Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


Модератор форума: ABDULLOX, Floricienta  
-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!! (IBODATI ISLOMIYA KITOBI ASOSIDA ISLOMNI O'RGANAMIZ!!)
BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!!
ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 14-Июня-2009, 19:26 | Xatlari # 31
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

17-DARS
Mavzu: QIYOMAT KUNINING SHARHI
- Dunyo maxluqoti tamoman halok bo’lgandan so’ng nima bo’ladi?
- Undan so’ng qiyomat boshlanadi. Alloh taolo odamlarni qaytadan tiriltiradi. Qabrlardagi
va boshqa joylardagi o’liklar Alloh taoloning qudrati bilan bir joyga yig’ilib, xuddi tirik
vaqtlaridagidek to’planishadi. So’ng Alloh taolo Isrofil alayhissalomga surni ikkinchi
marotaba chalmoqni amr qiladi. So’ng har bir banda mahshar maydoniga jam bo’ladi.
- Mahshar maydoni qanaqa maydondir?
- U bandalarning o’tkinchi dunyoda qilgan amallarini hisob va taftish qiladigan joydir.
- Mahshar maydonida qanaqa ishlar bo’ladi?
- Har bandaga o’tkinchi dunyodagi amallari yozilgan daftar berilib, u amallarining har biri
o’ziga ma’lum qilinadi. Va har kimning amali to’g’rilik, odillik tarozisi bilan o’lchanib,
jannat va do’zax ahllari saralanadi.
- Mahsharda bandalarning amallarini kimlar hisob va taftish qiladilar?
- Alloh taolo tarafidan buyurilgan vakil farishtalar.
- Hisobotdan so’ng bandalar qaysi yerga borishadi?
- Jahannam ustiga qurilgan Sirot ko’prigining yoniga boradilar.
- Sirot ko’prigidan kimlar o’tmoqqa qodir?
- Har bir solih va gunohlari kechirilgan mo’min zotlar. Ammo undan o’tolmagan
gunohkor zotlar Sirot ko’prigidan qulab jahannamga tushib ketadilar.



ABDULLOX
Sana: Dushanba, 15-Июня-2009, 19:49 | Xatlari # 32
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

18-DARS
Mavzu: JANNAT VA JAHANNAM
- Jannatning ta’rifi qanday?
- Jannat rohat va farog’atga to’la. Unda xushhavo bog’lar, zilol chashmalar, til bilan
bayon qilib bo’lmas afzalliklar bor.
- Jannatdagi eng mo’’jizaviy va hayratlanarli voqea nima?
- Jannat ahlining Alloh diydoriga yetishmog’i. Ammo Allohni biz qay tariqa, ya’ni qay ko’z
bilan ko’rmog’imiz ma’lum emas.
- Jahannam qanday makon?
- Jahannam qabohatga va razolatga to’la azoblar makonidir. U joyda Zaboniya ismli
farishtalar kofirlar va gunohkorlarga ayovsiz jazo beradilar.
- Jannatga kimlar kiradi?
- Bu o’tkinchi dunyoda Alloh buyurgan amallarni bajarib, u Zot ta’qiqlagan ishlardan
qaytgan diyonatli va gunohlari kechirilgan mo’min bandalar kiradi.
- Jahannamga-chi?
- Kofirlar va fosiqlar.
- Kishilar jannatda doimiy qoladilarmi?
- Jannat ahli boqiy qoladi va unda qazoyu qadar yo’qdir.
- Jahannamga kirganlar-chi?
- Imonsiz kishilar jahannamda doimiy mahbus bo’lib qoladilar. Ularga o’lim yo’q. Ammo
gunohlari kechirilmasdan jahannamga kirgan osiy mo’minlar gunohlari miqdoricha
jazolanib, so’ng do’zaxdan chiqadilar va jannatga qaytib, u joyda qoladilar.



ABDULLOX
Sana: Dushanba, 15-Июня-2009, 19:56 | Xatlari # 33
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

19-DARS
Mavzu: GUNOHKORLAR
- Islom diniga e’tiqod qo’ygan va lekin o’zini tuta olmay, gunoh qilgan kishilar
musulmonlikdan chiqadimi yoki yo’qmi?

- Chiqmaydi. Ammo fosiq va gunohkor bo’ladi.
- Gunohkorlar do’zax azobidan saqlanishi ehtimoli bormi?
- Alloh taolo kechirgan ba’zi bandalar do’zaxga emas, jannatga kirishi mumkin.
- Alloh ba’zi gunohlarni kechiradimi?
- Agar xohlasa.
- Alloh qaysi gunohlarni kechiradi?
- Har qanday gunohni kechirish Allohning ixtiyoridadir. Alloh odildir. Yana chin ixlos bilan
tavba qilgan kishilarning gunohidan kechishga Alloh va’da qilgan.
- Bevaqt vafoti tufayli tavba qilolmay o’tgan mo’minlarning gunohlari kechirilishi
mumkinmi?

- Payg’ambarlarning va boshqa solih kishilarning shafoatlari sabab bo’lib ko’p
kishilarning gunohi kechirilishi mumkin. Farz va vojib amallarini qilgandan so’ng sunnat
amallarini qilgan kishilarni Muhammad alayhissalom shafoat qiladilar.
- Payg’ambarlarning va boshqa solih kishilarning shafoatlaridan mahrum bo’lgan
gunohkor kishilarning ham gunohi kechiriladimi?

- Alloh kechirguvchi. Marhamat ul Zotning o’zidan. Ammo Allohning marhamatiga
tayanib gunoh qilmoq joiz emas. Chunki Alloh qahrli hamdir.
HAZRATI ODAM A.S VA HAVVO
- Dunyoda eng avval kim yaratilgandir?
- Otamiz Odam (a.s.) va onamiz hazrati Havvolar. Ular jamiki odamzotning otaonalaridir.



ABDULLOX
Sana: Seshanba, 16-Июня-2009, 18:31 | Xatlari # 34
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

20-DARS
Mavzu: MUHAMMAD ALAYHISSOLATU VASALLAM
- Muhammad alayhissalom qachon dunyoga kelganlar?
- Milodiy tarixning 570 yili 27 savrda, 12 rabiul-avvalning dushanba kuni dunyoga
kelganlar.
- Muhammad alayhissalom qaerda dunyoga kelganlar?
- Osiyoda. Arabistonning Makka nomli shahrida dunyoga kelganlar. Ellik uch yoshgacha
Makkai Mukarramada, oxirgi o’n yil Madina shahrida yashaganlar.
- Ul zot necha yoshlarida payg’ambar etib saylandilar?
- Qirq yoshlarida.
- Ungacha umrlari qay holda kechdi?
- U zot yoshliklaridanoq aqlli, farosatli va diyonatli kishi edilar. U kishini butun Makka
ahli izzat qilardi. Sevib «Muhammad al-Amin» (ishonchli Muhammad), derdi.
- Payg’ambar bo’lgunlaricha mashg’ulotlari nima edi?
- Xadicha ismli boy savdogar ayolning savdogarlik ishlariga mutasaddi edilar. Yigirma
besh yoshlarida hazrati Xadichaga uylandilar.
- Hazrati Xadicha u paytda necha yoshda edi?
- Qirq yoshda.
- Islomgacha Arabiston ahli qaysi dinda edi?
- Ko’pchilik butparast va majusiy, ba’zilar yahudiy va nasroniy dinida edilar. Ba’zilari
o’zlarini Ibrohim alayhissalom dinida hisoblab, uning millatidanmiz, deb aytar edilar.
- Muhammad alayhissalomning payg’ambarliklari qanday boshlangan?
- Muhammad alayhissalom qirq yoshlarida dunyo ishlarini tark qildilar. Aqlu e’tiqod bilan
Alloh taolo borligini bildilar va Makkai Mukarramaning chetidagi Hiro tog’ida g’orga borib,
Allohga ibodat qildilar. Bir kuni o’sha tog’da o’tirganlarida farishta Jabroil kelib «Iqro»
surasini o’qidi. Yana bir kelganlarida Alloh taolo u zotni payg’ambar etib tayinlaganini va
odamlarni Islom diniga da’vat qilmog’i uchun elchi etib saylaganini so’zladi.
- So’ng nima bo’ldi?
- So’ng Allohning rasuli xaloyiqni Islom diniga taklif qila boshladilar.
- Dastlab kimlar imon keltirdi?
- Hazrati Abu Bakr Siddiq, xotinlardan Xadichai Kubro, yosh bolalardan hazrati Ali.
- Payg’ambar bo’lganlaridan so’ng Makkai Mukarramada necha yil turganlar?
- O’n uch yil. So’ng Allohning amri bilan Madina shahriga hijrat qilganlar. U zot bilan
birga musulmonlar ham hijrat qilishdi. Biz Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga
hijrat qilganlaridan boshlab hijriy tarix, deb hisob yuritamiz.
- Allohning rasuli Madinada bo’lgan vaqtlarida qaysi ishlar yuzaga keldi?
- Shahar aholisi islomiy hukm asosida umr kechira boshladi va imonsiz xalqlarni Islomga
kirgizmoq va Islom davlati yaratmoq uchun kurashdi. Kofirlarga qarshi janglar bo’ldi. 8-
hijriy sanada Makka ham musulmonlar qo’liga o’tdi. 10-sanada barcha musulmon ahli
Makkai Mukarramaga hajga bordi. Ushbu haj vaqtida Alloh taolodan Kalomi sharifning
so’nggi oyatlari nozil bo’ldi. Muhammad alayhissalom u oyatlarni aytib Alloh taoloning
kalomi – Qur’on nihoyasiga yetganini va Islom dinining hukmlari butunlay bayon
qilinganini so’zladilar, o’zlarining qazolari yaqinlashayotganini aytib, xaloyiqqa va’znasihatlar
qildilar.
- Muhammad alayhissalom necha yoshda qazo qildilar?
- Madinai Munavvarada o’n yil turgandan so’ng oltmish uch yoshlarida milodiy 632
sanada, hijriy 11 sananing 12 rabiul-avvalida, dushanba kuni baqoga safar qildilar.
- Ul zotning qabrlari qaerda?
- Madinai Munavvara shahrida, Masjidi nabaviyning ichida maxsus bir gumbazning
ostida. Hojilar Ravzai mutaharraga ziyoratga kelib ketadilar.



Mubin_90
Sana: Chorshanba, 17-Июня-2009, 19:19 | Xatlari # 35
Ism:
[Mubinilloh]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Alloh sizlardan rozi bolsin

lapu
Sana: Payshanba, 18-Июня-2009, 06:44 | Xatlari # 36
Ism:
[Dilafruz]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[4]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Assalomu alaykum wr wb! Bilmagan narsalarimmi shu yerdan o'qib eslab qolishga xarakat qivomman... Hammelaga katta raxmat! Ollox rozi bo'lsin!

lapu
Sana: Payshanba, 18-Июня-2009, 06:57 | Xatlari # 37
Ism:
[Dilafruz]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[4]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ASSALOMU ALAYKUM WR WB! OLLOX ROZI BO'LSIN. OMIN!

ABDULLOX
Sana: Juma, 19-Июня-2009, 19:04 | Xatlari # 38
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

21-DARS
Mavzu: MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING MO'JIZALARI
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ham mo’’jizalar ko’rsatganmilar?
- Ha. «Siyari nabiy» va «Tavorixi anbiyo» kitoblarida bu haqda ko’p bayon qilingan.
Birinchisi, kofirlar u kishini sinamoq uchun mo’’jiza so’rashganida, oyni ikki bo’lakka
bo’lib ko’rsatganlar. Oyning bir bo’lagi tog’ning bir tomonida, ikkinchi bo’lagi boshqa
tomonida ko’ringan. Ikkinchisi, Muhammad alayhissalom Abu Bakr Siddiq (r.a.) bilan
Makkadan Madinaga kelganlarida Abu Ayyub Ansoriy ikki kishilik taom keltirganlar.
O’shanda Muhammad alayhissalom Abu Ayyubga Madina shahri ulug’larini majlisga
chaqirishni buyurganlar. Bir yuz sakson kishi yig’ilgan va hammalari taomni tanovul qila
boshlaganlar. Ammo mo’’jiza tufayli taom sira kamaymagan. Uchinchisi, Hudaybiya
sahrosida urush payti sahobalar tashna bo’lishadi. Shunda Rasuli akram alayhissalom
duo bilan suv chiqaradilar. Jami askarlar to’yib suv ichadilar. To’rtinchisi, yana o’shanday
holatlarning birida Rasuli akram alayhissalom yarim kosa suvga barmoqlarini soladilar va
kosaga suv to’lib, yetmish-sakson kishi u suvdan ichadilar. Beshinchisi, Nabiy
alayhissalom uch yuz kishilik majlis chaqiradilar. Bir kichik laganda xurmo qo’yadilar,
majlis ahli xurmodan qancha tanovul qilsa ham hech tugamagan. Oltinchisi, Muhammad
alayhissalomning oldilariga bir yahudiy ayol zaharlangan go’sht keltirganida, go’sht:
«Men zaharlanganman», degan ekan. Yettinchisi, bir bo’ri, echki va tuya
Payg’ambarimizning mo’’jizalari tufayli tilga kirgan. Sakkizinchisi, bir kishi: «Payg’ambar
ekanligingizga guvohingiz bormi?» deb so’raganida, bir daraxt Rasul alayhissalomning
yonlariga kelib shahodat kalimasini aytgan va qaytib joyiga borib turgan. To’qqizinchisi,
Xandaqda urush payti bir dona arpa noniga baraka kelib, ming kishi to’ygan. O’ninchisi,
Hunayn urushida Rasul alayhissalom dushman qo’shiniga bir hovuch tuproq
sepganlarida, ularning ko’zlariga tuproq to’lib, mag’lublikka giriftor bo’lgan edi. O’n
birinchisi, ul zot tasbeh o’girganlarida, tasbeh toshlaridan «Subhanalloh», degan ovoz
eshitilgan. O’n ikkinchisi, Muhammad alayhissalom qarindoshlarining xayr-duolarini qilib
turganlarida, uyning devorlaridan «Omin» degan ovoz eshitilgan. O’n uchinchisi,
Muhammad alayhissalom juma kuni suyanib xutba o’qiydiganlari xurmo yog’ochidan
ayrilganlarida, u yog’och ustun g’amgin yig’i ovozi chiqargan. O’n to’rtinchisi,
Muhammad alayhissalomning eng katta mo’’jizalari - Qur’oni karimdir.
- Muhammad alayhissalomning ota-bobolari kimlar?
- Otalari Abdulloh, uning otasi Abdulmuttolib, uning otasi Hoshim, uning otasi
Abdumannofdir. Onalari Omina Vahob ismli kishining qizidir.
- Muhammad alayhissalomning dastlabki xotinlari kim?
- Hazrati Xadichai Kubro roziallohu anhodir.
- Muhammad alayhissalomning farzandlari nechta edi?
- Uch o’g’il, to’rt qizlari bo’lgan. O’g’illari Qosim, Ibrohim, Abdulloh; qizlari Ruqiya,
Zaynab, Ummukulsum, Fotimadir.



ABDULLOX
Sana: Juma, 19-Июня-2009, 19:08 | Xatlari # 39
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

22-DARS
Mavzu:SAHOBALAR VA HALIFALAR
- Muhammad alayhissalomning sahobalari kim edi?
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan birga mo’min-musulmonlikda yashagan
va mo’min-musulmonlikda vafot qilgan kishilardir. Har qaysilarini biz do’st tutmog’imiz
lozim.
- Sahobalarning eng afzali kimlar?
- Hazrati Abu Bakr Siddiq, hazrati Umar ibn Xattob, hazrati Usmon ibn Affon, hazrati Ali
Murtazo roziallohu anhumlar. Ushbu to’rt sahoba muhtaramu mukarram choryorlardir.
Jamiki musulmonlar ushbu choryorlarning har qaysilarini do’st tutmog’i lozim.
- Rasul alayhissalom qazolaridan so’ng kim xalifa bo’ldi?
- Sahobalarning kengashi bilan Abu Bakr Siddiq ikki yilu uch oy xalifa bo’ldi. So’ng
hazrati Umar o’n yildan ziyodroq xalifa bo’ldi. So’ng hazrati Usmon o’n yilga yaqin
xalifalik qildi. So’ng hazrati Ali Murtazo to’rt yil xalifa bo’ldi. Hazrati Ali vafotidan so’ng
uning o’g’li Hasan olti oyga yaqin xalifa bo’ldi. So’ng Islom ahli ichida fitna chiqqach,
fitna bosilishi uchun hazrati Muoviya podshohlik tojini kiydi.



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 21-Июня-2009, 01:19 | Xatlari # 40
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

23-DARS
Mavzu: AHLI SUNNA VAL JAMOA
- Rasul alayhissalomning sahobalari vafot etib ketgach, Islom ahli e’tiqodida necha firqa
yuzaga keldi?

- Yetmish uch firqa. Ammo mashhurlari uchtadir: ahli sunna val jamoa firqasi, shia
firqasi, mo’’tazila firqasi.
- Ushbu uch firqaning (mazhabning) eng to’g’ri yo’ldagisi qaysi?
- Ahli sunna val jamoaning e’tiqodi haqdir.
- Biz qaysi mazhabdanmiz?
- Biz ahli sunna val jamoa mazhabidanmiz.
- Uning tariqati qanday?
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom va u kishining sahobalari qanday yo’l tutgan
bo’lsa, din va shariat hukmlariga qay tariqa e’tiqod qo’ygan bo’lsa, ahli sunna val jamoa
ham shu yo’ldan boradi.
- Shianing e’tiqodi qay yo’sindadir?
- Ular ko’p masalada ahli sunna val jamoa bilan hammaslak bo’lsalar-da, juz’iy
noo’xshashliklari ham bo’ladi. Masalan, ahli sunna val jamoa Abu Bakr Siddiqni xalifa
etib sayladi. Ammo shia mazhabidagilar Rasul alayhissalomdan so’ng xalifalikka u
kishining qarindoshi hazrati Ali mustahiq, dedilar. Orada kelishmovchilik paydo bo’ldi.
- Mo’’tazila mazhabining yo’li qanday?
- Ularning ham noo’xshashligi bor. Masalan, ular qabrda mayyitning tirilmog’iga va savol
etuvchi farishtalar kelishiga, o’lgan kishining rohat yo azob ko’rmog’iga, Sirot ko’prigiga,
Alloh taolo jannati kishilarga ko’rinmog’iga va yana boshqa shu kabi masalalarga
ishonmaydilar.
- Ahli sunna val jamoa mazhabidagilarning nomlanishi qanday?
- Sunniy.
- Shia firqasidagilarning-chi?
- Shiiy.
- Mo’’tazila mazhabidagilarning-chi?
- Mo’’taziliy, deb atashadi. O’z aqliga tayanib, shariat hukmlariga zohiran e’tiqod
qilmaydiganlar mo’’tazila qatoriga kiradi.
- Shia va mo’’tazila mazhabidan bo’lgan kishi musulmonmi yoki yo’qmi?
- Islom dinining haqligiga imon keltirib, qibla tomonga qarab namoz o’qiganlari
musulmondir. Ba’zi masalalarda xato e’tiqod qilganligi uchun gunohkordir. Ularni
besabab kofir deyish yaxshi emas. Chunki ular Alloh taoloning borligiga va birligiga
ishonishadi. Muhammad alayhissalom Allohning haq payg’ambari ekanligiga, Kalomi
sharifga imon keltirishadi
.



ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 21-Июня-2009, 01:22 | Xatlari # 41
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

24-DARS
Mavzu: SHARIAT HUKMLARI
- Shariat hukmlari nimadir?
- Islom dinidagi e’tiqod, ibodat va maishat masalalari bo’yicha hukmlardir.
- Shariat hukmlari qay yerlarda bayon qilingan?
- Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda.
- Hadisi sharif nima?
- Payg’ambarimizning muborak so’zlari.
- Qur’oni karimda va hadisi sharifda shariat hukmlarini qanday bilsa bo’ladi?
- Shariat hukmlarini bilish uchun mujtahid bo’lmoq darkor.



ABDULLOX
Sana: Seshanba, 23-Июня-2009, 02:24 | Xatlari # 42
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

25-DARS
Mavzu: POKLIK
«Innal Islama nazifun fatanazzafu fa innahu la yadxulul jannata illa nazifun».
Ma’nosi: «Islom poklovchi dindir. Poklanishga shoshiling, nopok kishi jannatga
qo’yilmas».
«Buniyaddinu ‘lannazafati».
Ma’nosi: «Islom dinining poydevori poklikdir».
«Attuhuru shatrul iyman».
Ma’nosi: «Poklik imondandir».
Islom dini eng to’g’ri va pokiza, shaffof dindir. Shuning uchun ham u bandalarga
jismoniy va ma’naviy tozalikni, kiyim kiyishdagi ozodalikni, oziqlanishdagi pokizalikni
amr etadi. Ayniqsa, namoz chog’i bu poklik mukammal bo’lmog’i lozim.

TAHORAT
- Namozxon nimalarga e’tibor bermog’i lozim?
- Tani, libosi, namoz o’qiydigan joyi har xil iflosliklardan xoli bo’lishi lozim.
- Tahoratning yo’l-yo’riqlari qanday?
- Tahoratda sakkiz tartib bor:
1. Dastlab toza suv bilan avrat yuviladi.
2. Qo’l yuviladi.
3. Og’iz uch marta chayiladi.
4. Burunga uch marotaba suv tortilib, chayiladi.
5. Yuz uch bora yuviladi.
6. Ikki qo’l tirsaklarigacha suv tortilib yuviladi, panjalar oralig’idan suv yurgiziladi.
7. Ikki qo’l ho’llanib, avval boshga, so’ng ikki quloqqa, undan so’ng gardanga mash
tortiladi.
8. Avval o’ng oyoq, so’ng chap oyoq to’piqlarigacha yuviladi. Bu paytda oyoq panjalari
ham poklanishi mustahabdir. Agar mahsi yoki etik kiyib yurilgan bo’lsa, panjalari
ho’llanib, uch barmoq barobarida ularga mash tortiladi. Lekin o’rganishning eng yaxshi
yo’li o’rganuvchi bularni amalda, ustozning ko’magida o’rganmog’idir.



ABDULLOX
Sana: Seshanba, 23-Июня-2009, 02:28 | Xatlari # 43
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

26-DARS
Mavzu: TAHORATNI FARZLARI
- Tahorat farzlari nechta?
- To’rtta: yuzni yuvmoq, qo’lni yuvmoq, boshni ho’llamoq, oyoqni poklamoq.
- Yuz yuvish tartiblari qanday?
- Yuzning peshonadan iyakkacha bo’lgan ochiq qismi yuvilishi lozim. Soqol-mo’ylovlarga
mash tortiladi.
- Qo’llarning yuvilish tartiblari qanday?
- Panjalar uchidan tirsakkacha, tirsak ham, tirnoqlar orasi ham yuviladi.
- Boshning ho’llanish tartibi qanday?
- Boshning sochli qismining to’rtdan biriga mash tortilishi farz, hammasiga mash tortish
sunnat.
- Oyoqning qanchasi yuviladi?
- Panjadan to’piqqacha, so’ng to’piqning o’zi ham.
- Oyoqlarda mahsi yoki etik bo’lgan holda-chi?
- Tahorat ketmasidan oldin kiyilgan bo’lsa, mash tortiladi.



ABDULLOX
Sana: Payshanba, 25-Июня-2009, 23:07 | Xatlari # 44
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

27-DARS
Mavzu: TAHORAT SUNNATLARI
- Tahoratning sunnati nechta?
- O’n sakkizta:
1. «Bismillahir rohmanir rohim», deb boshlamoq.
2. Tahorat qilishni dilga tugmoq.
3. Qo’lni yuvmoq.
4. Tishni misvok yoki qo’l bilan yuvmoq.
5. O’ng qo’lga uch marta suv olib og’iz chaymoq.
6. O’ng qo’lga uch marta suv olib burunni yuvmoq.
7. Qosh, mo’ylov va lab ostiga suv yetkazmoq.
8. Soqol oralariga panja urib ishqalamoq.
9. Oyoq panjalariga qo’l panjalari bilan suv yetkazib chog’ishtirmoq.
10. Yuz, qo’l va oyoqni uch martadan yuvmoq.
11. O’ng qo’lni chap qo’ldan, o’ng oyoqni chap oyoqdan ilgari yuvmoq.
12. Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq.
13. Boshning sochli joyining hammasini ho’llamoq.
14. Ko’rsatkich barmoq bilan quloq ichiga mash tortmoq, bosh barmoq bilan esa quloq
tashqarisiga mash tortmoq.
15. Ikki qo’lning ort tarafi bilan gardanga mash tortmoq.
16. Tahoratning barcha farzlarini o’rniga qo’ymoq.
17. Tahorat orasida boshqa amallar bilan mashg’ul bo’lmaslik.
18. Qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.



ABDULLOX
Sana: Payshanba, 25-Июня-2009, 23:14 | Xatlari # 45
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

28-DARS
Mavzu: TAHORATNING MUSTAHABLARI
- Tahorat qay tarzda qilinsa, mustahab bo’ladi?
- Tahorat qilishda besh ish mustahabdir: liboslarga suv sachramasligi uchun balandda
turish; qiblaga qarab o’tirish; tahorat suvini o’zi hozirlash; tahorat chog’i duoda bo’lish;
tahorat chog’i tobe’ va sertavoze’ turish.

TAHORAT DUOLARI
- Tahorat boshlanib, ikki qo’l yuvilayotganda qaysi duo o’qiladi?
Ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran».
Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd
bo’lsin».
Og’iz chayilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma tahhir nakhati va asqini min havzi nabiyika».
Ma’nosi: «Ilohim, og’zimni pok qil, Payg’ambar ichgan «Havzi kavsar» suvidan ichishni
nasib et».
Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut».
Yuz yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la
tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik».

Ma’nosi: «Ilohim, sevimli bandalaring yuzlari pok holatda turuvchi kuni mening yuzimni
ham yorug’ qil. Gunohkorlar yuzi qora bo’lguvchi kundan asragil”.
O’ng qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tini kitabi biyamini va hosibni hisaban yasiron».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomat kuni amallarim yozilgan daftarni o’ng tarafimdan berib,
hisobimni yengillatgin».
Chap qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni
hisaban shadidan».

Ma’nosi: «Ilohim, amallar yozilgan daftarni chapimdan ham, ortimdan ham bermagil,
qattiq hisob-kitob qilmagil».
Boshga mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma g’ashshini birohmatika va anzil ‘alayya min barokatika”.
Ma’nosi: «Ilohim, O’z rahmating bilan boshimni silagin, ustimga barakotlaringni
yog’dirgin».
Quloqqa mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minallazina yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanahu».
Ma’nosi: «Ilohim, meni yaxshi so’zlarga tobe’ qilgil va ergashtirgil».
Bo’yinga mash tortilganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tiq raqobati minannari vahfazni minassalosili val ag’lali».
Ma’nosi: «Ilohim, meni do’zax azobidan asragil va zanjirlarda sudramagil».
O’ng oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma sabbit qodamayya ‘alas siroti yavma tazillu fihil aqdamu».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomatda – oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni toydirmagil».
Chap oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’al sa’yi mashkuron va zanbi mag’furon».
Ma’nosi: «Ilohim, qilgan ishlarimni savob yo’liga burgil va gunohlarimni avf etgil».
Tahorat yakunida ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ‘ibodikassolihinallazina
la xovfun alayhim va la hum yaxzanun».

Ma’nosi: «Ilohim, meni O’z tarafingga yuzlanuvchi pokiza insonlar safiga sol, qiyomat
kuni yaxshi bandalaring qatorida qo’llagil, azoblardan asragil».



-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!! (IBODATI ISLOMIYA KITOBI ASOSIDA ISLOMNI O'RGANAMIZ!!)
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024