Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


Модератор форума: ABDULLOX  
Islomiy Savol Javob
Qilich
Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 00:39 | Xatlari # 1
Ism:
[Alloxning Qilichi]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[333]
Xulqi: +
[8] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Саудовская Аравия]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum va Rohmatulloxu va Barokotux!

Agar sizlarni Islomiy qanday savollar qiynayotgan bo'lsa marxamat shu yerda Savollaringizni Yozib qoldiring, bizlar esa baholiqudrat tezroq javob topib berishlikga xarakat qilamiz InshaOllox!


ESLATMA! Albatta sizning savollaringizga Olimlarning saytlari va kitoblaridan Javob va Fatvolarini olib beramiz inshaAlloh.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Xazratlari va boshqa taniqli Ulomalarimizdan!



Agarda ko'pchilikni orasida berilmaydigan shaxsiy savollar bo'lsa Saytimizning mahsus "Biz bilan aloqa" vositasi orqali yoki PM yani "Shaxsiy Xabar" orqali ABDULLOXga o'z savolingizni yo'llashingiz mumkin


QO'SHIMCHA:


ISLOMGA TA'LUQLI SAVOLLAR BO'LSA KO'RSATILGAN JOYDAN JAVOB TOPSANGIZLAR HAM BO'LADI




Фатво:
Ўкиган китобларини ўртокларига айтиш ва китобдан саволарга жавоб топиб бериш жоиз.
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari

salsabil
Sana: Dushanba, 27-Апреля-2009, 23:46 | Xatlari # 61
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯, agarda kimda kim hijobga kirib qasddan yechvorsa islom shariati va ollohni amrini mensimagan holda u holda islomdan chiqadi agarda majburiyatdan yechsa u holda majburlagan odam gunohkor boladi



BeBeShKa
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 03:14 | Xatlari # 62
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (salsabil)
╭☆ElkaToyCaCa☆╯, agarda kimda kim hijobga kirib qasddan yechvorsa islom shariati va ollohni amrini mensimagan holda u holda islomdan chiqadi agarda majburiyatdan yechsa u holda majburlagan odam gunohkor boladi

rahmat javob uchun, Hijobni yechishlikni jazosi Namozni tark etishlik kabi dahshatlimi?
Negadir maqola, maruza va videolarda Hijob haqida unchalik ma'lumotlar berilmagan, shunchun siladan so'ravotudim.
Farz ekanligi keltirilgan, tartiblari keltirilgan, lekin boshqa ma'lumotla yo'q.

ABDULLOX
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 04:49 | Xatlari # 63
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯,
Quote
rahmat javob uchun, Hijobni yechishlikni jazosi Namozni tark etishlik kabi dahshatlimi?
Negadir maqola, maruza va videolarda Hijob haqida unchalik ma'lumotlar berilmagan, shunchun siladan so'ravotudim.
Farz ekanligi keltirilgan, tartiblari keltirilgan, lekin boshqa ma'lumotla yo'q.

JAVOB:Bismillahir rohmaniyr rohiym! Namozni tark qilgan odamga qabr azobidan boshqa azoblar ham bor huddi shuningdek boshqa gunohlar uchun ham qabr azobi berilishi ham bor. Ya’ni qabr azobi bitta gunoh uchun hos emas. Namoz kabi Hijob ham farz. Farzni bajarmagan odam gunohkor boladi, farzni qasddan inkor qilgan ya’ni farz emas degan odam esa kofir bo’ladi bundan Alloh saqlasin. Namozni tark qilgan odamga qabr azobi emas boshqa bir jazo ham berilishi mumkin huddi shu kabi siz etgan toifalarga ham qanday muomala qilishni Alloh biladi deyish bilan cheklanamiz. Farz amallarni tark qilayotgan musulmonlarni esa Allohga qaytishga va Unga tavba qilishga chaqirib qolamiz. Hijobni tark qilganlar agar tavba qilmasalar farzni tark qilgan kimsaga beriladigan jazoga loyiq boladilar. Biz esa ular tavba qilib Allohga qaytadilar degan yahshi gumon va duo qilamiz, zero hidoyat Hodiy sifatli Robbimizdandir! Vallohu A’lam!





Izox O'zgartirildi abdulloh86 - Seshanba, 28-Апреля-2009, 04:52
love15
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 13:45 | Xatlari # 64
Ism:
[PuRe-LoVe]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[132]
Xulqi: +
[35] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Asalomu alaykum man o'tkan yil ro'zani qazo qilganman bir oy qazoga nechkun tutub berishim kerak?



OLLOX DOIMO QO"LASINLAR
love15
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 13:52 | Xatlari # 65
Ism:
[PuRe-LoVe]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Faollashmoqda]
Postlari:
[132]
Xulqi: +
[35] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

2 chi savol yigit bilan qiz bir birini yoqtrib turmush qilsa gunohga kiradimi?



OLLOX DOIMO QO"LASINLAR
ataman0070
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 15:02 | Xatlari # 66
Ism:
[tolibjon]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[482]
Xulqi: +
[27] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ABDULLOX, ming rahmat sizga ajoyib savol-javoblaringiz uchun OLLOH SIZNI YORLAQASIN



OLLOH madadkor bo'lsin
ABDULLOX
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 15:36 | Xatlari # 67
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

love15,
Quote
Asalomu alaykum man o'tkan yil ro'zani qazo qilganman bir oy qazoga nechkun tutub berishim kerak?

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Hurmatli LOVE15 sizdan savolni aniqroq berishni iltimos qilar edik. Siz ro'zani qazo qilganizni aytgansiz lekin uni nima sababdan qazo qilganizni esa biz bilmaymiz. Uzrlik sabab bilan qazo qilingan ro'zani qazosini hukmi boshqa, uzrsiz qazo qilingan ro'zani hukmi boshqa boshqadir.Shuning uchun nima sababdan ro'za tuta olmaganizni aytsangiz inshaAlloh javob topishga harakat qilamiz. Vallohu A'lam



ABDULLOX
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 16:51 | Xatlari # 68
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

love15,
Quote
2 chi savol yigit bilan qiz bir birini yoqtrib turmush qilsa gunohga kiradimi?

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Agar o’sha yahshi ko’rilayotgan shahsni dini diyonati uchun yoqtirib turmush qurilsa gunoh bo’lmaydi. Hammasi niyatga bog’liq. Amallar niyatlarga qarab boladi deyiladi hadisi sharifda. Ammo shuni ya’ni bir birlarini yahshi ko’rishlarini bahona qilib nikohdan oldin ko’rishib yurishlari yoki har hil shari’atga to’g’ri kelmaydigan ishlarni qilishlari mutlaqo mumkin emas. Chunki ular to oila qurmagunlaricha bir birlariga nomahram bo’ladilar. Begona erkak va ayol yolg’iz qolasalar uchinchilari shayton bo’lishini hadislarda keltirilgan. Vallohu A’lam



ABDULLOX
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 17:03 | Xatlari # 69
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu aleykum wr wb! Sizga ham tashakkur! Man savol berib bizlarni kitob o'qishimizga, izlanishimzga , ilm olishimizga va inshaAlloh savobga dohil bo'lishimizga sababchi bo'layotgan azizlarimizga kattakon rahmat aytmoqchiman. Va yana siz azizlardan duolarizda bizlarni ham holis eslab qo'yishlaringizni iltmos qilamiz va o'z navbatida biz ham duodamiz inshaAlloh! Alloh barchalarimizdan rozi bo'lsin! Qilayotgan amallarimizni faqat O'zi uchun bo'lishini nasib qilsin! O'zining haq diyni bolmish ISLOM ni o'rganib hayotimizga tadbiq etishimizga U Zotni O'zi yordamchi bolsin! Amiyn!





Izox O'zgartirildi abdulloh86 - Seshanba, 28-Апреля-2009, 17:05
YaYa
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 19:29 | Xatlari # 70
Ism:
[YaYa]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Эквадор]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (love15)
2 chi savol yigit bilan qiz bir birini yoqtrib turmush qilsa gunohga kiradimi?

Quote (ABDULLOX,)
JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Agar o’sha yahshi ko’rilayotgan shahsni dini diyonati uchun yoqtirib turmush qurilsa gunoh bo’lmaydi. Hammasi niyatga bog’liq. Amallar niyatlarga qarab boladi deyiladi hadisi sharifda. Ammo shuni ya’ni bir birlarini yahshi ko’rishlarini bahona qilib nikohdan oldin ko’rishib yurishlari yoki har hil shari’atga to’g’ri kelmaydigan ishlarni qilishlari mutlaqo mumkin emas. Chunki ular to oila qurmagunlaricha bir birlariga nomahram bo’ladilar. Begona erkak va ayol yolg’iz qolasalar uchinchilari shayton bo’lishini hadislarda keltirilgan. Vallohu A’lam

Men ABDULLOXning javoblariga ozgina qo'shimcha qilmoqchi edim. Alloh ST ham bandalarini sevishib turmush qurilganini hush ko'rar ekan. Buni hadisda o'qigan edim. Ammo bu degani nikohdan oldin noshariiy ishlarga qo'l urushga ruhsat degani emas.

YaYa
Sana: Seshanba, 28-Апреля-2009, 19:40 | Xatlari # 71
Ism:
[YaYa]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Эквадор]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Mo'min-musulmonlar Allohga iymon keltirib, ro'za tutib, farzlarni ado etganlari va gunohi kabiralardan o'zlarini saqlaganlari hisobiga Alloh ulaning gunohlarini mahfirat etar ekan deyilgan.
Ammo kofirlar ming yaxshilik qilishsin, Alloh Taolo ular bilan mana shu dunyoda hisob-kitob qiladi. Ular boy yashaydilar, uzoq umr ko'radilar. Hayotdan zavq olib yashaydilar, biroq oxiratda baribir joylari Jahannam bo'ladi - deb eshitganman.

Ammo xristianlar va yahudiylar haqida nima deyilgan?

ABDULLOX
Sana: Chorshanba, 29-Апреля-2009, 09:26 | Xatlari # 72
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

GulruhBonu,
Quote
Mo'min-musulmonlar Allohga iymon keltirib, ro'za tutib, farzlarni ado etganlari va gunohi kabiralardan o'zlarini saqlaganlari hisobiga Alloh ulaning gunohlarini mahfirat etar ekan deyilgan. Ammo kofirlar ming yaxshilik qilishsin, Alloh Taolo ular bilan mana shu dunyoda hisob-kitob qiladi. Ular boy yashaydilar, uzoq umr ko'radilar. Hayotdan zavq olib yashaydilar, biroq oxiratda baribir joylari Jahannam bo'ladi - deb eshitganman.
Ammo xristianlar va yahudiylar haqida nima deyilgan?

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Qur’oni Karimda hristian va yahudiylarning ahli kitoblar deb zikr qilinadi. “Ahli kitoblar”, deganlari –bu kitob ahllari, “kitob egalari” deb ham tarjima qilinadi. Ya’niki ilohiy kitob, Alloh subhanahu va taolo tarafidan tushirilgan kitobga ergashgan kishilar ma’nosini beradi. Alloh osmondan nozil qilgan, tushirgan kitobiga ummat bo’lgan, ergashgan kishilar “ahli kitoblar” deyiladi. Islom aqiydasi bo’yicha ahli kitoblar Injil, [/b]Tavrot va Zabur[/b] kitobiga imon keltirib, ana o’shalarga ergashgan kishilardir. Hozirgi kunda Zabur kitobiga ergasguvchi, unga imon keltirib amal qiluvchi toifa-ahl yo’q. Demak bugungi kunimizda ahli kitoblar deganda Injilga ergashuvchi nasoro hristianlarni va Tavrotga ergashib amal qiluvchi yahudiylarni tushunamiz.
Alloh taolo Qur’oni Karimimda shunday marhamat qiladi:

Sen:” Ey, ahli kitoblar! Bizga ham sizga ham barobar so’zga keling: Allohdan o’zgaga ibodat qilmaylik. Unga hechnarsani sherik qilmaylik va Allohni qo’yib, ba’zimiz ba’zimizning Robb qilib olmaylik”, deign. Bas , agar yuz o’girsalar: “Guvoh bo’linglar, biz albatta, musulmonlarmiz” deb aytinglar. (Oli-Imron surasi 64-oyat)

“Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob derilganlar faqat ularga ilm kelgandan so’ng, o’zaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, Alloh hisobni tezda qiluvchidir” (Oli-Imron surasi 19-oyat)

Kim Islomdan boshqa dinni hohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va ohiratda ziyon ko’rguvchilardan bo’lur (Oli-Imron surasi 85-oyat )

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
Muhammadinig joni Uning qo’lida bo’lgan Zot bilan qasamki, ushbu ummatdan birortasi-yahudiysimi, nasroniysimi, mening haqimda eshitsayu, so’ngra menga yuborilgan narsaga iymon keltirmay o’lib ketsa, albatta, do’zah egalaridan bo’ladi dedilar.

Vallohu A’lam!





Izox O'zgartirildi abdulloh86 - Chorshanba, 29-Апреля-2009, 09:30
ABDULLOX
Sana: Chorshanba, 29-Апреля-2009, 15:54 | Xatlari # 73
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯
Quote
"Furqon" haqida to'liqroq ma'lumot yozsez, agar iloji bo'lsa, oldindan rahmat!

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Furqon so'zi lug'atda ajratuvchi, farqlovchi ma'nosini anglatadi. Shuinigdek, u Qur'oni Karim ismlaridan biri hisoblanadi. Chunki, Qur'on haq bilan botilni, hidoyat bilan zalolatni, tog'ri bilan noto'g'rini farqlovchi, ajratuvchidir. Va yana Qur'oni Karimda Furqon nomli sura ham bor. Vallohu A'lam!





Izox O'zgartirildi abdulloh86 - Chorshanba, 29-Апреля-2009, 15:56
YaYa
Sana: Chorshanba, 29-Апреля-2009, 17:06 | Xatlari # 74
Ism:
[YaYa]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Эквадор]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ABDULLOX, Alloh rozi bo'lsin!

ABDULLOX
Sana: Payshanba, 30-Апреля-2009, 14:04 | Xatlari # 75
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯,
Quote
iltimos, Namozdagi QAZO haqidayam to'liqroq ma'lumot bersela. Oldindan rahmat.

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Avvalambor hamma uchun zarur va kerakli bo’lgan dolzarb mavzuni ko’tarib chiqqaningiz uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz. Alloh rozi bo’lsin! Qazo namozlari bor odam nafl namoz o’qigandan ko’ra o’sha qazoni ado qilishi afzaldir. Bu savolizga Hanafiy mazhabidagi eng mashhur kitoblardan hisoblanadigan “Muhtasari Viqoya” ga Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tomonlaridan yozilgan sharh bo’lmish “Kifoya sharhi Muhtasari Viqoya” kitobidan iqtibos keltirgan holda javob berishga harakat qilamiz.

QAZO NAMOZLARNI O’QISH FASLI.
Besh farz va Vitr orasida ularning hammasi yoki ba’zisi o’tib ketganda tartibga rioya qilish farzdir. Illo, vaqt tor bo’lib qolsa yoki unutsa yohud oltitadan ziyoda bo’lsa bundan mustasno

Amr ila farz va vojib bo’lgan narsaning ayni o’zini vaqtida bajarish ado deyiladi.
Farz va vojib narsani vaqtidan keyin bajarish qazo deyiladi..
Diyn va aqlning taqozosiga binoan, musulmon banda namozni o’z vaqtida ado etishi lozimdir. Namozni uzrsiz vaqtida ado etmaslik katta gunoxdir. Bu gunoxni qazoni o’qish bilan yuvib bo’lmaydi, balki tavba xam kilish kerak.
Kim namozni shar'iy uzr ila kechga koldirsa gunox emas. Bunday shar'iy uzrning biri dushman xavfi bo’lsa, boshqasi doyaning tug’ilayotgan bolaning xalok bo’lishidan qo’rqishidir.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Xandaq urushi kuni namozni orqaga surganlar.

Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Xandaq kuni mushriklar Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni to’rt namozdan mashgul qildi. Xattoki kechaning Alloh xoxlaganichasi o’tdi. Bas, u zot Bilolga amr qildilar. U azon aytdi. Bas, Peshinni o’qidilar. Keyin yana iqoma aytdi. Asrni o’qidilar. Keyin yana iqoma aytdi. Shomni o’qidilar. Keyin yana iqoma aytdi. Xuftonni o’qidilar».
Imom Termiziy, Ahmad va Nasaiylar rivoyat kilgan.

Uxlab qolib yoki unutib namozni o’tkazib yuborgan odam gunoxkor bo’lmaydi.
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi
«Nabiy sallollohu alayhi vasallamga namozdan uxlab qolishlarini zikr qildilar. Shunda u zot:
«Uxlab qolish kamchilik emas. Kamchilik uyg’oqlikda bo’ladi. Vaqtiki, birortangiz namozdan uxlab yoki g’ofil qolsa, bas uni eslaganda o’qib olsin», dedilar».

Imom Nasaiy va Termiziylar rivoyat kilgan.

Banda o’z zimmasidagi amalni ado yoki qazo qilmagunicha mazkur amal uning zimmasidan tushmaydi. Qarz bo’lib turadi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat kilinadi:
«Bir kishi Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey, Allohning Rasuli! Onam o’ldi. Uning zimmasida bir oyning ro’zasi bor. Uni qazo qilaymi?» dedi.
«Ha! Allohning qarzini qazo qilmoq xaqlidir», dedilar».

Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

Kimga namoz farz bo’lsa-yu uni vaqtida ado etmasa qazosini o’qishi lozim bo’ladi. U namozni qasddan tark qilish ila gunohkor bo’ladi. Ammo qazosini o’qish lozimdir.
[/u]Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi[/u]
«Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Kim namozni unutsa, bas, uni eslagan paytida o’qib olsin. Uning bundan boshqa kafforati yo’qdir dedilar. «Namozni Mening zikrim uchun qoim qil!»

Beshovlari rivoyat qilishgan.
Muslimning rivoyatida

«Vaktiki, birortangiz namozdan uxlab yoki g’ofil qolsa, bas uni eslaganda o’qib olsin. Chunki, Alloh: «Namozni Mening zikrim uchun qoim qil», dedi», deyilgan.

Unutgan va uxlab qolgan odam namozni qazosini o’qishi lozim bo’lganidan keyin qasddan qoldirgan odamga uni qazo qilish, albatta, lozimu lobud bo’ladi.
Xayz yoki nifos ko’rgan ayoldan namoz soqit bo’ladi. U qazosini o’qimaydi. Shuningdek, asli kofir yoki jinni bo’lgan odam xam namozning qazosini o’qimaydi. Besh vaqt namozdan ko’proq muddat xushidan ketib yotgan odam xam qazosini o’qimaydi. Murtad yana islomga qaytsa, murtadlik vaqtidagi namozni qazo qilmaydi.
Hayotlik vaqtida imo bilan ham namoz o’qishdan ojiz bo’lgan odam kafforot berishni vasiyat qilishi lozim emas.
Kim uzrsiz, hatto imo bilan o’qishga qodir bo’la turib olti namozdan ziyoda qoldirgan bolsa kafforot berishni vasiyat qilmog’I lozimdir.
Ularning fidyasi va kafforoti qoldirgan merosining uchdan biridan beriladi. O’lganni valiyi fidyani o’z hisobidan bersa bo’ladi.
Fidya va kafforotning miqdori bir kunlik namoz uchun yarim so’ bug’doy (1087.5 gr) yoki uning qiymati va bir kunlik ro’za uchun ham shuncha bo’ladi.
Kishi o’zi hayotlik chog’ida o’qimagan namozini kafforotini to’lashi mumkin emas. Ammo ro’zanikini uning qazosini bajarishga ko’zi yetmasa beradi.
Merosho’rlar o’lgan shahsning qazo namozlarini o’qib qo’yishi mumkin emas. Chunki, namoz shahsiy badaniy ibodatdir.
Qazo xuddi adodek bo’ladi. Safarda qazo qilgan bo’lsa, qazosini xazarda o’qisa xam ikki rak'at o’qiydi. Xazarda qazo qilgan to’rt rak'atli namozning qazosini safarda o’qisa to’rt rak'at o’qiydi.
Qazoni darxol o’tash kerak. Tirikchilik va xojat uchun uzr qabul. Qazoni jamoat bolib o’qish mumkin. Bomdodning farzga tobe' sunnatidan boshqa sunnatlar qazo qilinmaydi.

Besh farz va Vitr orasida ularning hammasi yoki ba’zisi o’tib ketganda tartibga rioya qilish farzdir.
Chunki Xandaq kuni Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shundoq qilganlar.

illo, vaqt tor bo’lib qolsa yoki unutsa yohud oltitadan ziyoda bo’lsa bundan mustasno.

Tartibga rioya qilish uch sabab ila soqit bo’ladi
1. Vaqtli namozning o’tib ketish xavfi.
2. Qazolarning oltitadan ko’p bo’lishi.
3. Ado paytda qazoni unutib qo’yish.
Agar qazo namozlar adadini bilib bo’lmaydigan darajada ko’p bo’lib ketsa, zimmasidagini ado kilganiga ko’ngli to’lguncha qazoni o’qiydi. O’ziga oson bo’lishi uchun avvalgi o’qimagan namozini va oxirgi o’qimagan namozini ta'yin qilib olib o’shanga qarab o’qiyveradi.
Boshqa namozlar qatori quyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda qazo namozni o’qib bo’lmaydi.
Ammo Bomdod va Asrdan keyin nafl o’qish mumkin bo’lmasa xam qazo o’qisa bo’ladi. Vallohu A'lam!





Izox O'zgartirildi abdulloh86 - Payshanba, 30-Апреля-2009, 14:22
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024