Bosh Saxifa » Sher'lar


Xikmatli so'z! Hamma narsani bilaman, deydigan odam hech nimani bilmaydi!
Qishning sovuq kunlaridan yana biri...Fayzsiz ko'chalar uning qalbi kabi huvillab yotibdi...Bu ko'chalarda u o'zini o'zga, yovuz bir olamga tushib qolganday his qiladi, hamma narsa begona, hammasi zerikarli...Go'yo shu begona olamda qachondir, nimadir sodir bo'ladiyu qolgan hayoti ham ostin-ustin bo'lib ketadi...Bor vujudiga xokim bo'lishga ulgurgan bu o'y-xayollar, endi uning yuragiga soya solishga intilmoqda. Shuning uchunmi, keyingi paytlarda yuragiga qandaydir gashlik qo'nib olgan, shu gashlik hatto "eng xursand kunida "ham ko'nglining bir chetini xira qilib turadi...Shunday deb atasa bo'larmikan?!..."eng xursand kunlari "..., qaysi kunni u eng quvonchli kuni deb atay oladi. To'gri, u uchun yaxshi kunlar ko'p bo'ldi, bunday kunlarda u, yayradi, kuldi, lekin yuragichi?...Yurakdan xursand bo'la oldimi?...Yo'q...Shunday daqiqalar bo'ladiki, yuragida qandaydir umid chechaklari bosh ko'tarib ko'kka intilib qoladi, ammo yurakning katta qismini egallab olgan cho'llardan ko'tarilgan chang-to'zonlardan esa yana qovjirab qoladi...Yana o'sha bo'm-bo'sh yurak...Yurak, uning yuragi ilgari qanday edi..., yo'q ilgari bunaqa emasdi, o'ziga tanish yoki notanish hislar bilan to'lib borayotgan edi..., yo'q o'shanda ham yuragining bir chetida kichkinagina qorongulik borligini his qilardi, xozir esa shu kichkinagina qorongulik kengayib, butun qalbini cho'lgab olgan...Uning yuragini hech narsa to'lqinlantirolmay qo'ygan, na quvonch, na shodlik, na kulfat va na gam...
Bunday yurakni nimaga o'xshatsa bo'ladi?! muzliklar o'lkasigami? yoki adog'i yo'q jazirama cho'lgami? yoki chaqmoq urib, yonib kulga aylangan o'rmonzorgami...?
Hamma aybni yurakka to'nkasak bo'larmikan?, uning o'zichi, o'zi irodasiz, qo'rqoq emasmi? ha qo'rqoq u xursandchilikdan, quvonchli kundan o'zini olib qochadi, to'grirogi qo'rqadi...Chunki u bugungi "yaxshi kun"dan keyin albatta "yomon kun " keladi deb o'ylaydi...Shu uchun "xursandchilik" ko'chasidan chetlab o'tib o'zini "tushkunlik"xiyoboniga uradi...Bu xiyobonda u yolgiz kezishni yoqtiradi...Bu xiyobonning bahor yozi yo'q, unda faqat kuz hukmronlik qiladi...kimsasiz, zerikarli va qandaydir vahimali..., ammo shunga qaramay faqat shu erdagina u o'zini xotirjam qiladi, yuragi ham orom olganday bo'ladi...

Oqila. Toshkent 2007 yil
(Davomi bor...)

: Reytingi: 4.4/14

Xikmatli so'z! O'zidan boshqa hammani yomon ko'radigan odam oxir-oqibat o'zidan boshqa hammaning nafratiga yo'liqadi.
Tun… Mening motamsaro qalbim yanglig` qop-qora, zulmat libosini kiygan va lek tinch, osuda oqshom.
Tun… Bu kecha ham ko`zlarda uyqu yo`q. Kipriklar bir-birini sog`inch bilan eslaydi, bir-birlarini shirin quchmoqlikni intiq bo`lib kutadi… biroq uyqu shahzodasi bu oqshom yana qorachiq va mujgonlar huzuriga kelishidan bosh tortadi.
Yurak bezovta, dil xavotirda. Ko`ngil…yana notinchsan. Sen-da bedor, menga-da orom yo`q.
Ko`ngil… nega buncha noziksan, erkam? Nechun? Nega o`zga qalblar kabi diydang tosh emas. Agar shunday bo`lganingda senga ham, menga ham bunchalik qiyin bo`lmasmidi?
Atirgulni gullar malikasi, deyishadi. Sen o`sha malakning harir va nafis libosidan ham nozikmisan, ey DIL?! Men- KO`NGILman. Hamisha notinch qalbman. Men pokiza tuyg`ular maskani, sevinchning qotib qolfan sho`lasiman. Jamiki mavjudotlar ichra eng aqlli, shuning bilan birga eng yovuz INSON deb atalmish zoti oliylaridan cheksiz nafratdaman. Ular meni qiynaydilar. Tuyg`ularimga o`t qo`yadilar. Meni o`z sochimga osmoqchi bo`ladilar. Yanglishadilar. Meni o`z qo`llarim bilan bo`g`ib o`ldirmoqchi bo`ladilar. Xato qiladilar.
Mening sohibam! Sendan uyalaman, o`zga ko`ngillardan nozikroq bo`lganligim uchun. Meni avf et, azizam! Sen esa yonib yasha. Munavvar kunlar kelishiga ishon. Hayotda umid o`yini tikla. Poydevori mustahkam qal`a har qanday bo`ron va toshqinlarga bardosh bergusi. Azob farishtasining sochlarini yul: toki seni ortiq qiynamasin. Ruhiy iztiroblar qasrini qulat va bu maskanni tark et! Olam…yop-yorug`…Qara…Tong otmoqda. Sutday oq tongni ikkimiz bedor qarshiladik.
…Men…Ko`ngilman. Billurday tiniq, tonggi shabnamman. Aziz sohibam! Sen quyosh bo`l! Sabot va bardoshing bilan turmushning chigal kishanlarini uz, ulardan xolos bo`l! Nurli toqating bilan meni o`zingga band et!
Men KO`NGILman. Sen esa mening pandlarimga KO`NGIL va o`zingni niyating oppoq gullariga, murodbaxsh tuyg`ulariga ko`mgil.
-KO`NGIL! Taskin top, tinchlan. Nasihatlaringga amal qilishga intilaman. Ko`ksimda sen hokim ekansan, boshqacha bo`lishi mumkin ham emas. Meni to`g`ri yo`lga boshla, meni tushun, menga ishon.
-KO`NGLIM!!! Musaffo tongni qarshi ol! Pokligi uchun unga sajda qil! Yangi tong muborak, ey, bedor DIL!!! Yangi kun muborak, ey, qutlug` INSON!!!

Muhayyo Ahmedova. Toshkent. 2007 yil.

: Reytingi: 4.3/10

Sizni uchratdim-u hayotimda ajoyib bir o`zgarish sodir bo`lganini angladim. Mana, sizni taniganim, aniqroq aytsam, sizni topganimga ham to`rt yil bo`libdi. Shu vaqt ichida siz mening xayollarim-u ko`nglimni butunlay asir etdingiz. Sevgi izhor etgan bo`lsangiz-da va bu ishqa meni osmonlarga qadar ko`targan bo`lsa-da qizlarga xos ehtiyotkorligim bois bo`lsa kerak “Yigitlarning sevgisi o`tkinchi bo`ladi, balki u bir kun kelib mendan a`lorog`iga duch kelar-u keyin meni unutib yuborar” degan o`y ko`nglimning bir chetida doim yashardi.
Bir kun shu haqda so`z ochdim. Shunda siz: “Nahotki to`rt yil ichida seni ishontira olmagan bo`lsam. Qanchalik sevishimni anglash shunchalik qiyinmi?” dedingiz bir oz og`ringanday. Sizni xafa qilmoqchi emasdim. Aslida muhabbatingiz qalbimni yorituvchi nurga o`xshaydi. Bu nur kelajak yo`llarimni ham nurafshon etib turardi. Sizni shunchalar sevamanki, yonimda bo`lsangiz ham sizni sog`inaman. Shunday bo`lsa-da na muhabbatim haqida, na sog`inchlarim haqida o`zingizga oshkora ayta olamayman. Lekin shuni yaxshi bilamanki, siz mening birinchi va yagona chin muhabbatimsiz.

Gulruh. Toshkent 2007 yil

: Reytingi: 4.1/25

Xikmatli So'z! Telbaga ta`zim qiling! Yuzta donishmand aytolmagan haqiqatni bitta telba aytadi!
Hayot har bir insonni o`zining ming bir chig`irig`idan o`tkazadi. Tubsiz tuyg`ularga berilib ketasiz. Bunday vaqtda azobu iztiroblar iskanjasida to`lg`onishdan sira cho`chimaslik lozim. Tog`ri, mashaqqatlarsiz rohat-farog`at ham bo`lmaydi. Yashashning ham o`ziga yarasha quvonchu tashvishlari bo`lishi tabiiydir.
Samo bag`rida miltillagan xira yulduzlar bugun go`yo yanada to`lishgandek. Ular sochayotgan taram-taram yog`dularda shabnam surati aks etganmi deysiz?! Tunda yog`ilgan bu tomchilar mening ko`zlarimga nogahoniy quvvat baxsh etgan. To`yib-to`yib moviy osmonga tikilaman. Yulduzchalar menga sirli so`zlarini aytishga cho`glangandek ko`z qisishadi. Yuzlarimga shabnam tomchilari urilib, qalbimga huzurbaxsh iliqlik yuguradi. Kapalak qanotlariga osilib olgan mezonday jajji yuragim u yoqdan bu yoqqa talpinadi. Dard esa vujudimni og`uga to`ldirmoqchiday yurak chetiga qadalib, asablarimni egovlaydi. Oils manzillarga beixtiyor nigoh yurak chetiga qadalib, asablarimni egovlaydi. Oils manzillarga beixtiyor nigoh qadayman. O`jar tuyg`ular bir zum tutqich bermaydi. Ortimda esa VAQT degan buyuk intiqom qasos olishga shay bo`lib turadi. Yangi niyatni amalgam oshirmoq yo`lida ezgulikka qo`l uraman. Bir zumda mashaqqatlar yo`llarimni to`sib chiqadi… Ular bilan ayovsiz kurashishga chog`lanaman. Qo`llarimni ortimga qayirib sabot va irodamning nechog`li quvvatli ekanligini mashaqqat degan oliy iztirob sinovdan o`tkazadi. Oldin unsiz yig`layman, ko`zlarimdan emas, qalbimdan yosh quyilib kelaveradi. So`ngra esa o`kirib-o`kirib yig`lay boshlayman. Qanoat yonimga tiz cho`kib irodamni o'lkan charx bilan o`tkirlaydi. O`sha onda ko`zlarimga olam yanada yorishib ketganday, yashil libosda jilva qiladi…
Bu shirin iztiroblarga qorishgan so`ngsiz tashvishlarning nogahoniy belgisidir.
G`ayrat Boboqulov.
: Reytingi: 4.6/11

Xikmatli So'z! Ayol qalbi teskari magnitga o'xshaydi: yaqinlashsang-uzoqlashadi, uzoqlashsang-yaqinlashadi.
Shu qadar shirinki, tatib ko'rging keladi. Shu qadar achchiqki, tilingni kuydiradi!
: Reytingi: 4.9/8

Xikmatli So'z! Qora qog'oz xarchand yuvgan bilan oq bo'lmaydi. Oq qog'ozni qora qilish uchun bir chiziq tortish kifoya. Qorani oqlash emas, Oqni qora qilmaslik adolatdir!
Onam aytar, yoshligimda zo`r edim mеn,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.
Bu dunyoni ko`ra olmay ko`r bo`ldim mеn,
Muhabbatdir ko`zlarimni qamashtirgan.

O`qishlarim, ishlarim ham yaxshi edi,
Rubob chalib, kuy qo`shiqda baxshi edim,
Sportning ham, kasb-hunarning naqshi edim,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.

Muhabbat dеb, o`z-o`zimdan gado bo`ldim,
Muhabbat dеb, shе'riyatda shaydo bo`ldim,
Muhabbat dеb, yor vaslida ado bo`ldim,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.

Mеn o`zimni unutibman muhabbat dеb,
Va ko`zimni ko`r qilibman muhabbat dеb,
Chin so`zimni hor qilibman muhabbat dеb,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.

Doniyor Sobirov Toshkent 2007 yil.

: Reytingi: 4.7/11

Xikmatli SO'z! Ayol mehri - asaldek totli. Ayol makri - zahardek xavfli. TESKARI HAQIQAT
Ko`ngilning manzili olis. Unga yetgunga qadar ne-ne mashaqqatlarni bosib o`tmaydi qalb. Beayov yog`ilgan bo`ronlar, qo`zg`alib qolgan shafqatsiz dovullar, halokatga giriftor etuvchi to`fonlar…-bu to`siqlarni buzib o`tish uchun buyuk muhabbat kerak, otashin ishq kerak. Qalbda lovullab turgan sevgi barini kuydurib tashlaydi, kulini ko`kka sovuradi, ko`kka.
…Yoz chillasidagi eng bokira tun. Chaqnoq yulduzlar, nurga ko`milib, shu`lalar sochayotgan to`lin oy osmonning beadog` bag`rida erkinlikdan yashnamoqda. Bosh-adog`I ko`rinmas kengliklarga aylanib ketgan yaydoq dalada g`ayqillab arava ketmoqda. Sukunatni aravaning bir maromdagi “g`iyq-g`iyq” beo`xshov tovushigina buzar, go`yo olamda faqatgina bitta shu tovush mavjuddek uzluksiz davom etardi.
Ot tizginini mahkam siqqancha, aravaning berisida o`tirib olib otni jimgina boshqarib ketayotgan Doniyor birdan titroq tovushla kuylay boshladi. Bu kuy… bu kuy shunchalik alamli, g`amgin ediki, yurakni pora-pora qilib kuydurib tashlardi. Doniyorning dard to`la qalbi kuy avjida baralla namoyon bo`ldi. U mung nuqsi urgan vujudlardan, mahzunlik zohir dunyoning seralam, iztirobli lahzalaridan, ko`ngilning, ha, ha, ko`ngilning eng tubidagi mahzunlikni o`z ohanglarida aks ettirardi. Bu sehrlangan dilning dunyosi, jodulangan qalbning olami edi.
Aravada mudrab kelayotgan qiz kuy ta`siridan juda ham g`amgin rang tortgan, uyqu allaqachonlar vujuddan tag-tomiri bilan uzilgan, butun jismu-jonini zabt etgan mungli ohanglar uni allaqanday sehrli olamga boshlab kirayotgandek. Uning ko`zlaridan sizilib, yonoqlaridan tomib tushayotgan qaynoq yosh tomchilari, vujudida uyg`ongan yoqimli allaqanday titroq his-tiyg`ularning yurakni o`rmab-chirmab, ruhiyatini ezish-bari mangulikka tatiydigandek tuyulardi. Ha, kuyning ko`ngil torlaridan o`ralib chiqishi, boz qalblar dunyosiga to`satdan hujum qilishi-muhabbatni, sof muhabbatni bo`y-basticha o`z ohanglarida namoyon qiladi. Doniyor o`z sevgisini ana shu qo`shiqda, jonni eritib, sel-sel qilib yuborgan ohanglarda ifodalayotgandi… U hech qanday musiqiy asboblarsiz; faqatgina o`z tovushi-tabiiy ovozi bilangina qo`shiq aytayotgandi. Mungli, ma`yus sevgi qo`shig`ini kuylayotgandi. Bu qo`shiqdan tabiat ham sehrlangan: oy, yulduzlar ko`z yosh to`kishga tayyor turgandek yiltillab, ma`yus tovlanishardi. Ohanglardan mung sadosi taralib, butun dala cho`kib qolgandi. Qo`shiq hech oxirlamas, hech tugamaydigandek bir maromda davom etar, ayni avj pardalarda yurak zirillab-zirillab ketardi. Doniyorning qalbidan toshib chiqayotgan dard qo`shiqda aks-sado taratar, olov olgan muhabbat betizgin alangaday gurillab-gurillab yonardi. Ruhlarga inib kirayotgan mahzun ohanglar butun vujudlarni bor dunyosiga kuydirib sel-sel qilmoqda, yuraklar alanga ichida qolganday erib,tomchilab-tomchilab qurib, bitmoqda edi.
Doniyor tuyqus yelkalariga ohista qo`yilgan yumshoq qo`llardan seskanib ketdi. Bo`yniga chirmashib, quchoqlayotgan, boshini yelkasiga jimgina qo`ygan vujudni unga ko`z tashlamoq his qildi: Jamila. Kuy bir muddat tindi. Bir nafas olgulik vaqt oralig`ida jimjitlik yaqqol sezildi. Ikki vujudning qalb rishtalari shundaygina bir-biriga tegib turgani, bu ulanib, tugunlanish arafasida ekanligi ham ana shu sirli sukunatda sezildi. Bir muddatlik nafas oralig`ida ikki yurakning azob urishi yaqqol eshitlidi atrofga: “duk-duk”. Doniyor ko`nglida uyg`ongan shirin titroq, entikish va yana allaqanday yoqimli hislar qurshovida qolganini allaqachon anglab yetgandi. U yana qo`shiq ijrosiga berildi. Endi boyagidek mungli, mahzun ohanglarnimas, ko`ngil dunyosini zabt etgan, qalblar olamida erkin suzib yurgan, eng go`zal, bokira tuyg`uni barchaga ulashguvchi xilqat-muhabbatni, uning g`alabasini yangroq tovushlarda ijro etishga tushgandi. Kuy avjlandi… Yuzlarda uyg`ongan mayin tabassum, ko`zlarda yiltillagan kulgu, qalblardagi bahoriy tarovat bemisl ishqning taftidan rang olgan edi. Kimsasiz, bir zog`-da ko`rinmas yaydoq dala aravada gupurib, toshib chiqayotgan vujuddagi qaynoq his-tuyg`ularning olovidan yashnab ketmoqda edi. Tabiat-da butkul o`zgargan, tun hukmronlik qilayotgan bo`lsa-da qalblar yog`dusidan atrof yorishib ketganday edi…
Yoz chillasining eng mukarram tunlaridan birida uyg`ongan bokira ishq shu asnoda tug`ilgandi. Ko`ngilning ohanglari, torlari taralib butun kengliklarni zabt etib borayotgan ishq havosi shu tariqa yoyilgandi. Bir qo`shiq sehrdan ko`ngilning umidi ko`kka bo`ylagani, botindagi dunyoning zabt etilishi, baxtning g`uncha yanglig` ochilishi, ajablanarli hol, kutilmagan mo`jiza edi. Muhabbat bog`ida ochilgan yana bir juft anvoyi gul bulbulning sehrli tovushidan, ajib xonishidan-dil ohanglarining tengsiz mo`jizaviyligi, qudrati osmon qadar yuksalganidan qalblarda ishinoch tug`diradi. Bu ishonch musaffo osmon, zangor rang zamin va tarovati ko`kka qadar bo`ylagan zarbli sevgi ohanglari edi…

Umid Ali 2007. yil

: Reytingi: 4.0/6

O Muhabbat!
Dastlab hech narsa yo`q edi. Nogoh, tushlarimda sening ismingni eshita boshladim. Kimdir jarangdor va yangroq ovozi bilan sening ismingni ayta boshladi. Har tarafga mo`ltirab qaradim. Men seni bilmasdim. Men seni tanimasdim. Men seni hech qachon, hech qayerda ko`rmagan edim. Kunlar bir zaylda o`taverdi… va nogahon eng dilrabo, eng seravj va shodiyonalarga to`la davrlarning birida seni uchratdim. Seni uchratdim-u, olam-olam quvonch bag`rimga yopirilib keldi. Seni uchratdim-u eng baxtiyor va mehridaryo shahzodaga aylandim. Seni uchratdim-u, dunyoda mendek g`arib va aftoda boshqa bironta inson yo`qlig`iga iqror bo`ldim. Sen meni olovga tashlagan eding. Sen meni o`z otashingda kuydirayotgan eding. Men do`stlarimdan so`ray boshladim: Sevgi nima?! Sevgi nima?! Sevgi nima?! Hozir ham bir paytlardagidek sevayaptilarmi?! Hozir ham Farhod va Shirinlar bormi? Otabek va Kumushlar hozir ham bormi?! Sening ham yuragingda zarracha bo`lsin, muhabbat cho`g`i bormi, Zaynab! Meni bunchalar abgor qilmog`inga ne sabab?! Momolardan so`radim, ayollar ham sevadilarmi?! Ayollar sevsa qay darajada sevadilar. Ayollar muhabbatiga timsol bormi?! Ayollar sadoqatiga timsol bormi?! Ayollarning buyukligi nimada? Ayollarning buyukligi…u ham seva olishida!
Ayol sevsa olov bo`lib sevadi. Ayol sevsa otash bo`lib sevadi. Ayol muhabbati olamni bezaydi. Ayol muhabbati olamni gulga to`ldiradi. Ayol muhabbati borligi uchun ham hamma yashaydi. Hamma baxtiyor bo`ladi. Ammo… Muhabbat olovida yonganlar yuragida mangu jaranglovchi qo`ng`iroq sadolari bir savolni qayta-qayta takrorlayveradi:
U mening yuragimning ardog`ida, u mening ko`zlarimning qarog`ida, u mening jonimning tirtog`ida, Men uni sevaman!
-U ham meni sevarmikin?!... Alvido . . .
Muhabbat, nechun menga qilding xiyonat. Seni sevaman. Butun vujudim ila sevaman. Mendan kechib ketgan bo`lsang-da, sevarman, lek afsus, also kechira olmasman. Olamga boq, hayot qanchalar go`zal va maftunkor bo`lmasin shu bilan birga shafqatsiz hamdir. Sevgilim, ko`zlarimga so`ngi bor boqqin. Yuragimdagi tiniq tuyg`ularni, sof muhabbatni, ishonchimni ko`zlarimdan angla. Nahot shu nigohingdan ham meni bebahra etsang. Nahot endi meni sevmasang, ko`ngling mendan shunchalar sovib ketdimi? Axir, men sendan, muhabbatdan o`zga baxtni talab qilmadim-ku! Tim qora chaqmoq ko`zlaringu, jon olg`uvchi afsonaviy shirin so`zlaring ila senga asir tushdim. Oh, yuragim poralandi, sening yolg`on va`dalaring yodimga tushsa!
“Men faqat seni sevaman, sensiz dunyo qorong`u, hayotda sen uchun, faqat sen uchun yashayman, seni albatta baxtli qilaman, qalbim abadul-abad seniki bo`lgay”,-deya aytilgan so`zlar hamon qulog`im ostida jaranglaydi…
Nahot o`sha paytlar bu so`zlar yo`liga aytilgan bo`lsa…Nahot muhabbatni ham o`z maqominga solib olgan bo`lsang…Men senga chin dildan ishonardim, afsus qalbing tubiga muhabbatimni cho`ktira olmadim. Menga in`om etganing muhabbat anhorlari sayozligini kech angladim. Buni angladimu, MUHABBATDAN ko`nglim qoldi. Sen xiyonotkor dunyoning ziynatiga qo`l urding. Meni, mening sevgimni toptading. Keyinroq balsam, sen Olloh tomonidan berilgan muhabbat atalmish buyuk ne`matdan yiroqda ekansan. Azizim, sening qalbingdan muhabbat chechagini izlab topolmadim. Sen meni sevmasliging aniq, biroq bu achchiq haqiqatni tan olgim kelmasa netay. Yuragim faqat senga talpinar. Ko`z yoshlarim daryo bo`lib oqmoqda. Azizim, ilk sevgimni, pokiza qalbimni senga, faqat senga baxshida etdim. Ammo sen qalbim chirog`ini yoqmasdan o`chirib ketding. Ko`nglim shishasini chil-chil parchalab yubording. Endi menga o`zga yor kerak emas, sen birinchi va oxirgisi bo`lib qolursan, lekin yuragimning tub-tubida g`uncha kabi bokira muhabbat mujassamdir, o`sha muhabbat ila yashagum, faqat sendan bitta o`tinchim, yoningda baxtdan entikib turgan oq libosli yoringni mendayin baxtsiz etmasin, menga nasib etmagan sevilish baxtini ul go`zalga nasib aylagin. So`nggi nafasinggacha sevib, ardoqla. Xayr endi bevafo meni unutmasang bas, zero xayolan doim sen bilan birgaman. Sizlarga faqat baxt tilarman. Zero sevgini xor qilgan baxtini topish mushkulligini bilsamda, baribir seni baxtli bo`lishingni istayman. Faqat meni unutmasang bas! Har safar baxtdan entikkaningda qaysidir qiz baxtsizlikdan ezilayotgani haqida bir eslab qo `ygin…

Nodira 2007, yil

: Reytingi: 4.7/23

Xikmatli So'z: Bir narsani hech tushunmayman:kitob o'qiydiganlarda pul yo'q. Puli ko'plar kitob o'qimaydi...
Mag`rur sevgi… Shunaqasi ham bo`larkan dunyoda. Sevasanu, lek oshkor qilishga g`ururing yo`l qo`ymaydi. Ichingda sevging deb kuyib-pishasanu, ammo tashqariga hatto tututnini ham chiqarolmaysan. Eng yaqin sirdoshing ham kimni sevishingni bilolmaydi. Avvallari hatto o`zingdan ham qizg`angan nigohing bugun unga, ha, ha, o`sha insonga qadalgan. Avvallari hech kimga aytilmagan, qalbing tubidagi sirlaringni unga oshkor etging keladi. O`sha inson sening orzuingdagi shahzoda, tushlaring farishtasi, sen bir umr kutgan yor. U bilan baxtli bo`lishga, u bilan hayot yo`lingni bog`lashingga ko`zing yetadi. Lekin yana mag`rurlik qilasan… Sen tushingda ko`rgan, orzu qilgan xayollar ro`yobga chiqa boshladi. Ich-ichingdan quvonasan, dunyoga jar solging keladi: “Sevib qoldim” deya. Ammo yana o`sha qizlik g`ururing halal beradi… U senga nigoh tashlaganida bor badaning titrab ketadi-yu, ammo atrofdagilarga sezdirmaysan. Yuzing hayajondan qizarsa, kun issiqligini bahona qilasan. Sevganing dugonalaring bilan uzoq gaplashib qolsa, yuraging yorligudek bo`ladi. Shu choq uni hammadan, hatto o`zingdan ham rashk qilib, qizg`anib ketasan. Lekin uni yoniga borib: “Sizni sevaman” deyolmaysan. Seningcha, bu gapni aytsang, o`sha on g`ururing o`ladi, qat`iyating sinadi… Kutilmaganda u yoningga kelib seni sevishini aytadi. Quvonching ichingga sig`may turibdi-ku, lekin yana mag`rurlik qilib, uning sevgisini sinovdan o`tkazasan. Bunchalar beshafqatsan-a? “Sevdim” deb ko`zlaringga termulib turgan sevgilingga rahming ham kelmaydi-ya?! U hatto sen bilan hayot yo`lini birlashtirmoqchiligini aytdi. Axir bu sening umrbod Ollohdan tilagan baxting-ku! Yo`q, shunda ham mag`rursan… Eh, yurak! Buncha mag`rur bo`lmasang. Nahot, sen sevgan yor biro g`iz “sevdim” degan so`zingga arzimasa? Shunchalar mag`rursanki, o`z his-tuyg`ularingni oshkora aytolmaysan…
Biroq…Biroq muhabbat shunday kuch ekan-ki… Hatto mag`rurlik ham uning oldida tiz cho`kar ekan. Chin sevgi mag`rurlikni yengadi… Bir kun kelib mag`rur sevgi oshkor bo`ladi…

"Tasvir" gazetasidan olingan
30-son, 2004 yil

: Reytingi: 4.1/9

Xikmatli So'z: Do'st degani daraxt yaprog'iga o'xshaydi. Bahor chog'i - bihisob. Kuz kelganda - sanoqli. Yoshlik chog'i - behisob. Keksayganda - sanoqli.
OMONATGA - XIYONAT
Dunyoda javobsiz narsa mo`l-ko`l. odamzod zamon zayliga osongina ko`nib ketaveradi. Ko`ngling, sevging javobsiz qolsa-chi? Bu anchayin og`ir savdo…
Muhabbat so`qmog`iga yo`limni Burgan taqdir meni Sarvinozga ro`para qildi. U bilardi, ammo parvosiga keltirmasdi. Bu befarqlik esa yanada meni maftun qilar, yuragimni kuydirardi. Hozir biz bitta litseyda tahsil olamiz. Gaplashib turamiz. Ammo sevgi haqida emas. Uning ko`nglini og`ritib qo`yishdan qo`rqaman. Bilamanki, bu to`g`rida og`iz ochmasimdanoq, u yonimdan ketib qoladi. Mayli, aziyatlar ishqqa hunar, chidasa bo`ladi. Muhimi-umid, hech bo`lmasa umid bering menga!
Eshityapsizmi, umid…

“Darakchi” gazetasidan olindi.

: Reytingi: 4.2/10

Hech kim yolg'izlikdan qiynalmasin ekan.
Inson tabiati g`alati. U har doim nimagadir intilib va yana kimnigir kutib yashaydi. Qisqa qilib aytganda, inson yuragining bir cheti hamisha kemtik. Aytishlaricha, dunyo yaralgan vaqtda Olloh Taolo inson hayotini 99 kunini omadsizlik, g`am-tashvish bulutidan va faqat 1 kunigina shodlik bulutidan yaratgan emish.
Shuning uchun bo`lsa kerak, inson hayotining juda ko`p kunlari g`am-tashvishlardan iborat.
Bu kun yana men yolg`izman. Bu tuyg`u negadir hamisha mening hamroxim. Men undan qutilmoq istayman. Ko`nglimga sevinch, shodlik tuyg`ularini oshno qilay deymanu, lekin yuragimning qat-qatida joylashib olgan g`am-tashvishlar bunga yo`l qo`ymaydi. Beixtiyor, qalbim qa`rida ular bir-birlari bilan jang qiladilar. Ko`pincha g`am-tashvishlarning qo`li baland kelganligi uchun bechora shodliklar ko`zlari yoshga to`lib qachonlardir mening yuragimdan joy olishini umid bilan kutadi. Nogoh qalbimga quloq solaman. U menga o`z tilida nimalardir so`zlaydi. Men uni tushunmoq istayman. Unga tiz cho`kib yalinaman. Qalbim! faqatgina sen meni yolg`iz qoldirma. Bu bemehr, yolg`onchi dunyoda faqat sen mening ishongan mehribonimsan. Negadir shu so`zlarni yozyapmanu, to`yib-to`yib yig`lagim kelyapti. Men bu foniy dunyoda faqatgian bir narsadan qo`rqaman. U ham bo`lsa- mening qalbim o`zimdan yiroqda bo`lishidan. Bunday bo`lmaslik uchun mag`rur yashash lozim!

Feruza Yo`ldosheva

: Reytingi: 4.9/7

Islom olamidagi sherlardan baxramand bo'ling.
* * *
Qalbi iymon. Kitobi Qur’on. Dini islom. Payg’ambari Muhammad s.a.v. Umidi jannat. Qilmaydi minnat. Taqvosi go’zal. Niyati holis. Manzili olis bo’lgan pokiza qalb inson.
* * *
Garchi, haqligimni boshga etdim toj. Haqqimga talashdim, misoli halloj. Haqiqat qozonib anglamadim alhol. HAQning HAQligiga topmadim iloj.
* * *

O’ylasa o’y notinch qolar, dilga iztirob-tashvish solar. Yolg’izlikda nelar bo’lar, eh-o’ylasam aqlim tolar. Zulmatxona, tor koshona. Zarra nurdan yo’q nishona. Qo’shnisi bor so’zlasha olmas. Buncha sirli bu g’amxona. Eshigi bor ochilmaydi, ihtiyorlar sochilmaydi. Qo’riqchi yo’q qamaqxona, iloj boru qochilmaydi.
* * *

Jonin senga fido etgan, Onag seni ko’ra olmas. Qorning ochmi, to’qmi deya? bir-bor holing so’ra olmas. Senga sirdosh bo’lgan do’sting kelsa, yoning quchoq ochib, hursand bo’lib tabassum-la, kutolmaysan eshik ochib. Savol bersam, javobi yo’q. Ko’z ko’rmoqning iloji yo’q. Agar sherim davom etsa, yakun bo’lmas adog’i yo’q...
* * *

Umr maftunkordur islom-la o’tsa. O’lim ajoyibdir iymon-la o’tsa. Yanada go’zal bo’lur jumangiz agar, toat-la, hayr-la, duo-la o’tsa. Barchangizga jumadul ayyom hajjul masakin muborak bo’lsin.
* * *

Oylarning ichidagi, haftalarning bag’ridagi, kunlarning ulug’i bo’lmish, Jumadul ayyom, hajjul masokin, muborak bo’lsin. Allox shu muborak kun fazlidan barchamizani nasibador aylasin va Alloxim hammamizdan rozi bo’lsin.

: Reytingi: 4.9/31

Men negadir doimo senga, ha faqat senga talpinib yashayveraman. Bu xayollarim, orzularim, sen uchun talpinishlari bekorligini, sarobligini bilsamda, yurak bu achchiq haqiqatni tan olgisi hamda o`zga bir yurakning sening sevgingdan ham kuchliroq, samimiyroq sevgisini o`z sevgi dunyosiga sig`dirmaydi…
Nega shunaqa ekan? Nega men faqat sening xayollaring bilan yashashga intilaman? Taqdiring o`zga bilan ekanligini bilsamda, yuragim tan olgisi kelmaydi. Kunduzi-quyosh, kechalari-yulduzlar sening vaslingni eslataveradi, qayerga bormayin, ko`zlarim seni izlaydi.Bu tuyg`ular meni also tinch qo`ymaydi. Qanday yo`l tutsam seni butunlay unutarkanman.
O`zingku, ushbu muhabbatni qalbimning tub-tubiga joylagan, joylading-da ketding. O`zing bir umrga ketding, qalbimdagi qoldirgan izingni o`chir, o`sha o`tli muhabbatingni o`zing bilan olib ket va meni ortiq bezovta qilma…

Shohista Norotjiyeva.

: Reytingi: 4.3/10

Mabodo hazrati Muhammad
Uyingizga kelsa nogahon,
Qiziq, bir yo ikki kun tursa,
Qanday holga tusharsiz shu on?

Shubha yo'qki, eng go'zal uyni
Ajratasiz aziz mehmonga,
Totli ovqat, sarxil mevadan
Tortajaksiz mo'l dasturxonga.

Bu tashrifdan shodligingizni
Mehmonga bot qilgaysiz izhor.
Uyingizning to'ri uniki,
Xizmatdan-da behad baxtiyor.

Biroq uning siz tomon asta
Kelishini ko'rarkan, darhol
Chiqarmisiz qo'l qovushtirib
Xush kelibiz! debon bemalol?

Yoki uyga boshlashdan avval
O'zgartirib usti boshingiz,
Turli-tuman jurnal o'rniga
Qur'on qo'yib qo'yasizmi tez?

Tomoshalar ko'rmoq qasdida
Yoqasizmi oyna jahonni?
Yo zudlikda o'chirasizmi
Chiqmay turib ko'kka fig'oni?

Balki borib radio simin
Shiddat bilan uzib tashlarsiz?
Shukur, bir so'z eshitmadi, deb
Shartta olib buzib tashlarsiz?

Musiqani ko'zdan berkitib,
Olasizmi hadis kitobin?
Ichkariga qo'ymaysizmi yo
Eshitmayin deya xitobin?

Qiziq, agar o'shal payg'ambar
Siz-la tursa bir yo ikki kun,
Har galgiday o'z ishingizda
Davom etgaydirmisiz mamnun?

Kunda aytar so'zlaringizni
So'zlaysizmi o'shal damda ham?
Hayotingiz davom etarmi
Avvalgiday kunba-kun ildam?

Qanday bo'lsa oilada urf
Shundayicha etarmi davom?
Duo qilmoq og'ir kelmasmi
Yegandan so'ng har safar taom?

Har namozga ayni vaqtida
Qovoq uymay turasizmi shay?
Tong otmasdan uyg'onasizmi
Ibodatga dildan, og'rinmay?

Kuylarmisiz eski qo'shiq yo
Es ki kitob olinar qo'lga?
Ko'rsatarsiz ul zotga balki
Nelar yoqishini ko'ngulga?

Payg'ambarni olib ketarsiz
Borar joyingizga har galgi?
Rejangiz ham tamom o'zgarar
Bir yo ikki kungina balki?

Istarmisiz do'stlaringizning
Ul hazratni ko'rishlarini?
Yoxud qaytib ketguncha toki
Sal chetroqda yurishlarini?

Ne dersiz gar butun umrga
Sizning bilan qolsalar ul zot?
Yoki qaytib ketsalar oxir
Yengil tortib bo'larmisiz shod?

Qiziq, o'zni tutarsiz qandoq?
Ne ahvolga tushib ul zamon,
Uyingizda hazrat Muhammad
Bir-ikki kun bo'lsalar mehmon.

: Reytingi: 4.9/59

Maktub yozdim qaro tunlar kiprigingday uzun-uzun.
Maktub yozdim qilma deya yuragimni mahzun-mahzun.
Alvidomas salom yozdim dil o'rtagan kalom yozdim,
mujda kutib siz tomondan kechalari mudom yozdim.
Qaro tunlar qaro tunlar kiprigingday uzun-uzun.

Boshida ne hasrat-la, ko`zda yosh ila
Yig`lasa ovutmoq o`rniga mukofat tarsak
Ursa ham boshiga qahir-la tosh ila
Nechuk yashirar holin bir-bora so`rsak?

Mayli bo`lmasin uyi shoh saroyiday
Kerag emas bir qoshiq totli taom ham
Faqat-faqat kerag “hayot” insonday
Yashamoqga haqli-ku? Ahir Uzbek ham

: Reytingi: 3.6/7

* * *
Menga sening hayoling emas. Birga o’tar hayoting emas. Hayotdan chekgan faryoding emas. Qlbingdagi orom kifoya. Mayli sen bilan ko’rishmasam ham. Har kun holing so’rolmasam ham. Meni unut deganingda ham. Menga sening shu yurishing kifoya.
* * *
Aytchi do’stim sening qalamingda yangraganmi sevgi sadosi? Agar sevib qolseng birovni dema buni inson hatosi!
* * *
Yashar edim zor bedor bo’lib. Sevardim men bahtga to’lib. Yashar edim bariga ko’nib. Yonardimku mingbora so’nib. So’ramadim toju-taht boylik. So’ramadim tunlar bedorlik. Istardimki so’zga vafolik. Bo’lishiyni sal etiborlik.
* * *
Muxabbat daryosida suzgin ey dildor. Extiyot bo’l, cho’kib ketmagin zinxor. Bermagin hech ham sevgan dilga ozor. Qolib ketmagin, uvoliga bo’lib gunohkor.
* * *
Necha necha sevishganlar bo’ldilar abgor. Gunohlari ne edi bo’ldilar hor. Imkoniyat berilsa edi bir bor. Ochardim shundayin bir bozor. U yerda bo’lardilar sevgiga haridor.
* * *
Sevgi o’zi bu nima? Uni xech kim ta’riflay olmas. U kirsa qalblarga, uni hech kim qaytara olmas. U meva emas yeb ko’rsang. U “Xiva” emas borib ko’rsang. U ushalmas, ushlab ko’rsang. U narsa emas sotib olsang. U yomon emas, tatib ko’rsang. U mehmonmas, taklif qilsang. U ko’rinmas, istab ko’rsang.
* * *
U bozorlarda emas, izlab ko’rsang. U gullarda emas, xidlab ko’rsang. U o’zgarmas, aldab ko’rsang. U ketmas, haydab ko’rsang. U ayamas, agar bilsang. U gado emas, sadaqa qilsang. U gunoh emas, sevib qolsang. Bu sevgidur agar bilsang! Bu kutilmagan mexmondur, agar bilsang! Bu sevgi shirindur agar bilsang...!
* * *
Nega seni? bunchalar sevaman! Nega seni? shunchalar suyaman. Agar bilsang qanchalar kutaman. Agar bilsang ishqingda yonaman. Sen uchun hatto qurbon bo’laman. Sen uchun hatto majnun bo’laman. Shamollardan izlayman doimo seni. Shamollarda balki nafasing seni. Hayolan go’yo seni bag’rimga bosib. Hayolan go’yo hidlab nafsimni bosib
Sen ketarsan hayotimdan, lekin umid uzolmasman. Termularman yo`llaringga, lekin seni topolmasman. Sado bergin qaylardasan, sogindimku men seni. Sen yasharsan balki mensiz, lek yasholmasman men sensiz.
* * *
Sokin hayol olib ketar, senla o’tgan kunlarga. Yurak sensiz yonib ketar, dardim aytsam, tunlarga. Yillar o’tar lekin seni, aslo unutolmasman seni. So`nggi bor ko’rsamu seni, qaytsam o’sha bahtli kunlarimga.
* * *
Sherlarim, qog’ozga tushdi yor uchun. Tongda turib, gul terdim dildor uchun. Baxt istadim, unda ko’nglim bor uchun. Yaralgandursan, go’yo sen men uchun.
* * *
Sevgimni qabrida ko’z yosh qilaman. U yerda hiyonat gullari unar. Menku qast olmasman, lekin bilaman. Seni muxabbatim arvohi urar.
* * *
Ertakdan so’zlagan uyqusiz tongda. Munavvar yulduzdan shula sochildi.Dunyoning go’zallik siri fosh bo’lib. Qalbimda muxabbat guli ochildi.
* * *
Men tangrimdan sizni so’radim. Qo’llarimni ochib duoga. Biling sizga yetmog’im uchun . Qo’l siltashim mumkin dunyoga.
* * *
Bir kuni tanamni tark etar ruhim. Qizg’aldoq bezaydi ruhimni manim. Bir kuni dunyoga qayta kelarman. Bilki ushanda ham seni sevarman.
* * *
Seni hatlaringni kuta kuta bardoshim ado bo’ldi. Ishqingda kuya kuya ko’z yoshim daryo bo’ldi!
* * *
Menku achinmayman o’tgan damlarga. Ayriliq zulmini o’tkazolmaydi. Faqat achinaman qayg’u-g’amlarga, ular o’zi menga yetkazolmaydi. Kulib yuboraman kelganda g’amlar. Faqat sevgim uchun ko’zimda namlar...
* * *
Sog’inch azobi qiynaydi meni. Yuragim ezilar eslasam seni. Ey jonim bu dartdan halos et meni. Chin so’zim o’lguncha sevaman seni.
* * *
Majnundek yurakdan sevsam ham seni. Ammo laylilikni talab qilmadim. Muxabbatim uchun qon yutsam ham. Sahroda darbadar yurgin demadim...
* * *
Ishon jonim sendan o’zgani ko’zlariga boqmasman. Aslo senga bo’lgan muxabbatimni o’zgalarga ravo ko’rmasman
Men sizni sudga beraman. Shaharning eng zo’r advokatini tanlashingiz mumkin. Negaki sizga qo’yilgan ayblov meni yuragimni o’g’irlaganiz.
* * *
Sog’indim desang xam, yoningga bormasman. Senga zorman desang xam, ko’zingga boqmasman. Jonim beray desang xam, aslo ishonmasman. Sensiz yasholmayman desang xam, seni boshqa sevmasman!
* * *
Men seni sevaman! G’uncha labida o’pinchday titragan, shabnam misoli. Men seni sevaman! Tunning qo’ynida, kundek yonayotgan bir sham misoli. Men seni sevaman! Cho’qqini quchib, jarlikda osilib turgan qoyaday. Men seni sevaman! O’zidan chochib ortidan yashirinib yurgan soyaday. Men seni sevaman! Men seni sevaman! Ox bundan ortiq sevishimni talab qilmagin gulim. Bundan ortiq sevgi etolmam tortiq. Bundan ortiq sevgi bo’ladi o’lim ! ! !
* * *
Yolg’izman ozor chekib, go’zal dildorimdan ayrildim. Ko’zdan toli yosh to’kib, u sevar yorimdan ayrildim. Telba ko’nglim o’rzuyi, barcha go’zallarning xoni, u sevar yordan ayrildim. Yolg’iz qoldim men, yorimdan ayrilib qoldim men. Ayrildim g’uncha gulimdan, xush ovozli bulbulimdan, qora sochli sunbulimdan, u sevar yorimdan, duru gavharimdan ayrildim!
* * *
Ayt nechun baxtim zavol, nechun no tinch xayol, nechun sevgim bo’ldi uvol. Sen menga ayt, yurakni xar bir zarbasi, ko’nggilni xar bir nolasi, nechun takrorlar ismingni ayt. Mayli bu hayot xech achinmay, ajratdi bizni ayamay. Mayli sevgim bo’ldi armon, afsus dilga to’ldi xijron, ammo yuragim den bilan xar on. Ayt ne uchun, zulmatli, nurli tunda xam unutmay seni eslayman xar dam.
Ko'zlarimda suratingiz, dardimni bilolmaysiz. Yig'lamasin yuragingiz, siz mendayin sevolmaysiz! Yor termulib ko’zingizga, jon beray xar so’zingizga. Dardim og’ir bilmaysiz, siz mendayin sevmaysiz
* * *
Yuragim zoriqsa sizni eslayman. Ko'zimda yosh oqsa sizni eslayman. Baxti onlarimda xam sizni eslayman. Siz xam meni men kabi eslarmikansiz. Hayollarim sizni qo'ymasalar tinch. Dilingizda uyg'onsa hissiz bir sog'inch. Oldingizda qolmasa hech qanday ovunch. Sizni sog'indim deya aytolasizmi!
* * *
Menku achinmayman qayg'u g'amlarga. Faqat achinaman. Siz siz o'tgan damlarga. Dardim to'lib ketgan damlar. Faqat sevgim uchun ko'zimda namlar!
* * *
Men uchun bebahosiz ey sevgilim. Go'zalsiz hayotda tanho gulim. Ikkimiz doimo bo'laylik birga. Nasib kqilsin bizlar yetaylik baxtga. Sog'ingan yurakga kerak endi malxam. Sizsiz kerak emas hattoki dur xam. Biz qachon uchrashamiz yurak zor intizor. Vaslizga yetmoqga intiqman dildor.
: Reytingi: 4.8/24

Sher'lar.
: (ellikkala) Reytingi: 4.7/3

Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol,
Qalbimda butunlay so`nmagan hali.
Sevgim endi sizga kelmasin malol
Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali.
Goho chuchib, goho rashk qilib men
Sevar edim so`zsiz, umidsiz.
Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin,
Chin yurakdan samimiy, cheksiz.
Qurib qoldi ko`zda yoshim,
Yurak to`lsa yig`lolmayman.
Hijronga etmas bardoshim,
Shodlikka dil bog`lolmayman.
Qafasdagi qushcha misol,
Yoningga hech borolmayman
Suvdek oqib ketdi visol,
Tushimda ham ko`rolmayman.
Olis yulduz bo`lding ko`kda,
Yakin turib yetolmayman.
Dardimni tangrimdan o`zga,
Hech kimsaga aytolmayman.
Ey bevafo, bu qilmishing,
Ne deb atay bilolmayman.
Hushim yo`qdir baxt tilashga,
Baxtsizlik ham tilolmayman.
MUHABBATdan kechib ketding,
Men-chi bunday qilolmayman.
Bir umrga armon bo`lgan
MUHABBATdan ketolmayman.
Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek ezib,
Yurakdan to’kilar dardlarim sizib,
Halovatning sokin uylarin bo`zib,
Ketgim kelar lekin bilmam qayoqqa!!!
Xayol bo`lib hayotingdan ketmadim jonim,
Quyosh bo`lib ko`zlaringga botmadim jonim,
Hajring bilan zafarondir oy yuzim,
Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.
: Reytingi: 4.7/19

Mayli, yod etmagin meni bir bora,
Sendan menga mayli kelmasin bir sas.
Mayli, sen unutgin mening ismimni,
Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas.
Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda,
Lek yurak toshligi tilagim emas.
Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar,
Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas.
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
Balki sen bo`larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
Balki sen bo`larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.
: Reytingi: 4.4/12

Endi sizga yetmas qo`lim,
Ketdingiz siz mendan uzoq.
Peshona deb qoldim netay,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Qorong`udir qayda xayol,
Yo`ldosh bo`ldi menga firoq.
O’tar kunim hijronlarda
Sizsiz endi yashay qandoq?
Nechun bizni ayirdilar
Yo`llarimiz endi so`qmoq.
Nahot endi armon bo`lsa
Sizga to`yib-to`yib boqmoq.
Endi sizga yetmas qo`lim,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Endi o`zga choram yo`qdir
Ishim-sizga baxt tilamoq.
: Reytingi: 4.8/15

Kimdir oshkor tan oladi,
Tahsin o`qir shukrona.
Kimdir seni sir tutadi
O`tda yonar pinhona.
Kimlarga sen kulib boqding
Tepkilaydi mastona.
Kimlar uchun osmondasan
Sig`inadi devona.
Anglolmadik to abad,
Anglolmaymiz to abad.
Xom sut emgan bandamiz,
O`zing kechir, MUHABBAT!!!
: Reytingi: 4.6/16

Sog'inasiz hali gullarga qarab,
Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda.
Tushingizda kuting sochlarim tarab,
Kirib kelaman tun eshik qoqqanda…
Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir
Guldan buloqlardan meni izlaysiz
Olislarga eltgan ilohiy taqdir
Yurgan yo'llarimda yig'lab bo'zlaysiz…
: Reytingi: 4.7/22

Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg`u-la zoriga solganda quloq.
O`zni zaif, chanqoq sezganda goho
Alamdan beraman, javobsiz so`roq?
Tirik ekan nega tashlab ketmading,
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog`i tortmadi seni,
Edi nigohingda bor jannat ochiq.
Seni maftun etib bir yer go`zali
Nega meni tashlab ketavermading,
Tirik ayrilishning dog`I og`irmish,
Xo`rlik kemirarmish umrni chaynab…
: Reytingi: 3.8/6

Yuragingni cho`lg`asa alam,
Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan.
Hayot o`zi shundayin bir kam:
Umidingni uzma dunyodan.
Do`sting ketsa dushmaning tomon,
Yuragingni cho`lg`asa gumon,
Kimlarnidir sog`insang yomon,
Umidingni uzma dunyodan.
Yaqinlaring bo`lmasa tirgak,
Qayg`ulardan charchasa yurak,
Bo`lmay qolsang hech kimga kerak,
Umidingni uzma duyodan.
Yo`llarida bo`lsang intizor,
Muhabbating aylasalar xor,
Chertilmasa dilingdagi tor,
Umidingni uzma dunyodan.
Olib qochsa xayoling yillar,
Anglamasa dardingni dillar,
Ishon baxtli kunlaring kelar,
Umidingni uzma dunyodan.
: Reytingi: 4.9/14

Dog`da qoldik ikkimiz,
Armon bo`ldi sevgimiz,
Netay taqdir shum ekan…
Begonamiz endi biz.
O`ksima qiz o`ksima,
Senga yordir do`stima,
Qani gunoh bo`lmasa,
Tig` urardim ko`ksima…
Bildim nega oshiqlar,
Jonidan to`yar ekan.
Yuzingga boqib do`st ham,
Ko`zingni o`yar ekan.
Sevgidan ham do`stdan ham,
Judolar bo`lib ketdim.
Bu bevafo dunyodan,
Adolar bo`lib ketdim.
: Reytingi: 4.2/13

O’zga bulbullar ham bor ekan bog’ingda
Quchog’ingda bo’lgan yolg’iz men emas!
Davralarning guli bo’lgan chog’ingda
Hokisor shoiringni eslab qo’ysang bas!
Men esa ketaman, yaxshi qol, erkam!
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Ma`naviy tark etding men uchun endi
Jismoniy ayriliq - ayriliq emas
Hayolimda sevdim hayoliy qizni
Unga isminggina o’xshaydi holos!
Xayolimda bir malak bulib qol, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Qalbimning tanhosi bo’lmading hech ham
Yoritmoq istading osmonni, yerni.
Zeroki, oy mening yolg'izim- yakkam
Men esa oy uchun minglardan biri...
Falaklarda tanho porlagil, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Tog'lar osha tutdim senga ilk bora
Qalbimda saqlagan oq atirgullar
Men qayerdan bilay noshud bechora
Mendan oldin gul tutdi o'zga olg'irlar
Quchog'ingda gullar yashnasin erkam
Xayr, endi mening yolg'on farishtam.
Hamma go'zallar ham emas bevafo
Barcha bevafolar go'zaldir lekin
Sendek bir go'zalga bo'lmasmi jazo?
O'zga bir muhabbat, otashin sevgim.
Mayliga kundan kun chiroy och, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
: Reytingi: 4.3/7

Xotirang qalbimda mangudir ishon
Sensiz shodliklarim qayg’udir ishon,
Oxir aytar so`zim ushbudir ishon
Unuta olmasman seni hech qachon.

Xayolim, o`ylarim fikrim sendadur
Orzu, ishonch, armon va baxt sendadur,
Ko`zim boshqada-yu qalbim sendadur.
Unuta olmasman seni hech qachon.

Qor yog`sa yuragim entikib ketar,
Sening sevgan kuying qalbimni o`rtar
Seni qumsab bu go`zal hayot ham o`tar,
Unuta olmasan seni hech qachon.

Taqdir charxpalagi tinmay charx urar,
Betakror yulduzlar to`xtamay yurar
Tanamda bu yurak sensiz ham urar,
Unuta olmasman seni hech qachon.

: Reytingi: 4.9/21

Yig`lab-yig`lab qaro ko`zing tolmasin yor,
Yo ko`zdagi yoshing tugab qolmasin yor,
Ko`z yoshingni raqiblaring ko`rmasin yor,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Olislarga boqmagin ko`zda yosh bilan,
O`ksinmagin, o`kinma egik bosh bilan,
Qololmading meningdek bag`ritosh bilan,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Atamagin sevgimizni armon deb,
Ushal o’tgan muhabbatga zorman deb,
Eng esa o`zga yorga yorman deb,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Endi yoring senga yoqsin, sen ham unga yoq,
Qadam qo`ygan xonadoning etgil porloq,
Taqdirimizda yo`q ekan yor birga bo`lmoq,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
: Reytingi: 4.8/4

Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor,
Va`da berganiga tegmagan qiz bor,
Tillo sirg`a taqqan sovchi kelganda,
Sevganim bor deya, aytmagan qiz bor.
Ostona qoshidan izlarim uchgan,
Janona boshidan so`zlarim uchgan.
Orzulari o`zga yurakka ko`chgan,
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor.
To`y ham bo`lar emish, erta yo indin,
Liboslar kiyibdi yal-yal-u, sim-sim,
Bugun sulayotir so`nggi umidim,
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor…
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor,
Va`da berganiga tegmagan qiz bor,
Tillo sirg`a taqqan sovchi kelganda,
Sevganim bor deya, aytmagan qiz bor.
: Reytingi: 4.1/7

Kutar edimku Sizni,
Suvga chiqmas erinchak,
To`ylar muborak bo`lsin,
Erinchak qiz, kelinchak…
Endi chaqqon bo`lasiz,
Yorga yoqqan bo`lasiz,
Menga armon bo`lasiz,
Erinchak qiz, kelinchak…
Nega suvga chiqmagan,
Ayon bo`ldi bizga ham,
Sovchi bor deb aytmagan,
Erinchak qiz, kelinchak…
Ergashibman erinmay,
O`zga qizga berilmay,
Keting – menga ko`rinmay,
Erinchak qiz, kelinchak…
: Reytingi: 4.4/11

Farishtadan farqingiz yo`q,
Husningizga to`yolmayman,
Uzr go`zal, uzr go`zal,
Sizga men yor bo`lolmayman.
Qorsiz – oppoq iz tushmagan,
G`arib dilimni xushlagan,
Yorim bor Sizga o`xshagan,
Sizga men yor bo`lolmayman.
Bu dunyoda armonimsiz,
Armonimsiz, etolmayman,
Mangu uxlay tushim bo`ling,
Ungimda yor bo`lolmayman.
Tuningiz bedor, bilaman,
Dilingiz bemor, bilaman,
Endi men qandoq qilaman,
Sizga men yor bo`lolmayman.
* * *
Sevganimni shum taqdir,
Begonaga uzatdi,
So`ng berahm yangalar,
Yor-yor aytib kuzatdi.
Yonib-yonib kul bo`ldi,
Yuraklarda sevgimiz,
Baxtin topgan kim bo`ldi?
Baxtsiz bo`ldik ikkimiz…
Bu dunyoda muhabbat,
Kimlar uchun o`yindir.
Qo`llarimda surating
Bugun seni to`yingdir.
Qaydan keldi sevgilim,
Ikkimizga bu jafo.
Xayr endi ey, gulim
Dunyo ekan bevafo…
: Reytingi: 4.5/6

Kelinchagim kulib-kulib ketdingizmu,
Yuragimni tilib-tilib ketdingizmu,
Bu dunyoda nelar bo`lsam, bo`ldimku men,
Siz murodga yetdingizmu, yetdingizmu…
Ko’nglingizni oldim shu yangalari,
Avrab yo`lga soldimu yo hiylolari,
Ko`zingizni oldimu yo tillolari,
Sevgimizni zarlariga sotdingizmu…
Kun botmayin eshiginiz yopiladi,
Ko`k zulfiga po`lat zanjir osiladi,
Yig`i bilan xumoringiz bosiladi,
Izlab-izlab, shu zindonni topdingizmu…
: Reytingi: 4.0/8

Sog'inasiz hali gullarga qarab,
Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda.
Tushingizda kuting sochlarim tarab,
Kirib kelaman tun eshik qoqqanda.
Qaragingiz kelar nogoh men tomon,
Boqibda topmaysiz , bo'lmang ovora
Ko'zlar so'zlashishlar...barisi tamom,
Achinmang yig'lasa ko'ngil bechora .
Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir,
Guldan buloqlardan meni izlaysiz.
Olislarga eltgan ilohiy taqdir,
Yurgan yo'llarimdan yig'lab bo'zlaysiz.
Taqdirga tan bermay yo'q ilojingiz,
Sog'inch tig' uradi qoningiz chiqmas,
Ko'ngil yig'laydi-yu yo'q imkoningiz,
Bemor ruhingizning yarasi bitmas...
: Reytingi: 4.9/9

Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.
: Reytingi: 4.9/10

Bog'imga qaytganda sabolar,
Qaytadan yaraldi navolar.
Shabnamga to'yganda havolar
Muhabbat ortiga qaytmadi,
Qaerda qolganin aytmadi...
Kelganda g'uncha deb uzmadim
Yurakning qulfini buzmadim
Muhabbat ekanin sezmadim
Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi...
Sevgilim ekanin aytmadi...
Zor bo'lib kutganim yetmasdan
O'zgaga parvo ham etmasdan
Ortidan ergashib ketmasdan
Qolgandim. U esa qaytmadi...
"Yur birga ketdik" - deb aytmadi...
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi...
Azimga aylandi nozik bo'y nihol:
Bir umr xijronda to'lg'onib behol,
Bo'lganda dilpora yetishmay visol
Muhabbat ortiga qaytmadi...
Ortiga qaytmasin aytmadi.
: Reytingi: 4.5/2

Muhabbat men uchun armona bo'ldi,
Sevganim o'zgaga ko'nglini berdi.
Quvonchli damlarim g'urbatla to'ldi,
Ilk sevgim ko'p o'tmay xazonday so'ldi.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Bog'imda bulbullar qilardi xonish,
Sevganim baxtiyor edi men ila.
Bilolmam aybim - gunohim nedur?
O'zga dil quliga aylandi gulim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Qalbdagi muhabbat oshyoni so'ndi,
Go'yoki, sarobday jonlandi bir bor.
Sevganim tark etdi, yuragim tilim,
Telbadek jovdirab qoldi vujudim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Dilimni o'rtaydi o'tgan kunlarim,
Qulog'im ostida yangrar ovozing.
Sen ketding mayliga baxtli bo'l, jonim,
Vujudim o'ksiydi, qiynar yuragim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Go'yoki ojizday turaman, gulim
Surating qo'limda, hayronadirman.
Nomingni aytishga o'rtanar tilim
Bugun sen yo'qsan men vayronadirman.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
: Reytingi: 4.4/5

Dushmanlarim o’tdi iljayib,
Do'stlar esa qoldilar koyib.
Jismu jonim qoldi mungayib,
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Yurakkinam yig’lagan kecha.
Orzularim bo’ldilar xazon,
Yuragimda in qurdi armon.
Ox, bunchalar pastladi osmon,
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Ko'nglim o’ksib yig'lagan kecha.
Yulduzlar ham boqdilar hayron,
Ko’ngil qasri bo’ldiku vayron,
Og’rigandan – og’ridi bu jon,
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Men tun bo’yi yig’lagan kecha.
Bulutlarga bo’yim yetmadi,
Qattiq ekan, yer ham yutmadi.
Hatto ajal bir pas kutmadi.
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Men tongacha yig’lagan kecha
: Reytingi: 4.7/9

Aldama, aldovlar ovutmas meni
Yaproqlar sasiga qulog`im tutdim
Oydanda qizg`onib, kundanda seni
Baxtning bekatida sabrsiz kutdim
Kelmading sog`inchlar qoldi qon yutib
Yo`l qarab ko`zlarim nuri to`kildi
Ketdingku vaslinga zorni unutib
Qalbimda bir mo`ngli qo`shiq to`qildi
Xazonrez bargidek sarg`aydi qalbim
Eng xo`ngi bardosh ham quladi sassiz
Bosh uzra to`lin oy mo`ng`ayadi jim
Go`yoki shivirlar eh bechora qiz….
: Reytingi: 4.4/5

Bechora qiz o’z to’yidan ko’ngli to’lmas,
Kiprigi nam, yig’lab turar, meni ko’rmas,
Yor-yorlari xo’rligimni yupatolmas
Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
Dardli qo’shiq kuylarimni senga atay,
Sochlaringni o’zga yigit silar netay,
Maktubingni o’tga tashlab yoqib ketay,
Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
Muhabbatning bu azobi ko’nglim tig’lar,
Shabodalar yor sochini silab o’ynar,
Men go’zalga, Go’zal yerga qarab yig’lar,
Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
: Reytingi: 4.2/5

Uni o`zimga ham ko`rgim kelmas ep,
Uni bergim kelmas, hatto she`r, gulga.
Aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb,
Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga.
Bir harfdan uyg`onmas savodsiz dunyo,
Unga sog`inch sochgan unlar qiziqmas,
Vergulgacha kechgan umr - bu ma`no!
Nuqtadan keyingi kunlar qiziqmas.
Shu ojiz yog`ochga yetdimi kuchim?...
So`nib borar edi, xonamdagi sham,
Bilib turib nuqta qo`ygani uchun,
Sindirib tashladim, qalamimni ham.
So`ng shikoyat qilding, qaynoq alamdan,
Oq tutunga to`ldi, qalb umidlari,
O`tga uloqtirdim, yongan qalamdan
Kuygan yurakning keldi hidlari.
Hamon, aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb,
Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga.
Istasang, so`k uni va hohlasang tep,
U aylanib bo`lgan qizil she`r – gulga
: Reytingi: 4.2/5

1-40 41-80
 
Juma
10-Мая-2024
07:29
Portalga Kirish
Xush Kelibsiz xurmatli Mehmon!
Login:
Parol:
 
Eslab qolsinmi
Mini-Chat
Foydali Saytlar

www.UzCinema.Com O'zbekona Universal Portal © 2024