:::O'zbekona:::Portal:::

Bosh Saxifa | A'zo bo'ling | KIRISH
Payshanba, 18-Декабря-2025, 05:01
Siz bizning qadrdon Mehmon | RSS
MENYU
Islom Olami
Islom Dunyosi [182]
Saodat asri qissalari [11]
Qur'oniy duolar [6]
Mini-Chat
Bosh Saxifa » Статьи » Islom Olami » Islom Dunyosi

İSLOM DAVATİGA DAVAT ETİSH UCHUN NİMALAR TALAB QİLİNADİ?

Da`vatchining qoidalari

1 - qoida.
Alloh ta`oloning yo`liga da`vat e`tish dunyo va oxiratdagi
najot yo`llaridan biridir. Payg'ambarimiz
aytganlaridek: Allo siz sababli bir kishini hidoyat qilsa,
u sizga (qimmatbaho) qizil yungli tuyalaringiz bo`lishidan ko`ra
yaxshiroqdir. Da`vat qilish bilan, ijobat qilinishini kutilmay,
savoblar yoziladi. Islomning haqiqiy g`alabasini ro`yobga cjiqarish
da`vatchidan talab qilinmagan. U Allohning ishidir. Islomning g`alabasi
Alloh hohlagan paytda sodir bo`ladi.Biroq,
da`vatchidan Islom yo`lida o`z kuchini sarf e`tishi talab qilingan.
Da`vatchining tayyorgarlik ko`rishi shart bo`lsa, Alloh g`alaba
berishni o`z zimmasiga oladi. Da`vat jihodning bir ko`rinishi bo`lib,
jihod bilan maqsad va natijada birlashadi.

2 - qoida. Ummat salafining
"Ahlussunna val-jamoa" yo'nalishida shakllangan dasturini,
bu dasturning mu`tadilligi, me`yordan oshish va tushishdan uzoq
bo`lishini hamda umumiyligi (shumuliyligi) ni o`rnatish va
mustahkamlash.

3 - qoida.
Allohning Kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va
sallamning sunnatlarini o`z ichiga olgan shar`iy ilm, Allohning fazli
bilan, toyilishdan saqlaydi. U - payg`ambarlar yo`lida yurgan kishilar
uchun mayoqdir.

4 - qoida.
Da`vatning sog`lom dasturi - Allohning Kitobi, Rasululloh
sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari, bu Ummatning salafi, ularga
qiyomat kuniga qadar yaxshilik bilan e`rgashgan kishilarning so`zlari
va amallaridir.
5 - qoida.
Imom Molik rahimahullohning: "Bu ummatning oxiri avvali isloh
bo`lgan narsa bilan isloh bo`ladi, U kunda din bo`lmagan narsa, bugun
din bo`la olmaydi" deb aytgan so`zlariga binoan, odamlarni Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam, uning sahobalari va ularga yaxshilik bilan
e`rgashgan salaf solih yashagan hayotga qaytarish.

6 - qoida. Alloh yo`liga da`vat
e`tish uchun birlashgan jamoani "musulmonlar jamoasi" e`mas, balki,
"musulmonlardan bo`lgan bir jamoa" deb tushunish to`g`ri tushunishdir.

7 - qoida. Do`stlik - fikr va
shaxslar uchun e`mas, haqiqat uchundir. Chunki, haqiqat boqiy, shaxslar
e`sa foniydir.
8 - qoida.
Tavhid kalimasi yaxlitlik asosi va musulmonlarni
birlashtirish o`rniga parchalagan bugungi kundagi guruhbozlikning
salbiy ko`rinishlaridan uzoq bo`lish shiori ostida harakat qiladigan
dastur bilan musulmonlar jamoatini tuzish hamda ularni haqiqat uzra va
haqiqat yo`lida birlashtirish uchun haris bo`lish.

9 - qoida Hamkorlik va hamkorlikka olib boradigan
yo`llarga da`vat qilish hamda ixtilof va ixtilofga olib boradigan
yo`llardan uzoq bo`lish. Bir-birimizga kelishgan narsalarimizda
yordamchi, ixtilof qilgan narsalarimizda e`sa nafratlanmay,
nasihatgo`y bo`lishimiz.

10 - qoida. Musulmonlar ommasi,
xususan, da`vatchilar o`rtasida fikriy yaxlitlikni vujudga keltirish.

11 - qoida. Shaxsning o`z-o`zini
tanqid, doimiy nazorat va isloh qilish xislatini
mustahkamlash.

12 - qoida.
Shaxsning mansub bo`lgan jamoatiga taassub qilmasligi va
modomiki, shariatga muvofiq va me`yordan oshish va kamayishdan uzoq
e`kan, boshqalarning taqdim e`tayiotgan har qanday harakatini
olqishlashi.

13 - qoida.
Shariatning juz`iy masalalaridagi ixtiloflar xusumat
va janjalni e`mas, nasihat va bahsni taqozo e`tadi.

14 - qoida. Islomiy jamoatlar
o`rtasidagi asos: Birga harakat qilish va birlikdir.
Agar buning imkoni bo`lmasa, hamkorlikdir. Buning ham imkoni bo`lmasa,
birga yashashdir. Agar buning ham imkoni bo`lmasa halokatdir.

15 - qoida. Ixtilof odobini
o`rganish, bahs asoslarini o`rnatish va ularning har ikkisining
ahamiyati va bu "Da`vatchining birinchi quroli"
ekanligiga iqror bo`lish.

16 - qoida. Umumiy hukm berisgdan
uzoq bo`lish, uning ofatlaridan saqlanish, shaxslarni oqlik va qoralik
o`lchovlari bilan o`lchamaslik. Chunki, har ishni mohiyatiga qarab
o`lchash insofdandir.

17 - qoida.
Maqsad va vositalar o`rtasini ayirish-farqlay
bilish. Masalan: da`vat maqsad bo`lsa, harakat, jamoat,
markaz va shu kabi narsalar vositadir.

18 - qoida. Maqsadlardagi sabot
va shariat doirasida vositalarga chiniqish va yangilanish.

19 - qoida. Birlamchi muammolarni
rioya qilish hamda juz`iy masalalarda ishlarni ahamiyatiga qarab
tartiblash. Ishlar o`z zamoni va makonida kelsin.

20 - qoida. Bosqichma-bosqich
harakat qilish. Ya`ni maqsadlarni darajalariga qarab taqsimlash hamda
ikkinchisi birinchisini, uchunchisi ikkinchisini davom e`ttiradigan
holatda tartiblash.

21 - qoida.
Bahs va janjallardan uzoq bo`lish, jiddiy ishlarni afzal
ko`rish, fidoiylik va xayriya ishlarida davom e`tish. Behuda narsalarga
e`tibor bermaslik.

22 - qoida.
Biz hukm chiqaradigan qozi e`mas, da`vatchimiz. Agar Alloh
uchun da`vat qilsak, savob olamiz. Boshqalar ustidan hukm chiqarsak,
Allohning huzurida ustimizdan hukm chiqariladi va qilgan hukmimizdan
mas`ul bo`lamiz.

23 - qoida.
Amaliy foydasi bo`lmagan har qanday ish-harakat - vaqt va
molning zoe`ligidir.

24 - qoida.
Imkoni boricha ishni ijobiylik va xushxabarlarga
markazlashtirish va salbiylik hamda nafratlantirishdan uzoq bo`lish.

25 - qoida. Da`vatchilar
o`rtasida tajriba almashish o`ta muhimdir. Chunki, bu dunyoda nasihat
va yo`llanishdan yuqori yoki barcha ishlari to`g`ri bo`lgan kimsa
yo`qdir.

26 - qoida. Sunnatni tatbiq
qilish va e`tiqodining sofligi bilan mashhur bo`lgan
Ummat ulamolarini hurmat qilish, ulardan ilmlarni olish, ularga
nisbatan bo`yindarozlik qilmaslik, ularning sharaflarini himoya qilish,
niyatlari haqida shubhalar qo`zg`amaslik, ularga tuhmat qilmaslik va
tuhmatning yomon oqibatlaridan e`htiyot bo`lish hamda ular uchun
taassub qilmaslik. Chunki, har bir olim to`g`ri so`z ham aytishi
mumkin, xato so`z ham. Xatolari kishilarga, modomiki, ijtihod qilgan
e`kanlar, sharaflarini saqlash bilan qaytariladi.

27 - qoida. Musulmonlar haqida
yomon gumonda bo`lmaslik. Ularning ayblarini yashirib, so`zlarini o`z
o`rniga etkazish. Ayblarini o`zlariga etkazishdan g`aflatda qolmaslik.

28 - qoida. Bayon qilish vojib,
ixtilof qilish haromdir. Ya`ni haqiqatni bayon, botilni inkor e`tamiz.
Biroq, buni do`stlik va dushmanlik uchun asos qilib olmaymiz.

29 - qoida. Agar bir kishining
yaxshiliklari ko`p bo`lsa, yomonliklarini manfaat bo`lsagina tilga
olish. Agar bir kishining yomonliklari ko`p bo`lsa, omma xalq chalg`ib
qolmasligi uchun uning yaxshiliklarini tilga olmaslik.

30 - qoida. Avval yashab o`tgan
kishilarning tajribalaridan foydalanish. Da`vatchi o`z da`vatini
yo`qdan boshlamaydi. Zero, u, Allohning diniga xizmat qilish uchun
harakat qilgan birinchi yoki oxirgi odam e`mas.

31 - qoida. Islom diniga xizmat
qilishni hohlagan har bir kishining qilgan ijobiy ishlaridan, garchi
ozi bo`lsada, foydalanishi.

32 - qoida. Tanqidlardan to`g`ri
xulosa chiqarish, odamlarning shubhalanishlariga olib
boradigan ishlardan, da`vatning to`xtamasligi sharti bilan, uzoq
bo`lish.
33 - qoida. Boshboshdoqsiz
mustaqillik va sustlik bo`lmagan kengayish.

34 - qoida. Fiqhiy mazhablarga
nisbatan toq`ri mumosabatda bo`lish: ular uchun taassub qilmaslik,
to'laligicha rad e`tmaslik va ulardagi
Allohning Kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
sunnatlariga mos bo`lgan barcha narsalarni olish.

35 - qoida. G`arb va
uning madaniyatiga nisbatan to`g`ri mavqe`ni olish hamda
uning tajribiy fanlaridan dinimizning qoida va asoslarigamuvofiq foydalanish.

36 - qoida. Shar`iy lafzlarni o`z
ma`nolari bilan iste`mol qilish va kelgindi hamda buzuq lafzlarni
iste`mol qilmaslik. Masalan: "demokratiya" o`rniga "shuro" so`zini
iste`mol qilish.

37 - qoida.
Go`zal namuna. Da`vatchi o`z da`vatining ko`zgusi va
jonlantirgan namunasidir.

38 - qoida.
Shuro, shuroning ahmiyatiga iqror bo`lish hamda da`vatchining
maslahatlashish ilmini o`rganishi.

39 - qoida. Hikmat va chiroyli
namuna yo`llaridan yurish hamda Alloh ta`oloning: "Hikmat berilgan
kishiga ko`p yaxshilik berilibdi" - deb aytgan so`zini da`vat uchun
mezon va da`vatda yurish uchun hikmat qilib olish.

40 - qoida. Musulmon haqiqatni
izlovchidir. Haqiqat yo`lida shijoatli bo`lish dunyo va
oxiratdagi g`alaba yo`lidir. Agar haqiqatni aytishdan qo`rqsangiz,
botil so`zlarni so`zlamang.

41 - qoida.
Da`vatda qattiqlik qilishdan uzoq bo`lish va shariat
doirasida engillashtirish bilan harakat qilish.

41 - qoida. Mish-mishlar va
ularni rivojlantirishdan hamda uning ortidan keladigan yomon
oqibatlardan e`htiyot bo`lish.

43 - qoida. Afzallik miqyosi
taqvo va solih amal bo`lib, o`lkachilik, qarindoshlik,
toifachilik, jamoatchilik va boshqa taassublarning
barchasidan uzoq bo`lish.

44 - qoida.
Da`vatdagi e`ng afzal dastur - Islom dushmanlariga avvalo
Islom haqiqatlari va dasturlarini muqaddam qo`yib, shubhalarni
keltirmaslik va shubhalarga raddiya bermaslikdir.

Musulmonlar ommasi uchun e`sa, avvalo sunnatni va sog`lom Islomni taqdim
qilish, ularga haqiqat mezonini berish, aqllariga yarasha
xitob qilish, ularni din asoslariga chaqirish va ixtilofli o`rinlardan
uzoq qilish, ularning hidoyatlariga sabab bo`lish uchun psixologiyasi
va istaklarini o`rganish.

45 - qoida.
Da`vatchilar va islomiy harakatlarni Alloh ta`ologa davomiy suratda
bog`lanish bilan himoya qilish. Inson kuchini
sarf e`tibgina Alloh ta`olodan yordam so`rash hamda Alloh
ta`oloning da`vatni boshqarishi, da`vatchilarni tanlab, ularni to`g`ri
yo`lga yo`llashiga din va ishlarning hammasi Alloh subhonahu
va ta`oloning qo`lida e`kaniga qat`iy
ishonish.

So`ng ...
Bu qoidalar Alloh yo`liga da`vat e`tgan ko`plab da`vatchilarning
tajribalari va samaralaridan olindi. Shuni yaxshi bilaylikki,
da`vatchilar bu qoidalarni o`rganib, unga amal qilsalar, inshaalloh,
allohning yordami juda ham yaqin bo`ladi. Da`vatchilar unutmasinlarki,
salohiyat va najot Alloh subhonahu va ta`ologa bog`lanish, unga barcha
ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan
uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadir... Biz shundagina
xavfsiz erga etib boramiz.

Alloh
ta`olodan bizlarni to`g`ri yo`lga yo`llashi va bizga shafqat qilishini
so`raymiz. Alloh o`z ishida g`olib bo`lgan
zotdir.

Alloh ta`olo
payg`ambarimiz,(s.a.v) uning oilasi, sahobalari va ularga qiyomat kuniga qadar
yaxshilik bilan e`rgashgan kishilarga salavot va salomlar yo`llasin.

Категория: Islom Dunyosi | Joyladi: jalolbek (11-Января-2009)
Ko'rildi: 1643 | Izoxlar: 2 | Reytingi: 4.0/1 |
Barcha Izoxlar: 2

2. Robia (16:16 Seshanba)
Assalomu aleykum wr wb kattakon raxmat Alloh rozi bo`lsin Alloh hammamizni to`g`ri yo`lga hidoyat qi`lsin amiyn.

1. Bushro (23:08 Shanba)
raxmat alloh rozi bo`lsin
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin.
[ A'zo bo'ling | KIRISH ]
Portalga Kirish
IZLASH
Foydali linklar

UzCinema © 2025 |