Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


Модератор форума: ABDULLOX  
Islomiy Savol Javob
Qilich
Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 00:39 | Xatlari # 1
Ism:
[Alloxning Qilichi]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[333]
Xulqi: +
[8] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Саудовская Аравия]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum va Rohmatulloxu va Barokotux!

Agar sizlarni Islomiy qanday savollar qiynayotgan bo'lsa marxamat shu yerda Savollaringizni Yozib qoldiring, bizlar esa baholiqudrat tezroq javob topib berishlikga xarakat qilamiz InshaOllox!


ESLATMA! Albatta sizning savollaringizga Olimlarning saytlari va kitoblaridan Javob va Fatvolarini olib beramiz inshaAlloh.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Xazratlari va boshqa taniqli Ulomalarimizdan!



Agarda ko'pchilikni orasida berilmaydigan shaxsiy savollar bo'lsa Saytimizning mahsus "Biz bilan aloqa" vositasi orqali yoki PM yani "Shaxsiy Xabar" orqali ABDULLOXga o'z savolingizni yo'llashingiz mumkin


QO'SHIMCHA:


ISLOMGA TA'LUQLI SAVOLLAR BO'LSA KO'RSATILGAN JOYDAN JAVOB TOPSANGIZLAR HAM BO'LADI




Фатво:
Ўкиган китобларини ўртокларига айтиш ва китобдан саволарга жавоб топиб бериш жоиз.
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari

ABDULLOX
Sana: Seshanba, 12-Мая-2009, 13:42 | Xatlari # 121
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

shaddot, JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Sizni savolingizga Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining Kifoya nomli kitoblaridan foydalangan holda javob berishga harakat qilamiz inshaAlloh!
Avvalambor o’sha yerda yashaydigan musulmon aholidan qibla qaysi tarafda ekanini imkon qadar bilishga harakat qilmoq lozim. Ammo buni bilishni ilojisini topa olmagan odam haqida Kifoya da shunday deyiladi:

Qiblani biladigan odam topilmasa, ijtihod qiladi. Ijtihodida hato qilgan odam namozni qayta o’qimaydi.
Ya’ni o’z aqlini ishlatib, tahminiy qibla qaysi tarafda ekanini belgilaydi.

Omir Ibn Robiy’a r. a dan rivoyat qilinadi:
Payg’ambar sav bilan zulmatli kechada safarda edik. Qibla qaysi tarafda ekanini bila olmadik. Bizdan har bir kishi ozi bilganicha qarab namoz o’qidi. Tong ottirganimizdan keyin buni Payg’ambar sav ga zikr qildik. Bas, “Allohning yuzi, qayon qarasangiz, shul tomonda” degan oyat nozil bo’ldi.
Temiziy rivoyat qilgan.

Demak, oyati karimani nozil bo’lishiga shu voqea sabab bo’lgan ekan. Bu oyat sahobai kiromlarning ijtihod qilib, qiblaga yuzlandim deb, qilgan urinishlarini tasdiqlab nozil bo’lgan.
Bulut va zulat tufayli hamda boshqa sabablarga ko’ra qiblani aniqlay olmagan kishi o’zicha ijtihod qilib bo’lgandan keyin qibla boshqa tomonda ekani ayon bo’lib qolsa, ko’pchilik ulamolarning fikricha namozni qaytarib o’qimaydi. Hanafiy mazhabi ham shu fikrga qo’shilgan.

Balki ijtihod qilmay to’g’ri yuzlangan qayta o’qiydi.

Bir odam qibla qayoqda ekanini aniq bilmas edi. U ijtihod qilmay, namozini qayta o’qib yubordi. Keyin namoz o’qiyotganda qiblaga to’g’ri qarab o’qiyotgani ma’lum bo’ldi. Bas, namozini qaytadan o’qiydi. Chunki u qiblani qaysi tomonda ekani haqida ijtihod qilib ko’rmadi. Shuning uchun qiblaga to’g’ri yuzlangan bolsa ham namozini hali tugatmagan holida o’sha yuzlangan tomoni rostdan ham qibla ekanini bilib qolsa namozini qayta o’qiydi. Agar namozni o’qib bo’lgandan keyin ayon bolsa qaytadan o’qimaydi.

Namoz o’qiyotganda fikri o’zgarib qolsa, aylanib oladi.

Ya’ni namozini o’qib turgan vaqtida qibla bu yoqda bo’lsa kerak deb fikri o’zgarib qolsa yoki qiblani biladigan odam kelib qibla bu tomonda edi desa namozini buzmagan holda o’sha tomonga o’girilib oladi va namozini kelgan joyidan davom ettiraveradi. Bu hukmning dalili quyidagicha:
Ibn Umar r.a dan rivoyat qilinadi:
Odamlar Quboda Bomdod namozini o’qib turganlarida, birdan, bir odam kelib :
- Rosululloh sav gab u kecha oyat nozil qilindi. Batahqiq, u kishiga Ka’baga qarash amr qilindi. Bas, siz ham o’sha tomonga qaranglar dedi.
Ularning yuzlari Shomga qaragan edi, Ka’baga qarab aylandilar.

Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.

Avvallari musulmonlar Quddusdagi Masjidul Aqsoga yuzlangan holda namoz o’qishar edi. Keyin Alloh taolo Masjidul Haramga ya’ni Ka’baga yuzlangan holda namoz o’qishni buyuruvchi oyatini nozil qildi. Bu oyatdan behabar bo’lgan musulmonlar hali ham Shomga ya’ni Masjidul Aqsoga yuzlangan holda Bomdod namozini ado qilishayotgan edi. Haligi oyatdan habardor bo’lgan bir sahobiy bularni ko’rgach ushbu oyat haqida habar berdi. Ular bu habarni eshtishlari bilan namozlarini buzmagan holda yuzlarini Ka’ba tomonga burib aylanib oldilar.

Demak ijtihod qilib, qiblani qaysi tomonda ekanini tafakkur qilib keyin o’qigan bolsa ham, yoki to’g’ri kelgan tomonga yuzlanib namoz o’qigan bolsa ham agar namozini yakunlagan bolsa qaytarib o’qimaydi. Uning namozi namoz o’rniga o’tadi. Ammo to’g’ri kelgan tomonga yuzlanib namozni boshlasayu hali yakuniga yetmasdan avval namoz o’qiyotgan tomoni aniq qibla ekanini bilib qolsa namozini qaytadan o’qiydi. Yakunlab bo’lgach bilsa o’qimaydi. Vallohu A’lam!



Oisha_14
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 00:57 | Xatlari # 122
Ism:
[Oisha]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[14]
Xulqi: +
[19] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Assalomu Aleykum wa Rahmatullohu Wa Barakotuhu.Menga maslahatilar kerak iltimos maslahat berilar.
Men bir insonni o'z akamdek ko'rardim va unga judayam ishonardim lekin kecha bir odamdan u haqida harhil gaplar eshittim u menga yolg'on gapirgan ekan ozi haqida boshqacha malumot berib yolg'on gapiribdi.Men endi nima qilishni bilmayapman unga judayam ishonardim endi nima qilsihim kerak menga maslahat beringlar.Uni o'zidan so'rab ko'raman desam bo'lmayapti jur'atim yetmayapti.Sizlardan iltimos tezroq javob beringlar.

Oldindan kattakon rahmat!!!
Assalomu Aleykum Wa Rahmatullohu wa Barakotuhu.



Assalomu aleykum wr wb.
ABDULLOX
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 10:03 | Xatlari # 123
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Oisha_14,
Quote
Men bir insonni o'z akamdek ko'rardim va unga judayam ishonardim lekin kecha bir odamdan u haqida harhil gaplar eshittim u menga yolg'on gapirgan ekan ozi haqida boshqacha malumot berib yolg'on gapiribdi.Men endi nima qilishni bilmayapman unga judayam ishonardim endi nima qilsihim kerak menga maslahat beringlar.Uni o'zidan so'rab ko'raman desam bo'lmayapti jur'atim yetmayapti.Sizlardan iltimos tezroq javob beringlar.

JAVOB: Bismillahiyr rohmaniyr rohiym! Agar o’sha kishi sizni ishonchingizga kirib olib sizni rostdan ham aldagan bolsalar Alloh u kishiga insof bersin. Chunki bu hiyonatdir.
Sufyon ibn Usayd al-Hazromiydan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav ning: Hiyonatning eng kattasi bir birodaring senga ishonib tursa-yu, unga yolg’on gapirishingdir, deganlarini eshitdim.
Birovni aldash, yolg’on ma’lumot berish, birovning ishonchini oqlamaslik, o’ziga ishonib turgan odamga yolg’on gapirish nihoyatda og’ir ish ekanini ushbu hadisi sharifdan bilib olamiz
.
Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sav: Munofiqning belgisi uchta: agar so’zlasa yolg’on so’zlaydi, va’da qilsa bajarmaydi va unga omonat topshirilsa, hiyonat qiladi, - dedilar.
To’rtovlari rivoyat qilishgan.

E’tibor bering yolg’onchilik bu munofiqni alomati deyilyapti, demak siz aytayotgan odam sizni ishonchingizni poymol qilib yolg’on gapirgan bolsa unda munofiqlikni bir alomati bor ekan. Albatta bu sizni gapingiz o’z tasdig’ini topsagina tog’ridir.
Siz bu haqda kimdandir eshitibsiz. Har bir eshitgan narsaga esa ishonishdan oldin uni yahshilab surishtiriladi, kerak bo’lsa sizga o’sha habarni yetkazgan odam bilan o’z akangizdek ko’rgan insonni yuzlashtiring, shunda bilasiz haqiqatni. Eshitilgan narsani avval surishtirishni esa bizga Alloh taoloni O’zi buyurgan. Dalil:

Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq habar keltirsa, aniqlab ko’ringlar, bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qo’yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo’lmanglar. (Hujurot surasi 6-oyat)

Huddi shuningdek sizga keltirilgan habarni aniqligini bilmay turib bir insonni dilini og’ritib qo’yishdan ham saqlanishingizni maslahat beramiz. U kishini o’zlaridan so’rashga jur’at qilolmayapman deb yomon gumonga ham borib qolmang. Jur’atim yetmayapti deb so’ramay hato qilib qo’ygandan ko’ra o’sha odamni o’zidan bu rost yoki yolg’on habar ekanini va agar sizni chindan ham aldagan bolsa aldaganini sababini so’rang. Chunki yomon gumon qilish ham gunohdir. Dalil:

Ey iymon keltirganlar! Ko’p gumonlardan chetda bo’linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir… (Hujurot surasi 12-oyat)

Mo’tabar kitoblarimizda bir musulmon boshqa bir musulmonga bir aybni qo’ysa, masalan yolg’onchi desa, o’sha ayblov yolg’onchilikda gumon qilingan odamni ustiga boradi. Agar u chindan ham kazzob ya’ni yolg’onchi bolsa bu sifat unga mosdir va unga shu tushadi. Ammo u odam yolg’onchi bo’lmasa uni yolg’onchi deganlarni o’zlari yolg’onchi bo’ladilar va yolg’on bir hayotni yashab bermagunlaricha Alloh ularning jonlarini olmaydi deyilgan.
Shuning uchun ham bu masalada juda ham ehtiyot bo’lishimiz lozimdir. Alloh taolo barchalarimizni yolg’onchilikdan, yolg’on gapirishdan saqlasin, iymonimizni ziyoda qilsin, bilib bilmay boshqalarga tuhmat qilib qo’yishdan ham saqlanishimizni nasib qilgan bolsin.Amiyn! Vallohu A’lam!



moxi12
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 14:21 | Xatlari # 124
Ism:
[marjona]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[47]
Xulqi: +
[26] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

aSSALAMU ALAIKUM VA RAHMATULLOH, forum boshqaruvchilariga murojaat!Bu boshlagan ishinglar,islom shariatiga muofiq emas.Chunki islomda savollarga ma`lum darajaga etgan va ko`pchilik ulomolar tamondan javob bersa bo`ladi deb tan olingan bo`lishi lozim.Bu forumda savollarga javob berayotgan inson hali ustozlaridan savollarga javob bersa bo`ladimi yo`qmi ,ruhsat olganmi o`zi?Ho`p siz Abdulloh ustozingiz kimligi,va ustozingizdan islom hukmlariga javob berayotganingizga ruhsatini korsating.Xozirgi kunda Xazrat Muhammad Sodiq Muhammad YUSUF
saytlarida barcha savollarga javoblar bor.Qiyomatda sizdan so`raladi bu gurunghona haqida.Siz mani to`g`ri tushuning iymonlashish boshqa, savollarga javob berish boshqa. Siz agar o`zingizni xaq ustidaman deb bilayotgan bo`sangiz bu ishingizni Shayx Hazratlariga e`lon qiling,agar Shayx buni ma`qullab sizga ruhsat bersa ,marhamat o`sha ruhsatni forum boshiga ,katta harflar bilan biting va ishingizni davom ettiring,alhamduliullah,vassalatu vassalamu a`la Rasulilloh
So`zimni Imom MOliK rahmatullohi a`layh hayotlarida bo`lgan voqea bilan yakunlayman.
HIKOYA:Imom Molik oldiga bir kishi kelib xazrat 100000 hadis yodlagan odam fatvo bersa bo`ladimi?-deb so`radi.-Yo`q dedilar Imom.200000 bo`lsachi deb so`radi yo`q dedilar.300000,400000, bolsachi deb so`ralganda ham shu -yo`q degan javob berganlar.500000 hadis yodlagan bo`lsachi deb so`ragan edi ,imom o`ylab ko`rish kerak dedi.(siz aytishingiz mumkin biz fatvo bermayapmiz deb,ammo savolga javob berilishi ,kishini hotirjam qilib ,shu javob bilan yashashda davom etishiga kifoya )



Alloh saqlasa balo yo'q,
Saqlamasa davo yo'q.
boburjon
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 17:48 | Xatlari # 125
Ism:
[Bobur]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[26]
Xulqi: +
[5] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Moxi 12 fikrizga qo'shilaman. Bu juda joddiy ish. Savollarga javobni berish bu katta ma'suliyatni bo'yinga olishdir. Balkim savollarga javobni biror Shayxdan olib berilayotgandir? Bilmadim......
Lekin o'zlari o'rgangan ilm bo'yicha javob berayotgan bo'lsalar juda ihtiyot bo'lishlari kerak. Alloh ilmlarini ziyoda qilsin. Fatvo berishda ihtiyot bo'lish kk.
Hurmatli Abdulloh agar o'z ilmingiz bo'yicha javob berayotgan bo'lsangiz,hushyor bo'ling. Bu ishni javobgarligi o'ziga yarash qoidalari bor.



To'g'ilish o'limga qo'yilgan dastlabki qadamdir
ahmadulloh11
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 17:54 | Xatlari # 126
CHAT MODER
Ism:
[ahmadulloh]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[36]
Xulqi: +
[67] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Quote (moxi12)
aSSALAMU ALAIKUM VA RAHMATULLOH, forum boshqaruvchilariga murojaat!Bu boshlagan ishinglar,islom shariatiga muofiq emas.Chunki islomda savollarga ma`lum darajaga etgan va ko`pchilik ulomolar tamondan javob bersa bo`ladi deb tan olingan bo`lishi lozim.Bu forumda savollarga javob berayotgan inson hali ustozlaridan savollarga javob bersa bo`ladimi yo`qmi ,ruhsat olganmi o`zi?Ho`p siz Abdulloh ustozingiz kimligi,va ustozingizdan islom hukmlariga javob berayotganingizga ruhsatini korsating.Xozirgi kunda Xazrat Muhammad Sodiq Muhammad YUSUF
saytlarida barcha savollarga javoblar bor.Qiyomatda sizdan so`raladi bu gurunghona haqida.Siz mani to`g`ri tushuning iymonlashish boshqa, savollarga javob berish boshqa. Siz agar o`zingizni xaq ustidaman deb bilayotgan bo`sangiz bu ishingizni Shayx Hazratlariga e`lon qiling,agar Shayx buni ma`qullab sizga ruhsat bersa ,marhamat o`sha ruhsatni forum boshiga ,katta harflar bilan biting va ishingizni davom ettiring,alhamduliullah,vassalatu vassalamu a`la Rasulilloh
So`zimni Imom MOliK rahmatullohi a`layh hayotlarida bo`lgan voqea bilan yakunlayman.
HIKOYA:Imom Molik oldiga bir kishi kelib xazrat 100000 hadis yodlagan odam fatvo bersa bo`ladimi?-deb so`radi.-Yo`q dedilar Imom.200000 bo`lsachi deb so`radi yo`q dedilar.300000,400000, bolsachi deb so`ralganda ham shu -yo`q degan javob berganlar.500000 hadis yodlagan bo`lsachi deb so`ragan edi ,imom o`ylab ko`rish kerak dedi.(siz aytishingiz mumkin biz fatvo bermayapmiz deb,ammo savolga javob berilishi ,kishini hotirjam qilib ,shu javob bilan yashashda davom etishiga kifoya )

moxi12, sizga savolim quyidagicha
Savol: Bu boshlagan ishinglar Islom shariatiga muvofiq emas debsiz, bunga hujjatingiz bormi, birorta javobni shariatga muvofiq emasligini bizga ko'rsatin iltimos
2- Savol: Fatvo deganda nimani tushunasiz, Fatvoninig lug'aviy va istilohdagi ma'nolarini bilasizmi?




Web_MasteR
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 18:07 | Xatlari # 127
Ism:
[WEB]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5062]
Xulqi: +
[651] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Quote (moxi12)
aSSALAMU ALAIKUM VA RAHMATULLOH, forum boshqaruvchilariga murojaat!Bu boshlagan ishinglar,islom shariatiga muofiq emas.Chunki islomda savollarga ma`lum darajaga etgan va ko`pchilik ulomolar tamondan javob bersa bo`ladi deb tan olingan bo`lishi lozim.Bu forumda savollarga javob berayotgan inson hali ustozlaridan savollarga javob bersa bo`ladimi yo`qmi ,ruhsat olganmi o`zi?Ho`p siz Abdulloh ustozingiz kimligi,va ustozingizdan islom hukmlariga javob berayotganingizga ruhsatini korsating.Xozirgi kunda Xazrat Muhammad Sodiq Muhammad YUSUF
saytlarida barcha savollarga javoblar bor.Qiyomatda sizdan so`raladi bu gurunghona haqida.Siz mani to`g`ri tushuning iymonlashish boshqa, savollarga javob berish boshqa. Siz agar o`zingizni xaq ustidaman deb bilayotgan bo`sangiz bu ishingizni Shayx Hazratlariga e`lon qiling,agar Shayx buni ma`qullab sizga ruhsat bersa ,marhamat o`sha ruhsatni forum boshiga ,katta harflar bilan biting va ishingizni davom ettiring,alhamduliullah,vassalatu vassalamu a`la Rasulilloh

Xammasi Inobatga olingan! Teppada xam yozib qo'yilgan Javoblar qayerdan olinishligi! Iltimos o'ylab yozinglar! Bu yerda boshqarvotganlar xam o'zlaricha ish qilib ketmaydi!



ahmadulloh11
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 18:17 | Xatlari # 128
CHAT MODER
Ism:
[ahmadulloh]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[36]
Xulqi: +
[67] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Quote (boburjon)
Moxi 12 fikrizga qo'shilaman. Bu juda joddiy ish. Savollarga javobni berish bu katta ma'suliyatni bo'yinga olishdir. Balkim savollarga javobni biror Shayxdan olib berilayotgandir? Bilmadim......
Lekin o'zlari o'rgangan ilm bo'yicha javob berayotgan bo'lsalar juda ihtiyot bo'lishlari kerak. Alloh ilmlarini ziyoda qilsin. Fatvo berishda ihtiyot bo'lish kk.
Hurmatli Abdulloh agar o'z ilmingiz bo'yicha javob berayotgan bo'lsangiz,hushyor bo'ling. Bu ishni javobgarligi o'ziga yarash qoidalari bor.

birodar tepada yozib qo'yilgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Xazratlari va boshqa taniqli Olimlarimizdan! deb har narsa ham o'zicha bo'lmaydi kitoblariga asoslanib javob berilgan agar diqqat bilan o'qisangiz iltimos oldin o'qinglar keyin hulosa chiqaringlar ALLOH hayrli ishlarini ziyoda qilsin imonimizni mustahkam qilsin buni eslatganilar uchun ham rahmat ALLOH rozi bo'lsin.




moxi12
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 22:29 | Xatlari # 129
Ism:
[marjona]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[47]
Xulqi: +
[26] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Abdulloh11 aval man yazgan narsani yaxshilab uqing islomga nomunofiq yazilgan jayi qani,bulmasa savolarga xolisona javob yazilsin savol nima xaqida bulganini inobatga olinsin sizlar uqiedigan kitoblarni xozirgi payda butun dunya uqib kelmoqda man yazgan narsada qarshilik bildirmaganman lekin ogoxlantirilgan xolos ALLOH sizlarnni asrab qilganlaringizni tugri yulda ajrini bersin,,bilsangiz Abdulloh11 XANAFI mazxabida ayal kishini ovozi avrat deilgan edi siz uylang bir begona erkak uni akasi bulib qolsa nima uni volidasi yuqmi sirlashadigan,yaki xazirgi paytda ilmli ayalarimiz qolmaganmi ugil bolalargan ilm urgansak



Alloh saqlasa balo yo'q,
Saqlamasa davo yo'q.
ABDULLOX
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 22:58 | Xatlari # 130
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

moxi12,
Quote
aSSALAMU ALAIKUM VA RAHMATULLOH, forum boshqaruvchilariga murojaat!Bu boshlagan ishinglar,islom shariatiga muofiq emas.Chunki islomda savollarga ma`lum darajaga etgan va ko`pchilik ulomolar tamondan javob bersa bo`ladi deb tan olingan bo`lishi lozim.Bu forumda savollarga javob berayotgan inson hali ustozlaridan savollarga javob bersa bo`ladimi yo`qmi ,ruhsat olganmi o`zi?Ho`p siz Abdulloh ustozingiz kimligi,va ustozingizdan islom hukmlariga javob berayotganingizga ruhsatini korsating.Xozirgi kunda Xazrat Muhammad Sodiq Muhammad YUSUF
saytlarida barcha savollarga javoblar bor.Qiyomatda sizdan so`raladi bu gurunghona haqida.Siz mani to`g`ri tushuning iymonlashish boshqa, savollarga javob berish boshqa. Siz agar o`zingizni xaq ustidaman deb bilayotgan bo`sangiz bu ishingizni Shayx Hazratlariga e`lon qiling,agar Shayx buni ma`qullab sizga ruhsat bersa ,marhamat o`sha ruhsatni forum boshiga ,katta harflar bilan biting va ishingizni davom ettiring,alhamduliullah,vassalatu vassalamu a`la Rasulilloh
So`zimni Imom MOliK rahmatullohi a`layh hayotlarida bo`lgan voqea bilan yakunlayman.
HIKOYA:Imom Molik oldiga bir kishi kelib xazrat 100000 hadis yodlagan odam fatvo bersa bo`ladimi?-deb so`radi.-Yo`q dedilar Imom.200000 bo`lsachi deb so`radi yo`q dedilar.300000,400000, bolsachi deb so`ralganda ham shu -yo`q degan javob berganlar.500000 hadis yodlagan bo`lsachi deb so`ragan edi ,imom o`ylab ko`rish kerak dedi.(siz aytishingiz mumkin biz fatvo bermayapmiz deb,ammo savolga javob berilishi ,kishini hotirjam qilib ,shu javob bilan yashashda davom etishiga kifoya

Bismillahir rohmaniyr rohiym!
Assalamu aleykum wr wb! Avvalambor bizlarni ogoh bo’lishga, ehtiyotkor bo’lishga chaqirganingiz uchun sizga tashakkular aytamiz! Siz gapirguvchi voizni va uning ustozini kimligiga emas, uning aytgan so’zlari HAQ yoki NOHAQ ekaniga e’tibor bersangiz yahshi bo’lardi. Bu ishni boshlashdan oldin biz ham ustozlarimiz va bir nechta ilmlik kishilarni maslahatlari va duolarini olganmiz. Hozir ham o’sha insonlarni yordamlari bilan ishlamoqdamiz. Bir kishining qilgan ishlaridan kamchilik topmay turib undan bu tarzda har hil narsalarni talab qilish ayni beodoblikdir. Bunday savollar berishdan oldin biroz bo’lsada o’ylash lozimki, shuncha oyat va hadislarni keltirayotgan odam nima qilayotganini farqidadir deb. Va yana o’ylash kerak ediki, man o’ylagan narsalarni bular ham o’ylagandir, man eshitgan narsalarni bular ham eshitgandir, ko’r-ko’rona, hech narsadan habarsiz bu ishni boshlamagandir deb. Siz agar bizni javoblarimizni diqqat bilan o’qiganingizda edi, ularni qaysi kitob va qaysi manbaalardan olinayotganini ko’rgan bolardingiz. Afsuski yuzaki hulosalar chiqarishingiz boshqa yozgan gaplaringizdan ham bilinib turibdi. Biz fatvo bermayapmiz balki biz bilganlarimizni boshqalarga ham yetkazmoqdamiz.

Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi:
Payg’ambar sav: Kim bir ilmdan so’ralsayu, bas, u o’shani yashirsa, qiyomat kuni Alloh uni olovdan bo’lgan yugan bilan yuganlaydi, dedilar.
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

Payg’ambar alayhissalom bu hadisi shariflarida ilmni yashirish, uni tarqatmaslik oqibati yomon bo’lishini bayon qilish bilan ilmni yoyishga targ’ib qilmoqdalar. E’tibor bering ilmni faqat olim yetkazsin degan joyi yo’q bu hadisni. Boshqa bir hadisda barcha mo’min-musulmonlar bir oyat bo’lsa ham bilgan narsasini boshqalarga yetkazish uchun harakat qilishlari zarurligi ta’kidlangan. Endi esa kim ilmni berkitsa, uni kishilarga yetkizmasa, qiyomat kunida alohida azob bilan azoblanishi muqararligi ma’lum qilinmoqda. Unday odamni Alloh taolo olovdan bo’lgan yugan bilan yuganlab jahannamga soladi va unda yana alohida azob berar ekan.
Ho’sh endi insof bilan aytingchi biz ojizlardan shu savollar so’raldi, bizda esa uning javoblari bor, ushbu hadisni bilgan holimizda nima qilaylik? Javob bermaylikmi?

Abdulloh ibn Amr r.a dan rivoyat qilinadi:
Payg’ambar sav: Mendan bir oyat bo’lsa ham yetkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo’q. Kim menga qasddan yolg’on to’qisa, do’zahdagi o’rindig’iga joylashaversin. dedilar.
Buhoriy va Termiziy rivoyat qilishgan.

Ushbu hadisning sharhida Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari jumladan shunday deydilar: “Ya’ni, mening bilganim oz narsa, faqat birgina oyat, deb o’tirmanglar, o’shani bolsa ham odamlarga yetkazinglar demoqdalar”.

Yana bir hadisi sharifda esa shunday marhamat qilinadi:
Abu Bakra r.a dan rivoyat qilinadi:
Payg’ambar sav: Hozir bo’lgan g’oyibga yetkazsin. Shoyad hozir bo’luvchi uni o’zidan ko’ra ko’proq anglovchiga yetkazsa, dedilar.
Ikki Shayh rivoyat qilishgan.

Payg’ambarimiz sav o’zi ilmiy majlislarda o’tirgan kishilarga “hozir bo’lganlar g’oyiblarga yetkazsin” demoqdalar. Ya’ni ilmiy majlislarda hozir bo’lib qatnashganlar u yerda eshitganlarini keyin keladiganlarga yetkazsinlar deb amr qilmoqdalar.
Shunday yo’l bilan Islom ummati bir-biriga ustoz, bir-biriga shogird bo’lib kelgan. Ilm o’rgatish va o’rganish musulmonlarni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy sifatlaridan, faziylatlaridan bo’lgan. Har bir musulmon o’zi bilgan narsani boshqalarga o’rgatishni o’zini muqaddas burchi deb bilgan. Har bir bilimli kishi ozidagi ilmni o’zgalarga o’rgatishni o’zini burchi deb bilmog’i lozim. Ayniqsa, diniy savodsizlikni tugatish uchun shu ishlar juda ham zarur.

Ibn Mas’ud r.a dan rivoyat qilinadi:
Payg’ambar sav: Bizdan bir narsani eshitib, uni hiddi eshitgandek qilibyetkazgan odamni Alloh yorlaqasin, bas, ba’zi yetkazilgan odam eshituvchidan ko’ra anglovchiroqdir, dedilar.
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.

Ha to’g’ri aytdingiz biz fatvo bermayapmiz, biz siz aytgandek savol bergan odamlarni ko’ngillariga hotirjamlik solish uchun, ularning qalbidagi g’ashlikni yo’qotish uchun savollarga javob bermoqdamiz. Bu shariatga hilofmi? Bunga hujjat bormi ya’ni bu ishlarning Islom shariatiga muvofiq emasligiga? Siz qaysi javobimizda Islom shariatiga to’g’ri kelmaydigan gapni ko’rdingiz? Yoki qaysi javobda “mani fikrimcha, yoki manim o’ylashimcha” degan jumlani o’qidingiz.
Agar shunday jumlalarni ko’rib keyin bizga dashnom berganingizda o’rinli bo’lardi. O’rni kelganda aytib o’tishimiz lozimki, Fatvo deb javobi kitoblarda yo’q bo’lgan savolga mujtahid olimning ijtihod qilib bergan javoni aytiladi.
Biz esa har bir javobimizni imkon qadar qaysi kitobdan va kimni kitobidan olayotganimizni keltirib o’tmoqdamiz. Aniq hujjat va dalimiz yo’q savollarga esa hozircha javob berishga ojizmiz demoqdamiz. Siz avval shularni o’qishiz lozim emasmidi?
To’g’ri, huddi siz aytganingizdek Shayh hazratlarini Savol-Javob saytlari ishlab turibdi. Sahifani eng tepa qismiga e’tibor bersangiz bu haqda ham yozib qo’yganmiz. Biz ham o’sha savol javoblardan foydalangan holda javoblarni ko’chirib savol bergan azizlarimizga imkon qadar yordam bermoqdamiz. Bu ham Islom shariatiga muvofiq emasmi?

Saytdan topa olmagan javoblarimizni Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblaridan topib keltirmoqdamiz. Bu haqda boshqa azizlarimiz tomonlaridan hazratni o’zlaridan so’ralgan. Ijozatingiz bilan gapimizni hujjatlasak.



Sanjar ismli islom.uz saytidan foydalanuvchi userning savoli:

Ассалому алайкум Шайх Хазратлари. Мен сизнинг китобхон шогирдингизман Сизнинг Хадис ва хаёт китобингизни 3-жузида шундай хадисни шархи билан укидим. У куйидагича: Авф ибн Молик розияллоху анхудан ривоят килинади: "Пайгамбар саллоллоху алайхи васаллам: "Одамларга факат амир ва маъмур, ёки риёкор томонидангина гапирилади" дедилар. Мен сизнинг китобингиздан укиганларимни биродарларимга айтаман ва шунга даъват киламан ва баъзи бир саволлар булиб колса, сизнинг китобингиздан укиганларимни биродарларимга айтаман ва шунга даъват киламан ва баъзи бир саволлар булиб колса сизнинг китобингиздан жавоб бераман. Шу ишни килсам шу хадисни хукмида буламанми? Илтимос шу масалани тушунтириб беринг!

Shayh hazratlarining javoblari:

Ўкиган китобларини ўртокларига айтиш ва китобдан саволарга жавоб топиб бериш жоиз.



Shayh hazratlarini shu gaplariga asoslanib u kishining kitoblaridan savollarga javob topib berish ham Islom shariatiga hilofmi?
Va yana Allohga behisob hamdlar aytamizki, o’zimiz o’rgangan bilimlarimizni boshqalarga o’rgatishimiz uchun Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini duolarini olish bahtiga muyassar bo’lganmiz. U kishi bilan yuzma-yuz ko’rishganimizda bu haqda duo qilgan edilar, shuning uchun ham uni yozib olmaganmiz uzr.
Yana qaytarib aytaman biz fatvo bermayapmiz, javobni ham o’zimiz o’ylab turib bermayapmiz balki Shayhni kitoblaridan topib beryapmiz. Bunga esa u kishini ruhsat berganlari haqidagi iqtibosni ham keltirdik.



ABDULLOX
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 23:02 | Xatlari # 131
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Endi savollarga javob berishda o’zimiz rioya qiladigan ba’zi qoidalarni keltirib o’tsam:
1 . Avvalambor savolni mazmunini diqqat bilan o’qib chiqamiz va agar biroz bolsada tushunmovchilik bolsa, savol sohibi bilan bog’lanib undagi holatni aniqlashtirishga harakat qilamiz.
2 . So’ngra ustozlarimiz bilan savolni muhokama qilib unga qaysi kitoblardan javob olishimiz mumkinligini belgilab olamiz.
3. Savolga imkon qadar oyat va hadisdan dalillarni keltirilgan holda javob tayyorlashga harakat qilamiz.
4. Tayyor bo’lgan javobni Forumga joylashdan avval ustozlarimizga ko’rsatib kamchiliklarini to’ldiramiz, hatolarini tog’irlaymiz.
5. Javobni qaysi kitobdan va kimni kitobidan olganimizni ham imkon qadar keltirib o’tishga harakat qilamiz.
6. Oyat yoki hadisdan hujjat keltirsak, uni qaysi surani nechanchi oyati ekanligini va hadisni kimdan kimlar rivoyat qilganini ham keltirib o’tamiz.
7. Javoblarni kitoblardan ko’chirayotganda diqqat e’tibor bilan Allohni yordamini so’ragan holda ko’chiramiz.
8. Hamisha bu qilayotgan ishimiz jiddiy ekanini va buning uchun qiyomat kunida Mahkamai Kubroda so’ralajagimizni yodda tutamiz.
9. Tayyor bo’lgan javobni Forumga joylab uning kamchiliklarini yana bir bor tekshirib chiqamiz. Hattoki harflarda kamchilik bolsa ham imkon qadar tuzatib qo’yamiz. Shuning uchun han e’tibor bersangizlar izohlar o’zgartirilgan boladi.
10. Javobimizni to’ldiradigan yana boshqa ma’lumotlar topilib qolsa ularni qo’shib qo’yamiz, va aksincha manbaalardan aniq bir ma’lumot topa olmasak hozircha javobga ojizmiz deymiz.
11. Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini saytlaridan javob oladigan bolsak faqatgina u kishini o’zlari bergan javoblarnigina olamiz, boshqa userlarni javoblaridan foydalanmaymiz.

Endi esa siz azizlarni savollaringizga javob berishda foydalanadigan kitoblarimiz ro’yhatini ham taqdim qilishga ijozat bergaysiz. Zero yana turli hil shubhayu gumonlar kelib chiqmasin.
1 Quro’ni Karimning olti jilddan iborat tafsiri “Tafsiri Hilol” kitobini barcha ju’zlari. Muallif: . Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
2. Aqiyda masalalariga oid bo’lgan va bundan yetti yuz yil avval yozilgan aqiyda bobida Benazir kitob bo’lmish “Sharhi Aqiydatut Tahoviya” kitobiga sharh yozilgan “Sunniy Aqidalar” kitobi. . Muallif: . Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
3. Fiqhiy masalalar bayon etilgan “Kifoya sharhi Muhtasari Viqoya” kitobining barcha uchta ju’zlari. Muallif: . Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
4. “Ruhiy tarbiya” kitobi 1. 2. 3 ju’zlar. . Muallif: . Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
5. Imom al-Buhoriyning “Al-adab al-mufrad” kitoblariga yozilgan sharh bo’lmish “Odoblar hazinasi” kitobini 1 va 2 ju’zlari. . Muallif: . Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
6. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 1-ju’z “Muqaddima” kitobi. . Muallif: . Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
7. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 2-ju’z “Islom va iymon” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
8. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 3-ju’z “Niyat, Ihlos va ilm” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
9. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 4-ju’z “Poklik” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
10. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 5.6.7-ju’zlar “Namoz” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
11. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 8-ju’z “Zakot” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
12. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 9-ju’z “Ro’za” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
13. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 10-ju’z “Haj” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
14. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 11-ju’z “Savdo, ziroat va vaqf” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
15. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 12-ju’z “Faroiz va vasiyatlar” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
16. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 13-ju’z “Nikoh, taloq va idda” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
17. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 14-15-ju’zlar “Qasamlar, nazrlar va ov” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
18. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 16-17-ju’zlar “Taom, sharob va libos” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
19. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 18-ju’z “Tib va dam” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
20. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 19-ju’z “Nubuvvat va risolat” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
21. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 20-ju’z “Anbiyolar qissasi” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
22. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 21-ju’z “Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
23. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 22-ju’z “Usmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
24. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 23-ju’z “Jannat bashorati berilganlar va ahli bayt” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
25. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 24-ju’z “Peshqadamlar roziyallohu anhum” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
26. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 25-ju’z “Nubuvvat honadoni honimlari” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
27. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 26-ju’z “Ansorlar roziyallohu anhum” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
28. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 30-ju’z “Qur’on fazilatlari” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
29. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 34-ju’z “Yahshilik va ahloq” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
30. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 35-ju’z “Zikr, duolar, istig’for va tavba” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
31. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 36-ju’z “Zuhd va Raqoiq” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
32. Hadis va Hayot kitobi silsilasidan 37-ju’z “Adab” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
33. “Tasavvuf haqida tasavvur” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
34. “Vasatiya-hayot yo’li” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
35. “Iymon” kitobi. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
36. “Ibodati Islomiya” kitobi. Muallif: Ahmad Hodiy Maqsudiy.
37. “Tarihi Muhammadiy” kitobi. Muallif: Alihonto’ra Sog’uniy.
38. “Saoadat Asri Qissalari” kitobi 1.2.3.4-ju’zlar. Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi.
39. Har oyda ikki bor nashrdan chiqadigan savol-javobga ihtisoslashgan “Zikr ahlidan so’rang” kitobini hozirgacha chiqqan barcha ya’ni 1 dan 72 gacha bo’lgan sonlari. Muallif: Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
40. Va albatta www.islom.uz sayti.
Biz albatta ustozlarimizga tegishli bo’lgan yana bir qancha foydalanilayotgan kitoblarni ro’yhatini taqdim qila olmadik.

Endi siz azizlardan iltimoslarimiz.
1 . Avval biz tomonimizdan yozilgan javoblarni diqqat bilan o’qib chiqsangizlar iltimos.
2. Agar ularda kamchilik yoki hatolarni topsangiz aniq dalillar bilan bizga bildirsangiz bundan faqat biz hursand bo’lamiz.
3. Javoblarni o’qib ko’rmay yoki gapirayotgan gapingizga aniq dalilingiz bo’lmagan holda asossiz ayblamasangiz.
4. Nafaqat bizlarga balki boshqa insonlarga va savol berayotganlarga ham bir aybni qo’yishdan oldin yahshilab mulohaza qilsangiz.
5. Ba’zi bir narsalarga tushunmasangiz darrov shoshqaloqlik bilan fikr bildirmay avval ustozlaringizdan bu haqda tushuncha olsangiz.
6. Har hil fitna chiqaruvchi savollardan yiroq bo’lib, ihtilof chiqishiga yo’l qo’ymasangiz.
7. Savol beruvchini qanday holatda ekanini bilmay turib unga turli ayblovlar qo’ymasangiz.
8. Va eng asosiy iltimosimiz barcha musulmonlar qatorida biz ojizlarni ham haqqimizga duo qilib tusangiz.

Mana muhtarama moxi12. Biz o’zimizni kimligimiz, nimalarga asoslanib bu ishni boshlaganimiz va qanday manbalardan javob topib berayotganimiz haqida imkon qadar to’htalib o’tdik. Ho’sh bu ishlar ham Islom shariatiga mufoviq emasmi? Agar hali ham shunday fikrda bo’lsangiz biz keltirgan hadis va dalillarga raddiya aniq hujjatlar bilan dalillar keltirishingizni so’raymiz. Mabodo yanglish fikrlaganingizni tan olsangiz tavba va qaytish Allohgadir. Zero har bir inson hatokordir.

So’zimiz so’nggida barcha olamlar va odamlar Robbisiga U Zotni O’zi bilgan adadcha hamdu san ova Uning Suyukli Rasuli Muhammad sav ga bitmas tuganmas salovatu-salomlar bolsin deymiz. Alloh taolo barchalarimizni hidoyatda bardavom aylasin, muqaddas dinimizni o’rganishimizga U Zotni O’zi yordamchi bolsin! Amiyn yaa Robbal A’lamiyn! Assalamu aleykum wr wb!
Barchangizga yuksak ehtirom bilan Abdulloh!
P.S Barchamiz uchun qadrli va ustoz darajasida bo’lgan muhtaram Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari biroz betobliklari sababidan hozir shifohonada davolanayotgan ekanlar. Siz azizlardan iltimosimiz u kishini haqlariga holisona duo qilib qo’ysak. Alloh taolo dinimiz va halqimiz uchun qilgan barcha hayrli ishlarini ajrini ziyoda qilib bersin. Yana uzoq yillar davomida halq va din hizmatida bo’lishliklarini nasib qilsin! Amiyn!



ABDULLOX
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 23:19 | Xatlari # 132
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

moxi12,
Quote
Abdulloh11 aval man yazgan narsani yaxshilab uqing islomga nomunofiq yazilgan jayi qani,bulmasa savolarga xolisona javob yazilsin savol nima xaqida bulganini inobatga olinsin sizlar uqiedigan kitoblarni xozirgi payda butun dunya uqib kelmoqda man yazgan narsada qarshilik bildirmaganman lekin ogoxlantirilgan xolos ALLOH sizlarnni asrab qilganlaringizni tugri yulda ajrini bersin,,bilsangiz Abdulloh11 XANAFI mazxabida ayal kishini ovozi avrat deilgan edi siz uylang bir begona erkak uni akasi bulib qolsa nima uni volidasi yuqmi sirlashadigan,yaki xazirgi paytda ilmli ayalarimiz qolmaganmi ugil bolalargan ilm urgansak

Assalamu aleykum wr wb! Muhtarama moxi12 huddi bizga tavsiya qilganingidek biz ham sizga bu borada ehtiyotkor bo’lishni tavsiya qilamiz. Avvalombor siz o’sha qizni qanday holatda ekanini bilmasdan oldin hulosa qilmang. Balki u haqiqatdan ham o’sha insondan yahshi narsalarni o’rgangandir. Siz aniq bilmaysizku ular qanday mavzularda gaplashganini. Endi bizni javobimizga keladigan bo’lsak biz aynan siz kabi yo’l tutishni hohlamadik. Biz savoldan chetga chiqmadik chunki biz ham u qizni holini aniq bilmas edik. Shuning uchun ham so’ragan narsasiga javob berdik. Ayol kishini ovozi avrat degan gapingizga dalil bormi? Ayol kishini ovozi oddiy hollarda avrat hisoblanmaydi. Agar u nozu karashma bilan gapirsa unda avratdir. Dalil:
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlariga savol:
. Assalomu alaykum Shayx xazratlari!

man odamlar orasida ayol kishining ovozi avrat degan gaplarni ko'p eshitaman.

shu masalaga dalillar bilan oydinlik kiritsangiz.

Alloh qilayotgan amallarimizni xusni maqbul qilsin.

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining javoblari:
Оддий холатларда аёл кишининг овози аврат эмас. Бунга, сахобаи киромлар Оиша онамиздан парда ортида туриб саволарига жавоб эштиганлари далилдир. Агар аёл кишининг овози аврат бўлса, Оиша онамиз номахрам эркакларга овозларини эшиттирмас эдилар. Аёл киши нозу карашма ила номахрамларга гапириши мумкин эмас.


Vallohu A’lam!



ahmadulloh11
Sana: Chorshanba, 13-Мая-2009, 23:31 | Xatlari # 133
CHAT MODER
Ism:
[ahmadulloh]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[36]
Xulqi: +
[67] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Quote (moxi12)
aSSALAMU ALAIKUM VA RAHMATULLOH, forum boshqaruvchilariga murojaat!Bu boshlagan ishinglar,islom shariatiga muofiq emas.

ASSALAMU ALEYKUM WR WB manimcha bu sizni yozganingiz man biron boshqa joydan olmadim islom shariatiga muvofiq emas so'zini. endi biz o'qib ko'raylikchi bu opamiz yoki singlimiz qanaqa manoda savol berganini :
Quote (Oisha_14)
Assalomu Aleykum wa Rahmatullohu Wa Barakotuhu.Menga maslahatilar kerak iltimos maslahat berilar.
Men bir insonni o'z akamdek ko'rardim va unga judayam ishonardim lekin kecha bir odamdan u haqida harhil gaplar eshittim u menga yolg'on gapirgan ekan ozi haqida boshqacha malumot berib yolg'on gapiribdi.Men endi nima qilishni bilmayapman unga judayam ishonardim endi nima qilsihim kerak menga maslahat beringlar.Uni o'zidan so'rab ko'raman desam bo'lmayapti jur'atim yetmayapti.Sizlardan iltimos tezroq javob beringlar.

bu erda yolg'on gapirdi yolg'on malumot berdi o'zi haqida deyildi balki bizni javobimiz chala bo'lgandir balki biz oldin so'rashimiz kere bo'lgandir u akangiz sizga kim biz yoritib bergan masala bu yolg'on haqida edi siz qaerdan oldizki bu erda ular so'zlashib telefon orqali yo boshqa ovoz bilan bir birini eshitganini yo guvohimidiz yo'q albatta manimcha bu erda aytilmadiki ular dindan ilm olish uchun o'zaro aka singil bo'lishgani:
Quote (moxi12)
bilsangiz Abdulloh11 XANAFI mazxabida ayal kishini ovozi avrat deilgan edi siz uylang bir begona erkak uni akasi bulib qolsa nima uni volidasi yuqmi sirlashadigan,yaki xazirgi paytda ilmli ayalarimiz qolmaganmi ugil bolalargan ilm urgansak

siz qaerdan oldingiz ular ilm olgani u insonni akasidek ko'rgani agar mantiqan olsak bu opamiz yo singlimiz chet eldalar va manimcha ular dindan siz kabi ilim egasi emas demak hulosa bilganida manimcha u insonni akasidek ko'rmagan bo'lar edi VOLLOHI ALAM balki yon atrofida ilm o'rgatadigan ayollar bo'lmagan lekin bu erda ilm haqida gap bormadi mani noto'ri tushunmasligingizni so'rayman ALLOH imoningizni ziyoda qilsin .




moxi12
Sana: Payshanba, 14-Мая-2009, 01:02 | Xatlari # 134
Ism:
[marjona]
Maqomi:
[Заблокированные]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[47]
Xulqi: +
[26] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

SALOMAT BULIGLAR



Alloh saqlasa balo yo'q,
Saqlamasa davo yo'q.
SARDORMIRZO
Sana: Payshanba, 14-Мая-2009, 01:35 | Xatlari # 135
Ism:
[Администратор]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1185]
Xulqi: +
[90] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ABDULLOX, Olloh rozi bölsin!



Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024