Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 32
  • 1
  • 2
  • 3
  • 31
  • 32
  • »
Модератор форума: Mirzo_M  
-:-O'zbekona Forum-:- » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandalik, Xabarlar, Fan va Ta'lim » Foydali Xabarlar » <Yurtimiz va horijda ro'y bergan eng so'ngi YANGILIKLAR!> (Yangiliklar)
<Yurtimiz va horijda ro'y bergan eng so'ngi YANGILIKLAR!>
Rapper_Asalya
Sana: Yakshanba, 03-Февраля-2008, 06:35 | Xatlari # 1
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Yurtimizda va horijda ro'y berayotgan , siyosiy, madaniy va sport sohasida eng so'ngi yangiliklar bo'lsa biz bilan baham ko'rin



Rapper_Asalya
Sana: Yakshanba, 03-Февраля-2008, 06:37 | Xatlari # 2
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

“O‘zbekiston havo yo‘llari”: yuksak marralar, salmoqli natijalar

2007 yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi samolyotlarida qariyb 2 million nafar yo‘lovchi va 20 ming tonnadan ortiq yuk tashildi.

Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Respublika fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Unda samolyotlar parkini modernizatsiya qilish, G‘arbda ishlab chiqarilgan havo laynerlariga texnik xizmat ko‘rsatishning zamonaviy bazasini yaratish, yer usti infratuzilmasini rivojlantirish, havo qatnovlarini boshqarish tizimini tubdan rekonstruksiya qilish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘z bazasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘tgan yillar davomida xalqaro yo‘lovchi va yuk tashish bozorida keskin raqobat sharoitida mijozlar ishonchini qozondi va o‘z faoliyati doirasini kengaytirishga erishdi.

Yaqinda aviakompaniyaning 2007 yilgi faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, uning salmoqli yutuqlarga boy bo‘lgani qayd etildi. O‘tgan yilning may va iyun oylarida “Boing” aviatsiya-kosmik korporatsiyasi bilan ikkita “Boing-787” “Dreamliner” va “Erbas” konsorsiumi bilan oltita “A-320-200” samolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Shu kunlarda yana bir loyihaning amalga oshirilishi natijasida aviakompaniya qo‘shimcha ravishda o‘zimizda ishlab chiqariladigan 4ta “Il-114-100” samolyotiga ega bo‘ladi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi flotining modernizatsiya qilinishi yaqin kelajakda uning xalqaro bozorda raqobatbardoshliligini oshirish, Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avialiniyalar yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish, kompaniyani barqaror rivojlantirish va katta hajmdagi ishlarni bajarish imkonini beradi.

Navoiy shahri aeroportida yangi uchish-qo‘nish yo‘lagining ishga tushirilishi, Qarshi va Namanganda aeroportlarning kapital ta’mirlanishi ham muhim ahamiyatga molik voqealar sirasiga kiradi. Endi viloyatdagi aeroportlarda ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlar xalqaro standartlarga javob bera oladi. Yangilangan aerovokzal majmualari zarur nazorat anjomlari va texnologik uskunalar bilan jihozlandi.

Milliy aviakompaniyamizning xalqaro parvozlar xaritasida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Iyul oyidan boshlab, haftada ikki marta Milanga (Italiya), haftada bir marta Toshkent-Qohira-Afina-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilar Toshkentdan Sochiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Kuzda Navoiy-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda Kaliningradga yangi yo‘nalish ochish, Minvoda va Rostov-Don yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kompaniya o‘z faoliyatini muntazam takomillashtirib borishga, jahon amaliyotidagi eng yaxshi yangiliklarni qo‘llash, samarador, raqobatbardosh va texnik jihatdan mukammal kompaniya bo‘lishga intilmoqda. Elektron chiptani joriy etish bu boradagi muhim qadamlardan biridir. Hozir “elektron chipta” tizimi oldindan band qilish tartibida faoliyat ko‘rsatayotir.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil mobaynida kompaniya tomonidan 22935 ta, jumladan, 297 ta charter aviaqatnovlari amalga oshirilib, bir million 927 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu esa 2006 yilga nisbatan qariyb 16,5 foizga ortiqdir. Tashilgan yuk va pochta miqdori 20 ming tonnadan ortiq bo‘lib, bu 2006 yilga qaraganda ming tonnaga ko‘p.

Aviakompaniya samolyotlari parkini zamonaviy va tejamkor havo kemalari hisobidan modernizatsiya qilish va bir xillashtirish maqsadida “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi hamda uning tarkibida G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi. Bu samolyotlarga xorijiy mamlakatlarga amalga oshirilayotgan jami aviaqatnovlarni, shuningdek, respublika ichidagi qatnovlarning bir qismini bajarish vazifasi yuklatildi. Markaz mutaxassislari havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishning eng murakkab shakllaridan biri – C4-Chek, ya’ni kapital ta’mirlashni o‘zlashtirdilar. 2007 yil aviakorxona uchun Yevropa aviatexnikasini ta’mirlash bozoriga shiddat bilan kirib borish davri bo‘ldi. G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi natijasida bu yerda Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish imkoniyati tug‘ildi. O‘tgan yili ushbu dastur 114 foizga bajarildi.

Yaratilgan ulkan salohiyatdan samarali foydalanish, zamonaviy biznes-texnologiyalarni faol qo‘llash, aviaqatnovlarni muvofiqlashtirish sohasidagi oqilona siyosat milliy aviakompaniyamizga barqarorlikni saqlash, barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha rivojlanish va moliyaviy natijalarni yaxshilash imkonini bermoqda.



Web_MasteR
Sana: Yakshanba, 03-Февраля-2008, 14:49 | Xatlari # 3
Ism:
[WEB]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5062]
Xulqi: +
[651] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Rapper_Asalya, raxmat ma'lumotlar uchun



Rapper_Asalya
Sana: Seshanba, 05-Февраля-2008, 03:32 | Xatlari # 4
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Admiral Uilyam Fellonning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 yanvar kuni Oqsaroyda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni admiral Uilyam Fellonni qabul qildi.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, qo‘shni Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, xalqaro terrorizmga, narkotrafikka, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish borasida tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar bilan bog‘liq masalalar haqida ham so‘z bordi.

Admiral Fellon qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Shu kuni admiral Fellon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa va tashqi ishlar vazirlari, chegara qo‘shinlari qo‘mondoni bilan ham uchrashdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlikka oid va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.




Rapper_Asalya
Sana: Seshanba, 05-Февраля-2008, 03:38 | Xatlari # 5
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federasiyasiga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2008 yil 5-6 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi.

Uchrashuvlar chog‘ida tomonlar o‘zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboliga, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka oid masalalarni muhokama qiladilar.

Muzokaralar yakunida ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.



Rapper_Asalya
Sana: Chorshanba, 06-Февраля-2008, 17:29 | Xatlari # 6
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik 2005 yili imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ruhida rivojlanib bormoqda. Bunda mamlakatlarimiz rahbarlarining o‘zaro hurmat va ishonchi, hamkorlikni kengaytirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi qarashlari o‘xshash ekanligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston tashqi savdosining 30 foizdan ortig‘i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Eksport va import tarkibi ham boy – mashina va uskunalar, energiya manbalari, qora va rangli metallar, paxta tolasi, plastmassa, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari. 2007 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 48 foizga ko‘paydi va 4,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

O‘zbekistonda rossiyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 527 korxona, Rossiya firma va kompaniyalarining 139 vakolatxonasi ishlab turibdi. Rossiyada esa O‘zbekiston sarmoyadorlari bilan birgalikda tuzilgan 293 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Moskvada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining bugungi ahvoli va istiqbollari, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikka oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinadi. Tashrif davomida turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga doir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan



Web_MasteR
Sana: Payshanba, 07-Февраля-2008, 09:33 | Xatlari # 7
Ism:
[WEB]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5062]
Xulqi: +
[651] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Rapper_Asalya, raxmat xabarlar uchun



BEK
Sana: Juma, 08-Февраля-2008, 01:26 | Xatlari # 8
Ism:
[Janob Mr Bek]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[50]
Xulqi: +
[4] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Тувалу]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Rapper_Asalya, siyosatchimisiz diyman rapperhon



Bu dunyo bir kam dunyo
Rapper_Asalya
Sana: Shanba, 09-Февраля-2008, 19:06 | Xatlari # 9
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

O‘zbekiston-Rossiya: hamkorlikning yangi ufqlari..

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5-6 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar mamlakatimiz tashqi siyosatida alohida o‘rin tutadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida 2004 yili Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005 yilda hamkorlikni oliy bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Kremlda bo‘lib o‘tgan yakkama-yakka suhbatida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi izchil rivojlanib borayotgan munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboliga, xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.

Islom Karimov ushbu muzokara o‘zaro aloqalarga doir masalalar, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston Rossiyani ishonchli strategik sherik deb bilishini, o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yuksak qadrlashini qayd etdi.

Vladimir Putin O‘zbekiston rahbarining Rossiyaga mazkur rasmiy tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikka yangi sur’at baxsh etishini ta’kidladi. 2007 yilning 23 dekabrida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan Islom Karimovni yana bir bor muborakbod etdi.

O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiyotning qariyb barcha sohalarida yaqindan hamkorlik qiladi. Tovar ayirboshlash hajmi muttasil oshib borayotgani (2007 yilda bu boradagi ko‘rsatkich 48 foiz o‘sib, 4,2 milliard AQSH dollarini tashkil etdi), izchil ravishda biznes forumlar, ko‘rgazmalar, hukumatlararo komissiya majlislari tashkil etilayotgani buning yorqin tasdig‘idir.

Siyosiy sohada oliy darajadagi uchrashuvlar muntazamlik kasb etgani, parlamentlararo aloqalar rivojlanayotganini qayd etish joiz. SHHT, MDH kabi tuzilmalar doirasidagi aloqalar faollashmoqda. O‘zbekiston va Rossiya narkotrafik, terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik kabi tahdidlarga qarshi kurashish borasida ham hamfikrdir. O‘zbekistonning “Forish” poligonida, Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida o‘tkazilgan qo‘shma aksilterror mashqlar harbiy va harbiy-texnikaviy sohadagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganidan yana bir dalolatdir.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat ham amalda. Bu yo‘nalishdagi aloqalar harbiy mahsulotlar yetkazib berish, harbiy texnikani yangilash, kadrlar tayyorlash, birgalikda mashqlar o‘tkazish, koinotni tadqiq etish bo‘yicha davlatlararo dasturlar tuzish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Islom Karimov va Vladimir Putin muloqotni O‘zbekiston va Rossiya rasmiy delegatsiyalari a’zolari ishtirokida o‘tgan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda davom ettirdilar.

Ikki tomonlama munosabatlar barcha sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Rossiya O‘zbekistonning yetakchi iqtisodiy sheriklaridandir. O‘zaro savdo hajmi yildan-yilga oshib, eksport va importning tarkibi kengaymoqda. O‘zbekiston tashqi savdosining qariyb chorak qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. 2005 yildan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yiliga 1 milliard AQSH dollariga ko‘paymoqda. Ilgari ijobiy saldo Rossiya tomonida bo‘lgan esa, 2005 yildan O‘zbekistonga o‘tgani va o‘rtacha 800 million AQSH dollarini tashkil etayotgani diqqatga sazovordir. Albatta, bu ko‘rsatkichga faqat tabiiy gaz yoki paxta tolasi singari xomashyo savdosi evaziga erishilgani yo‘q. So‘nggi yillarda yengil avtomobillar (1,5-2 barobar), poliz mahsulotlari va meva-cheva (5), polietilen (2), tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (1,4-1,5), transformator va transformator podstansiyalari (2), past voltli qurilmalar (1,5) kabi mahsulotlar eksporti, shuningdek, quvurlar (1,5), havo transporti (1,7), sayyohlik (1,4) bo‘yicha va boshqa turdagi xizmatlar hajmi ortyapti.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Rossiyaga mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo sanoati mahsulotlari va plastmassa, rangli va qora metallar (rux, mis, volfram, molibden) hamda ulardan yasalgan buyumlar (kabellar va boshqa o‘tkazgichlar), ishlab chiqarishda ishlatiladigan ko‘plab turdagi texnika vositalarini ham eksport qiladi. Ayni paytda o‘zaro eksport-import qaydnomalarida aks etadigan tovarlar va xizmatlar soni juda ko‘p.

Sarmoyaviy hamkorlik ko‘lami kengaymoqda. Bu xususda “Gazprom”, “Lukoyl”, “Soyuzneftegaz”, “Stroytransgaz”, “Volgaburmash” kabi kompaniyalar bilan hamkorlikda yoqilg‘i-energetika majmui infratuzilmasini rivojlantirish, geologiya-qidiruv, konlarni aniqlash va o‘zlashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash o‘rinlidir. 2007 yilning noyabrida “Lukoyl” kompaniyasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyati hududidagi “Xauzak” gaz koni ishga tushirilgani bu yo‘nalishdagi salmoqli yutuqlardandir.

Sarmoyaviy hamkorlikning rivojini qo‘shma korxonalar soni ortib borayotganidan ham bilish mumkin. Ayni paytda O‘zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan besh yuzdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Ular orasida “Petromaruzgaz” (kimyoviy mahsulotlar), “Vim-Bill-Dan – Toshkent” (sut mahsulotlari), “Baltimor-Chelak” (konserva), “Elimpeks” (to‘qimachilik), “Elektroizolit” (qurilish materiallari), “Ketgut-Silk” (kimyo va farmatsevtika mahsulotlari), “Pallada Vostok” (attorlik buyumlari) kabi korxonalar ayniqsa muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda Rossiyaning 145 firma va kompaniyasi o‘z vakolatxonasini ochgan. Rossiyada esa O‘zbekiston sarmoyadorlari bilan birgalikda tuzilgan uch yuzga yaqin qo‘shma korxona ishlab turibdi.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar gumanitar hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. O‘zbekistonda Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazining (“Roszarubejsentr”) vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ilm-fan va madaniyat namoyandalari hamda jamoat arboblarining tashabbusi bilan 2004 yili Moskvada o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosini targ‘ib qilishni o‘ziga maqsad qilgan “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur jamg‘arma tashabbusi bilan turli ko‘rgazmalar, festivallar, madaniyat kechalari o‘tkazib kelinmoqda. 2006 yili “Ittifoqchilik munosabatlari sharoitida O‘zbekiston va Rossiyaning gumanitar hamkorligi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Gumanitar hamkorlik yo‘nalishida ilm-fan va ta’lim sohalaridagi aloqalar ham ustuvorlik kasb etmoqda. Toshkentda G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiallari faoliyat ko‘rsatayotgani bunga yaqqol misoldir.

Islom Karimov va Vladimir Putin mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holatini yuqori baholadilar. Ayni paytda O‘zbekiston va Rossiya hali iqtisodiy sohada ham, ijtimoiy sohada ham ishga solinmagan ko‘plab imkoniyatlarga ega. Rossiya to‘qimachilik korxonalariga O‘zbekiston paxta tolasini ko‘proq yetkazib berish, Rossiya bozorini saxovatli O‘zbekiston zaminida yetishtirilgan noz-ne’matlar bilan to‘ldirish kabi misollarning o‘zidan bunga ishonch hosil qilish mumkin. Mashinasozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, axborot texnologiyalari, koinot tadqiqotlari kabi sohalar tahlil qilinganda esa imkoniyatlar yanada ko‘p ekanligi yaqqol ayon bo‘ladi.

Hukumat rahbarlariga, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilariga hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud salohiyatni to‘la ishga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan vazifa va topshiriqlar berildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlarining qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi hamda Aviasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2008 yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
Qo‘shma bayonotda tomonlar hamkorlikning hozirgi bosqichidan mamnun ekanligi bayon qilingan. Unda O‘zbekiston va Rossiyaning istiqbolda o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga bo‘lgan xohish-istagi aks ettirilgan. Jumladan, tomonlar savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, gumanitar sohadagi aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olgani qayd etilgan.

Iqtisodiy hamkorlik dasturi ikki mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamini oshirish, ishbilarmonlarning hamkorligini rag‘batlantirish, birgalikda yirik loyihalar tuzish va amalga oshirish, agrosanoat sohasida hamkorlik qilish va tajriba almashish kabi ko‘plab tadbirlarni nazarda tutadi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Islom Karimov va Vladimir Putin muzokaralar ochiqlik, o‘zaro ishonch ruhida, ishchan kayfiyatda o‘tganini ta’kidladilar. Tashrif asnosida erishilgan kelishuvlar, imzolangan hujjatlar O‘zbekiston va Rossiya taraqqiyotiga, ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yanada oshirishga, davlatlarimiz o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

– Aloqalarimiz barqaror sur’at bilan rivojlanmoqda. Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma hamkorlikning yangi qirralarini ochish uchun yaxshi zamin yaratmoqda, – dedi Islom Karimov. – Bugungi muzokaralar o‘zaro munosabatlarni tahlil etish, istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish, ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Vladimir Putin bugungi muzokaralar ikki tomonda ham o‘zaro munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitishga intilish kuchli ekanligini namoyon etganini ta’kidladi.

– O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘lami tobora kengaymoqda. O‘zbekistonga eksportning uchdan bir qismini, O‘zbekistondan importning qariyb yarmini sanoat mahsulotlari tashkil etayotir. Biz O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim strategik sheriklardan deb bilamiz. Bugun qabul qilingan qo‘shma bayonot intilishlarimizning mushtarakligiga bir tasdiqdir, – dedi V.Putin.

Moskva safari asnosida Prezident Islom Karimov “Lukoyl” OAJ prezidenti V.Alekperov va “Rusal” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi O.Deripaskani qabul qildi. Uchrashuvlarda yoqilg‘i-energetika majmui va konchilik borasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi. Ta’kidlash joizki, ushbu tashrif O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning mazmunini yanada boyitib, hamkorlikning yangi qirralarini ochishga xizmat qiladigan natijalar bilan yakunlangani ittifoqchilik tamoyillari mustahkamlanib borayotganidan yana bir dalolatdir.




Web_MasteR
Sana: Shanba, 09-Февраля-2008, 19:19 | Xatlari # 10
Ism:
[WEB]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5062]
Xulqi: +
[651] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Rapper_Asalya, rahmat . siyosatga qiziqasizmi ? hamkorliklar kuchayib bormoqdaku?



Rapper_Asalya
Sana: Shanba, 09-Февраля-2008, 19:45 | Xatlari # 11
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Web Master Siyosatga qiziqaman dib etomiman, shunchaki, O'zbekistonda buvotgan yangiliklar mani juda qiziqtiradi smile



Web_MasteR
Sana: Shanba, 09-Февраля-2008, 20:07 | Xatlari # 12
Ism:
[WEB]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5062]
Xulqi: +
[651] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Rapper_Asalya, aha tushunarli. so'raganim sababi man ham qiziqaman.



TIMUR
Sana: Dushanba, 11-Февраля-2008, 14:45 | Xatlari # 13
Ism:
[Timur Ergashev]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[217]
Xulqi: +
[4] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Rapper_Asalya, iltimos shu uzni yangiligidan ko'ra qiziqarli yangiliklarni qo'ying iltimos. bu yangiliklarni har doim tvda ko'raverib ko'ngil ham aynib ketdi. (uzr qo'pol chiqgan bo'lsa)



Nima qilmoq kerak ezilib yashamaslik uchun!
Rapper_Asalya
Sana: Dushanba, 11-Февраля-2008, 15:55 | Xatlari # 14
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (TIMUR)
Rapper_Asalya, iltimos shu uzni yangiligidan ko'ra qiziqarli yangiliklarni qo'ying iltimos. bu yangiliklarni har doim tvda ko'raverib ko'ngil ham aynib ketdi. (uzr qo'pol chiqgan bo'lsa)

Bilasizmi Timur balkim siz har kuni tilvizorda ko'rvotgandirsiz, lekin man va ba'zi bir isonlar buni tv. da ko'romimiza, chunki bizar O'zbekistonda emas. Agar hozir mani tv. da shu yangiliklar ko'rsatganida man juda hursan bo'lardim.

PS. Gapiz uchun happa bo'ganimiz yoq.

Hurmat bilan Rappar_Asalya



Rapper_Asalya
Sana: Dushanba, 11-Февраля-2008, 16:00 | Xatlari # 15
Ism:
[Rapper_Asalya]
Maqomi:
[Super Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[4910]
Xulqi: +
[261] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

TIMUR Etgancha agar sizda qiziqarli habarlaringiz bo'lsa bemalol joylashtirishingiz mumkin . Marhaman biggrin



-:-O'zbekona Forum-:- » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandalik, Xabarlar, Fan va Ta'lim » Foydali Xabarlar » <Yurtimiz va horijda ro'y bergan eng so'ngi YANGILIKLAR!> (Yangiliklar)
  • Страница 1 из 32
  • 1
  • 2
  • 3
  • 31
  • 32
  • »
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024