Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


Модератор форума: ABDULLOX  
Islomiy Savol Javob
Qilich
Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 00:39 | Xatlari # 1
Ism:
[Alloxning Qilichi]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[333]
Xulqi: +
[8] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Саудовская Аравия]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum va Rohmatulloxu va Barokotux!

Agar sizlarni Islomiy qanday savollar qiynayotgan bo'lsa marxamat shu yerda Savollaringizni Yozib qoldiring, bizlar esa baholiqudrat tezroq javob topib berishlikga xarakat qilamiz InshaOllox!


ESLATMA! Albatta sizning savollaringizga Olimlarning saytlari va kitoblaridan Javob va Fatvolarini olib beramiz inshaAlloh.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Xazratlari va boshqa taniqli Ulomalarimizdan!



Agarda ko'pchilikni orasida berilmaydigan shaxsiy savollar bo'lsa Saytimizning mahsus "Biz bilan aloqa" vositasi orqali yoki PM yani "Shaxsiy Xabar" orqali ABDULLOXga o'z savolingizni yo'llashingiz mumkin


QO'SHIMCHA:


ISLOMGA TA'LUQLI SAVOLLAR BO'LSA KO'RSATILGAN JOYDAN JAVOB TOPSANGIZLAR HAM BO'LADI




Фатво:
Ўкиган китобларини ўртокларига айтиш ва китобдан саволарга жавоб топиб бериш жоиз.
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari

ahmadulloh11
Sana: Payshanba, 30-Апреля-2009, 16:03 | Xatlari # 76
CHAT MODER
Ism:
[ahmadulloh]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[36]
Xulqi: +
[67] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ALLOH rozi bo'lsin




ahmadulloh11
Sana: Payshanba, 30-Апреля-2009, 17:35 | Xatlari # 77
CHAT MODER
Ism:
[ahmadulloh]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[36]
Xulqi: +
[67] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Quote
Uxlab qolib yoki unutib namozni o’tkazib yuborgan odam gunoxkor bo’lmaydi.
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi
«Nabiy sallollohu alayhi vasallamga namozdan uxlab qolishlarini zikr qildilar. Shunda u zot:
«Uxlab qolish kamchilik emas. Kamchilik uyg’oqlikda bo’ladi. Vaqtiki, birortangiz namozdan uxlab yoki g’ofil qolsa, bas uni eslaganda o’qib olsin», dedilar».
Imom Nasaiy va Termiziylar rivoyat kilgan.

Assalamu aleykum wr wb savol demak bomdodga uhlab qolgan odam peshin kirmasidan o'qishligi qazo qilib emas to'g'ri o'qisa bo'ladimi?
2 savol qaysi namozlarni qaysi namoz odida o'qishlik durust qazo qilib masalan bomdodni oldida yoki asrni oldida va hokazo . javob uchun oldindan rahmat .




ABDULLOX
Sana: Payshanba, 30-Апреля-2009, 20:57 | Xatlari # 78
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ahmad11,
Quote
Assalamu aleykum wr wb savol demak bomdodga uhlab qolgan odam peshin kirmasidan o'qishligi qazo qilib emas to'g'ri o'qisa bo'ladimi?
2 savol qaysi namozlarni qaysi namoz odida o'qishlik durust qazo qilib masalan bomdodni oldida yoki asrni oldida va hokazo . javob uchun oldindan rahmat .

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Bomdod namozini vaqti o’rtacha hisobda azon aytilgandan boshlab 1.5 soat vaqt mobaynida o’z yakuniga yetadi ya’ni shu vaqtni ichida o’qilmasa qazo bo’ladi. Uning qazo bo’lish bo’lmasligi undan keyingi namozni vaqti kirishiga bog’liq emas, balki o’z vaqtini intiho topishiga qarab bo’ladi. Demak shu vaqt ichida o’qimagan odam albatta qazo o’qiydi chunki yuqorida ta’kidlaganizimdek amr ila farz va vojib bo’lgan narsaning ayni o’zini vaqtida bajarish “ado” deyiladi.
Farz va vojib narsani vaqtidan keyin bajarish “qazo” deyiladi. Kifoya kitobini sohiblari Bomdod namozini ohirgi vaqti qachonligiga quyidagi oyatni dalil qilib keltiradilar;

Robbingga quyosh chiqishidan oldin tasbih va hamd ayt (Toha surasi 130-oyat)

2. Agar siz savolizda tartibni nazarda tutgan bolsangiz javob quyidagicha boladi. Masalan namozini to’liq o’qib yurgan odam eng ko’pi bilan besh vaqt namozini qazo qilsa uni tartib bilan o’qiydi yani avval Bomdod keyin Peshin degandek.. Ammo qazolari soni oltitadan ko’p bolsa tartibga rioya qilish undan soqit boladi. Agar siz Peshinni qazosini Peshidan keyin o’qish kerakmi demoqchi bo’lsangiz buni ahamiyati yo’q Shomdan keyin Asrni qazosi bo’ladimi yoki Asrdan keyin Peshinni qazosi boladimi eng muhimi tezroq o’qilgani yahshi. Ba’zilar qazo namozlarni kech kirgach Huftondan keyin o’qish kerak deyishadi bu ham noto’g’ri, qazoni imkon qadar tezroq o’qish lozim. Hulosa shuki qazo namozni qachon imkon bo’lsa ham o’qilgani afzal. Faqatgina boshqa namozlar qatori quyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda qazo namozni ham o’qib bo’lmaydi. Hatto nafl namoz o’qish mumkin bo’lmagan vaqtlarda ham qazo namoz o’qisa bo’ladi. Vallohu A’lam!





Izox O'zgartirildi abdulloh86 - Payshanba, 30-Апреля-2009, 20:58
BeBeShKa
Sana: Payshanba, 30-Апреля-2009, 21:50 | Xatlari # 79
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (ABDULLOX,)
Bomdod namozini vaqti o’rtacha hisobda azon aytilgandan boshlab 1.5 soat vaqt mobaynida o’z yakuniga yetadi ya’ni shu vaqtni ichida o’qilmasa qazo bo’ladi.

Assalomu Alaykum WR WB WM!

Faqat Bomdod Namozini vaqti kirgandan keyin 1.5 soat vaqt boladimi Qazo qilmaslikka?
Boshqa Namozlar Vaqti kirganda o'qilmasa shu ondayoq Qazo bolishadimi? Xuddi Bomdodga o'shxab 1 yoki 1.5 soat vaqt bolmaydimi Ado etishga Qazo qilmasdan?

xurshida
Sana: Juma, 01-Мая-2009, 05:53 | Xatlari # 80
Ism:
[xurshida]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[7]
Xulqi: +
[32] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Assalamu alekum. tuzumisila yaxshimisila. mani bitta savolim bor edi islomdini loyihasidagi birodarimiza namozni qazo qilish haqida qorimiza aytgan gaplarini qoyibdilar. man amerikada turaman ertalab ketib 5lada kelaman uyga peshin namozini bazida esa asrni ado etolmiman chunki oqishda bolaman. mana shunday holatta nima qilish lozim qazo namozi qollaniladimi yokida quronda boshqacha etilganmi ?



123456
ABDULLOX
Sana: Juma, 01-Мая-2009, 06:05 | Xatlari # 81
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯,
Quote
Faqat Bomdod Namozini vaqti kirgandan keyin 1.5 soat vaqt boladimi Qazo qilmaslikka?
Boshqa Namozlar Vaqti kirganda o'qilmasa shu ondayoq Qazo bolishadimi? Xuddi Bomdodga o'shxab 1 yoki 1.5 soat vaqt bolmaydimi Ado etishga Qazo qilmasdan?

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Yo’q unday emas. Bu savol faqat Bomdod namozi haqida bo’lganligi uchun aynan shu namoz haqida to’htalib o’tganmiz. Qolgan namozlarni vaqti esa undan keying namozni vaqti kirgunchadir. Masalan Peshin namozi Asr namozining vaqti kirgach qazo bo’ladi. Ammo namozlarni o’z vaqtida ya’ni avvalgi vaqtida o’qish afzaldir. Huftonni esa agar uhlab qolishdan qo’rqmasa biroz kechga surgani ma’qul. Bunga dalil qilib Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini namoz vaqtlari haqida kelgan hadislarni qilgan sharhlaridan iqtibos keltiramiz.
Ибн Аббос розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади
Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Жиброил алайҳиссалом менга байтнинг (Байтуллоҳнинг) олдида икки марта имомлик қилди. Бас улардан биринчисида Пешинни соя кавушнинг тасмасича бўлганда ўқиди. Сўнгра Асрни ҳар бир нарсанинг сояси ўз мислича бўлганда ўқиди. Сўнгра Шомни қуёш ботиб, рўзадор ифтор қиладиган пайтда ўқиди. Сўнгра Хуфтонни шафақ ғоиб бўлганда ўқиди. Сўнгра Бамдодни фажр ярақлаб рўзадорга таом ҳаром бўладиган вақтда ўқиди. Иккинчи мартада Пешинни ҳар бир нарсанинг сояси ўз мислича бўлганда, кечаги Аср вақтида ўқиди. Сўнгра Асрни ҳар бир нарсанинг сояси ўзига икки баробар бўлганда ўқиди. Сўнгра Шомни биринчи ўқиган вақтида ўқиди. Сўнгра Хуфтонни кечанинг учдан бири кетганда ўқиди. Сўнгра Бамдодни ер ёришиб кўринганда ўқиди. Сўнгра Жиброил менга ўгрилиб қаради-да:
«Эй, Муҳаммад, манашу, сендан олдинги анбиёларнинг вақтидир. Вақт ушбу икки вақтнинг ўртасидир», деди», дедилар

Термизий ва унинг икки соҳиби ривоят қилишган.
ШарҳУшбу ҳадисдаги Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг:
«Жиброил алайҳиссалом менга Байтнинг (Байтуллоҳнинг) олдида икки марта имомлик қилди», деганлари, Байтуллоҳнинг олдида икки кун беш вақтдан намозга имомлик қилди, деганларидир. Бунинг ҳадиси шарифда келган кейинги жумлалардан фаҳмлаб олиш қийин эмас.
«Пешинни соя кавушнинг тасмасича бўлганда ўқиди» деганлари, қуёш заволга кетиб ҳар бир нарсанинг сояси туша бошлаганда ўқиди, деганларидир.
Маълумки, қоқ туш пайти бўлиб қуёш тик бўлганда соя энг қисқарган пайти бўлади. Қуёш оға бошлаганда эса, соя узаяйиши бошланади. Арабистондаги ковушлар ўзига хос бўлиб тасмалари устида ингичка қайиши бўлади. Демак, нарсаларнинг сояси ўша қайиш тасмача бўлганда, яъни, энди узайишни бошлаганда Пешин намозининг аввалги вақти кирган бўлади.
Ҳадиси шарифдан тушунилишича Жиброил алайҳиссалаом биринчи куни Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламга беш вақт намозни ҳаммасини энг аввалги пайтида ўқиб берганлар. Иккинчи куни эса, энг охирги вақтида ўқиб берганлар. Сўнгра:
«Эй, Муҳаммад, манашу, сендан олдинги анбиёларнинг вақтидир. Вақт ушбу икки вақтнинг ўртасидир», деди
Ушбу ҳадисдан олинадиган фойдалар
1. Пешин намозининг вақти қуёш заволга кетиб, ҳар бир нарсанинг сояси узая бошлагандан бошлаб, то ҳар бир нарсанинг сояси ўзининг бўйи мислича бўлгунча.
Бу икки вақтдан ташқарида Пешин намози вақти бўлиши мумкин эмас.
2. Аср намозининг вақти ҳар бир нарсанинг сояси ўз бўйи мислича бўлгандан бошлаб, то ҳар бир нарсанинг сояси ўзининг бўйига икки баробар бўлгунча бўлади.
Бу вақтдан, яъни, ҳар бир нарсанинг сояси ўзига икки мисл бўлгандан кейин, Асрнинг вақти чиқмайди. Балки Асрнинг вақти Шомнинг вақти киргунча давом этади.
Ушбу ҳадисда Жиброил алайҳиссалом Асрнинг афзал вақтини кўрсатиб берганлар. Бошқа ҳадисларда Асрнинг вақти Шомнинг вақти киргунча давом этиши очиқ-ойдин баён қилинган.
3. Шом намозининг вақти қуёш ботгандан бошланади ва Хуфтон вақти киргунча давом этади.
Аммо, Жиброил алайҳиссалом икки кунда ҳам бир хил вақтда, қуёш ботганда ўқиб берганлари, энг афзал вақт шу эканига далолат қилади.
4. Хуфтон намозининг вақти шафақ ғоиб бўлгандан бошлаб тонг отгунча.
Лекин бу ҳадисда кечанинг учдан бири ўтганда ўқилиши энг афзал вақт эканлигини кўрсатади.

5. Бамдод намозининг вақти тонг отгандан бошлаб қуёш чиқишни бошлагунча.
Хулоса қилиб айтадиган бўлсак, ушбу ҳадиси шарифда ҳар бир намознинг вақти энг аввали билан охири вақтининг энг афзали кўсатилган.
Аслида эса, Бомдоддан бошқа намозларнинг вақти бир-бирига улашиб кетади

Va yana namoz vaqtlari haqida ushbu link orqali islom.uz saytidan ham batafsil ma’lumot olishingiz mumkin!

http://islom.uz/content/view/664/104/
Vallohu A’lam!





Izox O'zgartirildi abdulloh86 - Juma, 01-Мая-2009, 06:08
ABDULLOX
Sana: Juma, 01-Мая-2009, 06:33 | Xatlari # 82
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

xurshida,
Quote
Assalamu alekum. tuzumisila yaxshimisila. mani bitta savolim bor edi islomdini loyihasidagi birodarimiza namozni qazo qilish haqida qorimiza aytgan gaplarini qoyibdilar. man amerikada turaman ertalab ketib 5lada kelaman uyga peshin namozini bazida esa asrni ado etolmiman chunki oqishda bolaman. mana shunday holatta nima qilish lozim qazo namozi qollaniladimi yokida quronda boshqacha etilganmi ?

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Imkon boricha, ilojingiz bo'lganicha harakat qilib namozlaringizni o'z vaqtida ado etishga harakat qilin. O'z vaqtida imo-ishora bilan bo'lsa ham o'qish kerak deyishadi ulamolarimiz. Endi mutlaqo imkon topa olmay o’qimaganizda esa u albatta qazo bo’ladi, umuman o’qimagandan ko’ra qazosini bo’lsa ham o’qiganiz afzal! Qu’rondan qazo namozlarini o’qishga oid oyatni topa olmadik, uzr. Vallohu A’lam!



ahmadulloh11
Sana: Juma, 01-Мая-2009, 09:48 | Xatlari # 83
CHAT MODER
Ism:
[ahmadulloh]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[36]
Xulqi: +
[67] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ASSALAMU ALEYKUM WR WB ABDULLOH birodar ALLOH sizdan rozi bo'lsin imoningizni ziyoda qilsin jazakumullohu hoyr kasiron kasiyro.




ABDULLOX
Sana: Juma, 01-Мая-2009, 16:56 | Xatlari # 84
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯,
Quote
Namoz Vaqtlari haqida tushundim, o'zizga yaxshi ma'lum soyani har doim ham kuzatib bolmaydi, quyosh ham har kuni porlab tuvarevmaydi, judayam kop duch kelinadigan xolat, bu Namoz vaqtini internet orqali tekshirilayotganda ularning har xil bolishi. Masalan bir saytda Bomdod vaqti 3da berilsa, yana bir saytda 5 deb korsatilgan, turar joyni anniq qib belgilab berganda ham xuddi shundey vaziyat yuzaga kelmoqda.
So'ramoqchi bo'lganim, agar Quyosh va Soyaga qarab Vaqtni aniqlash imkomi bo'lmaganida Namoz vaqtini ko'rsatadigan sayt yoki programmadan foydalanib noto'g'ri vaqtda Namoz o'qilsa, yani o'zi bilmagan xolda Ado etayapman, deb o'ylasayu, lekin Namoz vaqtidan ancha kech yoki ancha erta o'qilsa , una buni Hukmi qandey bo'ladi?

Masalan man o'rnatgan programma "Athan" bo'yicha Bomdodga Azon soat 3-08da o'qiladi, mani Namozxon tanishim esa Bomdodni soat 5-30da Ado etadi, shunga biroz tushunmaganim uchun savol bergandim.


JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Bunday tarzda o’qilgan namozni hukmi qandey bo’ladi degan savolizga javob berishga biz hozircha ojizlik qilamiz. Aynan shu savoliz yuzasidan bugun qo’limizdan kelganicha izlandik lekin qalbimiz taskin topadigan darajada asosli va hujjatlik javob topa olmadik hozircha. InshaAlloh tez orada Allohni yordami bilan bu masalaga ham yechim topamiz degan umidimiz bor. Siz esa bundan keying namozlarizni o’zingiz yashayotgan shaharda yashovchi ishonchli musulmon tanishlaringizni yordamlari bilan ado etsez boladi. Balki shunday ham qilayotgandursiz bu bir eslatma holos. Duo qilib turing InshaAlloh javob ham bop qolar va bu barchamiz uchun foydali bolardi.Vallohu A’lam!



salsabil
Sana: Shanba, 02-Мая-2009, 11:11 | Xatlari # 85
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯, albatta nomozda muslim kishi kiyinish jihatidan oddiy kiyinib oqiyveradi agar kiyimida surat bolsa u kiyimda oqishligi islom dinimizda makruh hisoblanadi
muslima ayollarimiz esa romolda ikki kaftlari va yuzi ochiq holatda qolgan erlari yopiq holatda nomozlarini oqishadi.



salsabil
Sana: Shanba, 02-Мая-2009, 11:23 | Xatlari # 86
Ism:
[salsabilahon]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2454]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

mana buna holatda oqiladi




ABDULLOX
Sana: Shanba, 02-Мая-2009, 13:58 | Xatlari # 87
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯,
Quote
Yana savolim bor, Namozda muslim va muslimalarning kiyinishi qandey bolishi kerak?Iloji boricha ushbu savol to'liq yoritillsa xursand bolardim, masalan rasmli kiyimlada Namoz o'qish mumkin emas, sabablari korsatilsa yaxshi bo'lardi. Qisqa qilib etganda, Dinga yangi kirib kelganlar uchun yaxshi qo'llanma bolsin degandim ushbu mavzu. Oldindan rahmat.

JAVOB: Bismilahir rohmaniyr rohiym! Namozda muslim va muslimalarning kiyinishlari avvalo eng kamida avratlarini to’sadigan darajada bo’lishi kerak. Chunki namozning eng asosiy shartlaridan biri bu avratni berkitishidir.
Namozhonning kiyimi haqiqiy najosatdan pok bo’lishi kerak:
Va kiyimingni pokla (Muddassir surasi 4-oyat)

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi
Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam: Alloh hayz ko’ruvchinig namozini faqat himor(ro’mol) ila qabul qiladi –dedilar.
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Demak ayol kishi boshi va ko’ksini to’sib turuvchi kiyim, ya’ni ro’molsiz namoz o’qishi mumkin emas.
Namozning shartlaridan biri avratni yopish dedik. Bu libos bilan asosan libos bilan amalga oshirilishi hisobidan bu haqda ham to’htalib o’tishni lozim deb topdik. Zero musulmon kishi namoz o’qiyotganda badanini qayerini libos bilan to’sishi shart ekanligini bilishi ham shart.
Erkak kishining avrati kindigi ostidan to ikki tizzasini ostigachadir.

Imom Dora Qutniy Abu Ayyub r.a dan qilgan rivoyatda Rosululloh sav:
Ikki tizzadan yuqori narsa avratdandir. Kindikdan pastdagi narsa avratdandir deganlar.

Hur ayolni jamiki badani avratdir. Yuz, ikki qo’l va oyoq bundan mustasno.
Bu hukmning dalili:
Sen mo’minalarga ayt: Ko’zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlariniko’rsatmasinlar, magar zohir bo’lgan ziynatlar bo’lsa (mayli). Ro’mollarini ko’ksilariga to’sib yursinlar. (Nur surasi 31-oyat)
Zohir bo’lgan ziynatlar deganda namozda yuz, ikki qadam va ikki kaft anglanadi. Namozdan tashqarida ikki qadam ham avratdir.
Ro’mollarini ko’ksilariga to’sib yursinlar….
Ya’ni, boshlariga o’ragan ro’mollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko’ksilari va ko’kraklarini ham to’sib tursin.
Ayol kishining namozdagi libosini yana ham afzali ikki qadami ustini yopib turishidir.
Ummu Salama r.a dan:
Ayol kishi qandoq kiyimda namoz o’qiydi- deb so’raldi.
U kishi:
U himorda va butun jismini to’sib, ikki qadamining ustini berkitib turadigan ko’ylakda namoz o’qiydi dedilar.

Demak mazkur avratlar namozda to’sib o’qish farzdir. Demak namozhonni kiyimi ham kamida avratini berkitishi kerak.
Hulosa….
Biz bu yerda libosni farz holatini zikr qildik. Endi kitoblardan o’qiganlarimiz va ustozlardan eshitganlarimizni aytadigan bo’lsak namoz uchun imkon qadar eng pokiza va eng chiroyli (chiroyli deganda har hil chalg’ituvchi bezaklarni nazarda tutmadik) libosda namozni ado etilishi afzaldir. Farazan siz bir kishi har qanday holat yuzasidan uchrashuvga borganizda imkon qadar eng yahshi libosingizni kiyib borishni hohlisiz. Banda namozda Alloh bilan uchrashadi, U Zotning muborak kalomini qiroat qiladi, U Zot bilan yuzma-yuz turgandek so’zlashadi. Shunday ekan eng yahshi va pokiza liboslarimizni kiyishga bu “uchrashuv” ya’ni Robbimiz bilan bo’ladigan muloqot haqliroq. Albatta bularning hammasi imkon darajasida bo’ladi. Vallohu A’lam!
Namozhonning kiyimidagi surat haqida.
NAMOZDA MAKRUH NARSALAR FASLI
Namozhonning kiyimida, sajdagohida va orqa va ostdan boshqa taraflarida hayvon surati bo’lishi makruhdir. Surat juda kichik bo’lsa yoki boshi o’chrilgan bo’lsa mayli
.
Sharh:
Namozhonning kiyimida, sajdagohida va orqa va ostdan boshqa taraflarida hayvon surati bo’lishi makruhdir.
Bu holatlarda namozning makruh bo’lishi suratga cho’qinadiganlarning ibodatiga o’hshab qolishidandir. Shuning uchun ham, surat horlanadigan joyda, namozhonning oyoq ostida va o’tiradigan joyida bo’lsa, makruh emas. Namozhonning orqasidagi surat ham zararsiz.
Jumlada hayvon surati deyilishidan jonsiz narsalarning surati bo’lsa zarar qilmasligi tushuniladi.

Surat juda kichik bo’lsa yoki boshi o’chrilgan bo’lsa mayli.
Uzoqdan qaragan odam nimaligini ajrata olmaydigan darajada juda kichik bo’lgan suratlar bo’lsa, namozga zarar qilmaydi. Shuningdek jonli narsani suratida boshi bo’lmasa ham zarari yo’q. Buning dalili quyidagi hadisdir:
Oisha r.a. aytdilar:
Rosululloh sav oldimga kirdilar. Men tokchamga nafis parda to’sib qo’ygan edim. Unda suratlar bor edi. Ul zot uni ko’rishlari bilan tortib oldilar va ranglari o’zgarib:
Ey Oisha! Allohning huzurida qiyomat kuni eng ashaddiy azobga uchraydiganlar Allohning yaratganini o’hshatishga uringanlardir, - dedilar. Bas, biz uni bo’lib, bitta yoki ikkita bolish qilib oldik.

Mazkur pardadagi suratlar jonli narsalarning suratlari ekanligi shubhasiz. Avval ham aytib o’tilganidek, musulmon kishining uyida jonli narsalarni surati bo’lmasligi lozim. Jumladan o’sha surat pardada bo’lsa ham, joiz emas.
Ammo kesilgan, yirtilgan hold abolish yoki shunga o’hshash oyoq osti bo’ladigan narsalarda bo’lsa joiz. Yana boshi yo’q bolsa mayli deyilishini aqliy sabablaridan biri o’sha narsaga farazan jon berilsa u harakatga kela olmaydi, chunki uni boshi yo’qdir.
Tavsiya…
Biz yuqorida jonsiz narsalarni surati bo’lsa namozga zarari yo’q dedik. Ammo masjidlatga borib namoz o’qiydigan azizlarimizga holisona tavsiyamiz shuki, jonsiz bo’lsa ham sizni ortingizda turgan namozhonni e’tiborini tortadigan , uning hayolini namozdan chalg’itadigan darajadagi jim-jimador suratlari bor liboslarni masjid uchun kiyilmagani afzal. Vallohu A’lam!
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini Kifoya kitobi 1- juzidan hamda Hadis va Hayot kitobi silsilasidagi 5- juz Namoz kitobidan foydalanildi.



aslbek
Sana: Shanba, 02-Мая-2009, 16:46 | Xatlari # 88
Ism:
[dostonbek]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[7]
Xulqi: +
[4] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

MEN FOZIL QORI DOMILAMIZGA SAVOLLARIM BOR EDI BU MUMKUNMI



ada bala
Web_MasteR
Sana: Shanba, 02-Мая-2009, 19:42 | Xatlari # 89
Ism:
[WEB]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5062]
Xulqi: +
[651] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Quote (aslbek)
MEN FOZIL QORI DOMILAMIZGA SAVOLLARIM BOR EDI BU MUMKUNMI

Afsus-ki xozirgi vaqtda Fozil Qori bilan bizlarda aloqa yo'q, u Inson Internet tarmog'i orqali Savollarga Javob bermaydilar balki Masjidlariga borib savol berishlik mumkin xalos.

Sizga Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ni tavsiya etaman



NURANVAR
Sana: Yakshanba, 03-Мая-2009, 01:19 | Xatlari # 90
Ism:
[NUR]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[5]
Xulqi: +
[5] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalomu alaykum . Shayh janoblari sizga savolim - kvas ichimligini ichsa boladimi? Javobingiz uchun rahmat Alloh rozi bolsin!!!



SAYYID
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024