SHAHSIY IJODLAR!!!
| | | Sana: Chorshanba, 14-Апреля-2010, 18:19 | Xatlari # 46 |
Ism:
| [Abu Abdulloh]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [452]
| Xulqi: +
| [214] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Assalamu alaykum wr wb! Siz azizlarni duolariz hamda Alloh Taoloni yordami bilan yana bir kichkinagina maqolacha yozishga urinib ko'rdik. Bu maqolamiz qanday chiqqani albatta sizlarni hukmizga havola. Doimgidek, kamchilik va hatolarini bizdek ojiz bandadan, ko'nglizga yoqqan taraflarini esa Alloh Taolodan deb bilgaysiz. Imloviy hato yoki nuqsonlar uchun oldindan uzr. Cheksiz ehtirom bilan Allohning quli Abdulloh! BOSHQALARGA YAHSHILIK QILISH Sendan agar qolsa yahshi degan nom, Bilginki qalblarda yashaysan mudom! Bu mavzuni ham avvalgilari kabi, Islom dini yahshilik qilishga buyurganligiga Alloh taoloni Kitobi va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan dalil keltirish bilan boshlaymiz. Qur’ondan dalil: Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Alloh senga yahshilik qilganidek, sen ham yahshilik qil” (Qasas surasi 7- oyat) Mana shu oyati karima bilan mo’minlar o’z birodarlariga yahshilik qilishlari Allohning buyruqlaridan biri ekanligi sobit bo’lgan. Agar biz mana shu buyruqqa to’laligicha amal qila olganimizda edi, birovni haqqini yeyish, qarz olib bermaslik kabi yomon illatlardan asar ham qolmagan bo’lar edi. Yahshilik qilish uchun faqatgina moddiy tomondan boy bo’lish shart emas. Agar shunday bo’lganda Alloh taolo faqat boy kimsalar yahshilik qilsinlar deb bildirib qoyar edi. Alloh taoloni O’zi bu borada eng yuksak namuna bo’lgan holda, barchaga ma’lum miqdorda mol-mulk va cheksiz ne’matlar hadya qilib ulkan yahshilik qilgandir. Inson o’z imkoniyati darajasida yahshilik qilishga harakat qilsa, albatta buni uddalasa bo’ladi. Faqatgina hohish va harakat bo’lmog’i lozim. Chunki dunyoda mutlaq kambag’al yoki mutlaq boy inson yo’q. Misol uchun millionlar sohibi yuz minlglar sohibidan nisbiy darajada boy va milliardlar sohibidan nisbiy darajada kambag’aldir. Yuz minglar egasi, o’n minglar egasidan, u esa o’z navbatida minglar egasidan boyroqdir. Hullas mutloq boy yoki mutloq kambaga’l yo’qligi ayni haqiqatdir. Inson hohlasa bas, uning atrofida yahshilik qilishga munosib va muhtoj kishilar yetarlicha topiladi. Demak, har bir insonda yahshilik qilish imkoniyati oz bo’lsada mavjudligi ham haqiqat. Bu haqida Shayh Sa’diy shunday deydilar: Yarimta non yesa mardi Hudo, Ochlarga yarmini aylagay fido. Inson boshqalarga yahshilik qilishda bardavom bo’lsa o’zi uchun ham yahshi bo’lgan juda ko’p narsalarga erishadi. Maslan: mol-mulki ziyodalashadi va kasodga uchramaydi, nomai’ a’molidagi gunohlari o’chirilib, uning o’rniga savoblar bitiladi! Allohga mahbub bo’lgan bandalar qatoridan joy oladi. Bu haqda Alloh taoloni O’zi shunday deydi: “Alloh yahshilik qiluvchilarni sevadi” (Oli Imron surasi 134-oyat) Alloh taoloni sevikli bandasi bo’lish, o’zini bilgan har qanday musulmon uchun eng ulkan baht va saodatdir. Yana ta’kidlab o’tamizki, boshqalarga yahshilik qilish bu faqat moddiy yordam berish emas. Balki inson o’z kuch-qudrati bilan boshqalarni o’girini yengil qilishi, agar ilmli bo’lsa bilganlarini ularga yetkazib ma’naviy tomondan yordam berishi mumkin. Qolaversa boshqalarga yahshiliklar bo’lishini istash, ularni haqlariga chiroyli tilaklar bilan samimiy va g’oyibona duoda bo’lish ham katta yahshiliklardandir. Bu haqida Rosululloh sollallohu alaysi vasallamning hadislaridan birida mazmunan shunday deyiladi: “Sizlardan hech biringiz o’zi uchun yahshi ko’rgan narsasini mo’min birodari uchun ham istamaguncha komil mo’min bo’lolmaydi”. Mana shu hadisni o’zi ham Islomni naqadar go’zal va haq din ekanligini yaqqol isbotidir. Ushbu hadisga amal qilishda albatta sahobalarga teng keladigan ummat topilishi amri mahol. Sahobalar ichida Madinalik Ansoriylar esa bu borada peshqadamlardan edilar. Ansoriylar muhojir birodarlarini o’zlaridan ustun hisoblardilar. O’zlarini yahshi ko’rgan narsalarini ularga ham ilinar edilar. Muhojirlar Madinaga kelgan dastlabki vaqtlarida hech vaqolari yo’q edi. Ansorlar ularga beminnat yahshiliklar qildilar. Masalan: uylarini va mol-mulklarini yarmini ularga berdilar. Shuningdek, ularn qarzdorlari bo’lsa qarzlarini to’lashga ham yordam berishdi. Hatto hotinlaridan biriga taloq qo’yib ayoli yo’q muhojirlarga nikohlab ham qo’yishdi. Ularni bundan bag’rikengliklari va o’zgalarga yordam istashlari haqida Imom Buhoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ansorlarni chaqirib, ularga Bahrayn(hozirgi shu nomdagi davlat)ni bermoqchi ekanliklarini aytganlarida, Ansorlar:- Muhojir birodarlarimizga ham huddi shunga o’hshash joyni bermasangiz, bizga buni keragi yo’q dedilar. E’tibor bering, ansorlarga oz-moz mulk emas, butun boshli bir mamlakat tortiq qilinmoqchi. Ular esa o’zlariga berilayotgan narsani misli muhojirlarga ham berilishini, yo’qsa ularga ham bunaqa hadyani keragi yo’qligini bildirmoqdalar. Yana ham e’tiborlisi, ular muhojirlarga birorta o’ng kelgan diyorni emas, aynan Bahraynga o’hshash yoki undan ham ziyodaroq joyni berilishini so’ramoqdalar. Aslida indamay rozi bo’lib olib, hursand bo’lib ketaversalar ham hech kim ularni malomat qilmas edi. Lekin ular buni o’zlariga loyiq ko’rmadilar. Chunki ular chin musulmon edilar. Islom dinining har bir buyrug’iga amal qilardilar. Haqiqiy mo’min bo’lishlik uchun o’zlari yahshi ko’rgan narsani boshqalarga ham ravo ko’rishlari kerak ekanligini ich-ichlaridan his qilgan edilar. Mana shunday mehr-muhabbat natijasida musulmonlar dunyodagi eng peshqadam insonlarga, musulmon jamiyati esa eng peshqadam jamiyatga aylangani ochiq oydin haqiqatdir. Ular mana shunday birdamliklari va Islomga rioya etganliklari uchun ham ilm-fan sohasida ham taraqqiy etib Yevropa halqlariga ham dars berganlar. Bu haqida mashhur olimlardan biri professor Sedilat shunday deydi: “Musulmonlar o’rta asrlarda ilm, fan va falsafada yagona edilar. Ular bu narsalarni qadamlari qayerga yetsa, shu yerga tarqatdilar. Bu narsalar ular orqali Yevropada ham tarqaldi. Yevropaning uyg’onishi va taraqqiyotining asosiy sababchilari ham musulmonlardir” Bundan ko’rinib turibdiki, Islom hechqachon ba’zi kimsalar da’vo qilganlaridek rivojlanish yo’liga g’ov bo’lgan emas. Musulmonlar qachon taraqqiyotga erishgan bo’lsalar o’z dinlariga yahshigina amal qilish orqali erishganlar. Qachon hozirgi kabi taraqqiyotdan ortda qolgan bo’lsalar Islomga amal qilmaslik oqibatida shunday holga tushganlar. Endi yana asosiy mavzuga qaytsak. Inson yahshilik qilishda bardavom bolishi lozim. Yahshilikni qadriga yetmaydigan qandaydir nodon kimsalarni malomatlarini eshitganda “odamlarga yahshilik qilsang bilmas ekan” deb, qilayotgan hayrli ishlarini to’htatib qo’yishi komil mo’minni ishi emas. Aslida bu bir bahona holos. Chunki yahshilikni qadriga yetmaydiganlardan ko’ra, uni qadrlaydiganlar judayam ko’p, qolaversa muhimi va eng asosiysi Robbimiz bilsa bo’ldiku! Insonni boshqalarga qilayotgan yahshiligi yoki yomonligi zohiran ular uchun tuyulsada, aslida o’zi uchundir. Bu haqda Alloh taolo O’zining muqaddas Kitobi bo’lmish Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: Kim solih amal qilsa o’ziga foyda. Kim yomonlik qilsa, o’ziga zarar….(Fussilat surasi 46-oyat) Demak, kimki bir yahshilik qilsa ham yoki yomonlik qilsa ham faqat va faqat o’zi uchun qilibdi. Bu so’zlarimizga quyida keltiriladigan mana bu ikki hikoya ham ajoyib misol va dalildir. Birinchi hikoya. Eridan ajrab qolgan bir beva ayol yolg’izgina o’g’li bilan hayot kechirardi. O’g’lini tez-tez safarga chiqib turgani sababidan ayol ko’pincha o’zi yol’giz qolardi. Ana shunday kunlarni biri Ramazon oyiga to’g’ri keldi. Bir o’zi qolgan ayol uyidagi so’nggi yegulik bo’lmish bir burda non bilan iftorlik qilishga hozirlik ko’rardi. Shu vaqt eshikni bir soil(so’rovchi) taqqillatib Alloh roziligi uchun bir luqma taom so’rab qoldi. Ayol o’zini och qolishini ham o’ylab o’tirmay, endigina yeyish uchun o’gizni oldiga olib kelgan o’sha bir burda nonni tilanib kelgan odamga olib chiqib berdi. Oradan bir muddat o’tib o’gil safardan qaytib keldi. U har galgiday mehribon onajonisiga safar taassurotlarini so’zlab berarkan, jumladan shunday dedi. “Ey, onajon, bu safarimda oldingilarida hech ro’y bermagan bir voqea sodir bo’ldi. Bu safar kechroq yo’lga chiqqanim bois tezroq yetib olayin degan maqsadda o’rmon oralab yo’lga tushdim. O’rmonda yolg’iz ketayotganimda tasodifan bir yo’lbars menga hamla qilib qoldi. Har qancha qochishga urinsam ham undan qutulishga ulgurmadim. Bir lahzada yo’lbarsning o’tkir tishlarga to’la o’gzi meni boshimni oldida paydo bo’ldi. Men endi hammasi tamom deb o’ylagandim. Ammo… Shu payt nur yuzli bir kishi paydo bo’lib yirtqichni meni ustimdan uloqtirib tashladi. Men bu kishini hechqayerda va hechqachon ko’rmagandim. Ko’rinishidan insonga ham o’hshamasdi. Shuning uchun ham kimligini o’zidan so’rash maqsadida endi o’giz juftlagandim u kishi menga qarab “Bir luqmaga bir luqma” dedida ko’zdan g’oyib bo’ldi” Bu so’zlarni tinglagan oqila ayol o’g’lidan bu voqea qachon sodir bo’lganligini so’radi. O’gil bu voqeani aniq eslab qolganligi uchun falon kuni falon paytlarda deb aniq aytib bera oldi. Ne tongki o’gil aytgan vaqt ayolni eshigiga tilanib kelgan o’sha so’rovchiga o’zi yemoqchi bo’lgan bir luqmani olib chiqib bergan vaqtni ayni o’zi edi. Allohu Akbar!!! Voqealarni ayni bir vaqtda sodir bo’lganini bilgan va onasini o’zi yemoqchi bo’lgan bir luqmani soilga berganini eshitgan o’gilni qulog’i ostida o’sha nur yuzli kishi aytgan so’z tinmay takrorlanardi. “Bir luqmaga bir luqma….” Davomi bor InshaAlloh...
|
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 25-Апреля-2010, 20:40 | Xatlari # 47 |
Ism:
| [Abu Abdulloh]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [452]
| Xulqi: +
| [214] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| BOSHQALARGA YAHSHILIK QILISH Davomi... Ikkinchi hikoya: Ikkinchi hikoyani esa bizga Shayh Sa’diy bayon qilib beradilar. Bir kuni ulug’lar toisfasi bilan kemada ketayotgan edik. Orqamizdagi qayiq ag’darilib undagi odamlardan ikkitasi girdobga tushib qoldi va cho’ka boshladi. Buni ko’rgan kemadagi badavlat bir kishi kemachiga aytdi: “Agar cho’kayotgan mana shu ikki kishini qutqarsang yuz tillo beraman”. Kemachi rozi bo’lib o’zini suvga otdi va cho’kayotganlardan birini shoshilmasdan kemaga olib chiqdi. Ortiga qaytib borguncha ikkinchisi cho’kib ketdi. -Attang, uning umri tugagan ekan, cho’kib ketti- dedi badavlat kishi, - bunisi esa omon qoldi. Shunda kemachi javob qildi. - Ehtimol gapingiz rostdir. Men ham taqdirga ishonaman, ammo bu ishni boshqa bir sababi ham bor. Mana bu omon qolgan kishi bir kuni men piyoda ketayotganimda tuyasiga mindirib olgan edi. Halok bo’lgan odam esa yoshligimda meni bir qamchi urgan edi. Qutqargani ularni yoniga borganimda ikkisini ham tanib qoldim va bo’lib o’tgan ishlar yodimga tushib, avval tuyasiga mindirib menga yordam qilganga men ham yordam berishga ahd qildim. Zero, Alloh O’z kitobida rost aytadi: “Kim bir yahshilik qilsa ham, yomonlik qilsa ham o’zi uchundir” Kishi qalbin tirnama qodir bo’lsang! Hayoting yo’lida tikonlar bo’lur. Mazlum, bechoraning hojatin chiqar, Sening ham yo’lingda hojatlar bo’lur. Bu hikoyalardan qanday ibrat olish kerakligini bayon qilib o’tirishni ortiqcha hojati yo’q deb o’ylaymiz. Chunki, hammasi ochiq va ravshan ko’rinib turibdi. Bu mavzu so’nggida esa avvalgilaridan farqli o’laroq no’ananaviy va g’ayrioddiy so’zlar bilan barcha odamlarga murojaat qilmoqchimiz. Ey, odamlar! Sizlarga nima bo’ldiki yon atrofingizda yordamga muhtoj, yahshilikga zor bo’lgan qanchadan qancha odamlar turib mol mulklaringizni turli orzu havaslar yo’lida ko’klarga sovurmoqdasiz. Yoki arzimagan foydani deb Alloh taolo sizga bergan halol mol-dunyoni o’zingizga o’hshash bir bandaga foizga berib harom qilib olmoqdasiz. Vaholanki, o’sha banda sizni pulingizni olgandan keyin hiyonat qilishi yoki indamay juftakni rostlab qolishi ham mumkin-ku. Yoki bunday kazzoblar odamlar orasida kammi? Ahir qanchadan qancha kishilar o’z qo’llari bilan riboga bergan pullarini olish uchun o’z oyoqlari bilan chopmoqdalarku. Bugungi kunimizda boshqalarni pulini olib qaytarib bermaslik “fahrli ish” ga aylandiku. Chunki bunday qabihlik, bunday ifloslikni har kim ham amalga oshira olmaydi-da. Shuning uchun ham siz azizlarga eng ishonchli bir “Bank” haqida ma’lumot bermoqchimiz. Bu ma’lumotlar ushbu “bank” haqida biladiganlarga takror, unutganlarga eslatma va bilmaydiganlarga ajoyib yangilik bo’ladi degan umiddamiz. Hullas, eng ishonchli bank va uning imtiyozlari bilan tanishishga marhamat azizlar. Hasanotlar banki. Bu bank, Alloh Taoloni “Bank”i bo’lib uni nomi “Hasanotlar banki” deb ataladi. Bu bank hechqachon kasodga uchramagan va uchramaydi ham. Va yana bu bank hechqachon yo’q bo’lmagan va hech qachon yo’q bo’lmaydi ham. Chunki u abadiydir. Uning abadiyligini sababi bank “Sohibi”ni O’zi ham Abadiydir. Bu bankka omonat qo’yib foyda olish harom ham emas, gunoh ham emas, balki halol va savoblidir. Agar siz ushbu bankni faol bo’lgan mijozlaridan biriga aylansangiz hamma o’zi uchun ozgina bo’lsa ham soya salqin joy izlab yurgan jazirama KUNda, bank “Sohibi” sizni O’zining “Jannat” deb nomlanmish so’lim go’shasiga joylashtiradi. Bu “oromgoh” ham boshqa oromgohlar kabi vaqtinchalik yoki pullik emas. Balki u abadiy va bepuldir. Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, bank “Sohibi” sizni omonatgan qo’ygan molingizdan tashqari qolgan mol-mulklaringiz va hatto joningizni ham omonda bolishligiga kafolat beradi. Bu bankni afzalliklaridan yana biri sizga omonatingizni siz uchun juda muhim bo’lgan va siz unga juda juda muhtoj bo’lgan vaqtingizda qaytariladi. Ishonavering, o’sha paytda “Qaniydi bundan ham ko’proq omonat qo’ygan bo’lsaydim” deb qolasiz. Chunki bu vaqtda Hasanotlar bankidan boshqa jamiki banklar yopilgan, sizga daromad olib keluvchi barcha sohalar o’z ishini to’htatgan bo’ladi. Yana bu bankni boshqa banklardan afzalligi shundaki, u boshqa banklar kabi omonatingizni ma’lum miqdordan kam bo’lmasligini shart qilib qo’ymaydi. Balki qodir bo’lganingizcha unga omonat qo’yishingiz mumkin. Darvoqea, hamma banklar taklif qilayotgani kabi bu bankning ham o’ziga hos va mos “foiz” normalari bor. Bu haqida bank “Sohibi”ni O’zi shunday deydi. Kim bir yahshilik qilsa unga o’n barobar qaytarilur (An’om surasi160-oyat) Ya’ni omonatingizga kamida o’n barobar foyda olasiz, bundan also kam emas. Shuningdek, bankni mahsus va mas’ul vakillaridan biri Muhammad sav ni ta’kidlashlaricha hali bu hammasi emas. Ya’ni bank “Sohibi” mijozlarni O’ziga bo’lgan ixlos va holisliklariga qarab foyda miqdorini o’ndan to yeti yuz barobargacha, yana ham fazliga olsa bundan ham ko’proq qilib beradi. Bunga also shubha bo’lishi mumkin emas. Chunki bank “Sohibi”ni O’zi bu haqida shunday deydi. Mollarini Allohning yo’lida sarflaydiganlarning misoli huddi bir donga o’hshaydir. Undan yeti boshoq o’sib chiqadir, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga hohlasa yana ko’paytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi Zotdir. (Baqara surasi 261-oyat) Ho’sh, bank sizga ma’qul kelib uning hizmatlaridan foydalanmoqchimisiz? Marhamat! Bu bankni filiallari yer yuzi bo’ylab shunchalik ko’p tarqalganki, ularni har qadamda uchratishingiz mumkin. Agar juda qiynalsangiz diniy ulamolarga murojaat qiling. Ular sizga beminnat yordam beradilar InshaAlloh! “Hasanotlar banki”ga marhamat azizlar! O’ylab ko’ring qaysi bank mana shunday imtiyozlar beradi? Hech qaysi bank! Biz keltirgan imtiyozlar esa bankning qolgan imtiyozlari oldida dengizdan bir tomchi holos, balki undan ham ozroq. Hulosa chiqarishni esa doimgidek har kimni o’ziga qoldiramiz. Zero donolar aytadilarki: Har ko’zki agar olmasa ibrat, ko’rdir! Har so’zki agar bermasa lazzat, sho’rdir! So’zimiz ohirda esa Kariym va Shakur bo’lgan Zotga munojot aylagan holda “Allohim, bu aytgan so’zlarimizga avvalo o’zimiz qolaversa boshqalar ham amal qilmoqliklarini nasib aylagin” deb qolamiz! Allohning yordami bilan nihoyalandi! Allohning quli Abdulloh!
|
| |
|
| | Sana: Juma, 25-Июня-2010, 09:15 | Xatlari # 48 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Kuz kelmasaydi... Sog'inib sirlarin kutmas bu zamon, Armonga aylandi minglab orzularim. Yo'llariga ko'z tutib tursam har zamon. Orzularimni qildilarku armon. Bilmas edim yo'qotishligim, Qani endi kelmasaydi kuz hech qachon...! Aytolmadim dildagi so'zim, Qani endi aytay olsaydim barisin. Kechikib bo'libmanku bir qara sirdosh, U eshitmaydi endi mening dardlarim. Yomg'ir kabi oqmoqda ko'z yosh, Qani endi kelmasaydi kuz hech qachon...!
Izox O'zgartirildi AsiRa - Juma, 25-Июня-2010, 09:52 | |
|
| | Sana: Seshanba, 20-Июля-2010, 18:08 | Xatlari # 49 |
Ism:
| [Mahfiyyah]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [7]
| Xulqi: +
| [2] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Hayot o`zi qiziq bo`larkan, Gohida past,gohi baland bo`larkan. Pul topaman deb hozirgi yoshlar, Xarom ishga qo`l ham urarkan. Qani aytgin menga ey do`stim, Ne bo`ldi o`zi bizlarga. Yo hayot shundoqmi deb, Yo aralashdik shayton yo`liga. Biri aytar mehri yo`q deb, Qayda qoldi o`zbegimning mehri. Ko`cha doim to`lar qizlarga, Yigitlar esa lolu hayron deb. Aka o`z singlisini rahsk qilmasa, Qayga ketdi bizning orimiz. Momomizdan qolgan o`gitlar, Qayda qoldi eh orimiz. Do`stim shoshma to`xta bir dam, Quloq sol mening so`zimga. Mehri yo`q deb o`ylama zinxor, Be mehr bo`lsang ham sen menga. Hayotda kerak bo`lar bizlarga, Bilgin doim uch narsa. Mehr shvqat va xurmat, Shulardan boshqa kerakmas hech narsa.
ALLOHU AKBAR | |
|
| | Sana: Chorshanba, 28-Июля-2010, 19:44 | Xatlari # 50 |
Ism:
| [hmmmmmmmm]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Mehmon]
| Postlari:
| [7]
| Xulqi: +
| [0] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Латвия]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Hech o''ylab ko''rdingmi ushbu hadisni La''natlab turgay Alloh shim kiygan ayolu qizni Nahot zolim bo''lsang o''zingga o''zing Nahot haqni botil ko''rsatsa ko''zing? Tor-tig''iz kiyarsan, Alloh sbrli Sochingni kesarsan, Alloh sabrli Zinolar qilarsan, Alloh sabrli, Ammo bil bu dunyo barbir qabrli Ko''chada yurarsan, chiroying sochib Nomaxram erkakka bag''ringni ochib Ox, oxirat azobidan bo''larmu qochib Alloh qaxrlidir, Alloh sabrli. Sochingni kesganda o''ylab ko''rdingmi, U qanday qayerdan o''sib chiqadi? Qoshingni terganda o''ylab ko''rdingmi, Shuncha tersang ham yana o''sib chiqadi? Sen, avval, yaratgin bir tola sochni Peshonangga qadab ko''r bir tutam qoshni O''saverar negadir sen kesgan soching Chiqaverar negadir sen tergan qoshing. Yana o''sib chiqqanda hayron bo''lmagin YAna o''sib chiqdi deb labing burmagin Qoshingni o''sishi, sochni o''sishi TAvba qilib qaytish uchun senga bir imkon Buni anglab yetmagan bo''lar pushaymon Lekin senga yoqmas sochingning rangi Senga hatto yoqmas yuz-ko''zingni rangi Nechun shukr qilmaysan, ey nodon banda Axir shukr qil deb buyurgan Tangring. O''z uyingda yurarsan sochlaring to''zib Hunuk ko''ylaklarda lablaring burib, Yasanib chiqarsan ko''chaga yurib KO''zlaring bo''yarsan, Alloh sabrli Oh qanday er ekan, dayusmikan u? Ayolin ko''chaga chiqarsa shunday, Tor-tanqis shimlarda yarim yalang''och O''zga erkak boqmasmu zino qilguday? Oh, qanday ona u, qanday ota u, Qiziga avratin yopgin demasa? Oxirat azobi qattiq azobdir Jon qizim Allohdan qo''rqgin demasa Ey ota, ey ona o''ylab ko''ringiz Sizga omonatdir farzandlaringiz. Yetar endi shuncha o''ynab kuldingiz Oxirat javobin fikr qilingiz, Yoqangizdan olmasdan og''il-qizingiz Farzandlaringiz bilan tavba qilingiz. Tavba qil, ey ayol, gunohing ko''pdir Ko''chada yurganda zinoing ko''pdir, Sajda qil, tavba qil vaqting g''animat Bilib qo''y DO''ZAXDA AYOLLAR KO''PDIR
|
Salom hammaga :) | |
|
| | Sana: Payshanba, 23-Сентября-2010, 08:49 | Xatlari # 51 |
Ism:
| [O'zbek qiz.]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [49]
| Xulqi: +
| [7] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| BU DUNYONING TASHVISHIDAN BEZIB KETSAM HAQ YOL BILMAY G'AFLATLARDA QOLIB KETSAM QALBIM NURI IYMONIMDAN GAR SUST KETSAM RASULULLOH TUSHLARIMGA KIRIB TURING! *** NOLA QILSAM BEVAFONING QILMISHIDAN TOPOLMASAM BIROR HIKMAT SINOVLARDAN MENI ASRAB YOLGON SOZLI AG'YORLARDAN RASULULLOH TUSHLARIMGA KIRIB TURING! *** QUR'ON TINGLAB KOZLARIMGA YOSH KELMASA NAMOZIMDA ALLOH UCHUN ISHQ BOLMASA QIZINGIZDEK TA'LIM BERING,HECH BOLMASA RASULULLOH TUSHLARIMGA KIRIB TURING *** DUSHMAN BOLIB YOLGON SOZLI DOST KELGANDA TOGRI YOLDAN OZAR QARO QOSH KORGANDA BALKI OHIR ZAMON HAM YAQIN QOLGANDA, RASULULLOH TUSHLARIMGA KIRIB TURING!
DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR, HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK, ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR! | |
|
| | Sana: Juma, 24-Сентября-2010, 07:06 | Xatlari # 52 |
Ism:
| [elif]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Ashaddiy Forumchi]
| Postlari:
| [2658]
| Xulqi: +
| [134] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| AsiRa, Quote (AsiRa) Kuz kelmasaydi... Sog'inib sirlarin kutmas bu zamon, Armonga aylandi minglab orzularim. Yo'llariga ko'z tutib tursam har zamon. Orzularimni qildilarku armon. Bilmas edim yo'qotishligim, Qani endi kelmasaydi kuz hech qachon...! Aytolmadim dildagi so'zim, Qani endi aytay olsaydim barisin. Kechikib bo'libmanku bir qara sirdosh, U eshitmaydi endi mening dardlarim. Yomg'ir kabi oqmoqda ko'z yosh, Qani endi kelmasaydi kuz hech qachon...! sher zur ekan menga yoqdi.rahmat
| |
|
| | Sana: Yakshanba, 26-Сентября-2010, 00:16 | Xatlari # 53 |
Ism:
| [Chustiy]
| Maqomi:
| [Foydalanuvchi]
| Guruxi:
| [Boshlovchi]
| Postlari:
| [25]
| Xulqi: +
| [24] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Российская Федерация]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Бир пайтларги ижоддан.... [center]Чўчқа гўштини истеъмол қилиш[/center] Ҳозирги кунда нафақат мусулмонлар балки бошқа дин вакиллари ҳам, чўчқа гўштини истеъмол қилиш ҳам диний томондан, ҳам тиббий томондан хавфли эканлигини тан олишмоқда. Кўпгина уламолар ва тиббиёт олимлари ва соҳа мутахассислари, кишилар чўчқа гўштини истеъмол қилмаслик учун турли хил ваъз насиҳатлар, мақола ва китоблар билан одамларни огоҳлантириб келишмоқда. Тиббиёт нуқтаи назаридан ҳам чўчқа гўштини истеъмол қилиш нақадар хавфли эканлигини ва чўчқа гўшти сабабли кишилар турли хил юқумли, хавфли ва тузалмас дардга чалиниши мумкинлигини шу соҳа вакиллари таъкидлашади. Шулардан баъзиларини ҳукмингизга ҳавола этсак. CLONORCHIS SINENSIS – кишини сариқ касал бўлишига сабаб бўлади PARAGOMINES WESTERMANI – ўпкадан қон кетишига олиб келади. SCHITOSOMA JAPONICUM – киши миясига ва бошига қурт тушиши сабабли, кишини флаж ёки ўлимга етаклаши мумкин, шунингдек анимияга ҳам олиб келади. METASTRONGYLUS APRI – ўпка йиринглаши ва бронхитга сабаб бўлади. TOXOPLASMA GOUNDII – бу касаллик ўта хавфли бўлиб касаликка чалинган онадан туғилган фарзанд, кўпинча туғилганидан бир неча кун ўтгач вафот этиши мумкин, яшаб кетганда тақдирда эса кўзи кўр, қулоғи кар бўлиб қолиши мумкин. Ёши катталарда эса жигар шишиши билан бирга сурункали безгак тутишига, пневмания, менингит, кўз хиралашишига ва эшитиш қобилиятини пасайишига сабаб бўлиши мумкин. Чўчқа гўштини истеъмол қилувчилар, чўчқа гўштида ва ёғидаги холестерин сабабли ҳамиша қон босимлари баланд бўлади. Шунингдек, Русияни “Труд” рўзномасининг 26.08.2005 йил № 157-сон, “Чўчқа гриппи, парранда гриппидан хавфлироқ” сарлавҳа остида берилган мақоласида 2003- йили чўчқа гриппи Хитойда 347 кишининг хаётига зомин бўлганини ва чўчқа гриппи парранда гриппига нисбатан анча хавфлироқ эканлигини чоп этишган. Бундан ташқари, Америкалик олимларнинг шов-шувли изланишига кўра, чўчқа гриппи, 1918-1919 йиллар 20 миллиондан зиёд (бошқа манбаларда дунё бўйлаб 50-100 миллионгача ёки ер аҳолисини 2,7-5,3% хам дейилган) кишини ҳаётига зомин бўлган ва 400 миллион киши ёки Ер аҳолисини 21,5% касалланган. Авваллари бу вирусни «испанка» деб аташган бўлиб, бу “А” вирусига жуда ҳам яқин бўлган. Кейнроқ 1930-йилда “А” вируси чўчқада бўлганлиги боис 1918-1919 йилларда, 18 ой мобайнида давом этилган эпидемияни “чўчқа гриппи” дейишган. Ўша йиллларда олимлар, чўчқа, Heladrilus foetidus, H.Caliginosus, Limbricus tetrestris, Octolasium lacteum деб номланувчи, чувалчанг турига кирувчи, ер ости қуртларини ҳам ейишини ва ўша озиқланган қуртлардан, чўчқа танасидаги, асосан чўчқа ўпкасигадаги Choerostrongylus pudenbotectus ва Metastrongylus elongates дея аталувчи қуртлар озиқланишини олимлар аниқлашган. Metastrongylus қурти, чўчқа гриппига олиб келади ва бу кассаликка чалинган чўчқа гўштини, истеъмол қилган киши соғлиғига салбий таъсир қилиши мумкин. Чўчқа гриппи жуда хам хатарли ва юқумли бўлиб, одатда чўчқа гриппига чалинган беморлардан соғлом одамларга юққан. Олимлар чўчқа гриппи ҳар 10-15 йилда қайталанишини айтиб ўтишган, бу эпидемия сабабли 1963, 1966 ва 1969 йилларда АҚШ иқтисодий йўқотиши 3,9 млрд долларни ташкил этган. [center][/center] Давоми..... http://forum.hilol.com/index.php/topic,366.0.html
|
Aql kirishi uchun, tish chiqishi shart emas | |
|
| | Sana: Yakshanba, 26-Сентября-2010, 08:41 | Xatlari # 54 |
Ism:
| [Shamol]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [269]
| Xulqi: +
| [51] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Bir_qizcha
La ilaha illallohu Muhammadur Rosululloh s.a.v | |
|
| | Sana: Yakshanba, 26-Сентября-2010, 13:12 | Xatlari # 55 |
Ism:
| [O'zbek qiz.]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [49]
| Xulqi: +
| [7] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| ALLOHIMGA AYTIB BERAMAN! Endi meni qilolmaysiz zor Chuniki mening o'z Panohim bor Qalbimga ham bersangiz ozor Allohimga aytib beraman! *** Joynamoz ustida ko'z yoshim to'kib, Sajdaga bosh qo'yib yig'lab olaman. Dardlarim borini qalbimdan to'kib, Barini Robbimga aytib beraman! *** Qarab turing bu kunlar o'tib, Bir kun men ham bahtli bo'laman. Shunda ishqni ichimga yutib, Sizni Allohimga aytib beraman!
DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR, HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK, ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR! | |
|
| | Sana: Yakshanba, 26-Сентября-2010, 13:27 | Xatlari # 56 |
Ism:
| [O'zbek qiz.]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Kuzatuvchi]
| Postlari:
| [49]
| Xulqi: +
| [7] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| "SEVGI BOZORI" Tushunmayman insonlarning sevgisiga, Avval nido songra vido aytishadi Qarab tursang ko'zlarida yolg'on yig'i Aldab-aldab so'ng unutib qaytishadi! *** Bezib ketdim shu yolg'onli tuyg'ulardan, Qarab tursang hammasida shu muammo! Navoiyning dostonida hayot bo'lgan, Layli-Majnun muhabbati ertakmi yo? *** Qoil qolsang arzir ular vijdoniga, Bugun buni,erta uni deydi yorim. O'tlar ketsin bunday sevgi bozoriga, Yakun topsin yurakdagi oh-u zorim.
DUNYONING SAFOSI-QAYG'U,SEVINCHI-ZARAR, HUZURI-TAHLIKA,NURI-ZULMAT,YOSHLIGI-QARILIK, ROHATI-XASTALIK,ZAVQI-NADOMAT VA BORLIG'I-YO'QLIKDIR! | |
|
| | Sana: Yakshanba, 26-Сентября-2010, 20:14 | Xatlari # 57 |
Ism:
| [elif]
| Maqomi:
| [Super User]
| Guruxi:
| [Ashaddiy Forumchi]
| Postlari:
| [2658]
| Xulqi: +
| [134] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Quote (Bir_qizcha) ALLOHIMGA AYTIB BERAMAN! Endi meni qilolmaysiz zor Chuniki mening o'z Panohim bor Qalbimga ham bersangiz ozor Allohimga aytib beraman! *** Joynamoz ustida ko'z yoshim to'kib, Sajdaga bosh qo'yib yig'lab olaman. Dardlarim borini qalbimdan to'kib, Barini Robbimga aytib beraman! *** Qarab turing bu kunlar o'tib, Bir kun men ham bahtli bo'laman. Shunda ishqni ichimga yutib, Sizni Allohimga aytib beraman! zur chiqibdiku qoile sizlarga
| |
|
| | Sana: Chorshanba, 29-Сентября-2010, 00:16 | Xatlari # 58 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Ustoz! Dunyoviy sevgi kimlarga hos? To'g'ri yo'lga boshlang iltmos. Qilayotgan ishim kimlarga mos? Duo qiling meni muhtaram ustoz... Istadim men haq rizosin, Istadim men bu bilan Alloh jamolin. Sekin-sekin o'rganyapman islom hayotin, Duo qiling meni muhtaram ustoz... Ketdingiz ummatim deb yig'labon, Ortingizdan qoldi Sunnat, Hadis va Qur'on. Ko'rishishlik nasib qilarmikin bir on? Duo qiling meni muhtaram ustoz... Fahrim bu meni sizni sevganim, Ummatingiz bo'lib dunyo kezganim. Otringizdan o'rganyapman Qur'on ilmini, Duo qiling meni muhtaram ustoz... Duo qiling meni doim Rasululloh, Zikr ahli bilan bo'lay suhbatda. To'g'ri yo'ldan adashtirmasin meni shayton, Duo qiling meni muhtaram ustoz... Haq yo'lida bo'lay men sobit, Sodiqlar bilan bo'lish qilarmikin nasib? Shafoatingiz menga ham bo'lsin vojib, Duo qiling meni muhtaram ustoz... Allohni asiri Asira... | |
|
| | Sana: Shanba, 23-Июля-2011, 21:49 | Xatlari # 59 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Bu dil Senga intiq Ramazon.
So'zsizlik, mangulik, gunoh u, yolg'onlar, Qalbga bersa bugun orzular. Seni intiq,intiq kutganda ko'ngil, Qayerlarda qolding Ramazon? Bu dil Senga intiq Ramazon!
Gunohlarga botdi yelkam, Yurolmadim yo'limda to'g'ri. Mangulika cho'kanda zulmat, Qayerlarda qolding Ramazon? Bu dil Senga intiq Ramazon!
Yana bugun o'tiribman, holim juda harof, Ko'ngilga sig'maydi bu go'zal dunyo. Hammasi sohtadur hammasi bari, Qayerlarda qolding Ramazon? Bu dil Senga intiq Ramazon!
Olam-olam bersalar saboq, Hech kim berolmaydi talimni guldek. So'zlarim,gaplarim o'xshamas aslo, Qayerlarda qolding Ramazon? Bu dil Senga intiq Ramazon!
Gar kelsang dunyo yorishar boqiy, Ko'ngildan chiqardi, hasad va kibr. Faqat tezro,kelaqol tezroq, Qayerlarda qolding Ramazon? Bu dil Senga intiq Ramazon!
Kutsak, Seni intiqib bizlar, Kelarsan bizga rahmating boshlab. Sendan so'rayman,so'rayman Sendan, Tezroq kelgin,kelgin Ramazon. Bu dil Senga intiq Ramazon!!!
©
|
Izox O'zgartirildi AsiRa - Shanba, 23-Июля-2011, 22:08 | |
|
| | Sana: Juma, 25-Ноября-2011, 23:16 | Xatlari # 60 |
Ism:
| [Asira]
| Maqomi:
| [NewsMaker]
| Guruxi:
| [Tezkor Forumchi]
| Postlari:
| [233]
| Xulqi: +
| [46] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Dunyo!
Dunyo sendan charchadim yetar endi bas qilgin, Sabr-toqat bilan hamma ishni past qilgin. Dunyo bo'ldi charchadim mish-mishlaring yetadi, Yuragimni qamchisini o'z qo'limga ber endi...
Qancha berib azoblar menga, Yig'latyapsan befoyda narsalarga. Charchadim dunyo sendan, Uzoq yur qolsamda behabar habarlaringdan...
Yolg'onlaring bo'ldi boshimga balo, Ketarman sen bo'larsan mendan judo, Yig'lama ortimdan o'tkinchi dunyo, Men sendan kechaman alvido...
Sen yolg'onsan, yolg'ondan yolg'on, Menga hech bermading foyda. Qarshimda yurarding, yurasan har on, Ammo tegmadi bir naf senda...
Tuhmatlaring bugun bekor, Berolmaslar menga hech ozor, Yolg'onlaring ham qilmas kor, Sen sabab bo'ldilar kimlardur beor...
Dunyo endi qo'llarim tutma, Gunoh ishlar qilishim kutma. Sening yolg'onlaringdan to'yganman dunyo. Har kungi yangi qilinglarigna etibor berma qo'yganman dunyo!!!
Izox O'zgartirildi AsiRa - Juma, 25-Ноября-2011, 23:23 | |
|
|
|