Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 5 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
Модератор форума: Qilich, ABDULLOX, Floricienta  
-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » SHAHSIY IJODLAR!!! (O'z ijodimizdan islomiy maqola va she'rlar qo'yamiz!)
SHAHSIY IJODLAR!!!
AsiRa
Sana: Shanba, 30-Ноября-2013, 00:51 | Xatlari # 61
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

1969 yilda Isroil askarlari Quddusdagi Masjid-ul-Aqsoda katta bir yong'in chiqarishgan. Isroilning o'sha paytdagi Bosh vaziri Golda Mayer shu kechani shunday eslagan edi:

"Shu kecha men: "Endi musulmonlar bizga to'rt tarafdan hujum qilishlari aniq", - degan hayolda ertalabgacha uxlay olmay chiqdim. Chunki Masjid-ul-Aqso musulmonlar uchun Ka'badan keyingi bir muqaddas joydir. Lekin ertalab turib qarasam, hamma yoq tinch, sokin, hech qanday hujum boshlanmagan edi. Ana o'shanda men: "BIZ, YAHUDIYLAR, MUSULMONLARGA QARSHI ISTAGANIMIZNI QILA OLAR EKANMIZ, CHUNKI MUSULMON UMMATI UYQUGA KETIB BO'LIBDI", - degan fikrga keldim".

_____

Bugun yahudiylar qo'lida qamchi
Ajab, botil diniga shuncha qilishsa!
Musulmon erkaklar, bir bor qarangchi,
Haq islom diniga qani dastakchi?!

Soadat asri hech yolg'on emasku,
Jang-jadallar faqat ertakdamasku?!
Sahobalar turganda jonlarin tikib,
Nega sizlar turmaysiz shularga qarshi?!

Mus'abdek jon fido qilmasangiz ham,
Hamza yo Xoliddek bo'lmasangiz ham
Siz ham musulmonku, sizda nima kam?!
Arslondek jang qiling, aslo chekmay g'am!

Aqsomiz qutqaring nopok yahuddan,
Vaxshiy-u zolimdan, nonko'r juhuddan!
Faqat boring olg'a, qo'rqmay manqurtdan
Nusrat talab qiling, sizni qo'llasin Egam!

© Asira



Izox O'zgartirildi AsiRa - Shanba, 30-Ноября-2013, 01:03
AsiRa
Sana: Shanba, 04-Января-2014, 21:00 | Xatlari # 62
Ism:
[Asira]
Maqomi:
[NewsMaker]
Guruxi:
[Tezkor Forumchi]
Postlari:
[233]
Xulqi: +
[46] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:



SABR 

Aslida to‘rttagina harfdan tashkil topgan ushbu so‘z juda katta ma’nolarga ega. 
Sabr haqida gapirsak gap ko‘p, lekin sabr haqida sabr qilganlargina yaxshi bilishadi. Sabr qilganda ham haqiqiy sabr qiluvchilar sabrning nima ekanligini sizu bizdan ko‘ra yaxshiroq anglashadi.  
Aytishga oson, ammo boshiga musibat tushganda sabr qilish qanchalik qiyinligini sinalgan bandalar bilishadi, sabr qilganlar bilishadi. 
Allohdan madad so‘rab, umid qilib, sabr qilganlar bilishadi. 
Alloh taolo o‘z kitobida bunday marhamat qiladi: 
"Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! Albatta Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir!"  
(Baqara surasi, 153-oyat). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham o‘zining hadisi shariflaridan birida bunday deydi: 
"Biror kishiga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan". (Muttafaqun alayh) 

Oyning o‘n beshi qorong‘u, o‘n beshi yorug‘. 
Hozir qorong‘u kunlaridamisiz?  
Sabr qiling, hali yana o‘n besh kuni bor; InshaAlloh yorug‘ kunlarga yetishasiz. O‘shanda chekkan aziyatlarni, boshingizdan o‘tgan tashvish, sinovlarni eslab, kulasiz,alhamdulillah deysiz. 
Alloh Taolo Oli Imron surasining 200-oyatida bunday marhamat qiladi: 
"Ey mo‘minlar, sabr qilinglar va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo‘linglar". 
Sabr qilib, kofirlardan ustun bo‘ling. Sinovlarda bardoshli bo‘ling. 
Alloh taolo hech bir bandasiga sabr-toqatidan ortiq musibat ham, yoki kuch yetmaydigan qiyinchilik-sinov ham bermaydi. Bunga dalil Baqara surasidagi 286-oyat: 
"Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif (mukallaf) qilmaydi". 
Shunday ekan, biror bir musibat yetsa, “Endi nima qilaman, bundan qanday o‘tib olaman, kimdan yordam so‘rayman, oqibatim nima bo‘ladi, buni ko‘tarolmayman” kabi turli-tuman savol va hadiklar bilan vaqtni boy bermasdan, Allohdan madad so‘rab, Unga shodlikda ham, musibat vaqtlarida ham yaqin bo‘lib turmoq lozim. 
Alloh sinovlarni bejizga bermaydi. Fir’avnga musibat bermadi, turli tuman sinovlarga yo‘liqtirmadi, ammo unga bundan battar musibat yetkazdi, bir eslang.  
Va yana ahli ilmlar aytganidek:  
"Alloh kimni jannat uchun yaratgan bo‘lsa, uning boshi ko‘rguliklardan chiqmaydi".  
Jannat yo‘lida bo‘lsangiz, jannat ming mashaqqatga arziydi, albatta. Ham, Jannat yo‘li tekis emas, u yo‘lda oyog‘ingizga bir tikon kiradi, bir zirava kiradi va yana qanchadan qancha mashaqqatlari bo‘ladi.  
Bu yo‘lda yurgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini eslang! Ular dini, suyukli Rasuli va Alloh uchun nimalardan voz kechishmadi, qanchalar sinovlardan o‘tishmadi?! Ularning hammasi sabr qilishdi. Allohdan madad so‘rashdi.  
Hatto payg‘ambarlarga ham sinovlar berilgan.  
Misol tariqasida Ibrohim alayhis salomni eslang. Suyukli farzandini Allohning amri bilan qurbon qilmoqchi bo‘lganida, Alloh uning sabri va Allohga bo‘lgan vafodorligi uchun Ibrohimga o‘g‘lini qaytarib berdi.  
Eng mashhur dunyodagi go‘zal va hamma biladigan Yusuf alayhis salom qissasini eslang... U zotning sabri-chi? U zotning otasi (Ya’qub alayhis salom)ning sabri-chi? 
Faqatgina menga musibat kelyapti, deb homtama bo‘lmang. Sizdan avvalgilarga ham, sizdan keyingilarga ham atalgan sinovlar bisyor.  
Haqiqiy musibat, bu – din yo‘lidagi musibatdir. Undan boshqalari esa ofiyat; ofiyat sababli esa bandalarning darajalari yuksaladi, gunohlari kechiriladi. 
Alloh yuborgan musibat, tashvish, sinovlarga sabr qilgan bandalariga hushxabar sifatida Zumar surasidagi 10-oyat nozil qilingan: 
“Shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz, to‘la-to‘kis qilib berilur”.  

Qarang, Allohning madadi bilan sabr qilib, najot so‘rab, qanday chiroyli ajru savobga ega bo‘lishibdi... 
"Faqat iymon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘l)ni tavsiya etgan va bir-birlariga sabrli bo‘lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan mustasnodirlar, ziyonga uchramaydilar)". 
(Asr surasi, 3-oyat). 
Sabr qiling, bardoshli bo‘ling. Hursandchilikda ham, qayg‘u g‘amda ham Allohga yaqin bo‘ling, Unga ibodat qiling, ze’ro U doim eshitadi. Va o‘shanda (qayg‘ulik paytingizda chaqirmasangiz ham) Alloh o‘zi sizga yordam beradi. 

Sabr haqidagi kichkina so‘zlarimning oxirini ushbu chiroyli hadis, duo bilan tugatishni ma’qul ko‘rdim: 
Imom Muslim, Termiziy, Nasaiy va Abu Dovudlar  
Ummu Salama (r.anho)dan rivoyat qiladilar:  
Payg‘ambar (s.a.v.) ning "Qaysiki bandaga musibat yetganida "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un" desa va so‘ngra "Allohumma, ajirniy fiy musiybatiy, vaxluf liy xoyron minha" 

إنا لله وإنا إليه راجعون، اللهم آجرني في مصيبتي وأخلف لي خيرا منها 
(Allohim, menga musibatimda ajr bergin va uning o‘rniga yaxshirog‘ini bergin) desa, albatta, Alloh unga ajr beradi va unga buning o‘rniga yaxshirog‘ini beradi", deganlarini eshitdim. 

Alloh Taolo barchamizni sabrlilardan qilsin va doimo biz bilan bo‘lsin. Ze’ro U: “Albatta Alloh sabrlilar bilan birgadir”, deya marhamat qilgan Robbimizdir. 

© Asira



-:-O'zbekona Forum-:- » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » SHAHSIY IJODLAR!!! (O'z ijodimizdan islomiy maqola va she'rlar qo'yamiz!)
  • Страница 5 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024