Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


Модератор форума: Mirzo_M  
<Yurtimiz va horijda ro'y bergan eng so'ngi YANGILIKLAR!>
Bekorchi
Sana: Juma, 22-Февраля-2008, 01:35 | Xatlari # 16
Ism:
[G'irt Bekorchi]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[483]
Xulqi: +
[31] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Rapper_Asalya, anuv uzbdegi zo'r yangiliklar borki uzbga kirmyadigan yangiliklar shularni ham joylanglar sizlarda zo'rlari bolsa kerak iltimos.

abay
Sana: Shanba, 23-Февраля-2008, 13:15 | Xatlari # 17
Ism:
[Abdulla]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1247]
Xulqi: +
[91] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

bollar,faqat uzimzidagi yangilklardan emas,xorijda bulayotgan yangilklardan ham yozinglarda..
mana masalan 17-fevral kuni Serbiya hukumatiga kiruvchi Kosovo davlati uz mustaqilligini e'lon qildi.
va boshqa boshqa yangiliklar....



Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.
I.Gyote
Rapper_Asalya
Sana: Dushanba, 25-Февраля-2008, 06:40 | Xatlari # 18
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Dubayda “ g‘ildirak-mehmonxona ”


Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yana bir ajoyib imorat — “g‘ildirak-mehmonxona” bunyod etiladi.

Yangi bino Dubai Promenade deb nomlangan superloyihaning bir qismi sanaladi. Sun’iy ravishda hosil qilingan yarim orolda qad rostlaydigan imorat shaharda qurilayotgan mo‘’jizaviy imoratlardan biri bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish uchun 750 ming tonna tosh va 650 ming kubometr qum sarflanadi.

Dengiz sohilida joylashgan Dubai Promenade majmuasida turar joy, kafe, restoran, savdo maydonlari quriladi. Shu bilan birga bu yerga maxsus kema ham keltiriladi.

Dengiz sohilidagi majmua markazida g‘ildirak shaklida qurilgan mehmonxona joylashadi. 10 ming kishiga mo‘ljallangan majmua qurilishi joriy yilning birinchi choragida boshlanadi.

PS: abay talablariga binoan. wink



Rapper_Asalya
Sana: Dushanba, 25-Февраля-2008, 07:12 | Xatlari # 19
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

O‘zbekiston Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 fevral kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Moskva shahrida o‘tgan norasmiy sammitida ishtirok etdi.

MDH – a’zo mamlakatlar bir-birini yaxshi biladigan, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlik borasida katta tajriba to‘plagan tuzilma. Hamdo‘stlik mamlakatlari bir-birining imkoniyatlarini, sharoitini yaxshi biladi, sinalgan hamkorlar bilan ishlash esa nisbatan oson kechadi. Xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi maqsad va vazifalar uyg‘unligi ularni o‘zaro yanada yaqinlashtiradi.

Hamdo‘stlik o‘z salohiyatini to‘liq yuzaga chiqara olmayotgani ham haqiqat. Shu sababli Hamdo‘stlikning so‘nggi sammitlarida MDHni isloh qilish masalasi ko‘p muhokama qilinmoqda. Uni bugungi zamon talablariga moslashtirish kerak. A’zo mamlakatlarning hamkorligi an’anaviy do‘stlikka asoslangani holda, ishonchli va o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklikka ham tayanmog‘i darkor.

Moskva sammitida Hamdo‘stlikni isloh qilish borasida barcha a’zo davlatlar hamfikr ekanligi yana bir karra ayon bo‘ldi. Albatta, MDHni saqlab qolish kerak. Buning yagona talabi Hamdo‘stlik doirasida ishlab chiqilgan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishdir.

Shularni inobatga olib, 2006 yil noyabr oyida Minskda o‘tgan sammitda MDH Ijroiya qo‘mitasiga Hamdo‘stlikni yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Davlatlararo ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. 2007 yilning iyunida bo‘lgan Sankt-Peterburg sammitida mazkur konsepsiyani tayyorlash jarayoni ko‘rib chiqildi. 2007 yilning oktabr oyida bo‘lgan Dushanbe sammiti yakunida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini yanada rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirishning asosiy tadbirlar rejasi qabul qilindi.

Ushbu reja ijrosining borishi Moskvada o‘tgan norasmiy sammitning kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi. Davlat rahbarlari kengashining majlisida Hamdo‘stlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Prezidentlar MDH ijro organlari faoliyatini takomillashtirish, integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Majlisda jinoyatchilikka, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga, terrorizmga qarshi hamkorlikda kurashish bo‘yicha 2008-2010 yillarga mo‘ljallangan dasturlar ijrosining borishi ham ko‘rib chiqildi. Zero, har qanday shakldagi integratsiya avvalo xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari bilan uzviy bog‘liqdir. Tovarlar va xizmatlarning, sarmoya va ishchi kuchining harakatini tartibga solish, nazorat etish uchun huquqni muhofaza qilish organlari bilan bir qatorda bojxona va chegara xizmatlarining hamkorligini yanada mustahkamlash zarur.

Muzokarada Hamdo‘stlikni yanada rivojlantirish konsepsiyasini hayotga tatbiq etish bilan bir qatorda, MDH iqtisodiy taraqqiyot strategiyasining loyihasiga, transport sohasidagi siyosatni muvofiqlashtirishga, umumiy energetika va oziq-ovqat bozorlarini shakllantirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumki, transport sohasida o‘zaro muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish integratsiya jarayonlarini faollashtirishga olib keladi. Chunki bu soha xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim bo‘g‘ini sanaladi. Shu bilan birga, energetika va oziq-ovqat masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov oziq-ovqat, transport, energetika va suv bo‘yicha konsorsiumlar tashkil etish tashabbusini ilgari surganini ta’kidlab o‘tish joiz. MDH mamlakatlari orasida energiya manbalari va oziq-ovqatning eksportchilari ham, importchilari ham bor. Binobarin, o‘zaro kelishgan holda energetika va oziq-ovqat borasidagi barqarorlikni ta’minlash ularning manfaatlariga mos keladi.

Sammitda Prezidentlar o‘zlarini qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, xalqlarimizning do‘stligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Vatanimizning yuksak mukofoti – “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini topshirdi.

Prezidentlarning uchrashib, muloqot qilib turishi, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa MDH o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganidan, aksincha, salohiyat va imkoniyatlarini to‘la ishga solishga erishish yo‘lidan borayotganidan dalolatdir.

Toshkent-Moskva-Toshkent



Rapper_Asalya
Sana: Dushanba, 25-Февраля-2008, 07:17 | Xatlari # 20
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Prezident Islom Karimov Seulga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga rasman kirishishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etish uchun 24 fevral kuni mazkur mamlakat poytaxti – Seul shahriga jo‘nab ketdi.

24-26 fevral kunlari Koreya Respublikasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi ahvoli va istiqboliga doir, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama etilishi mo‘ljallangan.




abay
Sana: Dushanba, 25-Февраля-2008, 18:03 | Xatlari # 21
Ism:
[Abdulla]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1247]
Xulqi: +
[91] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Rapper_Asalya, rahmat kattakon,yomonsiz ..... cool talabimga binoann. wink



Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.
I.Gyote
Rapper_Asalya
Sana: Chorshanba, 27-Февраля-2008, 09:55 | Xatlari # 22
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Seul uchrashuvlari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 fevral kuni Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari 25 fevral kuni Koreya Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Li Myon Bakning o‘z lavozimini bajarishga rasman kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Koreya Respublikasida 2007 yilning 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida “Buyuk mamlakat partiyasi“dan nomzodi ko‘rsatilgan Li Myon Bak g‘alaba qozongan edi.

Li Myon Bak Janubiy Koreyada oliy davlat lavozimini egallagan birinchi biznes vakilidir. U 2002-2006 yillari poytaxt Seul meri lavozimida ishlagan kezlari shaharda yirik o‘zgarishlarni amalga oshirib, xalq orasida hurmat va shuhrat qozondi.

Koreya Respublikasining yangi saylangan Prezidenti xorijiy davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish tarafdori. Bu mamlakatda O‘zbekistonga an’anaviy do‘st davlat sifatida qaraladi. Qolaversa, ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan koreyslar O‘zbekistonda samimiy kutib olinganini koreys xalqi hech qachon unutmaydi.

Prezident Islom Karimovning ushbu marosimda qatnashishi O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganidan, ikki tomon ham hamkorlikdan manfaatdor ekani va o‘zaro aloqalarni yuksak qadrlashidan dalolatdir.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda – “Lotte” mehmonxonasida “Korean Air” kompaniyasi prezidenti Yang Xo Chyoni qabul qildi.

“Korean Air” bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur ikki kompaniya o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Ta’kidlash joizki, “Korean Air” havo transportida yuk tashish borasida jahonda birinchi o‘rinda turadi. Ushbu hujjat hamkorlikda yangi bozorlardan joy olishni, O‘zbekiston logistika infratuzilmasini rivojlantirishni, fuqaro aviatsiyasini boshqarishda tajriba almashishni, kadrlar tayyorlashda hamkorlikni nazarda tutadi. Protokolga binoan O‘zbekiston Koreya tomonining taklifiga binoan 2008-2009 yillarda “Sky Team” xalqaro aviatsiya alyansiga qo‘shiladi. Yirik aviakompaniyalarni birlashtirgan ushbu uyushma dunyoda yo‘lovchi va yuk tashish bo‘yicha qatnovlarning 35 foizdan ziyodida ishtirok etadi. Alyans bilan hamkorlik “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning xalqaro aviatransport tizimiga integratsiyasini yanada kuchaytirishga, parvozlarning xavfsizligini oshirish va muntazamligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz rahbari “Koreya gaz korporatsiyasi” (“KOGAZ”) prezidenti Li Su Xoni ham qabul qildi.

Prezident Islom Karimovning Koreya Respublikasiga 2006 yil mart oyidagi davlat tashrifi chog‘ida ushbu korporatsiya bilan “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Bu hujjat Ustyurtdagi Surgil konida geologiya-razvedka ishlarini olib borish, konlarni o‘zlashtirish, polietilen va polipropilen ishlab chiqarish uchun qo‘shma korxona tuzishni nazarda tutadi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 1,84 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi.

Loyihada “KOGAZ” bilan birgalikda Janubiy Koreyaning “Lotte”, “LG International”, “SK Gaz”, “STX Energy” kabi neft-gaz kompaniyalari ham qatnashmoqda. Seuldagi uchrashuvda ana shu kompaniyalar rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Muzokarada “O‘zbekneftgaz” va “Koreya gaz korporatsiyasi” hamkorligiga oid masalalar, birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida “UzKorGazChemical” qo‘shma korxonasining ta’sis shartnomasi va nizomi imzolandi.

Prezidentimizning Seul tashrifi asnosida “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan “DAEWOO International” korporatsiyasi o‘rtasida Ustyurtdagi “Ko‘squduq” va “Ashibuloq” investitsiya bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish va o‘zlashtirish to‘g‘risidagi bitim, “O‘zbekengilsanoat” kompaniyasi bilan “DAEWOO International” korporatsiyasi o‘rtasida savdo shartnomasi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Koreya Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.





Izox O'zgartirildi Rapper_Asalya - Chorshanba, 27-Февраля-2008, 09:56
Rapper_Asalya
Sana: Chorshanba, 27-Февраля-2008, 10:08 | Xatlari # 23
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-26 fevral kunlari Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Seuldagi “Chong Va De” qarorgohida 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2006 yil mart oyidagi Koreya Respublikasiga davlat tashrifi asnosida o‘sha kezlari Seul meri lavozimida ishlagan Li Myon Bak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga ikki mamlakat xalqlarining do‘stligini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Seulning faxriy fuqarosi” unvonini bergan edi. Seulda bo‘lgan bu galgi O‘zbekiston-Koreya sammiti davlatlarimiz o‘rtasidagi hurmat-e’tiborga asoslangan bunday samimiy munosabatlar oliy darajadagi do‘stlikka aylanganining yana bir tasdig‘idir. Strategik sheriklik munosabatlarini rasmiylashtirgan O‘zbekiston va Janubiy Koreya bugun o‘zaro hamkorlikni ana shu asosda rivojlantirib bormoqda.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya texnologik va sarmoyaviy hamkorlik borasida katta tajriba to‘plaganini qayd etish joiz. O‘zbekiston koreyalik ishbilarmonlar ishtiroki bilan ishlab chiqarishning o‘ta noyob va ayni paytda barqaror daromad keltiradigan sohasi bo‘lgan avtomobilsozlikni o‘zlashtirgani bunga yaxshi misol bo‘la oladi. Zamonaviy texnologiyalarning bugungi hayotdagi o‘rni g‘oyat kengayib borayotgani sir emas. 2005 yilning may oyida Koreya Respublikasining o‘sha paytdagi Prezidenti No Mu Xyonning O‘zbekistonga tashrifi kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari markazi ochildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yili 850 million AQSH dollarini tashkil etgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 1 milliardga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Koreya Respublikasi O‘zbekiston bilan hamkorlikda ta’lim, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, neft-gaz, infratuzilma, qurilish kabi sohalarda yangi loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishdan manfaatdor. Prezident Islom Karimov bilan uchrashuvda Li Myon Bak buni yana bir bor tasdiqladi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham izchil rivojlantirmoqda. BMTning amaldagi Bosh kotibi Pan Gi Munning ushbu lavozimga nomzodi O‘zbekiston tomonidan qo‘llab- quvvatlangani Seul rasmiy doiralari tomonidan yuksak qadrlanadi. O‘zbekiston Koreya Respublikasining Shimoliy Koreya va Janubiy Koreyaning hamkorligini rivojlantirish orqali tinchlikni mustahkamlash va Shimoli-sharqiy Osiyoni birgalikda rivojlantirishga qaratilgan “Tinchlik va farovonlik” siyosatini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Koreya Respublikasi esa O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini, “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning “Sky Team” tizimiga qo‘shilishini yoqlaydi.

Toshkent va Seul xalqaro terrorizm, ekstremizm va narkobiznesga qarshi kurashda hamkorlikda olib borilgan ish kutilgan natijani berishi borasida ham hamfikr. O‘zbekiston-Koreya sammitlari izchillik kasb etgani ham mamlakatlarimiz, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘zaro ishonch, hurmat va samimiyatga asoslangan munosabatlar qaror topganidan dalolatdir.

Islom Karimov va Li Myon Bak O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi ahvoli va istiqboliga doir masalalar, o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qildilar.

Mamlakatimiz rahbari Seul yaqinidagi Inchon shahridagi “GMDAT” zavodiga tashrif buyurdi. Bu yerda o‘zlashtirilgan texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. “DAEWOO” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasini o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutgan. Ayni paytda mamlakatimiz “GMDAT” bilan aloqalarni rivojlantirmoqda va O‘zbekistonda “GM-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

“GMDAT” prezidenti Maykl Grimaldi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida avtomobilsozlik sohasidagi hamkorlikka doir loyihalar ijrosining borishi, yangilarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Seulga tashrif asnosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Korean Air” va “Koreya gaz korporatsiyasi” (KOGAZ) rahbarlarini qabul qildi. Ushbu muzokaralar O‘zbekistonga salkam 2 milliard AQSH dollariga teng investitsiya kiritishni nazarda tutadigan natijalar bilan yakunlandi. Demak, mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning Koreya Respublikasiga tashrifi samarali bo‘ldi, erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga uzoq muddat xizmat qiladi, deyishimiz uchun barcha asoslar bor.

Toshkent-Seul-Toshkent



Rapper_Asalya
Sana: Dushanba, 17-Марта-2008, 10:21 | Xatlari # 24
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

monika, arzimidi wink



Rapper_Asalya
Sana: Dushanba, 17-Марта-2008, 10:31 | Xatlari # 25
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Tailandda boshqaruvchi idoralar uchun 8-chi Global simpozium (GSR-2008) ish boshladi..

2008 yil 11 mart kuni Tailandning Pattaya shahrida regulyator idoralar uchun 8-chi Global simpozium (GSR-2008) ish boshladi.

Simpoziumning asosiy maqsadi – AKT tarmog'ini rivojlantirish va muvofiqlashtirish strategiyasining asosiy masalalari muhokamasini tashkil etishdir. Anjuman davomida asosiy boshqaruv masalalari hamda AKT faoliyati va sohasiga oid siyosat masalalari, shuningdek regulyator idoralar va bu boradagi siyosatni ishlab chiqishga mas'ul shaxslar bilan samarali va interfaol tarzda fikr almashishni shakllantirish bo'yicha munozaralar, fikr, taklif va mulohaza almashishlar bo'lib o'tadi.

Coha rahbarlarining Birinchi Global forumi natijalari boshqaruvchi idoralar uchun 8-chi Global simpoziumi (GSR-2008) qatnashchilariga muhokama qilish maqsadida taqdim etiladi.

Simpoziumning birinchi kunida Aloqa sohasida hududiy hamdo'stlik mamlakatlari ma'muriyati delegatsiyalari rahbarlarining ishchi kengashi bo'lib o'tadi. Unda MDH mamlakatlarida muvofiqlashtirish siyosatini yanada takomillashtirish hamda anjuman ishida kelgusidagi hisobot va umumlashtirish uchun takliflarni ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqiladi.

Tadbirda O'zbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.

Simpozium 2008 yil 13 martgacha davom etadi.



Rapper_Asalya
Sana: Dushanba, 17-Марта-2008, 10:35 | Xatlari # 26
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

O‘zbekiston Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayyon taklifiga binoan 2008 yil 17-18 mart kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni kengaytirishga oid hamda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.



Rapper_Asalya
Sana: Seshanba, 18-Марта-2008, 13:47 | Xatlari # 27
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

monika, azimidi, doyimo hizmatilaga tayorman. happy



_Е-диНс-Т-вЕнНы-Й-_
Sana: Yakshanba, 27-Апреля-2008, 09:39 | Xatlari # 28
Ism:
[_-ЕдиНсТвЕнНыЙ-_]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[3293]
Xulqi: +
[68] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

УЗБЕКИСТАН ПОМОЖЕТ СОЧИ

В скором времени у наманганцев появится шанс поработать на стройках спортивных объектов Олимпиады в Сочи, которая пройдет в 2014 году. Поехать на работу за границу можно через государственные инстанции - центры занятости в районах и городах.

- Чтобы не попасться в руки мошенников и прочих проходимцев, промышляющих на ниве организации поездок гастарбайтеров, можно воспользоваться услугами служб занятости Министерства по труду и социальной защиты, - объяснили в областном управлении этого министерства.

Оказывается, в Ташкенте есть сразу две конторы, занимающиеся трудовой миграцией - Ташкентское региональное хозрасчетное бюро по трудоустройству граждан за рубежом и миграционная служба при Минтрудсоцзащиты.

Чтобы выехать по линии этих организаций на работу за рубеж, желающим нужно обратиться в центры занятости по месту жительства. При этом, желательно при себе иметь документальное подтверждение квалификации - диплом либо сертификат, на худой конец, трудовую книжку с указанием стажа работы по соответствующей специальности. Таково требование потенциальных работодателей - главным образом, это различные строительные организации России. Составленные таким методом списки предлагающих свои услуги людей направляются в столицу в указанные учреждения. Там и выбирают наиболее подходящих кандидатов, которым присылают вызов.

Например, в декабре прошлого года около 70 наманганцев поехали на стройку в Ростовскую область. Конечно, это далеко не покрывает потребности в рабочих местах. Как сказали в областном управлении по труду и социальной защите населения, в данное время прорабатывается соглашение между Минтрудсоцзащиты Узбекистана и олимпийской госкорпорацией России о привлечении узбекистанцев на строительство объектов Олимпийских игр 2014 года в Сочи.



Rapper_Asalya
Sana: Shanba, 03-Мая-2008, 10:50 | Xatlari # 29
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Tashrif samarali bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22-23 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasiga tashrifining ikkinchi kuni – 23 aprelda Prezident Nursulton Nazarboyev hamrohligida Ostonadagi MEGA savdo markaziga tashrif buyurdi. Yaqinda qurilgan ushbu markazda savdo shoxobchalari, bouling, stol tennisi kabi sport o‘yinlari bo‘limlari, kinoteatr bor.

Prezident Islom Karimov Qozog‘iston rahbari bilan birga Neyroxirurgiya markaziga bordi. Ushbu muassasa faoliyati bilan tanishuv chog‘ida bemorlarni davolash, operatsiya qilish, shifokorlar uchun yaratilgan sharoit, ularning mehnatini rag‘batlantirish masalalari bilan qiziqdi. O‘zbekistonda tibbiyotning bir necha sohasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markazlar tashkil qilinganini ta’kidlab, bu borada hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish ikki mamlakat manfaatlariga mos bo‘lishini qayd etdi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qozog‘iston Respublikasiga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Ushbu tashrif natijalari nafaqat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda, balki, umuman Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ostona uchrashuvlarida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim ishlab chiqishga kelishib olinganini ta’kidlash joiz. 2007 yilda o‘zaro savdo hajmi 63 foizga oshdi, lekin bu ko‘rsatkich ikki tomonni to‘la qanoatlantiradi, deb bo‘lmaydi. Masalan, eksport-import operatsiyalarining 80-90 foizi 4-5 turdagi xomashyo mahsulotlardan iborat. Vaholanki, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zining eksport salohiyati bilan savdodagi tovarlar xilma-xilligini bir necha karra orttirishga qodir. Shuningdek, tovar ayirboshlash yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish zarur. Bu uchinchi davlatlardan xarid qilinadigan mahsulotlarni ikki tomonlama savdo doirasiga kiritish imkonini ham beradi.

Tashrif asnosida Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev mintaqaviy xavfsizlik masalalarini atroflicha muhokama qildilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘z nufuzi va salohiyati bilan bu boradagi ko‘plab masalalarni birgalikda hal etishi mumkin. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik mintaqada barqarorlikni, avvalambor, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga, qolaversa, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston poytaxtlari o‘rtasidagi hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda. Prezident Islom Karimovning Ostona shahri hokimi Imangali Tasmagambetov bilan bo‘lgan uchrashuvida bu boradagi aloqalar ko‘lamini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston jamoatchiligi O‘zbekiston Prezidentining tashrifiga katta qiziqish bildirdi. Mamlakat ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston rahbarining tashrifini keng va batafsil yoritib bordi. Xususan, “Yegemen Qazaqstan” va “Ekspress-Kazaxstan” gazetalarida tashrif har tomonlama foydali va samarali bo‘lgani, Prezidentlar O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun dolzarb ahamiyatga ega ko‘plab masalalarni muhokama etgani alohida ta’kidlandi.

Toshkent – Ostona – Toshkent



SyncMaster
Sana: Payshanba, 08-Мая-2008, 23:18 | Xatlari # 30
Ism:
[SyncMaster]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[112]
Xulqi: +
[3] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Rapper_Asalya, _Е-диНс-Т-вЕнНы-Й-_, рахмат сунги янгиликлар учун!!!

Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024