Islomiy Savol Javob
| | | Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 00:39 | Xatlari # 1 |
Ism:
| [Alloxning Qilichi]
| Maqomi:
| [Forum Moderator]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [333]
| Xulqi: +
| [8] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Саудовская Аравия]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Assalamu alaykum va Rohmatulloxu va Barokotux!
Agar sizlarni Islomiy qanday savollar qiynayotgan bo'lsa marxamat shu yerda Savollaringizni Yozib qoldiring, bizlar esa baholiqudrat tezroq javob topib berishlikga xarakat qilamiz InshaOllox!
ESLATMA! Albatta sizning savollaringizga Olimlarning saytlari va kitoblaridan Javob va Fatvolarini olib beramiz inshaAlloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Xazratlari va boshqa taniqli Ulomalarimizdan!
Agarda ko'pchilikni orasida berilmaydigan shaxsiy savollar bo'lsa Saytimizning mahsus "Biz bilan aloqa" vositasi orqali yoki PM yani "Shaxsiy Xabar" orqali ABDULLOXga o'z savolingizni yo'llashingiz mumkin
QO'SHIMCHA:
ISLOMGA TA'LUQLI SAVOLLAR BO'LSA KO'RSATILGAN JOYDAN JAVOB TOPSANGIZLAR HAM BO'LADI
Фатво:Ўкиган китобларини ўртокларига айтиш ва китобдан саволарга жавоб топиб бериш жоиз. Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari | |
|
| | Sana: Yakshanba, 03-Мая-2009, 09:49 | Xatlari # 91 |
Ism:
| [ahmadulloh]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Boshlovchi]
| Postlari:
| [36]
| Xulqi: +
| [67] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| ASSALAMU ALEYKUM Wr Wb savol musofir yurtdamiz muqumlikda yani namozlarimizni qasr emas to'liq o'qiymiz lekin shu erda ham safarga chiqadigan bo'lsak boshqa uzog'roq shaharga unda namozlarni qande o'qiladi to'liqmi yoki qasr?javob uchun oldindan rahmat imoningiz ziyoda bo'lsin .
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 03-Мая-2009, 11:24 | Xatlari # 92 |
Ism:
| [Yulduz Usmonxujaeva]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [13]
| Xulqi: +
| [14] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Франция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Quote (╭☆ElkaToyCaCa☆╯) Assalomu Alaykum WR WB WM! Javob uchun kattadan katta rahmat, Alloh Rozi Bo'lsin! Namoz Vaqtlari haqida tushundim, o'zizga yaxshi ma'lum soyani har doim ham kuzatib bolmaydi, quyosh ham har kuni porlab tuvarevmaydi, judayam kop duch kelinadigan xolat, bu Namoz vaqtini internet orqali tekshirilayotganda ularning har xil bolishi. Masalan bir saytda Bomdod vaqti 3da berilsa, yana bir saytda 5 deb korsatilgan, turar joyni anniq qib belgilab berganda ham xuddi shundey vaziyat yuzaga kelmoqda. So'ramoqchi bo'lganim, agar Quyosh va Soyaga qarab Vaqtni aniqlash imkomi bo'lmaganida Namoz vaqtini ko'rsatadigan sayt yoki programmadan foydalanib noto'g'ri vaqtda Namoz o'qilsa, yani o'zi bilmagan xolda Ado etayapman, deb o'ylasayu, lekin Namoz vaqtidan ancha kech yoki ancha erta o'qilsa , una buni Hukmi qandey bo'ladi? Masalan man o'rnatgan programma "Athan" bo'yicha Bomdodga Azon soat 3-08da o'qiladi, mani Namozxon tanishim esa Bomdodni soat 5-30da Ado etadi, shunga biroz tushunmaganim uchun savol bergandim. Javob uchun oldindan Rahmat. ╭☆ElkaToyCaCa☆╯, men ham online shunaqa turli tumanlikni ko'rgan edim, shuning uchun bizning sharqiy qismdagi ikkita masjidning osma kelandarini olgan edim. Bu yerda ham namoz vaqti 1-2 minutga farq qilar ekan. Bu ko'p muhim emas, ammo chlkashlik yo'qoldi. Sizga ham shuni maslahat berar edim. Harqalay masjidlarda ham shu kalendarga ko'ra azon aytishadi.
| | |
|
| | Sana: Yakshanba, 03-Мая-2009, 11:53 | Xatlari # 93 |
Ism:
| [Ca Ca]
| Maqomi:
| [Miss Forum]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [575]
| Xulqi: +
| [780] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Quote (Yulduzcha) ╭☆ElkaToyCaCa☆╯, men ham online shunaqa turli tumanlikni ko'rgan edim, shuning uchun bizning sharqiy qismdagi ikkita masjidning osma kelandarini olgan edim. Bu yerda ham namoz vaqti 1-2 minutga farq qilar ekan. Bu ko'p muhim emas, ammo chlkashlik yo'qoldi. Sizga ham shuni maslahat berar edim. Harqalay masjidlarda ham shu kalendarga ko'ra azon aytishadi. Assalomu Alaykum WR WB WM! Man ham shu haqida kechagina o'ylagan edim, InshaAlloh bugun borib Masjiddan olib kelaman siz etganizdaka, 1-2 minut unchalik qo'rqinchlimas, lekin 2-3 soatlik farq chalkashtirib yuboradideda odamni. Uyimga yaqin masjid ham yo'q Azon eshitganda Namozimni Ado etaman disam..Ha maylin, Masjidga borib kelaman, o'shanda bilib olaman qachon o'qishlikni, maslahatiz uchun kattadan katta rahmat, Alloh Rozi Bolsin! | |
|
| | | Sana: Yakshanba, 03-Мая-2009, 18:04 | Xatlari # 95 |
Ism:
| [YaYa]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [0]
| Xulqi: +
| [0] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Эквадор]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| ahmad11, Assalomu alaykum. Bu bizdagi masjidlar kelendariga to'g'ri kelmayapti.... Yaxshisi eng yaqin masjiddan kalendar olganlari ma'qul. Bundan tashqari bizda asr namoziga ikki hil vaqtda azon aytiladi. Birinchisi hanafiyadan boshqa hamma mashablar uchun, ikkinchi hanafiya uchun. | |
|
| | Sana: Yakshanba, 03-Мая-2009, 22:37 | Xatlari # 96 |
Ism:
| [Ca Ca]
| Maqomi:
| [Miss Forum]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [575]
| Xulqi: +
| [780] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Quote (ahmad11) Vaaleykum assalom wr wb man bilmadimku lekin siz yashayotgan shahar masjidi shu erda bo'lsa kerak http://www.islamicfinder.org/athanDownload.php shu erdagi azon programmasi manimcha to'g'ri keladi shaharingizdagi yo shaharingizda bo'lmasa masjid yaqin shahardagi masjidni topasiz va belgilab olasiz shu programmada 5 voqt namozga azon aytiladi lekin ahamiyat berasiz u erda imomu SHOFIY imom HANBALIY imom MOLIKIY doyimiy qo'yilgan agar siz hanafiy mashabida bo'lsangiz o'zgartirib oling negaki voqtlarida farq bor shu programmani o'rnatib oling kompyuterizga agar maqbul ko'rsangiz albatta. Assalomu Alaykum WR WB WM! Man ayni shu programmani o'rnatib oganman kompimga, anniq qaysi davlat, qaysi shahar va hatto qaysi rayondaligimniyam to'girlab oganman, shu programmani vaqti bilan bizada Bomdod 2-41da kirdi bugun ertalab. | |
|
| | Sana: Dushanba, 04-Мая-2009, 16:06 | Xatlari # 97 |
Ism:
| [Abu Abdulloh]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [452]
| Xulqi: +
| [214] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| NURANVAR, Quote Assalomu alaykum . Shayh janoblari sizga savolim - kvas ichimligini ichsa boladimi? Javobingiz uchun rahmat Alloh rozi bolsin!!! JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Sizni savolizga Shayh hazratlarini o'zlarini javoblarini iqtibos tarzda keltiramiz! Савол: Хурматли Хазрат! Маълумки, кайф килувчи хар кандай нарса харом дейилган. Агар таркибида спирт булса-ю (оз микдорда), уни ишлаб чикарилган нияти кайф килиш учун булмаса, унда бу махсулотларнинг хукми кандай? Масалан, Анвар Кори домла кимизни ичса булади дегандилар. Шунга ухшатиб квасни хам ичса буладими? Гарчан кимиз, кефир, катик, квас каби ичимликларда оз микдорда спирт булади. Жавобингиз учун катта рахмат! Жавоб: - Қимизда спирт йўқ. У биянинг соф сутидан иборат. Кефир ва қатиқ ҳам шундай. Бу каби табиий ҳолдаги нарсаларни ичишга рухсат. Кваснинг ташқаридан спирт қўшиладиган ва қўшилмайдиган турлари бор. Қўшиладиган турини ичиб бўлмайди.
| |
|
| | Sana: Dushanba, 04-Мая-2009, 16:10 | Xatlari # 98 |
Ism:
| [Abu Abdulloh]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [452]
| Xulqi: +
| [214] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| ╭☆ElkaToyCaCa☆╯, Quote Birovni kiyimida Namoz o'qishlikchi? Kiyim tozaligini aniq bilmasdan lekin sharoit shuni taqozo qilgani uchun kiyishga majbur bo'lsa? Keyin, kiyimda rasmni makruhligini tushundim, naqshlar bo'lsachi? Masjidda emas, yolg'iz o'qiganda naqshli kiyimlar yoki naqshli ro'mol o'rasa bo'ladimi? Oldindan Rahmat Javob uchun. JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! 1. Agar zarurat yuzasidan bo’lsa ya’ni namoz uchun farz bo’lgan miqdorda o’zining libosi bo’lmasa kiyim egasini roziligi bilan kiyib o’qisa hechqisi yo’q. Chunki u odam kiyimni o’girlab olib kelib shuni kiyib namoz o’qiyotgani yo’q, balki sohibini roziligi bilan o’sha libosdan foydalanmoqda. 2.Undan boshqa umuman kiyadigan libosi bo’lmasa bo’laveradi. Buning dalilini ham kifoya kitobidan olamiz. Najasni ketkizadigan narsasi bo’lmagan odam u bilan namoz o’qiyveradi. Keyin qayta o’qimaydi. Bunda zarurat yuzasidan ruhsat beriladi. Chunki uni bundan boshqa chorasi ham yo’q. Ya’ni mutlaqo boshqa pokiza libosi yo’q. Shuning uchun namozni tark qilgandan ko’ra o’qiyveradi, chunki… Kiyimining to’rtdan biri pok bo’lgan kishining yalang’och holda namoz o’qishi joiz emas Chunki bu holatda “to’rtdan bir” zarurat yuzasidan “to’liq”ning o’rniga o’tadi. Undan ozi pok bo’lgan kiyimda o’qish afzal Ya’ni, kiyimning to’rtdan biridan ozi pok bo’lganda, yalang’ochdan ko’ra o’sha kiyimda namoz o’qigan afzal. 3. Biz yuqoridagi javobimizda jonli narsalarni rasmi bo’lsa makruh dedik, jonsiz narsalarni rasmi zarar qilmaydi. Naqshli libos yoki ro’mol bilan namoz o’qisez bo’laveradi. Ammo o’sha sababidan o’zingiz ham namozdan chalg’iydigan bo’lsangiz imkon darajasida undan saqlanganingiz afzal. Yana qaytarib o’tamiz imkon darajasida. allohu A'lam!
|
| |
|
| | Sana: Seshanba, 05-Мая-2009, 13:02 | Xatlari # 99 |
Ism:
| [Gulrux]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [5]
| Xulqi: +
| [4] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| ALLOH ROZI BOLSIN YAXSHI SAVOL JAVOB EKAN!!:)
| |
|
| | Sana: Seshanba, 05-Мая-2009, 17:10 | Xatlari # 100 |
Ism:
| [Hoshimov Inomjon]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [11]
| Xulqi: +
| [6] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Корея]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Assalomu alaykum varahmatulloh va barokotuh. Mo'min musulmonlar sizlarga bir savolim bor inshoolloh javob olaman degan umiddaman. Savolim quyidagicha Davlat bankika oz miqdorga pul qo'ysam va bu pulimni davlat tijorat qilib tijoratdan oz foydasini mening hisob raqamimga qo'ysa,yani qo'ygan pulim ko'paysa pora hisomlanadimi?
Assalomu alaykum!!! | |
|
| | Sana: Chorshanba, 06-Мая-2009, 00:35 | Xatlari # 101 |
Ism:
| [_Risolat_]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [ENG ENG ENG]
| Postlari:
| [3027]
| Xulqi: +
| [814] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Assalomu aleykum wr wb avvalo sizlarga kattakon raxmat savol va javoblar uchun man bir savol bermoqchi edim bu ham manimcha hayotimizga muhim deb o`yliyman har kunimizni har lahzamizni ibodatga aylantirish uchun har narsani so`rab o`rganganimiz maqul bo`lsa kerak deb o`yladim shuning uchun bu savolni berishga qaror qildim. savolim barchani qiziqtirsa kerak manimcha chunki man ko`pchilikdan eshitganman hamma har hil gapiradi Islomda musulmon oilada chumoli paydo bo`ldi uni o`ldirish mumkinmi? bazida bilmiy o`ldirib qo`yamiz bazida esa bilib keyin dilim ogriydi buni o`ldirish mumkinmikin yoki yo`q? Assalomu aleykum wr wb
Izox O'zgartirildi Mohidil - Chorshanba, 06-Мая-2009, 04:32 | |
|
| | Sana: Chorshanba, 06-Мая-2009, 03:33 | Xatlari # 102 |
Ism:
| [Abu Abdulloh]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [452]
| Xulqi: +
| [214] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| ╭☆ElkaToyCaCa☆╯, Quote Savolim shuki, masalan manda Shom Vaqti kirganda ko'pincha yo'lda bo'laman, yani transportda, Namozni Ado etishlikni iloji yo'q bo'ladi, tiqilinch, odam ko'p. Hatto Imo-ishora bilan Namoz o'qishlik mumkin deyilgan edi yuqorida, man 30-40 minutga bo'lsada kechiktirib uyda o'qiganim maqulmi yoki imo-ishora bilan bo'lsada yo'lda ketvotganda Ado etishim kerakmi? JAVOB: Bismillahir rohmanir rohiym! Kifoya kitobida Shom namozini vaqti haqida shunday deyilgan: Shomniki undan to shafaq g’oyib bo’lguncha. U qizg’ishlikdir va bunga fatvo berilgandir. Imom Muslim Ibn Umar r.a dan qilgan rivoyatda Rosululloh sav: Modomiki, shafaq g’oyib bo’lmasa, Shomning vaqti bor – deganlar. Jabroil a.s Payg’ambar sav ga namozning vaqtlarini ko’rsatganligi haqidagi hadisda “So’ngra Shomni quyosh botib, ro’zador iftor qiladigan paytda o’qidi. So’ngra Huftonni shafaq go’yib bo’lganda o’qidi” deyilgan. Demak, Shom namozining vaqti ushbu ikki vaqt orasida bo’ladi. Biz bu hadisni to’laligicha yuqorida ham keltirgan edik va ushbu hadisdan olinadigan foydalarning uchinchi bandida: Shom namozining vaqti quyosh botgandan boshlanadi va Hufton vaqti kirguncha davom etadi. Ammo, Jabroil alayhissalom ikki kunda ham bir hil vaqtda, quyosh botganda o’qib berganlari, eng afzal vaqt shu ekaniga dalolat qiladi.-deyilgan. Hulosa… Demak, siz uyingizga yetib kelgunizgacha Hufton vaqti kirmagan bo’ladi. Chunki Shom bilan Huftonni orasidagi vaqt o’rtacha hisobda 50 minutni tashkil qiladi. Yani Shomni Hufton namozi vaqti kirguncha o’qilsa qazo bo’lgan hisoblanmaydi. Siz uyizga kelib Shomni chiroyli tarzda ado qilishingiz mumkin. Vallohu A’lam!
|
| |
|
| | Sana: Chorshanba, 06-Мая-2009, 03:42 | Xatlari # 103 |
Ism:
| [Abu Abdulloh]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [452]
| Xulqi: +
| [214] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| gomvo, Quote Savolim quyidagicha Davlat bankika oz miqdorga pul qo'ysam va bu pulimni davlat tijorat qilib tijoratdan oz foydasini mening hisob raqamimga qo'ysa,yani qo'ygan pulim ko'paysa pora hisomlanadimi? JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Sizning savolizga Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini javoblarini iqtibos keltirgan holda javob berishga harakat qilamiz! Quote Ассалому алайкум Муҳтарам Шайх ҳазратлари. Сизга бир савол билан мурожаат қилмоқчи эдим. Мени бир бувимлар бор. Нафақа ёшидалар. Нафақалари бироз кам бўлганлиги учун озгина жамғарган пулларидан банкка омонат қўймоқчи эканлар. Агар ҳар ойда банкдан маълум миқдордаги фоизларни олиб турсалар бу пуллар судхўрлик ҳисобланмайди. Шундай қилсалар жоиз бўладими. Гуноҳ бўлмайдими. Жавобингиз учун олдиндан раҳмат! Сиздан Аллоҳ чексиз рози бўлсин. Сизнинг илмизгизни бундан ҳам зиёда қилсин. - Эгасига фойда келтирган қарз рибо бўлади Quote Hurmatli shayx hazratlari. Anchadan beri bir savol meni qiynab keladi. Bu saytda ham shu savol berilgan ekan. Bir birodarimiz "Банкага омонатка пул куйса, фоиз оламан деб, шу мумкунми,куйилган фоизидан умуман ишлатса буладими." deb so'ragan ekanlar. hurmatli shayx hazratlari, siz "Bu savolni o'zingiz namoz o'qiydigan masjid imomiga bering" deb javob bergan ekansiz. Men buni " bu aniq riboku" degan ma'noda tushundim. to'g'ri tushunibmanmi? Lekin shahrimizdagi bir domla,imom , bu bank bilan sherikchilik qilingandek bo'ladi, mumkin degan ekanlar. Mening dadam ham shunday omonatlarning biriga pil qo'yganlar. Biz farzandlarining to'ylariga ishlatish uchun maqsad ham qilganlar. Qadrli uztoz menga maslahat bering, dadam o'zlari namozxn, mo'min bo'lsalarda men buni tushuntirolmayapman. Men qanday yo'l tutishim mumkin? Alloh sizdan rozi bo'lsin, ko'p ko'p bandalariga to'g'ri yo'lni ko'rsatish uchun sizni sabab vositachi qilsin Ilohim. - Дадангизга гапи ўтадиган каттароқ ва обрўли одамдан ёрдам сўранг. Ўша киши тушунтирсин Vallohu A'lam!
|
| |
|
| | Sana: Chorshanba, 06-Мая-2009, 18:53 | Xatlari # 104 |
Ism:
| [Abu Abdulloh]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [452]
| Xulqi: +
| [214] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Mohidil, Quote savolim barchani qiziqtirsa kerak manimcha chunki man ko`pchilikdan eshitganman hamma har hil gapiradi Islomda musulmon oilada chumoli paydo bo`ldi uni o`ldirish mumkinmi? bazida bilmiy o`ldirib qo`yamiz bazida esa bilib keyin dilim ogriydi buni o`ldirish mumkinmikin yoki yo`q? JAVOB: Bismillahiyr rohmanir rohiym! Quro’ni Karimda barcha jonzot va qushlar insonlar kabi ummat ekanligi ta’kidlanadi. Aynan shu ta’kid insonni o’zi kabi ummat bo’lgan barcha jonlilarga nisbatan mehribon bo’lishga undaydi. Bu hususda Alloh taolo An’om surasida shunday marhamat qiladi. Yer yuzidagi har bir jonzot va ikki qanot ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. (38-oyat) Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi: Rosululloh sav: Bir chumoli nabiylardan bir nabiyni chaqib oldi. Bas, u chumolilar qishlog’i haqida amr qildi. Uni kuydirib yuborildi. Shunda, Alloh u(nabiy)ga vahiy qilib, seni bir chumoli chaqqani uchun tasbih aytib turgan ummatlardan bir ummatni halok qildingmi?! – dedi, dedilar Ko’rinib turibdiki, Islom hayvonlarning barchasiga alohida mehribonlik bilan yondashadi. Islom hayvonlarni maqsadsiz o’ldirishlikni katta gunoh hisoblab, qat’iyan man qiladi. Chunki Alloh yaratgan jonivorlarni behuda o’ldirish gunohdir. Imom Nasaiy Ash-Shurayda r.a dan qilgan rivoyatda: Men Payg’ambarimiz sav: Kimki chumchuqni sababsiz o’ldirsa, qiyomat kuni Allohga: ey Robbim, falonchi mani manfaat uchun emas, o’ynab o’ldirdi, deb shikoyat qiladi, deganlarini eshitdim – deyilgan. Hayvonlarga mehr-shafqatlik bo’lish bilan musulmon inson jannatning oily martabalariga sazovor bo’ladi. Bu haqida ko’pgina hadislar ham bor. Ammo insoniyatga zarari tegadiganlarini masalan chayon, sichqon va shu kabi zararkundalarni zararidan qutulish uchun o’ldirsa joiz. Lekin bularni o’ldirishda ham imkon qadar jonini qiynamaydigan qilib bir urinishda o’ldirishga harakat qilmoq yahshidir deyilgan. Demak chumolini ham uydagi o’ziq ovqatgami yoki boshqa narsagami, hullas zarari tegadigan bo’sagina o’ldirish mumkin. Uni bekordan bekorga o’ldirish mumkin emas. Chunki u ham Alloh taoloni O’zi aytganidek ummatlardan bir ummatdir! Vallohu A’lam!
|
| |
|
| | Sana: Payshanba, 07-Мая-2009, 04:33 | Xatlari # 105 |
Ism:
| [Abu Abdulloh]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [452]
| Xulqi: +
| [214] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| ahmadulloh11, Quote ASSALAMU ALEYKUM Wr Wb savol musofir yurtdamiz muqumlikda yani namozlarimizni qasr emas to'liq o'qiymiz lekin shu erda ham safarga chiqadigan bo'lsak boshqa uzog'roq shaharga unda namozlarni qande o'qiladi to'liqmi yoki qasr?javob uchun oldindan rahmat imoningiz ziyoda bo'lsin . JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Agar qasrni vojib qiladigan darajadagi shar’iy musofir maqomini oladigan safarga chiqsangiz albatta qasr qilib o’qiysiz. Savolni javobi aslida qisqa ham bo’lishi mumkin edi. Ammo ba’zi bir tushunmovchiliklar kelib chiqmasin deb batafsilroq yoritishga harakat qildik. Qachonki yer yuzida safar qilsangiz, sizlarga namozni qasr qilishingizda gunoh yo’qdir. (Niso surasi 38-oyat) Ahli ilm musofir to’rt rak’atli namozni qisqa – ikki rakatli qilib o’qishiga ijmo’ qilishgan. Musofir uchun namozni qasr qilishi aziymat bo’lib, uni hukmi vojibdir. Uning to’rt rakat namozni ikki rakat qilib o’qishi farzdir. Undan ziyoda qilishi joiz emas. Avvalo o’zi yahshab turgan makondan qancha uzoqlashsa musofir bo’lishini bilib olishimiz kerak. Musofir o’z yurtining uylaridan uch kunu uch kechalik masofani qasd qilib ajragan odamdir. O’z yurtlarining uylari deganda shaharning chetidagi uylar ko’zda tutiladi. Musofir qaysi yo’nalishda ketayotgan bo’lsa, o’sha tarafdagi ohirgi uydan ajraganda musofirlik boshlanadi. Agar shaharga tutashgan qishloq bo’lsa o’sha qishloqdan o’tgandan keyin musofirlik boshlanadi. Imom Muslim va Abu Dovudlar Anas r.a dan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi. Rosululloh sav bilan Madinada Peshinni to’rt rakat va Asrni Zul Hulayfada ikki rakat o’qidim. Rosululloh sav safarga otlangan bo’lsalar ham, Madinadan chiqmaganlari uchun Peshinni to’rt rakat o’qiganlar. Asrda shahardan chiqib Zul Hulayfa degan joyga yetib qolganlari uchun namozni qasr qilib ikki rakat o’qiganlar. Uch kunu uch kechalik masofani qasd qilib degan gapni ham sharh qilishimiz lozim bo’ladi. Bunda uch kun yurish uchun, uch kecha esa dam olish uchun bo’lishi nazarda tutilgan. Masofani qasd qilib deyish bilan masofani qasd qilmay sodir bo’lgan safar shar’iy hukmlarga tegishli safar bo’lmasligini bilib olamiz. Misol uchun birov qochib ketgan otini ushlayman deb yo’lga chiqsa va bir necha kun uning ortidan quvib yursa ham namozini to’liq o’qiydi. Chunki u safarni qasd qilmagan edi. Uch kunlik masofani bosib o’tish vaqtidagi kunlar deganda mo’’tadil yurtlardagi eng qisqa kunlar e’tiborga olinadi. Ya’ni kunduzi juda uzun yoki juda qisqa bo’lgan yurtlarni kunlari emas. O’shanda ham ertalabdan peshingacha yurgani hisob. Qolgani namoz, dam olish va ovqatlanishga chiqariladi. Agar tez yurib mazkur masofani undan oz vaqtda bosib o’tadigan bo’lsa ham qasr o’qiydi. Hanafiy mazhabida bir kishi boshqa bir joyda 15 kun va undan ortiq turmoqni niyat qilsa namozini to’liq o’qiydi. Undan oz turmoqni niyat qilsa qasr o’qiydi. Hanafiy mazhabi ulamolari bu hukm uchun buyuk sahobiylar Ibn Abbos va Ibn Umar r.a lardan qilingan quyidagi rivoyatni dalil qilib olganlar. “Musofir o’laroq bir yurtga kirsang va bu yurtda o’n besh kun qolishni niyat qilsang, namozingni to’la o’qi. Agar bu yerdan qachon safarga chiqishingni bilmasang qasr o’qi” Birov bir yerda o’n besh kun yoki undan ortiq turishni niyat qilmagan bolsa, qancha tursa ham namozini qasr qilib o’qiydi. Masalan biro dam boshqa bir shaharga bir ishini bitirish uchun safar qildi. Ammo u yerda o’n besh kun yoki undan ortiq qolishni niyat qilmadi va qancha turishini o’zi ham bilmaydi. Chunki uni ishi qachon yakuniga yetsa o’zini shahriga qaytadi. Mumkin uni ishi 10 kunda bitib qolar, mumkin 20 kunda. Shu holatda u namozini qasr qilib o’qiydi. Mana endi Muhtasari Viqoya kitobining Musofirning namozi faslidagi sizni savolingizga javob bo’ladigan matnga keldik, ya’ni:' Iqoma vatanining uning misli, safar va asliy vatan botil qiladi. Iqoma vatan bu- vaqtinchalik yashash makoni. Unda musofirning ahli bo’lmaydi hamda u bu yerda o’n besh kun va undan ko’p yashashni niyat qilgan bo’ladi. Ana shundoq iqoma vatanini o’ziga o’hshash boshqa iqoma vatan botil qiladi. Ya’ni kishi eski vatani iqomadan yangi vatani iqomaga o’tsa eskisiga oid barcha hukmlar o’z kuchini yo’qotadi. Shuningdek safar boshlanishi bilan ham iqoma vataniga oid hukmlar o’z kuchini yo’qotadi. Chunki safar vatani iqomani buzadi. Vatani asliy vatani iqomani buzishi turgan gap. Chunki vatani asliy vatani iqomadan kuchlidir. Hulosa shuki, siz bu holda namozlarizni qasr qilib o’qiysiz. Vallohu A’lam!
|
| |
|
|
|