Qarindoshdan QIZ OLMANG!
| | | Sana: Chorshanba, 08-Апреля-2009, 19:08 | Xatlari # 1 |
Ism:
| [sultanchik]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [407]
| Xulqi: +
| [59] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Farzandingiz ulg'ayib qoldi. Uning «boshini ikkita qilib qo'yish» maqsadida kelin yoki kuyov izlashga tushasiz. Bu ishga tanish-bilishlar, qarindosh-urug'lar ham bosh qo'shadi, turli maslahatlar beradi. Siz uchun eng muhimi oilangizga mos va ishonchli nomzodni topish. Bordiyu o'sha nomzod «o'zingiznikilar» ichidan topilib qolsa bormi, boshingiz osmonga etishi turgan gap. Asta-sekin farzandingizni avray boshlaysiz: «Saodat xolangning qizidan yaxshisi yo'q, o'zing ham bolaligingdan beri taniysan. Chiroyli, ishchan, eng muhimi ishonchli - opamning bolasi» yoki «Dadang seni ammangning o'g'liga uzatmoqchi. Axir Farrux bolaligingda qulog'ingdan tishlab qo'ygan. Shundayoq hammasi hal bo'lgan, boshqa yigitga turmushga chiqishni xayolingga ham keltirma, dadang bunga yo'l qo'ymasligini yaxshi bilasan...» Xullas, shunga o'xshash gaplar. Ammo bilib qo'yingki, ikki qarindosh o'rtasidagi nikoh butun oilaning baxtsizligiga sabab bo'lishi mumkin. Afsuski, mamlakatimizda reproduktiv salomatlik bo'yicha keng targ'ibot ishlari olib borilayotganiga qaramay, qarindoshlarning quda-anda bo'lishi hamon uchrab turibdi. Qarindoshlik nikohi sabablari hamda oqibatlari xususida maqola tayyorlash maqsadida Namangan viloyatida bo'lib, bir qancha odamlar bilan suhbatlashdik. O'ylaymizki, ushbu maqola farzandini yaqin qarindoshiga unashtirmoqchi bo'lgan ota-onalar uchun saboq bo'ladi, o'g'il-qizlari taqdirini hal qilishdan oldin to'g'ri mushohada qilishga chorlaydi. Birinchi HODISA Kelinning otasi: - Qizim qaynimga kelin bo'lgan, ya'ni tog'asining o'g'liga turmushga chiqqan. Bobomiz: «Farzandingni Mansurjon o'g'¬limizga berasan», deb vasiyat qilganlar. Ular o'tib ketgandan keyin gaplarini ikki qilmadik. Kelin: - Ota-onamning ra'yiga qarshilik qilmadim, qolaversa, tog'amning o'g'li esli-hushliligi, ichmasligi, chekmasligini hisobga olib, to'yga rozi bo'lganman. Oradan ikki yil o'tib, o'g'il¬li bo'ldik. Lekin farzandim chala tug'ildi. Hozir ikki yoshga to'lganu, haligacha yaxshi harakat qilolmaydi, boshini ham yaxshi tutolmaydi. Shifokorlarga ko'rsatsak, qarindoshchilik nikohining oqibati, de¬yishdi. O'nglanib ketar, degan umidda har 3 oyda muolaja oldirayapmiz. To'ydan oldin tibbiy ko'rikdan o'tayotganimizda shifokorlar «qarindosh emasmisizlar?» deb so'rashgandi. Bir-birimizga etti yot, begonamiz, deb ular¬ni aldaganmiz. Endi esa afsus qi¬laman, balki rostini aytganimda, hech bo'lmasa do'xtirlar ota-onalarimiz xohishiga qarshi bora olisharmidi. Farzandimni ko'rib ezilib ketaman, o'zimni uning oldida juda aybdor sezaman. Bolam tengilar allaqachon yurib ketgan, yuragim siqiladi, bu nega yurmaydi, deb. Qarindoshchilik nikohi oqibati bunaqa bo'lishini bilmagan ekanman, yoshlik qilganman. Agar bilganimda edi, o'z taqdirim, kelajagim yaxshi bo'lishi, sog'lom farzandlarga ona bo'lishim uchun ota-onamga qarshilik qila olgan bo'lardim. Endi hamma umidimiz Xudodan. Kelinning otasi: - Qarindoshlar o'rtasidagi nikoh yaxshi emasligini qachonlardir eshitgandim. Lekin xotinim ham, men ham bunchalik bo'lishini o'ylamaganmiz. Biz oddiy odamlar bo'lsak, faqat o'tib ketgan bobomiz ruhini shod qilishni o'ylab, qizimizni uzatib yuboraverganmiz. Ammo qaynim-qudamiz lor bo'lib ishlaydi. Shifokor bo'lgani uchun qa¬rindoshchilik nikohidan nogiron bolalar tug'ilishi mumkinligi haqida bilgan, deb o'ylayman. Bilsa-da bunga befarq qaragan, bizga bu haqda gap ochganida edi, qizimizni o'g'liga bermagan bo'larmidik... Ikkinchi HODISA Kelin: - Men xolamning o'g'liga turmushga chiqqanman. Hozir uchta farzandimiz bor, ikki o'g'il va bir qiz. Eng kattasi yaqinda maktabga chiqadi. Er-xotin qarindosh bo'lsak-da, Xudoga shukur, bolalarimiz sog'lom, yaxshi rivojlanyapti. Menimcha, hammasi Xudodan. Mutaxassis fikri Hakimboy MO'MINOV, shifokor - Qarindoshlar nikohidan 100 foiz nogiron bola tug'iladi, deb bo'lmaydi, albatta. Ikki qarindosh nikohidan sog'¬lom bolalar tug'ilishi mumkin, lekin bunda genlar hali kasallik belgilarini takrorlashga ulgurmagan bo'ladi. Ikkinchi avlod bolalarida qarindosh bo'lib turmush qurgan bobo va buvisining geniga xos bo'lgan kasallik albatta yuzaga keladi. Yoki ulardan keyingi avlodda bu holatni kuzatish mumkin. Masalaning yana boshqa tomoni bor. Aytaylik, ikkita qarindosh oila qu¬rib, bir nechta farzandli bo'lishdi. Biroq ular o'rta maktabni yaxshi bitirolmasa, oliy o'quv yurtlariga ki¬ra olmasa, birorta aqliy qobiliyatini namoyon qilolmasa, bu haqda ham chu¬qur o'ylab ko'rish kerak bo'ladi. «Farzandimizning qo'l-oyog'i butun, jis¬monan sog'lom, do'xtirlarning qa¬rin¬doshlar nikohidan nogiron bola tug'iladi degan gapi bekor gap», deguvchilar qattiq adashadilar. Bizning sharoitimizda farzandlarning boshini qovushtirishda ko'proq ota-onalar tashabbuskor bo'lishadi. Shuning uchun ular qarindoshlar nikohi oqibatlariga nisbatan ongli munosabatda bo'lishlari, qiz tanlashda, kuyov tanlashda buni hisobga olishlari kerak. Tajribam davomida qarindoshchilik nikohidan tug'ilgan esi past, nogiron bolalarni juda ko'p ko'rganman. Mana shu bolalarga qarash, ota sifatida, ona sifatida ularning taqdiri haqida o'ylash va qayg'urishdan fojealiroq narsaning o'zi bo'lmasa kerak. Shuning uchun o'z navbatida turmush bo'sag'asidagi har bir yigit-qiz ham o'zining hayoti, taqdiri uchun mas'ul bo'lishi, bunday bilim va ma'lumotlarni bilishi shart. Bilmasa, adashadi. Keyin birovni ayblashga haqqi yo'q, bundan hech naf chiqmaydi, vaqtni ham orqaga qaytarib bo'lmaydi.
|
| |
|
| | Sana: Chorshanba, 08-Апреля-2009, 19:11 | Xatlari # 2 |
Ism:
| [NeLLi]
| Maqomi:
| [Miss Forum]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [17142]
| Xulqi: +
| [1793] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Нидерланды]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| hali uqimadimu ,lekin sarlavhaga asosan bu narsaga qoshilaman.
| |
|
| | Sana: Chorshanba, 08-Апреля-2009, 22:33 | Xatlari # 3 |
Ism:
| [UyGuRKa]
| Maqomi:
| [Miss Forum]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [34081]
| Xulqi: +
| [2672] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Нидерланды]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| To'gri qarindoshdan qiz olib bo'lmaydi. Misol uchun sizlarga bir bo'lgan voqeani aytib beraman. Mani dodamla'o'zini ukasini o'gliga qizini berganlar. Yani holamni o'zini amakisiga kelin qilib berganlar. To' ydan keyin birin ketin 3 bolasi olamdan o'tdi. Ahiri kottalar buni alomati yahshi emas, kelinglar ajrashtirib yuboramiz deb ularni ajrashtirib yuborishgan. Oradan 1 yil o'tgach, er hotin o'zlari nima bo'lsa bo'lar, hammasiga rozimiz buni taqdir deydila deb yana yarashib olishgan.Keyin qiz farzandli bo'lishdi, unga Tursinoy deb ism berishdi.Uni orqasidan yana 2 qiz va 2 o'gil, jami 5 farzandlik bo'lishdi.Hozirda kotta qizlari turmushga chiqib farzandlik bo'ldi. Hullas hammada qarindoshdan qiz olib qarindoshga qiz berish manimcha yahshi ish emas deb o'ylayman.
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. | |
|
| | Sana: Chorshanba, 08-Апреля-2009, 23:46 | Xatlari # 4 |
Ism:
| [Zuhraa]
| Maqomi:
| [Forum Moderator]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [4500]
| Xulqi: +
| [263] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Toshkentda turganimda, qo'shnim bo'lardi. Qo'shnim o'zini o'g'lini, o'zini rodnoy jiyaniga uylantirdilar. Keyin dvoyurodniy aka singillar 2ta o'g'illi bo'lishdi. Lekin yomon tomoni shundaki, o'g'illari kasal sifat, hunuk tug'ilishdi. Shunga manam qarindosh bilan turmush qurmagan ma'qul degan fikrga qo'shilaman.
Женщина произошла из ребра мужчины. Не из ноги, чтобы быть униженной. Не из головы чтобы превосходить. Но из бока, чтобы быть бок о бок с мужчиной, Чтобы быть равной с ним. Из под руки, чтобы быть защищенной. И со стороны сердца, чтобы быть любимой! | |
|
| | Sana: Chorshanba, 08-Апреля-2009, 23:51 | Xatlari # 5 |
Ism:
| [r.a.k]
| Maqomi:
| [Forum Moderator]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [9073]
| Xulqi: +
| [530] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| nima bo'gandayam hammasi xudodan, mani 2ta amam bir birlari bilan quda bo'lishgan ko'z tegmasin xudoga shukur 2ta farzandlari bor yaxshi yurishibti...........
Умей пережить ту минуту, когда кажется, что все уже кончилось....
Izox O'zgartirildi AmirXon - Chorshanba, 08-Апреля-2009, 23:51 | |
|
| | Sana: Payshanba, 09-Апреля-2009, 07:48 | Xatlari # 6 |
Ism:
| [sultanchik]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [407]
| Xulqi: +
| [59] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| AmirXon, Bo'li mumkin xar narsa aytganingizday xammasi Olloxgan. Lekin bir narsa tibbiyotda ginetika degan fan bor shunda daminant va resisiv degan tushincha bor. shunda agar kasallik yoki qarindoshlik bir biriga tusg'ri kelsa Urodstva yani nogironlik keltirib chiqaradi. bu 50 ga 50 shunga kura yaxshisi qiz olmas kerak. misol mani xolalarim quda bo'lishgan lekin xammasi joyida. Ammo bir narsa bu birinchi avlod yoki ikkinchi avlodda yuzaga chiqmasa albatta keyingilrida chiqadi
| |
|
| | Sana: Payshanba, 09-Апреля-2009, 21:20 | Xatlari # 7 |
Ism:
| [BEK]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [5111]
| Xulqi: +
| [271] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Российская Федерация]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Quote (sultan) bu 50 ga 50 shunga kura yaxshisi qiz olmas kerak. HA FIKRINGIZ VA TIBBIYOTNI FIKRI TO'GRI. OTA TOMONDAN QARINDOSH BO'LGAN, YANI AMAKIVACHCHALAR TURMUSH QURISHLARI MUMKIN EMAS. LEKIN HOLAVACHCHALAR TURMUSH QURSA BO'LAVERSA KERAK VALLOHUA'LAM.
| |
|
| | Sana: Shanba, 11-Апреля-2009, 17:29 | Xatlari # 8 |
Ism:
| [sultanchik]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [407]
| Xulqi: +
| [59] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| UMMAT, bu xam to'g'ri. chunki ota tomon domenant kuproq buladi.
| |
|
| | Sana: Dushanba, 13-Апреля-2009, 12:17 | Xatlari # 9 |
Ism:
| [salsabilahon]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Ashaddiy Forumchi]
| Postlari:
| [2454]
| Xulqi: +
| [197] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| manam qoshilaman begana yahshi ming marta
| |
|
| | Sana: Dushanba, 13-Апреля-2009, 17:45 | Xatlari # 10 |
Ism:
| [salsabilahon]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Ashaddiy Forumchi]
| Postlari:
| [2454]
| Xulqi: +
| [197] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| ╭☆ElkaToyCaCa☆╯, balkim siz etgande kasal pasal bolishi mumkin begana lekin paygambarimiz s a v turmushda begona afzal deganla .
| |
|
| | Sana: Dushanba, 13-Апреля-2009, 18:58 | Xatlari # 11 |
Ism:
| [Ca Ca]
| Maqomi:
| [Miss Forum]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [575]
| Xulqi: +
| [780] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Quote (salsabil) ╭☆ElkaToyCaCa☆╯, balkim siz etgande kasal pasal bolishi mumkin man etmadim, o'zbechilida bo'gan gap bu  | |
|
| | Sana: Yakshanba, 01-Ноября-2009, 22:15 | Xatlari # 12 |
Ism:
| [Rayyona]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [54]
| Xulqi: +
| [20] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| MANIMCHA HAM BEGANA AFZALROQ QARINDOSHLIK RISHTALARIGA HAM ZARAR YETMIYDI DEB U`YLIMAN YANA VALLOHU ALAM | |
|
|
|