Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


Модератор форума: ABDULLOX, Floricienta  
-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!! (IBODATI ISLOMIYA KITOBI ASOSIDA ISLOMNI O'RGANAMIZ!!)
BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!!
ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 17-Октября-2010, 18:18 | Xatlari # 136
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

98-DARS
Mavzu: ZAKOT BERIB BO'LMAYDIGAN KISHILAR
– Qanday kishilarga zakot berib bo’lmaydi?
– O’zining ota-onasiga, bobo va buvisiga, o’zidan tug’ilgan bolalariga, bolalarining
bolalariga, er xotiniga va xotin eriga, nisob qadar moli bo’lgan boy kishiga va boy
kishining sag’ir bolalariga zakot berish durust emas.
– Zakotni kimlarga berish yaxshiroq?
– O’zining faqir qarindoshlariga, ilm toliblariga, kasb qilolmaydigan ulamolarga, faqir,
beva xotinlarga, kasbdan ojiz bo’lgan haqiqiy faqir kishilarga berish yaxshiroqdir.
– Boy kishiga berilgan sadaqa zakot hisob qilinadimi?
– Zakot hisob qilinmaydi, nafl sadaqa ham bo’lmaydi, balki tuhfa va hadya hukmida
bo’ladi, davlati bo’la turib zakot olgan kishi zo’r gunohkor bo’ladi.
– Bir kishi zakot farz bo’lib ado qilolmasdan vafot etib ketsa, qolgan molidan zakotni
chiqarish lozim bo’ladimi?

– Zakotni chiqaringlar, deb vasiyat qilmagan bo’lsa, zakot chiqarish lozim emas, ammo
zakot chiqaringlar, deb vasiyat qilgan bo’lsa, qolgan molining uch bo’lagining bir
bo’lagidan zakot chiqariladi.



ABDULLOX
Sana: Seshanba, 19-Октября-2010, 18:55 | Xatlari # 137
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

99-DARS
Mavzu: USHUR
– Ushurning ma’nosi nima?
– Molning o’n bo’lagidan bir bo’lagi, demakdir.
– Qanaqa molning ushurini berish vojib bo’ladi?
– Yomg’ir suvi va jilg’a suvi bilan o’sgan g’allalar, mevalar va bedalar ushurini hamda
shu yerda hosil bo’lgan asalning ushurini berish farz bo’ladi.
– G’alla qancha bo’lsa, ushurini bermak lozim bo’ladi?
– Xoh oz bo’lsin va xoh ko’p bo’lsin, qancha bo’lsa ham, ushurini berish lozim. Ushurda
zakotga tayin qilingan nisob yo’q.
– Qanday kishilar g’allalaridan ushur bermoqlari lozim bo’ladi?
– Boymi, faqirmi, balog’atga yetganmi, yetmaganmi – hamma ushur berishi lozim.
Zakotga o’xshash ushurga boylik, balog’atga yetishlik shart qilib qo’yilmagan.
– Hosil bo’lgan g’allaning qanchasiga ushur beriladi?
– Qancha hosil bo’lsa, shunchasiga ushur beriladi, xarajatlari ham chegirilmaydi.
– O’tin va qamishga o’xshash narsalardan ham ushur beriladimi?
– Berilmaydi.
– Yomg’ir yog’maydigan yerlarda asbob bilan suv tashib o’stirilgan ekinlarga to’la ushur
beriladimi?

– To’la ushur berilmaydi, balki ushurning qismi beriladi, ya’ni yigirma bo’lagidan bir
bo’lagi beriladi.
– Ushur kimlarga beriladi?
– Faqirlarga beriladi, boshqa o’rinlarga berilmaydi.
– Ijaraga olingan yerda o’sgan ekinlarga ushurni kim beradi? Yer egasimi yo ijaraga olib
ekin ekkan kishimi?

– Yerni ijaraga olib ekin qilgan kishi beradi. Ba’zi ulamolar yer egasi beradi, deganlar.



ABDULLOX
Sana: Juma, 22-Октября-2010, 03:28 | Xatlari # 138
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

100-DARS
Mavzu: FITR SADAQASI
– Fitr sadaqasi qanaqa sadaqadir?
– Ramazon oyidan keyin fitr hayiti kunida beriladigan sadaqadir.
– Fitr sadaqasi berish qanday kishilarga vojib?
– Shariatda boy deb hisob qilinadigan kishilarga vojib bo’ladi.
– Qancha moli bo’lgan kishilar shariatda boy hisoblanadi?
– O’z hojatidan ortiq kumush nisob miqdoricha (ya’ni, o’ttiz so’m va undan ziyoda) moli
bo’lgan kishi boy hisob qilinadi.
– Shuncha moli bo’lgan kishi sadaqa olsa bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, haromdir. Unday kishiga berilgan zakot, ushur, fitr sadaqasi, fidya
va boshqa sadaqalar hech qaysisi sadaqadan hisob qilinmaydi.
– O’z hojatidan ziyoda o’ttiz so’m miqdoricha moli bo’lmagan kishiga fitr sadaqasi berish
vojib bo’ladimi?

– Vojib bo’lmaydi, lekin agar bersa, savobsiz qolmaydi.
– Faqir kishilarga ham fitr sadaqasi berish vojib, deyish durustmi?
– Durust emas. Sadaqa berish vojib, degan kishi zo’r gunohkor bo’ladi. Go’yo shariatga
xiyonat qilgan hisoblanadi.
– Fitr sadaqasini bir kishi faqat o’zi uchungina beradimi yoki o’ziga qarashli boshqa
kishilar uchun ham berishi vojibmi?

– O’zi uchun ham va yosh bolalari uchun ham berishi vojibdir.
– Xotini uchun, katta yoshdagi bolalari uchun, mollik sabiy yosh bolalari uchun fitr
sadaqasini berish vojib bo’ladimi?

– Vojib bo’lmaydi. Agar boy bo’lsalar, ularning o’z gardanlariga vojib bo’ladi.
– Agar bir kishi xotini, katta yoshdagi bolalari va mollik sabiy yosh bolalari, xizmatkorlari
uchun fitr sadaqasini o’zi bersa, durust bo’ladimi?

– Albatta, durust bo’ladi.
– Fitr sadaqasini qaysi vaqtda berish vojib bo’ladi?
– Ramazon o’tgandan so’ng, hayit kuni tong otgach, berish vojib bo’ladi.
– Qaysi vaqtda bersa, savobliroq bo’ladi?
– Fitr hayiti kuni hayit namozi o’qilmasdan ilgari berish savobliroqdir.
– Agar bir kishi fitr sadaqasini hayit namozini o’qiguncha ado qilolmasa, u kishi nima
qiladi?

– Hayit namozini o’qigandan so’ng beradi, bermasdan qoldirmaydi.
– Hayit kuni bo’lguncha ramazon ichida fitr sadaqasini berib qo’yish durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi.
– Fitr sadaqasi qanday kishilarga beriladi?
– Zakot beriladigan faqir kishilarga.
– Har bir kishi uchun fitr sadaqasining miqdori qancha?
– Har bir kishi yarim so’ bug’doy yoki bir so’ arpa yoki yarim so’ xurmo yoki bir so’
mayiz berishi vojib bo’ladi.
– «So’» qanchaga teng keladigan o’lchovdir?
– Sakkiz yuz yigirma sakkiz misqol, ya’ni sakkiz qadoq miqdoricha bug’doy sig’adigan
o’lchovdir.
– Yarim so’ bug’doy necha misqol bo’ladi?
– Uch yuz oltmish to’rt misqol bo’ladi.
– Bug’doy, arpa, xurmo, mayiz o’rniga baholari barobar aqcha bersa bo’ladimi?
– Bo’ladi. Hatto, faqirlarga foydaliroq bo’ladi.
– Bir necha kishi fitr sadaqasini to’plab birdan bersa, durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi, lekin shunday bo’lsa ham, har kishi sadaqasini o’z nomiga atab bergani
afzaldir.



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 24-Октября-2010, 20:00 | Xatlari # 139
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

101-DARS
Mavzu:FIDYA
– Fidya qanaqa sadaqa?
– Mayyitning, ya’ni o’lgan kishining o’qilmay qolgan namozlari va tutilmay qolgan
ro’zalari uchun sadaqadir.
– Har bir qazo qilingan ro’za uchun qancha fidya beriladi?
– Har kun uchun bir fitr sadaqasi miqdoricha beriladi, ya’ni uch yuz oltmish to’rt misqol
qadar bug’doy yoki yetti yuz yigirma sakkiz misqol qadar arpa beriladi.
– Har bir o’qilmagan namoz uchun qancha fidya beriladi?
– Besh vaqt namozning har biri uchun ham, vitr namozi uchun ham fitr sadaqasi
miqdoricha beriladi.
– Umri ichida ba’zi namozi va ba’zi ro’zasi qazoga qolgan kishi vafot qilishidan
xavflangan zamonda nima qilsa, vojib bo’ladi?

– Qolgan namoz-ro’zalari uchun vorislariga vasiyat etmog’i vojibdir.
– Kishi shu tariqa vasiyat qilib vafot etgach, vorislar qancha miqdor fidya berishlari
kerak?

– Mayyitdan qolgan molning uch bo’lagining bir bo’lagidan berishi lozim bo’ladi.
– Qolgan molning uchdan biri fidyasiga yetmaydigan bo’lsa, nima qiladi?
– Uchdan biri qancha bo’lsa, o’shancha beriladi, yetmagan miqdori berilmaydi. Agar
vorislari uchdan biridan ziyoda qilib bersalar, savobli bo’ladi. Bir mayyit fidya beringlar,
deb vasiyat qilmasdan vafot qilsa, uning uchun vorislari qolgan molidan fidya bersalar,
g’oyatda savobli bo’ladi.
– Bir mayyitning hech bir moli qolmasa, u mayyit uchun boshqa kishi o’z molidan fidya
bersa, durust bo’ladimi?

– Durust bo’ladi.
– Mayyitning qazoga qolgan ro’za va namozlari miqdori ma’lum bo’lmasa, nima qilinadi?
– Taxmin qilib beriladi. Balog’atga yetgan zamondan hisob qilib, vafot qilgan
zamonigacha har bir namozi va ro’zasi uchun fidya beriladi. Tutilgan ro’za va o’qilgan
namozlari uchun ham bersa, zarari yo’qdir, chunki har bir qilingan amalning maqbul
bo’lmog’i ma’lum emasdir. Hattoki, hech bir ro’za va namozi qazoga qolmagan kishi ham
butun umrida ro’za va namozlari uchun fidya bersa, foydadan holi emasdir.
– Fidyaning tariqasi qanday?
– Er kishi bo’lsa, o’n ikki yoshini, xotin kishi bo’lsa, to’qqiz yoshini chiqarib hisoblanadi.
Keyin mayyitning boqiy qolgan umri uchun faqirga fidya beriladi.
- Fidya qay miqdorda beriladi?
– Agar o’sha mayyitning qolgan molining uchdan biri fidyaga kifoya qilgudek bo’lsa,
hammasi birdan faqirga beriladi.
– Bir yillik ro’za va namozning fidyasi qancha miqdor bug’doy bo’ladi?
– Ikki yuz o’ttiz olti pud va yigirma yarim qadoq bug’doy bo’ladi.
– Ushbu bug’doy va arpa o’rniga bahosi qadar aqcha bersa, durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi.
– Sadaqasi qanaqa kishilarga beriladi?
– Zakot beriladigan faqir kishilarga beriladi.



ABDULLOX
Sana: Seshanba, 26-Октября-2010, 18:05 | Xatlari # 140
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

102-DARS
Mavzu: NAFL SADAQA
– Nafl sadaqa qanaqa sadaqadir?
– Zakot, ushur, fitr sadaqasi, fidya va kafforatlardan boshqa, kishiga farz yo vojib yoki
lozim bo’lmagan sadaqadir.
– Nafl sadaqa bermak lozimmi?
– Farz yo vojib emas, lekin g’oyatda savobli, mustahab amaldir. Gunohlarning avf
qilinishiga, balolardan saqlanishga sabab bo’ladi.
– Faqirligi sababidan sadaqa so’ragan kishiga qanaqa muomala qilinadi?
– Oz bo’lsa-da, biror narsa berib yuborishga harakat qilish kerak. Bermaganda ham
unga qattiq so’z aytmay, berganini minnat qilmay, yumshoq so’z bilan ko’nglini ko’tarib
yuborish lozim. «Har ikkimizga Alloh taolo xayrli davlat bersin», deb duo qilgan yaxshi.
– Sadaqa olgan kishi sadaqa bergan kishini nima deb duo qiladi?
– Ushbu duo birla duo qiladi:
«Allohumma ihfaz sohiba hazihis-sodaqoti anil ofoti val baliyyati vag’fir
zunubahu va akid iymanahu va vaffiqhu ‘ala xoyri maqosiduhu»
.
Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, ushbu sadaqa qiluvchi kishini har turli ofat va balolardan
saqlagin va ham uning imonini qutlug’ qilgin va ham uning mollarini ko’p qilgin va ham
uni xayrli maqsadlariga yetkazgin».



ABDULLOX
Sana: Juma, 29-Октября-2010, 17:42 | Xatlari # 141
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

103-DARS
Mavzu: QURBONLIK
– Qurbon ma’nosi nima?
– Alloh taolo uchun bo’g’izlanadigan hayvondir.
– Qurbonlik qanday kishiga vojibdir?
– O’z hojatidan ortiq kumush nisobi miqdoricha moli bor bo’lgan boy kishiga vojib
bo’ladi.
– Qurbonlik qaysi vaqt so’yiladi?
– Qurbon hayiti kuni, ya’ni zulhijja oyining o’ninchi kunida qurbon hayiti namozi o’qilgan
so’ng so’yiladi.
– U kunda so’yilmay qolsa, nima qiladi?
– O’n birinchi yoki o’n ikkinchi zulhijjada so’yilsa ham durust bo’ladi.
– O’n uchinchi kuni so’yilsa-chi?
– Durust bo’lmaydi, chunki o’n ikkinchi zulhijjada quyosh botgandan keyin qurbonlik
so’yishning vaqti chiqadi.
– Qurbonlikni kechasi so’ysa bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, makruh bo’ladi.
– Bir kishi o’n birinchi va o’n ikkinchi zulhijjada qurbonlikni so’ya olmay qolsa, nima
qiladi?

– Qurbonlik uchun olgan hayvonni yoki o’sha hayvon bahosi miqdoricha aqchani sadaqa
qiladi.
– Qurbonlikka qanday hayvonlarni so’ysa bo’ladi?
– Qo’y, echki, sigir, tuya kabi tuyog’i yoriq hayvonlarni qurbonlikka so’yish durust.
– Tovuq, g’oz va otga o’xshash hayvonlardan qurbonlik qilsa bo’lmaydimi?
– Durust bo’lmaydi.
– Qo’y, echki necha kishi uchun qurbonlikka kifoya qiladi?
– Har biri bir kishi uchun kifoya qiladi.
– Sigir, tuya necha kishi uchun qurbonlikka kifoya qiladi?
– Har birisi bir kishidan to yetti kishigacha kifoya qiladi.
– Yetti kishi jam bo’lib bir sigirni qurbonlik qilsalar, go’shtini qay tariqa bo’lib oladilar?
– Tarozi bilan o’lchab oladilar.
– Qurbonlikning terisi nima qilinadi?
– Faqirlarga beriladi yoki sotib puli faqirlarga sadaqa qilinadi.
– Terini masjid imomiga bersa bo’ladimi?
– Agar faqir bo’lsa, bersa bo’ladi.
– Qurbonlik qilgan kishi qurbonligining go’shtini nima qiladi?
– Faqirlarga ulashadi va ziyofat qiladi hamda o’zining oila a’zolariga ulashadi.
– Qurbonlikni kim bo’g’izlaydi?
– Qurbonlik qilgan kishi bo’g’izlashni yaxshi bilsa, o’zi bo’g’izlaydi, bilmasa, boshqa bir
kishiga bo’g’izlatib, o’zi ustida duo qilib turadi.
– Qurbonlik qilinadigan qo’y yoki echki necha yoshli bo’lishi kerak?
– Bir yashar bo’lishi kerak.
– Olti oylik qo’yni qurbonlik qilsa, durust bo’ladimi?
– Agar o’sha qo’y semiz va jussasi bir yashar qo’yning jussasidek katta bo’lsa, durust
bo’ladi.
– Qurbonlik bo’ladigan sigir va yo ho’kiz necha yashar bo’lmog’i kerak?
– Ikki yashar bo’lmog’i lozim.
– Tuya necha yashar bo’lmog’i lozim?
– Besh yashar bo’lmog’i lozim.
– Devona, qo’tir, qirchang’i, shoxsiz, axta qilingan hayvonlar qurbonlikka yaraydimi?
– Qurbonlikka yaraydi.
– Qanday hayvonlar qurbonlikka yaramaydi?
– Nihoyatda oriq, yurolmaydigan, oqsoq, qulog’ining yo dumining uchdan biridan
ortiqrog’i kesik bo’lgan hayvonlar, bir yo ikki ko’zi ko’r, og’zida hech bir tishi qolmagan
hayvonlar qurbonlikka yaramaydi.
– Qurbonlik uchun qaysi hayvonlar afzalroq?
– Oq yoki ko’k rangli katta shoxli, a’zosi salomat, semiz qo’chqor afzaldir.



ABDULLOX
Sana: Dushanba, 01-Ноября-2010, 17:13 | Xatlari # 142
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

104-DARS
Mavzu: QURBONLIK SO'YISHNING YO'LI
– Qurbonlik qay tariqa so’yiladi?
– Atalgan hayvon yumshoqlik, muloyimlik va shafqat ila so’yiladigan joyga keltiriladi
hamda pichoqni hayvonga ko’rsatmasdan qayrab, o’tkir qilib, qiblaga to’g’rilab, chap
tarafi bilan yotqizib so’yiladi, tamom joni chiqmasdan terisi ajratilmaydi.
– Qurbonlikni so’yadigan kishi so’yadigan vaqtda qaysi duoni o’qiydi?
– Ushbu duoni o’qiydi:
«Allohumma inna solati va nusuki va mahyai va mamoti lillahi robbil alamiyn la
sharika lahu va bi zalika umirtu va ana avvallul muslimiyn»
.
Ya’ni: «Yo Rabb, mening namozim va ibodatlarim va tirikligim va o’lmakligim barcha
olamning egasi bo’lgan va zotida hech sherigi yo’q Alloh taolo uchundir va ushbu
qurbonlik qilmakka buyurilibdurman, ul amal xususida ishonguvchi va itoat
qiluvchilardandurman».
– Qurbonlikning kimdan atalgani qay tariqa bilinadi?
– Qurbonlik egasi yoki qurbonlikni so’yadigan kishi o’zi tilida: «Ey Alloh taolo, ushbu
qurbonlikni falon-falon o’g’lidan yo falon-falon qizidan qabul qilgin»,
deydi. Shundan
keyin «Bismillahu Allohu akbar» deb bo’g’izlaydi.
– Qurbonlik qiladigan kishi sochini oldirsa va tirnog’ini olsa, durust bo’ladimi?
– Hojilarga o’xshash uchun qurbon oyi kirgandan so’ng qurbonlik qilguncha sochini
oldirmasdan va tirnog’ini olmasdan turishi mustahabdir.



ABDULLOX
Sana: Payshanba, 04-Ноября-2010, 15:49 | Xatlari # 143
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

105-DARS
Mavzu: NAZR VA AQIQA
– Agar bir kishi falon maqsadim hosil bo’lsa, jonliq so’yaman, deb aytsa, so’ymoq lozim
bo’ladimi?

– Maqsadim hosil bo’lsa, jonliq so’yib go’shtini va terisini faqirlarga sadaqa qilib
beraman, desa, lozim bo’ladi va agar go’shtini va terisini sadaqa qilishni niyat qilmasa,
lozim bo’lmaydi.
– Shu kishi nazr qilgan hayvonni bo’g’izlasa, keyin nima qiladi?
– Nazri bo’yicha go’shtini va terisini faqirlarga sadaqa qiladi.
– Aqiqa nima?
– Bola tug’ilgandan so’ng yettinchi kuni jonliq so’ymoqdir.
– Bola tug’ilganda necha jonliq bo’g’izlanadi?
– O’g’il bolalar uchun ikki qo’y, qiz bolalar uchun bir qo’y bo’g’izlanadi.
– Aqiqa kimga beriladi?
– Ustixonlarini sindirmasdan bo’laklab pishirib yoki pishirmasdan bola doyasiga va ham
boshqa faqirlarga beriladi.
– Aqiqa qilish sunnatmi yo mustahabmi?
– Mustahabdir, lekin ba’zi ulamolar sunnat, demishlar va ba’zilari makruh demishlar.
– Xudodan boshqaga nazr qilish nechukdir?
– Masalan, «Hazrati G’avsil A’zamga bir qo’y va yoki o’n bir tanga nazr qildim» va yoki
«Hazrati Bahouddinga yetti tanga nazr qildim» va yoki «Ushbu o’g’limning boshini
hazrati Zangi otaga nazr qildim» va shunga o’xshash iboralar avom odamlar o’rtalarida
ko’p uchraydi. Chunonchi, bir kishi biror eshonga inobat qilib ziyoratiga borganda biror
narsa olib borsa, uni nazr ismi bilan atab, ushbu narsa sizga nazrdur, deydi. Bunga
o’xshash gap-so’zlarni ba’zi ulamolardan ham eshitsa bo’ladi. Bu tariqa nazrlari aslo joiz
ham, durust ham emas. Shu tariqa nazr qilgan kishilar gunohkor bo’ladilar. Hatto,
ba’zilar buni kufrga nisbat berganlar. Ushbu narsani menga nazr qilgan ekan, deb olgan
kishiga ham halol emas. Hadya yo sadaqa deb berilsa, olsa bo’ladi.



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 07-Ноября-2010, 17:08 | Xatlari # 144
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

106-DARS
Mavzu: HAJ
– Islom dinida farz bo’lgan amal va ibodatlarning beshinchisi Makkai Mukarramaga borib
haj qilmakdir.
– Haj qilmoq qanday kishiga farz bo’ladi?
– Oqil va bolig’, a’zosi salomat bo’lib, Makkai Mukarramaga borib qaytguncha kifoya
qilgudek yo’l xarajati va ham borib qaytib kelguncha uyida oila a’zolarining nafaqalariga
ham kifoya qigudek moli bo’lgan boy kishiga farzdir. Devona kishiga, voyaga yetmagan
bolaga, faqir kishiga, betob kishiga va ko’r kishiga haj qilish farz bo’lmas.
– Makkai Mukarramaning o’zida va yaqin atrofida bo’lgan faqir kishilarga haj qilish farz
bo’ladimi?

– Albatta, farz bo’ladi, chunki ularga yo’l xarajati kerak emas, shu sababdan faqir
bo’lsalar ham, boy kishilarning hukmidadirlar.
– Makkai Mukarramadan uzoq yerda bo’lgan bir faqir kishi jiddu jahd ila mashaqqatlar
chekib Makkai Mukarramaga yetib borsa, shu faqir kishiga haj farz bo’ladimi?

– Makkai Mukarramaga yaqinlashguncha farz bo’lmaydi. Yaqinlashgandan keyin faqir
bo’lsa-da, haj qilish mumkin bo’lib tursa, haj qilish farz bo’ladi.
– Haj qilishning sharti nima?
– Makkai Mukarramaga borguncha yo’lda har turli ofat va zararlardan tinch va
omonlikda bo’lish.
– Xotinlarga haj qilish farzmi?
– Davlati va salomatligi bo’lib, o’zi bilan hamroh borishga eri yoki biror mahram
qarindoshi bo’lsa, farz bo’ladi, yolg’iz o’zi bormaydi.
– Umr ichida necha marta haj qilish farzdir?
– Bir marta haj qilish farz, ikkinchi marta haj qilmoqlik nafl ibodatdir.
– Gardanida haj qilish farz bo’lgan kishi shu yilda haj qilolmasdan keyingi yilga qoldirishi
durust bo’ladimi?

– Durust bo’lmaydi, yo’l xavfsiz va eminlik bo’lganda tezlik bilan hajni ado qilmog’i
lozim.
– Yo’l notinch bo’lganda qoldirsa-chi?
– Tinchlik bo’lguncha qoldirib tursa, durust bo’ladi. Bir kishiga haj farz bo’lib vaqtida ado
qilolmasa, undan so’ngra yo’l yurishga qudrati yetmaydigan darajada zaif va notavon,
quvvatsiz bo’lib qolsa, u kishi o’z o’rniga boshqa kishini yuborib haj qildirishi lozim
bo’ladi.
– O’zidan boshqa kishini yuborib, haj soqit bo’lib, ikkinchi marta o’ziga hajga borish
lozim emasmi
?
– Notavonlik, bequvvatlik bilan o’lib ketsa, haj gardanidan soqit bo’ladi, haj qilgan
kishining hukmida ketadi. Ammo bir kishini yuborib haj qildirgandan so’ng sog’ayib,
quvvatlanib ketsa, o’sha vaqtda davlati bo’lsa, ikkinchi haj qilish unga farzdir.
– O’sha notavon kishi o’zi hayot vaqtida boshqa kishini yuborib haj qildirmasdan vafot
etib ketsa, nima bo’ladi
?
– Haj qildiringlar, deb vasiyat qilgan bo’lsa, qolgan molining uchdan biridan vorislari haj
qildiradilar, haji haj badalidadir.
– Haj amallari qaysi oyda qilinadi?
– Zulhijja oyida qilinadi.
– Hajning farzi nechta?
– Hajning farzi uchta:
birinchisi – ehrom, ya’ni hajni dili bilan niyat qilish;
ikkinchisi – Makkai Mukarramadan tashqarida joylashgan Arafot degan tog’da to’xtab
zikru duoda bo’lib turish; uchinchisi – Makkai Mukarramada Ka’ba nomli muborak uyni
tavof qilish, ya’ni aylanish.
Tanbeh: aksar avom odamlar ehrom, deb niyat qilgan holatda bog’laydigan lungini
aytadilar. Bu xatodir. Chunki «ehrom»ning ma’nosi niyat qilmoqdir va u lungi hojilarning
ehromda bo’lgan holatdagi liboslari, xolos.



ELDORBEK_KOREA
Sana: Dushanba, 08-Ноября-2010, 13:00 | Xatlari # 145
Ism:
[ELDORBEK]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[2]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Alloh rozi bo'lsin sizdan kattakon rahmat



SOG'INCH

OSHIQ YURAKLARDA GUMON UNMASIN,
XOKISOR QALBLARGA ARMON TULMASIN.
ADASHGAN KUNGILLAR SARSON BO'LMASIN,
SOG'INMAY QUYISHDAN XUDO ASRASIN !!!

umar1011
Sana: Dushanba, 08-Ноября-2010, 16:45 | Xatlari # 146
Ism:
[muxammad umar]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Etiborli Forumchi]
Postlari:
[80]
Xulqi: +
[8] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Alloh rozi bo'lsin



Sayidumar
oysha
Sana: Dushanba, 08-Ноября-2010, 16:52 | Xatlari # 147
Ism:
[sitora]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ASLOMU ALEYKUM DARSLA QIQA VA TUSHUNARLI CHIQIBDI ALOH ROZI BO'LSIN RAHMAT.

Mister_M
Sana: Dushanba, 08-Ноября-2010, 17:00 | Xatlari # 148
Ism:
[Murod]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[2]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

kotta rahmat bu ma´lumotlar ushun. olloh sizdan rozi bulsin

shurik5750
Sana: Dushanba, 08-Ноября-2010, 18:29 | Xatlari # 149
Ism:
[shukurullo]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[8]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ASSALOMU ALAYKUM WR WB OLLOX YOLIDA QILINGAN XAR QANDAY ISHLARGA OLLOX NING OZI MADATKOR BO'LADI !!! OLLOX ROZI BOLSIN !!!



Alaxamdulilah!!!
muhtorjon
Sana: Seshanba, 09-Ноября-2010, 10:05 | Xatlari # 150
Ism:
[muhtorjon]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[2]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ASSALAMU ALEYKUM RAHMAT SIZLARGA KOP AMALLARNI ORGANAMAN INSHAALLOH

-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!! (IBODATI ISLOMIYA KITOBI ASOSIDA ISLOMNI O'RGANAMIZ!!)
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024