:::O'zbekona:::Portal:::

Bosh Saxifa | A'zo bo'ling | KIRISH
Chorshanba, 17-Декабря-2025, 08:21
Siz bizning qadrdon Mehmon | RSS
MENYU
Islom Olami
Islom Dunyosi [182]
Saodat asri qissalari [11]
Qur'oniy duolar [6]
Mini-Chat
Bosh Saxifa » Статьи » Islom Olami » Islom Dunyosi

YANGI ASR VABOSI
Odatda bolaning buzilishi qancha barvaqt ro'y bersa, patologiya shu qadar kuchli bo'ladi.
- Agar «buzilish» jarayoni 9 yoshga qadar, to'g'ri geteroseksual tasavvur paydo bo'lmasdan oldinroq ro'y bersa, bunday yoshlarning mutlaq gomoseksual bo'lib shakllanishi kuzatiladi.
- Agar «buzilish» 9-14 yoshlilar o'rtasida amalga oshirilsa, ularning ayrimlari «sof» gomoseksual, ayrimlari esa biseksual bo'lib etilishi kuzatilarkan.
- 14 yoshdan oshgandan so'ng «buzilgan»larda esa biseksual mayl ham erkak, ham ayolga intilish shakllanarkan. Harbiy xizmat, qamoqxona, erkaklar yotoqxonasi kabidagi zo'rlashlar ham biseksual kimsalarning ko'payishiga olib keladi. Afsuski, ularning ko'pchiligi o'zlarining holatini tabiiy deya qabul qilishlari bois, davolanishni istashmaydi.

Qarangki, oxirgi paytlarda Gollivud yulduzlariga taqlidomuz tarzda gomoseksualizm modaga kirishi kuzatilayotgan ekan.
Quyida jinsiy axloqsizliklar sirasiga kiruvchi boshqa holatlar haqida ham fikr yuritamiz. Zero, bu holatlar ham, fikri ojizimizcha, gunohi kabiralardan bo'lgan mevatogarlikning ko'rinishlaridan hisoblanadi.
Taassufki, bu holatlarning vujudga kelishida ba'zi sabablar qatorida, noto'g'ri jinsiy tarbiya ham etakchi o'rin tutadi. Bulardan biri kishi o'z tanasidan zavq tuyishi, hirsi qonishi bilan ifodalanib, autoerotizm deb ataladi. Autoerotistlar o'z tanasiga hamda jinsiy a'zolariga mahliyo bo'lish, ko'zgudagi ruqiyasiga nazar solish, a'zolarini silab-siypab erkalash, hattoki shunday holatlarni suratga olib, so'ng tomosha qilish kabi harakatlardan lazzat oladilar. Bunday holat kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri bolaning o'z tengqurlaridan mutlaq ajratib qo'yilishidir. Chunki, yakkalanib qolgan bolalar uchun o'z tanasi o'quv ob'ekti bo'lib xizmat qiladi.
Asosan erkaklarda uchraydigan ikkinchi xil holat eksgibitsionizm bo'lib, kishining o'z jinsiy a'zosini boshqa jins vakili oldida yalang'ochlashdan lazzatlanishi bilan ifodalanadi. Bir-birining a'zolariga qiziqqan bolalarda bunday holatning kurtaklarini kuzatish mumkin.
Olimlarning ma'lumotlariga qaraganda bu holat etti yoshgacha bo'lgan bolalarning 5 foizida, 7-11 yoshda barmoq bilan sanarli darajada, o'smirlarning 1 foizida uchrar ekan. Balog'at yoshidagi o'spirin onanizm bilan shug'ullanayotganda, kattalardan kimningdir paydo bo'lib qolishi uning ruhiyatiga qattiq ta'sir qiladi. Odatda, eksgibitsionist pana-pastqam joylarga bekinib olib, yolg'iz kelayotgan ayol oldida yarim yalang'och paydo bo'ladi. Uning lazzatlanishi uchun ayol kishining qattiq qo'rqishi kifoya.
O'zgalarning jinsiy aloqa jarayonini kuzatishga, o'z jinsi vakillarini yalang'och ko'rishga moyillik holati vazionizm deb ataladi. Pornografik suratlar va kinolavhalarga kuchli ishtiyoqmandlik ham shular jumlasidandir. Bu holat, asosan, bolalar va o'smirlar orasida keng tarqalgan bo'lib, 7-11 yoshli o'g'il bolalarning 33 foizida, qizaloqlarning 19 foizida, o'smir yigitlarning 27,5 foizida, qizlarning esa 18,5 foizida uchraydi. Vizionizmning kelib chiqishiga bolaning yakkalanib qolishi, shuningdek, ota-onalarning «bu hali yosh, hech narsaga aqli etmaydi», deb bolaning xotirasida muhrlanib qolishini tushunmasdan uning ko'z oldida jinsiy munosabatda bo'lishi asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
Ko'proq chorvachilik bilan shug'ullanuvchi o'lkalarning ba'zi yoshlarida zoofiliya nomi bilan yuritiluvchi holat ham uchrab turadi. Bu hayvonlarga nisbatan jinsiy mayl sezish, ular bilan aloqa qilib, lazzatlanishdan iborat.
A.Kinzining ma'lumotiga qaraganda, amerikalik qishloq yoshlarining 40-50 foizida ushbu holat uchrab, ularning 17,2 foizi hayvonlar bilan to'laqonli jinsiy aloqada bo'lar ekan. Astag'firulloh!
Transseksualizm holatida jinsiy a'zolar va tana o'z jinsiga xos tarzda rivojlanayotgan bo'lsa-da, o'zini boshqa jins vakili, deya anglash bilan ifodalanadi.
Transvestizm holatida o'zga jins vakilining libosini kiyib, boshqa jins vakili sifatida ko'rinishga intilish hissi ustivor bo'ladi. Hadislarda bayon etilishicha, bu hol Janobi Haq qarg'ishiga giriftor etadi.
Fetishizm o'zga jins vakilining kiyimi (ayollar siynabandi, ichki liboslari) yoki soch tolalari kabilarni qo'lga olib, boshqa jins vakilini tasavvur etish yo'li bilan kaftaki yordamida jinsiy xohish qondirilishi.
Gerontofiliya qariyalarga yo'naltirilgan jinsiy mayl.
Pedofiliyada esa jinsiy mayl bolalarga yo'naltiriladi.
Efeboliya holatida jinsiy mayl o'smir va yoshlarga yo'naltiriladi.
Intsestofiliyada esa jinsiy mayl o'z oila a'zolari aka-uka, opa-singillarga yo'naltirilgan bo'ladi. Otaning o'z farzandlarini zo'rlashidek holatlar ham shu jirkanchli buzuqlik ko'rinishlaridandir.
Sadizm jinsiy aloqani zo'ravonlik, qiynoq va azoblash bilan oshirishdan lazzatlanish holati.
Mazoxizmda esa, aksincha, jufti tomonidan azoblanishdan lazzat olinadi.
Nekrofiliya murda bilan jinsiy munosabatda bo'lishga kuchli ishtiyoq sezishda o'z ifodasini topadi.
Bu kabi xatarli ruhiy-jinsiy aynishlarning qay tarzda oldini olsa bo'ladi?
Ruhiy-jinsiy jihatdan rivojlanishdagi buzilishlarning profilaktikasi tibbiy va pedagogik nuqtai nazardan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

1. Prenetal bosqichda, ya'ni bola onasining qornidalik davridayoq jinsiy-ruhiy rivojdagi buzilishlar kelib chiqish oldini olishda qo'yidagilar muhim o'rin tutadi:

a) homilador ayolni har qanday noxush holatlardan, stresslardan yiroq tutish lozim;
b) bo'lg'usi onani turli kimyoviy dorivorlar ta'sirotlaridan asramoq ham shular jumlasiga kiradi.

2. Homila rivojiga salbiy ta'sir etuvchi har qanday ruhiy o'zgarishlar va kasalliklarni imkon qadar barvaqtroq aniqlab, o'z vaqtida davolashni yo'lga qo'yish lozim bo'ladi.

3. Jinsiy-ruhiy shakllanish jarayonida har xil bo'lmag'ur tasavvur va xom-xayollarning o'rni kattaligini anglagan holda, ularning mavjudligini ertaroq aniqlab, tibbiy pedagogik nuqtai nazardan to'g'ri yo'lga qo'yish joiz.

Yuqorida jinsiy, ruhiy rivojlanishdagi buzilishlarning oldini olish borasidagi ayrim tadbirlarning tibbiy jihatiga to'xtaldik, xolos. Quyida jinsiy buzilishlarni pedagogik uslublar vositasida oldini olish uchun zarur bo'lgan tadbirlarga ham qisqacha to'xtalamiz:

1. Bolakaylarga o'z vaqtida jinslar orasidagi farqli jihatlarni uqdirish lozim. Bolalar o'g'lonlar va qizaloqlar jinsiy a'zolari o'rtasidagi farqlardan ilk bor hayratlanib gapirsalar, aslo ularga tanbeh berish, koyish yoxud ularni qo'rqitish kerak emas.
Afsuski, bog'chalardagi guruh bo'lib o'ynaladigan o'yinlarda «nojins» tarbiya ustivor. Bunday tarbiya o'g'lonlarning feminlashuvi (qizlarga o'xshabroq qolishi)ga, qizaloqlarning maskulinlashuvi (o'zini o'g'il bolalarga o'xshab tutishi)ga olib keladi.
O'g'il bolalarning o'z jinslariga xos harakatlarini maskulinlashuvini muallimlar ko'pincha axloqsizlik deb noto'g'ri tushunishadi. Haqiqiy o'g'il bolalarga xos sho'xliklar, biroz qo'pol xatti-harakatlarni esa «tarbiyasi og'ir»likka yo'yishadi.
«Nojins» tarbiya maktab davrida o'g'il va qiz bolalarni pol yuvish, gulga suv quyish, tikish-bichish, ustachilik kabi yumushlarga teng jalb etishda ham ifodalanadi.
Afsuski, bog'cha va maktablarda ishlaydiganlarning ko'pchiligi ayollar ekanligi ham o'g'il bolalar jinsiy tarbiyasiga salbiy ta'sir etib, ularning biroz «mayin»lashuviga olib kelmoqda. Xotinchalishlikning erkaklardagi ilk kurtaklari ushbu «mayinlashuv»da ham o'z ifodasini topishi shaksizdir.

2. Farzandlar jinsiy tarbiyasida yoshga xos xususiyatlar ko'zda tutilgan holda, tengdoshlari hamda boshqa jins vakillari bilan muloqot uslubi yo'lga qo'yilishiga amaliy-hayotiy qo'llanmalar asosida ustakorlik bilan yondashish zarur. Bu tarbiya farzand ulg'aygani sari murakkablashib, insonlar orasidagi o'zaro munosabatlarning yangi qirralarini va boshqa jins vakillariga hurmat-ehtirom, ko'ngil iliqligi kabi tuyg'ularni o'z ichiga olmog'i darkor.

3. Bolalar va o'smirlardagi jinsiy buzilishlarga olib keluvchi har qanday xatarning oldini olish lozim. Jumladan, pornografik adabiyotlar, besharm filmlardan bolalarni uzoq tutish muhim ahamiyatga molikdir.
Unutmaslik lozimki, jinsiy-ruhiy rivojlanish buzilishining oldini olish ishlari bir zumda amalga oshiriladigan tadbir emas. Bu amaliy tadbirlardan har kuni, muntazam tarzda foydalanilsagina, doimiy zahmatli mehnat qilinsagina, ko'zlangan maqsadga erishish mumkin.

Doktor O'ktam Muhammad Murod

Категория: Islom Dunyosi | Joyladi: Cudi (05-Марта-2008)
Ko'rildi: 4965 | Izoxlar: 12 | Reytingi: 5.0/5 |
Barcha Izoxlar: 10

10. shoreline (01:21 Chorshanba)
Assolomu Allaykum aziz yurtoshlar salom tongue tongue tongue tongue tongue

9. shoreline (01:18 Chorshanba)
shuni o'zi o'qiydigan qilsa bo'ladimi iloji bo'lsa qililar[b] fie fie [hide]

8. polat (15:02 Shanba)
ushbu makola hakikatdan juda dolzarb , rahmat. Lekin bir savol Koreaning bazi internet tarmoklarida noshariy saytlarga blakirovka kuyilgan bizda kanday , buni ommaviy tarzda amalga oshirsa buladimi ?

7. max1973 (03:48 Shanba)
uqoridagi maqollarni oqidim,rakhmat.Mening bir savolim va iltimosim bor edi.Agar mumkin bolsa keyingi sahifalarda ota va balogat yoshiga etib kelayotgan bola ortasida ,otaning o"gliga nasihati turkumida bolsa.Farzandlarimiz katta bolishyapti ,lekin ularga maslahat berish bizning vazifamiz.lekin qanday?Odatda ilgarilari amaki yoki togalar maslahat berishar edi.Hozir esa toga va amakilar juda band....Iltimos shu borada bir ogiz yozisangiz.

6. SULTON (05:29 Juma)
doda sizni ayni shu savol qiziqtirvottimi,ahir bu maqolalarni qoyishdan maqsad umuman boshqa ku torimi...yomon tarafinimas yahshi tarafini yozin har doim...qattan olinishimas foydasi haqida izoh qoldirilik...mavzu judayam dolzarb rahmat,..

5. SULTON (05:27 Juma)
obidhon agar ilmiz yetmasa...fatvo berip yubormen bu gapni birinchi ilmli insonlardan soreng,,ijoboiy javop olganizdan keyingina izohni qoyin....

4. obid (04:24 Yakshanba)
ALLOXGA MAKON AYTILMAYDI ALLOX MAKONGA JOYGA MUXTOJ EMAS SIZLAR YOZYAPSIZLARKI ALLOXNI DARGOXI DEB BU SUZ KUFR

3. omon_kamolov (07:59 Dushanba)
manga bu maqola juda yoqdi buni amalda tadbiq etish lozim tongue tongue tongue

2. akmal12 (06:04 Payshanba)
Assalomu Aleykum.
haqiqatda juda dolzarb va ohirat uchun zarur bulgan mavzudagi maqola ekan. juda hursand buldim, uni tayorlaganlardan va uni yozganlardan Olloh rozi bulsin. bu maqolani i-netga joylash uchun muallifdan ruhsat olish shart emas. chunki muallifni ism-familiyasi yozilgan va qolaversa muallifning maqsadi ham shudir yani boshqalarni kengroq habardor qilish. maqolani chop etishdan oldin faqat muallifdan ruhsat olinadi, uni oldin chop etgan saytlardan emas(uzr), men u saytga ahm, bu saytga ham aloqador emasman, bunday dolzarb maqolalarni tezroq ommaga etkazish zarur. Rahmat

1. doda (15:44 Yakshanba)
Assalamu Alaykum!
Uzr Lekin Adminga bitta savolim bor edi. Bu Maqolalarni olishda maskur maqolalar chop etilgan sayt egalaridan ruhsat olganmisiz??
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin.
[ A'zo bo'ling | KIRISH ]
Portalga Kirish
IZLASH
Foydali linklar

UzCinema © 2025 |