Bosh Saxifa » Sher'lar » Shirin xotira:


Xikmatli So'z! Telbaga ta`zim qiling! Yuzta donishmand aytolmagan haqiqatni bitta telba aytadi!
Hayot har bir insonni o`zining ming bir chig`irig`idan o`tkazadi. Tubsiz tuyg`ularga berilib ketasiz. Bunday vaqtda azobu iztiroblar iskanjasida to`lg`onishdan sira cho`chimaslik lozim. Tog`ri, mashaqqatlarsiz rohat-farog`at ham bo`lmaydi. Yashashning ham o`ziga yarasha quvonchu tashvishlari bo`lishi tabiiydir.
Samo bag`rida miltillagan xira yulduzlar bugun go`yo yanada to`lishgandek. Ular sochayotgan taram-taram yog`dularda shabnam surati aks etganmi deysiz?! Tunda yog`ilgan bu tomchilar mening ko`zlarimga nogahoniy quvvat baxsh etgan. To`yib-to`yib moviy osmonga tikilaman. Yulduzchalar menga sirli so`zlarini aytishga cho`glangandek ko`z qisishadi. Yuzlarimga shabnam tomchilari urilib, qalbimga huzurbaxsh iliqlik yuguradi. Kapalak qanotlariga osilib olgan mezonday jajji yuragim u yoqdan bu yoqqa talpinadi. Dard esa vujudimni og`uga to`ldirmoqchiday yurak chetiga qadalib, asablarimni egovlaydi. Oils manzillarga beixtiyor nigoh yurak chetiga qadalib, asablarimni egovlaydi. Oils manzillarga beixtiyor nigoh qadayman. O`jar tuyg`ular bir zum tutqich bermaydi. Ortimda esa VAQT degan buyuk intiqom qasos olishga shay bo`lib turadi. Yangi niyatni amalgam oshirmoq yo`lida ezgulikka qo`l uraman. Bir zumda mashaqqatlar yo`llarimni to`sib chiqadi… Ular bilan ayovsiz kurashishga chog`lanaman. Qo`llarimni ortimga qayirib sabot va irodamning nechog`li quvvatli ekanligini mashaqqat degan oliy iztirob sinovdan o`tkazadi. Oldin unsiz yig`layman, ko`zlarimdan emas, qalbimdan yosh quyilib kelaveradi. So`ngra esa o`kirib-o`kirib yig`lay boshlayman. Qanoat yonimga tiz cho`kib irodamni o'lkan charx bilan o`tkirlaydi. O`sha onda ko`zlarimga olam yanada yorishib ketganday, yashil libosda jilva qiladi…
Bu shirin iztiroblarga qorishgan so`ngsiz tashvishlarning nogahoniy belgisidir.
G`ayrat Boboqulov.
: Reytingi: 4.6/11

O Muhabbat!
Dastlab hech narsa yo`q edi. Nogoh, tushlarimda sening ismingni eshita boshladim. Kimdir jarangdor va yangroq ovozi bilan sening ismingni ayta boshladi. Har tarafga mo`ltirab qaradim. Men seni bilmasdim. Men seni tanimasdim. Men seni hech qachon, hech qayerda ko`rmagan edim. Kunlar bir zaylda o`taverdi… va nogahon eng dilrabo, eng seravj va shodiyonalarga to`la davrlarning birida seni uchratdim. Seni uchratdim-u, olam-olam quvonch bag`rimga yopirilib keldi. Seni uchratdim-u eng baxtiyor va mehridaryo shahzodaga aylandim. Seni uchratdim-u, dunyoda mendek g`arib va aftoda boshqa bironta inson yo`qlig`iga iqror bo`ldim. Sen meni olovga tashlagan eding. Sen meni o`z otashingda kuydirayotgan eding. Men do`stlarimdan so`ray boshladim: Sevgi nima?! Sevgi nima?! Sevgi nima?! Hozir ham bir paytlardagidek sevayaptilarmi?! Hozir ham Farhod va Shirinlar bormi? Otabek va Kumushlar hozir ham bormi?! Sening ham yuragingda zarracha bo`lsin, muhabbat cho`g`i bormi, Zaynab! Meni bunchalar abgor qilmog`inga ne sabab?! Momolardan so`radim, ayollar ham sevadilarmi?! Ayollar sevsa qay darajada sevadilar. Ayollar muhabbatiga timsol bormi?! Ayollar sadoqatiga timsol bormi?! Ayollarning buyukligi nimada? Ayollarning buyukligi…u ham seva olishida!
Ayol sevsa olov bo`lib sevadi. Ayol sevsa otash bo`lib sevadi. Ayol muhabbati olamni bezaydi. Ayol muhabbati olamni gulga to`ldiradi. Ayol muhabbati borligi uchun ham hamma yashaydi. Hamma baxtiyor bo`ladi. Ammo… Muhabbat olovida yonganlar yuragida mangu jaranglovchi qo`ng`iroq sadolari bir savolni qayta-qayta takrorlayveradi:
U mening yuragimning ardog`ida, u mening ko`zlarimning qarog`ida, u mening jonimning tirtog`ida, Men uni sevaman!
-U ham meni sevarmikin?!... Alvido . . .
Muhabbat, nechun menga qilding xiyonat. Seni sevaman. Butun vujudim ila sevaman. Mendan kechib ketgan bo`lsang-da, sevarman, lek afsus, also kechira olmasman. Olamga boq, hayot qanchalar go`zal va maftunkor bo`lmasin shu bilan birga shafqatsiz hamdir. Sevgilim, ko`zlarimga so`ngi bor boqqin. Yuragimdagi tiniq tuyg`ularni, sof muhabbatni, ishonchimni ko`zlarimdan angla. Nahot shu nigohingdan ham meni bebahra etsang. Nahot endi meni sevmasang, ko`ngling mendan shunchalar sovib ketdimi? Axir, men sendan, muhabbatdan o`zga baxtni talab qilmadim-ku! Tim qora chaqmoq ko`zlaringu, jon olg`uvchi afsonaviy shirin so`zlaring ila senga asir tushdim. Oh, yuragim poralandi, sening yolg`on va`dalaring yodimga tushsa!
“Men faqat seni sevaman, sensiz dunyo qorong`u, hayotda sen uchun, faqat sen uchun yashayman, seni albatta baxtli qilaman, qalbim abadul-abad seniki bo`lgay”,-deya aytilgan so`zlar hamon qulog`im ostida jaranglaydi…
Nahot o`sha paytlar bu so`zlar yo`liga aytilgan bo`lsa…Nahot muhabbatni ham o`z maqominga solib olgan bo`lsang…Men senga chin dildan ishonardim, afsus qalbing tubiga muhabbatimni cho`ktira olmadim. Menga in`om etganing muhabbat anhorlari sayozligini kech angladim. Buni angladimu, MUHABBATDAN ko`nglim qoldi. Sen xiyonotkor dunyoning ziynatiga qo`l urding. Meni, mening sevgimni toptading. Keyinroq balsam, sen Olloh tomonidan berilgan muhabbat atalmish buyuk ne`matdan yiroqda ekansan. Azizim, sening qalbingdan muhabbat chechagini izlab topolmadim. Sen meni sevmasliging aniq, biroq bu achchiq haqiqatni tan olgim kelmasa netay. Yuragim faqat senga talpinar. Ko`z yoshlarim daryo bo`lib oqmoqda. Azizim, ilk sevgimni, pokiza qalbimni senga, faqat senga baxshida etdim. Ammo sen qalbim chirog`ini yoqmasdan o`chirib ketding. Ko`nglim shishasini chil-chil parchalab yubording. Endi menga o`zga yor kerak emas, sen birinchi va oxirgisi bo`lib qolursan, lekin yuragimning tub-tubida g`uncha kabi bokira muhabbat mujassamdir, o`sha muhabbat ila yashagum, faqat sendan bitta o`tinchim, yoningda baxtdan entikib turgan oq libosli yoringni mendayin baxtsiz etmasin, menga nasib etmagan sevilish baxtini ul go`zalga nasib aylagin. So`nggi nafasinggacha sevib, ardoqla. Xayr endi bevafo meni unutmasang bas, zero xayolan doim sen bilan birgaman. Sizlarga faqat baxt tilarman. Zero sevgini xor qilgan baxtini topish mushkulligini bilsamda, baribir seni baxtli bo`lishingni istayman. Faqat meni unutmasang bas! Har safar baxtdan entikkaningda qaysidir qiz baxtsizlikdan ezilayotgani haqida bir eslab qo `ygin…

Nodira 2007, yil

: Reytingi: 4.7/23

 
Dushanba
20-Мая-2024
18:37
Portalga Kirish
Xush Kelibsiz xurmatli Mehmon!
Login:
Parol:
 
Eslab qolsinmi
Mini-Chat
Foydali Saytlar

www.UzCinema.Com O'zbekona Universal Portal © 2024