Hayrullo Hamidov she'rlari.
| | | Sana: Chorshanba, 13-Февраля-2008, 20:22 | Xatlari # 1 |
Ism:
| [Rukhiya]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [295]
| Xulqi: +
| [26] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| QIYOMAT Qiyomat yaqinlab qolgani ayon, Ayollar erlarning libosin kiymish, Avrat-u, xayoning ko‘chasin toptab Xatto mayin bo‘lib so‘zlamay qo‘ymish. Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan Kunlar boshimizda turibdi qarang. Atrofning yalong‘och turgan holiga Ko‘taramiz xatto boshimiz arang. Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo Jannatning hididan voz kechgan ayol Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun O’ziga bir bora bermagan savol: "Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur, Yarasharmi menga shu yovuz xilqat? Ayollik libosin bir chetga otib Asl go‘zallikdan ayrildim faqat, Bolamning nigohi menga yovqarash, Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish. Men qancha urinmay, aslimdan shuncha Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush... Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat, Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo. Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi, Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???" Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa, Ushbu savollarni berardi bir tun, Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan O’g‘illari uchun, qizlari uchun... Afsus, ushbu holga faqat ayolmas, Balki erlarning ham ayblari mavjud. Rashk o‘tin o‘chirgach zino-yu faxsh-la, Dayuslik kasbiga ko‘rar taraddud. Nardadan boshini ko‘tara olmay, Ayollarga turmush yuklagan qopin Odamdan yaxshilik ko‘rmoqchilarga Ayturmiz olimlar qilgan xitobin: "Ular o‘zlarini erkak desalar, Dunyoda eng katta bo‘lurlar kazzob, Chunki nikoh kuni bergan ahdiga Qilmishlar hiyonat, berolmay javob. Ularda mag‘rurlik asli yo‘q xislat, Ularni iymon ham aylamish xalos. Ularning egnidan joy olgan ko‘ylak Faqatgina tashqi ko‘rinish, xolos. Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo‘ldi, Yaxshilar ko‘ngildan yig‘lab o‘tmishlar Ayolin ko‘chaga qo‘yganlar bugun Ertaga bolaga ko‘krak tutmishlar, Hali bu ketishda vazifalar ham O’zgararmi ayol, er nasli uchun, Go‘yoki quyoshning tunda chiqishi, Oyning otishi-la ochiladi kun... Yo‘q, do‘stlar, iymon bor, ishonch bor ekan, Bunga yo‘l qo‘yilmas hech qachon, hech vaqt. Har kim o‘z fitrati, o‘z tabiati Amriga binoan yashamoqlik - baxt". Hadisdan oddiy bir xulosam shulki, Ko‘r qilar bu ko‘zni qamashtirganlar Aslida qiyomat kunin tezlatar Ana o‘shanday jins almashtirganlar.
|
Izox O'zgartirildi robiya - Chorshanba, 13-Февраля-2008, 20:22 | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 00:39 | Xatlari # 2 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| YOVUZ KUN Dunyo bir seskandi, dunyo bir to‘zdi, Iymon har tomonga sochilgan kuni, Xilqat ummonida vajohat suzdi Ayollar avrati ochilgan kuni. Qahrdan tug‘ilgan bu yovuz dillar Faqat ma’siyatga cho‘zmishlar qo‘llar - Hamma gunohlarga ochildi yo‘llar Ayollar avrati ochilgan kuni. Allohga har qancha to‘kmasin ko‘z ashk, Erlarning qalbidan ko‘tarildi rashk. Kufr, shirk yo‘lida boshlandi kurash Ayollar avrati ochilgan kuni. Saltanatlar ketdi, quladi yurtlar, Bo‘y ko‘rsatdi ko‘ngli chirkin beburdlar Oldlar yig‘ladilar, chinqirdi ortlar Ayollar avrati ochilgan kuni. Qushlar parvozida halovat yo‘qoldi Baliqlar ovozsiz faryodlar soldi. Ko‘zimiz o‘ngida g‘urur toptaldi Ayollar avrati ochilgan kuni. Silkindi og‘riqdan go‘dak beshigi, Yopildi mehrning so‘nggi teshigi. Yopildi iymoning so‘nggi eshigi Ayollar avrati ochilgan kuni. Endi fisq yurmaydi, unda bor qanot... G’urabo faxshga berildi hayot. Ming yillik qonunga darz ketdi xayxot Ayollar avrati ochilgan kuni. Boshqa amallarni qilsang-da tinmay, Endi gunohlardan ketding og‘rinmay - Eng so‘nggi fitnaning oldi olinmay Ayollar avrati ochilgan kuni. Bu katta gunohning avvali qani? Bu jirkanch gumrohning avvali qani? Savollar javobsiz qolgan hamisha, Javob izlab hamma tolgan hamisha. Chunki bu savolning javobi yo‘qdir, Erkaklarning ko‘ngli gunoh-la to‘qdir. Islomga ilk daf’a otilgan o‘qdir - Ayollar avrati ochilgan kuni.
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 00:41 | Xatlari # 3 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| O’LIMNING VASFI Shoxlar o‘z taxtidan tushganin ko‘rdik, Harobaga do‘nmish bog‘lar ham so‘lim. Oxiri barchamiz xulosa qildik: "Eng katta mav’iza aslida o‘lim!" U ustun bo‘larkan, yengilmas ekan, Istagan paytida buyurar tashrif. Faqat o‘lib ketgan insonlargina Unga aytolurlar xolis bir ta’rif. Bu ta’rif shundayki, unda yo‘q aldov, U birovga kelmas ikki bukilib. O’lim dunyodagi eng noqulay yov, U urush ochmagay vaqt e’lon qilib. Qur’onda ta’rifi kelganidek, u Faqat oldimizdan qarshi chiqarkan. Dunyoning yuz karra chempionin ham Oddiy bir zarb bilan yerga yiqarkan. O’limni o‘ldirib bo‘lmas yoronlar, U bizga tegishli bo‘lmagan olam. Indamay bosh egmish sohibqironlar, Biz bilmas tezlikda o‘lim kelgan dam. O’lim kelganida qolmay bittamiz, Hammasi yo‘q bo‘ldi g‘animatlarning. O’lim sharbatini totmog‘ligimiz Haqiqatrog‘idir haqiqatlarning. O’lim bir kularkan, bir yig‘lar ekan, Mo‘min huzurida ko‘zida kulgu. Baqirtirib jonni sug‘urganida Kofir yuzlaridan sapchiydi qayg‘u... Odam Ato tushgan davrdan buyon O’lim savdosiga izn berilgan. Qanday mavqelarda yashamasinlar, Barchasi qabrga bir-bir terilgan. Alloh elchilari o‘ldilar, shuning O’zi yetarli bir hikmatdir bizga. Kuniga qabrga kirayotganlar Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga. Agar biz o‘limdan ibrat ololsak, Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi. O’limdan nasihat olmaganidan To‘xtasa yaxshidir inson yuragi...
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 00:41 | Xatlari # 4 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| ENG KATTA MUSIBAT... Bu dunyoda iymon bilan nurga cho‘mgan bir ummat bor, Ul ummatning yo‘li kengdir, Barchasida ming rahmat bor, Hayotida hotirjamlik, O’limida ming hikmat bor, Rozi bo‘lar taqdiriga Tutar ikki enlik xat bor: Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Kimdir o‘lar, kimdir nafas olmoq ekan, anglab yetdik. O’zni mangu da’vo qila, Go‘ristonni manzil etdik. Oling, mana, dunyongizni, Habibulloh birla ketdik, Endi bizga na go‘zallik, Va na sokin halovat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Holatingiz ko‘rdik, mahzun, Asliyatga tezroq qayting, Ajal o‘qi aniq erur, Unga boqmang, kulib "Hay" deng, Dunyo ostin-ustin bo‘lib ketmaydimi, endi ayting, Yelkamizdan qolib ketgan O’lim tutar omonat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Otangiz ham, onangiz ham, Bir kun sizni tashlab ketmish, Yuraklarni tilka-pora Aylabon, zor g‘ashlab ketmish, Ko‘zlaringiz balki namlab, So‘nggigacha yoshlab ketmish, Ajal kelsa, siz qochguvchi Qandayin bir imorat bor: Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Chakki tomgay, endi aslo yamab bo‘lmas bu uy tomin, Oinasi parchalanmish, O’rnatmoq na singan romin Qiyomatga qarab yo‘lin Tutib bo‘lgach soqov zamin, Ayting, to‘sib qolar qay kuch, Va qandayin tumonat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Barchamizning qalbimizda Dunyoga bir muhabbat bor, Muhabbatdan hosil bo‘lgan Razillik bor, qabohat bor, Oxirlamish so‘zim mening, Xitobimda nadomat bor, Ayo, ummat, bu dunyoga Nechun qattiq sadoqat bor, Zamin og‘ir nafas olar, Unda qanday halovat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?!
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 00:42 | Xatlari # 5 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| QUTQARURMISIZ?! Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q erur sabr, Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda jabr. Yaqinlashmoqdadir tobora qabr, Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?! Talay odamlarga yo‘liqdim, ular Katta va’dalar-la do‘stlarim bo‘lar, So‘ng tinmay pinxona g‘iybatim qilar, Meni bu kulfatdan qutqarurmisiz? Ahlimga boqaman, nigohi yomon Qalbidan sizilib chiqqanda gumon... Ahdlasha olmasak, bu qanday zamon, Meni bu ofatdan qutqarurmisiz? Jujuqlarim yig‘lar istabon saboq, Men ular oldiga qo‘ygum qo‘g‘irchoq... Shaytonning aytgani g‘olibdir bu chog‘, Meni bu da’vatdan qutqarurmisiz? Oxirat qayg‘usi yo‘qolib qolsa, Go‘zal sanamchalar ko‘nglimni olsa, Dunyoning ishlari ajabga solsa, Meni bu hayratdan qutqarurmisiz? Eng so‘nggi ishonchim qaygadir tashib, Iymon qochib ketsa tog‘lardan oshib, Uning ortidan zor ketsam ergashib, Meni bu g‘ayratdan qutqarurmisiz?! Hayot davomiga yetmasa ko‘zim, Tig‘dek botmasa gar aytilgan so‘zim Boshqara olmasam o‘zimni o‘zim Meni bu hasratdan qutqarurmisiz? ... Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q erur sabr, Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda jabr. Yaqinlashmoqdadir tobora qabr, Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?!
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 00:47 | Xatlari # 6 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| BENAMOZLIK Mo‘minlikka da’vo bo‘lmas benamozlik, Bir kunga ham ravo bo‘lmas benamozlik, Bu dunyo-ku besh mahaldek o‘tar - ketar, Lek qabrda xavo bo‘lmas benamozlik, Jazolarga davo bo‘lmas benamozlik. Qur’onda ham uning misli kelgan qavm bu, G’iybat-la o‘z do‘sti go‘shtin yegan qavm bu, Rosululloh "Bizdan emas" degan qavm bu, Peshonasin qoraytirmish - benamozlik, Qabrini ham toraytirmish - benamozlik! Bu gunohki, ko‘ngillarni mast qilguvchi, Inson degan sharafni-da past qilguvchi, Boshga balo kunni haqqi rost qilguvchi Gunohlarning kabirasi - benamozlik, Asli shirkning nabirasi - benamozlik! Joynamozlar sarpolarga joylanadi, Ayting, qo‘llar qachon Haqqa boylanadi, Nahot inson do‘zax sari shaylanadi?! Shayton tuhfa etgan tug‘yon - benamozlik, Yaratganga eng zo‘r isyon - benamozlik, Besh mahalga beparvodir "Alloh - bir!" deb, Og‘ir kunda tag‘in aytar "panoh ber!" deb, Shuni aytsa kerak-da, "haq, gunoh bir", deb Muhrlanmish qalbi mangu - benamozlik, Namozshomda go‘yo uyqu - benamozlik! Bobolari sajdadan bosh ko‘tarmagan, Yaratgandan o‘zga iloh axtarmagan, Ox bu farzand, nechun desang ko‘karmagan - Daryo qurib o‘rnida cho‘l - benamozlik! Do‘zax sari eng qulay yo‘l - benamozlik! Taxtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu, Har kunini Allohdan deb bilgan el bu, Dini bois bu dunyoga kelgan el bu, Yelkasida uning bugun benamozlik, Hech yechilmas jirkanch tugun - benamozlik! Payg‘ambari kelib-da, bir o‘rnak olmas Bu millatning buguniga qilmang havas. Saroylari qulab, o‘rnin topsa abas Biling, asl sabab erur benamozlik, Haq sizlarga javob berur benamozlik! Buxoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar Shu o‘lkadan chiqqan edi, jigarbandlar, Ularni-da odam qilgan labda hamdlar, Ular uchun eng katta or - benamozlik, Bugun bizni aylagan xor - benamozlik, Sinolari namoz o‘qib tabib bo‘lgan, Navoyisi sajda chog‘i habib bo‘lgan, Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan, Bu millatga katta uyat - benamozlik, Tarix uchun katta g‘orat - benamozlik! ... Dunyo uchun nima qilsang qilavergin, O’zingni kim bilsang, shunday bilavergin, Ammo so‘nggi xitobimga quloq bergin: Jahannamga ziyoratdir - benamozlik, Insonlikka hiyonatdir - benamozlik!
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 00:49 | Xatlari # 7 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| AMALSIZLIK ... Ba’zilar yoshlikni g‘animat bilib Ilm o‘rgandilar, kitob ko‘rdilar. Amalga kelganda beparvo bo‘lib Olgan ilmlarin chetga surdilar. Bundaylar oydin va to‘lishgan kunda Ko‘zni bog‘lab, tunni tutgan kabidir. Bu xuddiki yerni haydabon unga Urug‘ sepmay, meva kutgan kabidir. ... ... Niyatim - ko‘plarga ibratli bo‘lib, Tutmoqchi bo‘lgandim nurli bir hikmat. Bo‘la olmaganim ibrat hech kimga Extimol kimgadir eng katta ibrat.
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 00:54 | Xatlari # 8 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| * * * Allohim men Seni taniyman dedim, Ushbu da'volarga sohtakor qilma. Rasuling yo'liga intilgan edim, Tikanak to'shalgan yo'lda xor qilma. Angladim xo'p mushkul Sen birla diydor, Bu ham yetmagandek gunohlar qator, Ofiyat so'rgaymen, men asli nochor, Bo'ynimga yovlarim qo'lin dor qilma. Hayhot dunyolarni so'roqlab ketdim, Oxirat g'amidan firoqlab ketdim, Asri saodatdan yiroqlab ketdim, Mahshargoh ustimda hol abgor qilma. Gumrohman, razilman,noinsof va g'o'r, Bo'ynimni egdi kim o'zin bilsa zo'r, Qolmadi O'zingdan boshqa bir g'amxo'r, Chidash yo'q noringga bizni yor qilma. Ey, karam sohibi ne bo'lsa bo'lar, Sen borsan shu sabab ko'nglim ham to'lar, Umarning so'zlari bag'rimni tilar, Chirkin davralarda sochni qor qilma. Ma'siyat qaritdi o'ttiz bahorim, Tungi ahvolimdan bezor nahorim, Bularning dastidan ey, madadkorim, Qabrim manzilimni to'la mor qilma. Ayolim ilg'amas gumroh qalbimni, Onam ham bilmaydi qalbiy aybimni, Do'stlarim anglamas, saxfu aybimni, Ul kunda yashirgin oshikor qilma. Allohning xayrli bandasi debon, Menga yoshligimda bermishlar bir non, Bu kecha shrrulloh menga mos unvon, Yig'lagum, menzilim ul kun nor qilma. Allohim Sen meni kechirsang shu baxt, Saxfu xatoyimni o'chirsang shu baxt, Rasuling havzidan ichirsang shu baxt, Mayli bu dunyoda baxtiyor qilma...
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 00:54 | Xatlari # 9 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| * * Umringiz chang to'zib ketmoqda zavol, Siz o'zi dunyoga nega keldingiz. Choyhonadan chiqing sizga bir savol, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin, Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin, Yodingizda turdi kun bo'yi qorin, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Har hil rejalardan olib iqtibos, Oddiy bir savoldan bo'lasiz xalos, Ertani gapirmay turing iltimos, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Qalb Islom dardida to'lg'oq bilmasa, Amriga shamoldek uchib yelmasa, Muzlatgich to'lmasa uyqu kelmasa, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Jujuqlar tashvishi aylabon tobe, Bozorlar sang'ibon izlaysiz tole, Ayolingiz ko'nglin oldingiz vale, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Namoz chala-chulpa, duolar mubham, Tilda oayt, qalbda foydali dirham, Tirikchilik zo'r-u, bo'lmay xotirjam, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Yo'lingiz qarshilar gap farzandingiz, Sovg'asiz kelmoqqa sig'mas haddingiz, Xo'rozqand olishni unutmadingiz, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Ajabo sayrga chiqqaningizda, Yoddan ko'tarilmas oilaviy g'am, Ulfatu oshinolar buyurtmasi ham, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Ikkinchi uyingiz nomidir bozor, Uning haqqin zinhor qilmaysiz poymol, Bo'l, tez, deysiz, qolgan ishga yo'gar qor, Din uchun shu bugun nima qildingiz? Jannat deysiz, biroq amallar ziddiy, Qachon u kunga ham qaraysiz jiddiy, She'rim oxirida oxirida savolim qat'iy, Din uchun shu bugun nima qildingiz?
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 00:56 | Xatlari # 10 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Da'yuslarga Hotini bozorda be ibo so`zlar, Singlisi Dubayda jazmanin ko`zlar, Kelini shim kiygan qalbingiz muzlar, Qizg`anish neligin bilmas be yuzlar, Qiyomatga beor qalbi ma`yuslar, Ahli Ayolini sotgan dayuslar.... Namoz o`qimaydi hatto Momosi, Massifda qo`shmachi katta holasi, Yarim yalong`ochdir kichik bolasi, Faqat dunyoga hos dardi nolasi, Past qiymatli bozor qalbi ma`yuslar, O`zin jahannamga otgan dayuslar... Hotini yomon yursa parvosi yo`qdir, Lug`atida faxsh va zinosi yo`qdir, Iffat dep atalmish ziyosi yo`qdir, Ahli mo`minlardek hayosi yo`qdir, Sarg`aygan bir mozor qalbi ma`yuslar, Do`zah sharpasini totgan dayuslar.... Nomi er atalgan bilan er emas, Haqiqiy erkaklar ani er demas, Amirlikga qatnar qizi basma bas, Unga choyhonayu dollar bo`lsa bas, Ko`z yoshi shoshqator qalbi ma`yuslar, G`aflat komida dong qotgan dayuslar... Yana choyxonada gapni dondirar, Emish xotinchasi yo`qni yo`ndirar, Xatto nalogchini gapga ko`ndirar, Gah desa erini qo`lga qo`ndirar, Asli yo`q zohir bor qalbi mayuslar, Goxo erlikdan so`z qotgan dayuslar... Qizi to`yda raqsga tushsa buralib, Hatto kampirlar ham ketar uyalib, U esa qistirar pulni suykalib, Nigohlar hayvoniy qarashlar jolib, Ahliga tikilsa begona ko`zlar, Boshqa honimga gap otgan dayuslar... Kelini engashib hovli supurar, U esa so`rida nosin tupurar, Mol dunyo, uyu-joy desa gupurar, Ibodat mahali uyqun ep ko`rar, Hijobdan qilar or qalbi ma`yuslar, G`aflat dunyosiga botgan dayuslar.... Singil bog`da yursa yigitlar ila, Ko`rib ko`rmaganga olar bir yo`la, Tugab bitganida dahshat voqea, Uyalmay qechqurun so`rar kim deya?.. Izlang arqon va dor qalbi ma`yuslar, Ey voh pochchasirab? ketgan dayuslar... Hotinni nexia eldek uchirar, Ochiq elka uzra sochlar hilpirar, Militciya tohtatsa tushar honimi, Orqa o`rindiqda o`zi o`tirar, Ish bitgach qosh qoqib, suziblar ko`zlar, Bopladin hotin dep aytgan dayuslar... Iymonsiz ishlarni yozib falak, Ayollar ko`chada sochi chambarak, Pul topish dardida jonlari halak, Erkakmisan o`zi yoki hezalak, Asli u bekadir sizchi raislar, Hotinlar pulini eb yotgan dayuslar... Hali qiyomat bor kelgaydur elib, Bag`ringiz o`yibon, qalbingiz tilib, Jannat darvozasi oldiga kelib, Asli nomingizni olasiz bilib, Eg`lagaysiz zor-zor qalbi ma`yuslar, Jannatiy nomini sotgan DAYUSLAR!
shu sher manga juda ham yoqadi
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 01:00 | Xatlari # 11 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Farrosh Poytaxtning Chorsusi yuz yilga yaqin, Ezilib kun ko’rar gunohga botib. Birdan zamin uzra chaqdiku chaqin, Kallakesarlar ham jim qoldi qotib. Bir masjid eshigi asta g’ichirlar, Gunohkor mahalla qalbida orzu. Hatto qimorbozin tili pichirlar, “Ha, mana Payg’ambar me’rosxo’ri shu!” Bu qabih qabila o’xshardi kuzga, To’kilgan barglarga aralash xidi. Buzilgan muhitning holati bizga, Makkaning avvalin eslatar edi. Qavm nigoh tashlab atrofga teran, Qandaydir yoqimli bir hisni tuydi. Farrosh qo’lidagi supurgi bilan, To’kilgan barglarni bir chetga uydi. Yoqib yubormayin xidsiz barglarni, Asta qopchasiga yig’a boshladi. Bahor o’rtasida to’kilganlarni, Avaylab ustida ko’zin yoshladi. “Sizlarda ayb yo’q”, ko’z yoshin tindi, Ammo qalbidagi alam hapqirdi. “O’rningizda qolgan barglarni endi, Asramoq burchimdir”, debon hayqirdi. Shu kundan boshlaboq parvarish doim, Egilgan novdalar qaddini oldi. Makkaning ahvolin eslatgan qavm, Madina ahliga aylandi qoldi. Farroshning nidosi qavmni uyg’otib, Tanish notanishni aylagandi rom. Bir kunda aroqxo’r shishasin otib, Qimorboz sajdaga yiqildi tamom. Jaholat muzlari tinmay yanchilar, Olov berkingan bu rangsiz uchqunda. Tamom faxshlarga botgan ko’chalar, Mastura qizlarga to’lmish uch kunda. So’nggi bor beshikda yig’lagan yigit, Bir chetga o’tibon ko’zin yoshladi. Qulf tushgan joyidan zanglagan masjid, Ustidan g’uborin yechib tashladi. Bir inson chiqarkan vazmin minbarga, Hotirjam, biz endi mo’minmiz, dedi. Har Juma bul dargohmusulmonlarga, Asri saodatni eslatar edi. Farroshlik kasbining mohir vakili, Bog’bonlar hadisin olgan bul notiq. Shundayin hutbalar qila oldiki, Topish amri mahol undanda ortiq. Besh yilga cho’zilgan asri saodat, Katta undov bilan topmish nihoya. Bu muddat ichida deyarli poytaxt, Ayni shu maskanda topmish hidoya. So’ng farrosh qaygadir yo’l olmish kezi, Uning qaytmoqligi kattakon mavhum. Har bir daraxt endi o’zini o’zi, Bog’bonsiz parvarish qilmoqqa mahkum.
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Juma, 15-Февраля-2008, 01:02 | Xatlari # 12 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Forumga kiraman Forumga kiraman hayron nigohim, Ko’ksim bir sapchidi, qalbim tirnaldi. Musulmonlar ichra, Alloh guvohim, “Musulmonman” degan juda qiynaldi. “Salafman” degan bir tomon bo’ldi, So’fiylar firqasi g’azabdan to’ldi. G’ayridin bu holga erinmay kuldi “Musulmonman” degan juda qiynaldi. Yahud turganida bizni azoblab, Musulmon kuladur bir-birin boplab. Arzimas matohga kofir hisoblab, “Musulmonman” degan juda qiynaldi. Mazhab ushlaganni ahmoq atarlar, Ijdihod yo’lini tarqoq atarlar. O’rta yo’l vakilin qo’rqoq atarlar “Musulmonman” degan juda qiynaldi. Kim bong ursa hamki qilolmam havas, Eng yaxshi yo’llar ham tuyilar qafas. Qaysidur tomonga turib olsang bas, “Musulmonman” degan juda qiynaldi. Zamoni saodati butkul sog’inchdir, Bugungi holimiz tamom qo’rqinchdir. Bironta nom bilan yashagan tinchdir, “Musulmonman” degan juda qiynaldi. Hammani sevmakka qasd aylash bekor, Bu o’tmish sahnida zanglagan shior. Firqalar xolindan tamoman bezor, “Musulmonman” degan juda qiynaldi. Angladim bir-birin go’shtini yegan, Mo’minlar ahvoli butkul hor ekan. Faqat Payg’ambarga bayatim degan, “Musulmonman” degan juda qiynaldi. Forumchi birodar siqqanda haddim, Sizni sevishlikdan also qolmadim. Ammo forumdan chiqib ham qutulolmadim, “Musulmonman” degan juda qiynaldi.
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
| | Sana: Chorshanba, 20-Февраля-2008, 15:02 | Xatlari # 13 |
Ism:
| [Abdulla]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1247]
| Xulqi: +
| [91] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| QUSUR Biz go‘zal so‘zlardan she’r, g‘azal yig‘ib, Oqibat orttirgan og‘ir hastalik. Haqqa tavakkal deb inidan chiqqan Nahot bo‘lolmasmiz jajji qushchalik? Ko‘cha-ko‘yda tinmay nasihat aytib Donolar hikmatin tutib mo‘tabar, Eng og‘ir damlarda do‘stimiz yoki Onamiz holidan olmaymiz xabar. Otamiz keksaygan holida hamki Dalada yurganda ko‘tarib ketmon, Yonib ketay deydi bizning so‘zlardan Ajib ma’ruzamiz tinglagan inson. Bolamiz yurganda tentirab, sang‘ib O’zgalar farzandin koyigan mahal, Nahot bir insofli aytmas: "Ey do‘stim, Tarbiyangiz uydan boshlangiz avval!" Biz o‘zi g‘alatmiz: o‘zgalar dardi, O’zgalar tashvishi tuyular dahshat. Aslida har bir jon o‘zin o‘ylasa, Gullagan bo‘lardi bugun jamiyat. Agar avvalambor o‘zimizdagi Qusurlarni ko‘ra olsak, yoronlar, Yomonlar ortidan asli biz emas, Ergashib kelardi bizga yomonlar!
Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi. I.Gyote | |
|
| | Sana: Chorshanba, 20-Февраля-2008, 15:04 | Xatlari # 14 |
Ism:
| [Abdulla]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1247]
| Xulqi: +
| [91] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| ILM Kimdir ilm o‘xshar dedi shul quyoshga, G’arbdan chiqib Sharqqa botar qara, Quyosh. Ilm sharqdan bo‘y taratib qochdi g‘arbga, Ul ilmni ortga qaytar, ey vatandosh! Ilm ketdi mo‘minlarni zor yig‘latib, Ma’no qolmay, mavridi yo‘q xitoblarda. Farzlar qolib sunnatlarni taxlil etib, Abo Muslim jangi qoldi kitoblarda! Namozlarning rakatlari xususida Tortishuvlar paydo bo‘ldi necha-necha. Oxir borib madrasada o‘qiguvchi Ko‘rgan ilmi bo‘ldi o‘sha "ming bir kecha". Fasod to‘la to‘qilgan ne rivoyatlar Odamlarning e’tiqodin harob etmish. Ilmsiz xalq eshoni-yu, piri uchun Nazr qilib, shirk yo‘llarni tutib ketmish. Taraqqiyot, dunyo qolib, telbalarcha Darvesh holin o‘zlariga qilib kasb-kor. Mana shuni odamlarga islom debon Ko‘rsatganlar oramizda to hanuz bor. Tog‘-u toshlar bizning hayot, deganlarning Avlodlari qanday qilib ustun bo‘lsin?! Haqqiy islom bayrog‘ini qo‘lda tutgan G’arbliklarga omad kulmay, kimga kulsin?! Taraqqiyot deganini dorga osgan Olomonning kuni bir kun kelib bitmish, Axir, qara, o‘n yettinchi asr uzra Esgan shamol qaysi yurtni tashlab ketmish, O’zdan chiqar sadaqalar unut bo‘lib, Xo‘p berilgan o‘zga tutgan ikromlarga Yonidagi mushrik qolib, mo‘minlarning Mustahabi muhim bo‘lmish imomlarga. Na dunyoviy ishlarida bor ijobat, Na Allohdan nusrat kelar bu ummatga. Chunki uning asl holi faqatgina Ilm bilan yetar haqqiy kamolotga. G’arb dinidan yuz o‘girdi, rivojlandi, Chunki uning dini asli edi botil. Bugun sharqning holatiga eng aybdor O’z dinini tushunmagan omi johil. Mo‘min dini haqdir, Alloh kalomi haq, Usiz sharqning ahvoli xor, tuban erur. Taraqqiyot osmoniga bizni faqat Bizni tashlab ketgan ilm eltib berur. Shuning uchun farzandlarga ilm berib, Olimlarni chiqaraylik o‘lkamizdan. Shundagina insha Alloh katta yukni Tashlagaymiz gunoh bosgan yelkamizdan.
|
Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi. I.Gyote | |
|
| | Sana: Yakshanba, 16-Марта-2008, 21:33 | Xatlari # 15 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| * * * Ey, Muslima, erring sening tulking emas, Yig’ing emas, vaqti bekor kluging emas, Qiyomatda Qur’on senga yov bo’lmasin. Er – Allohning mulki erur, mulking emas. Oyat seni to’xtatmasa jazo neki?! O’g’il va u to’plagan mulk otaniki. Bu dunyoda hamma narsa Xudoniki Er – Allohning mulki erur, mulking emas. “Erkaklar”mas “Ayollar” deb sura tegmish, Unda senga, ekakaka ham hukm tengmish. Jannatiylar ul oyatga bo’ying egmish, Er – Allohning mulki erur, mulking emas. Ayoldirsan, hududingni asra oqil, Alloh uchun qalbingni och bo’lma baxil. Qiyomatda baxtli bo’lmoq istasang, bil, Er-Allohning mulki erur, mulki emas. Vazifangni bajariblar manzil yetib, Farzandlaring tarbiyala solih etib, Dod ko’tarma chegaradan o’tib ketib, Er-Allohning mulki erur, mulking emas. Haddingni bil, hadding asli juda go’zal, Bu hududga bitmak arzir ming bir g’azal, Nachoradir, Rahmon xoxlab bo’lgan azal, Er – Allohning mulki erur, mulking emas. Ingragandek yoz tongida qish qarg’asi, Dod yig’lading Titrab ketdi dil dahasi, Bittadan ko’p yaralgandir qovurg’asi, Er – Allohning mulki erur, mulking emas. Sen ayolsan, o’zing urma gumrohlikka, Yakka qolsang noming yetmas guvohlikka, Xoliq bilan talashmagin ilohlikka, Er- Allohning mulki erur, mulking emas. Kel, payg’ambar uyini ham qil ziyorat, To’qqiz ayol bir turmushdan olar rohat. Mo’minlarning onalari senga ibrat. Er – Allohning mulki erur, mulking emas. Ey muslima singlim,endi yo’lga otlan, Haq yuborgan hukmlarga qanoatlan. Senga ering javob berar, shunga shodlan, Er-Allohning mulki erur, mulking emas.
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
|
|