Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 12 из 12
  • «
  • 1
  • 2
  • 10
  • 11
  • 12
Модератор форума: ABDULLOX, Floricienta  
-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!! (IBODATI ISLOMIYA KITOBI ASOSIDA ISLOMNI O'RGANAMIZ!!)
BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!!
ABDULLOX
Sana: Payshanba, 30-Декабря-2010, 03:14 | Xatlari # 166
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

116-DARS
Mavzu: QABRISTONGA BORIB ZIYORAT QILISH
– O’lgan kishining qabri oldiga borib ziyorat qilish durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi. Ibratlanmoq uchun qabristonga borib o’tirish g’oyatda ma’noli
mustahablardan hisoblanadi.
– Qaysi kunlari qabristonga ziyorat uchun borish avloroq?
– Payshanba, juma kunlari borish avloroqdir, demishlar.
– Qabrlar oldiga qay tariqa boriladi?
– Tahorat qilib, odob va tavoze’ ila boriladi.
– Qabrlar oldiga borib yetgandan so’ng nima qilinadi?
– Tik turib ushbu aytiladi:
«Assalomu alaykum ya ahlal quburi vad-diyari rohimallohul mustaqdiyna
minna val mutaaxirina minkum. Antum lana salafun va nahnu lakum xalafun va
inna inshaallohu bikum la hiqun nas’alu Allohu taolo lana va lakum ofiyah».

Ma’nosi: «Ey qabriston ahli, sizlarga Alloh taoloning salomi bo’lsin, Alloh taolo dunyodan
avval ketgan sizlarga, keyinda qolgan bizlarga rahmat qilgay. Sizlar bizlardan ilgarigi
kishilarsiz, bizlar so’ngra qolgan kishilarmiz, albatta tezlik birla bizlar ham sizlarga
yeturmiz. Alloh taolodan o’zlarimiz va ham sizlar uchun salomatlik va ofiyat tilab
qolamiz».
So’ng o’zi xohlagan qabrning oldiga borib oyoq kiyimini yechib, mayyitning yuzi va
ko’kragi to’g’risiga kelib, qiblaga orqa o’girib, qabrga ro’para bo’lib o’tirib, xohlaganicha
Qur’on o’qib, savobini o’zi xohlagan mayyitlarning arvohiga va qabristondagi hamma
mayyitlarning arvohiga hadya qiladi.
– Qabristonda qay tariqa yuriladi?
– Go’yo tirik kishilar orasida yurgandek tavoze’ va odob bilan, hech bir qabrni
bosmasdan, o’zining ham bir zamonda ulardek qabristonga kelib dafn qilinishini va u
yerda bo’ladigan savol va hisoblarni, qiyomat kunlarini, jannat va jahannamni xotiriga
keltirib, g’oyatda tafakkur va andisha qiladi. «Yo Rabb, ushbu mayyitlarning arvohini
rahmat qilgil va gunohlarini mag’firat qilgil, men zaif bandaga tavfiq va hidoyat berib,
yaxshi amallar qilmoqni nasib etgil. Hamma bor gunohlarimni kechirgil», deb gunohlarini
yumshatib, yig’lab, ko’p duolar qilishga g’oyatda jiddu jahd qiladi. Mayyitlarning
ruhlariga qabr oldiga kelgan kishi ma’lum bo’lar emish. Ular uchun o’qilgan Qur’onning
va berilgan sadaqaning savobi ularga yetar, duo qilgan kishini ular ham duoi xayr qilar
emishlar.
– Qabristonga bormasdan uyda yo masjidda o’qib hadya qilgan Qur’onning savobi ularga
yetadimi?

– Albatta, yetsa kerak.
– Arvohga Qur’on o’qib bag’ishlanganda nima deb duo qilinadi?
– Bunday duo qilinadi:
«Allohumma ballig’ savaba ma quri’a fi hazihis-soatish sharifati min kitabikal
karima ila arvahi jami’il muslimina kaffatan va ommatan xususan minhum ila
arvahi aqribai va asdiqai allazina azkurhum bi lisani».

Ma’nosi:«Yo Rabb, qadrli kitobingdan ushbu sharif soatda o’qiganimning savobini
musulmon mayyitlarning ruhlariga yetkazgin. Xususan, hozir zikr qilingan o’zimga yaqin
qarindosh va do’stlarimning ruhlariga yetkazgin».
Bu duoning o’qigandan so’ng o’zi xesh va do’st tutgan mayyitlarning ismlari va
otalarining ismlarini bir-bir zikr qiladi. Masalan, ushbu tariqa: «Yo Rabb, ushbu o’qilmish
Qur’onning savobini otam falonchi falon o’g’lining va do’stim falonchi falon o’g’lining ruhi
shariflariga yetkazgin».



shurik5750
Sana: Payshanba, 30-Декабря-2010, 19:25 | Xatlari # 167
Ism:
[shukurullo]
Maqomi:
[Foydalanuvchi]
Guruxi:
[Mehmon]
Postlari:
[8]
Xulqi: +
[0] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Российская Федерация]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

ASSALOMU ALAYKUM



Alaxamdulilah!!!
ABDULLOX
Sana: Dushanba, 03-Января-2011, 18:23 | Xatlari # 168
Ism:
[Abu Abdulloh]
Maqomi:
[Ishonchga Kirgan]
Guruxi:
[Faol Forumchi]
Postlari:
[452]
Xulqi: +
[214] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

117-DARS
Mavzu: YAMIN, QASAM, ONT
– Yamin nima demakdir?
– Ont etmoq va qasamyod qilmoq, demakdir.
– Nima bilan qasamyod qilinadi?
– Billohi, Vallohi, Tallohi, deb Alloh taolo ismi bilan qasamyod qilinadi.
– Oy, quyosh, Qur’on, payg’ambar, Ka’ba kabi Alloh taolodan boshqa narsalar ila
qasamyod qilish durust bo’ladimi?

– Durust bo’lmaydi.
– Qasam necha turlidir?
– Uch turlidir: haqlik qasami, aldov qasami, ahd qasami.
– Haqlik qasami qanaqa?
– Haq ishga qasamyod qilishdir. Masalan, bo’lgan ishga «Billohi, bo’ldi», deb va
bo’lmagan ishga «Billohi, bo’lmadi», deb qasamyod qilish kabi.
– Ushbu tariqa haq ishga qasamyod qilish durust bo’ladimi?
– Zarur bo’lganda durust bo’ladi, lekin zarur bo’lmaganda arzimas ishlar uchun
qasamyod qilishdan saqlanish lozim. Chunki har bir ishga qasamyod qilish Alloh taolo
ismini tahqir va xor etish bo’ladi.
– Qasam bilan aytilgan so’zga ishonish kerakmi?
– Albatta. Diyonatli va komil musulmon kishining qasamiga ishonish lozim, chunki komil
musulmon kishi har ishga qasamyod qilavermaydi.
– Aldov qasam qanaqadir?
– Yolg’on va nohaq ishga qasamyod etishdir. Masalan, bo’lmagan ishni «Billohi, bo’ldi»,
deb va bo’lgan ishni «Billohi, bo’lmadi», deb qasamyod qilish kabi.
– Ushbu tariqa qasam durust bo’ladimi?
– Hech ham durust bo’lmaydi, g’oyatda katta gunohdir. Yolg’on ishga qasamyod qilgan
kishi dunyoda va oxiratda ham xor bo’ladi, ofati dunyoda ham zohir bo’lmasdan
qolmaydi.
– Bir kishining diliga bir ish bo’ldi, deb o’rnashib qolgan bo’lsa va o’sha ishni bo’lgan
gumon qilib «Billohi, shu ish bo’ldi», deb qasamyod qilsa, lekin aslida u ish bo’lmagan
bo’lsa, gunohkor bo’ladimi?

– U yamin «yamini lag’u»dir. Xatolik ila, xotiradan unutish ila bo’lgani uchun gunohkor
bo’lmasa ham, Alloh taolodan avf so’rashi umidlidir. Lekin shunday shubhali qasamni
yod qilmaslik lozim.
– Ahd qasami qanaqa qasam?
– Kelajak zamonda bir ishni qilaman va yo qilmasman, deb qasamyod qilishdir. Ushbu
tariqa qasam odamlar orasida g’oyatda ko’pdir. Masalan, «Billohi, falon ishni qilaman
yoki qilmayman», deb qasamyod qilish kabidir
– Ushbu tariqa qasamyod qilish durust bo’ladimi?
– Halol, farz va vojib bo’lgan ishni qilish uchun bo’lsa, durust bo’ladi. Masalan, «Billohi,
xotin olaman, namoz o’qiyman va qurbonlik qilaman», deb qasamyod qilsa bo’ladi.
– Agar bir kishi shunaqa qasamyod etsa, nima qilishi lozim?
– Ahdiga vafo qilmog’i lozim. Ya’ni, nima ish uchun qasamyod qilgan bo’lsa, o’sha ishni
ado etmog’i lozim. Ahdiga vafo qilmasa, xonis, ya’ni gunohkor bo’ladi. Xonis bo’lgan
kishi kafforat qiladi.
– Qay tariqa kafforat qiladi?
– Qul ozod qiladi, unga kuchi yetmasa, o’n faqir va bir miskinga to’ygulik taom yoki
taomning pulini beradi, unga ham qodir bo’lmasa, kafforat uchun niyat qilib uch kun
paydar-pay ro’za tutadi.
– Bir kishi bir harom ishni qilaman, deb yoki farz yo vojibni qilmayman, deb qasamyod
qilsa, nima bo’ladi?

– Ahdiga vafo qilmaydi, balki xonis bo’lib kafforat beradi



-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » BIZ ISLOMNI O'RGANAMIZ !!! (IBODATI ISLOMIYA KITOBI ASOSIDA ISLOMNI O'RGANAMIZ!!)
  • Страница 12 из 12
  • «
  • 1
  • 2
  • 10
  • 11
  • 12
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024