Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa, Andi_JoN  
-:-O'zbekona Forum-:- » Umumiy Bo'limlar » Ko'ngil ochar » Salom qani? (hajviya). Do‘stbek Sulaymonov
Salom qani? (hajviya). Do‘stbek Sulaymonov
ZaRniGoR
Sana: Shanba, 11-Июля-2009, 15:16 | Xatlari # 1
Ism:
[ZaRniGoR]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2390]
Xulqi: +
[63] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

— Hoy bola, to‘xta-chi, menga nega salom bermading?
— Ie, amaki, nega salom berishim kerak ekan? Biron narsa qilib berasizmi yo biron narsa olib berasizmi?
— Uyqusirayapsanmi, hov bola, men bir nima beraman deb o‘lib turganim yo‘q. Saloming qani deb so‘rayapman? Salomingni pishirib yeganmisan?
— Salom ber deysizmi?! Katta bo‘lsangiz o‘zingizga, xo‘pmi? Boshimni qotirmang.
— Avval salom, keyin kalom degan gapni eshitmaganmisan? Yo muallimlaring "O‘zingdan kattani ko‘rsang salom ber" deb o‘rgatishmaganmi?
— Nasihatingizni borib o‘g‘illaringizga ayting, xo‘pmi?
— Hoy bola, o‘pkangni bos, buncha talashasan? Nechanchi sinfda o‘qiysan?
— O‘pkamni bosamanmi, yo‘qmi, salom bermayman. Oltinchi sinfda o‘qiyman.
— Sababini ayt-chi, odamni toza xit qilding-ku?
— Amaki, hali ko‘p narsani bilmas ekansiz. Salom duch kelgan odamga berilavermaydi.
— Unda kimga beriladi? Katta xolanggami? Bunday ochiqroq ayt-da, saqichga o‘xshab cho‘zavermay?
— Endi, amaki, gapni dangalini aytadigan bo‘lsam, men sizga salom bermayman, bundan keyin yo‘lda tag‘in to‘xtatib boshimni qotirmang.
— Xo‘p, gapni ko‘paytirma, biron kishiga salom berasanmi o‘zi? Yoki suruvdan qolib ketgan takaday zipillab o‘taverasanmi u yoqdan-bu yoqqa?
— Men kimga salom berishimni aytishim shunchalik sizga kerakmi? Unda eshiting: qornim ochib oshxonaga kirsam oshpazga, pulim tugab kassaga borsam kassirga, uyga borsam dadam bilan oyimga salom beraman. Oshpaz ovqat, kassir pul beradi. Dadam bilan oyimning-ku topgani meniki. Siz nuqul salom-salom deb boshni qotirasiz?
— Bo‘ldi-bo‘ldi, tushundim, ko‘p gapirma, o‘zi kimning o‘g‘lisan?
— U yoqdan ko‘rinib turgan magazinning orqa tarafida turadigan Bozorboy akaning o‘g‘liman. Otim Savdobek.
— Savdobek, qiziq bo‘ldi-yu, shunaqa ism ham bo‘larkanmi, yo hazillashyapsanmi?
— Dadam bilan oyim men tug‘ilmasdan oldin ham magazinda ishlashgan ekan. Men tug‘ilganda savdoimiz yurishib ketsin deb shu ismimni qo‘yishgan ekan.
— Hm, Savdobek uka, shunday de?
— Shunday, siz ham magazinda ishlaysizmi?
— Yo‘q, bor-yo‘g‘i bir bekorchiman. Demak, senga pul bersa salom berasan, shundaymi?
— Tushungan odamning sadag‘asi ketsang arziydi.
— Mening bir salom eshitgim keldi, mana tanishib oldik. Endi salom berasanmi?
— Pul berasizmi, amaki, tekinga hatto mushuklar oftobga chiqmayapti hozir.
— Ana shu savildan yo‘q edi-da.
—Unda salomni katta amakingizning nevarasidan eshiting.
— Mening qo‘ylarim bor. Agar ular qo‘zilasa senga bitta qo‘zi beraman.
— Qachon? Hozirmi?
— Qo‘ylarim qo‘zilasa deyapman-ku!
— Nasiyani o‘g‘riga chiqargan.
— Hoy bola, to‘xta qarzga bo‘lsayam salom berib ket.
— Dadam qarzga hech narsa berma degan.
— Xo‘p, mayli, xayr.
—Qiziq odam ekansiz-ku, salomni ololmadingiz-ku, xayrni qanday olasiz?

Mini_MasteR
Sana: Juma, 17-Июля-2009, 21:20 | Xatlari # 2
Ism:
[М.Мастер]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[10641]
Xulqi: +
[1344] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:v :v :v

ChiJiNkA
Sana: Payshanba, 23-Июля-2009, 06:59 | Xatlari # 3
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ZaRniGoR, Alloh rozi bolsin opajonim

Nozaxon
Sana: Payshanba, 23-Июля-2009, 07:01 | Xatlari # 4
Ism:
[Noza..]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[1955]
Xulqi: +
[480] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ZaRniGoR, RAHMAT SIZGA ZO`R CHIQIBDI :Q



guliqiz
Sana: Seshanba, 16-Февраля-2010, 12:18 | Xatlari # 5
Ism:
[Maxliyo]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[734]
Xulqi: +
[94] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

raxmat



-:-O'zbekona Forum-:- » Umumiy Bo'limlar » Ko'ngil ochar » Salom qani? (hajviya). Do‘stbek Sulaymonov
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024