Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa, Andi_JoN  
-:-O'zbekona Forum-:- » Umumiy Bo'limlar » Ko'ngil ochar » Yuraklar Larzada (shaxsiy ijod na'munalari)
Yuraklar Larzada
sultan
Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 10:14 | Xatlari # 1
Ism:
[sultanchik]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[407]
Xulqi: +
[59] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Kamalov Sultonhuja 2008 yil Andijon sh.www.kamolov.ucoz.ru

Men sizni sog’indim.
Ha, sizni sog’indim! Yaxshiki, qalbimda bosh ko’targan bu tuyg’u muddaosidan hali u qadar bohabar emasman. Ammo uni sevgi huruji deya juda olisdan-da, tan olmoqqa qo’rqaman. Men sizning zuluqdan qop - qora qoshlaringizni, tunni lol qoldiruvchi sochlaringizni, sutga chayilganday oppoq yuzingizni emas, hayo sayqal berib, imon suvida yuvilgan tiniq chehrangizni qumsayotgandayman.
Bilasizmi, maysa yaprog’idagi shudringning to’kilishi uchun tong chog’i erkalangan subh sabosining ojiz eskani kifoya. Nazarimda, yuragimni simmillatgan og’riq dardi ham o’sha maysa bargidagi tomchiday omonat va hadikli. Hadiklisi shundaki, uning bag’rida vujudni oziqlantiruvchi ishq niholi nish urmog’i havfi bor. Ammo bu behosiyat, bemaqsad istakning qad rostlashiga imkon berish dil farog’ati va sokinligiga rahna solish bilan barobardir.
Go’zallik hamisha ehtiyojga muhtoj. Sizdagi joziba va nafosat ehtimolki o’z tafakkuriga kuchi yetmaydiganlarni tuyqus qalqitar, haq fikrdan chalg’itar. Komillar esa yuzingizni hijob kabi o’ragan hayo pardasi-yu, imon nurini sezmasligi mumkin emas.
Men sizni sog’indim! Siz aslida siz emas. Sizning timsolingiz sizdan-da ofiyatli, sizdan-da ziynatli. Buni anglamoq osonmas. Buni faqat qalb ko’zi ila ko’rishga qodir insonlar sezurlar. Inchunin, men sizdagi ibo, iffat va beg’uborlikka tashnaman.
Tashnalik - sabrni qaqshatuvchi sezgi. Bu sezgining ko’zi ko’r. Unga sarbon kerak, posbon kerak, qanoat kerak. Ammo tashnalik vaqtida qondirilmasa telbalikka aylanur. Telba uchun ikki dunyo bir odim. Yana bilingki, boylikka, amalga, shohlikka tashnalik ortidan ortadigan telbalikdan ishq azobidan keladigan Majnunlik azoblidir, og’riqlidir.
Men sizni sog’indim!
Sizning beg’ubor yuzingizga boqmoqlik ibodat taftini berayotganday. Ovozingizda ona allasi kabi buyuk taskin zohir. Nigohingiz bemorni oyoqqa turg’azishga qodir. Siz suhbatdoshga mehr ulashasiz, qalbingizdan sachragan uchqun o’zga qalbni yondirmog’i, adoi-tamom qilmog’i mumkinligini hatto tasavvur ham qilolmaysiz. Chunki, siz shunday yaralgansiz.
Nazokatli ayolsiz, ehtimolki, zebigardonlarga ko’nglingiz sust ketar. Shu vajdan oltinu zar do’konlariga kirgandirsiz. Bilasizmi, peshtaxtada ko’zingizni qamashtiruvchi taqinchoqning haridori kam. Nega shunday, nega asl toshlar ostga cho’kib, soxtalari sotilar? Chunki, asl ashyo kamyobdir, kamyob durning asl egasi ham sanoqli. Oltin egasini topsagina qadrlanur. Aks holda sotilib, javonda saqlanishidan ne naf?
Bokira ayol ham – qo’l tegmagan javohir kabi sadoqatli yorini uzoq kutishga majbur. Bu yorug’ olamda bitta giyohning, xas – cho’pning ham yaratilishida katta ma’no bor. Agar u keraksiz bo’lsa – yaratilmasdi. Yaratilibdimi, kurrai zaminning qay bir burchagida egasi ham, haridori ham kutib yashayapti. Taqdirida yozilgan-ki, o’z juftini topgay. Qarama – qarshi yo’nalishdagi yo’lovchi yo’ldosh bo’lolmagani kabi, aqlliga aqlsiz, do’stga dushman, donoga nodon yorlikka yaramaydi.
Qarang, fikrlar selday yog’iladi, tafakkur tutqich bermaydi, ammo baribir sog’inch olovi pasaymaydi. Men sizni sog’indim. Nega, deb o’ylaysiz chog’i? Koshki bu so’roq javobini o’zim topolsam. Topganim shuki, bir suhbat barobarida maqomingizni angladim. Odamlar yong’oqning po’stiga qarab baholaydilar, mag’zi va mazasini surishtirmaydilar. Yong’oqning po’sti bu shunchaki – sirt, sirtdan hamma narsa chiroyli va diltortar. Diltortar-u, biroq shubhali. Har bir yaltiroq tosh yoqut emas-ku. Har bir yoqimtoy qiz qalbi g’uborsiz deb kim aytadi? Men esa o’z baxtimdanmi va yoki navbatdagi baxtsizligimdanmi sizning siyratingizni uqib oldim. Bu jarayon darhol emas, o’sha suhbatdan so’ng ancha o’tgach, asta – sekin bilindi. Yurak – yurak-da, darrov ko’krak nafasini buzmoqqa chog’landi. Aql – aql-da, yurakka qo’l soldi. Holatimni anglatmoqqa urindi. Dediki, “O’zga bir qalbni fath etishga jur’at etibsan-u, bu charog’on go’shaga musofirlar qo’yilishi yoki qo’yilmasligini nega o’ylab ko’rmading? Nahotki, daydi va aldoqchi hayollar qanotiga minish hatarini bilmading? Osmondagi oyni yoqtiruvchilar kammi yoki o’zing uning jamoliga oshufta emasmisan? Biroq hech qachon uni qo’yningda ko’rmoqni orzulamaysan-ku? Hozirgi holatingni shunga qiyoslayver. O’z holini bilmaganning ahvoliga voy… Yaxshisi, siyohi qurimagan maktubingga chiziq tort, yuragingda uyg’onayotgan sarobiy umidlarni parchala, yerga tush, hayol bilan hayot oralig’ida sargardon yurma, shayx San’on boshiga tushgan savdoni sotib olma, illo sening shayxniki kabi oqil muridlaring yo’q… ”
Men sizni sog’indim. Aql tarozusi bilan his – tuyg’uni o’lchab bo’lurmi? Tuyg’ular oddiy loymidi qolipga tushsa. Kim nima desa, deyaversin, menga aql o’rgatmoqchilarni ahmoqqa chiqarurman, ko’ngilni jilovlash mumkin, deguvchilar ustidan handon otib kulurman, esingni yig’, deya dag’dag’a qiluvchilar og’zini yopurman, illo sizni sog’inishdan charchamasman. Qo’lim oyga yetmasligini bilsam – da, sarobga sahovat yo’qligini anglasam – da, orzulardan yasalgan parivashligingizga ishonsam – da, yo’limdan qaytmayman.





Izox O'zgartirildi sultan - Yakshanba, 20-Января-2008, 10:16
Amatullah
Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 12:26 | Xatlari # 2
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

sultan, applause :'( sad qoil lekin.. chiroyli sozla ekan



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
sultan
Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 14:46 | Xatlari # 3
Ism:
[sultanchik]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[407]
Xulqi: +
[59] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Solihabonu, sizdayam bormi berin



Amatullah
Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 17:00 | Xatlari # 4
Ism:
[Amatulloh]
Maqomi:
[Smotritel Forum]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1485]
Xulqi: +
[123] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

sultan, hmm hozricha yo bosa qoyaman biggrin



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Umar Hayyom...
supper_boy
Sana: Dushanba, 21-Января-2008, 00:07 | Xatlari # 5
Ism:
[supper_ boy]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[956]
Xulqi: +
[13] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Великобритания]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

sultan, zo'r Andijondanmisiz men ham smile

sultan
Sana: Dushanba, 21-Января-2008, 15:05 | Xatlari # 6
Ism:
[sultanchik]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[407]
Xulqi: +
[59] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

supper_boy, xa xa ANDIJONDAMAN xozir MED INS da uqiman
tepadagi Shaxsiy xat(0) ga qaren telemi beraman tel qilin



Cudi
Sana: Dushanba, 21-Января-2008, 17:23 | Xatlari # 7
Ism:
[Not]
Maqomi:
[Forum Administrator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[2402]
Xulqi: +
[108] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Dunyo dedik dunyo dedik dunyo meniki deganni janozasiga keldik

akmal
Sana: Dushanba, 28-Января-2008, 23:30 | Xatlari # 8
Ism:
[Akmalbek]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[200]
Xulqi: +
[32] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

sultan, raxmat ajoyib ekan, oldin ham o'qigandim. raxmat



Xayot judayam qiziq!
Cudi
Sana: Seshanba, 29-Января-2008, 16:26 | Xatlari # 9
Ism:
[Not]
Maqomi:
[Forum Administrator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[2402]
Xulqi: +
[108] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Muhammad, sad haa o`rtoq zo`r yozibman rahmat smile happy biggrin

Zorro_x
Sana: Shanba, 21-Июня-2008, 16:53 | Xatlari # 10
Ism:
[Zoxid]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[109]
Xulqi: +
[3] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Kamolov Sultonho'ja- Katta rahmat chiroyli so'zlar uchun. Benihoyat kayfiyatimiz ko'tarildi.



Salom Salom Salom!
AmirXon
Sana: Shanba, 21-Июня-2008, 16:56 | Xatlari # 11
PFM
Ism:
[r.a.k]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[9073]
Xulqi: +
[530] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

fantastika!! hands



Умей пережить ту минуту, когда кажется, что все уже кончилось....
Zorro_x
Sana: Shanba, 21-Июня-2008, 17:55 | Xatlari # 12
Ism:
[Zoxid]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[109]
Xulqi: +
[3] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Kamolov Sultonxo'ja, bu ma'nodor chiroyli gaplarning avtori O'zlarimi?



Salom Salom Salom!
SULTON
Sana: Dushanba, 23-Июня-2008, 15:58 | Xatlari # 13
PKM
Ism:
[sultan]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[10067]
Xulqi: +
[492] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

torisini etsam yuregim siqilip ketti hammasini oqigani...qisqa va londa maosini kimdir yozvorsin.?



Ja$mInA_AnGeL
Sana: Shanba, 06-Декабря-2008, 15:07 | Xatlari # 14
Ism:
[Samira]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[48]
Xulqi: +
[6] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Judayam chiroyli so'zlar ! smile



muhlisa1
Sana: Shanba, 06-Декабря-2008, 19:35 | Xatlari # 15
Ism:
[muhlisa1]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[7172]
Xulqi: +
[307] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

sultan, rahmat chiroyli so'zlar ekan



-:-O'zbekona Forum-:- » Umumiy Bo'limlar » Ko'ngil ochar » Yuraklar Larzada (shaxsiy ijod na'munalari)
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024