Bosh Saxifa » Sher'lar » She'riyat Olami:


Xikmatli So'z! Ayol qalbi teskari magnitga o'xshaydi: yaqinlashsang-uzoqlashadi, uzoqlashsang-yaqinlashadi.
Shu qadar shirinki, tatib ko'rging keladi. Shu qadar achchiqki, tilingni kuydiradi!
: Reytingi: 4.9/8

Xikmatli So'z! Qora qog'oz xarchand yuvgan bilan oq bo'lmaydi. Oq qog'ozni qora qilish uchun bir chiziq tortish kifoya. Qorani oqlash emas, Oqni qora qilmaslik adolatdir!
Onam aytar, yoshligimda zo`r edim mеn,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.
Bu dunyoni ko`ra olmay ko`r bo`ldim mеn,
Muhabbatdir ko`zlarimni qamashtirgan.

O`qishlarim, ishlarim ham yaxshi edi,
Rubob chalib, kuy qo`shiqda baxshi edim,
Sportning ham, kasb-hunarning naqshi edim,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.

Muhabbat dеb, o`z-o`zimdan gado bo`ldim,
Muhabbat dеb, shе'riyatda shaydo bo`ldim,
Muhabbat dеb, yor vaslida ado bo`ldim,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.

Mеn o`zimni unutibman muhabbat dеb,
Va ko`zimni ko`r qilibman muhabbat dеb,
Chin so`zimni hor qilibman muhabbat dеb,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.

Doniyor Sobirov Toshkent 2007 yil.

: Reytingi: 4.7/11

Maktub yozdim qaro tunlar kiprigingday uzun-uzun.
Maktub yozdim qilma deya yuragimni mahzun-mahzun.
Alvidomas salom yozdim dil o'rtagan kalom yozdim,
mujda kutib siz tomondan kechalari mudom yozdim.
Qaro tunlar qaro tunlar kiprigingday uzun-uzun.

Boshida ne hasrat-la, ko`zda yosh ila
Yig`lasa ovutmoq o`rniga mukofat tarsak
Ursa ham boshiga qahir-la tosh ila
Nechuk yashirar holin bir-bora so`rsak?

Mayli bo`lmasin uyi shoh saroyiday
Kerag emas bir qoshiq totli taom ham
Faqat-faqat kerag “hayot” insonday
Yashamoqga haqli-ku? Ahir Uzbek ham

: Reytingi: 3.6/7

Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol,
Qalbimda butunlay so`nmagan hali.
Sevgim endi sizga kelmasin malol
Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali.
Goho chuchib, goho rashk qilib men
Sevar edim so`zsiz, umidsiz.
Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin,
Chin yurakdan samimiy, cheksiz.
Qurib qoldi ko`zda yoshim,
Yurak to`lsa yig`lolmayman.
Hijronga etmas bardoshim,
Shodlikka dil bog`lolmayman.
Qafasdagi qushcha misol,
Yoningga hech borolmayman
Suvdek oqib ketdi visol,
Tushimda ham ko`rolmayman.
Olis yulduz bo`lding ko`kda,
Yakin turib yetolmayman.
Dardimni tangrimdan o`zga,
Hech kimsaga aytolmayman.
Ey bevafo, bu qilmishing,
Ne deb atay bilolmayman.
Hushim yo`qdir baxt tilashga,
Baxtsizlik ham tilolmayman.
MUHABBATdan kechib ketding,
Men-chi bunday qilolmayman.
Bir umrga armon bo`lgan
MUHABBATdan ketolmayman.
Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek ezib,
Yurakdan to’kilar dardlarim sizib,
Halovatning sokin uylarin bo`zib,
Ketgim kelar lekin bilmam qayoqqa!!!
Xayol bo`lib hayotingdan ketmadim jonim,
Quyosh bo`lib ko`zlaringga botmadim jonim,
Hajring bilan zafarondir oy yuzim,
Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.
: Reytingi: 4.7/19

Mayli, yod etmagin meni bir bora,
Sendan menga mayli kelmasin bir sas.
Mayli, sen unutgin mening ismimni,
Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas.
Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda,
Lek yurak toshligi tilagim emas.
Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar,
Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas.
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
Balki sen bo`larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
Balki sen bo`larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.
: Reytingi: 4.4/12

Endi sizga yetmas qo`lim,
Ketdingiz siz mendan uzoq.
Peshona deb qoldim netay,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Qorong`udir qayda xayol,
Yo`ldosh bo`ldi menga firoq.
O’tar kunim hijronlarda
Sizsiz endi yashay qandoq?
Nechun bizni ayirdilar
Yo`llarimiz endi so`qmoq.
Nahot endi armon bo`lsa
Sizga to`yib-to`yib boqmoq.
Endi sizga yetmas qo`lim,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Endi o`zga choram yo`qdir
Ishim-sizga baxt tilamoq.
: Reytingi: 4.8/15

Kimdir oshkor tan oladi,
Tahsin o`qir shukrona.
Kimdir seni sir tutadi
O`tda yonar pinhona.
Kimlarga sen kulib boqding
Tepkilaydi mastona.
Kimlar uchun osmondasan
Sig`inadi devona.
Anglolmadik to abad,
Anglolmaymiz to abad.
Xom sut emgan bandamiz,
O`zing kechir, MUHABBAT!!!
: Reytingi: 4.6/16

Sog'inasiz hali gullarga qarab,
Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda.
Tushingizda kuting sochlarim tarab,
Kirib kelaman tun eshik qoqqanda…
Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir
Guldan buloqlardan meni izlaysiz
Olislarga eltgan ilohiy taqdir
Yurgan yo'llarimda yig'lab bo'zlaysiz…
: Reytingi: 4.7/22

Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg`u-la zoriga solganda quloq.
O`zni zaif, chanqoq sezganda goho
Alamdan beraman, javobsiz so`roq?
Tirik ekan nega tashlab ketmading,
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog`i tortmadi seni,
Edi nigohingda bor jannat ochiq.
Seni maftun etib bir yer go`zali
Nega meni tashlab ketavermading,
Tirik ayrilishning dog`I og`irmish,
Xo`rlik kemirarmish umrni chaynab…
: Reytingi: 3.8/6

Yuragingni cho`lg`asa alam,
Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan.
Hayot o`zi shundayin bir kam:
Umidingni uzma dunyodan.
Do`sting ketsa dushmaning tomon,
Yuragingni cho`lg`asa gumon,
Kimlarnidir sog`insang yomon,
Umidingni uzma dunyodan.
Yaqinlaring bo`lmasa tirgak,
Qayg`ulardan charchasa yurak,
Bo`lmay qolsang hech kimga kerak,
Umidingni uzma duyodan.
Yo`llarida bo`lsang intizor,
Muhabbating aylasalar xor,
Chertilmasa dilingdagi tor,
Umidingni uzma dunyodan.
Olib qochsa xayoling yillar,
Anglamasa dardingni dillar,
Ishon baxtli kunlaring kelar,
Umidingni uzma dunyodan.
: Reytingi: 4.9/14

Dog`da qoldik ikkimiz,
Armon bo`ldi sevgimiz,
Netay taqdir shum ekan…
Begonamiz endi biz.
O`ksima qiz o`ksima,
Senga yordir do`stima,
Qani gunoh bo`lmasa,
Tig` urardim ko`ksima…
Bildim nega oshiqlar,
Jonidan to`yar ekan.
Yuzingga boqib do`st ham,
Ko`zingni o`yar ekan.
Sevgidan ham do`stdan ham,
Judolar bo`lib ketdim.
Bu bevafo dunyodan,
Adolar bo`lib ketdim.
: Reytingi: 4.2/13

O’zga bulbullar ham bor ekan bog’ingda
Quchog’ingda bo’lgan yolg’iz men emas!
Davralarning guli bo’lgan chog’ingda
Hokisor shoiringni eslab qo’ysang bas!
Men esa ketaman, yaxshi qol, erkam!
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Ma`naviy tark etding men uchun endi
Jismoniy ayriliq - ayriliq emas
Hayolimda sevdim hayoliy qizni
Unga isminggina o’xshaydi holos!
Xayolimda bir malak bulib qol, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Qalbimning tanhosi bo’lmading hech ham
Yoritmoq istading osmonni, yerni.
Zeroki, oy mening yolg'izim- yakkam
Men esa oy uchun minglardan biri...
Falaklarda tanho porlagil, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Tog'lar osha tutdim senga ilk bora
Qalbimda saqlagan oq atirgullar
Men qayerdan bilay noshud bechora
Mendan oldin gul tutdi o'zga olg'irlar
Quchog'ingda gullar yashnasin erkam
Xayr, endi mening yolg'on farishtam.
Hamma go'zallar ham emas bevafo
Barcha bevafolar go'zaldir lekin
Sendek bir go'zalga bo'lmasmi jazo?
O'zga bir muhabbat, otashin sevgim.
Mayliga kundan kun chiroy och, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
: Reytingi: 4.3/7

Xotirang qalbimda mangudir ishon
Sensiz shodliklarim qayg’udir ishon,
Oxir aytar so`zim ushbudir ishon
Unuta olmasman seni hech qachon.

Xayolim, o`ylarim fikrim sendadur
Orzu, ishonch, armon va baxt sendadur,
Ko`zim boshqada-yu qalbim sendadur.
Unuta olmasman seni hech qachon.

Qor yog`sa yuragim entikib ketar,
Sening sevgan kuying qalbimni o`rtar
Seni qumsab bu go`zal hayot ham o`tar,
Unuta olmasan seni hech qachon.

Taqdir charxpalagi tinmay charx urar,
Betakror yulduzlar to`xtamay yurar
Tanamda bu yurak sensiz ham urar,
Unuta olmasman seni hech qachon.

: Reytingi: 4.9/21

Yig`lab-yig`lab qaro ko`zing tolmasin yor,
Yo ko`zdagi yoshing tugab qolmasin yor,
Ko`z yoshingni raqiblaring ko`rmasin yor,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Olislarga boqmagin ko`zda yosh bilan,
O`ksinmagin, o`kinma egik bosh bilan,
Qololmading meningdek bag`ritosh bilan,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Atamagin sevgimizni armon deb,
Ushal o’tgan muhabbatga zorman deb,
Eng esa o`zga yorga yorman deb,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Endi yoring senga yoqsin, sen ham unga yoq,
Qadam qo`ygan xonadoning etgil porloq,
Taqdirimizda yo`q ekan yor birga bo`lmoq,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
: Reytingi: 4.8/4

Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor,
Va`da berganiga tegmagan qiz bor,
Tillo sirg`a taqqan sovchi kelganda,
Sevganim bor deya, aytmagan qiz bor.
Ostona qoshidan izlarim uchgan,
Janona boshidan so`zlarim uchgan.
Orzulari o`zga yurakka ko`chgan,
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor.
To`y ham bo`lar emish, erta yo indin,
Liboslar kiyibdi yal-yal-u, sim-sim,
Bugun sulayotir so`nggi umidim,
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor…
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor,
Va`da berganiga tegmagan qiz bor,
Tillo sirg`a taqqan sovchi kelganda,
Sevganim bor deya, aytmagan qiz bor.
: Reytingi: 4.1/7

Kutar edimku Sizni,
Suvga chiqmas erinchak,
To`ylar muborak bo`lsin,
Erinchak qiz, kelinchak…
Endi chaqqon bo`lasiz,
Yorga yoqqan bo`lasiz,
Menga armon bo`lasiz,
Erinchak qiz, kelinchak…
Nega suvga chiqmagan,
Ayon bo`ldi bizga ham,
Sovchi bor deb aytmagan,
Erinchak qiz, kelinchak…
Ergashibman erinmay,
O`zga qizga berilmay,
Keting – menga ko`rinmay,
Erinchak qiz, kelinchak…
: Reytingi: 4.4/11

Farishtadan farqingiz yo`q,
Husningizga to`yolmayman,
Uzr go`zal, uzr go`zal,
Sizga men yor bo`lolmayman.
Qorsiz – oppoq iz tushmagan,
G`arib dilimni xushlagan,
Yorim bor Sizga o`xshagan,
Sizga men yor bo`lolmayman.
Bu dunyoda armonimsiz,
Armonimsiz, etolmayman,
Mangu uxlay tushim bo`ling,
Ungimda yor bo`lolmayman.
Tuningiz bedor, bilaman,
Dilingiz bemor, bilaman,
Endi men qandoq qilaman,
Sizga men yor bo`lolmayman.
* * *
Sevganimni shum taqdir,
Begonaga uzatdi,
So`ng berahm yangalar,
Yor-yor aytib kuzatdi.
Yonib-yonib kul bo`ldi,
Yuraklarda sevgimiz,
Baxtin topgan kim bo`ldi?
Baxtsiz bo`ldik ikkimiz…
Bu dunyoda muhabbat,
Kimlar uchun o`yindir.
Qo`llarimda surating
Bugun seni to`yingdir.
Qaydan keldi sevgilim,
Ikkimizga bu jafo.
Xayr endi ey, gulim
Dunyo ekan bevafo…
: Reytingi: 4.5/6

Kelinchagim kulib-kulib ketdingizmu,
Yuragimni tilib-tilib ketdingizmu,
Bu dunyoda nelar bo`lsam, bo`ldimku men,
Siz murodga yetdingizmu, yetdingizmu…
Ko’nglingizni oldim shu yangalari,
Avrab yo`lga soldimu yo hiylolari,
Ko`zingizni oldimu yo tillolari,
Sevgimizni zarlariga sotdingizmu…
Kun botmayin eshiginiz yopiladi,
Ko`k zulfiga po`lat zanjir osiladi,
Yig`i bilan xumoringiz bosiladi,
Izlab-izlab, shu zindonni topdingizmu…
: Reytingi: 4.0/8

Sog'inasiz hali gullarga qarab,
Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda.
Tushingizda kuting sochlarim tarab,
Kirib kelaman tun eshik qoqqanda.
Qaragingiz kelar nogoh men tomon,
Boqibda topmaysiz , bo'lmang ovora
Ko'zlar so'zlashishlar...barisi tamom,
Achinmang yig'lasa ko'ngil bechora .
Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir,
Guldan buloqlardan meni izlaysiz.
Olislarga eltgan ilohiy taqdir,
Yurgan yo'llarimdan yig'lab bo'zlaysiz.
Taqdirga tan bermay yo'q ilojingiz,
Sog'inch tig' uradi qoningiz chiqmas,
Ko'ngil yig'laydi-yu yo'q imkoningiz,
Bemor ruhingizning yarasi bitmas...
: Reytingi: 4.9/9

Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.
: Reytingi: 4.9/10

Bog'imga qaytganda sabolar,
Qaytadan yaraldi navolar.
Shabnamga to'yganda havolar
Muhabbat ortiga qaytmadi,
Qaerda qolganin aytmadi...
Kelganda g'uncha deb uzmadim
Yurakning qulfini buzmadim
Muhabbat ekanin sezmadim
Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi...
Sevgilim ekanin aytmadi...
Zor bo'lib kutganim yetmasdan
O'zgaga parvo ham etmasdan
Ortidan ergashib ketmasdan
Qolgandim. U esa qaytmadi...
"Yur birga ketdik" - deb aytmadi...
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi...
Azimga aylandi nozik bo'y nihol:
Bir umr xijronda to'lg'onib behol,
Bo'lganda dilpora yetishmay visol
Muhabbat ortiga qaytmadi...
Ortiga qaytmasin aytmadi.
: Reytingi: 4.5/2

Muhabbat men uchun armona bo'ldi,
Sevganim o'zgaga ko'nglini berdi.
Quvonchli damlarim g'urbatla to'ldi,
Ilk sevgim ko'p o'tmay xazonday so'ldi.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Bog'imda bulbullar qilardi xonish,
Sevganim baxtiyor edi men ila.
Bilolmam aybim - gunohim nedur?
O'zga dil quliga aylandi gulim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Qalbdagi muhabbat oshyoni so'ndi,
Go'yoki, sarobday jonlandi bir bor.
Sevganim tark etdi, yuragim tilim,
Telbadek jovdirab qoldi vujudim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Dilimni o'rtaydi o'tgan kunlarim,
Qulog'im ostida yangrar ovozing.
Sen ketding mayliga baxtli bo'l, jonim,
Vujudim o'ksiydi, qiynar yuragim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Go'yoki ojizday turaman, gulim
Surating qo'limda, hayronadirman.
Nomingni aytishga o'rtanar tilim
Bugun sen yo'qsan men vayronadirman.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
: Reytingi: 4.4/5

Dushmanlarim o’tdi iljayib,
Do'stlar esa qoldilar koyib.
Jismu jonim qoldi mungayib,
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Yurakkinam yig’lagan kecha.
Orzularim bo’ldilar xazon,
Yuragimda in qurdi armon.
Ox, bunchalar pastladi osmon,
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Ko'nglim o’ksib yig'lagan kecha.
Yulduzlar ham boqdilar hayron,
Ko’ngil qasri bo’ldiku vayron,
Og’rigandan – og’ridi bu jon,
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Men tun bo’yi yig’lagan kecha.
Bulutlarga bo’yim yetmadi,
Qattiq ekan, yer ham yutmadi.
Hatto ajal bir pas kutmadi.
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Men tongacha yig’lagan kecha
: Reytingi: 4.7/9

Aldama, aldovlar ovutmas meni
Yaproqlar sasiga qulog`im tutdim
Oydanda qizg`onib, kundanda seni
Baxtning bekatida sabrsiz kutdim
Kelmading sog`inchlar qoldi qon yutib
Yo`l qarab ko`zlarim nuri to`kildi
Ketdingku vaslinga zorni unutib
Qalbimda bir mo`ngli qo`shiq to`qildi
Xazonrez bargidek sarg`aydi qalbim
Eng xo`ngi bardosh ham quladi sassiz
Bosh uzra to`lin oy mo`ng`ayadi jim
Go`yoki shivirlar eh bechora qiz….
: Reytingi: 4.4/5

Bechora qiz o’z to’yidan ko’ngli to’lmas,
Kiprigi nam, yig’lab turar, meni ko’rmas,
Yor-yorlari xo’rligimni yupatolmas
Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
Dardli qo’shiq kuylarimni senga atay,
Sochlaringni o’zga yigit silar netay,
Maktubingni o’tga tashlab yoqib ketay,
Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
Muhabbatning bu azobi ko’nglim tig’lar,
Shabodalar yor sochini silab o’ynar,
Men go’zalga, Go’zal yerga qarab yig’lar,
Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
: Reytingi: 4.2/5

Uni o`zimga ham ko`rgim kelmas ep,
Uni bergim kelmas, hatto she`r, gulga.
Aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb,
Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga.
Bir harfdan uyg`onmas savodsiz dunyo,
Unga sog`inch sochgan unlar qiziqmas,
Vergulgacha kechgan umr - bu ma`no!
Nuqtadan keyingi kunlar qiziqmas.
Shu ojiz yog`ochga yetdimi kuchim?...
So`nib borar edi, xonamdagi sham,
Bilib turib nuqta qo`ygani uchun,
Sindirib tashladim, qalamimni ham.
So`ng shikoyat qilding, qaynoq alamdan,
Oq tutunga to`ldi, qalb umidlari,
O`tga uloqtirdim, yongan qalamdan
Kuygan yurakning keldi hidlari.
Hamon, aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb,
Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga.
Istasang, so`k uni va hohlasang tep,
U aylanib bo`lgan qizil she`r – gulga
: Reytingi: 4.2/5

Suratlar qirqildi ikki bo`lakka,
Sen u taraf qolding, men bu yon qarab.
Oh, yolg`on ekan-ku, singmay yurakka-
Ishq u tomon qoldi, ishonch bu taraf!
Erkalash ohangi g`azabga do`ndi.
Shirin o`ylar esa tig`li xayolga.
Notavon peshoba yozmishga ko`ndi,
Kelajak aylandi mavhum savolga.
Men ketdim, sen qolding, oraliq-cheksiz,
Bu hudud eng tiyra tundan-da qaro.
Bir vaqtlar ko`ksimni to`ldirgan ul his
Bu kun bitmas armon, dog` ko`chmas aro!
: Reytingi: 4.8/5

Sabrni ummon deb atading,
Bardoshni tog`larga qiyoslab.
Kut, deding, ataylab kelmading,
Sog`insam ketarding olislab.
Tog`larni yengish-chun ummondan,
Goh cho`kib, goh suzib o`tdim-ku!
Umidim o'zmasdan osmondan,
Bearmon, kutdim-ku, kutdim-ku!
Baribir kelmading, kelmading,
Nimani istading, bilmadim.
Qo`lingni qo`limga qo`ymading,
-Kut, -deding, kutishdan tolmadim.
Ko`nikmoq azobi beomon,
Bu aziz boshimga tusharmu?
O`ylari tugamay dil hayron,
-Yuragim yarmini toparmu?!
: Reytingi: 4.2/6

Uni kutdim, munis onam
Sandiqqa sep joylaganida,
Kimdir birov dasta gul bilan,
Yo`llarimni poylaganida.
Uni kutdim, hovlimiz uzra,
Yangraganda sho`x yalla, sho`x bayt.
Egik boshim o'zra yangalar,
Oppoq ro`mol yopishganida.
Uni kutdim, baxt tilab otam,
O`zga uyga kuzatganida.
Ilk ishqimdan voqif dugonam,
Yig`lab-yig`lab kuzatganida.
Uni kutdim… so`ngi bor kutdim
Ammo u baribir kelmadi…!
: Reytingi: 4.5/4

Taqdir bir kam yaralgan, dunyo emas,
Bir telbaman, aql-u, xushga oshno emas.
Dil o`kinchim:ketavering, ortga boqmay,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!
Yig`lab-yig`lab tugar bir kun ashkim bori,
Kuylay-kuylay uziladi qalbim tori.
Mayli yog`sin bu boshimga tog`lar qori,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!
Mayli mening osmonimga oy chiqmasin,
Yurgan yo`lim, sahro bo`lsin, soy chiqmasin.
Qabri uchun yer yuzidan joy chiqmasin,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!
Iltimosim: ortingizga boqmay keting,
Baxtli kunda men telbani bir yod eting.
So`ngi so`zim: baxtingizni mahkam tuting,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas
: Reytingi: 4.3/6

Yonib turgan qalbimni muzlatding nechun?
Taqdir bizni ajratdi, ajratdi nechun?
axir ajratarkan, uchratdi nechun
Meni eslab turgin ilk muhabbatim.
Muhabbat azoblari boshlandi netay,
Alamdan yuragim g`ashlandi netay,
Ko`zim qarog`lari yoshlandi netay,
Dilimdasan doim, ilk muhabbatim.
Dil bog`ida gul bo`lish-bir baxt emasmi?
Sen-la baxtli bo`lish-chin baxt emasmi,
Sevilishlikning o’zi ham baxt emasmi,
Sen meni unutma ilk muhabbatim!
Hurlimon Saidova
: Reytingi: 4.8/4

Biz baxtga intilib, armonga yetdik,
Yellarda xazondek uchdi orzular.
Qo`llarda gul turib vayronga yetdik,
Baxtli kunlarimiz ko`pmas, oz ular.
Biz baxtga intilib, soxil tomonmas,
Ko`ngillarga ishqdan ko`prik yasadik.
O`tli xotiradan hamon ko`ngil mast,
Oz bo`lsa ham, erkam, baxtli yashadik!
Biz baxtga intilib, kashf etdik armon,
Faqat ko`ngil topdi, biro lam sayqal.
Afsus, o`tgan kunlar uchun hech qachon,
O`rnatib bo`lmaydi, bitta ham haykal…
Shuhrat Tohir
: Reytingi: 5.0/2

Ostonamga yonib kelib muzlab ketding,
Mendan meni topmay giryon izlab ketding,
Armon, afsus ko`chasida bo`zlab ketding,
Ko`zlaringda qotgan qanday savol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
Sen so`ragan hayajonu hayrat qayda,
Xush suvratga yarashiqli siyrat qayda,
Bu ishqqa suyangan moh ta`lat qayda,
Ko`zlaringda qotdi ajab, savol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
O`lchab ko`rding bul qasrlar bekaligin,
Ming istakka ro`yob topgan erkaliging,
Bisyorliklar dunyosida yakkaliging,
Ko`zlaringda qotdi ajab, savol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
Bu mulki davlat, bisyor, libos cho`g`dir,
O`zni sevish, o`zing uchun yashash o`qdir,
Bunda faqat sen izlagan yurak yo`qdir,
O`shal yo`qlik ko`zlaringda malol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
Bir dasturxon sig`dirmagay ikkimizni,
Ismi bo`lak, vazni bo`lak yukimizni,
Vaqt ko`rsatr hali chikka pukkamizni,
O`shangacha men hayroni, sen lol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
: Reytingi: 4.7/6

Gulday imring kulday to`zib ketmoqda,
Kimni o`ylab yoshing qirqdan o`tmoqda,
Yolg`izmisan endi sen bu chorboqda,
Endi yo`qlab kelmasmu u aldagan?..
O`t ham o`sar bir-biriga suykalib,
Sen na yorsan, sen na Tulsan, ey g`arib,
Hech bo`lmasa ko`ngil uchun axtarib,
Bir bor kelsa bo`lmasmu u aldagan.
Ochil, gulim, ayt o`zimga dardingni,
Gulfurushlar qaydan bilsin qadringni.
Yomg`irman deb yuzing silab, bag`ringni
To`kib ketgan do`lmasmu u aldagan.
Ne munchoq u, tengi yo`dir, tizimsiz,
Ne olchoq u, ruhi jonsiz, jismsiz.
Yillar bilan ich-ichingga ismsiz,
Cho`kib ketgan qo`lmasmi u aldagan…
Gulday imring kulday to`zib ketmoqda,
Kimni o`ylab yoshing qirqdan o`tmoqda,
Yelkangdagi yetti qator sirtmoqda,
Osilibgina o`lmasmu u aldagan…
Yuzlaringni ko`rgandayman qaydadir,
Qo`l ushlashib yurgandayman qaydadir,
Neki qilsang, axir bir kun qaytadir,
Ayt, mobodo menmasmi u aldagan?!..
Muhammad Yusuf
: Reytingi: 3.5/4

Ko’zlarimdan oqsa marjon-marjon yosh,
Boshim egib qolsam berolmay bardosh,
O’zga qo’l ko’z yoshim artsa ko’narman,
Lekin o’shanda ham sizni sevarman
Egnimda tursada kelinlik libos,
Qadamim sho’x bossam baxtlilarga xos,
Do’stlar davrasida o’ynab kularman,
Lekin o’shanda ham sizni sevarman!...
Umrimni kezganda hamisha bahor,
Kamiga tortganda oila, ruzg’or
Birinchi farzandim o’pib suyarman,
Lekin o’shanda ham faqat sizni.. sizni sevarman...
: Reytingi: 4.7/14

Judolik diyori: ayri-ayri yo`l,
Men ko`ngil dayridan tonib ketyapman.
Netay sevgim xazon, xazon sevgim mo`l,
Men ishqning ko`yidan yonib ketyapman.
Ko`ngillar me`zoni: baxtdan yo`q nishon,
Qarog`lar jodudir, sof muhabbatmas.
Muhabat, muhabbat yo sukut, yo shon,
Qovushgan ruhlaru, hech nikohlanmas.
Sevgim shamollaridan o`ylarim ma`yus,
Sog`inchlar yoqalab ketyapman, daydib.
Yurak talpinadi, sen tomon hanuz,
Netay, kelolmayman, orqaga qaytib.
Netay?!...
: Reytingi: 4.3/3

Yuragimni olovga ko`mdi,
Ko`kka uchdim, sizga aytmayman.
Ruhim poklanmoqda oppoq ishq,
Men-ishqdaman, sizga qaytmayman!
Eslamang siz, meni uniting,
Xuddi mendek yashang telbavor.
Telbalikda (agar bilsangiz),
Ishqning ishqdan ulug`ligi bor.
Faqat sizga achinaman bot,
Sevgi nima hanuz bilmaysiz.
Ko`ngil sizu-ko`ngilday bo`lib,
Qalbingizni seva olmaysiz.
Men baxtliman, topganim ne ishq,
Olov ichra yashar yuragim.
Bu yurakning mavj-mavjlarida,
Nur bo`p chiqar, Xudo-keragim!
Umid Ali
: Reytingi: 4.5/6

Bog'imga qaytganda sabolar,
Qaytadan yaraldi navolar.
Shabnamga to'yganda havolar
Muhabbat ortiga qaytmadi,
Qaerda qolganin aytmadi...
Kelganda g'uncha deb uzmadim
Yurakning qulfini buzmadim
Muhabbat ekanin sezmadim
Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi...
Sevgilim ekanin aytmadi...
Zor bo'lib kutganim yetmasdan
O'zgaga parvo ham etmasdan
Ortidan ergashib ketmasdan
Qolgandim. U esa qaytmadi...
"Yur birga ketdik" - deb aytmadi...
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi...
Azimga aylandi nozik bo'y nihol:
Bir umr xijronda to'lg'onib behol,
Bo'lganda dilpora yetishmay visol
Muhabbat ortiga qaytmadi...
Ortiga qaytmasin aytmadi
: Reytingi: 4.7/3

Muhabbat men uchun armona bo'ldi,
Sevganim o'zgaga ko'nglini berdi.
Quvonchli damlarim g'urbatla to'ldi,
Ilk sevgim ko'p o'tmay xazonday so'ldi.

Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Bog'imda bulbullar qilardi xonish,
Sevganim baxtiyor edi men ila.

Bilolmam aybim - gunohim nedur?
O'zga dil quliga aylandi gulim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Qalbdagi muhabbat oshyoni so'ndi,
Go'yoki, sarobday jonlandi bir bor.
Sevganim tark etdi, yuragim tilim,
Telbadek jovdirab qoldi vujudim.

Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
Dilimni o'rtaydi o'tgan kunlarim,
Qulog'im ostida yangrar ovozing.

Sen ketding mayliga baxtli bo'l, jonim,
Vujudim o'ksiydi, qiynar yuragim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Go'yoki ojizday turaman, gulim
Surating qo'limda, hayronadirman.
Nomingni aytishga o'rtanar tilim
Bugun sen yo'qsan men vayronadirman.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

: Reytingi: 4.8/4

Dushmanlarim o’tdi iljayib,
Do'stlar esa qoldilar koyib.
Jismu jonim qoldi mungayib,
Siz o’zgani sizlagan kecha.

Yurakkinam yig’lagan kecha.
Orzularim bo’ldilar xazon,
Yuragimda in qurdi armon.
Ox, bunchalar pastladi osmon,

Siz o’zgani sizlagan kecha.
Ko'nglim o’ksib yig'lagan kecha.
Yulduzlar ham boqdilar hayron,
Ko’ngil qasri bo’ldiku vayron,

Og’rigandan – og’ridi bu jon,
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Men tun bo’yi yig’lagan kecha.
Bulutlarga bo’yim yetmadi,

Qattiq ekan, yer ham yutmadi.
Hatto ajal bir pas kutmadi.
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Men tongacha yig’lagan kecha

: Reytingi: 4.7/9

1-40 41-50
 
Dushanba
20-Мая-2024
16:52
Portalga Kirish
Xush Kelibsiz xurmatli Mehmon!
Login:
Parol:
 
Eslab qolsinmi
Mini-Chat
Foydali Saytlar

www.UzCinema.Com O'zbekona Universal Portal © 2024