:::O'zbekona:::Portal:::

Bosh Saxifa | A'zo bo'ling | KIRISH
Payshanba, 18-Декабря-2025, 05:13
Siz bizning qadrdon Mehmon | RSS
MENYU
Islom Olami
Islom Dunyosi [182]
Saodat asri qissalari [11]
Qur'oniy duolar [6]
Mini-Chat
Bosh Saxifa » Статьи » Islom Olami » Islom Dunyosi

Mish- mish haqida..
Mish-mishni e`shitganida mo`min nima qilishi kerak?

w1. Mish-mish xabarini keltirgan kishiga qarashi, uning adolatli, fosiq yoki har ikkisining o`rtasimi bilishi kerak. Alloh ta`olo dedi: ""Hoy mo`minlar, fosiq xabar keltirsa tekshirib ko`ringlar va bir xalqqa bilmay ozor berib, qilgan ishlaringdan pushaymon bo`lmanglar!".

w2. Mih-mishchiga Allohni, Allohning huzurida aytayotgan har bir so`ziga javob berishini hamda tekshirib ko`rishi va shoshilmasligi kerakligini e`slatish.

w3. Alloh ta`oloning: "Bilmagan narsangizni tilingiz bilan olasiz va og`zingiz bilan gapirasiz va buni oson deb o`ylaysiz. Biroq, u Allohning huzurida buyukdir"- deb aytgan oyatlarining ma`nolari ostiga kirib qolmaslik uchun dalillar etarli bo`lmagan bir paytda mish-mishlarni zudlik bilan tasdiqlamaslik kerak.

w4. Agar mish-mish yaxshi deb hisoblangan kishidan sodir bo`lgan bo`lsa, u haqida chiroyli fikrda bo`lish hamda u uchun shar`iy uzrlar izlash. Agar odam `ziga nisbatlangan narsada dalil topa olmasa, mish-mish olib kelingan odam mish-mishni olib kelgan odamga bunday ishlarda mish-mish sababli vujudga kelgan bo`shliqni tol`dirish uchun nasihat qilish va yo`llash kerak e`kanini e`slatishi kerak.
 
Mish-mishlarni yo`qotish yo`llari
 
 

w Mish-mishni olib kelgan kishiga Alloh ta`oloni e`slartish, uni bilmay so`z aytishdan va agar mish-mish yolg`on va mubolag`ali bo`lsa, yomon natijlardan ogohlantirish. Alloh ta`olo: "... qilgan ishlaringizga pushaymon bo`lmanglar!"- dedi.

w Tushunmay yoki e`tiroz bildirmay mish-mishni qabul qilishga shoshilmaslik.

w Mish-mishni takrorlamaslik. Chunki, uni takrorlaganida yolg`on va roviy e`htiyotsizligi sodir bo`lishi mumkin.

w Mish-mishning harakar yo`nalishini ildiziga erib borish uchun tekshirish va uni chiqargan odamni to`xtatib, qat`iy hisob qilish.

w Mish-mishni e`shitgsn paytda beparvo bo`lish, hayratga tushmaslik va uning to`g`riligida shubhalantirish. Toki mish-mishchilar ikkilansin va mish-mishni tarqatishdan avvalo`zlari haqida o`ylab ko`rsinlar.
 
Mish-mishning Islom jamiyatiga bo`lgan salbiy ta`siri
 

Mish-mishning Islom jamiyatiga katta salbiy ta`sirlari bo`lib, biz quyida ularning ba`zilarinigina bayon qilamiz.

w Begunoh odamni unda bo`lmagan narsalar bilan ayblash.

w Asossiz ishlarga kirishish bilan zimma va tillarning buzilishi.

w Jamiyatda bir-biriga bo`lgan ishonchning yo`qolishi.

w Mish-mish da`vat maydonida harakat qilayotgan da`vatchilar, xususan, uyg`onish davridagi yoshlar tarafidan chiqqan paytda johillarning haqoratlari.

Mish-mishning xatarli oqibatlari haqida kengroq narsalarni o`rganmoqchi bo`lgan odam mashhur va "mish-mishlar onasi" deb hisoblangan "Tuhmat" voqeasiga murojaat e`tsin (Onamiz Oisha raziyallohu anhoga munofiqlarning: "Zino qildi"- deya qilgan tuhmatlarining ishonchli tarix kitoblaridagi matnlari).

Mish-mish qilingan odam
 

Mish-mish qilingan odam ikki holatdan birida bo`ladi: ma`lum yoki noma`lum.

w Mish-mih qilingan odamagar olim yoki omma ichida e`zgulik va salohiyat nisbati berilgan - ma`lum kishi bo`lsa, odam Allohdan qo`rqishi, xususan, sunnatga amal qilishi va sog`lom e`tiqodi bilan mashhur bo`lgan kishi bo`lsa, unga til uzatishdan tiyilishi kerak. Chunki, ular Islom ummatining ulug`lari, etakchilari va mayoqlaridir. Zero ulamolarining qadriga etmagan xalqda e`zsulik bo`lmas. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Birodarining nomusini g`iybat qilinganida himoya qilgan kishini jahannamdan ozod qilish Allohning zimmasidagi haqdir"- dedilar.

Agar mish-mish qilingan odam e`zgulik va yaxshilik bilan mashhur bo`lmagan bo`lsa, mish-mishchi dushmani bo`lsada, haddidan oshmasligi kerak. Chunki, qilgan ishi yolg`on va zulmdir. Alloh ta`olo dedi: "Bir xalqning dushmanligi sizlarni adolatsizlik qilishga undamasin. Adolat qilinglar! Bu - taqvoga yaqindir".

w Agar mish-mish qilingan odam noma`lum bo`lsa, ma`lum bo`lgan kishilarga qilingan ishlarni qilinishi, mish-mishchi o`ziga u haqida isbotsiz bir narsani so`zlashga haq bermasligi kerak. Chunki, johillik ba`zida bilmasdan aytilgan so`z bilan kechirilmaydi. Xabar noma`lum odamga etadi-da, o`zi haqida so`z aytgan kishiga hujum qilib qolishi mumkin

Категория: Islom Dunyosi | Joyladi: jalolbek (05-Марта-2009)
Ko'rildi: 1737 | Reytingi: 5.0/1 |
Barcha Izoxlar: 0
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin.
[ A'zo bo'ling | KIRISH ]
Portalga Kirish
IZLASH
Foydali linklar

UzCinema © 2025 |