Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 3 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
SHAHSIY IJODLAR!!!
TLO
Sana: Payshanba, 08-Октября-2009, 03:08 | Xatlari # 31
Ism:
[POLAT ALEMDAR]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[518]
Xulqi: +
[70] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

_Elif_, QOYL JUDAXAM CHIROYLI



Andi_JoN
Sana: Payshanba, 08-Октября-2009, 04:47 | Xatlari # 32
CHAT MODER
Ism:
["Ziyo"]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5526]
Xulqi: +
[761] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

_Elif_ uzz yozdizmi yoki bironta erdan ug'irladizmi yana? :v :v :v



• Ҳадис
Абу Ҳурайарадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ с.а.в.: “Ким бир ўринга ўтирсаю Аллоҳни зикр қилмаса, у учун Аллоҳ томонидан нуқсон етади. Ким бир ўринга ёнбошласаю Аллоҳни зикр этмаса, унга ҳам Аллоҳ томонидан нуқсон етади”, дедилар. — Абу Довуд ривояти
ChiJiNkA
Sana: Payshanba, 08-Октября-2009, 05:27 | Xatlari # 33
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

andi_jon, 14n 14n 14n
bilmasdan gapirmeng ok oching siz 34f

Andi_JoN
Sana: Payshanba, 08-Октября-2009, 05:28 | Xatlari # 34
CHAT MODER
Ism:
["Ziyo"]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5526]
Xulqi: +
[761] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

_Elif_, men suradim halos bedanabonuuuuuuuuuuu :v :v :v



• Ҳадис
Абу Ҳурайарадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ с.а.в.: “Ким бир ўринга ўтирсаю Аллоҳни зикр қилмаса, у учун Аллоҳ томонидан нуқсон етади. Ким бир ўринга ёнбошласаю Аллоҳни зикр этмаса, унга ҳам Аллоҳ томонидан нуқсон етади”, дедилар. — Абу Довуд ривояти
rayyona
Sana: Dushanba, 02-Ноября-2009, 13:28 | Xatlari # 35
Ism:
[Rayyona]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Kuzatuvchi]
Postlari:
[54]
Xulqi: +
[20] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

MashaAlloh hammangizdan Alloh rozi bu`lsin,Ijodingizga omad bunday talant hammada ham bu`lavermaydi ilohim ku`z tegmasin.

_SOJIDA_
Sana: Seshanba, 03-Ноября-2009, 03:15 | Xatlari # 36
Ism:
[SOJIDA]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1122]
Xulqi: +
[197] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Соединенные Штаты]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Assalomu aleykum wr wb
Alloh rozi bo`lsin raxmat





ASABLAR CHARCHAGANDA DARMONDIR QURON
YURAKLAR SIQILGANDA DARMONDIR QURON
GUNOHLAR TO`KILISHIGA SABABDIR QURON
BARCHA DARDLARGA DARMONDIR QURON
ABDULLOX
Sana: Payshanba, 24-Декабря-2009, 00:02 | Xatlari # 37
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Assalamu alaykum wr wb! Ushbu maqola, ozimiz ko'rgan, o'qigan va eshitgan narsalarimiz asosida yozildi! Shu sababdan ham kamchiliklarini bizdan yutuqlarini Allohdan deb bilishingizni soraymiz! Nuqsonlar uchun oldindan uzr! Ehtirom bilan Allohning quli Abdulloh!

HAQIQIY OSHIQLIK!
Bismillahir rohmanir rohiym!

Ishq, muhabbat, sevgi…. Bugungi kunda odamlar orasida ushbu tuyg'ular xaqida qanday tushunchalar mavjud. Bu so'zlarni eshitganda ko'z o'ngimizda qanday manzara namoyon bo'ladi yoki nimalarni tushunamiz. Tan olib aytaylik, bugun sevgi muhabbatdan so'z ketsa darrov yigit va qiz o'rtasidagi ishqiy munosabatlarni tushunamiz. Chunki ko'z oldimizda Toxir-u Zuxrolar namoyon bo'la boshlaydi. Xo'sh unda ana shu «sevgi»ni ahvoli qay darajada. Yoki bugungi kunni «Layli va Majnun»lari o'rtasidagi munosabat muhabbat deb atalishga loyiqmi. Aksariyat yigit qizlarimiz bu tuyg'uni shu darajada oyoqosti qilishmoqda-ki asti qo'yaverasiz. Ishonmasangiz ana shu «dard»ga mubtalo bo'lgan yigit yoki qizdan kimni sevasan yo nima uchun sevasan deb so'rab ko'ring. Agar o'sha vaqtda Yaratganni qudrati bilan ularning tillari rost so'zdan boshqasiga aylanmay qolsa taxminan shunday der edilar:
«Yigit»ning javobi:
Men yorimga kerak bo'lsa, jonim «fido» qilarman,
Kerak bo'lsa uning uchun «yurak-bag'rim» tilarman,
Sabab shulki, undan menga foyda yetar bilarman,
Chunki u boy, g'oyat go'zal, oliynasab hurliqo,
Diyonat-u, ibodati muxim emas mutlaqo.

«Qiz»ning javobi:
Mening yorim kechirimli, yuragida mehri bor,
Kechiradi o'zga bilan yursam, tursamda takror,
Agar undan ajrab qolsam dunyo menga juda tor,
Chunki uning shinam uyi, yangi mashinasi bor,
Muxim emas ibodatdan bo'lmoqligi xabardor.

Ha ular bir-birlarini emas balki boyliklarini sevishadi. Yigit qizni ota-onasi amaldorlardan ekanligini bilgach bir ko'rishda chin oshiqqa aylanadi. Aslida esa bir bor emas bir necha bor qizni ko'rgan, xattoki qizni oilasi xaqida o'sha qizdan-da yaxshiroq ma'lumotga ega. Ular qizni boyliklarini, u bilan birga bo'lishdan o'zlariga yetadigan manfaatni yaxshilab xisoblab chiqqach «shu qizni sevib qolishim kerak» degan xulosaga keladilar. Qizlar ham bu borada orqada qolmaslik xarakatidalar. Ular imkon qadar badavlatroq oilani farzandiga to'r tashlaydilar. Laqqa baliqday to'rga ilingan «yigit»ni esa iymoni zaifligi va o'zga jins vakillariga bo'lgan qiziqishidan hoxlaganlaricha foydalanadilar. Garchi o'sha yigitni o'zlaridan tashqari bir necha ma'shuqalari bo'lsa ham baribir. Muhimi uni tagida mashinasi va hamyoni to'la puli bo'lsa kifoya. Ular shu yo'l bilan kelajak hayotlarini to'la-to'kis ta'minlamoqchi bo'ladilar go'yo. Mabodo qiz yoki yigitni otasi kasodga uchrab boyliklaridan ajrasa va egallab turgan mansabidan bo'shatilsa ularni orsidagi «sevgi»dan asar ham qolmaydi. Bu xaqda so'rasangiz ular o'zlariga yor tanlashda qattiq adashganlarini bayon qiladilar. Bular barchasi emas. Ularni ko'cha-ko'yda o'zlarini tutishlari yosh avlod ongini tamomila zaharlayapti. Xatto odamlar gavjum bo'ladigan jamoat joylarida bemalol quchoqlashib yuraveradilar. Ba'zilari esa shu darajada bir-biriga singib ketgudek qapishib oladilarki, uzoqdan ko'rsangiz «siyem egizaklar» deb o'ylaysiz ularni. Sizga maslahatim ularni tartibga chaqiraman deb xomhayol bo'lmang. Sababi ulardan shunday javoblar eshitasizki natijada o'zingizni «taraqqiyotdan ortda qolganingizni» va «madaniyatsiz, qoloq» bir shaxs ekanligingizni bilib olasiz u «madaniyatliklar» oldida. Mabodo sabringiz chidamay ularga tanbeh berib qo'ygan bo'lsangiz birinchi javobni eshitgandan keyinoq tinchgina yo'lingizga ravona bo'ling. Garchi, asabingiz buzilib, g'azabingiz qo'zigan bo'lsa ham. Agar bunday qilmasangiz ularni keyingi so'zlari chunonam «go'zal» va bag'oyat «hayoli» bo'ladiki, avvalgi so'kishlarini eshitishni orzu qilib qolasiz. Ba'zi birlari esa o'zlarini «sevgi»larini xaqiqiy ishq va xatto Alloh roziligi yo'lidagi muhabbat deb ta'riflaydilar. Avvalo Alloh yo'lida sevilayotgan insonda U Zotni rozi qiladigan sifatlar mujassam bo'lmog'i kerak. Axir Alloh yo'lida muhabbat bog'laganlar bir-birlarini gunohlar girdobiga tashlamaydilar-ku. Alloh roziligi yo'lida sevgan kishi o'z yoriga suykalish u ёqda tursin xatto salgina shahvoniy hayol bilan ham qaray olmaydi va qo'lini tekkizmaydi ham. Chunki u birinchidan Allohdan qo'rqadi, ikkinchidan esa u bunday qabix ishlarni qilish o'z yorini kamsitish, haqoratlash, undan nafsi uchun foydalanish va gunohga botirish hamda fohishalarga tenglashtirish deb e'tiqod qiladi. Alloh yo'lida sevgan kishilar sevgilariga yetisha olmasalar mard bo'lib sevgan insonlari xaqida «xaqiqatan ham uning iymon e'tiqodi muhabbatga arziydigan darajada edi, bu Alloh taoloni irodasi» deya oladilar. Yuqoridagi toifalarni muhabbatlari esa Alloh yo'lidagi sevgi u ёqda tursin xaqiqiy ishq deyishga ham arzimaydigan bir fahshdir. Agar ular o'z yorlariga yetisha olmasalar uni kamsitishga, haqoratlashga boshlaydilar. U bilan faqat ko'ngilhushlik uchungina yurganliklarini e'tirof etadilar. Va undan ayrilish natijasida paydo bo'lgan bo'shliqni to'ldirish uchun yana qandaydir bir yengiltakka sevgi izhor qiladilar. Axir ularni jirkanchliklaridan xatto hayvonlar ham hayo qilayotganlarini ko'rmayapsizmi. Ishonmasangiz «so'lim» xiyobonlarni bir aylanib ko'ring. Bu maskanlar aslida qushlar uchun xush ёquvchi toza havoli va ajoyib manzarali joylar. Lekin birorta ham qushni uchratmaysiz u yerda. Chunki ular bu «oshiq-ma'shuq»larni so'zlashayotgan so'zlari va qilayotgan amallaridan hayo qilib xush ko'rmasalarda majburan dala-dashtlarga chiqib ketmoqdalar. Bu xususda gapirmoqchi bo'lsak gap ko'p lekin vaqt oz. Men xaqiqiy oshiqlik deganda mutlaqo bularni nazarda tutmadim. Balki men bayon qilmoqchi bo'lgan ishq shunday ishqki, faqat shu ishq oshiqlarinigina «xaqiqiy oshiq»lar deyish mumkin. Ular Alloh va Uning Rasuliga muhabbat qo'ygan oshiqlardir. Keling azizlar o'zi shundoq ham qisqa bo'lgan umrimizni behuda o'tkazmay bir iymonlashaylik!

Davomi bor InshaAlloh!



ABDULLOX
Sana: Shanba, 26-Декабря-2009, 04:42 | Xatlari # 38
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Davomi...
ROSULULLOH SAV GA MUHABBAT!
Xo'sh, biz Rasuli Akram(s.a.v.)ni sevamizmi? Agar sevsak qay darajada sevamiz? Avvalo bir kishiga muhabbat qo'ymoq uchun o'sha kishi xaqida yaxshigina ma'lumotga ega bo'lmoq lozim. Shunday ekan Payg'ambar(s.a.v.)ni sevish uchun u zoti muborakni yaqindan tanishimiz va bilishimiz lozim bo'ladi. Ammo achchiq bo'lsa ham xaqiqatki juda ko'pchiligimiz u kishi xaqlarida uzog'i bilan to'rt yoki beshtagina ma'lumotni bilamiz. O'zlarini musulmon oilani farzandi va «ummati Muhammad» deb biladigan bir qancha yoshlarimizdan u zotni siyrati sharifalari xaqida so'ralganda «ismlari Muhammad, otalarini ismlari Abdulloh, Arabistonda yashaganlar» degan kabi qisqa va soddagina ma'lumotlar bilan to'xtalib qolishganini o'z ko'zlarim bilan ko'rdim. Nima uchun u zot xususlarida ko'proq bilishga va sunnatlariga amal qilishga harakat qilmaymiz. Ammo ko'r-ko'rona duolar qilaveramiz «ey Allohim Payg'ambarimiz shafoatlarini nasib qil» deb. Shafoat qilguvchi kimligini esa bilmaymiz yoki bilganlarimiz ham yuqorida aytganimizdek uch-to'rtta ma'lumot bilan chegaralangan.
Achinarlisi esa yana ko'proq bilishga harakat ham qilmaymiz. Farzandlarimiz ham o'zimizdan qolishmaydi bu borada. Agar farazan «dushmanlari qalbiga bir oylik masofadan turib qo'rquv sola olgan tarixiy shaxs kim?» deb test savoli berilsa maktab tugul ancha-muncha o'quv yurtlarini o'quvchilari ham «Muhammad(s.a.v.)» degan variant xususida o'ylab ham ko'rmaydilar. Ishonmasangiz farzandingizdan Muhammad(s.a.v.) xaqlarida nima bilasan deb so'rab ko'ringchi, nari borsa besh yoki oltitagina ma'lumot olasiz. Ammo biror bir mashhur xonanda xaqida esa eng mayda-chuyda ikir-chikirlargacha biladi o'sha farzand. To'g'ri avvallari u zot xaqlaridagi ma'lumotlarni ko'pi arab tilida bo'lgandir, lekin hozirgi kunimizni o'zida bir nechta siyrat xaqida kitoblar chop etildi. Endi yana qanday bahonamiz bor. Nima uchun oldi-qochdi hikoyalar o'qishga vaqt ajratamiz-u siyrat kitoblarini biridan aqalli uch-to'rt sahifa o'qishga vaqt topa olmaymiz. Nima uchun allaqanday bir betayin kinoyulduzni hayotida ro'y bergan voqealarni miriqib tinglaymiz-u siz va bizni deb tinmay ko'zyosh to'kkan, ohirgi lahzada ham «ummatim» degan zot Rasuli Zishon(s.a.v.) janobimiz xaqlarida gapirilganda cho'zilib ketdi deymiz. Nima uchun bizga ozginagina yaxshilik qilgan insonni har ko'rganimizda salom berib takror-takror rahmatlar aytamiz va bunday qilmaslikni odamgarchilikdan emas deb bilamiz-u lekin bizlarni deb farzandlaridan kechgan Rasuli Amin(s.a.v.)ni muborak ismlarini eshitganimizda xech yo'q bir bora salom yo'llamaymiz va bu holatimizni odamgarchilikdanmi yo yo'qmi o'ylab ham ko'rmaymiz. Nega xatto Rasululloh(s.a.v.)ga minbar yasab berilganda yig'lagan bir ustunchalik emasmiz.
U zot o'z hadisi shariflaridan birida marhamat qilib aytadilar-ki: «Sizlardan birortangiz to men unga ota-onasidan, bolasidan va odamlarning barchasidan mahbubroq bo'lmagunimcha komil mo'min bo'lolmaydi» deb. Mashhur olimlardan birlari ushbu xadis sharxida «Ushbu xadisdagi muhabbatdan murod ota-ona yoki bolaga bo'ladigan mehr-shafqat ham emas, boshqa insonlarga nisbatan bo'ladigan ishq ham emas. Balki, mahbubga nisbatan fidokorlik va har bir narsani qurbon qilishga tayyor turish xamda mahbubning amrini bajarib, uning roziligini topishga urinishdir» deganlar.
Rasululloh(s.a.v.)ga bo'lgan muhabbatni eng yuksak cho'qqisi u zotni ashoblarida namoyon edi. Sahobalar u zotni shu darajada qattiq yaxshi ko'rishar edi-ki, agarda ozgina xafa qilib qo'yishsa bu keng dunyo ularga torlik qilib qolardi. Oralarimizda «inson boshqa bir insonni bu darajada yaxshi ko'rishi amri mahol, axir qanday qilib» deguvchilar ham yo'q emas. Biz ularga quyidagi savollar bilan murojaat qilmoqchimiz. Siz shunday fikrda ekansiz xo'sh unda insof bilan aytingchi Abu Bakr(r.a.)ni oyoqlarini ilon chaqqanda chidashga majbur qilgan va otalari islomga musharraf bo'lganlarida ko'zlariga yosh to'lgan holda «qaniydi otamni o'rnilarida sizni amakingiz Abu Tolib bo'lsaydi yo Rasululloh» deyishlariga sabab bo'lgan shu muhabbat emasmidi? U zotni vafotlaridan keyin azon aytishga chog'langan ammo azonni «Muhammad Allohning elchisidir» degan jumlasiga kelganda o'zini yig'idan to'xtatolmay tizzalari bilan yerga qulagan Hazrati Bilol(r.a.)ni muhabbatiga nima deysiz? Yoki Uxud jangi kuni Rasuli Akram(s.a.v.)ni o'zini tirik jasadi bilan dushman o'qlaridan yopib turgan, ketma-ket o'qlar yomg'iri tanasiga kelib sangchilganda ham joyidan qimirlamagan Abu Dujona(r.a.)ni sabriga sabab emasmidi bu muhabbat? Yo bo'lmasa Rasululloh(s.a.v.)ni vafotlarini eshitib es-hushini yo'qotgan va u zotni vafotlariga ishona olmay «kim Muhammadni o'ldi desa boshini tanasidan judo qilaman» deb o'zini qo'yarga joy topolmagan Hazrati Umar(r.a.)ni samimiy muhabbati xaqida xech o'ylab ko'rganmisiz?
Musulmonlarni kuch qudratini o'rganish uchun kelgan dushman ayg'oqchilari o'z boshliqlarini oldiga borib «musulmonlar juda ozchilik, boz ustiga tuzukroq qurollari ham yo'q, ammo ularni o'zlariga bir necha barobar ko'p qo'shin bilan ham yengib bo'lmaydi. Sababi ular o'z boshliqlarini shu darajada ehtirom qilyaptilar-ki tupursa tupugi yerga tushmayapti, soch oldirsa har bir tolasigacha talashyaptilar» deb bayonot berganlarini bilasizmi?

Xullas sahobalarni Rasululloh(s.a.v.)ga nisbatan bo'lgan muhabbatlari ta'rifini gapirish bilan tugatib bo'lmaydi. Bizlar ham ulardan o'rnak olishga harakat qilmog'imiz lozimdir. Farzandlarimizga ham u zotni imkon qadar ko'proq tanitishdan, hayotlari va xulqlari xaqida so'zlab berishdan aslo erinmaylik. Har duolarimizda u zotni shafoatlarini so'rar ekanmiz avvalo o'zimiz shunga loyiq ummat bo'lishga harakat qilaylik. Biz qiziqsak bas, axir hozirgi kunimizda bu borada izlanish uchun keragicha imkoniyatlar mavjud alhamdulillah! U zoti muborakka salovat aytishni esa kundalik vazifa qilib olaylik.
Rivoyatlarda kelishicha farishtalarni ichida bir farishta bo'lib jamiki narsalarni xisob-kitob qilib adadini chiqarib turish uning zimmasiga yuklangan ekan. Xatto jamiki qum zarralari-yu suv tomchilarini xisobini bilarkan. Ana shu farishta Muhammad(s.a.v.)ning ummatlaridan biri u zotga bomdod va asr namozidan so'ng salovat aytsa unga beriladigan savobni xisoblab turar ekan. Qachonki o'sha bandani aytayotgan salovatlari soni o'ntadan oshadigan bo'lsa ana shu farishta ham qancha savob berilayotganiga aqli yetmas, hisoblay olmas ekan. O'ylab ko'ring jamiki qum zarralarini sonini biladigan farishta-ya. Xulosa shuki o'zini Muhammad alayxissalom ummatidanman deb hisoblovchi xar bir shaxs u zotni sunnatlariga ergashmog'i va qalbidagi muhabbatni eng yuksak shu'lalarini u kishiga bag'ishlamog'i lozim. Shundagina qiyomat kunida u zot Allohni izni ila biz bechora ummatlarini shafoat qiladilar inshaalloh!

Davomi bor InshaAlloh!



ABDULLOX
Sana: Shanba, 09-Января-2010, 14:31 | Xatlari # 39
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Davomi...
ALLOH TAOLO GA MUHABBAT!
Allohni sevish--haqiqiy oshiqlik, sevgini eng go'zal namunasi, muhabbatning ta'riflashga til ojiz turi. Allohni sevish—begunoh farishtalardan ham mukarram bo'lish va butun olamlar Robbisini sevgisiga musharraf bo'lmoqlikdir. Allohni sevish—o'zini bilgan banda uchun ikki dunyoda ham eng ulug' sharaf, eng katta saodatdir. Bu muhabbat shaydolarini Robbilarini roziligi va visolidan boshqa biror narsa qiziqtirmaydi. Chunki ular bu dunyoni jamiki ne'matlarini yig'ishtirib kelsa ham uning oldida bir chaqalik qiymati bo'lmagan, ozginasi bu dunyoni barcha mashaqqatu-rohatlarini unuttirib yuboradigan, tengsiz lazzat bahsh etadigan «ishq sharobi»dan simirgan kishilardir.
Allohning chin oshiqlaridan biri bo'lmish Robia'i A'dviyyani duolari ni eslang. «Ey Allohim meni do'zaxingdan qo'rqib ibodat qilayapti desang mayli do'zaxing bilan azobla. Agar jannat umidida ibodat qilmoqda desang mayli jannatingga ham kiritma. Meni qilayotgan ibodatlarimdan maqsadim faqat va faqat Seni jamolinga yetishish uchundir. Ey Robbim meni O'z jamolingni ko'rishlikdan bebahra qilmagin!» Allohni sevish xaqir bir suvdan yaralgan insonni shunday maqomlarga ko'tarar, ikki dunyoda ham saodatmand aylar ekan xo'sh unda Alloh taoloni qanday qilib seviladi. Bu sevgiga yetishish uchun nimalar qilmoq lozim. Bizning maqsadimiz ham ana shu muhabbatga erishishni eng asosiy sabablaridan ba'zilarini imkon qadar chiroyli tarzda bayon qilib bermoqlikdir. Demak maqolani qolgan qismini yanada yaxshiroq e'tibor bilan o'qib chiqishingizni tavsiya etamiz.
Gunohni tark qilish.

Bu maqsadga yetishishni eng muxim omillaridandir. Zero sevgi gulini emin-erkin o'smog'i uchun uni yon-atrofini o't-o'lanlardan tozalamoq lozim. Avvalo inson qilayotgan xar bir gunohini zarrasigacha yozilib borayotganini va buning uchun javob berishini chin qalbdan his qilishi kerak. Insondan qanday va qay tarzda gunoh sodir bo'lishidan qat'iy nazar o'sha vaqtni o'zida bu ma'siyatga to'rtta guvoh xozir bo'ladi. Bu guvohlarni shay bo'lishi shak-shubhasiz xaqdir. Chunki ular Qur'oni Karim oyatlari ila sobit bo'lgan guvohlardir.
Birinchi guvoh: Ma'siyat sodir etilgan manzil ya'ni Yer. Yerning qaysi qismida gunoh qilingan bo'lsa aynan o'sha qismi qiyomat kunida gunohkorni qarshisida guvoh bo'ladi. Dalil: «…ana o'sha kunda Yer o'z xabarini so'zlar»(Zalzala 4) Ushbu oyati karimani Nabiy(s.a.v.) sahobalariga «yerni ustida odamlardan nima amallar sodir bo'lgan bo'lsa qiyomat kuni yer o'shalarga guvohlik berib bayon qilib beradi» deb tafsir qilib bergan ekanlar. Hozirgi kunimizda televizor, magnitofon va radio kabi fan va texnika yutuqlarini mahsuli kirib bormagan xonadonni o'zi bo'lmasa kerak. Ana shu matohlar albatta yer jinsidan bo'lgan, yerdan qazib olingan narsalardan tayyorlangan. Ular odamzot hayotini eng mayda-chuyda ikir-chikirlarigacha batafsil bayon qilib beryapti. Demak qiyomat kunida Allohning izni yerni tilga kirishi va guvohlik berishi aqlga sig'maydigan narsa emas ekan.
Ikkinchi guvoh: Insonning o'z a'zolari. Insonning qilgan amallariga o'zgalar emas balki o'zining a'zolarini guvohlik beradigan qilib qo'ygani ham Alloh taoloni naqadar odil Zot ekanligiga dalolat qiladi. Dalil: «Bugungi kunda ularni og'izlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qo'llari so'zlar va oyoqlari guvohlik berur»(Yaasiyn 65). Bu oyati karimada hajm jihatidan katta bo'lgan a'zolarni guvohlik berishi zikr qilinyaptimi demak qolgan a'zolarni ham guvohlik berishiga zinhor shubha qilmaslik lozim. Alloh taolo qiyomat kunida barcha a'zolarimizni faqat foydamizga guvohlik bermoqliklarini nasib aylasin. Omiyn!
Uchinchi guvoh: insonning ikki yelkasidagi farishtalar. Inson qilgan ma'siyatlaridan tonolmaydi va o'zgalarga ham sololmaydi. Uni nima amal qilganiga begunoh farishtalar ham guvohlik berib tursalar qanday ham tona olardi. Dalil: «…(ular nomai a'molga) yozuvchi ulug' zotlardir. (ular) siz qilayotgan ishlarni bilurlar»(Infitor 11-12) va «Vaqtiki, ikki kutib oluvchi o'ngda va chapda o'tirgan hollarida kutib olurlar. Biror so'z aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar»(Qof 17-18). Ushbu ikkala oyat ham farishtalardan ikkisi doimo inson bilan birga ekanliklarini ta'kidlamoqda (ayrim holatlardan tashqari). Shunday bo'lgach biror amal u ёqda tursin insonning og'zidan chiqqan bittagina lafz ham ularni e'tiboridan chetda qolmaydi, darrov yozib qo'yadilar. Aslida Alloh taolo bandasini xisob-kitob qilishda bu farishtalarni yozuvlariga aslo muhtoj emas. Chunki Uning O'zi xammasini ko'rib bilib turadi. Farishtalarni yozayotgan narsalari esa qiyomat kuni insonga hujjat sifatida ko'rsatiladigan nomai a'moldir. Hasan Basriy(r.a.) ushbu oyat tafsirida «Ey, odam bolasi, sening sahifang ochildi, ikki hurmatli farishta senga vakil qilindi, bittasi, o'ng tarafingdagisi yaxshiliklaringni yozadi, ikkinchisi, chap tarafingdagisi yomonliklaringni yozadi, nimani hoxlasang qilaver, ozmi, ko'pmi. Vafot etganingda sahifang berkitiladi, qabringda bo'yninga osib qo'yiladi. Qiyomat kuni shunday holda qabringdan chiqasan…» degan ekanlar.
To'rtinchi guvoh: Nomai a'mol. Nomai a'mol yuqorida zikr etilgan o'ngda va chapda turuvchi farishtalar tomonidan yozib borilgan hujjatdir. Bu hujjatda gunohi kabiralardan tortib zarra miqdoridagi yomonlikgacha, eng katta xayrli amallardan tortib zarra miqdoridagi yaxshiliklargacha bitib qo'yilgan. U ham qiyomat kunida insonning yo foydasiga yo zarariga guvohlik beradi. Dalil: «Yana sahifalar (nomai a'mol) ochilganida»(Takvir 10). Imom Ahmad ibn Hanbal o'lim to'shagida jon berish achchig'idan ingrab yotganlarida Tovus(r.a.)dan «farishtalar har bir narsani, xatto ingrashni ham yozadi» degan rivoyatni eshitibdilaru darhol ingrashni bas qilib, shu bilan to vafot qilgunlaricha qayta ingramagan ekanlar.

Xo'sh inson gunoh qilish bilan o'ziga o'zi zulm qilib qo'ygan bo'lsa, boz ustiga rad etib bo'lmaydigan darajadagi ishonchli guvohlar uning qilgan ma'siyatlariga guvohlik bersalar, endi nima qilish kerak. Bu gunohlar va guvohlardan qanday qutilish mumkin. Bu savollarga javob bitta, u ham bo'lsa tavbadir. Zero chang to'zondan so'ng shivalab ёqqan yomg'ir daraxt yaproqlariga o'rnashgan g'uborni qanday yuvsa tavba tufayli insonni gunohlari ham shunday yuviladi. Boyazid Bistomiy hazratlari bir kuni jinnixona yonidan o'tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko'rib:--Behad gunohkorman, shu kasalimga qarshi doring bormi?—debdilar. Tabib boshini ko'tarib ulgurmasidan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi: --Tavbaning tomiri bilan istig'forning yaprog'ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to'qmog'i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o'tkaz, ko'z yosh bilan yo'g'ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko'proq tanovul qil. Ko'rasan, xastaligingdan asar ham qolmaydi. Bistomiy hazratlarining ko'zlari jiqqa yoshga to'lib debdilar:--Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne-ne tabiblaring bor!!!
Alloh taolo Qur'oni Karimda «Allohga barchangiz tavba qiling, ey mo'minlar! Shoyadki najot topsangizlar» degan. (Nur 31) Ammo tavba tavba bo'lmog'i uchun chin qalbdan yolvorish bo'lmog'i lozim. Yo'qsa u til uchida aytilgan oddiy kalima bo'lib qolaveradi. Bu xaqda yana mehribon Robbmiz shunday marhamat qiladi: «Ey iymon keltirganlar! Allohga nasuh tavba qilinglar!»(Taxrim 8). Imom Navaviy ushbu oyatdagi «nasuh tavba»dan murod xaqiqiy qalbdan qilingan tavba ekanligini bayon qilib uning uchta sharti borligini aytadilar.
1. Ma'siyatdan butunlay ajrab chiqish.
2. Qilgan gunohlari uchun nadomat chekish.
3. Gunohlarni abadul-abad takrorlamaslikka azmu qaror qilish.
Agar qilingan gunoh odam bolasining xaqi bilan bog'liq bo'lsa o'z-o'zidan to'rtinchi shart yuzaga keladi.
4. Haqdor insonni yaxshilik bilan roziligini olish.
Endi mana shu shartlarni qisqagina qilib o'rganib chiqaylik. Shoyadki shunda tavbani tub mohiyatini anglab yetsak.
1. Ma'siyatdan butunlay ajrab chiqish.
Bu shartga ko'ra inson nafaqat o'sha birgina gunohni emas balki boshqa gunohlarni ham tark qilmog'i lozim. Ba'zi kimsalar kabi ko'chada ketayotgan sharmanda kiyimlar kiygan ayolga qarab «tavba, tavba bu qanday sharmandalik. Axir bu gunoh-ku» deb turib ham ulardan ko'zimizni uzolmasak, bu qilgan og'zaki tavbalarimizni o'zi ham tavbaga muhtoj bo'lib qoladi.
2. Qilgan gunohlari uchun nadomat qilish. Ya'ni qilgan ma'siyatlari uchun afsuslanish, yig'lash va nafsini shunday ishlarga boshlagani uchun malomat qilish. Tahonaviy degan zot aytadilar: «Farazan do'zax bo'lmasa ham, Alloh taoloni gunohlar uchun azoblashi xaqidagi va'idlari bo'lmasa ham o'zini «inson» deb biluvchi kishini o'ziga shuncha yaxshiliklar qilib, son-sanoqsiz ne'matlar ato qilgan Zotga yomonlik bilan isyon qilib, gunoh qilib javob berish insoniylik sha'niga mutlaqo to'g'ri kelmaydi» deb. Xaqiqattan ham bizga og'ir kunimizda bir marotaba yordam bergan shaxsni og'zimizdan bol tomizib maqtaymiz, unga yomonlik qilish u ёqda tursin ko'rganimizda salom bermaslikni ham noinsoflik, nonko'rlik deymiz. Ammo bizga son-sanoqsiz ne'matlarni bergan Zotni zikr qilishga kelganda esa tillarimiz aylanmaydi yoki tezda toliqib qoladi. Bergan ne'matlarini eslab shukr aytmoqqa esa vaqtimiz yo'q. Vaholanki Alloh taoloni bizga qilgan yaxshiliklari oldida o'sha insonni qilgan yaxshiliklari zarra qadar ham emas. Aslida o'sha yaxshilik qilgan kishining shunga buyurgan Zot ham Allohning O'zidir. U odam esa bir vositachi edi xolos. Chunki uning o'zi ham moli-dunyosi ham Alloh taoloni mulkidir. O'tkinchi dunyoni tashvishlariga shu darajada sho'ng'ib ketdik-ki go'yo o'lmaydigandek. Shayx Sa'diyning qo'yidagi misralaridan o'zimizga xulosa chiqaraylik. Zora shunda oxirat uchun ham harakat qilmog'imiz kerakligi esimizga tushib qolsa.
Kim kelsa yangi imorat soldi,
O'zi ketib, joy boshqaga qoldi.
Boshqa kishi unga qildi havas,
Bu binoni xech kim bitirgan emas.

3. Ma'siyatlarni abadul-abad takrorlamaslikka azmu-
qaror qilish
. Bu ham tavbaning asosiy shartlaridan biridir. Gunohdan nadomat chekib, tavba qilingach uni hargiz takrorlamaslik nafsni qo'lga olish uchun ham eng muhim omildir. Alloh tavba qilsam kechirar ekan-ku yana tavba qilib olarman degan xom hayol bilan gunohda bardavom bo'lish kazzoblikdir. Chunki inson shunday qilish bilan biroz oldingi tavbasini soxta ekanligini bildirib qo'yadi. Nafsni hoxishiga qarshi bora olmaslik, unga tobe' bo'lish esa tavbani takror va takror buzilishiga olib keladi. Bu xaqda So'fi Allohyorni quyidagi misralarini keltirishni lozim todik.
Hamisha havqlimiz ayshu-kulishga,
Yetishmas erta qilgan tavba tushga.
4. Xaqdor insonni yaxshilik bilan rozi qilish.
Yuqorida aytib o'tganimizdek bu shart qilingan ma'siyat odam bolasini xaqqi bilan bog'liq bo'lgan holatlarda yuzaga chiqadi. Bu Alloh taoloni naqadar adolatli Zot ekaniga dalolatki, birovni xaqini birovda qoldirmaydi. Alloh taolo O'zining yo'lida jon taslim qilgan shahidni har qanday gunohini ham kechirib yuborar ekan. Ammo o'sha shahidni zimmasida biror kishini zarra qadar xaqqi bo'lsa to o'sha banda rozi bo'lmaguncha U Zot rozi bo'lmas ekan. Bu hox moddiy hox ma'naviy haq bo'lsin. Naqadar odillik!
Mana tavbani shartlarini qisqacha o'rganib ham chiqdik. Yana shuni ham aytib o'tish kerakki, inson xech qachon noumid bo'lmasligi lozim. Mening gunohlarim juda ko'p-ku Alloh kechirarmikin degan gumon shaytoniy vasvasadir aslida. Ba'zi kimsalar bor-ki, tavba xaqida so'z ketsa «ey birodar men shunaqangi gunohlarni qilganman-ki ularni Alloh kechirmaydi» deb o'zlarini go'yoki xokisor ko'rsatadilar. Ular zoxiran juda kamtar, xokisor ko'rinsalarda botinan mutakabbir kishilardir. Chunki ular o'zlarini gunohlarini Alloh taoloni mag'firatidan ham katta deb o'ylaydilar. Xulosa shuki vafot etishimiz bilan «tavba» nomli darvoza biz uchun yopilar ekan, imkonimiz borida harakat qilib qolaylik. O'sha «tavba» nomli darvoza biz uchun berkilmasidan avval tinmay harakat qilib «tavba» nomli askarlarimizni uning ichiga shunchalik darajada ko'p kiritib yuboraylik-ki, toki ular son va sifat jihatidan «gunoh» nomli dushmanimizdan ustun bo'lib ularni birortasini ham qoldirmay qirib tashlasinlar.

Allohni g'azabidan qo'rqib, mag'firatidan umid qilib ko'z yosh to'kmoq.

Aslida bu boradagi so'zlarni tavba bobida zikr qilib o'tsak ham bo'lardi. Ammo bunday ko'z yosh o'zini musulmonman degan kishi uchun shunday qimmatbaho-ki, shuning uchun ham qisqaroq bo'lsada u xaqida alohida to'xtalmoqni maqsadga muvofiq deb bildik. Bu ko'z yosh shunday kuch qudratga egaki, qiyomat kuni insonning hamma a'zolari uning ziyoniga guvohlik berib turganida shu yosh sabab namlangan kiprikning guvohligi Allohning rahmatiga sabab bo'ladi inshaalloh! Bu ko'z yosh yana shunday xususiyatga egaki, uning bir piyolasi bilan do'zaxdan ajrab chiqqan ulkan olov barham topadi. Rasululloh(s.a.v.) o'z hadisi shariflaridan birida shunday marhamat qiladilar. «Kimki Allohdan qo'rqib yig'lasa ko'krakdan chiqqan sut qaytib ko'krakka kirmaguncha u jahannamga kirmaydi», ya'niki ko'krakdan chiqqan sut qaytib ko'krakka kirmaganidek u ham jahannamga kirmaydi deyilmoqchi. Keling yaxshisi bu borada ham yaqin o'tmishimizda yashab o'tgan islom olamining ko'zga ko'ringan olimlaridan biri Mavlono Haq Abrorul Sohib(r.a.)ni fikrlari bilan kifoyalanamiz. U zot aytadilar:«Bizning yurtimiz Hindistonning bozorlariga inglizlar olib kelgan narsani nomini «import» deydilar. Uning sifati yuqori va o'zi kamyob bo'lgani uchun narxini juda baland qo'yadilar. Xuddi shuningdek Allohdan qo'rqib va umid qilib to'kilgan ko'z yosh ham dargohi ilohiyda «import» kabidir. Alloh taoloni dargohida hamma narsa bor, ammo U Zotdan qo'rqib to'kilgan ko'z yosh yo'q. Sababi Uning huzuridagi farishtalar gunohdan ma'sumdirlar. Shuning uchun ham Alloh taolo faqatgina O'zidan qo'rqib va umid qilib to'kilgan ko'z yosh narxini judayam baland qo'ygan.»

Ahli muhabbatlar bilan birga bo'lish.
Haqiqiy oshiqlikka yetishish uchun eng asosiy shartlardan biri ham shudir. Chunki ahli muhabbatlardan ya'ni Allohni do'stlaridan juda ko'p narsalarni o'rganish, ularni fayzli va foydali suhbatlaridan bahramand bo'lish mumkin. Bu suhbatlar esa inson uchun ma'naviy ozuqadir. Axir qozonga yaqin borsangiz qorasi yuqadi-ku, nahot endi bir ahli muhabbat qozonchalik bo'lmasa. Endi o'z-o'zidan savol paydo bo'ladi, ahli muhabbatga ergashish kerak deyapmizu o'zi bugungi kunimizga kelib Allohning do'stlari qolganmi? Avvalo eslatib o'tishimiz lozimki Alloh taoloni kalomi Qur'oni Karim «mo''jizai holida»dir. Ya'ni abadiy turguvchi mo''jiza. Shuningdek uning ichidagi xukmlari ham zamon o'zgarsada aslo o'zgarmaydi va eng muhimi barcha zamon hamda makonga mos kelaveradi. Tinimsiz rivojlanib borayotgan fan va texnika ham Qur'on mo''jizalari oldida ip esholmayapti va bundan keyin ham shunday bo'lishiga shak-shubha yo'q. Ana shu abadiy turuvchi Qur'oni Karimda shunday marhamat qilinadi: «Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qiling va sodiqlar ila birga bo'ling»(Tavba 119). Alloh taolo sodiqlar, yaxshilar bilan birga bo'lishni buyurmoqdami, demak qayerdadir yaxshilar bor. Ularni topa olmasak bu bizni aybimiz. Ana o'sha ahli muhabbatlar borligi sababidan bizlar tinch omon yashab turibmiz. Biz yuqorida nomlarini tilga olgan Mavlono Haq Abrorul Sohib o'zlarini ilm xalqalarini birida ahli muhabbatlar bilan birga bo'lish xususida so'zlab shunday debdilar: «Ey, tolibi ilmlar! Sizlardan qay biringiz Allohga oshiq bo'lishni istasa ahli muhabbatlardan birini topib uni huzurida qirq kun turib, uni buyurgan vazifalarini bajarsin. Agar shu muddat ichida u aytgan amallarni chin ko'ngildan bajarib o'zi ham ahli muhabbatga aylanmasa, qiyomat kunida meni ёqamdan tutadi». Bu gaplarni eshitib turgan tolibi ilmlardan biri «qirq kun kifoya qiladigan bo'lsa, avliyo bo'lish juda oson ekan-ku» deb hayolidan o'tkazibdi. Uning bu fikrlarini Allohni izni ila karomatan sezib turagan ustoz: «Ey, inson shunchalik ham nodonmisan. Axir ko'rmayapsanmi go'nglarni titib yurgan bir tovuq yigirma bir kun tuxum bosib o'ziga o'xshagan jo'ja chiqazib qo'yyapti. U qanday avliyo ekanki, sidqidildan harakat qilgan bir tolibi ilmni qirq kun ichida ham o'ziga o'xshata olmasa» debdilar. Buni eshitgan tolibi ilm hayolida yana shunday fikrlabdi: «O'ziyam juda olim odam ekanmi, misolini go'zalligin qara». Uning bu fikrlarini ham sezib turgan ustoz:«misolimni go'zalligiga hayron bo'lib qolmagin. Agar tuxum ham tovuqni ostidan tashqariga chiqib qoladigan bo'lsa palag'da bo'lib qoladi. Shart shuki, sen ham ustozingdan hargiz ajramaysan. Yo'qsa tuxum kabi barcha harakatlaring xabata bo'ladi» degan ekanlar. Xo'sh ahli muhabbatlar borligiga iymon keltirdik. Ular bilan birga bo'lishdan foyda olishimizga ham ishonchimiz komil bo'ldi. Lekin yana savol tug'iladi-ki, xaqiqiy oshiqlarni soxtalaridan qanday ajratib olamiz. Axir bugungi kunimizda hamma ham Alloh taologa oshiqlikni, qalbida U Zotga nisbatan cheksiz muhabbat borligini da'vo qiladi. Bu savolni javobini ham eng mehribon Zotning O'zi kalomi sharifida bayon qilib bergan.
«Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan kim dinidan qaytsa, Alloh albatta O'zi sevadigan va ular ham Allohni sevadigan qavmni keltirur. Ular mo'minlarga xokisor, kofirlarga qattiqqo'l, Allohning yo'lida jidu-jahd qilurlar. Bu, Allohning fazli bo'lib, hoxlagan odamiga beradir. Alloh fazli-karami keng va biluvchi Zotdir»(Moida 54). Mana shu oyati karimani imkon qadar o'rganib chiqsak ahli muhabbatlar qanday bo'lishlarini bilib olamiz inshaalloh!
«Ey, iymon keltirganlar!...»
Bu xitobdan bilishimiz mumkinki, ushbu so'zlar faqat musulmonlargagina qaratilgandir. Demak ahli muhabbatlarni boshqa din vakillari orasidan axtarish befoyda.
«…Sizlardan kim dinidan qaytsa…»
Ya'ni islomdan yuz o'girib boshqa dinni tanlasa. Bunday kimsalar yurtimizda ham ko'plab uchramoqda. Ular missionerlarni puch va'dalariga ishonib eng haq va musaffo dindan bemalol qaytmoqdalar. Qarabsizki, yetti pushti musulmon bo'lgan shaxs bir lahzani o'zida murtad bo'lib turibdi-da. Eng achinarlisi esa arzimagan moddiy manfaat uchun Allohni dinidan yuz o'girmoqdalar. Bularni ko'plari aslida din nimaligini ham tushunmaydilar. Agar ular tavba qilmay, islomga qaytmay murtad hollarida vafot etsalar do'zaxga tushishlari muqarrardir. Ular yana shuni ham bilib olsinlarki, islomdan qaytganlari bilan unga hech qanday zarar keltira olmaydilar. Balki faqat va faqat o'zlariga zulm qilgan bo'ladilar.
«…Alloh albatta O'zi sevadigan…»
Ahli muhabbatlarni alomatlaridan biri shudir. Ularni qalblariga Alloh O'z muhabbatidan nasiba solgan. Ular doimo o'z mahbublarini roziligini topish uchun harakat qiladilar. Bunday sevgiga erishgan odamni qalbi pok, beg'araz bo'ladi. Ular dunyodagi har bir narsaga hikmat nazari bilan qarab undan ibrat olishga harakat qiladilar. Allohni mahbubi bo'lishdan ham yuksakroq baxt bormi ikki dunyoda. Bunday muhabbatga erishgan banda qanday ham saodatmanki, uni butun olamlarni yaratgan Zot sevsa. Ha, o'zini bilgan inson uchun bu sevgi dunyodagi barcha muhabbatdan oliydir!
«…va ular ham Allohni sevadigan qavmni keltirur…»
Allohning sevgisiga erishgan bandalarning o'zlari ham U Zotni sevadilar. Ha, bu ikki taraflama bo'lgan xaqiqiy muhabbatdir. Endi bu bandani o'tkinchi dunyoni na rohatlari va na mashaqqatlari qiziqtiradi. Balki ular bu ishqdan mast bo'lib suyuklisini rozi qilmoq va Uning visoliga yetmoq uchun har narsaga tayyor turadilar. Agar visolga yetishish yo'lida jon bermoq kerak bo'lsa xech ikkilanmay unga ham rozi bo'ladilar. Inson o'ziga o'xshash ojiz bir insonni muhabbatiga erishsa o'zini qanchalar baxtli, saodatli his qiladi. Ahli muhabbatlarni sevgilari, baxtlari va saodatlarini vasf qilmoqqa til ojiz. Axir o'ylab ko'ring ular oddiy bir basharni emas, butun olamlar va odamlar Robbisini sevgisiga musharraf bo'ldilar. Butun vujudlari bilan U Zotni sevdilar va o'zlari ham sevildilar. Allohim biz gadolarni ham shunday ishqqa mubtalo et! Omiyn!
«…Ular mo'minlarga xokisor…»
Mana ularning yana bir go'zal sifatlari. Ular mo'minlarni oldida o'zlarini xokisor, kamtar va tavozu'li tutadilar. Birodarlariga xech qachon mutakabbirlik qilmaydilar. Ularni bu holatlari aslo riyokorlik yoki pastlik emas. Balki bu samimiy hislat, diniy birodarlariga cheksiz hurmatdir. Alloh taolo ularning qalblaridan kibr, riyo, xasad va shunga o'xshash razilliklarni ko'tarib yuborgan. Dunyoviy podshohlar bir mamlakatni bosib olsalar undagi obro'-e'tiborli kishilarni vazifasidan olib ularni o'rniga o'zlariga tegishli bo'lgan kishilarni tayinlaydilar. Tamomi podshohlarni podshohi va yaratuvchisi bo'lgan Alloh taoloni muhabbati ham bir qalbni egallaydigan bo'lsa, undagi axloqi zamimalarni yo'qotib ularni o'rniga axloqi hamidalarni joylashtirishi shubhasizdir.
«…kofirlarga qattiqqo'l…»
Aksincha kofir kimsalar oldida viqor, salobat va ulug'lik kasb etadilar. Bu ba'zilar o'ylaganlaridek badxulqlik emas. Zero bashariyatning eng afzali bo'lmish Rasuli Akram(s.a.v.) ham kofirlarni oldida viqor bilan turar va viqor bilan yurar edilar. U zotning ashoblari ichida eng yumshoq fe'lliklaridan birlari Abu Bakr(r.a.) ham mushriklar bilan ro'baro' bo'lganda juda ham jasoratli va salobatli bo'lib ketardilar. Rasululloh(s.a.v.) o'z xadislarida «Mutakabbirga mutakabbirlik qilmoq sadaqadir» deganlar. Bundan murod mutakabbirga oyna kabi o'zining qilayotgan ishining naqadar xunuk ekanligini ko'rsatib qo'yishdir. Shoyad buni ko'rib kibr qilishdan voz kechsa. Ta'kidlab o'tmoq lozimki bu yerda shaxsiy munosabat xaqida so'z ketmayapti balki din xususidagi aloqalar nazarda tutilmoqda.
«…Allohning yo'lida jidu-jahd qilurlar…»
Ya'ni Alloh taoloni roziligini ko'zlab har qanday qiyinchilikka bardosh berishga tayyor turadilar. «Jihod» degani faqat qo'lga qurol ko'tarib kofirga qarshi urushish degani emas. Balki inson o'z nafsiga qarshi bora olishi ham eng go'zal mujohadadir. Alloh taoloni qaytarganlaridan qaytishda va buyurganlarini bajarishda ham qanchadan qancha zaxmatlar mavjud. Ana o'sha zaxmatlarga sabr ila bardosh bera olish ham mujohadadir. Eng asosiysi bu yo'lda allaqanday bir tiyinlik qiymati yo'q kimsalarni malomatlaridan qo'rqmaslik kerak. Bu xaqda Alloh taoloni O'zi oyati karimani davomida shunday deydi.
«…va malomatchining malomatidan qo'rqmaslar…»
Ha, ahli muhabbatlar malomatdan zinhor cho'chimaydilar. Axir malomatgo'ylar malomati hech qachon to'xtamagan va to'xtamaydi ham. Masalan bir kishi odamlarni malomatidan cho'chib, qarz havola qilib bo'lsa ham qizini orqasidan qirqta savat yubordi. U kishidan keyin to'y qilgan boshqa bir odam qirq besh yo ellikta emas, atigi bir dona savat qo'shib ya'ni qirq bitta qilib yuborsa avvalgi odamni qirqta savatini hamma gapiradi. Demak har qancha ko'p harakat va harajat sarf qilib ham malomatdan qutulib bo'lmas ekan. Chunki baribir sizdan boyroq yoki harakatchanroq odam topilaveradi. Bu dunyoviy ishlarga misol edi. Diniy ishlarda esa malomatga mutlaqo e'tibor bermaslik lozim. Malomatchilarni malomatidan qo'rqib Allohni buyurganlarini tark qilish har qanday sog'lom aql egasiga yarashmaydigan ishdir. U kimsalar kim bo'libdilarki, ulardan cho'chilsa. Ahli muhabbatlar qatorida bo'lishni orzu qilgan inson bunday quruq safsatalarga umuman e'tibor bermaydi. Chunki u Allohning muhabbatiga musharraf bo'lish yo'lida harakat qilmoqda. Alloh taoloni muhabbati esa hammaga ham nasib etavermaydi. Sababi:
«…Bu, Allohning fazli bo'lib, xohlagan odamiga beradir…»
Alloh taoloni tanlagan xos bandalaridan bo'lish naqadar ulug' baxt. Ammo betayin kishilarni malomatlaridan qo'rqib bunday saodatdan yuz o'girish eng ulkan badbaxtlikdir. Nega biz Allohni fazliga emas odamlarning maqtovlariga xarismiz. Nega qilayotgan amallarimiz bilan Allohni emas, odamlarni rozi qilishga urinamiz. Nima uchun odamlar malomat qiladigan bo'lsalar qilayotgan xayrli amallarimizdan yuz o'giramizu, butun olamlar Robbisi malomat qiladigan ishlarni takror va takror qilaveramiz. Nega? Axir U Zot fazliga olmasa qilayotgan eng savobli amalllarimiz ham sarobga aylanishi xaqiqatlarning xaqiqatrog'i emasmi. Shunday ekan keling azizlar bundan buyog'idagi hayotimizda Alloh taoloni fazlu marhamatiga sazovor bo'lishga intilaylik. Hozirgi kunimizgacha bizdan nima gunohlar o'tgan bo'lsa barchasi uchun astoydil tavba qilaylikda Robbimizni fazliga umid bog'laylik. Ushbu oyati karima yana ahli muhabbatlarni xotimalari go'zal bo'lishiga ham dalolat qiladi. Agar ularni xotimalari go'zal bo'lmaganda edi, Alloh taolo ularni dindan qaytgan, xotimalari xarob bo'lgan murtadlarni ziddiga keltirib zikr qilmagan bo'lardi. Zero «…Alloh fazli karami keng va bilguvchi Zotdir»
Nafsni tarbiya qilish.
Alloh taoloni muhabbatiga yetishmoqchi bo'lgan insonni eng katta dushmani albatta o'zining nafsidir. Chunki aynan nafs qo'lga olinsa inson o'zgalarni malomatidan qo'rqmaydi. Ma'siyatlarni ham osonlik bilan tark qila oladi va kibri o'lib Allohga chin dildan yig'lab tavba qiladi. Nafs xaqida Mujohid(r.a.) shunday deydilar. «Alloh yaratgan eng yaramas maxluq nafsdir. Chunki nafs faqat o'ziga qarshi bo'lgan narsalarni istaydi». Ya'ni biror bir yaxshi amal qilmoqchi bo'lsangiz unga og'ir keladi va uning o'rniga yomon amal qilishingizni yoki hech yo'q shu yaxshi amalni tark etishingizni istaydi. Alloh taoloni qaytarganlaridan qaytish va buyurganlarini qilish ham nafsga juda-juda og'irlik qiladi. Yaxshi amallarni ortga surish yoki umuman qilmaslikka chorlash ana shu nafsi ammorani ishidir. O'zidagi nafsi ammorani yo'qota olmagan kishidan esa mutakabbirlik ham butunlay bartaraf bo'lmaydi. Chunki Alloh taolo nafsni yaratib «sen kimsanu, Men kimman» deb so'raganida nafs kibrlanib «Sen sensan, men menman» deb javob bergan ekan. Shunday ekan nafsni tarbiya qilmoq uchun nima qilmoq kerak. Bu savolga buyuk olim va faqix Imom G'azzoliy juda chiroyli va sodda javob berganlar. U zotni bayon qilishlaricha nafsni qo'lga olishni to'rtta shartlari mavjud. Biz ana shu shartlarni imkon qadar yoritib berishga harakat qilamiz.
1-Shart: Bomdod namozini o'z vaqtida ado qilgach nafsingiz bilan shartlashib olasiz. Ya'ni unga deysizki: «ey nafsim men bugun ma'siyatlarni butunlay tark etib falon-falon yaxshi amallarni qilmoqchiman. Mabodo shu yaxshiliklardan birortasini tark etishimga yoki kichkinagina bo'lsada gunoh qilishimga sababchi bo'lsang seni jazolayman» deysiz. Va albatta bu va'dangizga sodiq qilishini so'rab Alloh taologa iltijolar qilasiz.
2-Shart: Mana nafsingiz bilan ham va'dalashib oldingiz. Endi kun bo'yi o'zingizni ikkinchi bir shaxs sifatida kuzatib yurasiz. Agar biror yaxshilikni tark qilishga yoki biror bir gunoh ishni qilishga o'zingizda moyillik sezsangniz ertalabki ahdlashuvni yodga olasiz. Shuning bilan dilingizda imkon qadar ko'proq Allohni zikr qilib yurasiz.
3-Shart: Kunni sog'-omon o'tkazib kechga ham yetib keldingiz. Endi ertalabki va'dalashuvga binoan sarxisob boshlanadi. Mo'ljallagan yaxshiliklaringizni amalga oshira olgan bo'lsangiz sizni bunga qodir qilgan Zotga shukrlar aytasiz. Agar sizdan gunoh amal sodir bo'lgan bo'lsa Allohga tavba qilib, bunga sizni boshlagan nafsingizni malomat qilasiz. Shuning bilan uchinchi shart ham o'z nihoyasiga yetdi.
4-Shart: Ertalab nafsingiz bilan ahdlashib olayotagningizda agar ma'siyatga boshlasa unga jazo berishingizni aytgan edingiz. Endi o'sha va'daga vafo qilish vaqti keldi. Lekin beradigan jazoyingiz juda og'ir ham yoki juda yengil ham bo'lmasligi lozim. Eng yaxshisi o'rtacha bo'lganidir. Bu borada buyuk olimlardan birlari Hazrati Tahonaviy degan zot o'z shogirdlariga sakkiz rakat nafl namoz o'qish bilan nafsni jazolashni buyurgan ekanlar. Ana shu shartlarga rioya qila olsangiz shayton sizga yaqinlashishga ham qo'rqib qoladi. Quyida keladigan ajoyib bir misol bilan bu bobni yakunlaymiz. Ulug' sahobiylardan Muoviya(r.a.) doimo tahajjud namozini ado etib yurar ekanlar. Kunlardan bir kuni u kishini uyqu bosib tahajjudga tura olmabdilar. Buning uchun esa butun kunni nafslarini malomat qilib yig'lab o'tkazibdilar. Kech kirgach bu tun albatta tahajjudga turishlikni niyat qilib uyquga ketibdilar. Ammo yana g'aflat bosib tahajjud vaqti kirsa hamki u zot uyquda edilar. Shunda bir kishi kelib Muoviya(r.a.)ni uyg'otib namozga chorladi. Muoviya(r.a.) bu kishini tanimay va bu yerga qanday kirganini tushunmay undan kimligini so'radilar. Shunda haligi kishi men Iblisman deb javob berdi. Muoviya(r.a.)ni hyratlari oshib «Ey, badbaxt, sen axir odamlarni yo'ldan urib, yaxshiliklardan qaytarmasmiding. Nechuk meni namozga uyg'otmoqdasan» deb so'radilar. U kishini bu savollariga shaytoni la'in shunday javob bergan ekan: «Ha, men asli insonlarni yaxshi yo'ldan ozdirguvchi shaytonman. O'tgan tunda sizni tahajjud namoziga turishingizga qarshilik qilib maqsadimga yetdim deb o'ylovdim. Ammo siz namozga turolmaganingiz uchun shunday hasrat chekdingizki, o'sha kuni Alloh taolo tahajjud namozini o'qiganingizda beradigan savobidan bir necha barobar ko'p savobni nomai a'molingizga yozdirib qo'ydi. Shundan bildimki, sizni tahajjud namozini o'qishingiz uni o'qiy olmasligingizdan ko'ra menga yaxshiroq ekan. Shuning uchun sizni o'zim uyg'otib qo'yyapman».
Ha, shayton nima qilsa hamki bizlarga yomonlik yetishini hoxlaydi. Ba'zida ixtiyorsiz tark qilingan ibodatlarga shunday nadomat qila olsak G'affor sifatli Robbimiz bizni kechirib fazlu marhamatidan bahramand etadi inshaalloh!
Mana azizlar imkon qadar Alloh taoloni muhabbatiga yetishish yo'llarini bayon qilishga harakat qildik. O'rni kelganda shuni ham aytib o'tish kerakki, yuqoridagi narsalarni bilib, tushunib olishni o'zi kifoya qilmaydi.
Balki ularga chiroyli tarzda amal qilish lozimdir. Agar bilib qo'yishni o'zi bilan ish bitganda edi Shaytoni la'in Allohning dargohidan quvilmas edi. Sababi unda uchta buyuk fazilat: obidlik, olimlik va oriflik bor edi.
Uning orifligi ya'ni farosati shu darajada ediki, Alloh taolo unga g'azab qilib dargohidan quvib turganda ham U Zotdan bandalarni to qiyomatga qadar yaxshi yo'ldan ozdirishga imkon berishlikni so'rab duo qildi. Chunki u
Rahmonning g'azabi Uning fazlidan ustun turmasligini bilardi. Olimligi ya'ni bilimdonligi shu darajada ediki, unga jamiki payg'ambarlarga berilgan ilm berilgan edi. Bu borada u xatto farishtalarga ham dars berardi. Endi uning obidligi ya'ni ibodatchiligi shunday ediki, butun yer yuzida uning boshi sajdaga tegmagan joy qolmagan edi. Lekin u shuncha go'zal sifatlar egasi bo'lsa
ham Alloh taologa oshiq emasdi. Agar oshiq bo'lganida Parvardigori olamni norozi qilib qo'yishdan qo'rqardi. O'zini yaratgan Robbisiga hech qanday savol va e'tirozsiz itoat etardi. Alloh taolo uni Odam(a.s.)ga sajda qilishga
buyurganida «men undan yaxshiman, u loydan men olovdan yaratilganmiz» deb manmanlik qilmay darhol sajda qilardi. Agar u oshiq bo'lganida shundan keyin ham aybini bo'yniga olib Odam Ato va Momo Havvo kabi «Allohim, biz o'zimizga o'zimiz zulm qilib qo'ydik, agar fazlinga olmasang holimiz harobdir» deb Allohga iltijo qilardi. Bas, u mutakabbirlik qildi va Allohni la'natiga uchradi.
Shunday ekan bilmaganlarimizni bilishga, bilganlarimizga esa amal qilishga kirishaylik. Eng asosiysi esa dastlabki yurish bizlardan bo'lsin. Hech e'tibor berganmisiz, endigina yurishni o'rganayotgan bolakayni ota-onasi uni bir joyga suyab qo'yib o'zlari nariroqqa borib oladilar va qo'llaridagi turli xil shirinligu o'yinchoqlarni ko'rsatib bolani o'zlariga chorlaydilar. Agar bola yiqilishdan qo'rqib joyidan qimirlamay turaversa ota-onasi ham o'z joylaridan qimirlamaydilar. Mabodo bolakay yiqilishdan cho'chimay ota-onasi tomon bir qadam tashlab ikkinchi qadamida yiqiladigan bo'lsa darrov yo otasi yoki onasi uni oldida paydo bo'ladilar va qo'llaridan tutib yiqilishiga yo'l qo'ymaydilar. Zero biz ham endigina yurishni o'rganayotgan go'dak kabimiz. Biz ham xar-xil malomatu qiyinchiliklardan cho'chimay Alloh tomon dadil qadam tashlay olsak albatta niyatimizga erishamiz. Mabodo yo'llarda qoqilib yiqiladigan bo'lsak ham ota-onalarimizdanda mehribonroq bo'lgan Robbimizni O'zi bizni qo'llarimizdan tutib qoladi va shundagina salomat qolamiz inshaalloh!.
Tavba qilaylik

Tavbalar qilaylik tunlari turib,
O'zimizni nochor, xokisor bilib.
Dunyoni irg'itib, bir chetga surib,
Gunohdan chiqaylik butkul ajralib.
Haqiqiy tavba-la qilib ibodat,
Bizlar ham bo'laylik ahli muhabbat!

To'g'ri gunohlarni tark qilmoq mushkul,
Lek qalovin topsak qor ham yonadi.
O'tkinchi havasdan kechaylik butkul,
Yo'qsa vujudimiz bizdan tonadi.
Haqiqiy tavba-la qilib ibodat,
Bizlar ham bo'laylik ahli muhabbat!

Ajal farishtasi kelmasdan burun
Jonimizni tortib olmasdan burun
Istig'for aytaylik tinmay tunu-kun
Yo'qsa holimizga yig'laydi maymun.
Haqiqiy tavba-la qilib ibodat,
Bizlar ham bo'laylik ahli muhabbat!

Duoda zorlanib so'rayman sendan,
Duoyim yuzimga urmagin aslo.
Haqlisan istasang barin ol mendan,
Faqat Seni sevishdan qilmagin judo.
Haqiqiy tavba-la qilib ibodat,
Bizlar ham bo'laylik ahli muhabbat!



BeBeShKa
Sana: Shanba, 09-Января-2010, 14:31 | Xatlari # 40
╭☆♡☆╯
Ism:
[Ca Ca]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[575]
Xulqi: +
[780] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Köz ochib yumgunchalik qisqadir Hayot,
Ötkinchi damlarchun qilamiz voy-dod..
Unutamiz sörashni Mag'firat, Najot
Mahsharda qutqarmas bizlarni Faryod..

Omonlikda bölib, qilib Ibodat
Iymon etagidan mahkam tutaylik..
Keling, Duolarga tilab Ijobat
Rahmdil Allohdan Shafqat kutaylik..

@KAmina

MaryGold
Sana: Shanba, 16-Января-2010, 06:51 | Xatlari # 41
Ism:
[]
Maqomi:
[Удаленные]
Guruxi:
[]
Postlari:
[]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[]
Yurt:
[]
Jins:
[]
Mukofotlar:

ABDULLOX, yaxshikan ijodlariiiz... Olloh rozi bo'sin ijodlarizga rijovla



Izox O'zgartirildi MaryGold - Shanba, 16-Января-2010, 06:51
Andi_JoN
Sana: Shanba, 16-Января-2010, 17:16 | Xatlari # 42
CHAT MODER
Ism:
["Ziyo"]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5526]
Xulqi: +
[761] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

:) rahmat



• Ҳадис
Абу Ҳурайарадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ с.а.в.: “Ким бир ўринга ўтирсаю Аллоҳни зикр қилмаса, у учун Аллоҳ томонидан нуқсон етади. Ким бир ўринга ёнбошласаю Аллоҳни зикр этмаса, унга ҳам Аллоҳ томонидан нуқсон етади”, дедилар. — Абу Довуд ривояти
ABDULLOX
Sana: Dushanba, 18-Января-2010, 22:03 | Xatlari # 43
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Kechir Allohim!

Kofir degan nom qalbim tig’laydi.
Muslimman deyishga haddim sig’maydi.
Ko’rganlar yahshi der, aslim bilmaydi
O’zingga yolvoray, eshitgil ohim
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Gunohlar dastidan bo’ldi qaddim dol,
Nafilalar qayda, hatto farz malol,
Tazarru etarman to’g’ri yo’lga sol
Tavbalar qilayin, eshitgil ohim
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Gunoh botqog’iga botib ketibman,
Yomon ko’rgan holga, o’zim yetibman,
Shuncha umr ko’rib, bilmam, netibman,
Afsusdan yig’layin, eshitgil ohim
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Tunlarim g’aflatda, kunduzlar yaldo,
Namozdan qoldirar arzimas g’avg’o,
Tirikman deyishga haqqim yo’q also,
Robbim deb yolvoray, eshitgil ohim
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Foydasiz ishlarga berildim tinmay,
Qancha vaqtim behuda o’tganin bilmay,
Bu harob holatda jonimni olmay,
Imkon ber tavbaga, eshitgil ohim
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Amru ma’ruf qildim, amal qilmadim,
O’zga aybin ko’rdim, o’zim bilmadim,
Tunlar yig’ab yurak bag’rim tilmadim
Bir Senga yig’layin, eshitgil ohim
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Har kimdan so’radim -“Dinga ne qilding?”
"Nimani o’rganding, nimani bilding?"
O’zimga demabman, “O’zing ne qilding”
Sajdada so’rayman, eshitgil ohim,
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Oyatlar o’qibman tadabbur qilmay,
Bu oyat nima der, ma’nosin bilmay,
Tog’ri yo’lga solgin o’limim kelmay
Hidoyat talabman, eshitgil ohim
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Bugun Robbim juda afsusdadirman,
Kechmasang bilmadim ne ishdadirman,
Kechirsang aniqki behishtdadirman
Kechirgil, tinglagil, eshitgil ohim
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Allohning quli Abdulloh!



Andi_JoN
Sana: Seshanba, 19-Января-2010, 17:32 | Xatlari # 44
CHAT MODER
Ism:
["Ziyo"]
Maqomi:
[Forum Moderator]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[5526]
Xulqi: +
[761] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ABDULLOX, rahmat



• Ҳадис
Абу Ҳурайарадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ с.а.в.: “Ким бир ўринга ўтирсаю Аллоҳни зикр қилмаса, у учун Аллоҳ томонидан нуқсон етади. Ким бир ўринга ёнбошласаю Аллоҳни зикр этмаса, унга ҳам Аллоҳ томонидан нуқсон етади”, дедилар. — Абу Довуд ривояти
ChiJiNkA
Sana: Shanba, 20-Февраля-2010, 22:58 | Xatlari # 45
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Kunlarimni Alloh uchun bag'ishlasaydim!

Sog'inchlik tunlar o'tsaydi,
Olam tipa tinch bo'lsaydi.
Ko'ngilda alam,armon,qayg'u bo'lmasaydi,
Kunlarimni Alloh uchun bag'ishlasaydim!

Rasulullohga chin Ummat bo'lsaydim,
Alloh bergan sinvolardan o'tib olsaydim.
Hech kimni hafa qilmasaydim,
Kunlarimni Alloh uchun bag'ishlasaydim!

Robbim bergan ne'matlarga har dam shukur qilsaydim,
Robbim buyurgan Farz,Sunnatlarni to'liq bajarsaydim.
Jannada Rasululloh bilan qo'shni bo'lsaydim,
Kunlarimni Alloh uchun bag'ishlasaydim!

Dunyo tashvishlariga ovora bo'lmasaydim,
Sevgiy-u muhabbatdan nari yursaydim.
Hamma suygan bir muslima qizcha bo'lsaydim,
Kunlarimni Alloh uchun bag'ishlasaydim!



Izox O'zgartirildi ChiJiNkA - Yakshanba, 21-Февраля-2010, 04:07
  • Страница 3 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024