Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
Zamonaviy Dajjol
ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:05 | Xatlari # 1
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!

Dajjol Haqida odamlar narsalarni bilgisi keladi man shunga buni bir mavzu hisolab shundek ochdim!

Alloh hammamizga Hidoyat bersin.Amiyn!

Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!

ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:07 | Xatlari # 2
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:


ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:07 | Xatlari # 3
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Oxir zamon haqidagi hadislarda Dajjol haqidagi ma’lumotlarni o’qib chiqsak, unda ko’pgina masalalar sirli ravishda bayon etilganligiga shohid bo’lamiz. Boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak, uning sifatlari va amallari juda xilma-xil bo’lib, Islom va Xudoning eng katta dushmani ekanligi aytilgan. Dajjol haqidagi ma’lumotlar haqida ilmoy ish olib borganlardan biri alloma Sayyid Muhammad Sadrdir. U o’zining “Imom Mahdi ”kitobining uchinchi jildida Dajjol haqida mufassal yozgan, biz bu yerda ana shu kitobdagi ma’lumotlarni qisqacha keltirmoqchimiz.

Dajjol- eng sirli tushunchal;ardan bo’li8b, hadislarda u haqida so’z yuritilganida “Odam yaratilgandan beri to Qiyomatgacha Islom uchun eng xatarli amr – bu Dajjolning kelishidir”deyilgan. Hadisda aytilgan “amr” so’zidan ma’lum bo’ladiki, Dajjol – bu ma’lum bir shaxs emas, balki butun bir madaniy, iqtisodiy va siyosiy jarayondir. Bashariyat tarixida Allohga materialistlardan ko’ra ko’proq dushmanlik qilgan toifa topilmaydi. Materialistlar nafaqat tavhid (yakkaparastlik)ni qabul qilmas edilar, balki umuman Xudoni O’zini ham inkor qilishga jur’at qilgan edilar.

ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:10 | Xatlari # 4
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Hadislarda aytilishicha, Dajjol osmonlardan yomg’ir yog’dira oladi va Yerlardan turli giyohlarni chiqara oladi. Agar bugungi kunimizni olib qaraydigan bo’lsak, g’arb davlatlaridagi ilm-fanning rivojlanishi bilan odamlar bulutlarn9i portlatish yo’li orqali yomg’ir “yog’diryaptilar”. Sodda odamlar esa mana shu fan-texnika yutuqlarini ko’rib, rostdan ham Xudo yo’qmikin, deb ikkilanishgacha boryaptilar.

ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:12 | Xatlari # 5
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol qaysi mahalladan o’tsa, agar u mahalla ahli uni qabul qilmasa, ya’ni iymon keltirmasa, usha mahalla ahlini halok qiladi. Agar mahalla ahli uniga iymon keltiradigan bo’lsa, yogingarchilik mo’l bo’lib, sigirlar ham sersut bo’ladi (barakot yog’iladi).

Zamonamizga tatbiq qiladigan bo’lsak, darhaqiqat ham g’arb davlatlari siyosatini chin dildan qabul qilib ular bilan do’stlik aloqalarini kuchaytirgan davlatlar moddiy farovon hayotni kechirmoqdalar, va aksincha, g’arb istelochilarini qabul qilmay ularga qarshi chiqqan davlatlar qiyin hayotni boshdan kechirmoqdalar va hatto berahmona qirib tashlanyapti.

Yana rivoyatlarda aytilishicha, Dajujol Xudolikni iddio qiladi va o’zini hokimi mutlaq deb e’lon qiladi. Agar bizning zamonamiznik olib qaraydigan bo’lsak, darhaqiqat ma’naviyatdan uzoq turadigan g’arb davlatlari butunj dunyo siyosatini qo’llariga olib, televideniye, radio, internet, jahon modasini tasis etish, turli konveciya va qonunlarni qabul qilib odamlarning tafakkuriga chuqur tasirini ko’rsatmoqda. Ular o’ylab chiqargan “cikularizm ” (din siyosatga aralashmasin, qonuni), “gumanizm” (insondo’sti) aslida Tavhid va dindorlikka qarshi chiqarilgan qonunlar majmuasidir.

ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:13 | Xatlari # 6
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol odamlarga suv beradi, vale u bergan suv aslida olov, va aksincha olov beradi, aslida usha olov suvdir. Hozirgi zamonda deb g’arb olami qadriyatlar (suv)deb nomlangan narsalar aslida har qanday insoniylik va qadriyatlardan uzoq razolat (olov)dir. Aksincha eskirgan va hech qanday qiymatga ega bo’lmagan xurofot (olov) deb e’lon qilingan narsalar aslida poklik, dindorlik va ma’naviyat (suv)dir.

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol bir ko’zlidir. Ya’ni ikkinchi ko’zi ko’r bo’ladi. Yana zamonamizga qaytib hadisni tahlil qiladigan bo’lsak, g’arbiylar va faqat moddiyatni qabul qiladiganlar, darhaqiqat faqat bir ko’zli maxluqqa o’xhsashadi. Nega deganda insoniyat ikki qismdan iborat, biri – ma’naviy (ruhiy) va ikkinchisi esa – moddiy. Agar bu ikki qismdan faqat birinigina qabul qiladigan bo’lsak, u holda noqis inson, yoki hadis ta’biri bilan aytadigan bo’lsak, “bir ko’zli” maxluqqqa aylanadi.



Izox O'zgartirildi _Elif_ - Shanba, 21-Ноября-2009, 23:13
ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:14 | Xatlari # 7
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol yer yuzining barcha nuqtasiga yetib boradi, ammo ikki muqaddas makonga oyog’I yetmaydi. Bu ikki makon – biri Makkatul mukarrama; ikkinchisi – Madinai munavvara.

Zamonamizda darhaqiqat g’arbiylar ideologiyasi har yerga o’z tasirini otkazdi. Ammo ikki narsaga tasirini o’tkaza olmadi va hech qachon ham bunga eriosha olmaydi. Bu yakkaparastlikyoki Tavhid (Makkatul mukarrama) va ikkinchisi nubuvvat yoki payg’ambarimizga bo’lgan iymon (Madinai munavvara)dir. Ha, Dajjol qanchalik urinmasin, hech qachon Islom diniga kuchi yetmaydi, shuning uchun Dajjolga aldanib qolmaslik uchun o’z dinimizni mustahkam o’rganib unga amal qilmoqlik lozimdir.

ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:18 | Xatlari # 8
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
Hozircha bilganlarim shular!
:)

ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:42 | Xatlari # 9
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Olamlar tarbiyatkunandasi Allohga hamdu sanolar bo’lsin. Uning rasuli Muhammadga salovot va salomlar yog’ilsin. U zoti sharif Parvardigorining vahiyini odamlarga yetkazdilar, ummatni Dajjoldan ogohlantirdilar, uning xatar va fitnalaridon omonda bo’lish yo’llarini ko’rsatdilar.

Ammo ba’d: Dajjolning ishi o’ta xatarlidir. Shuning uchun har bir payg’ambar o’z ummatini uning yomonligidan ogohlantirgan. Demakki, har bir millat uning insoniyat boshiga solajak kirdikorlaridan xabardor bo’lgan.

Хo’sh, Dajjol kim o’zi? Biz qo’lingizdagi risolada Alloh qodir etganicha bu la’nati maxluq tavsifini keltirishga harakat qildik. Avvalo shuni aytib o’tishim kerakki, bu la’natining dunyosiga yaqinlashishga har qancha harakat qilmay, qurbim yetmadi. Chunki uning dunyosi Allohning la’natiga giriftor bo’lgan qavmning dunyosi bilan bog’liq ekan. Ha, ularning olami yomonlik, faqat yomonlikdan iborat bo’lgan olam.

U qavmning tarixiga nazar tashlagan odam ularning Alloh dinini o’zgartirib, unga tuhmat va bo’hton gaplarni qo’shib yuborganlariga guvoh bo’ladi.

Shuningdek, ularning uzoq o’tmishdan to xozirgi zamonamizga qadar hiyonat, axdu vafoni buzish va boshka jinoyatlar bilan mashhur bo’lganini ko’radi. Dajjolning fitna-fasodlariga zamin hozirlaydiganlar ham ular. Shuning uchun ham Dajjolning tarixini o’rganish juda qiyin. Lekin yaqin va uzoq mavqelardan unga ishora qilishimiz, payg’ambarlarning sunnatlariga ergashib, odamlarni undan ogohlantirishimiz zarur.
Biz bu kitobda Dajjol xaqida sahih hadislarni keltirdik, shular asosida uning suratini chizishga harakat qildik. Dajjol chiqishidan oldin bo’ladigan alomatlar, uning qayerdan chiqishi, qayerga yetib borishi, qaysi shaharlarga kira olmasligi, nimaga da’vat qilishi, uning fitnalari, Masih Iso ibn Maryam bilan uchrashuvi va tobe’larining takdiri haqida hikoya qilamiz. E’tiborga loyiq joyi shuki, Dajjol haqidagi gaplar hech bir asrda odamlarni befarq qoldirmagan. har bir zamonda odamlar Dajjol bilan o’z zamonlari o’rtasidagi bog’liqlikni topishga harakat qilganlar. Bizning davrimizda ham "uchar tarelkalar"ni Dajjol bilan bog’lashga harakat qilayotganlar chiqyapti. Albatta, bu dalil-xujjatsiz bir ijtihod, xolos. Lekin, sahih xadislarda kelganidek, Dajjolning g’ayrioddiy ishlari borligini inkor qilmaymiz. Bu g’ayrioddiylik zamonaviy texnologiyaning eng yangi yutuqlari bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Yana Alloh bilguvchiroq.

Amal sahifalari ro’para qilinadigan kunda bu kitobimizni sahifamizga yozishini Allohdan so’raymiz. Omin.

ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:49 | Xatlari # 10
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

DAJJOL HAQIDAGI SAHIH HADISLAR
Dajjolning oxir zamonda chiqishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan sahih hadislarda aniq ravshan bayon etilgan.

Birinchi hadis. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Dajjolning chap ko’zi g’ilay, sochi qalin. Uning jannati va do’zaxi bor. Aslida, do’zaxi jannat, jannati esa do’zaxdir".

Yana Huzayfadan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Men Dajjolda bo’ladigan narsalarni uning o’zidan ham yaxshiroq bilaman. Uning oqib turuvchi ikki anhori bo’lib, biri ko’zga oppoq suv bo’lib ko’rinsa, ikkinchisi alangalanib turgan olov bo’lib. Agar biron kishi unga duch kelsa, olov bo’lib ko’rinayotgan anhorga kelsin. Ko’zini yumib, boshini egsin va undan ichsin. Haqiqatda u sovuq suv bo’ladi. Dajjolning ko’zi o’chib ketgan bo’lib, ustida ortiqcha eti bor. Ikki ko’zi o’rtasiga "kofir" deb yozilgan. O’qishni bilgan-bilmagan har bir mo’min uni o’qiy oladi".

Ikkinchi hadis. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasuludloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni odamlar orasida Masihi Dajjolni zikr qilib shunday dedilar: "Alloh g’ilay emas. Bilib qo’yinglar, Masihi Dajjolning o’ng ko’zi g’ilay bo’lib, bo’rtib chiqqan uzumga o’xshaydi".

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana aytdilar: "Kechasi tushimda Ka’baning yonida turgan emishman. Shu vaqt bug’doy rang bir kishini ko’rdim. U siz ko’rgan bug’doy rang kishilarning eng chiroylisi edi. Sochi ikki yelkasiga tushgan, taralgan. (Boshidan suv tomib turardi.) Qo’llarini ikki kishining yelkasiga qo’yib, Baytullohni tavof qilar edi. Men: "Bu kishi kim?" deb so’radim. "Masih Iso ibn Maryam", deb javob berishdi. Yana bir kishini ko’rdim. Sochi qisqa va jingalak. O’ng ko’zi g’ilay. Men ko’rgan odamlar ichida Ibn Qatanga juda o’xshab ketadi. Qo’llarini ikki kishining yelkasiga qo’yib, Baytullohni tavof qilardi. "Bu kim?" deb so’radim. "Masihi Dajjol", deb javob berishdi.

Uchinchi hadis. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Dajjol — g’ilay, sochi jingalak, rangi oppoq, boshi go’yoki daraxt shoxlariga o’xshaydi. U Abdul Uzzo ibn Qatan al-Хuzoiyga juda o’xshab ketadi. Haqiqatda halok bo’luvchilar (o’sha vaqtda) halok bo’ladi. U g’ilaydir. Alloh g’ilay emas".

Тo’rtinchi hadis. Abu Hurayra shunday rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Ammo zalolatdagi Masihga (Dajjolga) kelsak, uning ko’zi g’ilay, peshonasi keng, burun teshigi katta, Abdul Uzzoga o’xshab qomati ozgina egilgan". "Ey Rasululloh sollallohu alayhi va sallam! Uning menga o’xshashi menga zarar qiladimi?" deb so’radi shunda Ibn Qatan: "Yo’q. Sen musulmonsan. U kofir", deb javob berdilar Payg’ambar alayhissalom".

Beshinchi hadis. Abu Ka’b aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlarida Dajjol tilga olindi (yoki Nabiy sollallohu alayhi va sallam Dajjolni esga oldilar), so’ng u zot dedilar: "Ko’zlarining biri yashil shishaga o’xshaydi Allohdan qabr azobidan panoh berishini so’raymiz".

Oltinchi hadis. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Dajjol mashriqdan, Хuroson degan yerdan chiqadi. Yuzlari teri qoplangan sovutga o’xshaydigan guruhlar unga ergashadi".

Yettinchi hadis. Said ibn Jumhon Safniyadan rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga xutba o’qib, shunday dedilar: Har bir nabiy ummatini Dajjoldan ogohlantargan. Ogoh bo’linglar, uning chap ko’zi g’ilay. O’ng ko’zining ustida ortiqcha eti bor. Ikki ko’zining o’rtasida "kofir" deb yozilgan. U bilan ikki vodiy chiqadi. Biri jannat, boshqasi do’zax. Aslida, uning do’zaxi jannat, jannati do’zax bo’ladi. Dajjol odamlarga: "Men sizlarning rabbingiz emasmanmi? Тiriltiraman va o’ldiraman", deydi. U bilan ikki farishta bo’lib, ular ikkita payg’ambarga o’xshaydilar. Men u payg’ambarlarning ismini, otalarining ismini ham bilaman. Хohlasam, ularning ismini aytishim mumkin. Biri Dajjolning o’ng tomonida, boshqasi chap tomonida bo’ladi. U: "Men sizlarning rabbingiz emasmanmi? Тiriltiraman va o’ldiraman", deganida, farishtalardan biri aytadi: "Yolg’on aytding". Lekin sherigidan boshqa bironta inson uning (gapini) eshitmaydi. Ikkinchisi (birinchi faryashtaning gapini tasdiqlab): "Rost aytding", deydi. Mana shu narsa (odamlarga) fitna bo’ladi. So’ngra Dajjol yo’lida davom etib, Madinaga yetib keladi. "Bu o’sha kishining (ya’ni, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning) shahrimi?" deydi. Unga Madinaga kirishga ruxsat berilmaydi. So’ng Shomga yetib keladi. Alloh uni Afiq dovonida halok qiladi".

Yuqoridagi ma’nolarni ifodalaydigan, har xil rivoyatlar bilan kelgan boshqa sahih hadislar ham bor. Inshaalloh o’rni bilan, la’nati Dajjol haqidagi suhbatimiz asnosida o’sha hadislarni ham keltirib o’tamiz.

ChiJiNkA
Sana: Shanba, 21-Ноября-2009, 23:53 | Xatlari # 11
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

DAJJOLNING SIFATI
(Suratini chizishga urinish)

Uning jussasi juda katta bo’ladi. Хudolikni da’vo qiladi. Shuning uchun Dajjolning gavdasi katta bo’lishiga qaramay, ojizligi va ko’zidagi nuqsonga ishora qilib, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Alloh g’ilay emas", deb aytgan edilar.

Dajjol - inson bolasi. U jin ham, farishta ham emas. Demak, unda er kishilarniki kabi gavda va qomat bor. Odamlar singari yeydi, ichadi, uxlaydi, bedor bo’ladi, hojatga boradi, yer yuzida yuradi va ulov minadi. Хachirining ikki qulog’i o’rtasidagi masofa qirq ziro’ keladi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam Dajjolii shunday sifatlaganlarki, biz uni ko’zimiz bilan ko’rib turgandekmiz. Umumiy hadislarda kelgan vasfga ko’ra, Dajjol — jussasi bahaybat, bo’yi baland, semiz kishi. Uning kalta, quyuq va jingalak sochi bo’lib, qomati ozgina egilgan. Rangi oq, ikki ko’zi o’rtasiga "kofir" deb yozilgan. Bu yozuvni o’qishni biladigan va bilmaydigan har bir mo’min o’qiy oladi. Ikki ko’zi g’ilay. Lekin o’ng ko’zi o’ta g’ilay bo’lganidan, nursiz bo’lib ko’rinadi. Chap ko’zinnng ustida ortiqcha eti bor. (U ko’zni qoplab turadigan bir parcha teri yoki ko’zning chetidan o’sib chiqqan go’shtga o’xshaydi.) Chap ko’zi ham g’ilay. Demak, u yaxshi ko’ra olmaydi. Deyarlik ko’r yoki ko’rga yaqin. Shunday bo’lishiga qaramasdan, u yer yuzini aylanib chiqadi va hamma yoqni fasodga to’ldiradi.

Dajjoliing taxminiy surati shu. Uning yomonligidan Alloh asrasin.



Izox O'zgartirildi _Elif_ - Yakshanba, 22-Ноября-2009, 18:58
NEXEN
Sana: Yakshanba, 22-Ноября-2009, 12:46 | Xatlari # 12
Ism:
[temur jamalov]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[1]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Корея]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

KATTA RAHMAT!!!

MEN SO'RAMOQCHI BO'LGANIM BA'ZI JOYLARIDA UNG KO'ZINI TEPASIDA ETI BOR DEB YOZIBSIZLAR , BA'ZI JOYLARDA ESA CHAP KO'ZIDA SHU ERIG ANIQLIK KELTIRIB YOZINGLAR ILTIMOS BALKI ADASHIB KETGANDURSIZLAR.

AVVALO ALLH BILGVCHI . BARCHAMMIZNI ALLOH ASRASIN DAJJOL FITNASIDAN



men temur jamalov bo'laman
ChiJiNkA
Sana: Yakshanba, 22-Ноября-2009, 18:43 | Xatlari # 13
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Quote (NEXEN)
KATTA RAHMAT!!!
MEN SO'RAMOQCHI BO'LGANIM BA'ZI JOYLARIDA UNG KO'ZINI TEPASIDA ETI BOR DEB YOZIBSIZLAR , BA'ZI JOYLARDA ESA CHAP KO'ZIDA SHU ERIG ANIQLIK KELTIRIB YOZINGLAR ILTIMOS BALKI ADASHIB KETGANDURSIZLAR.
AVVALO ALLH BILGVCHI . BARCHAMMIZNI ALLOH ASRASIN DAJJOL FITNASIDAN

Assalomu Alaykum Wr Wb!
Buni man ham anigini bilmayman uzr.
Alloh bilguvchidur bilishga lekin harakat qilaman InshaAlloh!

ChiJiNkA
Sana: Yakshanba, 22-Ноября-2009, 18:55 | Xatlari # 14
Ism:
[********]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[0]
Xulqi: +
[] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Туркменистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

DAJJOL CHIQISHI ALOMATLARI
Dajjol to’satdan, biron-bir belgisiz chiqib qolmaydi. Chunki uning chiqishi juda xatarli bo’lib, qiyomatning yaqinlashganini va yerning umri tugab borayotganini bildiradi. Uning chiqishi katta fitna bo’ladi. Juda ko’p insonlar Dajjol makrining qurboniga aylanishadi, haq bilan nohaq, aralashib, insonlarning dinlari ham buzilib ketadi. Shuningdek, bu la’nati ilohlikni da’vo qilib, odamlarga: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. Shuning uchun uning chiqishi tasodif bo’lmaydi. Balki oldin alomat va belgilari zohir bo’ladi. Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xabarda u kishi shunday deganlar: "Madinada devor soyasida o’tirgan edik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xonalarida edilar. So’ng oldimizga chiqib dedilar: "Nima qilib o’tiribsizlar?" Biz aytdik: Gaplashib o’tiribmiz".
"Nima haqida gaplashyapsizlar?"
"Qiyomat haqida".

"Sizlar o’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi. Avvalgisi quyoshning mag’ribdan chiqishi, so’ngra tutun, so’ngra Dajjol, so’ngra yer hayvoni, so’ngra uch marta yer yutishi, mashriqda bir marta, Arab jazirasida bir marta (uchinchisi aytilmagan), Isoning chiqishi. Ya’juj va Ma’jujning chiqishi. Oxirgi alomat - Yamanda Adan qa’ridan chiqadigan olov. U bironta odamni qoldirmay mahsharga haydab boradi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).

Shu ma’noda Huzayfadan rivoyat qilnngan boshqa hadis ham bor: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralaridan chiqdilar. Biz qiyomat haqida gaplashib o’tirgan edik. "O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat qoim bo’lmaydi, - dedilar. - quyoshning mag’ribdan chiqishi, Dajjol, tutun, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, Iso ibn Maryamning chiqishi, uch marta yer yutiish - mashriqda, mag’ribda, Arab jazirasida, Adan qa’ridan chiqadigan olov. U odamlarni mahsharga haydaydi. Odamlar tunda uxlasalar ham, kunduz kuni mizg’isalar ham, olov ular bilan birga bo’ladi (ya’ni, ulardan ajramaydi)" (Muslim rivoyati).
Imom Qurtubiy aytadi: "Yuqoridagi hadisda qiyomat alomatlari umumiy ravishda, tartibsiz keltirilgan. Birinchi hadisda esa "so’ngra" lafzini ishlatish orqali tartib ifodalangan. Lekin Huzayfaning yana boshqa hadisida tartib aniq bayon qilingan: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralarida edilar. Biz pastroqda o’tirgan edik. Bizning oldimizga chiqib: "Nimani eslayapsizlar?" deb so’radilar. «Qiyomatni», javob berdik. "O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi, — deb (sanay boshladilar): — Mashriqdagi yer yutish, mag’ribdagi yer yutish, Arab jazirasidagi yer yutish, tutun, Dajjol, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, quyoshning mag’ribdan chiqishi, Adan qa’ridan chiqadigan olov. U odamlarning orqasidan (quvib) yuradi" ("Тazkira" kitobidan).

Hadisning ba’zi roviylari: "O’ninchi alomat — Isoning tushishi", desalar, boshqalari: "Odamlarni dengiz tomon haydaydigan shamol", deydilar (Muslim rivoyati).
Bu alomatlarning eng avvalgisi uch marta yer yutishi. Ba’zisi Nabiy sollallohu alayhi va sallam zamonlarida ro’y bergan. Abul-Faraj ibn Javziy shunday hikoya qiladi: "Iroqda juda qattiq zilizila va yer yutish sodir bo’ldi. Bu ofat tufayli ko’p xaloyiqlar halok bo’ldi".
Qurtubiy aytadi: "Ustozlarimizning biridan eshitgan edik. Andalusning sharqidagi Qatartanda degan qishloqda zilzila bo’lgan va tog’ qulab qishloqni butunlay bosib qolgan. Do’stlarimizning biri xabar berishicha, Тarsah qishlog’ida ham qattiq yer silkinishi ro’y bergan. Uylarning devor va shiftlari qulab tushgan. qishloq ahlidan juda oz sonli kishilar salomat qolganlar".

Hadisda yer xayvoni Ya’juj va Ma’jujdan oldin chiqishi aytilgan. Aslida qiyomatning birinchi alomati Dajjolning chiqishidir, so’ngra Iso ibn Maryam tushadi. Keyin Ya’juj va Ma’juj chiqadi Alloh taolo ularni bo’yniga "nag’af" qurtini tushirib, halok qilgach, payg’ambari Iso nbn Maryam sollallohu alayhi va sallamning ham jonini oladi. Iso alayhissalomdan keyin, odamlar sekin-asta islom dinini unutib boradilar. Insonlar o’zlarining avvalgi johiliy odatlariga qayta boshlaydilar. Har safar Alloh bandalariga ogohlantiruvchi (rasul) yuborib, hujjat qoim qilgandan keyin ro’y berganidek, odamlar yana kufr va fosiqlikka qaytadilar. Shunda Alloh yerdan bir hayvonini chiqaradi. U (ya’ni, yer hayvoni) mo’minni kofirdan ajratadi. Kofirlarni kufrdan, fosiqlarni fisqu fujurdan qaytaradi. So’ngra yer hayvoni g’oyib bo’ladi. Odamlarga esa ozgina muhlat beriladi. Agar ular o’z tug’yonlarida davom etsalar, quyosh mag’ribdan chiqadi. Bundan keyin kofir va fosiqlarning tavbasi qabul bo’lmaydi. Jinlar va insonlardan ibodat mas’udiyati bekor bo’ladi. Chunki Alloh taolo aytadi:

"Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim
" (Vaz-zoriyot, 56).

Agar ibodat qilish masuliyati ulardan soqit bo’lsa, yer yuzida ularning turishlari ma’nosi qolmaydi. Ulamolar shunday deb aytganlar. (Vallohu a’lam.)

O’n alomatdan biri bo’lgan tutun haqida Ali, Ibn Umar, Abu Hurayra, Ibn Abbos, Ibn Abu Mulayka va Hasaya: "Alloh taoloning ushbu:

"Bas, (ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni barchaga ko’rinadigan) tutunni keltiradigan Kunga ko’z tuting! U (tutun barcha) odamlarni o’rab olur. Bu alamli azobdir" (Duxon, 10-11), oyatida kelgan tutun o’sha alomatlardan biridir", deb aytganlari rivoyat qilingan. Yer hayvoni haqida Alloh shunday deydi:

"Qachon (kofirlarning) ustiga so’z-azob tushganda (ya’ni, qiyomat yaqinlashganida) Biz ular uchun yerdan jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo’lib qolganlari haqida so’zlar"(Naml, 82).

Mufassirlar yer hayvonini shunday ta’riflaydilar: "U juda bahaybat bo’lib, Safo tog’ining yorig’idan chiqadi. Yonidan o’tgan har bir kishi mo’min bo’lsa yuzi yorishib, peshonasida "mo’min" degan yozuv paydo buladi. Kofir bo’lsa, yuzi qorayadi va peshonasiga "kofir" deb yoziladi".
Abdulloh ibn Umariing aytishicha, "Yer hayvoni "jassosa"ning o’zidir" (jassosa haqida keyingi sahifalarda to’xtalib o’tamiz).

Alomatlarning oxirgisi Yamandan chiqadigan olovdir. Bir hadisda "Adan qaridan", deyilgan bo’lsa, boshqa hadisda "Hijoz yeridan", deb aytilgan.

Qozi Iyoz aytadi: "Ehtimol, ikkita olov odamlarni mahsharga yig’ishi mumkin yoki olov avval Yamandan chiqib, keyin Hijozda zohir bo’lishi mumkin".

Qurtubiy aytadi: "Hijozdan chiqadigan olov chiqib bo’lgan. Odamlarni mahsharga haydaydigan olov hali chiqmadi. U esa Yamandan chiqadi". Quyoshning mag’ribdan chiqishi haqida, Хudo xohlasa, boshqa o’rinda so’z yuritamiz.

"(Qiyomat) soati yaqinlashnb qoldi va oy ham bo’lindi" (Qamar, 1), oyati karimasi haqida rivoyat qilinishicha, Maisa ahli Rasulullohdan mo’’jiza ko’rsatishni so’raganlarida, ularga oyni ikkiga bo’lingan holida ko’rsatdilar, oyning ikki parchasi tog’ning ikki tomonida turar zdi. So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Guvoh bo’linglar", deb aytdilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Dajjol chiqishidan oldingi alomatlardan biri uch yil qahatchilik bo’lishidir. Odamlar qattiq mashaqqat, ochlik va faqirlik ichida qoladilar.

Hadisi sharifda shunday deyiladi. "...Dajjol chiqishidan oldin uch yil qahatchklik bo’ladi. Odamlar ocharchilikka yo’liqadilar. Birinchi yil Alloh taolo osmonga yomg’irning uchdan yerga ham o’simligining uchdan birini ushlab qolishni buyuradi. Ikkinchi yili Alloh osmonga yomg’irning uchdan ikkisini, yerga ham o’simligining uchdan ikkisini ushlab qolishni buyuradi. Uchinchi yili kelganda Alloh osmonga hamma yomg’irni ushlab qolishni amr etadi. Biror tomchi yomg’ir tushmaydi. Yerga ham hamma o’simligini ushlab qolishni buyuradi. Birorta ko’kat unib chiqmaydi. Birorta uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi, barchasi halok bo’ladi, faqatgina Alloh xohlagani bundan mustasno". "Odamlar u zamonda nimani iste’mol qilishadi", deb so’rashdi. 'Тahil, takbir, tasbeh, tahmid (aytishadi). Bular odamlarga ovqat o’rniga o’tadi", deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam (Hasan hadis. Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).



Izox O'zgartirildi _Elif_ - Yakshanba, 22-Ноября-2009, 19:03
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 22-Ноября-2009, 19:19 | Xatlari # 15
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Alloh rozi bo'lsin singiljonim sizdan, rahmat.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025