Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa  
GO'ZALLIKNI SIRI NIMADA?
Adiraf
Sana: Juma, 08-Октября-2010, 11:04 | Xatlari # 1
Ism:
[Muhlisa]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1067]
Xulqi: +
[746] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

GO'ZALLIKNI SIRI NIMADA?

Hamma tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘uradi, chunki ko‘pchilik tashqi ko‘rinishga qarab baho beriladi, deb o‘ylaydi. Ruhshunoslarning ta’kidlashicha esa qancha ko‘p ko‘zguga tikilsak, shuncha odamlarni o‘zimizdan itaramiz. Ko‘rinishiga qattiq e’tibor bermaydigan odam eng go‘zal insondir. Ruhshunoslar g‘alati bir tajriba o‘tkazishdi. Bir guruh ayol va erkaklarni matematika bo‘yicha imtihon qilishdi. Ularga bir xil libos kiydirilganda, natijalar teng bo‘lgan.
Erkaklarni yarashmagan kiyimda yana bir bor imtihon qilishganda esa ularning butun fikri tashqi ko‘rinishida bo‘lganligi sababli ko‘p xato qilishgan. Ushbu maslahatlarga amal qilsangiz, go‘zallik sizning doimiy do‘stingizga aylanadi:
O‘zingizni go‘zallar bilan taqqoslamang. Shu vaqtgacha o‘zingizni boshqalar bilan solishtirib, hech qanday natijaga erisholmaganingizni tan oling. Ular tabiatning sizga o‘xshash bir noyob san’at asari.
Boshqalar sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang. Agar yaqinlaringiz yo do‘stingiz sizni chiroyli emassan, deb ishontirsa, boshingizni qotirib o‘tirmang. Bu sizni boshqarish va hayotingizga aralashishning eng oson va o‘ta tuban yo‘lidir.
Hadeb o‘zingiz haqda o‘ylayvermang. Bu sizni o‘ta shafqatsiz qilib qo‘yadi. Atrofingizdagilarga e’tibor bering, ularga ham qiziqib ko‘ring. Do‘stlaringiz bilan uchrashing, ko‘proq odamlar bilan bo‘ling, shunda haqiqatda o‘xshashi yo‘q ekaningizni anglaysiz.
Tana bir vositadir. Undan yurish, raqsga tushish, ishlash uchun foydalansa bo‘ladi. Sport bilan shug‘ullaning, suzishga qatnang, foydali mahsulotlarni iste’mol qiling. Albatta, natijasini sezasiz.
Ichki kosmetikadan foydalaning. Bema’ni xavotirlar, lug‘atingizdagi "semiz”, "ozg‘in”, "xunuk” so‘zlaridan xalos bo‘ling. Ko‘rinishingizdan tashqari bir dunyo fazilatlaringiz borligini unutmang.
Hamma uchun samimiy bo‘ling. Ochiq ko‘ngilli ekaningiz ham kiyimingiz, ham o‘zingizni tutishingizdan bilinib tursin. Moda orqasidan quvish sizni battar odamlardan itaradi.
Chiroy baxtli qilmaydi. Go‘zallar siz o‘ylagandek baxtli bo‘lavermaydi. Yaxshilikka ishonish va intilish, odamlar bilan mustahkam aloqa qilish insonni chinakam baxtli qiladi.
Ijtimoiy so‘rovlarning ko‘rsatishicha, baxtli odam — bu har narsaning yaxshi tomonini ko‘ra oladigan odamdir. Qiyofangiz ichki go‘zalligingizning aksi ekanini unutmang. Ichki ziyo va qalb harorati go‘zallikning asl ismidir.



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024