Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


Модератор форума: ABDULLOX  
Islomiy Savol Javob
Qilich
Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 00:39 | Xatlari # 1
Ism:
[Alloxning Qilichi]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[333]
Xulqi: +
[8] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Саудовская Аравия]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum va Rohmatulloxu va Barokotux!

Agar sizlarni Islomiy qanday savollar qiynayotgan bo'lsa marxamat shu yerda Savollaringizni Yozib qoldiring, bizlar esa baholiqudrat tezroq javob topib berishlikga xarakat qilamiz InshaOllox!


ESLATMA! Albatta sizning savollaringizga Olimlarning saytlari va kitoblaridan Javob va Fatvolarini olib beramiz inshaAlloh.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Xazratlari va boshqa taniqli Ulomalarimizdan!



Agarda ko'pchilikni orasida berilmaydigan shaxsiy savollar bo'lsa Saytimizning mahsus "Biz bilan aloqa" vositasi orqali yoki PM yani "Shaxsiy Xabar" orqali ABDULLOXga o'z savolingizni yo'llashingiz mumkin


QO'SHIMCHA:


ISLOMGA TA'LUQLI SAVOLLAR BO'LSA KO'RSATILGAN JOYDAN JAVOB TOPSANGIZLAR HAM BO'LADI




Фатво:
Ўкиган китобларини ўртокларига айтиш ва китобдан саволарга жавоб топиб бериш жоиз.
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari

ABDULLOX
Sana: Juma, 08-Мая-2009, 03:47 | Xatlari # 106
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

╭☆ElkaToyCaCa☆╯,
Quote
Qizil rangni nega shaytonni rangi deb atashadi?
Shaytonni rasmini chizishganda ham qizil rangda boladi, bunga jahannam olovining qandeydir daxli bormi?

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Qizil rang shaytonni ranggi deb atalishini eshitmagandik. Va bu haqda fiqh kitoblarimizda ham ma’lumot yo’q ya’ni qizil rangni shaytonga aloqasi borligi haqida. Demak bu gap ham fiqhga aloqasi yo’q oddiy bir gap bo’lsa kerak. Aynan rangni o’zi haqida ham hechqanday ma’lumot topa olmadik. Chunki kitoblarda asosan muhim masalalar bayon qilinadi. Islomda ranglarni oddiy rang sifatida ajratilmaydi. Ammo savol libos bilan bog’liq emasmikin degan hayolda Shayh hazratlarini fatvolarini ichidan esa qizil rang bilan bog’liq quyidagini fatvoni topdik.
Quote
Assalomu alaykum Shayx hazratlari.
Men ba'zilardan qizil rangli kiyim kiyish islomda mumkin emas deb eshitdim, lekin ko'chada o'zlari namoz o'qib turib qizil kiyim kiyadigan odamlarni ko'p ko'raman. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz..
Oldindan katta rahmat

Фикх китобларимизда «Кип – кизил рангли кийим эркакларга макрухдир», дейилган. Яъни, яхшимас. Бошка рангдаги чизиклари бўлса, хечкиси йўк.
Vallohu A'lam!



ahmadulloh11
Sana: Juma, 08-Мая-2009, 05:55 | Xatlari # 107
CHAT MODER
Ism:
[ahmadulloh]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[36]
Xulqi: +
[67] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ALLOH rosi bo'lsin imoningiz ziyoda bo'lsin kotta rahmat jazakumulohu hoyr kasiron kasiyro




YaYa
Sana: Juma, 08-Мая-2009, 18:49 | Xatlari # 108
Ism:
[YaYa]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Эквадор]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (ABDULLOX)
Demak, siz uyingizga yetib kelgunizgacha Hufton vaqti kirmagan bo’ladi. Chunki Shom bilan Huftonni orasidagi vaqt o’rtacha hisobda 80-90 minutni tashkil qiladi. Yani Shomni Hufton namozi vaqti kirguncha o’qilsa qazo bo’lgan hisoblanmaydi. Siz uyizga kelib Shomni chiroyli tarzda ado qilishingiz mumkin. Vallohu A’lam!

Assalomu alaykum!
ABDULLOX, savollarga eng faol inson bo'lib a'lo darajada javob berib, oydinlik kiritib berayotganingiz uchun sizdan Alloh rozi bo'lsin!
Men shu savolga qo'shimcha sifatida Shayx Hazratlrining shu kabi savolga javoblaridan iqtibos keltirmoqchiman:

Шомнинг вақти қуёш ботгандан то шафақ ғойиб бўлгунча. Шафақ қизғишликдир ва бунга фатво берилгандир.
Имом Муслим Ибн Умар розияллоҳу анҳудан қилган ривоятда Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи васаллам:
«Модомики шафақ ғойиб бўлмаса, Шомнинг вақти бор», деганлар.
Жаброил алайҳиссалом Пайғамбар саллоллоҳу алайҳи васалламга намознинг вақтларини кўрсатганлиги ҳақидаги ҳадисда «Сўнгра Шомни қуёш ботиб, рўзадор ифтор қиладиган пайтда ўқиди. Сўнгра Хуфтонни шафақ ғойиб бўлганда ўқиди», дейилган.
Демак, Шом намозининг вақти ушбу икки вақт орасида бўлади.
Агар соатга қараладиган бўлса, қуёш ботгандан бошлаб то эллик дақиқа ўтгунча Шомнинг вақти бўлади.

ABDULLOX, uzru, ammo 80-90 daqiqa ichida ancha qorong'u tushib qoladi-ku.

ABDULLOX
Sana: Shanba, 09-Мая-2009, 13:54 | Xatlari # 109
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

GulruhBonu, Assalamu aleykum wr wb! Siz keltirgan iqtibosni biz avval izlab topa olmagan edik shu sababdan boshqa bir manbadagi ma'lumotlarga suyangan holda javob bergan edik. Agar bu iqtibosni oldinroq bilganimizda shuni albatta shuni olardik, Din uchun, namoz uchun qayg'urib bergan yordamingiz uchun tashakkur! Alloh rozi bo'lsin!

O'rni kelganda turli davlatlarda yashayotgan aziz dindosh yurtdoshlarimizga yana bir gapni aytib o'tmoqchi edik. Bu yerda 80-90 minut deyilganda ham yoki эллик дақиқа deyilganda ham taqribiy va o'rtacha holatni nazarda tutilgan. Shuning uchun o'sha o'zingiz yashayotgan shaharda quyoshni qachon botishini va quyosh botgandan keyin qancha daqiqa o'tib shafaq(ya'ni qizillik) go'yib bo'lishini birozgina vaqt ajratib bir martagina kuzatib olsangiz namozingiz vaqtlari borasida yanada aniqlik hosil bo'ladi InshaAlloh! Chunki ba'zi diyorlarda shafaq quyosh botgandan keyin 50 daqiqada g'oyib bo'lsa yana boshqa bir shaharlarda 30 yoki 60 daqiqada ham g'oyib bo'lishi mumkin. Bu o'sha shaharni iqlimiga bog'liq bo'lgan narsadir. Vallohu A'lam!



ahmadulloh11
Sana: Shanba, 09-Мая-2009, 18:34 | Xatlari # 110
CHAT MODER
Ism:
[ahmadulloh]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Boshlovchi]
Postlari:
[36]
Xulqi: +
[67] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu aleykum Wr Wb nafil ro'zalari haqida tushuncha bersangiz nafil ro'zasini qaysi oy kunlarida tutib bo'lmaydi?javob uchun oldindan rahmat.




ABDULLOX
Sana: Yakshanba, 10-Мая-2009, 16:44 | Xatlari # 111
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ahmadulloh11,
Quote
Assalamu aleykum Wr Wb nafil ro'zalari haqida tushuncha bersangiz nafil ro'zasini qaysi oy kunlarida tutib bo'lmaydi?javob uchun oldindan rahmat.

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym!
NAFL RO’ZA HAQIDA
Abu Sa’id r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav: Kim Alloh uchun bir kun ro’za tutsa, Alloh uning yuzini do’zahdan yetmish kuz uzoq qiladi – dedilar.
Ikki Shayh rivoyat qilishgan.

Alloh taoloni roziligini toppish maqsadida ihlos bilan nafl ro’za tutishning ulug’ ish ekanini tushuntirishga bu hadisi sharifdan ortiq biror og’iz so’z kerak bo’lmasa kerak.
To’g’ri o’zini bilganlar uchun kerak emas. Shu hadisni o’zi yetarli. O’zini bilgan odam do’zahdan bir lahza bo’lsa ham uzoqlashish payida bo’lib yuradi. Bir kunlik ro’za do’zahdan yetmish yil uzoqlashtirganidan keyin o’zini bilgan odam iloji boricha ko’proq nafl ro’za tutishga harakat qiladi.
Lekin insof bilan aytaylik biz o’zimizni bilamizmi? O’zimizni o’zini bilganlar orasiga qo’sha olamizmi? Farz namozlar bilan kifoyalanib qolmay nafl namoz ham o’qiganimizday, farz ro’za bilan kifoyalanib qolmay nafl ro’za ham tutib turishimiz lozim.

QAYSI KUNLARDA NAFL RO’ZA TUTISH AFZAL?!
Muharram oyining 9-10 kunlarida ro’za tutish…

Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav: Ramazondan keyingi eng afzal ro’za, Allohning muharram oyi ro’zasidir. Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir – dedilar.
Beshovlaridan faqat Buhoriy rivoyat qilmagan.

Hakam Ibn A’raj r.a dan rivoyat qilinadi:
Zamzam oldida ridosi ustida yonboshlab yotgan Ibn Abbosning oldiga borib:
Menga Ashuro ro’zasi haqida habar ber dedim.
Qachon muharramning hilolini ko’rsang sanab bor, to’qqizinchi kuni ro’za tutgan holda tong ottir – dedi, u.
Men: Rosululloh sav shundoq qilib, uning ro’zasini tutar edilarmi? – dedim.
Ha – dedi, u.

Beshovlaridan faqat Buhoriy rivoyat qilmagan.

Abu Qatoda r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav: Allohdan umid qilamanki, Ashuro kunining ro’zasini o’zidan oldingi sana(gunohlari)ning kafforoti bo’lsa – dedilar.
Beshovlaridan faqat Buhoriy rivoyat qilmagan.

Shavvoldan olti kun ro’za tutish…

Abu Ayub al-Ansoriy r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav: Kim Ramazon ro’zasini tutib, ketidan Shavvoldan olti kun ro’za tutsa, yil bo’yi ro’za tutgandek bo’ladi dedilar.
Beshovlaridan faqat Buhoriy rivoyat qilmagan.

Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav: Alloh uchun Zulhijjaning o’n kunichalik Unga ibodat qilishday mahbubroq kun yo’q. Ularning bir kunlik ro’za bir yillik ro’zaga tengdir. Ularning bir kechasini bedor o’tkazishi esa. Qadr kechasining bedor o’tkazishiga tengdir dedilar.
Temiziy rivoyat qilgan.

Har oydan uch kun ro’za tutish…

Milhon al-Qaysiy r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav bizlarga oqlarning o’n uch, o’n to’rt va o’n beshining ro’zasini tutishni amr qilar edilar va: “Ular huddi yil bo’yiga o’hshar” , dedilar.
Sunan egalari rivoyat qilishgan
Temiziyning lafzida:
Qachonki bir oydan uch kun ro’za tutadigan bo’lsang, o’n uch, o’n to’rt va o’n beshni tut, deyilgan.

Abdulloh Ibn Amr r.a dan rivoyat qilinadi:
Menga Payg’ambar sav: “Har oyda uch kun ro’za tut. Chunki bir yahshilik o’n mislichadir. Ana o’sha yil davomida ro’zasiga barobardir” – dedilar
Sharh: Bir yahshilikga o’n barobar savob Islomdagi umumiy qoidadir. Agar uni har oyda uch kun ro’za tutishga tatbiq qilinsa, uch kun o’ttiz kunga barobar bo’ladi. Demak har oyda uch kun ro’za tutgan odam yil davomida ro’za tutganni savobini oladi.

Dushanba va Payshanba kunlar ro’za tutish…

Abu Qatoda r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav dan dushanba va payshanba kuni ro’zasi haqida so’raldi. U zot:
O’sha kunda tug’ildim va o’sha kunda menga Qur’on nozil qilindi dedilar.

Abu Dovud va Muslim rivoyat qilishgan.

Usoma Ibn Zayd r.a o’z molining talabida Vodiy al-Quro tomon jo’nadi. U dushanba va payshanba kunlari ro’za tutar edi. Hodimi unga:
-Nima uchun qari chol bo’la turib dushanba va payshanba kunlari ro’zasini tutasiz ? – dedi.
Allohning Payg’ambari bu ikki kunning ro’zasini tutar edilar. Bu haqda so’ralganida:
-“Albatta, bandalarning amallari dushanba va payshanba kuni arz qilinadi, mening amalim arz qilinganda ro’zador holda bo’lishni yahshi ko’raman, dedilar – ded
i.
Sunan egalari rivoyat qilishgan.

RO’ZA TUTISH MAN QILINGAN KUNLAR.

Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav ikki kunning: Azho va Fitr kuni ro’zasidan nahiy qildilar.
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Demak Qurbon va Ramazon hayiti kunlari ro’za tutish mumkin emas.

Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav: Ramazon oldidan bir ikki kun oldin ro’za tutmanglar. Magar bir kishi odatdagi ro’zasi bo’lsa tutsin, dedilar.
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sunan egalari rivoyatida:
Qachon Sha’bon yarmiga yetsa, ro’za tutmanglar, deyilgan
Sharh: Ahli kitob bo’lmish kofir qavmlar o’zlariga farz qilingan ro’zani qaysi kundan boshlanishini shubha qilib , bir-ikki kun oldin tutishar, oqibatida esa nafl ibodat bilan farz ibodatni aralashtirib yuborishar edi.
Islomda unga o’hshash ikkilanish, nafl va farzlarni aralashtirib yuborishga ruhsat yo’q. Musulmonlar har bir ibodatni jazm bilan, azmu qaror bilan, naflni nafl o’rnida, farzni farz o’rnida ado etishlari lozim. Shuning uchun Rosululloh sav Ramazon kirishidan oldin bir ikki kun qolganda ro’za tutishdan qaytarganlar.
Ammo biro dam ma’lum kunlarda, misol uchun, dushanba va payshanba kunlari nafl ro’za tutib yurishga odatlangan bo’lsa-yu o’sha kun Ramazondan oldingi kunlarga to’g’ri kelib qolsa tutsa bo’laveradi.
Yuqorida zikr etilgan sabablarga binoan, Rosululloh sav ning qachon Sha’bon yarmiga yetsa, ro’za tutmanglar degan hadislariga amal qilib, Sha’bon oyining 16 chi kunidan boshlab to Ramazon kirguncha nafl ro’za tutish makruh bo’ladi. Odamlar ichida ushbu tafsilotlarni bilmay turib Sha’bon oyida ro’za tutib bo’lmas ekan degan tushunchalar yuzaga kelgan. Aslida esa gap Sha’bon oyining ikkinchi yarmida ekanini bilib oldik.

Yolg’iz Juma yoki Shanba kuni ro’za tutmaslik…

Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav: Birortangiz juma kuni ro’za tutmasin. Magar undan oldin yo keyin tutsangiz mayli dedilar.
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifga binoan, yolg’iz juma kunini ajratib olib ro’za tutib bo’lmaydi. Juma kuni oldidan bir kunni qo’shib yoki ketidan bir kunni qo’shib tutsa bo’ladi.

Abdulloh Ibn Busr r.a dan, u kishi singillari roziyallohu anhodan rivoyat qiladi:
Nabiy sav: Shanba kuni sizga farz qilinga ro’zadan boshqa ro’za tutmanglar. Agar sizdan biringiz uzum donasi po’chog’ini yoki daraht shohini topsa ham shimib olsin, dedilar.
Sunan egalari rivoyat qilishgan.
Sharh: Demak ushbu rivoyatga binoan yolg’iz shanba kuni ro’za tutib bo’lmaydi. Yahudiylarning ishini qilingan bo’ladi. Bu ishga alohida e’tibor berishimiz kerak. Chunki Rosululloh sav ni uzum donasi po’chog’ini yoki daraht shohini topsa ham shimib olsin deganlari shuni ko’rsatadi.

Nafl ro’za tutayotgan inson uni zarurat yuzasidan ochib yuborishi mumkin. Ammo uni o’rniga boshqa bir kun tutib berishi kerak bo’ladi. Bunga dalil:

Oisha r.a dan rivoyat qilinadi:
Menga va Hafsaga taom hadya qilindi. Ikkovimiz ro’zador edik. Bas, og’zimizni ochib yubordik. So’ngra Rosululloh sav kirdilar va biz u zotga:
-Ey Allohning Rasuli, bizga hadya qilinuvdi. Ishtahamiz kelib, og’zimizni ochib yubordik, dedik.
Shunda Rosululloh sav:
-Ikkovingizga hechnarsa bo’lmaydi. Uning o’rniga boshqa kuni ro’za tutib qo’yinglar, dedilar.

Sunan egalari rivoyat qilishgan.
Alloh taolo barchalarimizni nafl ro’zalar tutishga rag’bat qiluvchilardan qilsin , buni ajrini ziyoda qilib mukofotlasin va bu borada biz ojiz bandalariga sabr-toqat bersin. Amiyn! Vallohu A’lam!



Nargiza_Yuldasheva
Sana: Yakshanba, 10-Мая-2009, 17:23 | Xatlari # 112
Ism:
[Nargiza]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[19]
Xulqi: +
[10] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Аёл кишини турмуш уртогининг ота-онаси олдидаги фарзлари кандай?



Ассаламу алейкум ва рахматуллахи ва баракатуху.
ABDULLOX
Sana: Dushanba, 11-Мая-2009, 10:57 | Xatlari # 113
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Nargiza_Yuldasheva,
Quote
Аёл кишини турмуш уртогининг ота-онаси олдидаги фарзлари кандай?

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Ayol kishining turmush o'rtog'ining ota-onasi ya'ni qaynota va qaynonasining oldida shar'iy hukm bilan sobit bo'lgan majburiyatlari yo'q. Nikoh yoki Oilaviy masalalarga oid kitoblarimizni qarab chiqsangiz ham bu borada hechqanday ma'lumot uchratmaysiz. Sababi bu kabi tushunchalar odob-ahloq va urf odatlar natijasida shakllangandir. Kelin bo'lmish qaynota qaynonasining qanchalik hurmat va ehtirom qilsa, ularning hizmatlarini malollanmay bajarsa bu uning o'zi uchun yahshidir, oilasinig tinchligini ta'minotidir, erining undan hursand va rozi bo’lishligining eng asosiy sabablaridan biridir. Shu bilan birga esa bunga yarasha ajr-savob olishi ham ayni haqiqatdir. Chunki Alloh taolo bandalarining qilgan bir yahshiligini evazini eng kamida o’n barobar, agar fazliga olsa yetti yuz barobar yoki undan ham ortiq qilib berishi ham oyatlar bilan tasdig’ini topgandir! Vallohu A’lam!



Jurabek85
Sana: Dushanba, 11-Мая-2009, 16:17 | Xatlari # 114
Ism:
[jurabek jurayev]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[7]
Xulqi: +
[5] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalomu Aleykum Va Raxmatullohi Va Barakatuhu birodarim Abdulloh juda ajoyib savollar va aniq javoblaer ekan Alloh rozi bulsin savol berganlardan ham javob berganlardan ham ilmingizga Allohni uzi rivoj bersin Amiyn.



Assalamu aleykum wr wb!
ABDULLOX
Sana: Dushanba, 11-Мая-2009, 17:41 | Xatlari # 115
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Maysara nikli userni Mini Chat da yozib qoldirgan savollari
Quote
SAVOB ISH QILSA NIMA BÖLADI SAVOB YOZLADMI YOKI GUNOH DÖLADMI KIM BILSA JAVOB BERING MEN UNCHALIK TUSHINMAGANM UCHUN SÖRADM ILTMOS YNA USTMDAN KULMANG??
OTA ONAM ÖLGAN BAZI QARNDOSHLARM ÖLGAN ULARNI BORB KÖROLMAYMAN CHUNKI MUSOFIRCHLIKDA YSHAYPMAN QABRNI ZIYORAT QILOLMAY UYMDA 5VAQT NOMOZ ÖQIB HAQIGA DUVO QILSA SAVOBI BÖLADMI MENGA KIM JAVOB BERADI MEN TUSHMAY YOZVOTMAN KIM BILSA JAVOB YOSIN MEN ALBATA JAVOBNI KUTAYPMAN SALOM BILAN UZBEK QIZI MAYSARA????

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Savob ish qilsa albatta savob yoziladi. Buni ajrini Alloh taolo bir necha barobar ziyoda qilib beradi. Bu haqda Qur’oni Karimda ham bir nechta oyatlar mavjuddir. Ulardan ba’zilarini o’rganib chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi inshaAlloh!

Kim bir yahshilik qilsa , unga o’n barobar qaytarilur. (An’om surasi 160-oyat)
Ya’ni insonni qilgan bir yahshiligi o’zi kutmagan joydan o’n barobar bo’lib qaytishiga shu oyati karimi dalildir. Bu ham Allohning bandalariga naqadar mehribonligidandir. U Zot bitta yahshilikga bitta savob bersa ham haqli edi. Zero o’sha yahshilikni qilishni dilimizga solgan ham, shunga buyurgan ham va bunga bizlarni qodir qilib qo’ygan Zot ham Uning O’zidir.

Kim yahshilik qilsa , unga undan ko’ra yahshiroq(mukofot) bo’lur. Hamda o’sha kunni dahshatidan omondadir. (Naml surasi 89oyat)
Bu oyatda ham yahshilikga beriladigan savobni uni mislidan ko’p bo’lishligini ta’kidlagan holda o’sha kundan ya’ni Qiyomat kunining qiyinchiliklaridan, azoblaridan saqlanishi ham zikr qilinmoqda.
Mollarini Allohning yo’lida sarflaydiganlarning misoli huddi bir dona donga o’hshaydir. Undan yetti boshoq o’sib chiqadir, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga hohlasa yana ko’paytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi Zotdir. (Baqara surasi 261-oyat)
Bu oyati karimadan esa bir yahshilikga yetti yuz barobar va undan ham ko’proq savob berilsihini bilib olishimiz mumkin!
Namozlaringizdan so’ng ota-onangizni haqlariga duo qilsangiz albatta bo’ladi. Bu juda yahshidir. Faqat namozdan keyingina emas balki imkon boldi deguncha ularni haqlariga duo qilishimiz bizni farzandlik burchimizdir. Farzandlarning ota-onalari oldidagi burchlaridan biri ham hayotlik chog’larida ham vafot etganlarida ham ularning haqlariga duo qilishdir.

Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sav: Agar banda vafot etsa, uning savob keltiradigan barcha amallari kesiladi, lekin sadaqai joriya, manfaat beradigan ilm va unga duo qiladigan farzanddan kesilmaydi, dedilar.
Imom Buhoriy rivoyati.

Rosululloh sav huzurlariga bir kishi kelib:
Yo Rosululloh! Ota-onam vafotlaridan keyin ham men qila oladigan ezgu amallar qoldimi? – dedi.
-Ha, to’rt hislat bor: ularning haqiga duo qilish, gunohlarini kechmakni Alloh taolodan so’rash, ularning nasihat va shar’iy vasiyatlarini bajarish, do’st-birodarlarini izzat-ikromda tutish va ota-ona tarafidan bo’ladigan qarindoshlikni davom ettirishdir dedilar.

Imom Buhoriy rivoyati.

Alloh taolo ota-onangizlarni rahmatiga olsin, ularni ojizlik bilan qilgan kamchiliklarni mag’firat aylasin va hamda sizni ularni haqlariga qilayotgan hayrli duolaringizni ijobat qilib savobidan ularni ham bahramand aylasin. Duoaringizda bardavom bo’ling, inshaAlloh biz ham duo qilib turamiz.
Ey Robbimiz, ota-onalarimiz bizni go’dakligimizda qanday mehr berib tarbiya qilishgan bolsa, Sen ularga bundanda ziyoda mehr bilan, shafqat bilan mehribonlik aylagin! Amiyn! Vallohu A’lam!



Jurabek85
Sana: Dushanba, 11-Мая-2009, 18:04 | Xatlari # 116
Ism:
[jurabek jurayev]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[7]
Xulqi: +
[5] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalomu Aleykum Varahmatullohi Va BArakatuhu savol bermoqchi edim.savolim quyidagicha.Utgan odamlarga savob etkazilib tursa buladimi yoki yuqmi aytmoqchi edimki ular haqqiga qilingan duolar xayru ehsonlar ularga etib boradimi?Agar ular benamoz utgan bulsalar bular haqida nima deysiz? cry cry cry cry



Assalamu aleykum wr wb!
shaddot
Sana: Seshanba, 12-Мая-2009, 02:35 | Xatlari # 117
Ism:
[shirin]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[396]
Xulqi: +
[38] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Assalamu aleykum wr wb! Savol: Bir odam boshqa uyga ko'chsa yoki boshqa bir davlatga borsayu u yerda qibla qaysi tomondaligini bilmasdan boshqa tomonga yuzlanib namoz o'qisa, keyin qibla boshqa tomonda ekanini bilib qolsa o'qigan namozini qaytarib o'qiydimi? uni namozinihukmi nima bo'ladi?

Nargiza_Yuldasheva
Sana: Seshanba, 12-Мая-2009, 08:34 | Xatlari # 118
Ism:
[Nargiza]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[19]
Xulqi: +
[10] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

ABDULLOX, катта рахмат



Ассаламу алейкум ва рахматуллахи ва баракатуху.
ABDULLOX
Sana: Seshanba, 12-Мая-2009, 09:28 | Xatlari # 119
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Jurabek85,
Quote
Assalomu Aleykum Varahmatullohi Va BArakatuhu savol bermoqchi edim.savolim quyidagicha.Utgan odamlarga savob etkazilib tursa buladimi yoki yuqmi aytmoqchi edimki ular haqqiga qilingan duolar xayru ehsonlar ularga etib boradimi?Agar ular benamoz utgan bulsalar bular haqida nima deysiz?

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Biz bundan oldingi javob aynan shu narsa haqida imkon qadar to’htalib o’tdik. Agar ularni haqlariga duo qilish befoyda bo’lgani edi Rosululloh sav buni buyurmasdilar. Barcha ulamolar mayyitning duo, istig’for, sadaqa va haj kabi badaniy-moliyaviy ibodatlardan manfaat olishiga ittifoq qilishgan.
Musulmonlarning eng mo’tabar manbalaridan bo’lmish, bundan yetti yuz yilcha oldin yozilgan “Sharhi Aqiydatut Tahoviya” kitobida bu haqda shunday deyiladi:
Tiriklarning duo va sadaqalaridan o’lganlarga manfaat bordir.

O’lganga o’zidan boshqani amali yetishiga dalillar:
Qur’ondan dalil:
Ulardan keyin kelganlar: Ey, Robbimiz, bizni va bizdan oldin iymon bila o’tgan birodarlarimiznimag’firat qilgin, derlar. (Hashr surasi 10-oyat)
Alloh taolo ushbu oyatda o’zlaridan oldin o’tgan mo’minlarga mag’firat so’raganlarni madh qilmoqda. Bu esa o’lganlar tiriklarning istig’foridan manfaat olishiga dalomat qiladi.

Sunnatdan dalil:
Usmon Ibn Affon r.a dan rivoyat qilinadi:
Payg’ambar sav o’lik dafn qilinib bo’lgandan keyin ustida turib “Birodaringizga istig’for aytinglar. Unga sobitlik so’ranglar. Chunki u hozir so’roq qilinadi” , der edilar.Ular benamoz bo’lsalarda ammo musulmon bo’lsalar bu narsa ularga ham tegishli. Shoyadki Alloh taolo ushbu duolar sababidan ularni benamoz o’tgan hollariga biroz bo’lsada rahm qilsa! Vallohu A'lam!



ABDULLOX
Sana: Seshanba, 12-Мая-2009, 12:46 | Xatlari # 120
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Ƹ̵̡Ӝ̵̨̄Ʒ╭βeβeşCαCα╯Ƹ̵̡ӜƷ,
Quote
Assalomu Alaykum WR WB WM! Folbinlar, fol ochish haqida to'liqroq yozib yuboringlar. Oldindan rahmat.

JAVOB: Bismillahir rohmaniyr rohiym! Folbinlar va fol ko’ruvchilarga shar’iy kitoblarimizda kohin va arrof deb nom berilgan. Kohin ba’zi sir narsalarni, tog’rirog’I g’aybni bilishni da’vo qiladi. Uning ba’zi gaplari tasodifan to’g’ri chiqishi ham mumkin. Ammo aksariyat hollarda hato bo’ladi. O’sha tasodifan to’g’ri chiqqan gapini o’zi ham odamlar ham takror-takror gapirib yurishadi. Notog’ri chiqqan follari haqida esa gapirilmaydi ham.

Albatta folbinlar ko’proq kelajakda bo’ladigan isharni bilishlarini da’vo qiladilar. Bu esa, shariat hukmi bo’yicha kufrdir. Chunki g’aybni faqat Alloh taoloni O’zigina biladi. Man ham bilaman deyish esa Allohni ilmini U bilan talashishdir. Bundan Alloh taoloni O’zi saqlasin!

Ey, iymon keltiringlar! Albatta, hamr, qimor, butlar va (fol ochuvchi) cho’plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo’ling. Shoyadki najot topsangiz. (Moida surasi 90-oyat)
Alloh taolo ushbu oyatda hamr tanavul qilish va qimor o’ynash kabi amaliy gunohlarni butga cho’qinish va folbinga ishonish kabi kufr va shirk sanalgan ulkan ma’naviy jinoyatlarga tenglashtirmoqda. Ba’zi odamlar butga cho’qinishdan qattiq hazar qiladilar, o’lib ketsa ham bu ishni qilishga ko’nmaydilar. Ammo aroqni ichaveradilar, qimorni o’ynayveradilar, folbinga boraveradilar va unga ishonaveradilar. Alloh taolo bu ishlarni barchasini qo’shib jamlab turib bir hil baho bermoqda.
Ey, iymon keltiringlar! Albatta, hamr, qimor, butlar va (fol ochuvchi) cho’plar iflosdir. Shaytonning ishidir

So’ng iymon keltirgan bandalariga hitob qilib:
Bas, undan chetda bo’ling. demoqda.

Ibn Abbos r.a dan rivoyat qilingan uzun bir hadisni bir qismida shunday deyiladi:
…Bas, jinlar o’g’rilikcha habarni olib qochurlar va og’aynilariga ilqo qilurlar…
Ya’ni, folbinlarga o’zlari o’girlikcha eshitib olgan uzuq-yuluq so’zlarini o’zlaridan yolg’on qo’shib aytadilar.

Mo’minlarning onalari roziyallohu anhunnaning ba’zilaridan rivoyat qilinadi:
Nabiy sav: Kim arrofga kelib undan biror narsa haqida so’rasa, uning namozi qirq kechagacha qabul bo’lmas, dedilar.
Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyati. Imom Ahmadning lafida:
Kim arrofga yoki kohinga kelib uning aytganini tasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sav ga nozil bo’lgan narsaga kufr keltiribdi.

Sharh: Haqiqiy mo’min uchun qirq kunlik emas, bir mahal namozni qabul bo’lmay qolishi ulkan musibatdir. Bu musibat faqatgina folbinga borib undan bir narsa haqida so’rashning jazosidir. Uning aytganiga ishonadimi yo’qmi farqsizdir. Ya’ni so’raganini o’ziga shuncha jazodir. Tasdiqlasa undan ham ulkandir.
Ammo kim folbinga borib uning aytganini tasdiqlasa kufrga ketgan bo’lar ekan. Allohning O’zi asrasin.

Qobiysa r.a dan qivoyat qilinadi:
Rosululloh sav ning: Iyofa, shumlanish va tosh tashlab fol ochish botildandir, deganlarini eshitdim.
Abu Dovud solih sanad ila rivoyat qilgan.
Sharh: Iyofa bu – qushlarning ismiga va sayrashiga qarab fol ochishdir. Demak bu ishlarni barchasi botil, ularga musulmonlar mutlaqo yaqinlashmasliklari lozim. Afsuski, hozirgi paytda Islomdan uzoqlashish natijasida avvalgi johiliyat paytida bo’lgan ushbu mavzuda zikr qilingannarsalar u yoki bu ko’rinishda ichimizda mavjuddir.
Islom dinining bu haqda bergan ko’rsatmalari bilan imkon qadar tanishib chiqdik. Endi esa amal qilishlik kerak. Kimlardir avvallari bilmay bu ishlarni qilgan bo’lsalar tavba qilsinlar. Bu hukmlarni bilganlar bilmaganlarga aytib, eshttirib bildirsinlar. Alloh taolo barchalarimizni hidoyatga yo’llasin, turli hil fitnalardan dinimiz va o’zimizni salomat aylasin! Amiyn! Vallohu A’lam!



Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024