Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


Модератор форума: ABDULLOX, Floricienta  
-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!! (IBODATI ISLOMIYA KITOBI ASOSIDA ISLOMNI O'RGANAMIZ!!)
BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!!
hadyatillo2005
Sana: Seshanba, 09-Ноября-2010, 16:33 | Xatlari # 151
Ism:
[mansur mahmudov]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

rahmad OLLOh rozi bulsin

nunu22
Sana: Payshanba, 11-Ноября-2010, 03:00 | Xatlari # 152
Ism:
[NUNU]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

asslalomu aleykum,men bu erda rasm qoldirmoqchiydim,rasmni qanday joylasa buladi.yordamila uchun katta raxmat



nurik
ABDULLOX
Sana: Payshanba, 11-Ноября-2010, 17:18 | Xatlari # 153
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

107-DARS
Mavzu: HAJ AMALLARI
– Haj amallari nimalardan boshlanadi?
– Ehrom (niyat) qilmoqdan boshlanadi.
– Qaysi joydan ehrom qilinadi?
– Makkai Mukarramaga yetmasdan «Miyqot» deb ataladigan joylar bor. O’sha joylarning
birida ehrom qilinadi.
– Hojilar qay tariqa ehrom qiladilar?
– Miyqotga borib yetgandan so’ng mo’ylablarini qisqa qiladilar, tirnoqlarini oladilar,
odatda kiyadigan liboslarini tashlaydilar, g’usl qilib, ehrom libosini kiyadilar.
– Ehrom libosi qanaqa libos?
– Ehrom liboslari ikki bo’lak matodan iborat. Biri «izor» deb ataladi va beldan quyisi
o’raladi, ikkinchisi «rido» deb ataladi va beldan yuqorisi o’raladi.
– Keyin nima qilinadi?
– Ikki rakat namoz o’qiladi, undan so’ng:
«Allohumma inni uriydul hajja fayassirhu va taqobbalhu minni», deb hajni niyat
qiladi. Ma’nosi: «E Rabb, men albatta haj qilmoqni niyat qilaman, uni menga yengil
qilgin va ham hajni mendan qabul qilgin».
– So’ngra nima qiladi?
– Talbiya aytadi:
«Labbaykallohumma labbayk, labbayka la sharika laka labbayk. Innal hamda
van-ne’mata laka val mulk la sharika lak»,
deb takrorlay boshlaydi.
Ma’nosi: «Yo Rabb, chaqirig’ingga binoan labbay, deb keldim. Senga hech sherik yo’qdir.
Hamma yaxshilik va hamma maqtov va har bir ne’mat Senga maxsusdir va xojalik
Sengadur. Senga hech sherik yo’qdir».
– Ushbu talbiya aytilgandan so’ng nima qilinadi?
– Ushbu talbiya bilan haj amaliga kirish qismi tamom bo’ladi. Endi u kishi Qurbon hayiti
kunlarida ehromdan chiqquncha «muhrim» deb ataladi. Muhrim – ehromli kishi,
demakdir. Va u muhrim holicha Makkai Mukarramaga boradi.



daryo2007
Sana: Juma, 12-Ноября-2010, 03:29 | Xatlari # 154
Ism:
[Daryo]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalomu alikum kotta rahmat hammasi uchun birodar
Olloh rozi bulsin, albatta hammasini kurib chiqamiz Insholloh.



.........
jorabek123
Sana: Juma, 12-Ноября-2010, 17:43 | Xatlari # 155
Ism:
[jorabek jalilov]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Монголия]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Allloh adashtirmasin...



kolonkov@inbox.rug rgregyegtergrthtrjhtee htrtrrw987dhugdyukewfuifasbdchjguf ttyuyuirbjhb bhdiu89uy73lhjb jhbhfhuihfuiehrfjhieuvhienriuh ihfhiuhguierhjpwuigtkolonkov@inbox.rug rgregyegtergrthtrjhtee htrtrrw987dhugdyukewfuifasbdchjguf ttyuyuirbjhb bhdiu89uy73lhjb jhbhfhuihfuiehrfjhieuvhienriuh ihfhiuhguierhjpwuigt
ABDULLOX
Sana: Dushanba, 15-Ноября-2010, 18:05 | Xatlari # 156
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

108-DARS
Mavzu: EHROMLI KISHI
– Muhrim kishi qaysi ishlarni qilishi va qaysi ishlardan saqlanishi lozim?
– Odobdan tashqari so’z so’zlash, xotini bilan yaqinlik qilish, gunoh ishlarga qo’l urish,
bir-biri bilan qichqirishib-g’ijillashishdan saqlanishi lozim. Muhrim kishi quruq yerlardagi
hayvonlarni o’ldirmaydi, igna bilan tikilgan libosni kiymaydi, oyog’iga mahsi, etik va
paypoq kiymaydi. Yuzini va boshini biror narsa bilan berkitmaydi, xushbo’y narsa
surtmaydi, tirnog’ini, sochini va boshqa mo’ylarini oldirmaydi, soch-soqolini taramaydi
va ham moylamaydi, haj amallari tugaguncha yalangbosh, yalangoyoq, oq ehrom libosi
bilan yuradi. Talbiya o’qiladigan har bir yerda talbiya aytadi.
– Ehromda bo’lgan holda qilishi durust bo’lmagan biror ishni qilib qo’ysa, nima bo’ladi?
– Haj kitoblarida bayon qilingan tariqada u kishiga bir hayvon so’yish yoki sadaqa qilish
lozim bo’ladi.
– Muhrim kishi qaysi ishlarni qilsa, durust bo’ladi?
– Yeyishi, ichishi, uxlashi, tahorat qilishi, g’usl qilishi, beliga aqcha solinadigan kamarni
bog’lashi, soyabon bilan soyalanishi, oyog’iga qisqa yozlik kavush kiyishi mumkin.
– Haj amallarida xotinlarning erkaklardan farqi bormi?
– Bor. Haj amallarida xotinlar erkak kishidan ushbu olti tur amallarda farqlanadilar:
1. Ehrom libosini kiymaydilar, balki o’z liboslarida yuradilar.
2. Igna bilan tikilgan liboslarni ham kiyadilar.
3. Boshlari ochiq yurmaydilar.
4. Talbiyani ichda aytadilar.
5. Ehromdan chiqqanda sochlarini oldirmaydilar va qisqa ham qildirmaydilar.
6. Agar hayzli bo’lsalar, hayzdan pok bo’lguncha farz tavofni qilmaydilar, pok bo’lgandan
so’ng qazosini qiladilar.



ABDULLOX
Sana: Payshanba, 25-Ноября-2010, 15:05 | Xatlari # 157
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

109-DARS
Mavzu: HOJILAR MAKKAI MUKARRAMADA QILADIGAN ISHLAR
– Hojilar Makkai Mukarramaga yetganda nima qiladilar?
– Avval to’g’ri Ka’ba masjidiga boradilar. Kaba’i muazzamani ko’rgan on takbir va tahlil
aytadilar. Ka’baning devoridagi Hajarul asvad (Qora tosh) ismli muborak toshni o’pib
barakotlanadilar, Ka’bani yetti marta aylanib, sunnat bo’lmish tavofni ado qiladilar.
– Undan so’ng nima qiladilar?
– «Ibrohim maqomi» degan yerda Ka’baga qarab ikki rakat namoz o’qiydilar.
– Undan so’ng-chi?
– Ulug’ zam-zamga borib suv ichadilar, yuzlariga, boshlari va badanlariga sepadilar.
– Ulug’ zam-zam suvini qay tariqa ichadilar?
– Zam-zam ustida hamisha izdihom bo’lib turgani uchun tik turgan holicha qiblaga to’g’ri
bo’lib, uch yutum qilib ichadi.
– Zam-zam suvini ichganda nima deb duo qiladilar?
– Ushbu duoni o’qiydilar:
«Allohumma inni as’aluka rizqon vosi’an va ‘ilman nafi’an va shifoan min kulli
doin».

Ma’nosi: «Ey Parvardigorim, men Sendan keng rizq va foydali ilm va har illatdan
saqlamoqni talab qilaman».
– Undan so’ng nima qiladilar?
– Masjiddan chiqib Safo va Marva degan yerlarning orasida u yoq-bu yoqqa yetti marta
yuguradilar.
– Undan keyin-chi?
– Zulhijjaning sakkizinchi kunigacha Makkada turib muborak joylarni ziyorat etib,
xohlaganlaricha nafl tavof qiladilar.
– Undan so’ng nima qiladilar?
– Sakkizinchi zulhijjada hamma hojilar Mino ismli bir joyga boradilar. Arafa kuni, ya’ni
zulhijjaning to’qqizinchi kunida Arafot tog’iga boradilar. Arafotda peshin namozining
vaqti kirgandan so’ng haj imomi xutba o’qiydi. So’ng ushbu vaqtda peshin namozi ila asr
namozi o’qiladi. Avval azon va iqomat ila peshin namozi o’qiladi. So’ng faqat iqomat ila
asr namozi o’qiladi. G’usl qilib, Arafot tog’ining o’rtasida to’xtab, zikr va talbiya aytib
(vuquf) oyoqda tik turadilar. Xohlagan duolar va talablarni qiladilar. Oftob botgandan
keyin Muzdalifa degan joyga borib, u yerda shom vaqtida shom namozini o’qimasdan
turib, xufton vaqti kirgandan so’ng avval shom namozini, undan keyin xufton namozini
o’qiydilar. Kechasini Muzdalifada o’tkazib, tong otib xo’b oqarguncha Muzdalifada bir tog’
yonida vuquf qilib, talbiya aytib turadilar, maqsadlarini talab qilib duolar aytadilar. Tong
tamom oqarganda yana Minoga borib, maxsus joyda yetti marotaba jamra toshlarini
otadilar, har bir toshni otganda takbir aytadilar va ham o’sha yerda qurbonliklarini
bo’g’izlab, go’shtini va terisini sadaqa qiladilar. So’ng sochlarini oldirib yoki qisqa qildirib
Makkai Mukarramaga qaytadilar. Makkai Mukarramada tavof farzini ado qilib, ehromdan
tamom chiqadilar. Ehromdan chiqqandan keyin o’zlarining rasmiy liboslarini kiyadilar.
– Hojilar hayit namozini qaysi yerda o’qiydilar?
– Minodan Makkaga borib yetishsalar, Makkada o’qiydilar, yetishmasalar, o’qimagan
hollaricha qoladilar. Musofir hojilarga hayit namozini o’qish vojib ham emas.
– Farz tavofni ado etganlar keyin nima qiladilar?
– Yana Minoga borib, o’n birinchi, o’n ikkinchi va o’n uchinchi zulhijjada har kun maxsus
joylarda otiladigan jamra toshlarini otadilar.
– Undan keyin-chi?
– Yana Makkai Mukarramaga qaytib, vido tavofini qiladilar. Zam-zam suvidan ichadilar.
Boshlariga va yuzlariga sepadilar. Ka’bai muazzama ostonasini bo’sa qiladilar. Ka’ba
eshigi bilan Hajarul asvad orasidagi «Multazam» degan joyga yuzlarini va siynalarini
surtib muboraklanadilar. Ka’baning pardasini tutib yuzlariga surtadilar, xonai Ka’badan
va boshqa muborak joylardan judo bo’ladilar, g’oyatda ixlos ila xohlagan maqsudlarini
tilab duo qiladilar, undan so’ng Ka’baga yuzlangan hollaricha orqalari bilan yurib
Ka’badan chiqadilar. So’ngra Makkai Mukarramadan chiqib qaytishga tayyor bo’ladilar.



Adiraf
Sana: Juma, 26-Ноября-2010, 19:11 | Xatlari # 158
Ism:
[Muhlisa]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1067]
Xulqi: +
[746] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Allah rozi bo'lsin..



Dilozorim
Sana: Seshanba, 30-Ноября-2010, 01:53 | Xatlari # 159
Ism:
[Muslimah]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[6]
Xulqi: +
[15] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum wr wb!








RAXMAT! Alloh rozi bo'lsin sizdan, Ilmingizni bundanam ziyoda qilsin...



Hayot Islom Bilan Go'zal!
ABDULLOX
Sana: Chorshanba, 01-Декабря-2010, 20:31 | Xatlari # 160
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

110-DARS
Mavzu: MADINAI MUNAVVARAGA BORISH
– Hojilarga Madinai Munavvaraga borib Payg’ambarimiz hazrati Rasuli akram
(s.a.v.)ning sharafli qabrlarini – ravzai mutohharalarini ziyorat qilish farzmi?

– Farz emas. Lekin farz bo’lmasa ham, g’oyatda zarur mustahab amaldir, chunki hazrati
Rasuli akram (s.a.v.): «Men vafot qilganimdan so’ng har kim qabrimni ziyorat qilsa,
go’yo o’zimni tirik holimda ziyorat qilgan hukmidadir, men u kishini qiyomatda shafoat
qilaman», deb va’da etganlar.
Tanbeh: haj amallarini qilishda va ham Madinai Munavvarada muborak joylarni va
qabrlarni ziyorat qilishda rioya etish zarur bo’lgan ko’p odoblar va o’qiladigan duolar bor.
Ularning hammasini bu kitobda bayon qilishning imkoni yo’q. Hajga boradigan kishilar
«Hajnoma» va «Manosiki haj» nomli kitoblarni biror martaba o’qib chiqishi va haj
mavsumida o’zi bilan hamroh qilib, ko’rib yurishi lozim. Bunday kitoblar duolarni ta’lim
beradi va ham ziyorat qilishning odoblarini bildiradi.



ABDULLOX
Sana: Chorshanba, 08-Декабря-2010, 18:48 | Xatlari # 161
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

111-DARS
Mavzu: BOLA TUG'ILGANDA QILINADIGAN AMALLAR VA O'QILADIGAN DUOLAR
– Bola tug’ilganda nima qilinadi?
– Ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma aja’lhu kabbaron va inbithu fil islam nabatan hasanan».
«Yo Rabb, ushbu bolani solih qilgin va ham yaxshi o’smoq birla Islom dinida o’stirgin».
Undan so’ng bolaning o’ng qulog’iga azon, chap qulog’iga iqomat aytiladi, undan so’ng
xurmo bilan yo biror shirin narsaning ta’mi bilan bola oziqlantiriladi. Bola tuqqandan
so’ng ona hammadan ilgari xurmo yesa, yaxshi bo’ladi. Yettinchi kuni bolaga biror
yaxshi ism qo’yiladi. Sochini olib, sochi vaznicha oltin yoki kumush sadaqa qilinadi va
ushbu kunda o’g’il bola bo’lsa, ikki qo’y, qiz bola bo’lsa, bir qo’y aqiqa qilinadi.
– Bolani kim emizadi?
– Albatta onasi emizadi, bolaga onasining suti nihoyatda foydalidir. Boshqa xotin emizsa
ham, durust bo’ladi, lekin tani sihat, xushxulqli va xushtabiat xotin bo’lishi lozim. Chunki
sut bergan xotinning xulqi va tabiati emgan bolaga ta’sir qiladi.
– Bola necha yoshgacha emiziladi?
– Ikki yoshga to’lguncha emiziladi.
– Qaysi vaqtda xatna qilinadi?
– Yetti kundan boshlab yetti yoshgacha qaysi vaqtda xatna qilsa bo’laveradi. Undan
keyin qilsa ham bo’ladi.



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 12-Декабря-2010, 17:21 | Xatlari # 162
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

112-DARS
Mavzu: VASIYAT
– Bir musulmon kishi betob bo’lsa, nima qiladi?
– Gunohlariga tavba qiladi va istig’for aytadi. Amal va ibodatni ko’proq qilishga zo’r
beradi va ham biror ishonchli tabibga o’zini ko’rsatadi, tabib buyurgan ishlarni qilishga
va man etgan ishlarni qilmaslikka intiladi.
– Betobning do’stlari nima qilishlari lozim?
– Betobning holini so’rashi va yordamchisi bo’lmasa, yordam qilishi lozimdir.
– Betob bo’lgan kishi nima qilishi lozim?
– Vorislariga va boshqa kishilarga vasiyat qilmog’i va ham har kimdan rozilik istamog’i
va rozi bo’lmog’i lozim.
– Qay tariqa vasiyat qilmoq vojib?
– Ortidan qolayotgan molidan qarzlarini berishni va ham berilmay qolgan zakot, ushur
va fitr sadaqasiga o’xshash vojib sadaqalarni berishni va ham qazo bo’lgan namoz va
ro’zalarning fidyasini berishni vasiyat qilishi vojibdir.
– Qanday narsalarga vasiyat qilish sunnat?
– Har bir musulmonni yaxshi va muttaqiy bo’lishga va ham dushmanlarni rozi qilishga
vasiyat qilishi sunnatdir.
– Qaysi narsalarga vasiyat qilish mustahab?
– Qolgan molidan masjid va maktablar binosi qurishga va ham ko’prik va yo’llarni
tuzatishga o’xshash amallarga va ham faqirlarga sadaqa ulashishga vasiyat qilish
mustahabdir.
– Betob kishi vafot etsa, vorislari nima qiladi?
– Mayyitning tarikasidan, ya’ni qolgan molidan avval kafan va dafn uchun xarajatni
oladi, undan keyin qolgan mollarining uch bo’lagidan bir bo’lagi bilan boshqa vasiyatlarni
ado qiladi, undan qolgan molni faroyiz kitoblarida bayon qilingan tariqada taqsim qiladi.



ABDULLOX
Sana: Payshanba, 16-Декабря-2010, 17:53 | Xatlari # 163
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

113-DARS
Mavzu: MAYYIT
– Betob kishi jon berishga yaqinlashganda nima qilinadi?
– Oyoqlarini qibla tarafga qilib chalqanchasiga yotqiziladi. Oxirgi so’zi imon kalimasi
bo’lsin uchun kalimai shahodatni talqin qilib turiladi. Yodiga tushirish uchun o’layotgan
kishining oldida baland ovoz bilan aytib turadilar. Ammo aytgin, deb amr qilinmaydi va
ham joni chiqquncha oldida Yosin surasi o’qiladi.
– Joni chiqqandan so’ng nima qilinadi?
– Ko’zlarini yumib, iyagini boshiga bog’lash va og’zini yopish lozim. Ustiga biror narsa
yopib, yuzi berkitiladi, xushbo’y narsalar bilan mayyit atrofiga dud qilinadi.

MAYYITNI YUVISH
– Yuvg’uchi mayyitni qay tariqa yuvadi?
– Qo’liga biror bo’z latta o’rab, avval istinjo qildiradi. Keyin ikki qo’liga boshqa latta
o’rab, og’zi-burnini yuvmasdan tahorat qildiradi. So’ngra barcha a’zosini yuvadi, mumkin
qadar avratiga ko’z tushirmaslikka harakat qiladi. Mayyitning soch, tirnoq va mo’ylovlari
olinmaydi. Soch, soqollari taralmaydi va o’rilmaydi. Boshiga va soqoliga xushbo’y
narsalar surtiladi.
– Mayyitga kafan qay tariqa bo’ladi?
– Kafanni yozib yo so’zlab bildirish qiyin. Ko’z bilan ko’rmaguncha yaxshi fahmlab
bo’lmaydi. Muallim va imomlar kafanning qay tariqa bo’lishini qog’ozdan yasab
ko’rsatishlari lozim.
– Mayyit uchun janoza namozi o’qigandan so’ng nima bo’ladi?
– Imom yoki boshqa bir kishi janoza namoziga hozir bo’lgan kishilardan «Bu mayyit
qanday kishi edi?» deb guvohlik oladi. Shu tariqa savol qilinganda janozada hozir
bo’lgan kishilar: «G’oyatda yaxshi kishi edi», deb yaxshiligiga shahodat beradilar. Har
qaysilari «Alloh taolo rahmat qilib, joyini jannatda qilsin», deb duo qiladilar.



ABDULLOX
Sana: Dushanba, 20-Декабря-2010, 04:20 | Xatlari # 164
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

114-DARS
Mavzu: MAYYITNI UZATISH
– Mayyitni qay tariqa qabrga olib borish lozim?
– Ko’tarib olib boriladi. Oz bo’lganda to’rt kishi ko’tarish sunnatdir va imom bo’lgan
kishiga mayyitni bir oz ko’tarib borish, tobutning to’rt oyog’ini mashhur tariqada ushlab
ko’tarish sunnatdir. Xotin va qiz tobutining ustiga biror parda tashlash, lahad ichiga
qo’yguncha o’sha parda bilan qabrning ustini berkitib turish lozim.
– Tobut orqasida qabristonga sadaqa olishni niyat qilmasdan, ibrat uchun borish durust
bo’ladimi?

– Mustahabdir, savobli bo’ladi.
– Qabristonga qay tariqa borilsa yaxshi?
– Dunyo so’zidan so’zlamasdan va kulmasdan, tasbeh va tahlil aytib, mayitga rahmat
tilab borilsa yaxshi.
– Birovning vafotini eshitgan kishi nima deb duo qiladi?
– Ushbu duoni aytadi:
«Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Allohumma in kana hazal mayyitu muhsinan
fazid fi ehsanihi va in kana musian fatajavaz anhu».

Ma’nosi: «Albatta hammamiz Allohnikimiz va albatta Alloh taologa qaytamiz. Yo Rabb,
agar bu mayyit yaxshi kishilardan bo’lsa, yaxshilikni ziyoda qilgin va agar gunohkor
kishilardan bo’lsa, gunohini kechirgin».



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 26-Декабря-2010, 17:30 | Xatlari # 165
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

115-DARS
Mavzu: MOTAM, YIG'I VA TA'ZIYA
– Motam nima?
– Mayyitni sog’inib, g’amgin bo’lib yig’lash.
– Yig’i nima?
– Qichqirib-qichqirib mayitni maqtay-maqtay yig’lash.
– Ushbu ishlar durust bo’ladimi?
– Motam durustdir, ammo yig’i qilish durust emas. Yig’i johiliyat zamonidan qolgan
odatdir.
– Mayyit uchun g’amgin bo’lib yoqalarini yirtish, boshlariga urish, sochlarini yulish
to’g’rimi?

– Aslo durust bo’lmaydi, haromdir.
– Ta’ziya nima?
– Mayyitning yaqin kishisi ila g’amginlik suratida ko’rishish ta’ziyadir. «Marhum g’oyatda
yaxshi kishi edi, Alloh taolo rahmat qilib, joyini jannatda qilsin», deb mayyitni madh va
ham duo qilish; «Endi qolganlarimizga Xudo xayrlik bersin, ko’p yig’lama, sabr qilgin,
har qaysimiz bu dunyoda musofirmiz, oqibat hammamiz o’sha yerga boramiz, Alloh
taolo har birimizga jannatda ko’rishmoqlikni nasib aylasin», demakdir.



-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!! (IBODATI ISLOMIYA KITOBI ASOSIDA ISLOMNI O'RGANAMIZ!!)
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024