'ni ularning baxtlariga qarshi bunday bo‘lgani yo‘q. Bu narsa Islom butun olam moliki tomonidan yuborilgan narsa ekanligani bildirmaydimi? Axir qaysi falsafa va oqim bo‘lmasin, u faqat biror bir kuchli davlat himoyasida yashab tura olishi tarixdan ochiq-oydin va ravshan ma'lum-ku. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Seshanba, 05-Апреля-2011, 04:44 | Xatlari # 57 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... Endigi navbat Farishtalar hayo qilgan "Usmon" (r.a.)ga... U kishi asli quraysh toifasidan bo‘lib, nasablari Rasululloh (S.a.v) nasablariga Abdumannob orqali birlashadi. Usmon (r. a.) fil yilining oltinchi sanasida, ya'ni eng to‘g‘ri rayga ko‘ra Rasululloh(S.a.v) hazratlarining tug‘ilishlaridan olti yil keyin dunyoga kelganlar. U zot barokat Toif shahrida olamga keldilar. Onalari Arvo Qurayz ibni Habib ibni Abdu Shams ibni Abdumannobning qizlaridurlar. Momolari esa nabiy alayhissalomning ammalari bo‘lmish Abdul Mutallibning Bayzo nomli qizlari edilar. Usmon (r. a.)ning Islomdan avvalgi hastlari to‘grisida tarix bizga juda oz narsani ma'lumot bergan. U kishi ko‘rkam, o‘rta bo‘yli, chiroyli yuzli edilar, demoqdan o‘zga narsalar to‘g‘risida mufassalroq xabar bermaydi. «Quyuq sochli, bug‘doyrang yuzlarida chechakdan qolgan ikki nuqtalari bo‘lgan xushtabiat bir kishi edilar», deya yozadi tarix kitoblari. Bundan tashqari, ya'ni u zot Quraysh qabilasining nasabida ulug‘laridan bo‘lganliklari hamda yaxshi-yomonni ajratishda tamizli bir zot bo‘lganliklari, xasli hamda, Qurayshning katta savdogarlaridan bo‘lganliklari ham qayd etilgan. U kishi haqlarida Islomga kirmasdan burun aytilgan gaplar, aniqrog‘i mana shulardan iboratdur. USMON RAZIYALLOHU ANHUNING ISLOMGA KIRISHLARI VA UNDAN KEYINGI HAYOTLARI.
Rasululloh (S.a.v) hazratlari olamga nuri hidoyat etib yuborilganlaridan so‘ng darhol u zot bu xabarni birodarlari Abu Bakr Siddiqqa kelib aytdilar. Abu Bakr Siddiq darhol u kishini tasdiq etib imon keltirganlar. Abu Bakr Islomga doxil bo‘lganlaridan uch kun o‘tgach, bir guruh, Do‘stlarining ichlarida turgan Usmonu Zinnuraynga Islomni arz etdilar. Usmon (r. a.) ham Abu Bakrning takliflarini qabul qilib dinga kirganlar. Usmon dilni qabul qilganlarini eshitgan amakilari Hakim ibni Os u kishini ushlab olib kelib uyga zanjirlab bog‘lab qo‘yadi va u kishiga qarab: «Hali sen ota-bobolaringning dinlaridan qaytib allaqanday dinni qabul qildingmi? Ollohga qasamki, yana ota-bobolaring diniga qaytib kirmasang, kishandan hargiz bo‘shatmasmen!» dedi. Usmon uning so‘zini tinglab shunday javob berdilar: «Olloh nomiga qasam ichib aytamanki, hargiz bu dindan qaytmasmen. Sen esa qo‘lingdan kelganini qilaver». Amakilari Usmonni bunday sabotliklarini ko‘rgach, o‘z hollariga tashlab qo‘ydi va zanjirdan bo‘shatib yubordi Islomga doxil bo‘lganlaridan keyin Usmon (r.a.) Rasululloh (S.a.v) hazratlariga eng yaqin sirdosh kishilardan bo‘lib qoldilar. Rasululloh (S.a.v) qizlari Ruqiyani u kishiga xotinlikka berdilar. Usmon Ruqiyaga Makkada yashagan vaqtlarida uylangandilar. Birgalikda Xabash viloyatiga xijrat qilganlar. Xabashda Abdulloh ismli o‘g‘illarini ko‘rganlar. Usmon (r.a.) mazkur o‘g‘illarining nomi bilan kuniyalanib Abu Abdulloh deya atardilar. Abdulloh olti yoshga yetganlarida ko‘zlarini xo‘roz chuqib olganligidan, yuzlari jarohatlanib vafot etganlar. Rasululloh (S.a.v) hazratlari Badr urushiga tayyorgarlik kurayotgan paytlarida Ruqiya kasal bo‘lib qoladilar. Rasululloh (S.a.v) hazratlari Usmonni Ruqiyaning kasaliga qarab turishlik uchun Madinada qoldirib ketadilar. Badrda musulmonlar mushriklar ustidan zafar topganliklarining sevinch xabari Madinaga kelgan kuni Ruqiya vafot etadilar. Usmon xotinlari vafotidan so‘ng qattiq qayg‘uradilar. Rasululloh (S.a.v) u kishining bunday qattiq alam chekayotganlarini ko‘rib: «Sizga nima bo‘ldi, muncha ham qattiq qayg‘urmasangiz», deganlarida Usmon u zoti barakotga qarab: «Biror kishiga hanuz mening boshimga tushgan kabi musibat tushganmiki, Rasululloh (S.a.v)ning mening nikohimdagi qizlari vafot etgan bo‘lsa, endi o‘rtadagi kuyovlik aloqasi uzilgan bo‘lsa», deya javob berdilar. Rasululloh (S.a.v) ga qarab shunday deb so‘zlab turgan paytlarida Rasululloh (S.a.v) hazratlari «Jabroil kelib menga Olloh taolodan sizga qizimning singlisi Ummu Gulsumni bermoqlikka farmon bo‘lganligini buyurayaptilar» dedilar. Avvalgi mahr barobariga Ummi Gulsumni Usmon (r. a.)ga to‘y qilib berdilar. Usmon (r. a.) u kishi bilan olti yil umr ko‘rganlaridan keyin vafot etib ketadilar. Qizlari vafot bo‘lganidan keyin Rasululloh (S.a.v) hazratlari agar yana bir qizim bo‘lsa edi, albatta Usmonga xotin qilib berar edim, degandilar. Mana shu sababli Zinnurayn deya nom olgandilar. Zero, u kishi Rasululloh (S.a.v) ning ikki pokdamon muborak qizlariga uylangan edilar. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Yakshanba, 10-Апреля-2011, 16:57 | Xatlari # 58 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... USMONNING HAYOTLARI TO'G'RISIDA BIR SHINGIL. Hazrati Usmon (r.a.) nihoyatda qattiq xisli, uyatchan kishi edilar. Oyisha (r.a.) onamizdan shunday rivoyat qilingan: Abu Bakr Siddiq Rasululloh (S.a.v.)ning xonalariga kelib, oldilariga kirmoqlikka ijozat so‘radilar. Rasululloh (S.a.v.), o‘rinlarida Oyisha (r.a.) onamizning choponlariga o‘ralib yotardilar. Shunday holda yota turib kirishlariga ruxsat berdilar. Abu Bakr (r.a.) oldilariga kirib ishlarini bitkazib, qaytib chiqib ketdilar. Keyin bir ozdan so‘ng Umar (r. a.) oldilariga kirmoqlikka ruxsat so‘rab keldilar. Avvalgi hollarida yotganlaricha kirishlariga ijozat berdilar. Kirib, ahvollarini gapirib, ishlarini bitkazib chiqib ketdilar. Birozdan keyin Usmon (r. a.) kelib oldilariga kirishga ruxsat so‘ragandilar. Rasululloh (S.a.v.) darhol o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar. Oyisha (r.a.) onamizga qarab: «Choponingizni kiyib oling» dedilar. Usmon (r.a), oldilariga kirib, ishlarini bitkazib chiqib ketdilar. Ketganlaridan so‘ng Oyisha (r.a) onamiz Rasululloh (S.a.v.) ga qarab: «Yo Rasululloh, Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a.)ga nechun Usmon (r.a.) ga qilganingiz tarzida muomala qilmadingaz?» deb so‘radilar. Rasululloh (S.a.v.) u kishiga qarab: «Usmon (r.a.) nihoyatda uyatchan kishi, agar mazkur holda tursam u o‘z hojatini gapirolmay qolishdan havf etganligim uchun o‘rnimdan turib o‘ltirdim», deb javob berdilar. Abu Muso Ash'ariy hazratlari: «Men falonchining bog‘ida Rasululloh (S.a.v.) bilan birga o‘ltirgan edim. Eshikni bekitib qo‘ygan edik, kimdir kelib, eshikni taqillatdi. Rasululloh (S.a.v.) menga qarab:Ey Abdulloh ibni Qays, borib eshikni ochib qo‘ying, jannati kishi keldi», deya bashorat berdilar. Men o‘rnimdan turib eshikni ochdim. Abu Bakr (r.a.) kelgan ekanlar. U kishiga Rasululloh (S.a.v.)ning bashoratlarini yetkazdim, eshitib xursand bo‘lganlaridan Ollohga hamd aytib ichkariga kirdilar va majlisga o‘ltirdilar. Keyin yana eshikni zanjirlab qo‘ydim. Rasululloh (S.a.v.) qo‘llaridagi novdani yerga sanchib o‘ltirar edilar. Shu asnoda yana eshik taqillab qoldi. Rasululloh (S.a.v.) menga, turing eshikni oching, jannati kishi keldilar deya bashorat berdilar. Men borib eshikni ochsam, Umar (.r.a.) turgan ekanlar. U kishiga sevinch xabarini aytdim, eshitib shodlanganlaridan Ollohga hamd aytib, ichkariga kirib hammaga salom berdilar, va qatorga kelib o‘ltirdilar. Rasululloh (S.a.v.) boyagi novdani egib o‘ltirib edilar, yana kimdir eshikni qoqib qoldi. Menga yana Rasululloh (S.a.v.) eshikni ochmoqni buyurib jannati kishi kelganini bashorat berdilar. O'rnimdan turib eshikni ochsam oldimda Usmon (r.a.) turibdilar. Men u kishiga Rasululloh (S.a.v.) ning bashoratlarini aytganimda g‘oyatda sevinib Ollohga hamdlar ayta-ayta kelib o‘ltirdilar. Rasululloh (S.a.v.) hazratlari Usmon (r. a.)ni jannatga kirishlari bilan bashorat bergan hamda u janobni Rasululloh (S.a.v.) hazratlarining huzurlarida juda ham katta hurmatga ega ekanliklarini ko‘rsatgan hadislarni aytganlar. Usmon (r.a.) o‘zlarining vahiy kotiblaridan edilar. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Juma, 15-Апреля-2011, 05:12 | Xatlari # 59 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... USMON (r.a.) NING MAKKAGA ELCHILIKLARI. Xudaybiya g‘azotida Rasul Akram (S.a.v.) hazratlari Umar ibni Hattob (r.a.)ni chaqirdilar. U kishiga «Siz Makkaga borib Qurayshning sardorlariga men Makkaga ular bilan urushgani emas, balki Baytullohning ulug‘ligini yetkazib, saqlangan holda ziyorat etmoqlik maqsadida kelganim xabarini yetkazib keling», dedilar. Rasul akram (S.a.v.) hazratlariga qarab: «Yo Rasululloh, men qurayshlar oldiga borishdan havf etaman, chunki Makkada bani Addiy qabilasidan menga madad bera oladigan biror kimsa yo‘q. Lekin men sizga qurayshlar uchun mendan ko‘ra hurmatliroq bo‘lgan Usmon (r.a.)ni yuborishingazni maslahat beraman», deb javob berdilar. Keyin Rasululloh (S.a.v.) hazratlari Usmon (r.a.)ni chaqirtirib keldilar va Makkaga borib quraysh sardorlariga «Rasululloh (S.a.v.) sizlar bilan urushgani emas, balki Ka'bai-muazzammani ziyorat qilmoqlik uchun kelganlar», deya xabar berishlari uchun yubordilar. Usmon (r.a.) Rasululloh (S.a.v.) ning huzurlaridan chiqib Makkaga qarab jo‘nadilar. Kiraverishda Saidga yo‘liqdilar. Keyin uning himoyasi ostida Makkaga kirib keldilar. Makkada Abu Sufyon hamda qurayshning boshqa sardorlariga uchrashib ularga «Rasululloh (S.a.v.) bu yil sizlar bilan urushgani emas, balki Baytullohni ziyorat qilmoqlik maqsadida kelganlar», deya aytdilar. Ular esa Usmonga qarab: «Agar o‘zing Baytullohni tavof etmoqni xoqlasang, marqamat tavof et», dedilar. Usmon (r.a.)esa ularning so‘zlariga kirmay «Rasululloh tavof etmagunlaricha hargiz men aslo tavof etmasmen», deb javob berdilar. Bundan g‘azablangan qurayshlar Usmon (r.a.)ni tutib qamoqqa oldilar va xalq orasida «Usmon (r.a.)o‘ldirildi», deya shum xabar tarqatdilar. Ushbu mash'um xabar Rasululloh (S.a.v.) hazratlarining quloqlariga yetgach, «Ularga qarshi urushmay turib, bu yerdan hargiz ketmasmen», dedilar. Shu yerda Bayatirruzvon voqeasi bo‘ldi. Hamma sahobai qirom bir-bir kelib bay'at bera boshladilar. Navbat Usmon (r.a.)ga yetganida Rasululloh (S.a.v.)o‘ng qo‘llarini chap qo‘llari ustiga qo‘yib: «Ey ulug‘ Olloh, bu sening hojatingda va Rasulingning hojatida yurgan Usmon (r.a.) tomonidan bay'at demakdir», dedilar. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
| | Sana: Yakshanba, 17-Апреля-2011, 16:29 | Xatlari # 60 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Davomi... USMONNI ISLOMGA KIRISH SABABLARI. Usmon (r. a.) serpul, savdogar odam edilar. Tabuk g‘azotida musulmonlarning qo‘shinini to‘liq qurollantirgan kishi mana shu Usmon (r.a.) bo‘ldilar. Ibni Ishoq «Usmon (r.a.)tabuk jangchilariga shunchalik ko‘p pul sarfladilarki, hech bir kishi u zot barobarida pul sarflagan emasdur», deb yozadilar. Usmon (r.a.) Rasululloh (S.a.v.) ni hujralariga ming dinor pulni olib kelib sochib yuborganlar, 950 ta tuya va 50 ta ot hadya qilib olib kelganlar. Rasululloh (S.a.v.) hazratlari bunday saxovatlarini ko‘rib: «Usmon (r.a.) bu ishi bilan aslo zarar qilgani yo‘q», deganlar. Keyin esa: «Kimki nochor askarni qurollantirsa, unga jannat nasiba bo‘ladi», deb bashorat qildilar. Usmon bu bilan ham kifoyalanib qolmay, balki yahudiydan Rum qudug‘ini ham sotib olganlar. Yahudiy uning suvini sotib foydalanardi. Mazkur quduqning yarmini 20 000 tanga va yuzta yosh tuya barobariga sotib oldilar. Musulmonlar o‘zlariga belgilangan muddatda kelib mazkur quduqning suvidan olib keta boshladilar. Hech kim yahudiyning suvini olmay qo‘ydi. Buni ko‘rib yahudiy qolgan yarmini ham juda arzonga sotib yuboradi. Mazkur quduqning hammasini sotib olganlaridan so‘ng Usmon (r.a.)musulmonlarga Olloh yo‘lida hadya qilib yuborganlar. Abu Bakr Siddiq (r.a.) xalifalik qilayotgan vaqtlarida bir yil yog‘ingarchilik kam bo‘lib ocharchilik boshlanadi. Abu Bakr (r.a.) odamlarga: «Bor narsalaringni berkitmay to Olloh kenglik bergunga qadar yeb turinglar», deb buyuradilar. Ertasiga Abu Bakr (r.a.)ga Usmon (r.a.) ning hovlilariga ming qop bug‘doy va taom kelib tushganligini xabari yetadi. Ertalab savdogarlar Usmon (r.a.) ning hovlilariga borib eshiklarini qoqdilar. Usmon (r.a.) eshikni ochib ularga peshvoz chiqdilar-da, «nega keldingiz» deb so‘radilar. Ular «siznikiga ming qop bug‘doy va taom kelib tushibdi, shuni eshitib sotib olgani keldik» deyishdi. «Unday bo‘lsa, marhamat, ichkariga kiraveringlar»- deb Usmon (r.a.) ularni hovliga boshlab kiradilar. Hovlida bug‘doylar to‘lib yotibdi. Usmon (r.a.) ularga qarab: «Shomdan sotib olgan bahoyimga qanchadan foyda berasizlar?» deb so‘radilar. Ular: «o‘niga o‘n ikkidan beramiz», deyishdi. Usmon (r.a.) «bu kamlik qiladi», deganlarida ular «bo‘lmasa, o‘n beshdan beraylik» deyishdi. Usmon «yana qo‘shinglar», deganlarida, ular «yana qancha qo‘shaylik», axir biz Madina savdogarlarimiz-ku?deyishdi. «Har tangasiga o‘n tangadan bera olasizmi?» dedilar. Ular «yo‘q» deb javob berishdi. Unday bo‘lsa guvoh bo‘ling, ey savdo ahli, bu bug‘doy Madina kambag‘allariga sadaqa qilinadi» dedilar va hammasini bepul sadaqa qilib yuborganliklarini ibni Abbos rivoyat qiladilar. Usmon shu darajada oliy himmat saxiy edilar. U janob Ollohdan benihoya qo‘rqardilar. U kishi Abu Bakr (r.a.), Umar (r.a.) va boshqa sahobalar kabi urushdan katta martabalarga ega bo‘lmaganlar. Zero, Rasululloh (S.a.v.) hazrat lari Zotir ruko' va G'atfon g‘azotlariga chiqqanlarida Usmon (r.a.)ni Madinada o‘z o‘rinlariga qoldirib ketgandilar. Qurayshlar ichida qarindoshlariga yaxshilik qiladiganlaridan edilar. Kunduzlari ko‘pincha ro‘za tutardilar, kechalari esa uyg‘onib namoz o‘qirdilar. Rasululloh (S.a.v.) hazratlari 146 ta hadis rivoyat qilganlar. O'zlari so‘zamol kishi bo‘lmaganlaridan xalifalikka saylangan vaqtlarida xutbalar o‘qiyotib ham va'z ayta turib juda qiziqib, zo‘rg‘a gapirar edilar. Davomi bor InshaAlloh...
| | |
|
|
|