Bosh Saxifa » Sher'lar » Qalb nolasi:


Xikmatli so'z! Hamma narsani bilaman, deydigan odam hech nimani bilmaydi!
Qishning sovuq kunlaridan yana biri...Fayzsiz ko'chalar uning qalbi kabi huvillab yotibdi...Bu ko'chalarda u o'zini o'zga, yovuz bir olamga tushib qolganday his qiladi, hamma narsa begona, hammasi zerikarli...Go'yo shu begona olamda qachondir, nimadir sodir bo'ladiyu qolgan hayoti ham ostin-ustin bo'lib ketadi...Bor vujudiga xokim bo'lishga ulgurgan bu o'y-xayollar, endi uning yuragiga soya solishga intilmoqda. Shuning uchunmi, keyingi paytlarda yuragiga qandaydir gashlik qo'nib olgan, shu gashlik hatto "eng xursand kunida "ham ko'nglining bir chetini xira qilib turadi...Shunday deb atasa bo'larmikan?!..."eng xursand kunlari "..., qaysi kunni u eng quvonchli kuni deb atay oladi. To'gri, u uchun yaxshi kunlar ko'p bo'ldi, bunday kunlarda u, yayradi, kuldi, lekin yuragichi?...Yurakdan xursand bo'la oldimi?...Yo'q...Shunday daqiqalar bo'ladiki, yuragida qandaydir umid chechaklari bosh ko'tarib ko'kka intilib qoladi, ammo yurakning katta qismini egallab olgan cho'llardan ko'tarilgan chang-to'zonlardan esa yana qovjirab qoladi...Yana o'sha bo'm-bo'sh yurak...Yurak, uning yuragi ilgari qanday edi..., yo'q ilgari bunaqa emasdi, o'ziga tanish yoki notanish hislar bilan to'lib borayotgan edi..., yo'q o'shanda ham yuragining bir chetida kichkinagina qorongulik borligini his qilardi, xozir esa shu kichkinagina qorongulik kengayib, butun qalbini cho'lgab olgan...Uning yuragini hech narsa to'lqinlantirolmay qo'ygan, na quvonch, na shodlik, na kulfat va na gam...
Bunday yurakni nimaga o'xshatsa bo'ladi?! muzliklar o'lkasigami? yoki adog'i yo'q jazirama cho'lgami? yoki chaqmoq urib, yonib kulga aylangan o'rmonzorgami...?
Hamma aybni yurakka to'nkasak bo'larmikan?, uning o'zichi, o'zi irodasiz, qo'rqoq emasmi? ha qo'rqoq u xursandchilikdan, quvonchli kundan o'zini olib qochadi, to'grirogi qo'rqadi...Chunki u bugungi "yaxshi kun"dan keyin albatta "yomon kun " keladi deb o'ylaydi...Shu uchun "xursandchilik" ko'chasidan chetlab o'tib o'zini "tushkunlik"xiyoboniga uradi...Bu xiyobonda u yolgiz kezishni yoqtiradi...Bu xiyobonning bahor yozi yo'q, unda faqat kuz hukmronlik qiladi...kimsasiz, zerikarli va qandaydir vahimali..., ammo shunga qaramay faqat shu erdagina u o'zini xotirjam qiladi, yuragi ham orom olganday bo'ladi...

Oqila. Toshkent 2007 yil
(Davomi bor...)

: Reytingi: 4.4/14

Xikmatli so'z! O'zidan boshqa hammani yomon ko'radigan odam oxir-oqibat o'zidan boshqa hammaning nafratiga yo'liqadi.
Tun… Mening motamsaro qalbim yanglig` qop-qora, zulmat libosini kiygan va lek tinch, osuda oqshom.
Tun… Bu kecha ham ko`zlarda uyqu yo`q. Kipriklar bir-birini sog`inch bilan eslaydi, bir-birlarini shirin quchmoqlikni intiq bo`lib kutadi… biroq uyqu shahzodasi bu oqshom yana qorachiq va mujgonlar huzuriga kelishidan bosh tortadi.
Yurak bezovta, dil xavotirda. Ko`ngil…yana notinchsan. Sen-da bedor, menga-da orom yo`q.
Ko`ngil… nega buncha noziksan, erkam? Nechun? Nega o`zga qalblar kabi diydang tosh emas. Agar shunday bo`lganingda senga ham, menga ham bunchalik qiyin bo`lmasmidi?
Atirgulni gullar malikasi, deyishadi. Sen o`sha malakning harir va nafis libosidan ham nozikmisan, ey DIL?! Men- KO`NGILman. Hamisha notinch qalbman. Men pokiza tuyg`ular maskani, sevinchning qotib qolfan sho`lasiman. Jamiki mavjudotlar ichra eng aqlli, shuning bilan birga eng yovuz INSON deb atalmish zoti oliylaridan cheksiz nafratdaman. Ular meni qiynaydilar. Tuyg`ularimga o`t qo`yadilar. Meni o`z sochimga osmoqchi bo`ladilar. Yanglishadilar. Meni o`z qo`llarim bilan bo`g`ib o`ldirmoqchi bo`ladilar. Xato qiladilar.
Mening sohibam! Sendan uyalaman, o`zga ko`ngillardan nozikroq bo`lganligim uchun. Meni avf et, azizam! Sen esa yonib yasha. Munavvar kunlar kelishiga ishon. Hayotda umid o`yini tikla. Poydevori mustahkam qal`a har qanday bo`ron va toshqinlarga bardosh bergusi. Azob farishtasining sochlarini yul: toki seni ortiq qiynamasin. Ruhiy iztiroblar qasrini qulat va bu maskanni tark et! Olam…yop-yorug`…Qara…Tong otmoqda. Sutday oq tongni ikkimiz bedor qarshiladik.
…Men…Ko`ngilman. Billurday tiniq, tonggi shabnamman. Aziz sohibam! Sen quyosh bo`l! Sabot va bardoshing bilan turmushning chigal kishanlarini uz, ulardan xolos bo`l! Nurli toqating bilan meni o`zingga band et!
Men KO`NGILman. Sen esa mening pandlarimga KO`NGIL va o`zingni niyating oppoq gullariga, murodbaxsh tuyg`ulariga ko`mgil.
-KO`NGIL! Taskin top, tinchlan. Nasihatlaringga amal qilishga intilaman. Ko`ksimda sen hokim ekansan, boshqacha bo`lishi mumkin ham emas. Meni to`g`ri yo`lga boshla, meni tushun, menga ishon.
-KO`NGLIM!!! Musaffo tongni qarshi ol! Pokligi uchun unga sajda qil! Yangi tong muborak, ey, bedor DIL!!! Yangi kun muborak, ey, qutlug` INSON!!!

Muhayyo Ahmedova. Toshkent. 2007 yil.

: Reytingi: 4.3/10

Xikmatli SO'z! Ayol mehri - asaldek totli. Ayol makri - zahardek xavfli. TESKARI HAQIQAT
Ko`ngilning manzili olis. Unga yetgunga qadar ne-ne mashaqqatlarni bosib o`tmaydi qalb. Beayov yog`ilgan bo`ronlar, qo`zg`alib qolgan shafqatsiz dovullar, halokatga giriftor etuvchi to`fonlar…-bu to`siqlarni buzib o`tish uchun buyuk muhabbat kerak, otashin ishq kerak. Qalbda lovullab turgan sevgi barini kuydurib tashlaydi, kulini ko`kka sovuradi, ko`kka.
…Yoz chillasidagi eng bokira tun. Chaqnoq yulduzlar, nurga ko`milib, shu`lalar sochayotgan to`lin oy osmonning beadog` bag`rida erkinlikdan yashnamoqda. Bosh-adog`I ko`rinmas kengliklarga aylanib ketgan yaydoq dalada g`ayqillab arava ketmoqda. Sukunatni aravaning bir maromdagi “g`iyq-g`iyq” beo`xshov tovushigina buzar, go`yo olamda faqatgina bitta shu tovush mavjuddek uzluksiz davom etardi.
Ot tizginini mahkam siqqancha, aravaning berisida o`tirib olib otni jimgina boshqarib ketayotgan Doniyor birdan titroq tovushla kuylay boshladi. Bu kuy… bu kuy shunchalik alamli, g`amgin ediki, yurakni pora-pora qilib kuydurib tashlardi. Doniyorning dard to`la qalbi kuy avjida baralla namoyon bo`ldi. U mung nuqsi urgan vujudlardan, mahzunlik zohir dunyoning seralam, iztirobli lahzalaridan, ko`ngilning, ha, ha, ko`ngilning eng tubidagi mahzunlikni o`z ohanglarida aks ettirardi. Bu sehrlangan dilning dunyosi, jodulangan qalbning olami edi.
Aravada mudrab kelayotgan qiz kuy ta`siridan juda ham g`amgin rang tortgan, uyqu allaqachonlar vujuddan tag-tomiri bilan uzilgan, butun jismu-jonini zabt etgan mungli ohanglar uni allaqanday sehrli olamga boshlab kirayotgandek. Uning ko`zlaridan sizilib, yonoqlaridan tomib tushayotgan qaynoq yosh tomchilari, vujudida uyg`ongan yoqimli allaqanday titroq his-tiyg`ularning yurakni o`rmab-chirmab, ruhiyatini ezish-bari mangulikka tatiydigandek tuyulardi. Ha, kuyning ko`ngil torlaridan o`ralib chiqishi, boz qalblar dunyosiga to`satdan hujum qilishi-muhabbatni, sof muhabbatni bo`y-basticha o`z ohanglarida namoyon qiladi. Doniyor o`z sevgisini ana shu qo`shiqda, jonni eritib, sel-sel qilib yuborgan ohanglarda ifodalayotgandi… U hech qanday musiqiy asboblarsiz; faqatgina o`z tovushi-tabiiy ovozi bilangina qo`shiq aytayotgandi. Mungli, ma`yus sevgi qo`shig`ini kuylayotgandi. Bu qo`shiqdan tabiat ham sehrlangan: oy, yulduzlar ko`z yosh to`kishga tayyor turgandek yiltillab, ma`yus tovlanishardi. Ohanglardan mung sadosi taralib, butun dala cho`kib qolgandi. Qo`shiq hech oxirlamas, hech tugamaydigandek bir maromda davom etar, ayni avj pardalarda yurak zirillab-zirillab ketardi. Doniyorning qalbidan toshib chiqayotgan dard qo`shiqda aks-sado taratar, olov olgan muhabbat betizgin alangaday gurillab-gurillab yonardi. Ruhlarga inib kirayotgan mahzun ohanglar butun vujudlarni bor dunyosiga kuydirib sel-sel qilmoqda, yuraklar alanga ichida qolganday erib,tomchilab-tomchilab qurib, bitmoqda edi.
Doniyor tuyqus yelkalariga ohista qo`yilgan yumshoq qo`llardan seskanib ketdi. Bo`yniga chirmashib, quchoqlayotgan, boshini yelkasiga jimgina qo`ygan vujudni unga ko`z tashlamoq his qildi: Jamila. Kuy bir muddat tindi. Bir nafas olgulik vaqt oralig`ida jimjitlik yaqqol sezildi. Ikki vujudning qalb rishtalari shundaygina bir-biriga tegib turgani, bu ulanib, tugunlanish arafasida ekanligi ham ana shu sirli sukunatda sezildi. Bir muddatlik nafas oralig`ida ikki yurakning azob urishi yaqqol eshitlidi atrofga: “duk-duk”. Doniyor ko`nglida uyg`ongan shirin titroq, entikish va yana allaqanday yoqimli hislar qurshovida qolganini allaqachon anglab yetgandi. U yana qo`shiq ijrosiga berildi. Endi boyagidek mungli, mahzun ohanglarnimas, ko`ngil dunyosini zabt etgan, qalblar olamida erkin suzib yurgan, eng go`zal, bokira tuyg`uni barchaga ulashguvchi xilqat-muhabbatni, uning g`alabasini yangroq tovushlarda ijro etishga tushgandi. Kuy avjlandi… Yuzlarda uyg`ongan mayin tabassum, ko`zlarda yiltillagan kulgu, qalblardagi bahoriy tarovat bemisl ishqning taftidan rang olgan edi. Kimsasiz, bir zog`-da ko`rinmas yaydoq dala aravada gupurib, toshib chiqayotgan vujuddagi qaynoq his-tuyg`ularning olovidan yashnab ketmoqda edi. Tabiat-da butkul o`zgargan, tun hukmronlik qilayotgan bo`lsa-da qalblar yog`dusidan atrof yorishib ketganday edi…
Yoz chillasining eng mukarram tunlaridan birida uyg`ongan bokira ishq shu asnoda tug`ilgandi. Ko`ngilning ohanglari, torlari taralib butun kengliklarni zabt etib borayotgan ishq havosi shu tariqa yoyilgandi. Bir qo`shiq sehrdan ko`ngilning umidi ko`kka bo`ylagani, botindagi dunyoning zabt etilishi, baxtning g`uncha yanglig` ochilishi, ajablanarli hol, kutilmagan mo`jiza edi. Muhabbat bog`ida ochilgan yana bir juft anvoyi gul bulbulning sehrli tovushidan, ajib xonishidan-dil ohanglarining tengsiz mo`jizaviyligi, qudrati osmon qadar yuksalganidan qalblarda ishinoch tug`diradi. Bu ishonch musaffo osmon, zangor rang zamin va tarovati ko`kka qadar bo`ylagan zarbli sevgi ohanglari edi…

Umid Ali 2007. yil

: Reytingi: 4.0/6

Xikmatli So'z: Bir narsani hech tushunmayman:kitob o'qiydiganlarda pul yo'q. Puli ko'plar kitob o'qimaydi...
Mag`rur sevgi… Shunaqasi ham bo`larkan dunyoda. Sevasanu, lek oshkor qilishga g`ururing yo`l qo`ymaydi. Ichingda sevging deb kuyib-pishasanu, ammo tashqariga hatto tututnini ham chiqarolmaysan. Eng yaqin sirdoshing ham kimni sevishingni bilolmaydi. Avvallari hatto o`zingdan ham qizg`angan nigohing bugun unga, ha, ha, o`sha insonga qadalgan. Avvallari hech kimga aytilmagan, qalbing tubidagi sirlaringni unga oshkor etging keladi. O`sha inson sening orzuingdagi shahzoda, tushlaring farishtasi, sen bir umr kutgan yor. U bilan baxtli bo`lishga, u bilan hayot yo`lingni bog`lashingga ko`zing yetadi. Lekin yana mag`rurlik qilasan… Sen tushingda ko`rgan, orzu qilgan xayollar ro`yobga chiqa boshladi. Ich-ichingdan quvonasan, dunyoga jar solging keladi: “Sevib qoldim” deya. Ammo yana o`sha qizlik g`ururing halal beradi… U senga nigoh tashlaganida bor badaning titrab ketadi-yu, ammo atrofdagilarga sezdirmaysan. Yuzing hayajondan qizarsa, kun issiqligini bahona qilasan. Sevganing dugonalaring bilan uzoq gaplashib qolsa, yuraging yorligudek bo`ladi. Shu choq uni hammadan, hatto o`zingdan ham rashk qilib, qizg`anib ketasan. Lekin uni yoniga borib: “Sizni sevaman” deyolmaysan. Seningcha, bu gapni aytsang, o`sha on g`ururing o`ladi, qat`iyating sinadi… Kutilmaganda u yoningga kelib seni sevishini aytadi. Quvonching ichingga sig`may turibdi-ku, lekin yana mag`rurlik qilib, uning sevgisini sinovdan o`tkazasan. Bunchalar beshafqatsan-a? “Sevdim” deb ko`zlaringga termulib turgan sevgilingga rahming ham kelmaydi-ya?! U hatto sen bilan hayot yo`lini birlashtirmoqchiligini aytdi. Axir bu sening umrbod Ollohdan tilagan baxting-ku! Yo`q, shunda ham mag`rursan… Eh, yurak! Buncha mag`rur bo`lmasang. Nahot, sen sevgan yor biro g`iz “sevdim” degan so`zingga arzimasa? Shunchalar mag`rursanki, o`z his-tuyg`ularingni oshkora aytolmaysan…
Biroq…Biroq muhabbat shunday kuch ekan-ki… Hatto mag`rurlik ham uning oldida tiz cho`kar ekan. Chin sevgi mag`rurlikni yengadi… Bir kun kelib mag`rur sevgi oshkor bo`ladi…

"Tasvir" gazetasidan olingan
30-son, 2004 yil

: Reytingi: 4.1/9

Xikmatli So'z: Do'st degani daraxt yaprog'iga o'xshaydi. Bahor chog'i - bihisob. Kuz kelganda - sanoqli. Yoshlik chog'i - behisob. Keksayganda - sanoqli.
OMONATGA - XIYONAT
Dunyoda javobsiz narsa mo`l-ko`l. odamzod zamon zayliga osongina ko`nib ketaveradi. Ko`ngling, sevging javobsiz qolsa-chi? Bu anchayin og`ir savdo…
Muhabbat so`qmog`iga yo`limni Burgan taqdir meni Sarvinozga ro`para qildi. U bilardi, ammo parvosiga keltirmasdi. Bu befarqlik esa yanada meni maftun qilar, yuragimni kuydirardi. Hozir biz bitta litseyda tahsil olamiz. Gaplashib turamiz. Ammo sevgi haqida emas. Uning ko`nglini og`ritib qo`yishdan qo`rqaman. Bilamanki, bu to`g`rida og`iz ochmasimdanoq, u yonimdan ketib qoladi. Mayli, aziyatlar ishqqa hunar, chidasa bo`ladi. Muhimi-umid, hech bo`lmasa umid bering menga!
Eshityapsizmi, umid…

“Darakchi” gazetasidan olindi.

: Reytingi: 4.2/10

Hech kim yolg'izlikdan qiynalmasin ekan.
Inson tabiati g`alati. U har doim nimagadir intilib va yana kimnigir kutib yashaydi. Qisqa qilib aytganda, inson yuragining bir cheti hamisha kemtik. Aytishlaricha, dunyo yaralgan vaqtda Olloh Taolo inson hayotini 99 kunini omadsizlik, g`am-tashvish bulutidan va faqat 1 kunigina shodlik bulutidan yaratgan emish.
Shuning uchun bo`lsa kerak, inson hayotining juda ko`p kunlari g`am-tashvishlardan iborat.
Bu kun yana men yolg`izman. Bu tuyg`u negadir hamisha mening hamroxim. Men undan qutilmoq istayman. Ko`nglimga sevinch, shodlik tuyg`ularini oshno qilay deymanu, lekin yuragimning qat-qatida joylashib olgan g`am-tashvishlar bunga yo`l qo`ymaydi. Beixtiyor, qalbim qa`rida ular bir-birlari bilan jang qiladilar. Ko`pincha g`am-tashvishlarning qo`li baland kelganligi uchun bechora shodliklar ko`zlari yoshga to`lib qachonlardir mening yuragimdan joy olishini umid bilan kutadi. Nogoh qalbimga quloq solaman. U menga o`z tilida nimalardir so`zlaydi. Men uni tushunmoq istayman. Unga tiz cho`kib yalinaman. Qalbim! faqatgina sen meni yolg`iz qoldirma. Bu bemehr, yolg`onchi dunyoda faqat sen mening ishongan mehribonimsan. Negadir shu so`zlarni yozyapmanu, to`yib-to`yib yig`lagim kelyapti. Men bu foniy dunyoda faqatgian bir narsadan qo`rqaman. U ham bo`lsa- mening qalbim o`zimdan yiroqda bo`lishidan. Bunday bo`lmaslik uchun mag`rur yashash lozim!

Feruza Yo`ldosheva

: Reytingi: 4.9/7

Men negadir doimo senga, ha faqat senga talpinib yashayveraman. Bu xayollarim, orzularim, sen uchun talpinishlari bekorligini, sarobligini bilsamda, yurak bu achchiq haqiqatni tan olgisi hamda o`zga bir yurakning sening sevgingdan ham kuchliroq, samimiyroq sevgisini o`z sevgi dunyosiga sig`dirmaydi…
Nega shunaqa ekan? Nega men faqat sening xayollaring bilan yashashga intilaman? Taqdiring o`zga bilan ekanligini bilsamda, yuragim tan olgisi kelmaydi. Kunduzi-quyosh, kechalari-yulduzlar sening vaslingni eslataveradi, qayerga bormayin, ko`zlarim seni izlaydi.Bu tuyg`ular meni also tinch qo`ymaydi. Qanday yo`l tutsam seni butunlay unutarkanman.
O`zingku, ushbu muhabbatni qalbimning tub-tubiga joylagan, joylading-da ketding. O`zing bir umrga ketding, qalbimdagi qoldirgan izingni o`chir, o`sha o`tli muhabbatingni o`zing bilan olib ket va meni ortiq bezovta qilma…

Shohista Norotjiyeva.

: Reytingi: 4.3/10

Sher'lar.
: (ellikkala) Reytingi: 4.7/3

Bahor Tong otmoqda... Begunoh go'dakdek pokiza, musaffo tong. Quyosh meni yolg'izlikda ta'qib etgan tunni quvib, asta-sekin ufq uzra ko'tarilmoqda. Bosh ko'targim kelmaydi yostiqdan. Ochilishi dushvor bo'lyapti- ko'zlarimning. Yana o'sha mazmunsiz kun... Yana o'sha qayg'uli sog'inch hadya etguvchi daqiqalar, soatlar... Istamay turaman o'rnimdan. Qaniydi, bugun sizdan xabar kelsaydi. Bir og'iz so'zingiz uchun mazmunsiz va mavhum hayotimdan voz kechishga tayyorman. Lekin.. Umidsizlik girdobida to'lg'onaman. Baxtimni, muhabbatimni adoqsiz xatolarga almashdim men... Vaqtida tuzatilmagan xatolarim ortidan katta xatolar oqib kelaverdi..
Bir-birimizni uzoq sinashib, so'ng sevib qoldik. Sevganda ham qanday bo'lsak shundayligimizcha, telbalarcha sevib qoldik. Bir-birimizsiz o'tadigan har soniya asrlarga tatigulik shirin azobni tuhfa etardi. Ortiq bu ahvolda yasholmasligimizni anglab, turmush qurdik. Kattalar, ota-onalarimizning qat'iy noroziliklariga qarshi borib oila qurdik. Voajab, bu ne ko'rgulik ekanki, bizning munosabatlarimiz malol kelardi. Hatto, sizning qo'l ostingizda ishlovchi xodimlarga ham. Buning sababini hech anglayolmasdim... Siz esa yelka qisish bilan indamay qo'ya qolardingiz. Bora-bora bular asabimga tegib, qattiq asabiy bo'lib qoldim. Oxirgi janjalimizda sizga noma'qul gaplarni aytib yubordim. Bu siz aytganchalik "sevishganlarning shirin urishishi". Bu ikki xudbin insonning bir-biriga ishonmay, shubha va alam ustidagi tortishuvi edi.
Uydan chiqib ketdingiz... Ming azobu qiynoq ichida to'rt kunni o'tkazdim. Beshinchi kuni chidayolmay sizga maktub yozdim. Bir kun kutdim... Ikki kun kutdim... Bir hafta kutdim, javob yo'q. So'ng telefon dastagini ko'tarib, tanish raqamlarni terdim. Ovozingizni eshitib, hayajondan titrab, tilim gapga kelishmay qoldi. Bu holat uch-to'rt marotaba takrorlandi. Oxiri, yuragimni qo'limga olib, zo'rg'a gapirdim. So'zlarimni xuddi hech narsa bo'lmaganday, muloyim tasdiq bilan eshitib turdingiz. Xayrlashdik. Men o'zimda yo'q shod edim. Shu xursandlik umidi bilan sizni yana besh kun kutdim. Kelmadingiz. Bir oy kutdim, kelmadingiz. Uzr so'rab yozgan maktublarimga javob qilmadingiz. Noumid-umidvor bo'lib yana bir bor qo'ng'iroq qildim. Go'shakni ko'tarib, ilk aytgan so'zingiz "menda gaping bormi?" degan gap bo'ldi. "Oramiz ochiq bo'lib bo'lgan! Sen sevgimiz uchun xato emas, xatolar qilding! Munosabatlarimiz manziliga yetib keldi. Shunday bo'lishini sen xohlagansan!" deb dastakni qo'yib qo'ydingiz. Taxtaday qotib qoldim. Sizni yo'qotib bo'lgan edim. Muhabbatim, sevgim, baxtim va sizni xatolarga almashdim. Sizni rashk qilib, shubha-gumonlarga berilib, sevgimiz yuziga chiziqlar chizib tashlardim. Endi tanho yashayapman. Bir-birimiz uchun begonamiz. Lekin ishoning, bir zum bo'lsa-da, sizdan ayro yashamadim. Xayolan, qalban siz bilan birgaman. Yuragim har tepishida ismingizni aytib chinqiradi. Hamma narsa quyosh, havo, osmon, oy, yulduz barchasi sizni eslatib turadi. Hatto, har oqshom televizorda beriladigan reklama roligida ham sizning borligingiz hamoyon. Alamzada qalbimning sog'inchlariga ishqiy maktublaringiz, samimiy dil izhorlaringiz malham bo'ladi. Baxtiyor kunlarimdan shirin xotira ular. Totli o'tmishimdan qolgan yorqin esdaliklar. Har bir maktub oxirida yozilgan ismingiz yuragimga naqshlangan.
Sizni umrbod unutmayman, qalbimdasiz, yodimda, yonimdasiz, xatolarga almashgan sevgim...

Bahor

: Reytingi: 3.7/6

Agar sendan tonar bo'lsam, nasibam ohu-zor o'lsin,
Lola ham gul chechaklarim so'lsin-u hoku sor o'lsin,
Ilinjim senga bir boqmoq, ko'rmasam ko'zlarim hor o'lsin,
She'rlaring malhami jonning, sinoving ichra bor o'lsin,
El-u do'stga ishonmasman, isming menga tumor o'lsin,
Ruhim visoling ishqida humor o'lsin, humor o'lsin.

Ilohim deb ataymu yo begimmi yo sulton o'lsin,
Ruhsorlaring nigohimga orzumi yo armon o'lsin,
Gul misoli hush bo'ylaring bo'ynimga dor, arqon o'lsin,
Asling ko'rib dilim hurram, yuraklarim abgor o'lsin.
Shoirim deymu yo donom, qiyosing bir jahon o'lsin,
Etmog'im rost o'lsa senga, mayli so'ng ming hijron o'lsin,
Vasling umrim bezatguvchi bahor o'lsin , bahor o'lsin.

Lola Alisherni sevmoq gunoxmi?

Lola Salom mening sirli malagim, sog'inch farishtam, rashkli o'tinchim.
Xayron bo'lma, tuni bilan uhlamagan dil, sog'inch o'rtab xijron kuydirib, bu dunyoni tanga tor qilib, davosini faqat ishq bilib, oromini yo'qotgan majnun nechun tongda maktub bitar deb.
Bu dunyodan voz kechgan qalbim,
insonlardan qochgan bu dilim,
muhabbatni unutgan tilim,
zulmat aro tanho qolganda,
yolg'izlikdan orom olganda,
yolg'onlardan asab tolganda,
taqdirini toshga solganda.

: Reytingi: 4.2/6

Bilmas edim, muhabbat nima?! Qiynamasdi xijron azobi. Visol esa oddiy hol edi. Sog'inch nima, tushunmas edim. Kulgularim ro'yodek edi, qalbim yig'lab turardi betin. Ko'zlarimda porlasa yolqin, ko'z yoshlarim ichga oqardi. Yuzlarimda shodu-hurramlik, raqs tushganda bevafo tanim, sakrab yursa o'ynoq oyoqlar, quchib olsa sho'h bilaklarim, ruhim sarson yurardi olis.
Endi esa bari o'tkinchi: muz yuragim otashdek yonar, qo'llar titrar extiroslardan, lablar bir so'z aytmas yomondan, g'urur cho'kmas sirli sog'inchdan. AYBIM NIMA, GULIM? FARISHTAM? SEVGANIMMI? SOG'INGANIMMI? YONGANIMMI ISHQ OLOVIDA? YOKI MENING EXTIROSLARIM?
Bir bandaman, zulmat qo'ynidan yorug'likka intilgan so'qir. Bir bandaman, zulmat qo'ynidan bir sirli taft his qilgan majruh. Bir bandaman, yo'qlik qa'ridan muhabbatning aslini topgan. Bu ham menga bir sinov balki. Bu ham menga bir charx, tegirmon, omon chiqmoq menga dargumon.
Kun sanayman, sog'inib gulim. Bir ko'rmoqqa mushtoqdir dilim. Chaqirmoqqa ojizdir tilim, nima qilay, aitgin farishtam?
Oldingga boraman, kulib, erkalab. Ko'zlarimda porlaydi yolqin, tillarimdan shaker, bol tomar, qo'llarimda extiros unar. Lablaringga bosib lablarim, quchog'imga bosib taningni, sochlaringni silab qo'llarim, yuzlaringni siypalab qoshim, kipriklaring tarar kiprigim. Lekin dilda yagona hadik: hozir tugar visol onlarim, hozir meni to'xtatar nomus, hozir meni quvar dilbarim.
Seni o'ylab qaytib ketaman xijronning tor zindonlariga: faqatgina sho'x shodon yuzim pana qilar azoblarimni.
Seni o'ylab qaytib ketaman, ozor bermay deyman oringga, saqlab qolay deyman g'ururing, panox qilgum oydek sururing. Faqatgina, ichga oqqan ko'zim yoshlari, sog'inch bo'lgan armonlarning achchiq toshlari yuragimni vayron qiladi.
Seni o'ylab qaytib ketaman. O'zga yorning yot quchog'iga. O'zga uyning yot xovlisiga. Faqatgina o'zim ketaman: o'zim qurgan ishq zindonining xijron nomli tor xonasiga. Sog'inch bo'lgan katta kundaga boshim egib qo'yib beraman rashk laqabli ishq jallodining alam tig'li oyboltasiga.
Bilolmaysan, qanchalar og'ir tutqunlikda yotgan asirga ozodlikdan tushlar ko'rmoqlik.
Yonimda yo'qsanu tushlarimda bor. Ro'yosan, lek tanim quchar taningni. Oppoqqina yuzlaringdan olib bo'salar, ko'kraklaring uzra qo'yib olov yuzlarim, nozikkina oyoqlaring silab siypalab, ishq bog'ingni aylanib kezib yuraman. His qilaman, lablaringni titroqlarini, his qilaman ko'kraklaring hayqirishini, his qilaman g'unchang uzra ishqning bolini.
Qani endi to'xtasa bu bevafo vaqt, qani endi o'tmasa sog'inch bergan tong, qani endi uyg'onmasam edi bir umr, shu shirin tush og'ushida jon bersam edi?!
Musiqa taralar, bir parcha quti yuragim torini chertib kuylaydi. Yo'q, musiqa sexrli emas! Yo'q qo'shiqda xech qanday ma'no! Yo'q, hayollar oshufta emas. Faqatgana yagona sabab, shu qutida sening qo'llaring extirosi bordek tuyular. Huddi qalbing bir parchasini shu qutiga solib, yashirib menga sovg'a qilgansan go'yo.
Faqatgina, jonim kechirgin: o'chirib qo'yaman bor musiqani, yashirib qo'yaman o'sha qutini, toki mening sog'ingan dilim yana o'rtab, yana kuydirib, sabrimni tugatib ko'ymasin deya. CHUNKI BOSHQA CHIDAY OLMAYMAN. YASHIRA OLMAYMAN EXTIROSLARIM. ISHQIMNI NIQOBGA SOLA OLMAYMAN. SENI YANA BIR BOR TASHLAB KETA OLMAYMAN.
Farishtam, imkon ber, boray oldingga. Bag'rimga bosayin nihol taningni. Yuragimga qo'yib taftli yuzingni ishqimning urishin eshit tun buyi. Sochlaring siypalab o'tsin ko'kragim, kipriging tarasin kipriklarimni, lablaring malhamdek bol bersin menga. Sog'ingan qalbimni bir oz tinchlantir, kuygan yuragimni sovutgin jonim. Yo'qsa topshir ishq jallodiga, bandi qilib xijron domiga, uloqtirsin zulmat komiga. Faqat undan oldin farishtam yozib qo'ygin qon yuragimga kiprigingdan bir dona olib menga aytgan go'zal ismingni. Yoki jim tur, sabr qil deya: sabr qilgum qancha istasang: Faqat senga bitta iltimos: ich-ichidan kuyib vujudim, sabr kosa tulsa sabr emas, men oshiqning hovuch kuliga, zulmat aro sochib yuborgin: Toki tanxo qolmay abadiy muhabbatning jannatlarida.
NomalumEsingdamu buloq bo'yi,
Majnuntolni suyardik,
Tanasini zirqiratib,
Ismimizni o'yardik
Keyin asta yarasiga,
Lablarimiz qo'yardik
Anglab bo'lmas sirli sirli,
Lazzatlarni suyardik.
Esingdamu buloq bo'yi
: Reytingi: 4.8/13

 
Dushanba
20-Мая-2024
14:53
Portalga Kirish
Xush Kelibsiz xurmatli Mehmon!
Login:
Parol:
 
Eslab qolsinmi
Mini-Chat
Foydali Saytlar

www.UzCinema.Com O'zbekona Universal Portal © 2024