|
|
Ko'zlaringizni asrang
| | | | Sana: Payshanba, 31-Июля-2008, 18:03 | Xatlari # 1 |
Ism:
| [r.a.k]
| Maqomi:
| [Forum Moderator]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [9073]
| Xulqi: +
| [530] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Televizor yoki kompyuter ekranidan chiqayotgan sun`iy nur bizning ko`zimizga zararli ta`sir etadi. Televizor, kompyuter oldida ko`p vaqtini o`tkazadigan kishilarga fransuz oftalmologi Marsel Menu o`z tavsiyalarini bermoqda. Aniqlanishicha ichki his tuyg`ular ham ko`rish faoliyatimizga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmas ekan. Ruhiy ta`sir qilish orqali ham ko`rishimizni biroz yaxshilash mumkin. Masalan, "Men juda yaxshi ko`ryapman", deb o`ylashning o`zi ham bu faoliyatni ma`lum darajada kuchaytiradi. Uzoqni ko`ra olmaslik sababi ko`p hollarda bolalikdagi ruhiy buzilish bo`lishi aniqlangan. Ruhiy ta`sirlar ko`z mushaklariga ta`sir o`tkazadi. "Bundan qanday qutulish mumkin?", deb o`ylayotgan bo`lsangiz, bu qiyin va o`z navbatida amalga oshirib bo`ladigan ishdir. Amerikalik oftalmolog Beytsning aytishicha, uning patsiyent (mijoz)larining asosiy qismi ko`z mushaklarining ruhiy ta`sirlanishi bilan kasallangan. U kun davomida bir necha bora ko`zlarni kaft bilan yopib, mashq qilishni tavsiya qilgan. Chunki, kaft markazi qorachiq markazi qarshisida joylashgan. Televizor yoki kompyuter qarshisda uzoq vaqt o`tkazadigan kishining ko`zlari uzluksiz nurlardan charchaydi. Odatda, biz ko`zlarimizni bir daqiqada 20 martagacha ochib-yopamiz. Bunda ko`zlar ko`z yoshi bilan namlanib, shox parda namligi saqlanib turadi. Ekranga qarab o`tirganda ko`zni ochib-yopish deyarli uch barobar kam bo`ladi va ko`zimiz "qurib" qoladi. Keyin esa qichishish hissi paydo bo`ladi. Bu holatda eng yaxshi yordam beradigan narsa - ko`zlarni sun`iy namlashdir. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: - 30 soniya ko`zingizni tez-tez ochib, yoping. Shuncha vaqt oldinga qarab turing. Bu amalni uch bora takrorlang. - Ko`zingizni yuming va ko`z olmasini chap-yuqori-o`ng-pastga yo`nalishida to`rt marotaba harakatlantiring. - Ko`zingizni yuming va pastga-yuqoriga harakatlantiring. Bu mashqni 8 marta bajaring. - Ko`zni qattiq yoping va zudlik bilan oching. Bu hoaltni besh marta takrorlang. Kompyuter ekrani ko`z kasalliklarini qo`zg`atmaydi. Lekin, u ko`zdagi kichik defektlarni ham yuzaga chiqarishi mumkin. Yaqinni ko`ra olmaydigan, astigmatizm bilan og`rigan kishilar, uzoqni ko`ra olmaydigan kishilarga nisbatan kompyuter oldida tez toliqishadi. Ularda ko`zining tez charchashining sababi ikki hil xarakterga ega ko`z olmalarini bir nuqtaga jamlash uchun ko`proq energiya sarflashdir. Ko`zlarni moslashtirish jarayonida bosh og`rishi kuzatilishi ham mumkin. Kompyuterda 3-4 soat ishlagandan so`ng, ko`zlarga dam berish kerak. Kompyuter turgan xona juda yorug` yoki aksincha, qorong`u bo`lmasligi lozim. Yorug`lik manbai ekranga soya tushadigan bo`lmasin. Ko`zingizga qo`l ostingizdagi narsalar bilan yordam bering. Ko`zga tinchlantiruvchi va tozalovchi kompress: Kartoshkani parrak qilib kesing va ular yordamida qovoqlaringizni berkiting. barcha narsalarni unutib, besh daqiqa dam oling. So`ng kartoshkani olib tashlashingiz mumkin. Ko`z charchashini kamaytirish usuli: Ko`zingizni bir necha marta sovuq suv bilan chayqab tashlang. Qovoqlarni barmoqlar yordamida bosing, bir necha daqiqa shunday o`tiring. Bu vaqtda hech narsa haqida o`ylamaslikka harakat qiling. Tozalovchi kompress: Har kuni achchiq choy bilan ko`zlarni yuvish yaxshi foyda beradi. Bunda ko`z nafaqat dam oladi, balki, u yorqinlashadi hamda ajinlar kamayadi. Vitaminlar ham sizning ko`zingizga yaxshi foyda beradi. Birnchi navbatda ko`z uchun A vitamin zarur. Uning yetishmovchiligi ko`zlarning tez charchashiga sabab bo`ladi. Ertalab qovoqlarning shishganligi aynan shu vitamin yetishmovchiligini ilk belgilaridan sanaladi. Bu vitamin sut mahsulotlari, tuxum, jigar va baliq yog`ida ko`p miqdorda bo`ladi. Agar ko`zingiz quruq va ta`sirchan bo`lib qolgan bo`lsa, sizga B guruh vitaminlari yetishmayotganligi haqida o`ylash mumkin. Bu vitaminlar qo`ziqorinlar, dukkakli mahsulotlar, banan, sabzida ko`p bo`ladi. Sitrus mevalar, qora smorodina, kartoshka, petrushkada ko`p bo`ladigan S vitamini sababli ko`z mushaklari harakatchanligi ta`minlanadi va erta qarishining oldi olinadi. Tekshiruvlardan ma`lum bo`lishicha, katarakta va ko`z mushaklarining qarilik degradatsiyasi (ko`z mushaklari quvvatsizligi) ni S, E vitaminlari, antioksidantlar, seleln, magniy, ruxga boy mahsulotlar iste`moli orqali kamaytirish mumkin. Albatta, faqatgina vitaminlar yordamida ko`zni to`liq davolab bo`lmaydi. Shu bilan bir qatorda hayot tarzini yaxshilashga ham e`tibor berish kerak. Ko`zning eng katta "dushmani" qatorini - chekish, tik tushgan quyosh nurlari, kam uyqu, tananing suvsizlanishi tashkil qiladi. Aynan shu narsalarga e`tibor ham ko`zlaringizni charog`onligini ta`minlaydi.
|
Умей пережить ту минуту, когда кажется, что все уже кончилось....
Izox O'zgartirildi AmirXon - Payshanba, 31-Июля-2008, 18:05 | |
|
| | | Sana: Payshanba, 31-Июля-2008, 18:28 | Xatlari # 2 |
Ism:
| [Zumar Xo'janov]
| Maqomi:
| [Mr. Forum]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [3003]
| Xulqi: +
| [163] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Великобритания]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| AmirXon, Juda xam kerakli ma'lumot! Raxmat sizga!
| |
|
| | | Sana: Payshanba, 31-Июля-2008, 18:34 | Xatlari # 3 |
Ism:
| [r.a.k]
| Maqomi:
| [Forum Moderator]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [9073]
| Xulqi: +
| [530] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Liveinternet, azimaydi!
Умей пережить ту минуту, когда кажется, что все уже кончилось.... | |
|
| | | Sana: Juma, 01-Августа-2008, 02:16 | Xatlari # 4 |
Ism:
| [tolibjon]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [482]
| Xulqi: +
| [27] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Корея]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| rahmar AMIRXON men shu narsani izlab yurgan edim,juda zo'r bo'ldi ofarin
OLLOH madadkor bo'lsin | |
|
| | | Sana: Juma, 01-Августа-2008, 10:16 | Xatlari # 5 |
Ism:
| [r.a.k]
| Maqomi:
| [Forum Moderator]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [9073]
| Xulqi: +
| [530] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Quote (ataman0070) rahmar AMIRXON men shu narsani izlab yurgan edim,juda zo'r bo'ldi ofarin arzimaydi
Умей пережить ту минуту, когда кажется, что все уже кончилось.... | |
|
| | | Sana: Seshanba, 26-Августа-2008, 03:39 | Xatlari # 6 |
Ism:
| [Jamshid]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Ashaddiy Forumchi]
| Postlari:
| [1652]
| Xulqi: +
| [40] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| AmirXon, razmat! Zor ma'lumotlar uchun!
*** The greatest thing you'll ever learn Is just to love and be loved in return *** | |
|
| | | Sana: Yakshanba, 28-Сентября-2008, 17:47 | Xatlari # 7 |
Ism:
| [sultan]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [10067]
| Xulqi: +
| [492] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| baraka toping
| |
|
| | | Sana: Chorshanba, 01-Октября-2008, 15:32 | Xatlari # 8 |
Ism:
| [Noz]
| Maqomi:
| [Miss Forum]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [21638]
| Xulqi: +
| [1100] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| AmirXon, rosaliyam foydali ma'lumot uchun rahmat,sog' bo'ling
| |
|
| | | Sana: Chorshanba, 01-Октября-2008, 17:13 | Xatlari # 9 |
Ism:
| [YaYa]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [0]
| Xulqi: +
| [0] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Эквадор]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| AmirXon, VOY ROSA KERAKLI INFO EKAN, RAHMAT! YAXSHILAB O'RGANIB CHIQAMAN. | |
|
| | | Sana: Dushanba, 28-Сентября-2009, 16:07 | Xatlari # 10 |
Ism:
| [М.Мастер]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [10641]
| Xulqi: +
| [1344] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| AmirXon, rahmat aka manam bilib oldim endi | |
|
|
|